#сарказм
Қанчалик қаттиқ ишлама, бошлиқ барибир дам олиб турган вақтинг келиб қолади...
Нишонига тегадиган гаплар
/channel/+PdR4VUPnfBw2Nzky
⚡️⚡️⚡️BEPUL⚡️⚡️⚡️
✍️Tahlil qiluvchi: Jasurbek Bakiyev
📝Manba: DTM-2024. 4️⃣-5️⃣-variant
🥇Kanal: /channel/j_bakiyev
🏆Guruh: /channel/jasurbekbakiyevguruh
Айтишларича чора директорга қўлланилаётган экан.
Нега ИИБга хат қилиб, бирга олиб боришни сўрамадинг дея.
/channel/+95-8HsRWaiAwMWU6
Sizning olgan sertifikatingiz o‘zingizdan boshqa hech kimga kerak emas, o‘sha 50 foiz ustamasiz ham kunimiz shu paytgacha o‘tgan.
Buni xato yechibman, uni xato yechibman deb asabni ham buzmang, muhimi oilamiz, shirindan shakar farzandlarimiz, Ollohim bergan ne'matlarimiz. Ular meni, sizni sog‘inishgan, aytingchi shu sertifikatga, attestatsiyaga tayyorlangan vaqtdan beri ularni qachon oxirgi marta mehr bilan bag‘ringizga bosib erkalatdingiz?? Qachon ularga o‘zlari xohlagan shirin taomlarni tayyorlab berdingiz??
Faqat tezroq uxlashsin, men bemalol dars qilay bilan o‘tdi kunimiz🙈😭
Endi telefonni qo‘yib boring ularning oldiga, to‘yib- to‘yib mehr bering, bag‘ringizga bosing, erkalang, xuddi sizdek ular ham sizning dars qilishingizdan, asabiylashishlaringizdan charchashgan.
Bersa ne'mat, bermasa hikmat azizlar!
Yaxshi o‘qituvchi bo‘laman deb, yaxshi onalikni, yaxshi rafiqalikni tashlab qo‘ymaylik 😁
❗️2-smenada tushgan savollar kaliti
1. C - akkaunt
2. D binafsharang
3. Xush soʻzi
4. Qiyin, qattiq, ogʻir
6. Ot soʻz turkumi
Sodda tub va yasama bor
7. Loyqalanmoq - A kalit
8. Sof fe'l, oʻtimli fe'l
9. Shoshma
12. Tire - bogʻlovchisiz qoʻshma gap - C javob
13. O tovushi - unli raviy boʻlgan.
14. Mahmud Gʻaznaviy
15. Asrorbobo - A
17. Sarvqomat dilbarim - D kalit
22. Uslubiy xatolik 4-qismda
23. Or, nomus - A
25. Shiddatkorlik- A
26 yulduz sanadi - sambo sport ustadi maglubiyati
27 barcha kurash qonun -qoidalari degan kalit
28. Qadi sarvga oʻxshatilgan
29. B kalit
30 tamsil
31. 5 -bayt B kalit
32. Maqta xato hukm
33. C
34 F
35 E
36 fikr
38 lik
39 Kiritma
40 a) kesimga bogʻlangandi
b) mavqeyi
41. A) 1.4
B) 2.3
42. Kitobot
Alam soʻzi
43. L mutlaq
44. Yomonlik qilmasligi kk
Yaxshilik qilganday boʻladi
/channel/+PdR4VUPnfBw2Nzky
⚡️III чоракнинг сўнгги ўқиш куни 20 март (чоршанба) бўлади
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 15 мартдаги 140-сонли қарори билан тасдиқланган Низомнинг 26-бандига мувофиқ, умумий ўрта таълим мактабларида баҳорги таътил 21 март санасидан бошланиб, 7 календарь кун давом этиши белгиланган.
Демак, умумий ўрта таълим мактабларида 20 март (чоршанба) III чоракнинг сўнгги ўқиш куни бўлиб, IV чорак 28 март (пайшанба) санасидан бошланади.
/channel/+PdR4VUPnfBw2Nzky
Xatosiz yozish haqida.
Insonning yozuvi uning saviyasi va bilimini darrov oshkor qilib qo'yadi. Harchand o'zini bilimli va zukko qilib ko'rsatmasin, yozuvi uni baribir "sotadi". Afsuski, jonajon O'zbekistonimiz aholisining deyarli 60 foizi (balki ko'proq hamdir) bu borada o'ta savodsiz. Buni ko'cha-ko'ydagi, ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlar isbotlaydi.
Bunaqa odamlarga "to'g'ri yozgin" desangiz, "men diktant yozmayapman", "men imtihonda emasman" va hokazo bahonalarni ro'kach qilishadi. Bu bilan o'zingizni aldaysiz, savodsizligingizni yashirasiz xolos. 101 foiz kafolat bilan siz imtihonda diktant yozsangiz ham, to'g'ri yoza olmaysiz! Chunki inson bir xilda yozadi, yozuv esa uning bilimiga qarab takomillashib boradi.
Xatosiz yozadigan, jumlalarni to'g'ri tuza oladigan odam tez ko'zga tashlanadi va uning savodli odam ekanligi qandaydir boshqa bir tekshiruvga hojat qoldirmaydi. Ba'zi holatlarda odamlarning yozuvidan bilimli yoki bilimsiz ekani borasida xulosalar chiqariladi, shu bois ularga ko'pchilik ishini ishonib topshiradi. Bunga misollar keltirib o'tirishning hojati yo'q, hammaga ayon narsa.
Nima qilish kerak?
Kitob o'qish kerak! To'g'ri yozishda siz ona tili va adabiyot fanlaridan mutaxassis bo'lishingiz shart emas, aynan KO'P KITOB o'qiydigan odam bo'lishingiz kerak! Telefonga ajratgan vaqtingizni kitob o'qishga ajratsangiz, masala hal bo'ladi.
Qayoqdagi na dunyoga va na oxiratga foydasi bo'lgan narsalarni tomosha qilishni bas qilish kerak! Bu qiyin ish emas, qunt kerak xolos. Foydasiz narsalarni tomosha qilish bilan siz o'zingizga berilgan UMR ne'matini isrof qilyapsiz, havoga sovurib yuboryapsiz.
©onlayn psixologiya
/channel/+PdR4VUPnfBw2Nzky
Kanalimizga ulaning yaqinlaringizni ham qo'shing, doimiy mijozlarimizga kutilmagan sovg'alar taqdim etamiz.
/channel/EuroAsiaCredit
Бухорода салонида мактаб ўқувчилари бўлган автобус ЙТҲга учради. Қурбон борлиги айтилмоқда
Бугун, 18 март куни соат 11:30 ларда Бухоро вилояти Когон тумани Янгиҳаёт мавзесида салонида мактаб ўқувчилари бўлган автобус ЙТҲга учради.
Маълум қилинишича, мактаб ўқувчиларини олиб кетаётган автобус ва «HOWO» русумли юк машинаси тўқнашган ва ҳар иккаласи ағдарилиб кетган.
Ўзини таништиришни истамаган Когон туманидаги 5-умумий ўрта таълим мактаби ўқувчисининг «Xabar.uz»га маълум қилишича, автоҳалокат унинг кўз ўнгида содир бўлган.
«Тўғриси, биз истамасак-да, Бухоро вилоят драма театрига ўз ҳисобимиздан томошага олиб кетишаётган эди. Ўғил болаларни бошқа автобусга, қиз болаларни бошқа автобусга жойлаштиришди. Бизнинг автобус автоҳалокатга учраган автобуснинг орқасидан кетаётган эди. Кўз олдимизда шунақа даҳшатли тўқнашув бўлдики, эс-ҳушимизни йўқотаёздик. Ахир, у автобусда бизнинг ўғилбола синфдошларимиз бор эди», – дейди хали содир бўлган ҳолатдан ўзига келолмаган қиз.
9-синф ўқувчисининг сўзига кўра, синфдоши О.Ж. исмли ўғил бола воқеа жойида вафот этган ва уни экспертизага олиб кетишган.
«Жароҳатланганлар бор. Яна бир синфдошимиз оғир аҳволда комада экан. 11-синф ўқувчиларидан бирининг ҳам вафот этганини айтишмоқда. Аммо, нечоғли аниқ, билмадим.
Энди бир умр театрга бормайман…» – дейди ўқувчи қиз.
«Xabar.uz» мухбири Бухоро вилояти ИИБ ЖХХ ЙҲХБ Ахборот хизмати бошлиғи капитан Улуғбек Шукурлаев билан боғланганида, у воқеа жойида экани боис, батафсил маълумотларни кейинроқ беришини маълум қилди.
Манбаа: Хабар.уз
Бугунги имтиҳонга борган барча устозларга омад.
Аллоҳ йўлингизни очиқ, илмингизни зиёда қилсин.
Барчангизга омад тилаймиз.
/channel/+PdR4VUPnfBw2Nzky