voauzbek | Неотсортированное

Telegram-канал voauzbek - Amerika Ovozi

2412

"Amerika Ovozi" teleradiosining rasmiy kanali Sayt: www.amerikaovozi.com Facebook: https://www.facebook.com/amerikaovozi YouTube: https://www.youtube.com/c/AmerikaOvozi Odnoklassniki: ok.ru/amerikaovoziuzbek Instagram: https://www.instagram.com/ameri

Подписаться на канал

Amerika Ovozi

Blinken, Norov Vashingtonda uchrashdi (Video)

AQSh va O'zbekiston tashqi ishlar vazirlari 12-dekabr kuni Davlat departamentida muloqot qildi. Bu hafta Vashingtonda ikki davlat strategik sherikligi muhokamada.

https://www.amerikaovozi.com/a/6873302.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xalqaro hayot - 12-dekabr, 2022-yil

- Yevropa Ittifoqida Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 9-paketi muhokamada
- Zelenskiyning diplomatik frontdagi faolligi
- AQSh qamog'idan ozod etilgan Viktor But Liberal-demokratik partiyaga a'zo bo'ldi
- 13-dekabr kuni Vashingtonda AQSh-Afrika rahbarlari sammiti boshlanadi
- Tunis parlament saylovlariga hozirlanmoqda
- Belgiya tergovi doirasida Yevroparlament vitse-prezidenti vazifasidan bo'shatildi

https://www.youtube.com/watch?v=t2dhkKxvEy0

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Afg’oniston-Pokiston chegarasida Tolibon askarlari odamlarni o’qqa tutdi. Kamida olti fuqaro halok bo’lgan. 17 odam jarohat olgan. Chaman, Pokiston.

Tolibon to’qnashuv nimadan kelib chiqqaniga izoh bermadi.

Islomobod rasmiylariga ko’ra, Pokiston tomoni to’qnashuvda tinch aholini nishonga olishdan tiyilgan.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining bildirishicha, 2015-yildan beri Yamanda jami 11 mingdan ortiq bola jarohat olgan va halok bo’lgan.

UNICEF bayonotida aytilishicha, qurbonlar soni ancha yuqori bo’lishi mumkin. Bu faqat hisobga tushganlari.

“Yana yuz minglab bolalar kasallik, ochlik sababli o‘lim xavfi ostida qolmoqda”, — deydi UNICEF vakili Ketrin Rassel.

Eron qo‘llab-quvvatlayotgan hutiy isyonchilari 2014-yilda Yaman poytaxti ustidan o’z nazoratini o’rnatdi. Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya esa xalqaro miqyosda tan olingan hukumatni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Urush mamlakatda gumanitar inqirozni keltirib chiqargan.
BMTga ko’ra, aholining deyarli toʻrtdan uch qismi insonparvarlik yordamiga muhtoj.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

O’zbekiston ikkilamchi sanksiyalarga tushmaslik uchun nimalar qilmoqda? (Video)

Hamkorimiz “Ozodlik” O’zbekiston Eksportchilar uyushmasi raisi Muxtor Umarov bilan O’zbekiston-Rossiya o’rtasidagi eksport-import, ikkilamchi sanksiyalar, Xitoyga gaz eksporti va monopoliyalar haqida suhbatlashdi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6871761.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Choralarga qaramay O'zbekistonda energetika inqirozi davom etmoqda

Energetika vazirligining e'tirof etishicha, bugungi kunda kamida olti viloyatda 64 tuman va shahar "gaz quvurlarida bosimning meʼyordan pastligi sababli" uzilishlarni boshdan kechirmoqda.

https://www.amerikaovozi.com/a/6871619.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Quyuq tuman tufayli Pokistonning Lohur shahrida poyezdlar, Panjobda esa parvozlar to’xtatildi. Rasmiylarning aytishicha, ko’rish masofasini cheklovchi muammolarga nafaqat sanoat, balki transport va dehqonlarning somon yoqishi ham hissa qo’shadi.

11-dekabr holatiga ko’ra, global indeksda havosi eng iflos shaharlar beshtaligi (ro’yxat har kuni o’zgarib turadi):
1) Bishkek, Qirg’iziston
2) Toshkent, O’zbekiston
3) Dakka, Bangladesh
4) Dehli, Hindiston
5) Kalkutta, Hindiston

11-dekabr holatiga ko’ra, global indeksda havosi eng toza shaharlar beshtaligi:
1) Los-Anjeles, AQSh
2) San-Fransisko, AQSh
3) Guanjou, Xitoy
4) Melburn, Avstraliya
5) Vankuver, Kanada

Manba: https://www.iqair.com/us/world-air-quality-ranking

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Kanadada muvaffaqiyat qozongan Qirg'iziston dunganlari (Video)

Kanadaning Sarri shahri Halol taomlar festivaliga mezbonlik qildi. Shahar plazasi minglab odamlar bilan to’ldi. Ko'rgazmada o'z madaniyatini taomlar orqali namoyish etishnni maqsad qilganlar ham bor. Ulardan biri Qirg’izistondan kelgan dunganlar oilasidir.

https://www.amerikaovozi.com/a/6868976.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xalqaro hayot – 9-dekabr, 2022

- Demokratiya ahvoli, AQSh va dunyo bo’ylab
- Polsha – Ukraina urushida muhim rol o’ynayotgan davlat
- Germaniyada o’ng qanot ekstremistlar hibsda

https://www.amerikaovozi.com/a/6869642.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

🇰🇬🇰🇿🇷🇺🇦🇲🇧🇾 Qirg’izistonda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisi bo’lib o’tmoqda. Bishkek, 9-dekabr, 2022.

👉 Oʻzbekistondan majlisga Bosh vazir Abdulla Aripov kuzatuvchi-davlat delegatsiyasi rahbari sifatida borgan.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xitoy rahbari Si Zinpin Saudiya Arabistonida. Ikki mamlakat o’rtasida 30 milliard dollarlik shartnomalar imzolandI. Riyod, 8-dekabr, 2022.

Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6867926.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Rossiya hujumlari tufayli Ukrainada elektr taminoti tez-tez uzilar ekan, Kiyev markazidagi bir restoran har qanday sharoitda ham faoliyatini davom ettirishga urinmoqda. Ko’mir va o’tin pechlarda taom pishirib, sham yorug’ida mijozlarga xizmat qilmoqda.

“Restoran joylashgan bino 19-asrda qurilgan. U paytlarda binoda na elektr toki, na isitish tizimi bo’lgan. O'tmishga qaytgandekmiz", - deydi restoran menejeri Anna Boruk.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Afg‘oniston inqirozi va mintaqa xavfsizligi yana kun tartibida

Toshkent toliblar bilan muzokaralar olib borayotgan bo‘lsa, Dushanbe Tolibonni keskin tanqid qilib, Afg‘onistonda ularga qarshi kurashayotgan Milliy qarshilik kuchlarini quvvatlaydi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6866916.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Vashington korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha xalqaro anjumanga mezbon

Bu hafta dunyoning 140 davlatidan, jumladan, O'zbekistondan korrupsiyaga qarshi kurashuvchi organ va tashkilotlarning vakillari Vashingtonda.

https://www.amerikaovozi.com/a/global-anti-corruption-forum-meets-in-washington/6866117.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Amerika Manzaralari: Tramp, matbuot, vatandoshlar

Bu dasturimizda:

- Donald Trampning muddaosi nima?
- AQSh Filippinni Xitoydan himoya qiladi
- Matbuot erkinligi hamisha muhim, uzviy huquq
- Muhojirlar - madadkorlar
- Imkoniyati cheklanganlar ham ishlay oladi
- Qamoqdan keying hayot… teatr?
- Turkiston-Amerika uyushmasi – mehr-muruvvat manbai, deydi vatandoshlar
- Nyu-York yangi yil arafasida

https://www.amerikaovozi.com/a/6862507.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Kobuldagi mehmonxonada otishma yuz berdi. Voqeaga guvoh bo’lgan mahalliy aholiga ko’ra, avval portlash yuz berib, so'ng otishma sodir bo'lgan. Mehmonxonaga asosan xitoyliklar kelgan.

Tolibon rasmiysi Zabihulla Mujohidning aytishicha, hujumni uyushtirgan shaxslarning uch nafari halok bo‘lgan. Ikki chet ellik fuqaro qochish uchun derazadan sakrashi natijasida jarohat olgan.

Mehmonxona yaqinidagi Italiyaga qarshli yordam tashkilotiga ko’ra esa 21 nafar yaralangan odam tez tibbiy ko’mak uchun olib kelingan. Jumladan, uch kishi halok bo’lgan. (AP, AFP)

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Rossiyaning “RIA Novosti” axborot agentligi Kamyanka qishlog’ning rus qo’shinlari tomonidan nishonga olinganiga doir videoni taqdim etdi. Axborotga ko’ra, qishloqdagi Ukraina kuchlari va texnikasiga zarba berilgan.

Ukraina nazoratidagi Kamyanka Rossiya nazoratidagi Donetskdan taxminan 16 km uzoqlikda.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Ukraina birinchi xonimi Olena Zelenskaya Fransiyaga bordi. Parij, 12-dekabr, 2022.


Parij Ukrainaga gumanitar yordam jo’natish, mamlakatni tiklash bo’yicha yig’ilishga mezbonlik qilmoqda.

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Parij Ukrainaning suverenitet va hududiy yaxlitligini to‘liq tiklashi uchun yordamini ayamasligini bildirgan.


Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yana yangi sanksiyalar joriy etish, Ukraina armiyasiga yordam berish uchun koʻproq mablagʻ ajratish masalasini koʻrib chiqmoqda.

Tashkilotga a'zo mamlakatlarning tashqi ishlar vazirlari Bryusselda Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun taxminan 2,1 milliard dollar ajratish masalasini muhokama qilmoqda.

Yevropa Ittifoqi urush boshlanganidan beri rossiyalik arboblar va sanoat korxonalariga qarshi sakkiz marotaba sanksiya joriy etdi. To‘qqizinchi raund sanksiyalarga esa hukumat amaldorlari hamda Rossiya mudofaa va bank sanoati vakillari kirishi kutilmoqda.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

🇺🇿🇺🇸 Shu kunlarda O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo'shma Shtatlarida.

Ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklik, hamkorlik muhokamada.

Tashrif doirasida Norov AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va boshqa rasmiylar bilan muzokaralar o'tkazadi.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

O'zbekiston korrupsiyaga qarshi qanchalik kurasha olayapti? (Video)

Korrupsiyaga qarshi global forumda ishtirok etgan O'zbekistonda yulg'ichlik va poraxo'rlikka qarshi kurash hozir qay darajada? Davlat xizmatchilarining daromadini oshkor etishni talab qiladigan qonundan darak bormi? O'zbekiston jahon tajribasidan nimalarni o'rganishi mumkin? Korrupsiyaga qarshi formula bormi, bo'lsa qanday? O'zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bosh direktori Akmal Burhonov bilan Vashingtonda xalqaro anjumanda suhbat.

https://www.amerikaovozi.com/a/6871310.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Jurnalist korrupsiyaga qarshi qanday kurashadi? Yulduz Olimova

"Mening yurtim" (MY5) kanali muxbiri Yulduz Olimova shu kunlarda AQSh poyxtatida o'tgan global forumda qatnashib, korrupsiyaga qarshi kurash va surishtiruv jurnalistikasi dunyoni qanchalik o'zgartira olishini o'rgandi. O'zbekistonni bunday jurnalistlar qanchalik o'zgartira oladi? Yulduz respublika Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik kengashi a'zosi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6870536.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Rossiya bosqini ostida yashagan qrim tatar oilaning boshdan kechirganlari (Video)

Ukrainaning Xerson viloyatida yashagan qrim-tatar Fatima Fuka “Amerika Ovozi” bilan ushbatda Rossiya ishg’oli ostidagi hayoti, bosqindan qochish paytida oilasi duch kelgan tazyiq va qiynoqlar haqida so'zlab berdi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6868978.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Ukraina mudofaasiga hissa qo'shayotgan xorijliklar (Video)

Ukrainlar Rossiya bosqiniga qarshi kurashar ekan, frontda ko’ngilli xorij fuqarolari ham ular bilan yelkama-yelka xizmat qilmoqda. Ko’ngillilar orasida AQSh fuqarolari ham bor.

https://www.amerikaovozi.com/a/6868534.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xitoy rahbari Si Zinpin Riyodda Fors ko'rfazi davlatlarining rahbarlari bilan uchrashdi. Saudiya Arabistoni, 9-dekabr, 2022.

👉 Xitoy arab dunyosi bilan aloqalarni mustahkamlamoqda. Energetik hamkorlik kuchaytirilmoqda.

Xitoy - dunyoda eng ko'p yonilg'i iste'mol qiladigan mamlakat. Neftga boy Fors ko'rfazi bilan sheriklik, deydi ekspertlar, Pekin uchun hayot-mamot masalasi. Yonilg'ining yarmini Xitoy Avstraliya va Amerikadan oladi, qolgani uchun esa boshqa ishonchli manbalar zarur.

Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6867926.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Vladimir Putin Vatan qahramonlari kuni arafasida Rossiyaning Ukrainadagi urushida ishtirok etgan harbiylarni taqdirladi. Moskva, 8-dekabr, 2022.

Askarlar bilan uchrashuvda Putin “harbiy missiya” davom etishini bildirdi.

Kremlning bildirishicha, Vladimir Putin Rossiyaning Ukrainadagi urushida “jasorat va qahramonlik koʻrsatgan” 200 dan ortiq rossiyalik askar va fuqarolarni taqdirlagan.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Xalqaro hayot – 8-dekabr, 2022

- Xitoy rahbarining Saudiya Arabistoniga tashrifi
- Yevropa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
- Peruda yana prezident almashdi
- Donald Tramp va maxfiy hujjatlar
- Turkiya Finlyandiyadan qurol embargosini bekor qilishni so’ramoqda

https://www.amerikaovozi.com/a/6868125.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

"Time" jurnali Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiyni "Yil odami" deb e'lon qildi. Nashrning ta'kidlashicha, Zelenskiy ukrain xalqini ozodlik g'oyasi ostida birlashtira oldi, siyosiy elitani irodali mudofaa va strategik missiya bilan ruhlantirdi, Rossiya bosqiniga qarshi ko'rsatayotgan jasorati bilan jahon hamjamiyati e'tirofiga erishdi.

Jurnal Prezident Zelenskiy Rossiya Ukrainaga qarshi qaqshatqich urush boshlagan kezlarda Kiyevdan xorijga evakuatsiya qilishga doir takliflarni keskin rad etganiga urg'u bergan. Video murojaatlari bilan xalqni zulmga qarshi birlashtira olgani, mamlakat bo'ylab urush zonalarida aholi va harbiylar bilan birga bo'lganiga alohida to'xtalgan.

Jurnal 1927-yildan buyon yil odamini e'lon qilib keladi. 2021-yilda bu e'tirofga dunyoning eng qimmat avtosanoatiga aylangan Tesla bosh direktori Ilon Mask loyiq ko'rilgan edi.

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Konstitutsiya kuni oldidan 223 mahkum ozodlikka chiqmoqda

O‘zbekiston konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan va uning 93-moddasi 23-bandiga asosan "bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan jazo muddatini o‘tayotgan 402 nafar shaxs afv etildi", - deya bildiradi prezident idorasi.

https://www.amerikaovozi.com/a/6866916.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Uyg'urlar: Xitoy cheklovlari aynan bizga qaratilgan (Video)

Muhammad Mehmet Ali vatanida 24-noyabr kungi yong’inda onasi va to’rt jigaridan ayrildi. Xitoyga qarshi namoyishda. Istanbulda “Amerika Ovozi” bilan gaplashar ekan, Mehmet Pekindagi rahbarlarni ataylab uyg’urlarni ezayotganlikda ayblaydi. Xorijdagi uyg’urlar g’azabda, adolat talab qilmoqda.

https://www.amerikaovozi.com/a/6864767.html

Читать полностью…

Amerika Ovozi

Energetik inqirozdagi Markaziy Osiyo Vashingtonda muhokamada

30 yildan beri mustaqil va severen davlatlar sifatida yashayotgan Markaziy Osiyo bu qishda ham mavsumiy energetik inqirozning oldini ololmadi. Aholisi 36 millionga yaqinlashgan O'zbekiston, 19 milliondan ziyod Qozog'iston, qariyb 10 millionlik Tojikiston va deyarli 7 millionlik Qirg'izistonda qahraton qish boshlanar ekan, hukumatlar xalqning quvvatga talabini qondirmayapti.

https://www.amerikaovozi.com/a/6864783.html

Читать полностью…
Подписаться на канал