"Эй турк, эшит!"
Бу ёдгорлик бюстлар Озарбойжонда бўлса керак, ҳаммаси чиройли, ҳаммаси зўр, фақат шу... бу ерда Отатурк нима қиляпти, ҳайронман.
@boburakmalov
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
Балки биз билимсиз ўқитувчидирмиз.
Балки замон билан ҳамнафас эмасдирмиз.
Балки мен шундай ўқитувчидирман.
Аммо бутун Республика она тили ва адабиёт ўқитувчилари ҳаммаси ҳам бир хил эмас. Лекин ҳаммани битта муаммо қийнамоқда.
Бу бир кишининг фалсафасини бутун жамиятга сингдириб чиқарган дарсликларидамикан.
Тўғриси сизлар ҳам 10-синф адабиётида қийналяпсизларми? Ёки фақат менми?
Она тили дарсликларини сўрамай қўяверай.
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
Сўраганлар учун
Mazkur ish reja asosida tuzilgan To’liq konspektga ega, mutlaqo yangi JADIDLAR IZIDAN TO’GARAGINI olish istagida bo’lganlar
+998932000610 telegram raqamiga xabar yo’llashingiz mumkin.
Narxi 85.000 so’m
NuriddinUK
Yangilik
Mazkur ish reja asosida tuzilgan To’liq konspektga ega, mutlaqo yangi JADIDLAR IZIDAN TO’GARAGINI olish istagida bo’lganlar
+998932000610 telegram raqamiga xabar yo’llashingiz mumkin.
Narxi 85.000 so’m
NuriddinUK
Фарғонийлар келди....
Тарих такрорланмоқда.
Она тили ўқитувчилари танловида эркак ўқитувчининг ғолиб бўлиши қувонарли ҳол.
2016 йилда бу танлов ("Йил ўқитувчиси") да барчамизга таниш бўлган Жамолиддин Нурмуҳаммедов (@Eduwork1) акамиз ғолиб бўлган эдилар.
Роппа-роса 8 йил ўтиб Фарғоналик укамиз Баҳодирхоннинг ғалабаси шахсан мени хурсанд қилди.
Она тили ўқитувчиси деганда фақат аёл устозлар эмас, балки эркак устозларнинг ҳам бўлиши яхши таассурот.
Баҳодирхонга омад тилайман.
Нуриддин Уктамов
Кутганимиздек, 5 ва 10-синф адабиёт янги дарсликлари келмоқда.
Айрим вилоятларга логистика маркази томонидан жўнатилган.
Ҳаммага сабр....
Нуриддин Уктамов
Бугун танлов муносабати билан Олмазордаги 196-мактабга боргандим.
Мактаб менда жуда яхши таассурот қолдирди.
Мактаб қандайдир истарали. Самимий жамоа, илиқ муҳит, тартибли ошхона, умуман, менга жуда ёқди.
Мактаб жамоасига ташаккурларимни исҳор этаман.
@nuriddinuktamov
O’zingizdan ayamang
Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning ko’pini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha.
Maqsadini so’radim. Javob bermadi. Iqtidorini so’radim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi.
Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida ko’proq bilib boryapmiz. O’zimiz haqida kamroq bilib boryapmiz.
Hammada befoyda yangiliklarga to’lgan guruhlar bor, chiqolmay sarson.
Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz.
O’zimiz bilan butun umr qoladigan o’zimizdan ayaymiz.
O’zingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yo’q.
Qorong’i xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling.
Vaqtni bergandan vaqtni ayamang.
O’zingizniki bo’lgan vaqtni o’zingizdan ayamang.
- Azizrakhimov_blog
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
8- sinf ona tili
17-dars
INSHOGA EPIGRAF TANLASH
Darsning rejasi:
1.Uy vazifasi tahlili.
2.Yangi mavzu bilan ishlash.
3.Grammatik o’yin.
4.Mustahkamlash.
5.Dars yakuni va uyga topshiriq.
Ta`limiy maqsad: inshoga epigraf tanlash va uning ahamiyati haqida o’quvchilarda tasavvur hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni so’zni anglash va o’rinli qo’llash odobiga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: mantiqiy fikrlash orqali inshoga epigrafni to’g’ri tanlash ko’nikmasini
shakllantirish..
Darslikda berilgan rasm asosida «Buyuk Ipak yo‘li va z amonamiz» mavzusida
yozilgan uy inshosi tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida insho mazmun-mundarijasi
bo’yicha o‘tkazilgan suhbat savollaridan foydalanish mumkin. Insho mazmuni
bo‘yicha fikr yuritilar ekan, o’quvchilarning «O‘zbekiston tarixi» fani orqali Buyuk
Ipak yo‘li haqidagi taassurotlarini zamonaviy omillarga bog‘lab qay darajada izchil
yoritganliklariga e’tibor qaratiladi imlo va uslubiy tomonlari inobatga oliadi.
Yangi mavzuni bayon qilishdan oldin quyidagi savollarni berish tavsiya qilinadi:
1. A. Qahhorning “O’g’ri” va “Bemor” hikoyalariga sarlavhadan keyin berilgan
maqollarni eslay olasizmi? (“Otning o’limi – itning bayrami”, “Osmon yiroq – yer
qattiq”)
2. Ushbu maqollar bilan hikoya mazmuni orasida qanday bog’liqlik bor
3. Muallif qanday maqsadda maqollarni qo’llagan
Mulohazalar tinglangach, o’qituvchi fikrlarni umumlashtirib, bir tizimga
keltiradi Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so'z, maqol, ibora yoki
badiiy parcha epigraf deyiladi. Epigraf rejadan keyin, insho matnidan oldin
sahifaning o'ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki
undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yiladi. Muallifi qavs ichida yozilib, hech qanday
tinish belgisi qo’yilmaydi.
Inshoda epigraf bo'lishini qat'iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman
ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf
tanlansa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini
ko'rsatadi. Qolip namunasi:
52-mashqda berilgan jadvalning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida
muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt)
keltirilgan. Insho mavzulariga mos keluvchi fikrlar tanlanadi va bir-biriga
bog‘lanadi. Yechim:
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 Muxtasar nutq – go’zal nutq Qisqa yozishga vaqti yo’q kishi uzun
xat yozadi.(Paskal)
2 Tuproqlaring ko’zga aylay to’tiyo... Ona yurting omon bo’lsa,
Rang-u ro’ying somon bo’lmas.(Maqol)
3 Mehnat baxt keltirar Emgak ekinda qolmas.
(Mahmud Koshg’ariy)
4 Obi hayot – tiriklik manbayi Suv – zar, suvchi – zargar.
(Maqol)
Sarlavha
Epigraf matni.
(Muallif)
Reja:
14-topshiriqda keltirilgan insho mavzulariga mos keluvchi epigraf topib yoziladi.
Namuna:
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 Alisher Navoiyning
«Topmadim» g‘azali tahlili Aytkim, tutqil xabar mendin yo’q ersa,
topmagung,
Olam ichra istabon nom-u nishonimdin
xabar.(Alisher Navoiy)
2 Muhammad Yusuf she’rlarida
samimiylik va haqqoniylikning
tarannum etilishi Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida,
Falakni ko‘zlardi mening ham sozim.
Lekin ikki daryo oralig‘ida,
Qolib ketdi mening o‘sha ovozim.(Abdulla Oripov)
3 Abdulla Qodiriy – tarixiy
romanlar ustasi. Adolat kuchga bo’ysungan yurt – vayron
yurt,
Kuch adolatga bo’ysungan yurt – bo’ston
yurt.(Muhammad Yusuf)
4 «O‘tkan kunlar» romanidagi
Zaynab timsoliga tavsif Otang senga sabr yediradir, qayin onang bo’lsa kundashing duosida, sen bo’lsang
yig’i quchog’ida
(Abdulla Qodiriy)
53-mashq ham yuqoridagi topshiriq kabi bajariladi.
Namuna
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 O‘zbekistonimning ertasi Daryo kabi doimo uyg‘oq
Intilishim tog‘ qadar baland.
Olis yo‘lga otlandim, biroq
Senga bo‘lgan sadoqat bilan,
Ey ko‘nglimga yo‘g‘rilgan Vatan.(Rauf Parfi)
2 Yangi asr orzulari Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan
O’tdim. Bismillahir rohmanir rohiym.(Abdulla Oripov)
3 O‘tkir Hoshimov asarlarini
sevib o‘qiyman. Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
Илк қулай қўлланма.
6-синфлар учун тест китобчаси.
Икки томонлама манфаатли.
Биринчиси ўқувчилар учун бўлса, иккинчиси Аттестация учун жуда қулай.
Тавсия қиламан.
Алоқа учун @Gulmira0185
@nuriddinuktamov
Бизда бошқаларда бўлмаган ўзгача тўгарак режалари бор! Улар қуйидагилар:
1. Драма тўгараги
2. Турон театри
3. Жадидлар изидан
Кимга қайси тўгарак керак бўлса алоқага чиқинг!
NuriddinUK
#Obunachilardan
📕10-Sinf Adabiyot darsligi
👨🏫👩💼siz
1-Chorakni yakunlayapmiz🙅
📥Qachon maktablarga beriladi?
📑Ishqilib, Sifatli bo'lib chiqsin-da.
📊Darslikni qiynalmay o'qiydigan bo‘laylik...
🎉🎊Qaniydi 2-Chorakni Darslik bilan boshlasak...
Nuriddin Uktamov
#attestatsiya_2024_ehtimoliy_savollar
Yod olib qo'ying ☝️.
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
Бугун Жиззаҳда катта Байрам.
😎Танловнинг республика босқичи якунларига кўра:
1-ўринга «Йилнинг энг яхши ўзбек тили ўқитувчиси» И даражали дипломи, 20 млн. сўм пул мукофоти;
2-ўринга «Йилнинг энг яхши ўзбек тили ўқитувчиси» ИИ даражали дипломи, Моноблок;
3-ўринга «Йилнинг энг яхши ўзбек тили ўқитувчиси» ИИИ даражали дипломи, Ноутбук топширилди.
📌Шунингдек, танлов иштирокчилари турли номинациялар бўйича ҳам тақдирланди.
Хусусан, танловнинг ўзбек тили фани йўналишида:
1-ўрин – Насиба Кубаева, Жиззах вилояти, Зомин туманидаги 60-мактаб ўқитувчиси,
2-ўрин – Сарвиноз Дониёрова, Бухоро вилояти, Бухоро шаҳридаги 13-мактаб ўқитувчиси,
3-ўрин – Ирода Йўлдошева, Хоразм вилояти, Урганч шаҳридаги 15-мактаб ўқитувчиси,
Она тили фани йўналиши бўйича:
1-ўрин – Баходир Жўраев, Фарғона вилояти, Фарғона шаҳридаги 19-ИДУМ ўқитувчиси,
2-ўрин – Ўғилой Абдураимова, Жиззах вилояти, Жиззах шаҳридаги 29-мактаб ўқитувчиси
3-ўрин – Иқболой Юсупова, Қорақалпоғистон Республикаси, Амударё туманидаги 40-мактаб ўқитувчиси ғолиб деб топилди.
Барча ғолибларни, хусусан Жиззах аҳлини чин қалбдан табриклайман.
Нуриддин Уктамов
Муаллифлардан, айрим ишончли манбаалардан олинган хабарга кўра, дарсликларимиздан бирида янгилик бор.
Яқин соатларда эълон бўлади.
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
Каналимизда Тошкент шаҳар, Олмазор тумани, 196-мактабда ишлайдиган устозлар борми?
Читать полностью…Olimlarning gapi chikora, bizning "oʻzimizga xos oʻzimizga mos" yoʻlimiz borligiga yana bir misol
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Toshkentda boʻlib oʻtayotgan xalqaro forum doirasida Britaniya Kengashi ingliz tili dasturi rahbari Maykl Konolli maʼruzasini tashkil qildi.
Konollining fikricha, til oʻrganuvchilar tilni oʻzlari ham oʻrgangan (yaʼni bu jarayonning "baland-pastini" biladigan) oʻqituvchilardan yaxshiroq oʻrganishadi. Va yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi degani - "til egasi" ("native speaker") degani emas.
"Maktablarga til egalarini olib kelamiz" degan "ura ura"lar boshlanganda "til egasi yaxshiroq oʻqitadi" degan qarash ilmiy isbotini topmagan "afsona", balki "kargo kult"ning bir turi ekanligi haqida yozgandim. Yoʻq, vazirlik baribir shundoq ham byudjet ilma-teshik boʻlib yotgan va oʻzimizning oʻqituvchilar oyligi haminqadar boʻlib yotgan bir sharoitda "til egalari"ni jalb qildi, ular "samara berayotgani" haqida "tepa"ga hisobotlar ketdi. "Tepa"da ham "ular samara berayotgani"ning ilmiy asosini, dalilini soʻraguvchi topilmadi. "Toʻxtanglar, shu falon pul va imtiyozlarni oʻzimizning oʻqituvchilarga yoʻnaltirsak ular ham samara koʻrsatmaydimi?" deydigan ham topilmadi.
Xullas, oʻsha savol. Baribir oʻz bilganimizdan qolmaydigan boʻlsak, bunday forumlar-u kazo olimlarning maʼruzalaridan nima naf?
"Iliada" dostonining óninchi qóshig‘i asosida tuzilgan testlar odatda dostonning mazmunini, qahramonlarni va asosiy voqealarni sinashga qaratilgan bo‘ladi. Quyida 10-sinf adabiyot darsligi asosida "Iliada" dostonining óninchi qóshig‘iga oid namunaviy testlarni ko‘rib chiqamiz:
Test savollari:
1. "Iliada" dostonining asosiy mavzusi nima?
a) Qahramonlik va jasorat
b) Sevgi va sadoqat
c) Sarguzasht va sayohat
d) Sanoat va savdo
2. Óninchi qóshiqda qaysi qahramonlar ishtirok etadi?
a) Axilles va Agamemnon
b) Odissey va Menelay
c) Hektor va Paris
d) Diomed va Odissey
3. Diomed va Odissey qanday topshiriqni bajarish uchun yuboriladi?
a) Troya shahrini ko‘zdan kechirish
b) Yunon jangchilari orasida fitna izlash
c) Dushman qismidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash
d) Xavfli jangchilarni yo‘q qilish
4. Óninchi qóshiqning asosiy mavzusi nimaga qaratilgan?
a) Qahramonlarning jasoratini sinash
b) Fitnachilik va yashirin qismni topish
c) Axillesning hushi ketishi
d) Yunon jangchilarining muvaffaqiyatsizligi
5. Diomed va Odissey kimni ushlab oladilar va undan ma'lumot olishadi?
a) Dolon
b) Hektor
c) Paris
d) Priam
6. Diomed va Odissey Dolondan qaysi ma’lumotni olishadi?
a) Troyaliklarning qarorlariga oid sirlarni
b) Troya shahridagi rejalashtirilgan hujumni
c) Yunon jangchilarining ichki fitnalarini
d) Troya jangchilarining joylashuvi haqida ma'lumot
7. Óninchi qóshiq qanday tugaydi?
a) Yunon jangchilarining Troya ustidan g‘alaba qozonishi
b) Yunonlarning yashirin operatsiyasi muvaffaqiyatli bo‘lishi
c) Axillesning jangga qaytishi
d) Troya shahrining vayron qilinishi
8. Odissey va Diomed Dolonni o‘ldirgach, qanday harakat qilishadi?
a) Axillesga qaytib borishadi
b) Hektor ustiga hujum qilishadi
c) Troyaliklarning lageriga yashirincha kirishadi
d) Priam bilan uchrashishadi
9. Óninchi qóshiqda fitnachi qahramonlar qanday motivatsiyaga ega?
a) Axillesga yordam berish
b) O‘z armiyasini qutqarish
c) Raqiblar orasida ichki fitna yaratish
d) O‘z shon-shuhratini oshirish
10. "Iliada" dostoni qaysi davr urushi haqida hikoya qiladi?
a) Yunon-Pers urushi
b) Troya urushi
c) Rim-Yunon urushi
d) Spartak isyoni
Javoblar:
1. a
2. d
3. c
4. b
5. a
6. d
7. b
8. c
9. b
10. b
10- sinf uchun testlar tayyor bólmoqda
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6
#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ
⚡️❗️ Буджет ташкилотлари ойлиги ҳар ойнинг 5-чи санасигача ташлаб берилиши керак эди. Лекин тизимдаги носозликлар сабабли ўқитувчиларга ойлик ўз вақтида ташлаб берилмади.
Шундай экан ташкилотлар ойликнинг ҳар бир кечиккан санаси учун ўқитувчиларга компенсация тўлаб бериши керак.
✅ Тўлов муддатидан кечиктирилган ҳар бир кун учун Марказий банкнинг қайта молиялаш ставкасининг 10 фоизи миқдорида компенсация тўланиши керак.
✅ Масалан, 3 миллион сўм иш ҳақи мисолида тушунтириб ўтамиз:
1) Марказий банкнинг 14% қайта молиялаш ставкаси – 405 000 сўм;
2) 10% компенсация ставкаси – 40 500 сўм.
✅ Шундай қилиб, иш ҳақини тўлаш кечиктирилган ҳар бир кун учун иш берувчи сизга қўшимча 40 500 сўм тўлаши шарт.
Манба: Меҳнат Кодекси
https://youtu.be/ovHpp-SyObE?si=cyVPaBAYe3Gaj-1s
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6