uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

103979

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

Talabalarga forma joriy etilmaydi!

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona "talaba formasi" joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qilamiz.

Aslida, tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan "Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom" bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.

Aksincha, oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim. Shu bilan birga, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur Nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi. Vazirlik barcha axborot manbalarini mas’uliyat bilan yoritishga chaqiradi va rasmiy ma’lumotlarga tayanib harakat qilishni tavsiya etadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ta’lim xizmatlarining bir qismi xususiy sektorga topshirilishi mumkin

Savdo-sanoat palatasi tomonidan Prezidentning tegishli (27.02.2025-yildagi PQ-78-sonli) qarorida xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari va xizmatlari yuzasidan soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

Unga ko‘ra, quyidagi ta’lim xizmatlari xususiy sektorga topshirilishi mumkin:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida:


“Barkamol avlod” bolalar maktablarida “STEAM — taʼlim” dasturini joriy etish va to‘garaklar mazmuniga singdirish oid o‘quv dasturlar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

➖ O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati bilan birgalikda o‘quvchi yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, bolalarning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, “Quvnoq startlar” va “Yozgi taʼtil” sport musobaqalarini o‘tkazish, “Umid nihollari” va boshqa sport musobaqalarini o‘tkazish choralarini ko‘rish;

➖ Rivojlanishida turli nuqsonlari bo‘lgan hamda davolanishga va sog‘lomlashtirishga muhtoj bo‘lgan bolalarning inklyuziv sharoitda ta’lim-tarbiya olishlarini ta’minlash;

➖ Vazirlik tizimi faoliyatiga daxldor jurnal va gazetalar, blankalar, o‘quv-metodik majmualar, byulletenlar hamda o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish, shuningdek, Vazirlikning veb-sayti ishini tashkil qilish.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida:


➖ Oliy, o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘larining shakllanishi va sarflanishi, xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati ustidan nazorat qilish;

➖ O‘quv adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilishni tashkil etish.

Bilim va malakalarni baholash agentligi:


➖ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha malaka imtihonini tegishli maxsus dasturlar asosida kompyuterda o‘tkazish.

🔹 Soʻrovnoma havolasi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yaponiyaga ketishga tayyormisiz ?

🇺🇿🇯🇵 O'zbekistonda universitetni bitirib, Yaponiyada IT sohasida ish boshlash mumkin. Buni Japan Digital University ilk bitiruvchilari uddalashdi.
     Ushbu karuselni varoqlang va Yaponiya sari qadamni hoziroq tashlang 😊

👉 HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN

📞 71-200-05-95

Telegram  |  Instagram | FacebookJapanDigitalUniversity">YouTube | Web site

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Har bir tumandan kamida 5 nafar o'qituvchini malaka oshirish uchun xorijga yuborish vazifasi qoʻyildi

Bir yil ichida 215 nafar oʻqituvchi Angliya, Fransiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreyadagi eng nufuzli universitetlarda malaka oshirdi.

Muhimi, xususiy maktablar ham bu tizimga qoʻshilib, oʻqituvchilarini xorijga joʻnatmoqda.

Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan boʻlishi haqidagi taklifni maʼqulladi va mutasaddilarga buni yangi oʻquv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.

Joriy yilning oʻzida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qoʻyildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident ta'lim sohada mavjud muammolarga toʻxtaldi

Taʼlim dasturlari eng ilgʻor mamlakatlar tajribasiga moslashtirilmoqda, darsliklar yangilanmoqda, maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilayapti.

Lekin tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni oʻzlashtirishi, taʼlim sifatini taʼminlashi qay darajada ekani savol ostida.

Masalan, ikki yil oldin toifa berish tizimi shaffof, raqamlashgan platformaga oʻtgani haqiqiy ahvolni koʻrsatdi.

Jumladan, oʻtgan yili 341 ming oʻqituvchi yangi tizim asosida toifaga topshirgan boʻlsa, shundan 102 ming nafari imtihondan oʻta olmagani qayd etildi.

Ishga olishda diplomga qarab emas, bilim va malakani baholash tizimiga oʻtildi. Bu yangi tizim orqali imtihon qilingan 13 ming nomzoddan 6 mingi bilimi qoniqarsiz boʻlgani uchun ishga kira olmadi.

Yoki 61 ta xususiy oliygohda pedagog-kadrlar oʻqitilayotgani bilan birortasida kimyo, biologiya va fizika boʻyicha muallim tayyorlanmaydi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kimlar kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etilmaydi?

Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning Maʼmuriy Reglamentining 9-bandi:

Quyidagilar kasbiy sertifikatlashga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan pedagog kadrlar;

➖magistr darajasiga ega mutaxassislar;

➖pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar.

❗️Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan maʼlum muddatga ozod qilinadi:

homilador ayollar, homiladorlik yoki tugʻish taʼtilida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

➖ pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga toʻlgunga qadar);

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga oʻqishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan soʻng olti oy davomida.

📃Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi

Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.)ga koʻra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi:

🔹 “El-yurt umidi” stipendiyasi gʻoliblari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat oʻtkazish orqali aniqlanadi;

🔹 test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

📊 Bakalavriat boʻyicha hamda magistratura va doktorantura boʻyicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga koʻra:

🔸birinchi 100 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) toʻliq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 300 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

🔸 birinchi 20 talikka kiritilgan xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha oʻqish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#qabul_2025

2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida amalga oshiriladi.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

shuningdek, murojaatchilar uchun qoʻshimcha ravishda maxsus piima_admission chatbot yaratildi;

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

2025/2026-o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlari joriy yilning iyul-avgust oylarida bo‘lib o‘tadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💪💪💪💪💪💪

#Tezkor
⚡️Rasman: Olimpiadada ishtirok etish uchun so’nggi imkoniyat


“University of Business and Science” va Fan olimpiadalari markazi hamkorligida o'tkazilayotgan “UBS fan olimpiadasi 2025” da ro'yxatdan o'tish va birinchi bosqichda qatnashish uchun so'nggi imkoniyatdan foydalanib qoling!

9-10-11-sinf o‘quvchilari ertaga (12-may)ga qadar @eduolimpbot orqali BEPUL ro'yxatdan o'tib, quyidagi fanlardan birini tanlab onlayn ishtirok etishlari mumkin:
ona tili va adabiyot
➖matematika
➖tarix
➖biologiya
➖ingliz tili


“UBS fan olimpiadasi” sovrin jamg‘armasi 4 milliard soʻmni tashkil qilib, 3000 nafar eng iqtidorli ishtirokchilar maxsus ta’lim grantlari va noutbuklar bilan taqdirlanadi.

✅ Eng ko'p o'quvchilari g'olib bo'lgan MAKTAB RAHBARIYATI va USTOZLAR ham turli nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Ishtirokchilar uchun foydali havolalar:
Olimpiada grafigi
Olimpiada sovrinlari
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Testni bajarish uchun qo'llanma
Testni bajarish platformasi


💬 Ushbu imkoniyat haqida abituriyent do'stlaringizga ham xabar berishni unutmang!

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626
🤖 @ubsuzbekistan_bot

👍 @ubsolimpiada

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliygohlarda maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli qachon joriy etiladi?

Prezident farmoniga koʻra, 2025/2026-oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Farmon bilan tasdiqlangan yoʻl xaritasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oliy taʼlim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.

Unga koʻra 2025-yil iyun-avgust oylarida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2024/2025-o‘quv yili IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari quyidagi sanalar ma'lum qilindi

IV chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari 12-19 may kunlari onlayn shaklda tashkil etiladi.

Har bir sinf belgilangan kunda emaktab.uz platformasi orqali sinovda ishtirok etishi shart.

📅 Onlayn sinov jadvali:

📌 5-sinf – 12-may (dushanba)
📌 6-sinf – 13-may (seshanba)
📌 7-sinf – 14-may (chorshanba)
📌 8-sinf – 15-may (payshanba)
📌 9-sinf – 16-may (juma)
📌 10-sinf – 17-may (shanba)
📌 11-sinf – 19-may (dushanba)

20-may kuni – an’anaviy (qo'g'oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o'quvchilar qo'g'oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

Muhim eslatmalar:

🔹 O‘quvchilar o‘z sinfiga ajratilgan sanada emaktab.uz platformasiga kirib, sinovda qatnashishi kerak.
🔹 Test va topshiriqlar belgilangan vaqt ichida bajarilishi lozim.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining oʻzlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi

Soʻnggi yetti yilda tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobar koʻpayib, yiliga 25 ming nafar yoshlar oʻqishga kirmoqda. Ularning 40 foizi xususiy oliygohlarda oʻqimoqda.

Bitiruv imtihonini oliygohning oʻzi olishi, bilim va koʻnikmalarni baholovchi shaffof tizim yoʻqligi oqibatida mutaxassislar yetarli bilim va amaliy koʻnikmasiz mehnat bozoriga kirib kelayotgani qayd etildi.

Endilikda tibbiyot oliygohlari va texnikum bitiruvchilarining zamonaviy diagnostika va davolash usullarini oʻzlashtirishi shaffof tizim asosida alohida baholanadi. Bu tizim ishlayotgan vrach va hamshiralarga ham tatbiq etiladi.

Shu maqsadda Tibbiyot sohasini baholash milliy markazi tashkil qilinadi. Ushbu markazga xalqaro tan olingan xorijiy tashkilot jalb qilinadi. Davlat va xususiy klinikalar esa akkreditatsiyadan oʻtadi.

Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish vazifasi davlat va xususiy tibbiyot oliygohlari, ixtisoslashgan markazlar va viloyat muassasalariga beriladi.

Mutasaddilarga shifokor va hamshiralarni tayyorlash boʻyicha yagona malaka talablarini ishlab chiqish topshirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:

— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,

— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;

— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.


Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 Abituriyentlar uchun zamonaviy vosita: bepul, o'zingizga mos sohani aniqlash testi

Maktabni bitiryapsiz, lekin qaysi yo‘nalishni tanlashni hali ham bilmayapsizmi?

- Toshkent amaliy fanlar universiteti tomonidan yaratilgan psixologik test orqali sizga mos ta'lim yo'nalishlari aniqlanadi.

- Har bir soha bo‘yicha xalqaro va mahalliy o‘rtacha oylik maoshlar ko‘rsatiladi.

- Natijaga qarab qaysi yo‘nalish va fakultetlar sizga mosligini ko‘rishingiz mumkin

Bu test maktab bitiruvchilari va abituriyentlar uchun kasb tanlashdagi chalkashlikni bartaraf etadi.

📌 Testdan o'ting va atiga 7 daqiqada muvaffaqiyatli kelajagingizni aniqlang

👉 Testni boshlash

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

📆
2025-yil 23-24-25-may (juma-shanba-yakshanba) kunlari matematika va tarix fanlaridan bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

📱 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.

📌 Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📅 23-may kuni 3 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:30 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 11:00 dan 12:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 12:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 3-smena uchun soat 15:00 dan 16:00 ga qadar amalga oshiriladi. (3-smenada soat 16:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


📅 24-25-may kuni 2 ta smenada talabgorlarni test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritish:
⚠️ 1-smena uchun soat 7:00 dan 8:30 ga qadar amalga oshiriladi. (1-smenada soat 8:30 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).
⚠️ 2-smena uchun soat 12:30 dan 14:00 ga qadar amalga oshiriladi. (2-smenada soat 14:00 dan kech kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi).


👝 Test topshiruvchilardan imtihon o‘tkaziladigan binolarga ortiqcha narsalarni (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv materiallari, ichimlik, ovqat, shaxsiy buyumlar va shunga o‘xshash) olib kelmaslik so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining hududiy bosqichi natijalari e'lon qilindi

✈️ Mazkur bosqichda 1-o‘rinni egallagan jamoalar Respublika bosqichida qatnashadi va xorijga ta'lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

📊 Ma'lumot o'rnida: tanlovda jami 39 775 nafar o‘quvchi qamrab olindi.

Shundan 38 270 nafar o‘quvchi ingliz tilidan, 875 nafar o‘quvchi nemis tilidan, 630 nafar o‘quvchi fransuz tilidan ishtirok etishdi.


Hududiy bosqichda 1-o‘rinni egallagan jamoalar bilan tanishing:

➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Kegeyli tumani 55-AFCHO‘SM;
➖Andijon shahri 13-maktab;
➖Buxoro tumani 1- maktab;
➖Jizzax shahri 22-maktab;
➖Koson tumani 9- maktab;
➖Zarafshon tumani 3- maktab;
➖Yangiqo‘rg‘on tumani 10-maktab;
➖Toyloq tumani 21-maktab;
➖Shirin shahri 2- maktab;
➖Denov tumani 74-maktab;
➖Yuqori Chirchiq tumani 34-maktab;
➖Qo‘qon shahri 32-maktab;
➖Urganch shahri 15-maktab;
➖Toshkent shahri, Olmazor tumani 196-maktab.

🌐 2- va 3-o’rinni qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxati

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident raisligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishiga doir asosiy yangiliklar dayjesti

Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi

Prezident ta'lim sohada mavjud muammolarga toʻxtaldi

Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi tayyorlanadi

Pedagoglarni tayyorlash va baholash tizimi to‘liq isloh qilinadi

O‘zbekistonda pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan yangilanadi: tizim Termizdan boshlanadi

Maktab qurilishida 100 ta yangi loyiha boshlanadi

MMTB rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilishlarga jalb qilmaslik bo'yicha qat’iy ogohlantirish berildi

Bogʻcha bolalarini tanqidiy va kreativ fikrlashga oʻrgatadigan dasturlar ishlab chiqiladi

Har bir tumandan kamida 5 nafar o'qituvchini malaka oshirish uchun xorijga yuborish vazifasi qoʻyildi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasi tayyorlanadi — prezident

Hozirda 7-11 sinf oʻquvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda oʻtkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham oʻylantirishi zarurligi qayd etildi.

Yoki viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolayapti. Oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻp.

Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.

“Biz maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida katta oʻzgarish qila oldik. Lekin, hali yechimini kutayotgan koʻplab muammolar bor”, - dedi davlatimiz rahbari.


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda toʻqson kunlik” tartibida ishlashga oʻtish topshirildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident: Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi

Prezident raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilinishicha, oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab taʼlimi uchun mablagʻ 7 karra oshirilgani, joriy yilda bunga 60 trillion soʻm yoʻnaltirilayotgani taʼkidlandi.

Maktablarda 1 millionga yaqin, bogʻchalarda 1,5 million yangi oʻrinlar yaratildi. Bogʻcha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.

Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida oʻqituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming oʻqituvchi hozirda 8-12 million soʻm maosh olyapti.

Bogʻcha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab oʻqituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi oʻquv yilidan maktab direktorlari, oʻrinbosarlari va bogʻcha mudiralarining ish haqi 7-10 million soʻmdan oshadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Surxondaryodagi bog‘chalarda bolalar qamrovi eng past darajada

Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B. Abdullayev boshchiligidagi ishchi guruh parlament nazorati doirasida Surxondaryo viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati o’rganilgan.

Ma’lum bo’lishicha, bog’chalarda bolalar qamrovi 68 foizni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich respublika bo‘yicha eng past darajada ekanligi aniqlangan. Hozirgi kunda 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 32 foizi maktabgacha taʼlim tashkilotlari bilan qamrab olinmagan.

Shuningdek, 28 ta mahallada hali ham maktabgacha taʼlim tashkiloti mavjud emas.

Bundan tashqari, ayrim tashkilotlarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash talab darajasida emasligi, oshpazlar tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan ishga jalb qilingani va bolalarga belgilangan meʼyorda oziq-ovqat taʼminlanmayotgani kabi holatlar ham aniqlangan.

Shu bois, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, masʼul idoralarga yetkazilgan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tashkil etiladi

“Iqtidorli mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash, ularda kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish va ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida” gi Prezident Farmoni (PF-77-son, 05.05.2025-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi etib qayta tashkil etildi.

✔️ 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab:

🔹vazirlik, idora, iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari orasidan maqsadli stajirovkaga yuboriladigan nomzodlar roʻyxati shakllantiriladi;

🔹stajirovka tashkil etiladigan xorijiy tashkilotlar va stajirovka muddati buyurtmachilar, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan belgilanadi;

🔹maqsadli stajirovkaga yuboriladigan mutaxassislarning stajirovka oʻtashda zarur boʻladigan xorijiy tilni oʻrganishi uchun vazirlik, idora va iqtisodiyot tarmoqlarining strategik korxonalari tomonidan tegishli sharoitlar yaratib beriladi.

“El-yurt umidi” stipendiyasi haqida: 👉 /channel/uztdi/9618

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Attestatsiyasidan oʻta olmagani uchun ishdan boʻshatilgan oʻqituvchilar kasbiy sertifikat olsagina yana pedagog sifatida ishlashi mumkin

Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda Mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.

Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hamda mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimidagi pedagog kadr navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ketma-ket ikki marta jalb etiladi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida mehnatga qobiliyatsizlik davrida hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadr bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.

Attestatsiyadan oʻta olmaganligi sababli mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda pedagoglarning mehnat shartnomasi (xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli) bekor qilingan taqdirda, pedagog kadr faqat oʻz xohishi bilan navbatdan tashqari Kasbiy sertifikatlash sinovida ishtirok etib, sertifikatni qoʻlga kiritgan holdagina, yana pedagog sifatida ishga qabul qilinishi mumkin.

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: 👉 /channel/uztditestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar (15-16-may kunlari) ro‘yxati

Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilangani haqida xabar bergan edik.

Quyidagi hududlar kesimida 15-16-may kunlari attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Malaka (test) sinovlarida ishtirok etadilar:
kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan stajyor-oʻqituvchilar, yoki attestatsiyadan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar


➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi
➖Andijon viloyati
➖Buxoro viloyati
➖Qashqadaryo viloyati
➖Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Farg‘ona viloyati
➖ Jizzax viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Samarqand viloyati
Toshkent viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahri

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: 👉 /channel/uztditestbot

👉 Pedagoglar attestatsiyasi quyidagi manzillarda oʻtkaziladi: /channel/uztdi/9499

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? ( yoki Toifa Sertifikatlari qachon tarqatiladi?)

📌 Attestatsiya yakunlanganidan soʻng bir oy muddatda vakolatli vazirliklar rahbarining buyrugʻi (qarori) bilan attestatsiya natijalariga koʻra oliy, birinchi va ikkinchi malaka toifalari hamda bosh, yetakchi va katta oʻqituvchi lavozimlari berilgan pedagog kadrlarning roʻyxati tasdiqlanadi. Roʻyxatga asosan pedagog kadrlarga QR-kod qoʻyilgan elektron shakldagi sertifikatlar (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-sayti orqali onlayn generatsiya qilinadi.

📘Navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) oshirilgan yoki saqlangan, shuningdek, navbatdagi majburiy attestatsiya natijalariga koʻra malaka toifasi (lavozimi) tushirilgan pedagog kadrlarning oylik ish haqlariga kiritiladigan oʻzgarishlar avtomatik tarzda hisoblab chiqarilishi uchun vakolatli vazirlikning rasmiy veb-sayti UzASBO yoki boshqa moliyaviy hisob-kitob dasturlari hamda maktab boshqaruv (ERP) dasturlari bilan integratsiya qilinadi.

🔗Pedagog kadrlar davlat xizmatlari markaziga borish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida joylashgan shaxsiy kabinetiga kirish orqali elektron shakldagi sertifikatni yuklab olishi mumkin.

❗️Pedagog kadrlarning bazaviy tarif stavkalari miqdori, ularning malaka toifasi yoki lavozimi sertifikat asosida belgilanadi hamda ularning ish haqlari sertifikat generatsiya qilingan kundan boshlab qayta hisoblanadi.

P.S. Yanvar-iyun oylarida oʻtkazilayotgan attestatsiyaning oxirigi kuni 31-may hisoblanadi (demak, 31-maydan boshlab bir oy ichida Sertifikatlar generatsiya qilinadi, aniqrogʻi iyun oyining oxirigi ish kunlarida...)!

Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin: 👉 /channel/uztditestbot

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"O‘qishga kirolaman... kirolmayman..."

Ikkilanishni bas qiling! ISFT testlarini ishlab chiqing.

🎓 Yetarlicha ball to‘plagan abituriyentlar O‘zbekistondagi eng nufuzli oliygohlardan biri — ISFTga talabalikka qabul qilinadi.

Natijalar sizni aniq xursand qiladi, chunki sizda noutbuk va vaucher yutib olish imkoniyati bor. 3 ta zamonaviy noutbuk egalari test yechgan 11-sinf o'quvchilari orasidan random uslubiga aniqlanadi.

Bilimingizni baholash uchun quyidagi havolani bosing!

✅️ Testda ishtirok etish BEPUL!

Yo‘nalish tanlab testni boshlang:
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Matematika + Geografiya
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo‘nalish tanlash


Test yakunida sizga tahlil va maxsus sertifikat taqdim etiladi!


🎓 ISFT instituti — iqtisodiyot, moliyaviy texnologiyalar, pedagogika, xalqaro munosabatlar va biznes boshqaruvi sohalarida kuchli kadrlar tayyorlovchi oliygoh.

📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Karimova Eʻzoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💪💪💪💪💪💪

"UBS FAN OLIMPIADASI - 2025" boshlandi

⚡️Maktab o'quvchilari orziqib kutgan "UBS fan olimpiadasi"ning 1-bosqichiga START BERILDI.

Olimpiada grafigi:
➡️ 6-may - biologiya,
➡️ 7-may - matematika,
➡️ 8-may - ingliz tili,
➡️ 9-may - ona tili,
➡️ 10-may - tarix (shuningdek, yuqoridagi fanlardan o‘sha kuni topshira olmay qolgan o‘quvchilar uchun)
➡️ 11-may - qo‘shimcha kun (barcha sinflar bo‘yicha olimpiada fanlaridan o'z vaqtida ishtirok eta olmay qolgan ishtirokchilar uchun)

❗️Olimpiadaning 1-bosqichi ushbu grafik asosida soat 00:00 da boshlanadi va 23:59 gacha, ya’ni to‘liq bir sutka davomida ishtirokchilarga kirib ishlash imkoniyati beriladi. Soat 23:59 dan keyin tizimga kirish va topshiriqlar ustida ishlashga ruxsat etilmaydi.


✅ G‘oliblarning maktab ma’muriyati va ustozlari turli nominatsiyalar bo‘yicha esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

📺 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
📺Testlarni bajarish bo'yicha videoqo'llanma
📱 Bot orqali roʻyxatdan o'tish

Olimpiadada qatnashish mutlaqo bepul!

Hoziroq harakatni boshlang, vaqtni ortga surmang!

Batafsil maʼlumot uchun:
📞 +998781132626
🤖 @ubsuzbekistan_bot

👍 @ubsolimpiada

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistraturani ham masofaviy tarzda oʻqishga ruxsat berilishi mumkin

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab magistratura bosqichida muqobil ta’lim shaklida o’qitishga ruxsat beriladi.

Bugungi kungacha faqat kunduzgiga ruxsat edi. Endilikda, masalan, magistraturada masofaviy ham o’qitsa bo’ladi.

Qaysi mutaxassisliklarga qanday shaklga ruxsat berilishi kvota e'lon qilinganda ma'lum bo'ladi.

Avvalroq oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika sohasida maqsadli magistratura joriy etilishi haqida xabar bergan edik.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Endi sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

2025/2026 oʻquv yilidan kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari oshirib boriladi.

❇️ Shuningdek, 2025/2026 oʻquv yilidan:

🔸 oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi;

🔸 magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga ruxsat beriladi;

🔸 oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi;

🔸 muqobil taʼlim shakllariga talabalarni belgilangan meʼyordan ortiqcha qabul qilish litsenziya talab va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb baholanadi hamda litsenziyani bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

🏛 Shuningdek, har bir taʼlim tashkiloti tarkibida ichki taʼlim sifati auditini amalga oshirishga masʼul ichki taʼlim sifati nazorati boʻlimlari tashkil etiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал