Tolibon uch yillik iqtidorini harbiy parad bilan nishonlamoqda
Tolibonning harbiy paradi Markaziy Osiyoga va dunyoga harbiy qudrat hokimiyatni ushlab qolishda guruh tayanayotgan asosiy kuch ekanligiga ishora beradi.
Batafsil
@voauzbek
Harris va Trampning immigratsiyaga doir siyosati
2024-yilgi AQSh prezidentlik saylovi nomzodlari muhojirlar bilan bog'liq yangicha yondashuvni taklif qilmoqda. Kongress immigratsiya islohotiga doir qonunni qabul qilishga ojizlik qilarkan, chegaradagi vaziyat prezident farmonlari va qoidalar hisobiga nazorat etilmoqda.
Batafsil
@voauzbek
G'azo fuqarolik mudofaasi agentligi xabariga ko’ra, Isroil harbiylari ko'chirilgan falastinliklar yashab turgan maktab binosiga bergan so'nggi zarba oqibatida qurbon bo'lganlar soni 90 dan oshgan. Isroil esa bu binoda jangarilar qo’mondonlik markazi joylashganini da’vo qilmoqda.
Payshanba kuni Isroil G'azo shahrida ikkita maktabga zarba bergani va natijada 18 dan ortiq odam halok bo'lganini aytilgan edi. Agentlikka ko'ra, bundan tashqari, o'tgan yakshanba kuni shahardagi yana ikkita maktab hujumga uchrab, ularda kamida 30 kishi qurbon bo’lgan.
@voauzbek