Pokiston saylov komissiyasi sobiq bosh vazir Imron Xonga besh yil davomida biror davlat lavozimini egallashni taqiqlash haqida qaror chiqardi. Qaror siyosatchi korrupsiyada ayblanib, qamoqqa olinganidan keyin e’lon qilindi.
Shanba kuni politsiya 70 yoshli muxolifat yetakchisini hibsga olishi ortidan federal sud uni 2018-yildan 2022-yilgacha hokimiyatda bo‘lgan paytida davlat sovg‘alarini sotishdan tushgan daromadni yashirganlikda ayblab, uch yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.
Imron Xon hukmni bekor qilishni so’rab Oliy sudga murojaat qildi. Sud majlisi chorshanba kuniga belgilangan.
@voauzbek
AQSh Prezidenti Jo Baydenning o'g'li Xanter Bayden federal sudda 2017 va 2018-yillarda ko'rgan 1,5 million dollardan ortiq daromadi uchun 100 ming dollardan ko'proq soliq to‘lamaganlik aybini, shuningdek, kokainga qaram bo'lgan paytida noqonuniy ravishda qurol saqlaganini tan olishi kutilgan edi.
Ammo AQSh sudyasi Maryellen Noreika kelishuvni tasdiqlashdan bosh tortdi.
Sudyaga ko'ra, bu kelishuv prezidentning o'g'liga ayni paytda davom etayotgan boshqa tekshiruvlar bo'yicha ham umumiy afv berayotgan bo'lishi mumkin va shu bois bu jihatlarini aniqlamasdan turib uni tasdiqlab bo'lmaydi.
Xanter Baydenning advokatlari sud zalida prokurorlar bilan gaplashib, kelishuv kelajakdagi ayblovlarni o'z ichiga olmasligini ta'kidladi.
Ammo shunda ham sudya aybdorlik kelishuvini tasdiqlashni istamadi. Shundan so'ng Xanter Bayden ham soliqdan bo'yin tovlash bo'yicha o'ziga qo'yilgan ayblovlarni tan olishdan bosh tortdi.
@voauzbek
AQSh federal sudi Bayden ma'muriyatining AQSh-Meksika chegarasi orqali kirganlarning siyosiy boshpana olishini qiyinlashtiruvchi yangi tartibini bekor qildi. Unga ko'ra, tartib qonunga zid bo'lib, muhojirning qayerdan kirishi boshpana so'rashiga to'sqinlik qilmasligi kerak.
Yangi tartib 12-may kuni pandemiya davridagi cheklovlar bekor qilinishi ortidan kuchga kirgan edi. Bayden ma'muriyati sud qarori ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Masala bir yoqli bo'lguncha Oq uy o'rnatgan yangi tartib amal qilishda davom etadi.
@voauzbek