Спецификация тестовых заданий по предмету «Русский язык» (для школ с другими языками обучения) на отборочных экзаменах, проводимых для фонда министра дошкольного и школьного образования.
В 2024 году отборочные экзамены педагогов, претендующих на получение ежемесячной надбавки, пройдут 19 февраля.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Texnologiya (servis xizmat yo'nalishi) fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Tarbiya fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Markazga biriktirilgan maktabda taʼlim sifatini oshirish boʻyicha rejalar belgilab olindi
Joriy yilning 10-fevral kuni Taʼlimni rivojlantirish markazi mutasaddilari maktab rahbariyati, mahalliy hokimlik, mahalla raisi bilan birgalikda hamkorlik ishlarining ramziy boshlanishi sifatida maktab hududiga “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazishdi.
Markaz xodimlari, shuningdek, maktabda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilishdi, taʼlim va tarbiya jarayonlarini takomillashtirishga oid rejalar yuzasidan pedagoglar bilan fikr almashishdi.
Batafsil: https://bit.ly/3UzULKe
— — — — — —
В прикрепленной к Центру школе определены планы по повышению качества образования
10 февраля текущего года сотрудники Центра развития образования совместно с руководством школы, местным хокимиятом, председателем махалли в рамках проекта «Яшил макон» как символическое начало совместной работы высадили на территории школы саженцы плодовых и декоративных деревьев.
Сотрудники центра провели презентацию о планируемой работе в школе, обменялись мнениями с педагогами о планах по совершенствованию процессов обучения и воспитания, обсуждались проблемы, отрицательно влияющие на показатели качества, и были выражены предложения по их устранению.
Подробно: https://bit.ly/3uwaZtp
Trm.uz|TelegramI Facebook|Instagram|trm_uz">YouTube|Twitter
Musiqa fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Informatika va AKT fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Fransuz tili fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Davlat va huquq asoslari fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Biologiya fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Matematika fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Boshlang‘ich ta’lim fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatiladi
Hukumat qarori (87-son, 12.02.2024 y.) bilan “Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” tasdiqlandi.
🔰Unga ko‘ra, pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajyor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.
🏢 Kasbiy sertifikatlash jarayoniga talabgor o‘z muddatida jalb etilishi uchun u faoliyat ko‘rsatayotgan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining rahbari mas’ul hisoblanadi.
📝 Talabgor nazorat sinovida qatnashish uchun so‘rovnomani davlat xizmatlari markazlariga shaxsan borib yoki YAIDXP (my.gov.uz)da to‘ldirgan holda ro‘yxatdan o‘tadi.
🚫 Birinchi marta kasbiy sertifikat olish bo‘yicha nazorat sinovida ishtirok etish uchun talabgordan to‘lov undirilmaydi.
🗓 Kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart – may oylarida test shaklida o‘tkaziladi.
📤 Nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
⚠️ Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Attestatsiyaga hujjat topshirishda e'tibor bering! To'langan pul qaytarib berilmaydi
Hukumat qarori (572-sonli, 17.09.2021) bilan tasdiqlangan nizomga ko'ra pedagog kadr attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishidan voz kechgan, amaldagi malaka toifasini (lavozimini) himoya qila olmagan va attestatsiyadan oʻta olmagan taqdirda, toʻlangan yigʻim qaytarib berilmaydi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
❗️To‘lov qilishdan avval toifa sertifikatingiz muddatiga qarab aniqlashtirib oling. Siz uchun joriy attestatsiya navbatdagi (majburiy)mi yoki navbatdan tashqarimi? Agar siz uchun joriy attestatsiya majburiy bo‘la turib, navbatdan tashqariga hujjat topshirsangiz arizangiz rad etiladi va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Asos Nizomning 25-bandi: Notoʻgʻri maʼlumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni toʻxtatiladi, topshirilgan hujjatlar va toʻlangan yigʻim qaytarilmaydi.
Agar avvalgi sertifikatingizni topa olmayotgan bo'lsangiz ✅@uztdibot ga ️JSHSHIR (PINFL)ni yozib sertifikatingizni yuklab sanalarni aniqlashtirib olishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Attestatsiya jarayonlari uchun ro’yxatdan o’tishda pedagoglar tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etilsa, nomzodga nisbatan qanday chora ko’riladi?
✅ O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 25-bandiga ko'ra, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.
❗️Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.
Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_27
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga javob berishda davom etamiz.
⚡️ Bugungi audiobayonotimizda:
00:08 Men navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tish uchun to‘lov qilib ariza yubordim. Lekin yaqinda tug‘ruq ta’tiliga ketishim munosabati bilan ushbu sinovda qatnasholmayman. To‘lagan pulimni qanday qaytarib olsam bo‘ladi?
01:20 Ommalashtirish platformasi qachon ishlaydi?
02:30 О‘quvchilari turli fan olimpiadalarida yuqori o‘rin olgan o‘qituvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy toifa berilar ekan. Shu to‘g‘rimi, yana kimlar bu imtiyozga ega?
03:27 Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari qay tartibda attestatsiyadan o‘tadi? Sinovlar amaliy bo‘ladimi yoki nazariymi?
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Спецификация тестовых заданий по предмету «Русский язык и литература» на отборочных экзаменах, проводимых для фонда министра дошкольного и школьного образования.
В 2024 году отборочные экзамены педагогов, претендующих на получение ежемесячной надбавки, пройдут 19 февраля.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Tasviriy san‘at va chizmachilik fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
O‘zbek tili (o‘zga tillar) fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Jismoniy tarbiya fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Geografiya tili fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Fizika fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Chaqiriqqacha harbiy ta'Iim fani bo‘yicha maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlari test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ona tili fani bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta‘lim vaziri jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari joriy yilning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📣 Ayrim pedagoglar kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘tkaziladi
✅ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
➖2023-2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar;
➖2024-2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi;
🖥 Pedagoglar mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun 2024-yil 1-martdan boshlab davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
✔️ Yuqorida keltirib o‘tilgan Reglamentga ko‘ra:
➖pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinadigan oliy ma’lumotli talabgorlar stajor-o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritadi va ular ishga qabul qilingan vaqtdan boshlab bir yil muddat davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi;
➖kasbiy sertifikat olganidan so‘ng pedagoglar pedagogik faoliyatida besh va undan ko‘p yil davomida uzilishlar bo‘lgan faoliyatini qayta boshlagan vaqtdan boshlab bir yil davomida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
➖kasbiy sertifikat olish uchun nazorat sinovi qoida tariqasida, har yili mart–may oylarida test shaklida o‘tkaziladi;
➖nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgor nazorat sinovidan o‘tgan hisoblanadi va elektron shakldagi sertifikat uning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA
✅ Joriy yilning 19-fevral kuni Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tadi.
⚡️ Bu yil Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni 1250 ta deb belgilandi.
Shundan 1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan.
📝 Ma'lumot o‘rnida: Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oluvchi g‘oliblarni aniqlash nomzodlar orasida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
➡️ Birinchi bosqichda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan 2024-yil 19-fevral kuni barcha hududlarda nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadi.
➡️ Ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.
❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.
➡️ 1-bosqich test sinovlari har bir hudud markazida 2 smenada bo‘lib o‘tadi.
👉 Vazir jamg‘armasi uchun 1-bosqich test sinovlari bo‘lib o‘tadigan manzillar ro‘yxati va grafik bilan yuqorida tanishishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Vazir jamg'armasi uchun o'tkazilayotgan saralash imtihonlaridagi tegishli fanlardan test topshiriqlari spetsifikatsiyalari Bilim va malakalarni baholash agentligi rasmiy saytida e'lon qilingan bo'lib, ular bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uzbmb.uz/page/xalq_spets
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi
Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra oʻqishini koʻchirish istagida boʻlgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqilib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati yuborildi.
Ushbu ro‘yxatdagi OTMlarga o‘qishi ko‘chirilishini so‘rab murojaat qilgan talabalar oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashish (bog‘lanish)lari so‘raladi.
Ma’lumot o‘rnida, amaldagi tartibga ko‘ra talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash talabani qabul qilayotgan oliy ta’lim muassasasi bo‘ysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oshiriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#darslik_va_taqvim_mavzu_reja
10-11-sinf Informatika va AT darsligi hamda taqvim-mavzu rejalari
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Jismoniy tarbiya oʻqituvchilari uchun attestatsiya nazariy va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi
Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Matbuot kotibi Dilfuza Sobirova maʼlum qildi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun attestatsiya sinovlari nazariy (ogʻzaki, yozma) va amaliy sinovlar shaklida oʻtkaziladi.
Nazariy sinovlar nazariy (ogʻzaki, yozma) sinovlar toʻrtta savoldan iborat boʻladi har bir topshiriq uchun 5 balldan, jami 20 ballik tizimda baholanadi.
amaliy sinovlar toʻrtta jismoniy mashqdan (100 metrga yugurish, joyidan turib uzunlikka sakrash, turnikda tortilish (erkaklar uchun), gimnastika oʻrindigʻiga tayanib, qoʻllarni bukish va yoyish (ayollar uchun), yotgan holda qoʻllarni bosh orqasiga qoʻyib gavdani koʻtarish) iborat boʻladi, har bir mashq uchun 15 balldan, jami 60 ballik tizimda baholanadi.
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimida yoshiga mos keladigan ixtiyoriy talablarni muvaffaqiyatli bajargan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari amaliy sinovlardan ozod etiladi va ularga mazkur sinovlardan maksimal 60 ball beriladi.
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi
Respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.
Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.
“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.
📌MJtK 47-moddasiga asosan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi —
➖BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bolalarning majburiy umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishiga ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan toʻsqinlik qilish —
➖BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali