uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

📣Tavsiyanomali abituriyentlar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda

❓Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi. Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda.

Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, "Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku" degan savollarga ham duch kelyapmiz.

‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi.

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi.

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali quyidagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati bekor boʻldimi?

Prezidentning 2025-yil 19-iyuldagi PF-114-son Farmoniga asosan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-son qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura yoki doktoranturaga tanlovlarda chet tili sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi va ularning yoʻnalishlar boʻyicha darajalari belgilangan edi.

Ushbu yangilikni ayrim telegram kanallar va guruhlar magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati bekor boʻldi deb tushunib xabar tarqatishdi.

Aslida chet tili sertifikati talabi hali ham amalda yaʼni ushbu talab dastlab 2021-yilda PQ-5117-son qaror bilan joriy etilib, bunda, filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida С1 darajadagi sertifikat, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi sertifikat talab etilishi nazarda tutilgan edi.

Keyinchalik 2024-yil 24-may PF-81-son Prezident farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yoʻnalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi. Ushbu talab bugungi kunda bekor boʻlmagan. Yaʼni magistratura va doktoranturaga kirishda quyidagi darajadagi sertifikat talab qilinadi:

xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida B2 darajasida;

➖boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida B1 darajasida.

👉 Sertifikatlar darajalari ro'yxati

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Bugun bakalavriat uchun testlar to’liq yakunlanadi

❓Jami 10 kun davomida yurtimiz bo’ylab testlar o‘tkazildi. Ertaga oxirgi kun natijalari e’lon qilinadi. Shunda barcha abituriyentlarning natijalari ma’lum bo’ladi.

Shundan so‘ng abituriyentlarga yo‘nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Yo‘nalish tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

📆15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak.

Imtihonga oid muddatlar:

14-23-iyul — test jarayonlari;
24-iyuldan 7-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni (taxminiy muddat, o’zgarishi ham mumkin);
8-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni (taxminiy muddat);
17-avgust — mandat kuni (taxminiy muddat);
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni (taxminiy muddat).

📌Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi muddatlar:

14-25-iyul — test jarayonlari;
27-iyuldan 10-avgustgacha — yo‘nalish tanlash jarayoni;
11-17-avgust — mandatni tayyorlash jarayoni;
17-avgust — mandat kuni;
18-27-avgust — oliygohga kira olmagan abituriyentlarning texnikumlarni tanlash jarayoni.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRIB 1-BOSQICHDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 27-IYUL kuni 1 smenada bo‘lib o‘tadi.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

Eslatma, imtihonni qayta topshirish va boshqa kunga ko'chirish mavjud emas va bu borada qo‘shimcha imkon berilmaydi. Har bir talabgor imtihon kunida belgilangan vaqtda yetib kelishi shart.

Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

❗️Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimi takomillashtiriladi

Muhokamalar portalida “O‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:

➖kasbiy taʼlim tashkiloti oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti oʻqituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga;

akademik litsey oʻqituvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari mehnatiga haq toʻlashda ixtisoslashtirilgan maktablarning tegishli xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga;

➖oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (Phd), fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, shuningdek, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan oʻqituvchi va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra oliy taʼlim tashkilotining katta oʻqituvchisiga;

➖oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkiloti psixologining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti psixologi bazaviy tarif stavkalariga;

➖oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkiloti direktori, ijrochi direktori, direktor oʻrinbosarlari bazaviy tarif stavkasi umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti direktori va direktorining oʻrinbosarlari bazaviy tarif stavkasiga tenglashtirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan boshlab oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarining direktor jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan direktor, ijrochi direktor va direktor oʻrinbosarlariga faoliyat samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foizgacha miqdorida har oylik ustamalar belgilash rejalashtirilgan.

👉 Muhokamada ishtirok etish

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 8-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 21-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar quyidagi botlar yordamida necha ball to‘lganini bilishdan tashqari "JAVOBLAR VARAG‘I"ni ham yuklab olishlari mumkin:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot

Ushbu botlar yordamida esa mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilish imkoniga egasiz.

👉 @bmb_natijabot
👉 @bmb_natija1bot
👉 @bmb_natija2bot
👉 @bmb_natija3bot

📌Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 7-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 20-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar quyidagi botlar yordamida necha ball to‘lganini bilishdan tashqari "JAVOBLAR VARAG‘I"ni ham yuklab olishlari mumkin:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot

Ushbu botlar yordamida esa mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilish imkoniga egasiz.

👉 @bmb_natijabot
👉 @bmb_natija1bot
👉 @bmb_natija2bot
👉 @bmb_natija3bot

📌Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Imtihonlar yakunlangandan so‘ng abituriyentlar nimani tanlashadi?

Xabaringiz bor, 14-iyul sanasidan kirish imtihonlarining dastlabki bosqichi, ya’ni, test topshirish boshlandi.

Test topshirgan abituriyentlarning natijalari bir kun o’tib e’lon qilib borilmoqda. Barcha imtihonlar yakunlangandan so‘ng, abituriyentlarga tanlov imkoniyati boshlanadi.

Bunda abituriyentlar beshtagacha yo‘nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan istalgan yo‘nalishlarni va istalgan OTMlarni tanlashi mumkin.

Shuningdek, abituriyentlar ta’lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo’nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo’ladi. Masalan, 1 va 2 yo‘nalish – kunduzgi, 3 – kunduzgi, 4 – kechki, 5 – masofaviy.

Abituriyentlar tanlov jarayonida tanlov ustuvorligini ham tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga yoki yo‘nalishga qaratish mumkin.

Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi.

Ushbu telegram bot orqali mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilishingiz mumkin 👉 @bmb_natijabot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oliygohlar reytingini aniqlashda kurash seksiyalari tashkil etilganligi uchun ham ball beriladi

Prezidentning “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi PQ–450-son qarorida oliy taʼlim muassasalarining sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi kabi mezonlarni oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari sifatida belgilash vazifasi topshirilgan.

Shunga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritmoqda.

Muhokama uchun joylashtirilgan loyihaga koʻra oliy taʼlim muassasalari sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun reytingda 1 ball berish taklif etilmoqda.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Akademik litseylarga kirish test sinovlari oʻtkazilish sanasi va vaqti aniq boʻldi

Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.

Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
🟢birinchi smena soat 9:00 da;
🟢ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.

❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi.

🗂 Fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bu yerda👈
👉 IQ aniqlash bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxati (matn ustiga bosing)

#Qabul2025#

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2025

Joriy yil xotin-qizlar uchun 4000 ta grant o‘rni ajratiladi

Prezident farmoyishiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar bo‘yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etish istagini bildirgan hamda talabalar qabulini davlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiruvchi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini;

🔸 davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etuvchi oliy ta’lim tashkilotlarining takliflariga asosan 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim tashkilotlari, ta’lim shakllari va ta’lim tillari kesimidagi umumiy qabul parametrlari bo‘yicha takliflarni.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti

2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 4-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 17-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot

Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 UZBMB(DTM) natijangiz bilan Osiyo Xalqaro Universiteti talabasiga aylaning!

Oxuda sizni quyidagi imkoniyatlar kutmoqda:
Zamonaviy bakalavr yo‘nalishlari
200 ta grant o'rni
Chet elda amaliyot
O‘qish davomida ish topish, tajriba orttirish va o‘z loyihangizni boshlash
Talaba klublari, sport, volontyorlik va cheksiz o‘sish muhiti

🔹 50 va undan yuqori ball bilan — barcha yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin.
🔹 Tibbiyot yo‘nalishlari uchun — kamida 80 ball talab etiladi.

📌Eslatma, grant o‘rinlariga da’vogar bo‘lish uchun esa abituriyentlar universitetning kirish imtihonini 1-avgustgacha topshirishlari kerak.


🌐 Ro'yxatdan o'tish: qabul.oxu.uz

📞Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998553050009

🔗rus/english

Telegram | Instagram | Osiyo.Xalqaro.Universiteti.">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️ Litsenziyaga ega boʻlmagan oliy taʼlim tashkilotlaridan ogoh boʻling!

📩 Soʻnggi paytlarda telegram botimizga (@uztdibot) ayrim fuqarolar “International academy of aesthetic cosmetology" tomonidan berilgan diplomlar Oʻzbekistonda oliy taʼlim muassasasi diplomi sifatida tan olinadimi?” deb murojaat qilmoqda.

Yuqorida nomi keltirilgan taʼlim tashkiloti Oʻzbekistonda oliy yoki professional taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi litsenziyaga ega emas.

🔰
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasiga asosan, nodavlat taʼlim tashkilotlari litsenziya olingan kundan eʼtiboran taʼlim faoliyati bilan shugʻullanishga haqlidir.

Adliya vazirligining elektron litsenziyalash tizimi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu MCHJ faqat "Nodavlat maktabdan tashqari ta’lim, shu jumladan, chet tillarini o‘rgatish" va "malaka oshirish" faoliyati bilan shug'ullanishga haqli xolos. Lekin na oliy, na professional ta’lim bilan shug‘ullanishga huquqi mavjud emas.

❗️ Shuni yodda tutish muhimki, tegishli litsenziyaga ega boʻlmagan yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtmagan taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatlar nafaqat Oʻzbekiston Respublikasida balki boshqa davlatlar tomonidan ham tan olinmaydi.

☑️ Bu borada eng ishonchli ma’lumotlarni "Ta’lim nazorati" kanalidan olishingiz mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Uyda o‘tirib, xorijiy kompaniyada ishlashni xohlaysizmi?

IT Park Uzbekistan ko‘magida tashkil etilgan intensiv nemis tili kursi orqali siz atigi 6 oyda til darajangizni B1’dan C1’gacha oshirib, xalqaro call-markazlarda masofadan ishlash, oyiga $1000 dan ortiq daromad topish va kurs yakunida ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Boshlash uchun:
1. Ariza to‘ldiring
2. Guruhga qo‘shiling
3. Kursni tugating
4. Ish boshlang.

Ushbu havolalar orqali roʻyxatdan oʻting:
Base33 | Blitz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 9-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 22-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar quyidagi botlar yordamida necha ball to‘lganini bilishdan tashqari "JAVOBLAR VARAG‘I"ni ham yuklab olishlari mumkin:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot

Ushbu botlar yordamida esa mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilish imkoniga egasiz.

👉 @bmb_natijabot
👉 @bmb_natija1bot
👉 @bmb_natija2bot
👉 @bmb_natija3bot

📌Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️TEZKOR: DTM imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar diqqatiga!

Imtihon natijasidan qat'iy nazar abituriyentlarda 100% talaba bo'lish imkoniyati paydo bo'ldi.

➖DTM balingiz bilan talabalik va 100% gacha - grant
➖Til sertifikati bilan 100% gacha- chegirma
➖Oila a'zolaringiz bilan 10%dan - chegirma
➖Fan olimpiadasi bilan 100% gacha - grant
➖Sport musobaqasi g'oliblariga 100% gacha - grant
Yuz foiz to'lov uchun 10% - chegirma
Milliy sertifikat uchun - chegirmalar
Har oy beriladigan "rektor" - stipendiyasi

➖Ichki imtihon natijalari ko'ra 100% gacha - grant
➖O'qishni ko'chirayotganlar uchun 10% - chegirma
➖Maktab bitiruvchilari uchun kutilmagan - chegirmalar
➖Yil davomida IT va til kurslari - bepul
➖Ishga joylashtirish dasturlari - kafolatli

Barchasi aynan siz uchun bir oliygoh tomonidan taqdim etiladi. Hoziroq qo'ng'iroq qiling!

Bizda mavjud yo'nalishlar
Ro'yxatdan o'tish: qabul.bitrix24.site/
📞55-307-50-00     😎@BUI_admin
📞 78-223-00-01 (Sirdaryo filial)

📍Manzillarimiz:
Asosiy kampus Buxoro viloyatida: Buxoro shahri, Alpomish ko'chasi, 1-uy,
Sirdaryo filial
: Guliston shahri, Ezgulik kochasi, 5-a-uy,

🎓🎓🎓🎓🎓🎓🎓

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Web sahifa

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.

✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/J25-preselection-results/

Quyidagi halova orqali ham natijalaringizni bilishingiz mumkin:
https://portal.piima.uz/page/ps1

🔹
Andijon viloyati
🔹
Buxoro viloyati
🔹
Farg‘ona viloyati
🔹
Jizzax viloyati
🔹
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔹
Qashqadaryo viloyati
🔹
Xorazm viloyati
🔹
Namangan viloyati
🔹
Navoiy viloyati
🔹
Samarqand viloyati
🔹
Sirdaryo viloyati
🔹
Surxondaryo viloyati
🔹
Toshkent shahri
🔹
Toshkent viloyati

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: 56,7 ball to'plagan abituriyentlar ham talaba bo'lishi mumkin!

Bilimni baholash agentligining test sinovlarida qatnashgan abituriyentlar diqqatiga!

✅ Agar siz 56,7 yoki undan yuqori ball to‘plagan bo‘lsangiz — Navoiy Innovatsiyalar Universitetiga imtihonsiz qabul qilinasiz!

Agar balingiz 56.7 dan kam bo‘lsa, xavotir olmang — siz uchun yana bir imkoniyat bor: universitetimizning ichki imtihonlarida qatnashing!

Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
Magistratura mutaxassisliklari

Nega Navoiy Innovatsiyalar Universitetini tanlash kerak?
2 mlrd so'mlik grant
Yiliga 6 mln. so'mlik stipendiya
Davlat namunasidagi diplom
Sifatli ta'lim

☎️ Call-markaz: +998555000043
📲 Ro'yxatdan o'tish: https://niuedu.uz/uz/cv

Litsenziya ( № 755472 06.08.2022 )

Bizning manzillar:

📍Navoiy viloyati, Karmana tumani, Toshkent ko'chasi 39-uy
📍Surxondaryo viloyati, Sho'rchi tumani, Oqkamar MFY, Mustaqillik ko'chasi 64-uy

Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 📷Web-sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#abituriyent #savol_javob

Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar tomonidan eng koʻp berilayotgan savollar 1-qism

@Uztdibot telegram botimizga eng koʻp berilayotgan savollarga javob berib oʻtamiz.

➡️ Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar yoʻnalishni qachon tanlaydi?

Joriy yilda davlat OTMlariga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar uchun test sinovlari toʻliq yakunlanib boʻlgach, abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.

➡️ 56,7 balldan kam toʻplaganlar davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinmaydimi?

Hozirlikcha minimal oʻtish ballari tasdiqlanmagan. Davlat qabul komissiyasi bir hafta muddatda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini tasdiqlaydi.

➡️ Minimal oʻtish ballidan kam toʻplaganlar bir yil kutishi kerakmi?

Agar abituriyent davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirmoqchi boʻlsa kelasi yilni kutishi va qayta imtihon topshirib koʻproq ball toʻplashi lozim. Yoki nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga hujjat topshirib shu yilning oʻzida talaba boʻlishi mumkin. Litsenziyasi mavjud, davlat namunasida diplom beradigan ishonchli nodavlat universitetlar haqida Taʼlim nazorati rasmiy kanali (@uztdi) orqali eʼlon berib boriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Rasman: maktabdagi so‘nggi 6 yillik o’rtacha baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi

19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi.

2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi.

Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi.

19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️TEZKOR: DTM imtihonlarida qatnashgan barcha abituriyentlar diqqatiga!

Imtihon natijasidan qat'iy nazar abituriyentlarda 100% talaba bo'lish imkoniyati paydo bo'ldi.

➖DTM balingiz bilan talabalik va 100% gacha - grant
➖Til sertifikati bilan 100% gacha- chegirma
➖Oila a'zolaringiz bilan 10%dan - chegirma
➖Fan olimpiadasi bilan 100% gacha - grant
➖Sport musobaqasi g'oliblariga 100% gacha - grant
Yuz foiz to'lov uchun 10% - chegirma
Milliy sertifikat uchun - chegirmalar
Har oy beriladigan "rektor" - stipendiyasi

➖Ichki imtihon natijalari ko'ra 100% gacha - grant
➖O'qishni ko'chirayotganlar uchun 10% - chegirma
➖Maktab bitiruvchilari uchun kutilmagan - chegirmalar
➖Yil davomida IT va til kurslari - bepul
➖Ishga joylashtirish dasturlari - kafolatli

Barchasi aynan siz uchun bir oliygoh tomonidan taqdim etiladi. Hoziroq qo'ng'iroq qiling!

Ro'yxatdan o'tish: https://qabul.bitrix24.site/
📞55-307-50-00     😎@BUI_admin

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram | Web sahifa

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 6-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 19-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini va mandat ro'yxatidagi o'rinlarini maxsus telegram botlar orqali bilib olishlari mumkin.

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot -orqali abituriyentlar 4 xil usulda o'z natijalarini bilib olishlari mumkin:

1️⃣ Ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Ruxsatnomaning quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Ruxsatnomada ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.


📣 @bmb_natijabot -yordamida esa mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilishingiz mumkin.

📌Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.


📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 5-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 18-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot

Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.

Ushbu telegram bot orqali mandat ro‘yxatidagi o‘rningizni bilishingiz mumkin 👉 @bmb_natijabot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#kvota2025 #davlat_buyurtmasi #magistr

⚡️Magistratura ta’lim yo‘nalishlari uchun davlat granti

4-yillik davrda oliy ta’lim tashkilotlariga magistraturaning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo'yicha davlat granti tasdiqlandi


“Davlat oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident farmoyishi (PF–43-son, 18.07.2025-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmoyish bilan 2025/2026-o'quv yili va kelgusi 3 o'quv yili uchun davlat oliy ta'lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o'qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi. Bunda:

🔹 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha:

▪️ 2025/2026-o'quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o'quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o'quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o'quv yili uchun – 36 761 ta.

🔹 magistratura bosqichiga kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha:

▪️ 2025/2026-o'quv yili uchun – 9 922 ta;
▪️ 2026/2027-o'quv yili uchun – 10 191 ta;
▪️ 2027/2028-o'quv yili uchun – 10 477 ta;
▪️ 2028/2029-o'quv yili uchun – 10 784 ta.

📝 Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi quyidagilar bo'yicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

🔸 respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

🔸 davlat oliy ta'lim tashkilotlarida o'qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta'lim yo'nalishlari kesimidagi taqsimoti bo'yicha;

🔸 Oila va xotin-qizlar qo'mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Sertifikati mavjud bo‘lgan abituriyentlar uchun vaqt qanday taqsimlanadi?

Abituriyent bajaradigan har bir test uchun unga 2 daqiqa vaqt ajratiladi. Agar unda fanlardan sertifikat yoki imtiyoz mavjud bo‘lsa, ishlanmagan har bir savol uchun vaqt 2 daqiqadan qisqaradi.

Ya’ni, abituriyentda asosiy blogning 1 ta fanidan sertifikat bo‘lsa, 30 ta savol uchun unga boshqalardan 60 daqiqa kam vaqt beriladi.

Sertifikat majburiy bloglar uchun bo‘lsa, har bir fan uchun 20 daqiqadan qisqaradi va abituriyentdan qolgan vaqt davomida testni yakunlash talab etiladi.

Mandat natijasini bilish uchun bot 👉 @e_uzbmb_mandatbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 3-kun natijalari e’lon qilindi!

📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin va hammasi bitta telegram botda!

1️⃣ Abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

2️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

3️⃣ Abituriyent ruxsatnomasini pdf shaklda botga yuborib, "JAVOBLAR VARAG‘I"ni yuklab olishingiz mumkin.

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasida ko'rsatilgan ID raqamini veb-saytga kiritish orqali.

Bot manzili:

👉 @e_uzbmb_mandatbot
👉 @e_uzbmb_mandat1bot
👉@e_uzbmb_mandat2_bot
👉 @e_uzbmb_mandat3bot
👉@e_uzbmb_mandat4_bot

Hali testga kirmaganlar ham botga oldindan buyurtma berishi mumkin.

@mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyent qaysi hollarda imtihondan chetlashtiriladi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (03.04.2018 yildagi 261-son) qarori bilan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi belgilangan.

❌ Unga ko‘ra, quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

🔸 test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

🔸 test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

🔸test sinovlari jarayonida bir-biri bilan gaplashsa;

🔸test materiallarini binodan tashqariga olib chiqsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa;

🔸 test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugagandan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

🔸 test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.


Bundan tashqari, abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Test materiallarisiz, guruh nazoratchisi kuzatuvi ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Mandat natijasini bilish uchun bot 👉 @e_uzbmb_mandatbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал