Afg'oniston Markaziy Osiyo uchun yana tahdidga aylanmoqdami?
Markaziy Osiyoda Tolibon bilan eng yaqin aloqalarga ega Toshkent vaziyatdan xavotirda ekanligini, ammo muvaqqat hukumatga nisbatan umidi yo’qolmaganini bildirdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6969658.html
Antakya shahri, 19-fevral, 2023. Turkiya Atrof-muhit va shaharsozlik vazirligiga ko’ra, zilzilada 11 viloyatda qariyb 106 ming bino vayron bo’lgan yoki yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelgan.
@voauzbek
Rossiyaning Xersonga navbatdagi hujumida kamida olti kishi halok bo’ldi. 12 odam jarohat oldi. 21-fevral, 2023.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 21-fevral, 2023-yil
- Bayden Polshada - Putin javob qaytarmoqda
- Turkiyada yana ikki zilzila qayd etildi
- Isroilda xalq va muxolifat islohotlarga qarshi chiqmoqda
- Braziliyada toshqin va tuproq ko'chishi qayd etildi
- Braziliyaga karnavallar qaytmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6972833.html
AQSh Prezidenti Jo Bayden Varshavada. Polsha rahbari Andjey Duda bilan uchrashdi. 21-fevral, 2023.
Yevropaga tashrifi mobaynida Bayden NATO boshliqlari bilan ham ko'rishadi, shuningdek, Rossiya agressiyasiga qarshi birlashgan to'qqiz davlat rahbarlari bilan suhbatlashadi.
@voauzbek
🇺🇸🤝🇺🇦 AQSh rahbari Jo Bayden Ukrainaga tashrifida Kiyevga yarim milliard dollarlik yordam va'da qildi. Unga harbiy ko'mak ham kiradi.
50 dan ortiq davlatdan iborat koalitsiya Ukrainaga harbiy, iqtisodiy va boshqa sohalarda yordamlashmoqda va bu Vashingtonning xalqaro yutug'i, dedi Bayden Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.
Uchrashuv paytida Kiyev va boshqa hududlarda urush ovozi eshitilib turgan.
Ikki prezident Kiyevdagi ibodatxonaga borib, urushda halok bo'lganlarni xotirlagan.
Bayden Ukrainadan Polshaga o’tdi. Varshavada mamlakat rahbari Andjey Dudja bilan uchrashdi.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6971809.html
@voauzbek
Birinchi xonimlarning liboslari muzeylarda (Video)
Amerikada bir an’ana bor. Birinchi xonimlar inauguratsiya marosimida kiygan kiyimlarini muzeyga topshiradi. Jill Bayden ham an’anaga sodiq qolib, o’sha tarixiy tadbirda kiygan kiyimini yaqinda Vashingtondagi Amerika tarixi muzeyiga berdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6969826.html
Turkiyada yuz bergan zilzila ko’plab tarixiy obidalarga ham shikast yetkazdi. Antep qal'asi, tarixiy Malatya yangi masjidi, Urfadagi Hahlilurrahmon majmuasi hamda Habibi Najjor tarixiy masjidi katta zarar ko'rgan.
Habibi Najjor masjidi Antakya arablar tomonidan fath qilinishi ortidan 638-yilda qurilgan.
U bugungi Turkiya hududida bunyod qilingan birinchi masjid hisoblanadi.
@voauzbek
Qahramonmarash zilziladan oldin va keyin.
👉 Turkiya va Suriyada zilzila qurbonlarining soni jami 41 732 nafarga yetdi.
🐄 Turkiyada vayronalar ostida qolib ketgan jonivorlar ham qutqaruvchilar e’tiboridan chetda qolmayapti. Adiyamandagi qishloqda sigir zilziladan 10 kun o’tib qutqarildi. Egasi xursand. Jonivorga yem berish uchun vayron bo’lgan molxonaga har kun borganini aytadi.
Читать полностью…Ukraina Rossiya hududiga hujum qiladimi? (Video)
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning da’vo qilishicha, Ukrainani ogʻir qurollar bilan taʼminlovchi global koalitsiya Kiyevni ochiqchasiga Rossiya ichidagi hududlarni egallab olishga chaqirgan. Bu gap qanchalik to'g'ri?
https://www.amerikaovozi.com/a/6961894.html
"Kompromat.uzb" hamon tergovda
O'zbekistonda 27-yanvardan beri hibsda saqlanayotgan jurnalist, "Human.uz" axborot portali asoschisi va direktori Xurshid Daliyev 14-fevral kuni uni ko'rishga borgan hamkasblari va rasmiylarga ahvoli yaxshi ekanini aytgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6964091.html
Qozog‘iston hukumati Turkiyaning zilzila yuz bergan viloyatlariga qo‘shimcha gumanitar yordam jo'natilishini ma'lum qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ayni paytda Qozog‘iston qidiruv-qutqaruv va tibbiyot guruhlari Gaziantep va Nurdagida yordam amaliyotlarini davom ettirmoqda. Qozog'iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv ishlari aks etgan videoni e'lon qildi.
@voauzbek
❄️🌨 Tojikistonning tog’li hududlarida ketma-ket yuz bergan tog’ ko’chkisida halok bo’lganlarning soni 20 nafarga yetdi. Ko’chkining aksariyati Tog’li Badaxshon hududida sodir bo’lgan. Qor uylarni bosib, yo’llarni to'sib qo'ygan.
400 dan ortiq xonadon xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.
@voauzbek
“Tolibon” hukumatining bosh diplomati Afg‘oniston shimolida “Islomiy davlat” guruhining minglab jangarilari to‘plangani va Markaziy Osiyo barqarorligiga tahdid solayotgani haqidagi Rossiya da‘volarini asossiz deb atadi.
Avvalroq Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti birlashgan shtabi boshlig‘i, rossiyalik general-polkovnik Anatoliy Sidorov “Al-Qoida” va “Islomiy davlat Xuroson” guruhlari safida jangarilar soni oshib borayotgani va ular chegara viloyatlarida to’planayotgani haqida bayonot bergan edi.
“Islomiy davlat”ning afgʻon boʻlimi aʼzolari soni sezilarli darajada oshib, 6500 nafarga yetdi. 4000 ga yaqin jangari Tojikistonning janubiy chegarasi boʻylab Badaxshon, Qunduz va Taxor viloyatlarida toʻplangan”, - deya Sidorovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Rossiya rasmiy ommaviy axborot vositalari.
Tolibon Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bu da’volarni rad etib, shunday degan:
"Qanday qilib minglab odamlar bir joyda to'plansa, hech kim ularni ko’rmasligi yoki bilmasligi mumkin?"
@voauzbek
🚺 Keniya shimoli-sharqidagi Umoja qishlog’i boshqa jamoalardan bir jihati bilan farq qiladi: bu yerda erkaklar yo’q.
Bundan 30 yil oldin bunyod etilgan qishloqda oilaviy zo’ravonlikdan, erta nikohdan va an'anaviy xatna amaliyotidan qochgan xotin-qizlar yashaydi.
Qishloq ahli sayyohlardan tushadigan daromad, zargarlik buyumlari savdosidan kun ko’radi.
🇹🇷 20-fevral kuni Hatayda sodir bo'lgan 6,4 magnitudali zilzila aks etgan video.
@voauzbek
20-fevral kuni Hatayda sodir bo'lgan 6,4 magnitudali zilzila aks etgan video tarqaldi. Zilzila kuzatuv kameralariga tushgan.
Turkiyaning Hatay viloyatida 20-fevral kuni yana ikki zilzila qayd etildi.
Birinchi yer silkinishi 6,4 ball kuchga ega bo'lib, viloyatning Defne hududida sodir bo’lgan. Oradan uch daqiqa o'tib Samandag' hududida 5,8 balli zilzila qayd etilgan.
Rasmiylar uch kishi halok bo'lganini bildirdi. 200 dan ortiq kishi jarohat olgan.
Zilzila Suriya, Iordaniya, Kipr, Isroil va Misrda ham sezilgan.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken 19-20-fevral kunlari Turkiyada bo’lib, Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, so'ng prezident Rajab Toyyip Erdo'g'an bilan uchrashdi.
Shuningdek, u Hatay viloyatiga borib, zilzila jabrdiydalariga ko'mak va'da qildi. AQSh rasmiysi Turkiya va Suriya aholisi uchun 100 million dollarlik insonparvarlik paketini e'lon qildi.
Blinkenga ko'ra, Turkiyaga F-16 rusumidagi jangchi samolyotlar sotilishi rejalangan. Amerika Turkiyani Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirishini ma'qullashga undamoqda.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6970584.html
👶 Suriyada zilziladan so’ng vayronalar ostida tug’ilgan chaqaloq kasalxonadan chiqarildi. Go’dakni ammasi va uning eri asrab olgan.
Qizaloq zilzila yuz berganidan 10 soat o'tib topilgan. Onasi Afra Abu Hadiya uni vayronalar dunyoga keltirib, vafot etgani ma'lum bo’lgan. Go’dak oilasining omon qolgan yagona a'zosi. Otasi va to’rt opa, akalari ham halok bo’lgan.
Yangi oilasi unga onasining xotirasiga Afra deb ism berdi.
Vayronalar ostida tug’ilgan va omon qolgan go’dak hikoyasi ommaviy axborot vositalarida keng tarqaldi. Dunyoning turli burchaklaridan uni asrab olish haqida takliflar kelib tusha boshladi. Biroq, qarindoshlari rozi bo'lmadi. Ularning bildirishicha, nochor bo’lsalar-da, go’dak uchun eng yaxshi joy – uning oilasi.
@voauzbek
AQSh siyosatini aks ettiruvchi lavha:
"Raqamli texnologiyalar iqtisodiy o'sishni tezlashtirish potentsialiga ega, biroq ular repressiv hukumatlar tomonidan ham suiiste'mol qilinishi mumkin. AQSh shunga qarshi kurashmoqchi."
@voauzbek
Xalqaro hayot - 17-fevral, 2023-yil
- Myunxen xavfsizlik anjumanida asosiy mavzu - Ukraina urushi
- Rossiya foydasiga josuslik qilgan britan fuqarosi 13 yilga qamaldi
- Germaniya aeroportlarida ish tashlashlar. Minglab reyslar bekor qilingan
- Hindistonning Assam shtatida yosh qizlarni nikohiga olganlar jazolanmoqda
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb17/6967856.html
AQSh rahbari Jo Bayden O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga bu hafta yo'llagan maktubdan:
"O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika masalalarida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Sizning mamlakatni siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish borasidagi sa’y-harakatlaringizni qo‘llab-quvvatlash AQSh uchun ustuvor ahamiyatga ega.
AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklik chuqurlashib bormoqda va erishilgan yutuqlarni 2023-yilda ham yanada ilgari surishimizga umid bildiraman.
Siz Markaziy Osiyodagi beshta mamlakatning mintaqaviy hamkorligini kengaytirish orqali qo‘shni mamlakatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganingizni alohida qayd etmoqchiman.
Bu sa’y-harakatlar Markaziy Osiyoda va uning tashqarisida ravnaq va barqarorlikni ta’minlashga katta hissa qo‘shmoqda".
Hatayda zilziladan 261 soat o‘tib, yana bir odam vayronalar ostidan qutqarildi. Turkiya, 17-fevral, 2023.
Mustafo Avji kasalxonaga yetkazilar ekan, u ota-onasi va yaqinlarining tirikligini bilish uchun feldsherlardan telefon so’radi.
Rossiya Turkmanistonni ham gaz ittifoqiga tortmoqdami?
15-fevral kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov Ashgabatda “Gazprom” rahbari Aleksey Millerni qabul qilgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6966043.html
Muhojir hayoti: AQShdagi o'zbekistonlik hofiz hikoyasi (Video)
Abdulaziz Jo'rayev - sozanda va hofiz. O'zbekistonda uzoq yillar san'at sohasida xizmat qilgan. Bugun muhojir sifatida AQShda kun kechirmoqda. U bizga okeanortida o'tkazgan ilk kunlari, ko'rgan qiyinchiliklari haqida so'zlab berdi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6961498.html
Xalqaro hayot - 16-fevral, 2023-yil
- Baxmut ruslarga taslim bo’ladimi?
- Ukrain harbiylari Polshada nemis tanklarini boshqarishni o’rganyapti
- Gruziyaga qochgan ruslar hali-beri vataniga qaytmasligini aytadi
- Xeyli keksa siyosatchilarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishga chaqiryapti
- Tojikistonda qor ko’chishi oqibatida kamida 20 odam o’lgan
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-feb16/6966144.html
Qahramonmarashda zilziladan 10 kun o’tib, vayronalar tagidan yana bir odam qutqarildi. 17 yoshli qiz vayronalar ostida 248 soat qolib ketgan. 16-fevral, 2023.
@voauzbek
O'zbekiston: Nega xorijiy investor pul tikmayapti? (Video)
O'zbekiston Iqtisodiyot assambleyasi qoshida bugun 27 uyushma bor, turli sanoatlarni aks ettiradi. Biroq assambleya raisi Muhtor Umarov deydiki, xorijdan, xususan G'arbdan sarmoya deyarli yo'q va buning konkret sabablari talay. Umarov respublika tadbirkorlariga va hukumatga murojaat qilib, investitsiya kelishi uchun eng zarur talablar va xalqaro me'yorlar ustida ishlashga chaqirmoqda.
https://www.amerikaovozi.com/a/6961515.html