Meksika hukumati 250 muhojir ketayotgan yuk mashinasini to’xtatib qoldi. Chiapas shtati, 18-yanvar, 2023.
Milliy Migratsiya Institutiga jo’natishdan oldin migrantlarga oziq-ovqat, suv berilgan, tibbiy, psixologik yordam ko’rsatilgan.
Meksika lotin amerikalik muhojirlar uchun AQShga o’tish yo’lagi sanaldi.
Florida shtatining Kissimmi shahrida ikki o’zbekistonlik o’rtasida 5000 dollar ustida boshlangan o’zaro janjal otishmaga aylangan.
G’ani Jo’raboyev do’sti, qo’shnisi Bekzod Nishonboyevni otib, so’ng o’zi uni kasalxonaga yetkazgan. Nishonboyev shifoxonada vafot etgan. 41 yoshli Jo’raboyev hibsga olingan.
Mahalliy sherifga ko’ra, voqea turar-joy binosidan tashqarida sodir bo’lgan. Nishonboyev Jo’raboyevga musht tushirgan. Jo’raboyev esa mashinasiga borib, o'qotar qurolini olib, unga o’q uzgan.
Manba: Osseola okrugi Sherif idorasi
“Urushda dushmanni o’ldirish uchun sizning jinoiy iste’dodingiz bizga kerak, degandim bir paytlar. Endu bunga hojat yo’q. Qamoqqa qaytmaslikka harakat qiling. Urushda qatnashish uchun qamoqqa o’tirish shart emas. Urushga qaytishni istaganlarni esa kutamiz”, - dedi Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin Ukrainadagi urushda ishtirok etib qaytgan sobiq mahkumlarga.
Ukrainadagi xizmat muddatini o’tab bo’lgan bir guruh sobiq mahkumlar Rossiya hududiga qaytdi. Urushda qatnashish evaziga ular endi ozod.
“Vagner” Rossiya qamoqxonalaridagi mahkumlarni qurolli kuchlar safida jang qilish uchun yollagan.
@voauzbek
Fransiyalik rohiba Lyusil Randon 1904-yilning 11-fevralida tug‘ilgan edi.
Hayoti davomida o’qituvchi, enaga bo’lib ishlagan ayol 100 yoshga to’lgunga qadar qariyalar uyida keksalarga g’amxo’rlik qilgan.
Randonning vafotidan keyin Ispaniyada yashovchi Mariya Branyas Morera dunyodagi eng keksa ayolga aylandi. U 115 yoshda.
@voauzbek
O'zbekiston Singapur yo'lidan ketyaptimi?
Prezident Mirziyoyev korrupsiyaga qarshi chiqishlarida Singapur tajribasini ko’p tilga oladi. Shuning uchundir, ba’zi mahalliy arboblar Mirziyoyevning O’zbekiston uchun xizmatlarini Kuan Yu faoliyati bilan qiyoslagan edi.
Lu Kuan Yu Singapurni qashshoq mamlakatdan taraqqiyotga olib chiqqan, korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurashgan davlat arbobi sifatida dunyoga tanilgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6923036.html
Nyu-York shahar meri Erik Adams Meksika bilan chegaradosh El-Paso shahriga borib, avtobuslarga solib jo'natilayotgan migrantlarga AQShning eng gavjum shahrida ortiq joy qolmaganini e'lon qildi.
So'nggi oylarda Florida va Texas shtatlarining respublikachi gubernatorlari minglab hujjatsiz muhojirlarni avtobuslarga yuklab, Nyu-York, Chikago va Vashington Kolumbiya okrugi kabi demokratlar boshqarayotgan shaharlarga jo'natayotgan edi.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 13-yanvar, 2023-yil
- Isroil "Arslon uyasi"ni terrorchi, falastinliklar qahramon deb biladi
- Rossiya AQShning yana bir fuqarosini ozod qildi
- AQSh va Yaponiya Xitoy tahdidlariga qarshi birgalikda kurashmoqchi
- Qozog'iston parlamenti "birinchi prezident" haqidagi qonunni bekor qildi
- Putin Boshqirdistonning olamdan o'tgan sobiq rahbari bilan vidolashdi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan13/6917553.html
Ukraina Belarus chegarasiga yaqin joyda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Volin, 12-yanvar, 2023.
Ukraina Mudofaa vazirligiga ko’ra, Ukraina sharqidagi Soledar shahrida shiddatli janglar ketmoqda.
Rossiyaning "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin esa Soledar Rossiya nazorati ostiga o’tganini, shiddatli janglarda 500 ukrainalik askar o‘ldirganini da’vo qilgan edi.
@voauzbek
Xalqaro hayot - 12-yanvar, 2023-yil
- "Human Rights Watch" guruhining yillik hisoboti chop etildi
- Baydenga tegishli maxfiy hujjatlar nodavlat idoralarda topildi
- Chexiyada prezidentlikka uch nomzod da'vogar
- AQSH fuqarolik aviatsiyasidagi muammo minglab reyslarning qoldirilishiga sabab bo'ldi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan12/6915774.html
🌧 Kaliforniyadagi toshqin. Mersed, 10-yanvar, 2023.
👉 Kaliforniya gubernatoriga ko’ra, bir necha kundan beri davom etayotgan kuchli yomg’ir va toshqin kamida 17 kishining hayotiga zomin bo’lgan. Besh yashar bir bola suvga oqib ketganicha, topilmagan. Toshqin va ko’chki vayronagarchiliklarga sabab bo’lmoqda. 200 ming uylar, bizneslar elektr ta’minotisiz qolgan.
Prezident Mirziyoyev energetik inqirozni yengishga qodirmi?
Iqtisod fanlari doktori, professor Xidirnazar Olloqulovning “Amerika Ovozi”ga aytishicha, amaldagi hukumatda, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyevda energetik inqirozni yengish uchun lozim siyosiy iroda yetishmaydi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6913234.html
Xalqaro hayot - 11-yanvar, 2023-yil
- Rossiya Soledar uning nazoratiga o'tganini bildirmoqda
- Mexikoda AQSh, Kanada va Meksika rahbarlarining sammiti bo'lib o'tdi
- Tigray kuchlari og'ir qurollarni milliy armiyaga topshirishga kirishdi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan11/6914145.html
Kobul yerlarida sochilib yotgan odamlar. 11-yanvar, 2023.
Kobulda Tashqi ishlar vazirligi binosi yaqinida xudkush terrorchi portlash sodir etdi. Tolibon rasmiylariga ko’ra, besh odam halok bo’lgan.
Hozircha hujum uchun hech qaysi tomon javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq “Islomiy davlat” mamlakatda faol.
“Yelkasida ryukzak va miltiq osgan bir erkak yonimdan o‘tib ketdi va bir necha soniyadan so‘ng kuchli portlash sodir bo’ldi. Uni o‘zini portlatganini ko‘rdim”, - deydi voqeaga guvoh bo’lgan fuqaro Jamshid Karimiy.
“Amerika Ovozi” ishonchli va xolis axborot yetkazadi. Sizni dunyo bilan bog’laydi, haqiqat bilan birlashtiradi. Butun jahonni kaftingizda namoyon etadi.
👉 Bizni https://www.amerikaovozi.com va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
/channel/voauzbek
https://www.youtube.com/AmerikaOvozi
https://www.facebook.com/amerikaovozi/
https://www.instagram.com/AmerikaOvozi/
#amerikaovozi #erkinmatbuotdoimmuhim #voafreepressmatters
Xalqaro hayot - 10-yanvar, 2023-yil
- NATO va Yevropa Ittifoqi hamkorlik haqida deklaratsiya imzoladi
- Braziliyada 1500 odam hibsga olindi. Sobiq prezident aqsh kasalxonasida
- Perudagi namoyishlarda 12 odam o'lgan
- Xalqaro hamjamiyat Eronda qatllarga norozilik bildirmoqda
- Germaniyada ekofaollar ko'mir koniga qarshi namoyish qilyapti
- JSST uzoq reyslarga niqob taqishni tavsiya qilmoqda
- 2022-yil Yevropada eng issiq yil bo'ldi
https://www.youtube.com/watch?v=j2NIzCiouPg
AQShning Toshkentdagi elchixonasi viza olish uchun konsullik qabuliga yozilgan shaxslar va ularning hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etuvchi uchinchi tomonlarni ogohlantirdi.
Xususan, murojaat etuvchi shaxsning elektron pochtasi va telefon raqami qayd etilmagan bo'lsa, konsullik xizmati ushbu shaxsni qabul ro'yxatidan o'chirish huquqini saqlab qoladi.
Shuningdek, ariza va tegishli hujjatlar to'liq to'ldirilmagan yoki AQShga sayohat qilish muddati uchun o'tib ketgan sanalar ko'rsatilgan bo'lsa, qabul ro'yxatidan chiqariladi.
Elchixona o'z tajribasida xato yoki yolg'on ma'lumot bergan fuqarolar suhbat belgilangan kuni konsullikka kelmaganiga ko'p guvoh bo'lganini eslatgan.
AQShga qonuniy safar qilish istagidagi shaxslarga imkon yaratish maqsadida konsullik yuqoridagi kabi shubhali murojaat egalarini qabul qilmasligini bildirgan.
Xalqaro hayot - 18-yanvar, 2023-yil
- Ukrainada vertolyot halokatida 16 odam, jumladan vazir o’lgan
- G’arb Ukrainaga tanklar bermoqchi. Rossiya esa harbiy qudratini oshirmoqchi
- “Vagner guruhi”ning jangchisi Norvegiyaga qochdi
- Yevroparlamentda yangi vitse-prezident saylandi
- Turkiyada prezident va parlament saylovlari kuni e’lon qilindi
https://www.amerikaovozi.com/a/xalqaro-hayot-jan18/6923932.html
Kiyev viloyatida bolalar bog’chasi tashqarisida vertolyot qulab, bortdagi to‘qqiz kishi va yerdagi olti odam, jumladan, uch bola halok bo‘lgan. Vertolyotda Ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy va vazirlikning boshqa xodimlari bo’lgan. Ukraina politsiyasi vazir halok bo‘lganini tasdiqladi.
Viloyat gubernatoriga ko’ra, yana 29 kishi jarohat olgan. Ularning 15 nafari bolalar.
Fojia sababi aniq emas. Ukraina rasmiylari hududda Rossiya hujumi bo’lganiga ishora qilmadi.
Baydenning kelajagi: UzReport - "Amerika Ovozi"
Jo Bayden Oq uyda qolish uchun kurash boshlash ustida o'ylanmoqda. 82 yoshida prezidentlikka qayta saylanishi mumkin bo'lgan liderning bu qarori Amerika uchun nimani anglatadi? Toshkentda "Amerika Ovozi" va UzReport TV jurnalistlari muloqoti.
https://www.amerikaovozi.com/a/6923162.html
Ortiqxo’jayevning ishdan olinishi hukumatdagi inqirozdan darakmi?
O’zbekiston navbatdagi energetik inqirozga cho’kib, poytaxt aholisida norozilik kuchayar ekan, hokim Ortiqxo’jayev bevosita javobgar bo’lmagan sohasi uchun ishdan olindi.
https://www.amerikaovozi.com/a/6920549.html
Konstitutsiyaviy islohotlar navbati Turkmanistonga o'tdimi?
Turkmaniston demokratik islohotlar natijasi sifatida taqdim etilgan ikki palatali parlamentdan voz kechmoqda. Qozog’istonda ham parlament tarqatilishi, O’zbekistonda esa konstitutsiyaga doir referendum o’tkazilishi kutilyapti.
https://www.amerikaovozi.com/a/6916192.html
Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti O'zbekistonda 19 nafar bolaning o'limiga sabab bo'lgan dori vositalari - AMBRONOL va DOK-1 MAKS siroplarini qabul qilishdan tiyilishga chaqirib dunyo aholisi va hukumatlariga murojaat qildi.
Tashkilot ushbu ikki preparatni ishlab chiqargan Hindistonning "MARION BIOTECH PVT. LTD" kompaniyasi dorilarning sifati va xavfsizlik kafolatlari bo'yicha hisobot taqdim etmaganini ta'kidlagan.
Murojaatda siroplar O'zbekiston Respublikasi laboratoriyalarida o'tkazilgan tekshiruvlar jarayonida dietilen glikol va etilen glikol moddalari haddan ziyod ekani dori tarkibini buzgani ta'kidlanadi.
JSST ushbu dori vositalari boshqa mamlakatlarda ham ro'yxatdan o'tgan bo'lishi yoki noqonuniy yo'llar bilan dorixonalarga yetkazilgan bo'lishi mumkinligidan ogohlantirgan.
O'zbekiston bu ikki dori bo'yicha ogohlik notasini JSST ga 2022-yilning 22-dekabrida taqdim etgan edi.
O'zbekiston energiya taqchilligini yenga oladimi? (Video)
O'zbekistonda energiya taqchilligi, gaz va elektr yetishmovchiligi davom etmoqda. Mirziyoyev hukumati bu muammoni hal qilishga qanchalik qodir?
https://www.amerikaovozi.com/a/6914557.html
🇮🇷⚡️🇫🇷 Tehronda hukumat tarafdorlari Fransiya elchixonasi qarshisida namoyishga chiqdi. Ular "Sharli Ebdo" satirik jurnalida Eron oliy diniy raisi Oyatulla Ali Xomeneiy karikaturalari chop etilganiga qarshi norozilik bildirdi. 11-yanvar, 2023.
"Sharli Ebdo" bir necha yillardan buyon Islom dini va hatto payg'ambari Muhammad (s.a.v.) karikaturalarini chop etish bilan musulmonlar g'azabini uyg'otgan. Karikaturachi ijodkorlari bir necha bor hujumlarga uchragan.
2015-yilda jurnal redaksiyasiga qurolli hujum uyushtirilganida 12 nafar karikaturachi otib o'ldirilgan edi.
@voauzbek
AQSh: terrorizmda ayblanayotgan o'zbekistonlik o'limga hukm qilinishi mumkin
Sayfullo Soipovga qo'yilgan ayblovlarning 8 tasi qotillik, 18 tasi suiqasd uyushtirish, shuningdek, terrorizm bilan bog’liq.
Batafsil: https://www.amerikaovozi.com/a/6914956.html
@voauzbek
Jonli efir: Qoraqalpog’iston: Tajimuratov, Kallixanova va boshqalarga jazo so’raldi
Qoraqalpog’iston: Buxorodagi sud. Prokurorlar kimga qancha yil so’raldi? Dauletmurat Tajimuratov, Lolaxon Kallixanova va yana 20 sudlanuvchi taqdiri.
https://www.amerikaovozi.com/a/6914231.html
🌧 Kaliforniyada o’pirilib tushgan yo’l. Chuqurlikka tushib ketgan mashinaning haydovchi va yo’lovchilari qutqarilgan. Qurbonlar yo’q.
👉 Kaliforniya gubernatoriga ko’ra, bir necha kundan beri davom etayotgan kuchli yomg’ir va toshqin kamida 17 kishining hayotiga zomin bo’lgan. Besh yashar bir bola suvga oqib ketganicha, topilmagan. Toshqin va ko’chki vayronagarchiliklarga sabab bo’lmoqda.
Ukraina Davlat Chegara xizmatining 8-yanvar kuni e’lon qilgan videosida mamlakat sharqidagi shiddatli janglar aks etgan. Soledar, Donetsk.
👉 Rossiyaning Ukrainada jang qilayotgan xususiy kompaniyasi - "Vagner guruhi" rahbari Yevgeniy Prigojin 10-yanvar kuni Soledar shahri Rossiya nazorati ostiga o’tganini ma’lum qildi.
Tojikiston: Xotin-qizlar ta’limi (Video)
Nargiza 19 yoshida turmush qurib, 24 yoshida ajrashadi. 12 yildan beri qizi bilan ota uyida yashab kelmoqda. Nargiza kabi farzandini yolg’iz katta qilayotgan onalar ko’p. Tojikistonda 2022-yilning birinchi yarim yilligida 7000 dan ortiq oilalar ajrashgan.
https://www.amerikaovozi.com/a/6912099.html
10-yanvar tongida Xerson shahri yana Rossiya zarbalari ostida qoldi. Qurbonlar yo‘q.
@voauzbek