videodarslarkanali | Неотсортированное

Telegram-канал videodarslarkanali - Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

10173

O‘IBDO‘ va Ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi O‘ktamov Nuriddindan Barcha fan o'qituvchilari uchun: 📼 Audiodarslar 🎥 Videodarslar 📝 dars ishlanmalar, slaydlar 📲Admin @nuriddinuktamov REKLAMA XIZMATI @nuriddinuktamov 🌐Kanal 7.09.2018

Подписаться на канал

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Она тилимизга эътибор.
Муаллиф
Муштум журнали

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

O’zingizdan ayamang

Gaplashib hayron qoldim. Dunyodagi voqealarning ko’pini biladi. Urush sabablaridan tortib, dunyoni kim boshqarishigacha.

Maqsadini so’radim. Javob bermadi. Iqtidorini so’radim. Bilmayman dedi. Kuchsiz taraflariga qiziqdim, eslay olmadi.

Bu kamyob emas, oddiy holat. Uzoq uzoqlar haqida ko’proq bilib boryapmiz. O’zimiz haqida kamroq bilib boryapmiz.

Hammada befoyda yangiliklarga to’lgan guruhlar bor, chiqolmay sarson.

Ertaga unutib yuboradigan ma’lumotlarimizga soatlar sarflaymiz.

O’zimiz bilan butun umr qoladigan o’zimizdan ayaymiz.

O’zingizni tanimasangiz dunyoni tanishdan foyda yo’q.

Qorong’i xonaga kiring. Tafakkur qiling. Tabiatga chiqing, tafakkur qiling. Yuring, tafakkur qiling.

Vaqtni bergandan vaqtni ayamang.

O’zingizniki bo’lgan vaqtni o’zingizdan ayamang.

- Azizrakhimov_blog

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

8- sinf ona tili
17-dars
INSHOGA EPIGRAF TANLASH
Darsning rejasi:
1.Uy vazifasi tahlili.
2.Yangi mavzu bilan ishlash.
3.Grammatik o’yin.
4.Mustahkamlash.
5.Dars yakuni va uyga topshiriq.
Ta`limiy maqsad: inshoga epigraf tanlash va uning ahamiyati haqida o’quvchilarda tasavvur hosil qilish.
Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni so’zni anglash va o’rinli qo’llash odobiga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: mantiqiy fikrlash orqali inshoga epigrafni to’g’ri tanlash ko’nikmasini
shakllantirish..
Darslikda berilgan rasm asosida «Buyuk Ipak yo‘li va z amonamiz» mavzusida
yozilgan uy inshosi tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida insho mazmun-mundarijasi
bo’yicha o‘tkazilgan suhbat savollaridan foydalanish mumkin. Insho mazmuni
bo‘yicha fikr yuritilar ekan, o’quvchilarning «O‘zbekiston tarixi» fani orqali Buyuk
Ipak yo‘li haqidagi taassurotlarini zamonaviy omillarga bog‘lab qay darajada izchil
yoritganliklariga e’tibor qaratiladi imlo va uslubiy tomonlari inobatga oliadi.
Yangi mavzuni bayon qilishdan oldin quyidagi savollarni berish tavsiya qilinadi:
1. A. Qahhorning “O’g’ri” va “Bemor” hikoyalariga sarlavhadan keyin berilgan
maqollarni eslay olasizmi? (“Otning o’limi – itning bayrami”, “Osmon yiroq – yer
qattiq”)
2. Ushbu maqollar bilan hikoya mazmuni orasida qanday bog’liqlik bor
3. Muallif qanday maqsadda maqollarni qo’llagan
Mulohazalar tinglangach, o’qituvchi fikrlarni umumlashtirib, bir tizimga
keltiradi Inshoning mazmuniga mos keluvchi hikmatli so'z, maqol, ibora yoki
badiiy parcha epigraf deyiladi. Epigraf rejadan keyin, insho matnidan oldin
sahifaning o'ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki
undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yiladi. Muallifi qavs ichida yozilib, hech qanday
tinish belgisi qo’yilmaydi.
Inshoda epigraf bo'lishini qat'iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman
ixtiyoriydir. Lekin mavzuga va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf
tanlansa, inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini
ko'rsatadi. Qolip namunasi:
52-mashqda berilgan jadvalning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida
muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt)
keltirilgan. Insho mavzulariga mos keluvchi fikrlar tanlanadi va bir-biriga
bog‘lanadi. Yechim:
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 Muxtasar nutq – go’zal nutq Qisqa yozishga vaqti yo’q kishi uzun
xat yozadi.(Paskal)
2 Tuproqlaring ko’zga aylay to’tiyo... Ona yurting omon bo’lsa,
Rang-u ro’ying somon bo’lmas.(Maqol)
3 Mehnat baxt keltirar Emgak ekinda qolmas.
(Mahmud Koshg’ariy)
4 Obi hayot – tiriklik manbayi Suv – zar, suvchi – zargar.
(Maqol)
Sarlavha
Epigraf matni.
(Muallif)
Reja:
14-topshiriqda keltirilgan insho mavzulariga mos keluvchi epigraf topib yoziladi.
Namuna:
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 Alisher Navoiyning
«Topmadim» g‘azali tahlili Aytkim, tutqil xabar mendin yo’q ersa,
topmagung,
Olam ichra istabon nom-u nishonimdin
xabar.(Alisher Navoiy)
2 Muhammad Yusuf she’rlarida
samimiylik va haqqoniylikning
tarannum etilishi Bir vaqtlar ilhomning o‘tli tig‘ida,
Falakni ko‘zlardi mening ham sozim.
Lekin ikki daryo oralig‘ida,
Qolib ketdi mening o‘sha ovozim.(Abdulla Oripov)
3 Abdulla Qodiriy – tarixiy
romanlar ustasi. Adolat kuchga bo’ysungan yurt – vayron
yurt,
Kuch adolatga bo’ysungan yurt – bo’ston
yurt.(Muhammad Yusuf)
4 «O‘tkan kunlar» romanidagi
Zaynab timsoliga tavsif Otang senga sabr yediradir, qayin onang bo’lsa kundashing duosida, sen bo’lsang
yig’i quchog’ida
(Abdulla Qodiriy)
53-mashq ham yuqoridagi topshiriq kabi bajariladi.
Namuna
T/r Insho mavzusi Mos keluvchi epigraf
1 O‘zbekistonimning ertasi Daryo kabi doimo uyg‘oq
Intilishim tog‘ qadar baland.
Olis yo‘lga otlandim, biroq
Senga bo‘lgan sadoqat bilan,
Ey ko‘nglimga yo‘g‘rilgan Vatan.(Rauf Parfi)
2 Yangi asr orzulari Istiqlol, ketma yurt peshonasidan,
Tole, tark etmagin bizni ilohim.
Mana, yangi asr ostonasidan
O’tdim. Bismillahir rohmanir rohiym.(Abdulla Oripov)
3 O‘tkir Hoshimov asarlarini
sevib o‘qiyman. Insoniyat orol emas, qit’a bo’lib

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Илк қулай қўлланма.

6-синфлар учун тест китобчаси.

Икки томонлама манфаатли.

Биринчиси ўқувчилар учун бўлса, иккинчиси Аттестация учун жуда қулай.

Тавсия қиламан.

Алоқа учун @Gulmira0185

@nuriddinuktamov

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

📢Ta‘limdan ish yoki ishchi qidirganlarga shu kanal haqida xabar bering.👇

/channel/orzudagi_ish

Bu yerda:

🏦 Yuqori maoshli ishlar e‘loni

🏢 10.000 maktabdan ish taklifi ehtimoli

🏫 O‘quv markazlaridan ishga takliflar

👩‍💻👨‍💻 Repitetorlik uchun takliflar

Sizga e‘lonlarda ish taklifi beriladigan Ta‘lim yo‘nalishlari:

✅Oliy ta‘lim

✅Kasbiy ta‘lim

✅Bog‘cha ta‘limi

✅Uy ta‘limi

Hammasini @orzudagi_ish kanalidan topasiz.

📣Hammaga yuboring.

🟢Zero Navoiy hazrat aytganlaridek:

Naf’ing agar xalqqa beshakdurur,
Bilki, bu naf’ o‘zunga ko‘prakdurur!

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

🇰🇷 Адабиёт бўйича 2024 йилги Нобел мукофоти жанубий кореялик ёзувчи Хан Гангга берилди

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Endi pedagoglar eng zamonaviy texnologiyalar bilan jixozlangan institutda malaka oshiradi

850 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari;

Innovatsion kutubxona;

STEAM laboratoriya xonalari;

560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona tipidagi yotoqxona.

Kecha, 8-oktyabr kuni A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan press-tur tashkil qilingandi.

Xalqtaliminfo.uz'ning qisqacha reportajida malaka oshirish institutida yaratilgan sharoitlar bilan siz ham yaqindan tanishib chiqishingiz mumkin.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/890

Telegram I Facebook I xalqtaliminfo">YouTube

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Кўпчиликка бугун тонгги соат 03:11 да ойлик тушибди.
Билиб қолишгунча банк кредитлари нима қилса қилгандир. 😭😭😭

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Устозлар. Қайсидир вилоятга ойлик тушдими.

Бизда ҳамон тинчлик

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Tonggi test
Quyidagi gaplarning qaysi birida tinish belgisi bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?

A) Shuni yozgan yigitni bir ko ‘rarmikanman?!
B) Agar ko‘pni ko‘rgan Kolizey g‘ishtlaridan bir bo‘lagini olib quloqqa tutsangiz, bu yerda bo‘lib o‘tgan tantanalar, gladiatorlarning buqa bilan olishuv paytidagi shovqin-suronlarni, odamlarning hayqiriqlarini eshitarmikansiz?
C) Ukaginam bitta choy damlab kelmaysanmi?!
D) Ma’lum bir nuqtada ilm ko‘chasidan burilmaganlarida edi, ayni fursatda qaysi bir ilmiy kengashda davrning muhim ilmiy muammosi bo‘yicha bahs yuritgan bo‘larmi edilar?

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

“Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risida” Xalqaro Pakt 18-moddasida har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o‘z ixtiyori bilan o‘ziga ma’qul dinni qabul qilish va e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy tartibda ibodat qilish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham o‘z ichiga oladi https://lex.uz/docs/-2640479

O’zbekiston 1995-yil bu Paktga qo’shilgan hamda shu yili Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi Xalqaro Paktga Qo’shimcha Protokolga imzo chekkan. Bu bilan O’zbekiston ushbu shartnoma doirasidagi barcha shartlarga amal qilish majburiyatini olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 35-moddasiga ko’ra, hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har kim xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

O‘zbekiston Respublikasining 05.07.2021 yildagi O‘RQ-699-son “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi munosabatlarni, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyatini tartibga soladi. Qonunning 4-moddasiga ko’ra, vijdon erkinligi — bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.

Mehnat kodeksi 4-moddasiga ko’ra, mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanadi. Dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodiga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitishdir.

Mehnat kodeksi 8-moddasiga ko’ra, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.

Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.

Mehnat kodeksi 13-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mehnat kodeksi 298-moddasiga ko’ra, xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, jamoa kelishuvlari yoki jamoa shartnomasiga nisbatan yomonlashtiruvchi mehnat tartibini tartibga soluvchi ichki hujjatlar qoidalari haqiqiy emasdir.

Agar tashkilot ichki mehnat tartibi qoidalarida ro’mol, hijob o’rash bir marta qo’pol buzish sifatida ko’rsatilgan bo’lsa, bunday qoidalar haqiqiy emasdir.
Agar Sizni aynan ro’mol yoki hijob o’raganligingiz munosabati bilan “statya” ya’ni MK 161-moddasi 2-qismi 5-bandi bilan bo’shatishsa, bu g’ayriqonuniy bo’shatish hisoblanadi.

Agar bo’shatishsa, bizga murojaat qiling! Mehnat qonunchiligi bo'yicha professional yuridik yordam olish uchun @MuhammadaminKarimjonov ga murojaat qilishingiz mumkin!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇/channel/mehnathuquqi

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

#Барча_сўраган_саволга_жавоб
⚡️Мактаб ва мактабгача таълими бўлими ходимларига қачон маош тўлаб берилади?

Ушбу савол билан масъуллардан жавоб олдик. Жавоб қўйидагича:

▪️Умумтаълим мактабларида ишловчи ходимларга иш ҳаққи ҳисоблаш жараёнида тизимда бир қанча камчиликлар мавжуд. Шу боисдан ўқитувчиларга маош ҳамда байрам пули тушириб бериш санаси чўзилмоқда. Катта эҳтимол билан 7 октябрь куни тўлаб берилиши айтилмоқда.

▪️МТТларда ишловчи ходимларга эса эртага 4 октябрь жума куни маошлар тўлиқ тўлаб берилиши маълум қилинди!

Изоҳ: Бу ерда маош кечикишининг сабаби ММТБ хисобхона бўлими ходимларига боғлиқ эмас. Дастурда бир қанча камчиликлар мавжуд.



/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Драма тўгарагининг ЯНГИ 2024-202 ЎҚУВ ЙИЛИ УЧУН МУТЛАҚО ЯНГИЧА варианти. 7-11-СИНФЛАР УЧУН
ВОРД варианти
NuriddinUK

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Кундалик сайти сизларда ҳам ишламаяптими

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Устозига Креатив совға.

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Olimlarning gapi chikora, bizning "oʻzimizga xos oʻzimizga mos" yoʻlimiz borligiga yana bir misol

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Toshkentda boʻlib oʻtayotgan xalqaro forum doirasida Britaniya Kengashi ingliz tili dasturi rahbari Maykl Konolli maʼruzasini tashkil qildi.

Konollining fikricha, til oʻrganuvchilar tilni oʻzlari ham oʻrgangan (yaʼni bu jarayonning "baland-pastini" biladigan) oʻqituvchilardan yaxshiroq oʻrganishadi. Va yaxshi xorijiy til oʻqituvchisi degani - "til egasi" ("native speaker") degani emas.

"Maktablarga til egalarini olib kelamiz" degan "ura ura"lar boshlanganda "til egasi yaxshiroq oʻqitadi" degan qarash ilmiy isbotini topmagan "afsona", balki "kargo kult"ning bir turi ekanligi haqida yozgandim. Yoʻq, vazirlik baribir shundoq ham byudjet ilma-teshik boʻlib yotgan va oʻzimizning oʻqituvchilar oyligi haminqadar boʻlib yotgan bir sharoitda "til egalari"ni jalb qildi, ular "samara berayotgani" haqida "tepa"ga hisobotlar ketdi. "Tepa"da ham "ular samara berayotgani"ning ilmiy asosini, dalilini soʻraguvchi topilmadi. "Toʻxtanglar, shu falon pul va imtiyozlarni oʻzimizning oʻqituvchilarga yoʻnaltirsak ular ham samara koʻrsatmaydimi?" deydigan ham topilmadi.

Xullas, oʻsha savol. Baribir oʻz bilganimizdan qolmaydigan boʻlsak, bunday forumlar-u kazo olimlarning maʼruzalaridan nima naf?

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

"Iliada" dostonining óninchi qóshig‘i asosida tuzilgan testlar odatda dostonning mazmunini, qahramonlarni va asosiy voqealarni sinashga qaratilgan bo‘ladi. Quyida 10-sinf adabiyot darsligi asosida "Iliada" dostonining óninchi qóshig‘iga oid namunaviy testlarni ko‘rib chiqamiz:

Test savollari:

1. "Iliada" dostonining asosiy mavzusi nima?

a) Qahramonlik va jasorat

b) Sevgi va sadoqat

c) Sarguzasht va sayohat

d) Sanoat va savdo



2. Óninchi qóshiqda qaysi qahramonlar ishtirok etadi?

a) Axilles va Agamemnon

b) Odissey va Menelay

c) Hektor va Paris

d) Diomed va Odissey



3. Diomed va Odissey qanday topshiriqni bajarish uchun yuboriladi?

a) Troya shahrini ko‘zdan kechirish

b) Yunon jangchilari orasida fitna izlash

c) Dushman qismidagi ma’lumotlarni o‘g‘irlash

d) Xavfli jangchilarni yo‘q qilish



4. Óninchi qóshiqning asosiy mavzusi nimaga qaratilgan?

a) Qahramonlarning jasoratini sinash

b) Fitnachilik va yashirin qismni topish

c) Axillesning hushi ketishi

d) Yunon jangchilarining muvaffaqiyatsizligi



5. Diomed va Odissey kimni ushlab oladilar va undan ma'lumot olishadi?

a) Dolon

b) Hektor

c) Paris

d) Priam



6. Diomed va Odissey Dolondan qaysi ma’lumotni olishadi?

a) Troyaliklarning qarorlariga oid sirlarni

b) Troya shahridagi rejalashtirilgan hujumni

c) Yunon jangchilarining ichki fitnalarini

d) Troya jangchilarining joylashuvi haqida ma'lumot



7. Óninchi qóshiq qanday tugaydi?

a) Yunon jangchilarining Troya ustidan g‘alaba qozonishi

b) Yunonlarning yashirin operatsiyasi muvaffaqiyatli bo‘lishi

c) Axillesning jangga qaytishi

d) Troya shahrining vayron qilinishi



8. Odissey va Diomed Dolonni o‘ldirgach, qanday harakat qilishadi?

a) Axillesga qaytib borishadi

b) Hektor ustiga hujum qilishadi

c) Troyaliklarning lageriga yashirincha kirishadi

d) Priam bilan uchrashishadi



9. Óninchi qóshiqda fitnachi qahramonlar qanday motivatsiyaga ega?

a) Axillesga yordam berish

b) O‘z armiyasini qutqarish

c) Raqiblar orasida ichki fitna yaratish

d) O‘z shon-shuhratini oshirish



10. "Iliada" dostoni qaysi davr urushi haqida hikoya qiladi?

a) Yunon-Pers urushi

b) Troya urushi

c) Rim-Yunon urushi

d) Spartak isyoni




Javoblar:

1. a


2. d


3. c


4. b


5. a


6. d


7. b


8. c


9. b


10. b
10- sinf uchun testlar tayyor bólmoqda
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Бизззнессс режа.

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

#ДИҚҚАТ #ТАРҚАТИНГ
⚡️❗️ Буджет ташкилотлари ойлиги ҳар ойнинг 5-чи санасигача ташлаб берилиши керак эди. Лекин тизимдаги носозликлар сабабли ўқитувчиларга ойлик ўз вақтида ташлаб берилмади.

Шундай экан ташкилотлар ойликнинг ҳар бир кечиккан санаси учун ўқитувчиларга компенсация тўлаб бериши керак.

✅ Тўлов муддатидан кечиктирилган ҳар бир кун учун Марказий банкнинг қайта молиялаш ставкасининг 10 фоизи миқдорида компенсация тўланиши керак.

✅ Масалан, 3 миллион сўм иш ҳақи мисолида тушунтириб ўтамиз:
1) Марказий банкнинг 14% қайта молиялаш ставкаси – 405 000 сўм;
2) 10% компенсация ставкаси – 40 500 сўм.

✅ Шундай қилиб, иш ҳақини тўлаш кечиктирилган ҳар бир кун учун иш берувчи сизга қўшимча 40 500 сўм тўлаши шарт.

Манба: Меҳнат Кодекси

https://youtu.be/ovHpp-SyObE?si=cyVPaBAYe3Gaj-1s

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Hangang 1970-yil 27-noyabrda Kvanju shahrida tugʻilgan

Go'sht iste'mol qilishni to'xtatishga qaror qilgan ayol haqida "Vegetarian" romani uchun 2016 yil Man Booker xalqaro mukofoti sovrindori. Bu roman uning ingliz tiliga tarjima qilingan birinchi kitoblaridan biridir .

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

#Диққат

⚡️Бугун, 10 октябр – ўзбек эркакларнинг асаб тизимини асраш куни, чунки бугун Ўзбекистон терма жамоаси Эрон билан ўйнайди.

❗️Бугунги кун учун кўп нарса керак эмас: ширин овқат, тинчлик, футбол вақтида безовта қилмаслик ва чой сўраганда суратдагидек қарамаслик)

Хабарни тезкорлик билан аёлларга етказиб қўямиз😁

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

❓O‘qituvchilarning oylik ish haqi qachon tushadi?

Ushbu savol aks etgan murojaatlar ko‘p kelyapti. Ustozlarimiz maoshi qachon tushishini bilmoqchi.

Ushbu masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rahbariyati bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildim.

Aytishlaricha, barcha texnik nosozliklar o‘z yechimini topgan va o‘qituvchilarga oylik ish haqini tushirish (nachisleniye) jarayoni boshlangan.

Ayni daqiqalarda moliya masalalariga mas’ul barcha xodimlar ishda va maksimal darajada barcha hududlardagi xodimlarga oylik ish haqini ulgurishsa ertalab tonggacha, yoki uzog‘i ertaga tushirishga harakat qilishmoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgacha 50% ga yaqin xodimlarga oylik ish haqi hisoblab, o‘tkazib bo‘lingan (banklarda ish kuni yopilgani uchun, plastik kartada ertalab ko‘rinishi mumkin).

Xulosa qilib aytganda, ertaga barcha o‘qituvchilarning ish haqlari egalariga yetib boradi, Xudo xohlasa.


👉 Xushnudbek 👈

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Asosiy fan olimpiadasining TUMAN bosqichi quyidagi belgilangan sanalarda tegishli fanlardan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda:

▶️22-oktabr kuni Tarix, Geografiya, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan;
▶️23-oktabr kuni Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Davlat va huquq asoslari fanlaridan;
▶️24-oktabr kuni Kimyo, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili fanlaridan;
▶️25-oktabr kuni Biologiya, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan;
▶️26-oktabr kuni Matematika, Ona tili va adabiyoti, O‘zbek tili fanlaridan.

📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 1-GURUH FANLARIdan 4-9-noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

1-guruh fanlari (Matematika, Fizika, Kimyo Biologiya, Informatika va axborot texnologiyalari)


📌Xalqaro olimpiadalarga saralashning 1-bosqichi Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 9-noyabr kuni, Matematika Fizika, Kimyo, Biologiya fanlaridan 10-noyabr kunlari tashkil etiladi;

📌Asosiy fan olimpiadasining VILOYAT bosqichi 2-GURUH FANLARIdan 3-5-dekabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

2-guruh fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tarix, Davlat va huquq asoslari, Geografiya )


⚠️Yuqoridagi olimpiada tashkil etiladigan sanalar o‘zgarishi kuzatilsa ushbu telegram kanal orqali hamda hudidiy boshqarmalar orqali ma'lumot yetkaziladi.

Nuriddin Uktamov

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Бизнинг фанимиз, бадиий китобларимиз ҳам инстаграмда рекка чиқиши яхши ҳолат очиғи.
/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

#Attestatsiya_2024_mart_oyi

Attestatsiya 2024-yil mart oyida ona tili adabiyoti va pedagogikadan tushgan savollar ketma-ketligi 👇👇 sillka orqali yuklab oling, sillkani bosgandan so‘ng birin-ketin pastga tushing👇👇👇

/channel/ona_tili_millat_korki/17198

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Ish joyida ro’mol o’rash mumkin emasmi❓ Sallaga qo’shib, kallani ham olib keladigan ayrim rahbarlarga yuborib qo’yinglar…

#savolimbor Assalomu alaykum. Ayrim maktablarda majburan ro’molni yechtirishmoqda, shunday qaror chiqibdimush. Agar yechmasang, “statya” bilan bo’shataman deb tahdid qilishmoqda. Shu qanchalik to’g’ri?

/channel/mehnathuquqi javobi :

Maktablarda ayollarning ro’molini yechtirish kampaniyasi boshlanibdi shekilli. Shu bo’yicha ko’plab murojaatlar kelmoqda. Ta’limda shuncha muammolar turganda yana ro’molga yopishish boshlanibdida

Bu bo’yicha hech qanday qaror chiqqani yo’q. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrug’i chiqdi. Buni quyida tahlil qilamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024-yil 12-iyundagi 187-sonli buyrugʻiga 1-ilova “Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari“ maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlar uchun namunaviy etika qoidalari (keyingi oʻrinlarda – Namunaviy qoidalar) maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy oʻrta ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun axloq qoidalari, odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor me’yorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi. Batafsil: /channel/mehnathuquqi/8048

Sallaga qo’shib, kallani ham olib keladigan ayrim direktorlar, Namunaviy qoidalarning 10-bandidagi quyidagi qoidani noto’g’ri talqin qilmoqdalar: turli din va konfessiyalar hamda turli submadaniyatlarga mansubligini aks ettiruvchi kiyimlarda boʻlmasligi.

Birinchidan, ro’mol diniy libos emas. Oldin fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganligi uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda javobgarlik belgilangan edi. Lekin eng qizig’i, qonunchilikda ibodat libosi tushunchasiga ta’rifning o’zi yo’q edi. Shuning uchun ham, fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishi bo‘yicha belgilangan jazo olib tashlandi.

“Bir necha yil oldin ishchi guruh “ibodat libosi” tushunchasini aniqlashga urindi, ammo guruh bu borada “boshi berk ko‘chaga kirib qoldi”, degan edi sobiq Adliya vaziri Ruslanbek Davletov https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/11/davletov/

Islomda bunday tushuncha yo‘q, kishining avrati yopiq bo‘lishi so‘raladi. Qanday kiyimda bo‘lsa ham, ibodat uchun [mos va pokiza] bo‘lishi so‘raladi. Shuning uchun bu terminlarni (ibodat libosi - tahr.) qayta ko‘rib chiqish kerak. U ibodat libosi degan terminni muomaladan chiqarib tashlash lozim”, – degan edi marhum muftiy Usmonxon Alimov. https://kun.uz/89787603

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita sobiq rais o‘rinbosari O‘tkir Hasanboyevning fikrlaridan iqtibos keltiramiz: Muayyan bir dinlarda ayrim rasm-rusumlarni bajarish uchun kiyiladigan kiyimlar belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Aholimizning 94 foizidan ortig‘i islom diniga e'tiqod qiladi. Islom dinida ibodat qilish uchun "bunisi - islom kiyimi, bunisi esa islom diniga zid", degan tushunchalar yo‘q. Boshqa dinlarda esa ibodat marosimlarini o‘tkazish uchun alohida liboslar kiyiladi. Islom dinida esa ibodat uchun diniy kiyim, degan mulohazalar noo‘rin.

"Din ishlari qo‘mitasi, mutasaddi tashkilotlar, maslahatchi-ekspertlar ham ro‘molni hech qachon diniy libos sifatida e'tirof etmagan. Agar ro‘molni diniy libos sifatida qaralayotgan vaziyatga duch kelsangiz, bizga murojaat qilishingiz mumkin. Biz bu masalani ko‘rib chiqishga tayyormiz", degan edi sobiq qo‘mita raisi o‘rinbosari. Batafsil: https://kun.uz/news/2017/08/16/din-islari-kumitasi-rumol-dinij-libos-emas?q=%2Fuz%2Fnews%2F2017%2F08%2F16%2Fdin-islari-kumitasi-rumol-dinij-libos-emas
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ishonch raqami: +99871 207-17-58

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Айни дамда
https://olympiad.uzedu.uz сайтида узлишлар рўй бермоқда.
ўқувчиларни сайтга жойлашда муаммолар юзага келмоқда


/channel/+WabbqibiVXI2MWY6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

📦Йил давомида ўтказиладиган адабий тадбирлар учун интернетдан ценарий қидириб зерикканлар учун

Туманда бўлиб ўтадиган ТУРОН театр танлови учун ценарий керакми?

Унда сиз учун
👇👇👇👇
🧾ДРАМА ТЎГАРАГИ КОНСПЕКТИ ВА РЕЖАСИ


📥Юклаб олиш

Нуриддин УКтамов

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Ўқитувчиларни маошини 1000 доллар кўтаришни кутирмай бошқа томонлама қўллаб-қувватласакчи?

Масалан

Ўқитувчи газ-электр ҳаққини 50 фоизини тўласа..

Ўқитувчи мол-мулк солиғидан озод қилинса..

Ўқитувчи ҳар йили бир марта бепул санаторияга борса..

Ўқитувчи касал бўлиб қолса шифохонада бепул (дори-дармон билан) даволанса..

Ўқитувчига мошина кредити фоизсиз бўлса..

Ўқитувчига автобус, поезд, метро бепул, самолёт (ички) 50 фоиз бўлса..

Ўқитувчини боласига олий таълимга кириш учун имтиёз бўлса..

Ўқитувчи тўй қилса бир марталик моддий ёрдам қилинса..

Ўқитувчи уй (квартира) олмоқчи бўлса 25 фоизини давлат тўлаб, фоизсиз 20 йилга берса...

Ўқитувчи дикретга ёки таътилга чиқса ҳам ўша маоши кетаверса..

Ўқитувчи оғир бемор бўлса чет элда даволанишни оталиққа олса..

Ўқитувчини ногирон боласи бўлса маошига 20 фоиз устама қўшиб берилса..

Ўқитувчини хурмати хокимникидай бўлса...

Манича 1000 доллар қилишни, кутишни кераги йўқ!

Ўқитувчилар соғ бўлишсин!
Байрамларинг билан!

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…

Nuriddin Uktamov Video|audioko'rgazma|darslar

Qadrdon ustozjonlar, ana endi navbat sizlarga!

Dunyodagi eng samimiy tilaklarim, yolg‘iz otam-onamga loyiq ko‘radigan hurmat-ehtiromim siz uchun! Faqat bugun emas, har doim, hamisha. Kasblar ichida a’lo kasb egalari ichida eng zo‘ri bo‘lib yurishingizni tilayman! Baxtimizga sog‘-omon bo‘ling, yuz bilan yuzlashib, shogirdlar rohatini ko‘ring!
®iqboljonkamalov

/channel/+NE3m63fi0AJmOTk6

Читать полностью…
Подписаться на канал