Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Milliy sertifikatga ega oʻquvchilar yakuniy imtihonlardan ozod etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 20-fevral kungi 65-sonli buyrug‘ining 2-ilovasida keltirilgan chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar ilovada keltirilgan baholash asosida baholanib imtihondan tegishli fanlar fandan ozod qilinadi.
Xorijiy til fanidan B yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga 5 baho beriladi.
Milliy sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etilib, mazkur fandan ularga quyidagicha baho qo’yiladi.
A, A+ uchun 5 baho
B, B+ uchun 4 baho
C, C+ uchun 3 baho beriladi.
⚡️ Diqqat! Kirish imtihonlarida tushadigan savollar standartidagi testlarni onlayn yechib 1-3 mln so’mlik vaucher yutib olishingiz mumkin!
Bugun, 5-aprel kuni soat 09:00 dan boshlab UBS oliygohi bilan hamkorlikda Bepul onlayn imtihon boshlandi.
💵 Yuqori ball olganlarga 1-3 mln so‘mlik vaucherlar beriladi!
👍"University of Business and Science", 9️⃣ Taʼlim nazorati, 🎓Talimxabarlari.uz hamda Sinovtestuz_bot platformasi abituriyentlar uchun 1-ONLAYN DIAGNOSTIK TEST sinovlariga start beradi!
📄 Yakunda abituriyentga test tahlili va maxsus sertifikat taqdim etiladi!
⚡️Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi
Joriy yilning yanvar-iyun oylarida maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari joy manzillari maʼlum boʻldi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi: Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri, Y. Alakoʻz koʻchasi, 54-uy)
Andijon viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi, 8-uy)
Buxoro viloyati: Buxoro shahridagi 44-maktab binosi (Buxoror shahar, Bog'ishamol ko'chasi 5-uy. Mo'ljal: oldingi Pedagogika kolleji)
Jizzax viloyati: Jizzax shahridagi 4-maktab binosi (Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, Toʻqimachilar koʻchasi, 45-uy)
Qashqadaryo viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Qarshi shahar, Olimlar koʻchasi, 2-uy)
Navoiy viloyati: Navoiy shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Navoiy shahri, Aloqa koʻchasi, 6-uy)
Namangan viloyati: Namangan shahridagi 15-maktab binosi (Namangan shahri, “Gʻishkoʻprik” MFY, Uychi koʻchasi, 329-uy)
Samarqand viloyati: Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi (Samarqand shahar, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy)
Sirdaryo viloyati: Guliston shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi (Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh koʻchasi, 55-uy)
Surxondaryo viloyati: Termiz shahridagi 26-maktab binosi (Termiz shahri "Kattabog'" MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh. Mo'ljal: "Yashil dunyo" bozori)
Fargʻona viloyati: Fargʻona shahridagi 28-maktab binosi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy)
Xorazm viloyati: Urganch shahridagi 17-maktab binosi (Urganch shahar "4-Yuqori bog'" mahallasi, Maxtumquli ko'chasi, 229 "A"-uy)
Toshkent shahri va Toshkent viloyati: Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi (Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy koʻchasi, 83-uy)
Ma’lumot uchun: joriy yilning 15-may kuni o‘tkaziladigan kasbiy sertifikat sinovlari ham ushbu manzillarda bo‘lib o‘tadi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Joriy yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi
✅ Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga koʻra:
➖ Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Geografiya fanlaridan — 15-16-aprel kunlari (2 kun);
➖ Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan va umumtaʼlim muassasasi psixologi — 17-aprel kuni (1 kun);
➖ Ingliz tili (umumtaʻlim), Fransuz tili (umumtaʻlim), Nemis tili (umumtaʻlim), Hind tili, Turk tili, Koreys tili, Xitoy tili fanlaridan — 18-19, 21-aprel kunlari (3 kun);
➖Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), Oʻzbek tili (Davlat tili) fanlaridan — 22-24-aprel kunlari (3 kun);
➖ Jismoniy tarbiya (umumtaʻlim), Musiqa madaniyati, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi - oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 25-26-aprel kunlari (2 kun);
➖ Matematika fanidan — 28-29-aprel kunlari (2 kun);
➖Biologiya, Kimyo, Fizika fanlaridan — 30-aprel, 1-may kunlari (2 kun);
➖Boshlangʻich taʻlim fanidan — 2-3, 5-7-may kunlari (5 kun);
➖ Tarix fanidan — 8-may kuni (1 kun);
➖ Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Iqtisodiy bilim asoslari, Oʻqituvchi-defektolog (umumtaʻlim), Oʻqituvchi-logoped (umumtaʻlim), Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti fanlaridan hamda Badiiy akademiya va Madaniyat vazirligi tasarrufidagi umumtaʻlim muassasalari pedagoglari uchun — 10-may kuni (1 kun);
➖ Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 12-may kuni (1 kun);
➖ Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Rus tili (maktabgacha), Ingliz tili (maktabgacha), Fransuz tili (maktabgacha), Nemis tili (maktabgacha), Jismoniy tarbiya (maktabgacha), Oʻqituvchi-defektolog (maktabgacha), Oʻqituvchi-logoped (maktabgacha), Tarbiyachi-metodist (MTT direktor oʻrinbosari) — 13-14-may kunlari (2 kun);
➖Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-16-may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.
👉 Shuningdek, joriy yilning 15-may kuni (1 kun) Kasbiy sertifikat sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan kunlar hali e'lon qilinmagan
Ayrim telegram kanallari yoki gruppalarida 2025-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan pedagoglar attestatsiyasining malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi muddatlari toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatilmoqda.
Pedagoglardan mazkur xabarlarga eʼtibor bermasliklarini soʻrab qolamiz, zero, bu sanalar oʻtgan yoki undan oldingi yillarda test sinovlari oʻtkazilgan sanalar ekanligini maʼlum qilamiz.
Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatib oʻtmoqchimiz.
Shuningdek, yangi tartibga koʻra attestatsiya toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar, shu jumladan pedagog kadrlari uchun oʻquv fani boʻyicha malaka sinovlarini oʻtkazish shakli hamda jadvali har yili malaka sinovlari boshlanishidan 10 kun avval tasdiqlanib,vakolatli vazirliklarning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Yangi tartibga koʻra, toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi (bugun 1-aprelga qadar test sinovlari jadvali eʼlon qilinmadimi?-demak 11-aprelga qadar sinovlar boshlanmaydi).
Attestatsiyaga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#DIQQAT_MUHIM
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilaridan o‘z vaqtida PASPORT (ID KARTA) olishlarini so‘raydi
✅Ma’lumki, abituriyentlarning OTMga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish jarayonida bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi.
❗️Shuning uchun 16 yoshga to‘lgan har bir bitiruvchi o‘z vaqtida pasport (ID karta) olishi zarurligini eslatib o‘tamiz.
❗️Bugungi kunga qadar joriy o‘quv yilida maktablarni tamomlayotgan 450 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming (5,1%) nafari pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning pasport ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmagan.
⚡️Bugun kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun ro’yxatdan o’tishning oxirgi kuni
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishmoqda.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👉 Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️CHQBT rahbari lavozimiga nomzodlarni saralash haqidagi Nizom tasdiqlandi
Mudofaa vazirining 2025-yil 1-fevraldagi 108-son buyrug‘i bilan Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari lavozimiga nomzodlarni saralab olish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun foizsiz ssuda beriladi
Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) ga ko‘ra xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga ikki yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
Yoshlar ishlari agentligi uch oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan ssudani ajratish tartibini hamda olis va borish qiyin bo‘lgan hududlar ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida 26.03.2025-yildagi PF-61-son Prezident Farmoni
Ushbu Farmonga asosan:
👉Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!
👉 “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijda ta’lim olganlar tanlovsiz ishga olinadi
🔰“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-61-son, 26.03.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yildan “El-yurt umidi” jamg‘armasining yangi stipendiya yo‘nalishi sifatida “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.
Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:
▪️har yili iqtidorli, bilimga chanqoq, og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan kambag‘al oilalar farzandlarini xorijda o‘qitish maqsadida har bir mahalladan faol yoshlarni saralash;
▪️saralab olingan yoshlarning iqtidorini aniqlash orqali ularni salohiyatiga mos xorijiy oliygohlarga yuborish uchun tayyorgarlik kurslarida o‘qitish;
📜 “El-yurt umidi” jamg‘armasiga joriy yilda “Yorqin iste’dod” loyihasi uchun 300 milliard so‘m ajratiladi.
✅“El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta’lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.
📆 2025-yil 1-iyundan:
🟢nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 100 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarida ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislarga uy-joy sotib olish uchun uy-joy joylashgan hududdan kelib chiqib, o‘n yil muddatga BHMning 2 150 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
🟢nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
✅ Bundan tashqari, xorijiy tillar bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni olganiga 2 yildan oshmagan yoshlarga olis va borish qiyin bo‘lgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini ochish uchun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yil muddatga BHMning 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 1-aprelda yakunlanadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan stajor-oʻqituvchi va pedagoglar joriy yilgi kasbiy sertifikatlash sinovlarida qatnashish uchun 1-mart sanasidan boshlab murojaat yuborishmoqda.
✔️ Murojaatlar 2025-yil 1-aprelga qadar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
👉 Eslatib oʻtamiz: kasbiy sertifikatlash sinovlariga:
➖ umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar;
➖ avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchilar yoki mutaxassis lavozimidagi pedagog kadrlar;
➖ pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʻlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagog kadrlar jalb etiladi.
Kasbiy sertifikatlashga oid namunaviy testlarni quyidagi bot yordamida bepul bajarishingiz mumkin:
O'zbek tilida: 👉 /channel/uztditestbot
Rus tilida: 👉/channel/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 /channel/uztdi_qrtestbot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab taʼlimi vakillarining noqonuniy harakatlari fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda shahar IIBB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroning ishonchiga kirib, unga mansabdor tanishlari orqali Shayxontohur tumanida joylashgan 4 ta umumtaʼlim maktabining futbol maydonlarini auksion orqali ijaraga olib berish evaziga 8500 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda MTT rahbariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Boshqa holatda esa Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi tumanlardan birining maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi oʻz xizmat mavqeyidan foydalanib, mazkur boʻlim bosh mutaxassisi bilan oʻzaro til biriktirgan holda, maktabda faoliyat yurituvchi oʻqituvchini tumandagi maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari lavozimiga tayinlanishida yordam berish evaziga undan 15 mln. soʻm talab qilib, ushbu pul mablagʻini bosh mutaxassis orqali olgan vaqtida DXX, IJQKD va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanloviga start berilmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Prezident sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi — tuman (shahar) bosqichi 27-mart kuni boshlanadi.
Unda eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar viloyat bosqichida hudud birinchiligi uchun bellashishadi.
Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi
Prezidentining 19.03.2025 yildagi PF-51-son “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga 2-ilova 18-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
a) birinchi xatboshidagi “50” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:
“Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg’armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag’lari doirasida belgilanadi”.
Endi umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari 2025-yil 1-oktabrda "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin. Ya'ni 2025-yil 1-oktabrda 577 ming 500 so‘mgacha emas, balki 866 ming 250 so‘mgacha miqdorida mukofot puli beriladi.
Agar 2025-yil 1-oktyabrgacha mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshsa, mukofot puli miqdori ham oshadi.
Hozirda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari oʻtkaziladi
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi, Sport hamda boshqa tegishli vazirliklar hamkorligida joriy yilning 7-30-aprel kunlari barcha umumiy oʻrta taʻlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari bo’lib o’tadi.
➖ Ushbu bahslarda qatnashish ixtiyoriy boʻlib, ishtirokchilar my.sport.uz platformasidan roʻyxatdan oʻtgan holda sport sinovlarini topshirishlari mumkin.
✅ Ixtiyoriy sport sinovlar umumiy oʻrta taʻlim maktablarida qabul qilinadi. Ishtirokchilarning natijalari ushbu platformada baholanadi va oʻquvchilarning shaxsiy kabinetiga elektron sertifikat yuboriladi.
📍 Gʻoliblarga maxsus Diplom, esdalik sovgʻalar hamda “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovining I, II va III darajali koʻkrak nishonlari topshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda 11-sinf o‘quvchilari uchun umumta'lim fanlari bo‘yicha bepul onlayn diagnostik imtihon davom etmoqda. Yuqori ball to‘plaganlarga 1-3 mln so‘mlik vaucherlar va maxsus sertifikat beriladi.
📲 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 @sinovtestuz_bot
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni 2025-yil 12–13-aprel va 19–20-aprel (shanba-yakshanba) kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz saytining "Mening arizalarim" bo‘limidan olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 1-smenada 07:00 dan 08:30 ga qadar, 2-smenada 12:30 dan 14:00 ga qadar kiritiladi.
Test sinoviga 1-smenada 08:30 dan, 2-smenada 14:00 dan kech kelgan talabgorlar kiritlmaydi. Belgilangan vaqtdan kech kelgan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Xalqaro taʼlim, zamonaviy yoʻnalishlar va kuchli ustozlar – barchasi Toshkent Kimyo xalqaro universitetida!
⚠️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (sobiq Yeodju) va uning Namangan hamda Samarqand filiallari 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi.
🔹38 ta bakalavriat yo‘nalishlari
🔹Ta’lim tillari: o‘zbek, rus va ingliz
🔹Ta’lim shakllari: kunduzgi, sirtqi, kechki va ikkinchi mutaxassislik yo‘nalishlari
🌍 Nega aynan KIUT?
✔️ Rasmiy LITZENZIYAGA ega (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdig‘i bilan)
✔️ Xalqaro akkreditatsiya: KAZSEE va IQAA
✔️ Dunyoning nufuzli oliygohlari bilan hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturlari
✔️ AQSh, Angliya, Misr, Italiya, Janubiy Koreyadan tajribali professorlar bilan darslar
✔️ Grant va chegirmalar tizimi mavjud
✔️Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot: www.kiut.uz
Hujjat topshirish uchun:
📌 Bakalavriat: https://admission.kiut.uz
📞 Qo‘shimcha ma’lumot: +99878 129-40-40 (ichki raqam 1)
Telegram | Instagram | kimyointernationaluniversity">YouTube
⚡️Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari keyingi oʻquv yilidan boshlab yangi tartib asosida toifa olishadi
Prezident qaroriga asosan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Sport vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.
📄Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining qarori qabul qilindi.
💪 Unga ko'ra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun amaliy imtihon sinovlarining jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari hamda sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi va baholash mezonlari tasdiqlandi.
🗓 Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun: (2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, 2025-yil avgust-dekabr oylari attestatsiyasidan boshlab):
➖birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);
➖ikkinchi bosqich – amaliy imtihon (jami 60 ball, shundan jismoniy tayyorgarlik darajasi normativlari boʻyicha-20 ball, sport turlari boʻyicha mashqlar texnikasi -40 ball).
❗️Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).
Jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya bo‘yicha na'munaviy testlarni quyidagi telegram bot orqali bajarishlari mumkin:
👉 /channel/uztditestbot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Koʻpgina pedagoglarning takliflariga asosan 2025-yil 5-aprel sanasida milliy va xalqaro sertifikatlar telegram kanalida online uchrashuvni tashkil qilamiz.
iTEP, TOEFL iBT va TOEFL iTP sertifikatlari va ularga tayyorlanish boʻyicha NEN The New Education Exam Centre masʼullari ishtirok etishadi.
Online muloqot vaqti: 17:00
Oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan ushbu guruhga (Savol yo`llash) savollaringizni yuborishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.
Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va hoziroq kanalimizga a'zo bo'ling!
📱 Murojaatlar uchun: @xalqaro_sertifikat_ustamabot
📢 Kanalga ulanish uchun: @xalqaro va milliy sertifikat
Kasbiy ta’lim ustalari attestatsiyasi: yangi nizom loyihasi e’lon qilindi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida"gi Hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Loyihaga ko‘ra:
Taʼlimi ustalari oliy yoki oʻrta maxsus (kasbiy taʼlim) maʼlumot olganligi, norasmiy va informal orttirilgan ko‘nikma va malakalarni tan olish («Recognition of Prior Learning») diplom yoki sertifikatlar shuningdek qayta tayyorlash kursidan oʻtganligi haqidagi diplomida koʻrsatilgan mutaxassisligi yoki ixtisosligi boʻyicha attestatsiyadan oʻtadi.
Attestatsiyadan oʻtish uchun taʼlim ustalari qoidaga koʻra 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar bevosita Vazirlikning rasmiy veb-saytida pedagog.edu.uz elektron axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtgan holda murojaat qiladilar.
55 balldan kam koʻrsatkichga ega boʻlsa — attestatsiyadan oʻtmagan, malaka toifasiz taʼlim ustasi lavozimiga muvofiq emas deb (navbatdan tashqari attestatsiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar bundan mustasno) hisoblanadi.
Malaka toifasiz taʼlim ustasi navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, ish beruvchi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻta olmagan malaka toifasiz taʼlim ustasini navbatdan tashqari attestatsiyaga koʻpi bilan ikki marta jalb etadi. Bunda ikki martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻta olmagan taʼlim ustasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi sababli bekor qilinadi.
Muhokamada ishtirok etish: 👉 https://regulation.adliya.uz/project/4570/10631
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bugun ona tili (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olishning oxirgi kuni
✅ Joriy yilning 24-mart kuni boshlangan ona tili va adabiyot, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish jarayonlari 30-mart kun yakunlanadi.
💴 To‘lovlar esa 31-martgacha amalga oshirilishi mumkin.
✍️ Ushbu fanlar bo‘yicha test sinovlari 19-20-aprel kunlari o‘tkaziladi.
📱 Milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz sayti (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali) orqali amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 https://my.gov.uz/uz/service/891
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 Farzandingiz olimpiadada qatnashib VELOSIPED va boshqa qimmatbaho sovg'alar yutishni xohlaysizmi?
⭐️ Saralash olimpiadasi 30-MART soat 19:30 da 1-2-3-4-5-6-sinf o'quvchilari uchun bo'lib o'tadi. Go'lib farzandingiz bo'lishi mumkin. Shoshiling!!!
✅ Sizni nimalar kutmoqda?
🔹Matematik va mantiqiy masalalardan iborat qiziqarli savollarga javob berib, o‘z bilimingizni sinash imkoniyati.
🔹INSPIRING EDUCATION VA Abrorbek Butaev jamoasidan savollar tahlili va yangi bilimlar o‘rganish.
🔹Mukofot yutish imkoniyati!
✅ Qo‘shimcha imkoniyatlar:
Ro‘yxatdan o‘tgan barcha ga Abrorbek Butaev jamoasining ochiq va yopiq pullik kurslaridagi 1 mln so'm qiymatdagi bir nechta darslar TEKINGA taqdim etiladi!
iTEP - International Test of English Proficiency
Ingliz tili bilish darajasini aniqlash uchun mo`ljalllangan
xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi va u nomzodlarning
Listening, Reading, Writing, Speaking, Grammar kabi
ko`nikmalarini sinovdan o`tkazadi.
📌iTEP imtixoni afzalliklari:
☑️natijalarning 24 soatda e`lon qilinishi;
☑️imtihonning 90 daqiqa davom etishi;
☑️sertifikatning magistratura va doktorantura mutaxasisliklariga qabul qilinishi;
☑️Ishga kirishda qabul qilinishi;
🔥 iTEP imtixon kuni: Dam olish kunlaridan
tashqari deyarli har kuni tashkillashtirilgan
📍Manzil: Toshkent shahar, Chilonzor tuman,
NEN The New Education test markazi
⌛️Hoziroq ro`yxatdan o`ting!
Ro`yxatdan o`tish uchun: +998930019092
Telegram | Telegram kanal
⚡️Xalqaro fan olimpiadasi g‘oliblariga salkam 1 mlrd so‘m pul mukofoti beriladi!
Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
Masalan, endi eng nufuzli 5 ta olimpiadada (IMO — matematika, IBO — biologiya, IChO — kimyo, IPhO — fizika, IOI — informatika) g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchilarga quyidagicha mukofot pullari beriladi:
🥇1-o’rin: 937 mln 500 ming so‘m (2500 baravar);
🥈2-o’rin: 562 mln 500 ming so‘m (1500 baravar);
🥉3-o‘rin: 375 mln so‘m (1000 baravar).
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
ASOSIY OLIMPIADA: HUDUDLAR KESIMIDA - INTELLEKTUAL REYTING
Asosiy olimpiadaning Respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi.
🇺🇿Yakuniy natijalarga koʻra eng yetakchi hududlarni aniqlash maqsadida reyting tuzildi.
Reyting bilan batafsil postda tanishing!
📌Ma’lumot uchun olimpiadada Respublikamiz boʻylab 787 nafar 11-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Ertaga, 28-mart kuni IV oʻquv chorak darslari boshlanadi
Maktablarda 21-mart kunidan boshlangan bahorgi ta'til 27-mart kuni (7 kalendar kun)ga qadar davom etadi.
👉 IV oʻquv chorak darslari 2025-yil 28-mart kunidan boshlanadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekistonlik olimlar Amerika Qo’shma Shtatlaridagi xalqaro konferensiyada birinchi o’ringa loyiq deb topildi
“University of Business and Science” Kuzatuv kengashi raisi, texnika fanlari doktori, Professor Elyorjon Jumayevning ilmiy ishi 2025-yil 24–27-mart kunlari Las-Vegas (AQSh)da boʻlib oʻtgan Minerallar, metallar va materiallar jamiyati (TMS)ning 2025-yilgi yillik konferensiyasi doirasida tashkil etilgan tanlovda birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Qayd etish lozim, UBS Oʻzbekistondan ushbu tanlovda ishtirok etgan yagona oliy taʼlim muassasasi boʻlib, taqdim etilgan ilmiy ishda yuqori entropiyali qotishmalarning mikrostrukturasi va mexanik xossalariga turli issiqlikdagi toblash (annealing) davomiyliklarining taʼsiri chuqur tahlil qilingan.
TMS 2025 anjumani — minerallar, metallar va materiallar sohasidagi dunyo boʻylab 4 000 dan ortiq muhandis, olim va biznes yetakchilarini bir joyga toʻplaydigan nufuzli tadbir hisoblanadi. Bu yilgi anjumanda 112 ta simpozium doirasida 4 600 dan ziyod maʼruzalar taqdim etildi.
🔹 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan 2025-yil 16-aprel kuni “Ta’lim muhitining transformatsiyasi: zamonaviy o‘qitishda raqamli texnologiyalarning o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabul qilish boshlandi.
🔹 Maqola va tezislar elektron shaklda 2025-yil 10-aprelga qadar raqamlitalim.trm.uz/conference veb-manzili orqali qabul qilinadi.
🔹 Batafsil maʼlumot axborot xatida.
Konferensiya to'plamida maqolalarni chop etish bepul!
— — — — — —
🔹 Вниманию профессорско-преподавательского коллектива, методистов, преподавателей-практиков, докторантов, независимых исследователей, магистрантов, студентов и сотрудников всех учреждений системы образования!
🔹 Республиканским научно-методическим центром развития образования начался прием статей в связи с проведением 16 апреля 2025 года международной научно-практической конференции «Трансформация образовательной среды: роль цифровых технологий в современном обучении».
🔹 Статьи и тезисы принимаются в электронном виде до 10 апреля 2025 года через веб-сайт raqamlitalim.trm.uz/conference.
🔹 Подробная информация в информационном письме.
Публикация статей в сборнике конференции бесплатна!
🔹 Telegram 🔹 Instagram
🔹 Facebook 🔹 X (Twitter)
🔹 trm_uz">YouTube 🔹 Trm.uz
Bugun, 26-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Ta'limni rivojlantirish markazi tomonidan "Metodik marafon" tashkil etilmoqda.
Ma’ruzachilari ro‘yxati:
🎙 Pardayeva Mexriniso Doniyarovna – Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi, p.f.f.d (phd), dotsent
✍️ Kirish
🎙 Xodjayeva Gulnoz Musinxonovna – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi yetakchi mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: O‘qituvchining kasbiy so‘nishini oldini olish omillari va samarali strategiyalar
🎙 Xalmonov Umid Ochilovich – Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bosh mutaxassisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar
Matematik savodxonlik
🎙 Shayimqulov Abdulqosim Toshpulatovich – Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi 28-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: Matematika darslarida xalqaro baholash dasturlaridan foydalanish
🎙 O‘zbekov Atham Ahmedovich – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi matematika fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Matematika darslarida innovatsion usullardan foydalanish
Tabiiy-ilmiy-savodxonlik
🎙 Ziyodullayev Nodirjon Ma’mur o‘g‘li – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi kimyo fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Zamonaviy ta’limda tabiiy-ilmiy savodxonlik: o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish usullari
🎙 Mahmudov Abduqodir Yusupovich – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi biologiya fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik va amaliy kompetensiyalarni shakllantirish
O‘qish savodxonligi
🎙 Qodirova Surayyo Dustqobilovna – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi
✍️ Taqdimot mavzusi: O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq savodxonligini oshirishning samarali usullari
🎙 Toshev Elbek Choriyevich – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi boshlang‘ich ta’lim fani metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) ularni amalda qo‘llash
Boshlang‘ich ta’lim
🎙 Kenjaboyeva Nigora Mamayusufovna – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
✍️ Taqdimot mavzusi: Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda tayanch maktablarning o‘rni va ahamiyati
🎙 Mavlyanova Guzal Abduxalilovna – Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi boshlang‘ich ta’lim metodisti
✍️ Taqdimot mavzusi: Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish