🇺🇦⚠️🇷🇺 Xarkov viloyatidagi Rossiya hujumiga uchragan bozor. Shevchenkovo, 9-yanvar, 2023.
👉 Ikki ayol halok bo’lgan, yana bir necha odam, jumladan, 10 yashar qiz jarohat olgan.
@voauzbek
Aholini ro’yxatga olish bo’yicha 2020-yilgi hisoblarga ko’ra, Shinjon-Uyg’ur avtonom viloyatining 25 millionlik aholisidan 11 millioni, ya’ni 45 foizi uyg’urlar. Regionda 10 million xan xitoylar yashaydi, shuningdek, musulmon etnik guruhlar, jumladan qozoq, qirg’iz, o’zbek va xueylar.
https://www.amerikaovozi.com/a/6908777.html
Ukrainaning Dnepr shahar markazidan tabiatshunos olim va shoir, rus adabiy tilining asoschisi Mixail Lomonosovning 1971-yilda o’rnatilgan bronza haykali olib tashlandi.
O’tgan oylar ichida Dneprda, shuningdek, Aleksandr Pushkin, Maksim Gorkiy, Andrey Buligin, Aleksandr Matrosov, Yefim Pushkin va Volodya Dubininning haykallari qulatilgan.
Urush boshlanganidan buyon Ukraina bo’ylab Rossiya va sovet madaniyatini aks ettiruvchi haykal va yodgorliklar buzib tashlanmoqda, ko’chalar nomi o’zgartirilmoqda.
Xalqaro hayot - 6-yanvar, 2023-yil
- Germaniya Ukrainaga 40 ta "Marder" BMP sini bermoqchi
- Yevropa parlamentida korrupsion mashmasha
- Prezident Bayden Meksika bilan chegaradagi ahvol bilan tanishmoqchi
- AQSh Vakillar palatasida spikerni saylashga 4-harakat
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan6/6907521.html
Xerson viloyatida hokimiyat binosi Rossiya zarbalari ostida qoldi. Qurbonlar yo’q. 14-dekabr, 2022.
Читать полностью…Ukraina-Rossiya asir almashdi. Navbatdagi almashinuvda 64 ukrainalik askar ozod etilgan. Shuningdek, asir tushgan AQSh fuqarolari ham ozod etilgani aytilmoqda. Ukraina, 14-dekabr, 2022.
Читать полностью…AQSh-O'zbekiston: Qoraqalpog'iston/Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan suhbat
Bu hafta Vashingtonda AQSh-O'zbekiston strategik sheriklik muloqoti kechar ekan, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va Qoraqalpog'iston bilan bog'liq masalalar kun tartibida. Mintaqaviy masalalar ham muhokamada. Bayden ma'muriyati ko'tarayotgan masalalarga Toshkentdan kelgan delegatsiya qanday javob berayapti? O'zbekiston Adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan muloqot.
https://www.amerikaovozi.com/a/6875701.html
Tolibon: Afg’oniston universitetlari faqat toliblar uchun (Video)
Tolibon Afg’onistonda ta’lim sohasida o’zgarishlar bo’lishini e’lon qildi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6871809.html
AQShning Toshkentdagi elchixonasi bergan bayonotga ko'ra, joriy yilda O'zbekiston fuqarolariga grin karta yutuqlari asosida oktabr oyidan boshlab vizalar berila boshlagan.
O'zbekiston berilgan vizalar soni bo'yicha dunyoda uchinchi o'rinda.
O'tgan yil O'zbekiston bu borada beshinchi o'rinda edi.
O'zbekiston AQSh bilan diplomatik aloqalar o'rnatganiga 30 yil, strategik sheriklik boshlanganiga 20 yil, muntazam harbiy almashinuv va qurolli kuchlar orasida hamkorlik yo'lga qo'yilganiga esa 10 yil bo'ldi.
Ayni damda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Vashingtonda Amerika hukumati bilan muloqotda, strategik sheriklik muhokamada.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken kechagi uchrashuvda O'zbekistonni islohotlarni jadallashtirishga ungab, inson huquqlari va erkinliklarni ta'minlash, fuqaro jamiyatini rivojlantirish, matbuot erkinligini kengaytirish va oilaviy zo'ravonlik singari muammolarga qarshi kurashni kuchaytirishga undadi.
Qoraqalpog'istonda bu yil yozda ro'y bergan qonli voqealar to'liq va shaffof tarzda tekshirilishi, ayblanuvchilarning sudi adolatli kechishi uchun barcha zarur choralar ko'rilishi kerak, deya bildiradi Davlat departamenti.
https://www.amerikaovozi.com/a/6874863.html
Xalqaro hayot - 13-dekabr, 2022-yil
- Ukrainaga 1 milliard dollarlik qo'shimcha yordam
- Turkiya bo'g'ozlarida neft tankerlari to'planib qolmoqda
- Yeva Kayli Yevropa Parlamenti vitse-prezidentligidan olindi
- BMT: Somalida 200 ming odam to'yib ovqatlanmaydi
- Xitoy yarimo'tkazgichlar sanoatiga katta sarmoya qilmoqchi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-dec13/6874850.html
Yangi Zelandiya tamaki chekishni bosqichma-bosqich to‘xtatish bo‘yicha qonun qabul qildi.
Unga ko'ra, 2009-yilning 1-yanvaridan keyin tug'ilganlarga tamaki sotilmaydi. Qonunni buzganlar 150 ming Yangi Zelandiya dollari miqdorida jarimaga tortiladi (taxminan 141 ming AQSh dollari).
Shu tariqa, sigareta xarid qilish minimal yoshi yildan-yilga o’sib boradi.
Yangi qonun, shuningdek, tamaki sotishga ruxsat berilgan chakana sotuvchilar sonini taxminan 6000 tadan 600 tagacha qisqartiradi. Tamakida ruxsat etilgan nikotin miqdori ham kamaytiriladi.
Tamaki saraton, yurak xuruji, insult kabi kasalliklarga yetaklaydi. Chekishni taqiqlash esa bu kasalliklarni davolashga sarflanayotgan milliardlab dollarni tejaydi.
Qonunni parlamentning 76 a'zosi ma’qullagan, 43 nafari qarshi chiqqan.
So'nggi yillarda mamlakatda tamaki savdosida katta soliqlar joriy etilgan edi.
Statistikaga ko'ra, Yangi Zelandiyada kattalarning sakkiz foizi har kuni chekadi. O'n yil oldin bu raqam 16 foizni tashkil etgan.
Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston rahbarlarining ilk uch tomonlama sammiti 13-14-dekabr kunlariga belgilangan.
Oliy darajali uchrashuv Kaspiy dengizi sohilida, Turkmanboshi shahridagi Avaza milliy turistik zonasida o‘tmoqda.
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog'an hamda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev sammitga Turkmaniston Prezidenti Sardor Berdimuhamedov taklifiga binoan tashrif buyurdi.
Tomonlar o'zaro aloqalarni mustahkamlash, xususan, savdo, energetika va transport sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qiladi. Shuningdek, o'zaro aloqalarni kengaytirish yuzasidan muzokara olib boradi.
Sammit yakunida yuqorida qayd etilgan yo'nalishlarda qator bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Tadbir doirasida prezidentlar o'rtasida ikki tomonlama muzokaralar ham bo'lib o'tishi rejalangan.
2018-yildagi reytingda O’zbekiston 39-orinni egallagani inobatga olinsa, o’zbek armiyasi qudrati jiddiy cheklanib borayotgani ko’rinadi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6907829.html
Xalqaro hayot - 9-yanvar, 2023-yil
- AQSh Ukrainaga zirhli 50 ta "Bredli" jangovar mashinasini beradi
- Braziliyada sobiq prezident tarafdorlari davlat idoralariga hujum qildi
- AQSh Vakillar palatasiga spiker saylandi. Murosasiz siyosiy tortishuvlar kutilmoqda
- Prezident Bayden Meksika bilan chegarada bo'ldi
- Shahzoda Garrining xotiralari afg'onlarni g'azabga soldi
https://bit.ly/3CXNHOf
Sharqiy Ukrainada qurolli to'qnashuvlar davom etar ekan, Kiyev va Moskva o'rtasida har yakshanba kuni asirlarni almashish bitimi amal qilmoqda.
8-yanvar kuni tomonlar o'zaro navbatdagi 50 nafar asirni almashdi. Rossiya Mudofaa vazirligi bu xabarni tasdiqlab, Ukrainada asirga tushgan Rossiya askarlari Moskvada tibbiy va psixologik reabilitatsiyadan o'tishini ma'lum qildi.
O'z navbatida, Kiyev ham Rossiya tomoni ukrainalik 50 nafar asirni qaytarganini tasdiqladi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak "Twitter" sahifasida ma'lum qildi va Rossiyadan qaytgan askarlar suratini joyladi.
@voauzbek
Eronda o’tgan yilgi namoyishlarda ishtirok etgan ikki shaxs xavfsizlik kuchlari xodimini o’ldirganlikda ayblanib, osish orqali qatl etildi.
Muhammad Mahdi Karamiy va Said Muhammad Husayniy ulardan qiynoq orqali iqrornoma olinganini aytib, apellyatsiya sudiga murojaat qilgan edi. Ammo Eron Oliy sudi hukmni o’z kuchida qoldirgan.
“Xalqaro Amnistiya” tashkilotiga ko’ra, Eron prokurorlari namoyishlarda qatnashgan yana 26 kishiga o’lim jazosi berishni so’ramoqda. Dekabrda ham ikki erkak qatl etilgan edi.
@voauzbek
Qrim-tatarlar islomiy maktabida nimalar o'qitilmoqda? (Video)
Markaziy Osiyo maktablariga islom darslarini kiritish mintaqadagi bahsli mavzulardan biri. Mintaqa aholisi, asosan, musulmonlardan tashkil topgan, ammo islom asoslari umumta’lim maktablarida o’qitilmaydi. Ukrainada qrim-tatarlar ochgan islomiy maktab buni qanday uddalamoqda?
https://www.amerikaovozi.com/a/6906254.html
6-yanvar kuni Rossiya kuchlari Xersondagi o't o‘chirish punktini o’qqa tutdi. Bir qutqaruvchi halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin pravoslav xristianlarining Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘t ochishni 36 soatga to’xtatish haqida buyruq bergan edi. Kiyevga ko’ra esa bu Moskvaning shunchaki navbatdagi nayrangi, o’z qo‘shinlarini kuchaytirish uchun tanaffus.
Jang davom etmoqda. (Reuters)
@voauzbek
Xalqaro hayot - 14-dekabr, 2022-yil
- Eron-Ozarbayjon munosabatlaridagi taranglik
- Afrika rahbarlari Vashingtonda
- Saakashvili Gruziya qamog'ida yana ochlik e'lon qildi
- Ukraina xalqi - Saxarov mukofotining bu yilgi sohibi
- AQShga yo'l olayotgan migrantlar Meksikada o'g'irlanmoqda
- AQSh qonunchilari TikTokni man qilish harakatida
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-dec14/6876424.html
Turkiya, Ozarbayjon va Turkmaniston rahbarlari 13-14-dekabr kunlari Turkmanboshi shahrida uchrashdi.
Yevropa Rossiya neft va gaziga qaramligini tugatishga urinar ekan, Anqara mazkur jarayonda asosiy o’yinchi bo’lishga, Turkiyani energiya savdosining asosiy markaziga aylantirishga urinmoqda. Turkmaniston gazini Yevropaga olib chiqish orqali Rossiyaga bog’liqlikni kamaytirishga harakat qilmoqda.
AQSh Energetika ma'lumotlari boshqarmasiga ko’ra, Turkmaniston tabiiy gaz zahiralari bo'yicha dunyoda oltinchi o’rinda turadi.
Amerika Manzaralari: Xitoy, qurol, savdo (Video)
Bu dasturimizda:
- Xitoy yadroviy arsenalini kuchaytirmoqda
- AQShda yirik tog’on buzib tashlanadi
- Pistoletdan avtomatga… Organlarni xavotirga solayotgan vositalar
- Kriptovalyuta, blokcheyn qishloq xo’jaligida
- Yangi yil oldidan bozor chaqqon
- Badiiy gimnastika… AQShda bu sohada klub ochgan o’zbekistonlik
https://www.amerikaovozi.com/a/6872354.html
Futbol bo'yicha jahon chempionatining ilk finalchisi ma'lum bo'ldi. Argentina Xorvatiyani 3:0 hisobida yengib, final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Argentina muxlislarining xursandchiligini tomosha qiling.
@voauzbek
Kiyevda hujum xavfi haqida sirena yangrar ekan, metro bekatlari aholi uchun boshpana vazifasini o’tamoqda. Ukraina, 13-dekabr, 2022.
"Haftada kamida bir marta sirena yangraydi. Uyda qolishga qo’rqasiz", - deydi Danil ismli kiyevlik fuqaro.
O'zbekiston-AQSh: Harbiy hamkorlik mustahkam
Vashingtonga bu hafta yillik muloqot uchun kelgan O'zbekiston delegatsiyasi bilan bu sanalarni qutlash uchun elchixonada Amerika harbiy yetakchilari, aloqalarga bosh-qosh rasmiylar va bu jarayonlar bilan yaqindan tanish mutaxassislar yig'ildi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6874545.html
Qahraton sovuqda suvga mana shunday sho’ng’iy olasizmi? Londondagi Hayd parki, 12-dekabr, 2022.
Читать полностью…Turkmaniston bugundan boshlab O'zbekistonga ikki barobar ko'proq tabiiy gaz uzata boshlashi mumkin. Kecha O'zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov Ashgabatda bo'lib, Prezident Serdar Bedimuhammedov bilan bu borada kelishuvga erishgan. Kelasi uch oy O'zbekiston qo'shni davlatdan kuniga 20 million kubometr gaz olishi kutilmoqda.
Читать полностью…Uzbekistan-Mississippi National Guard Partnership's 10th anniversary (Video)
The U.S. government's State Partnership Program supports regular exchanges between American and Central Asian military focusing on humanitarian assistance and disaster relief, crisis management, border security, etc. Uzbekistan and Mississippi National Guard have been working together since 2012. Listen to the remarks by Uzbek and American officials on the occasion of this partnership's 10th anniversary. Uzbekistan Embassy, December 12, 2022.
https://www.amerikaovozi.com/a/6873894.html