NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini tasdiqlash masalasini “imkon qadar tezroq” Turkiya parlamentiga yuborishga va uning ma’qullanishiga yordam berishga rozi bo‘lganini aytdi.
Stoltenberg bu haqda Litvada bo‘lib o‘tadigan NATO sammiti arafasida Erdo‘g‘on va Shvetsiya Bosh vaziri Ulf Kristersson bilan o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng ma’lum qildi. Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish masalasi o'tgan yili Turkiya e'tiroz bildirgandan beri to'xtab qolgan edi.
@voauzbek
O’zbekiston: Prezident Shavkat Mirziyoyev uchinchi muddatga saylandi
Kuzatuvchilar fikricha, saylov muxolif nomzodlar ishtirokisiz o'tgan va u Mirziyoyevning hokimiyatda qolishini rasmiylashtirish uchun tashkil qilingan tadbir, xolos.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/7174246.html
3-iyul kuni Floridaning Navarr shahar plyajida akula paydo bo’ldi. Odamlar akulani payqashi bilan suvdan sohilga chiqishga shoshilgan. Hech kimga zarar yetmagan.
@voauzbek
Bayden: Ukrainaga qancha kerak bo'lsa, shuncha yordam beramiz
AQSh Prezidenti Jo Bayden NATOning tarixiy sammitini Ukraina uchun optimistik qaror va Moskvani qattiq ogohlantirish bilan yakunladi.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/7178782.html
Yakshanba kuni Hindistonning Himachal-Pradesh, Uttaraxand, Uttar-Pradesh, Jammu va Kashmir hamda Panjob shtatlarida kuchli suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz berishi oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lgan.
Dam olish kunlari sodir bo'lgan toshqinlar bir necha ko'prikni vayron qilgan; uylar va mashinalarni oqizib ketgan.
Rasmiylar yomg'ir tufayli yo'llar va ko'priklarda qolib ketgan odamlarni qutqarish uchun vertolyotlardan foydalanmoqda.
@voauzbek