⚡️ “University of Business and Science” bir yoshda
Bugun nodavlat universitetlar ichida jadal rivojlanib borayotgan “University of Business and Science” tashkil etilganiga bir yil toʻldi.
Bir yil davomida universitet talabalari respublika miqyosidagi zakovat, kitobxonlik va boshqa tanlovlarda faxrli oʻrinlarni band etishgan.
Shuningdek, universitet tomonidan iqtidorli talabalar uchun grantlar ajratilib, maktab oʻquvchilari oʻrtasida fan olimpiadasi, bir qator bayram tadbirlari va sport musobaqalari ham o‘tkazib kelinmoqda.
“University of Business and Science” ning bir yilligi bilan samimiy muborakbod etib, yanada yuksalishini tilaymiz!
📹 Universitetning 1 yillik qisqacha xronologiyasi videoda
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-30-sentabr kunlari 2023-2024-o‘quv yili uchun professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari o‘tkazildi.
🖥 Bunda talabgorlarning test sinovida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq my.uzbmb.uz saytida e’lon qilib borildi.
✅ Bugun esa professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Talabgorlar tanlov natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
❕ Eslatma: test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar ikki kun davomida (3-4-oktabr kunlari) professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum
⚡️ Beshinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 30-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 30-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Ma’lumot uchun: 30-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida 2 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#qonunchilik_yangiliklari
⚡️ Xotin-qizlar kollej va texnikumlarda bir qator sohalar bo‘yicha davlat granti asosida taʼlim oladilar
Hukumatning “Kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 516-son (29.09.2023-y) qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab kollej va texnikumlarga qurilish, transport, kommunal, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi kasb (mutaxassislik) egallash istagida bo‘lgan xotin-qizlar davlat granti asosida taʼlim oladilar.
Xotin-qizlarni davlat granti asosida o‘qitish xarajatlari:
➖ 2023-yilda respublika byudjetidan byudjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida tizimida kollej va texnikumlar bo‘lgan vazirlik va idoralarga ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi:
➖ 2024-yilidan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.
Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar 10-oktyabrga qadar muassasa direktori nomiga davlat granti asosida taʼlim olish uchun ariza bilan murojaat qiladilar.
2023/2024-yilidan boshlab kollej va texnikumlar direktorlari davlat granti asosida taʼlim oladigan xotin-qizlar uchun Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum
⚡️ Uchinchi kun natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 28-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 28-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Ma’lumot uchun: 28-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 22,5 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Davlat-xususiy sheriklik asosida bog'cha tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar foiz stavkalari va shartlari tasdiqlandi
“Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qo'llab-quvvatlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–316-son, 27.09.2023-y.) qabul qilindi.
📝 Qarorga ko'ra, davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar loyiha tashabbuskorlariga quyidagi tabaqalashtirilgan foiz stavkalarida va shartlarda ajratiladi:
➖Toshkent shahrida – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 12 foiz stavka bo'yicha;
➖Nukus shahri, viloyatlar markazlari va viloyatga bo'ysunuvchi shaharlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 8 foiz stavka bo'yicha;
➖tumanlarda – 10 yil muddatga, shu jumladan 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavka bo'yicha.
Yangi qarorga ko‘ra, oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi rad etilmasa, axborot tizimida avtomatik shakllantirilgan bitim xususiy sherik va davlat sherigi tomonidan elektron raqamli imzo orqali imzolanadi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim davlat sherigi tomonidan imzolanganidan keyin boshlashga haqli.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum
⚡️ Ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 27-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 27-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Ma’lumot uchun: 27-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 27 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
😇 Ustozlar bayrami munosabati bilan texnomart'dan yoqimli yangilik!
25-sentabrdan 15-oktabrgacha, faqat ustozlar uchun 20 mln so'mgacha istalgan texnikani boshlang'ich to'lovsiz 10% chegirma asosida xarid qilishlari mumkin bo'ladi!
*Ustoz va murabbiylarimizni bayram bilan tabriklaymiz!
👉batafsil: texnomart.uz
📱 71 209 99 44
texnomart - ustozlarimizga yaxshilikka buyursin!
@texnomart
#Qabul2023 #Kollej #Texnikum
⚡️ Birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 Ma’lumki, 2023-yil 26-sentabr kuni barcha hududlarda professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovlari boshlandi.
✅ 26-sentabr kuni 61 ta binoda ikki smenada o‘tkazilgan test sinovlarida jami 23 ming nafarga yaqin abituriyent ishtirok etdi.
💻 26-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
10 milliard soʻmlik GRANT eʼlon qilindi
📥Hujjatlar shu yilning 29-sentyabrga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.
O'zbekistondagi Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qiluvchi Xalqaro PDP universiteti iqtidorli hamda ehtiyojmand yoshlarga 10 milliard soʻmlik GRANT eʼlon qildi.
Bundan tashqari qabul imtihonlarida yuqori ball olgan va kontrakt asosida oʻqishga kirgan abituriyentlar uchun 6 mlndan 11 mlngacha stipendiya beriladi.
📥 Maʼlumot uchun, Universitetda hozirda qabul davom etmoqda. IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari hujjat topshirishlari mumkin.
Qulayliklar:
⏺3-kursdan 300-500$ maoshga ishlash imkoniyati
⏺Bitiruvchilar 2 ta diplomga ega boʻladi
❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747
© Manba
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
Sirtqi ta'limda o'qib oliy ma'lumotli bo'ling!
Xalqaro Nordik universiteti Oʼzbekiston va Finlandiya tashqi ishlar vazirligi koʼmagida ochilgan.
Universitetda darslar onlayn va oflayn Hemis platformasi va ZOOM orqali olib boriladi.
1. Maktabgacha ta'lim - 11mln so'm 3 yil
2. Psixologiya - 11 mln so'm 4 yil
3. Iqtisodiyot - 12 mln so'm 4 yil
4. Moliya - 12 mln so'm 4 yil
5 yil staj bilan:
1. Boshlangʼich taʼlim - 11mln so'm 4 yil
2. Musiqa taʼlimi - 12 mln so'm 4 yil
O‘qishni ko‘chirish istagidagilar faqat 2-kursdan qabul qilinadi.
📌 12 ta bakalavriat yo‘nalishi;
📌 6 ta magistratura mutaxassisligi
📌 4ta Phd ilmiy darajasi bo‘yicha hujjatlar qabul qilinadi.
📥 Onlayn hujjat topshirish:
https://admission.nordicuniversity.org/
📥 O‘qishni ko‘chirish:
transfer.nordicuniversity.org
📄 Litsenziya (№051207, 01.12.2022-y)
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
📞 +998555084400
👨💻 @nordikedu
Telegram kanal: /channel/nordic_edu
⚡️Oʻqishdan yiqilgan barcha abituriyentlar va "перевод" chilar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi
Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.
Hujjatlar shu yilning 30-sentyabr qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.
🇺🇿 Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.
Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.
Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!
© Manba
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
📢 Buxoro shahridagi Osiyo Xalqaro Universitetida qabul jarayonining so’ngi haftasi!
✅ Osiyo Xalqaro Universiteti talaba bo'lish istagidagi abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi. Oliygohda umumiy 14 ta bakalavr va 3 ta magistratura yo'nalishlari mavjud.
❗️Eslatib o'tamiz universitetda imtihon jarayonlari 30-sentabrgacha davom etadi!
👉Ro'yxatdan o'tish uchun: qabul.oxu.uz
Osiyo Xalqaro Universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!
📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun biz bilan bog'laning:
+998553050009
Telegram | Instagram | Facebook
#Bilasizmi
✅ Qonunchilikka koʻra, malakali oʻqituvchilar yetarli boʻlgan quyidagi hollarda sinfdagi oʻquvchilarni ikki guruhga boʻlib oʻqitishga ruxsat etiladi:
➖oʻquvchilar soni 25 nafar va undan ziyod boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining I — XI sinflarida “Chet tili” fani;
➖ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida ixtisoslashgan fanlar;
➖V — XI sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari”;
➖VIII — XI sinflarda “Jismoniy tarbiya”;
➖V — IX sinflarda “Texnologiya”;
➖X-XI sinflarda “Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik” fanlari;
➖taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Oʻzbek tili” fani;
➖taʼlim tili rus tili boʻlmagan umumtaʼlim muassasalarining II — XI sinflarida “Rus tili” fani.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Oʻqishga kiritib qoʻyish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar G.X. va M.R. fuqaro G.Gʻ. ni Qarshi shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Quva tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.Oʻ. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uning qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filialiga koʻchirib berishi evaziga 700 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
❕ Universitetlarda masofaviy ta''limni tashkil etish, taʼlim jarayonlarini avtomatlashtirish va samaradorlikni oshirish bugungi kunda dolzarb mavzuga aylandi.
Hozirda yuqori reytingni egallab turgan barcha oliygohlar:
🗄 taʼlim sifatini yuqori darajada ushlab turish
🗄 talabalarni oʻzlashtirishini kuzatib borish
🗄 oʻqituvchilar ishini nazorat qilish
maqsadida zamonaviy LMS dasturlaridan foydalanishadi.
LMS dasturi oliygohlarga
🗄 Oʻqituvchilar dars berish metodologiyalarini yuqori darajaga olib chiqish va samaradorligini oshirishni
🗄 Topshiriqlar berish va ularni baholashni
🗄 Video qoʻllanmalar orqali talabalarga fanni chuqurroq oʻrganishini
🗄 Elektron kutubxonani
🗄 Oliygoh ichida talaba va xodimlar oʻrtasida maʼlumot almashinuvini taʼminlab berish
🗄Masofaviy ta'limni tashkil etish
🗄Avtomatlashtirilgan ta'limni tashkil etish imkoniyatiga ega
🌟 Wisespace LMS platformasi — eng soʻnggi texnologiyalardan foydalangan holda har kuni yangilanib bormoqda.
✅ Agar siz oliygohingiz zamon talabiga binoan oʻsishni rejalashtirayotgan boʻlsa kompaniyaga aloqaga chiqishingiz va konsultatsiya olishingiz mumkin.
🖥 Platforma masofaviy taʼlim nizomlariga toʻgʻri keluvchi funksiyalarni oʻz ichiga olgan.
Aloqa uchun:
💻 Wisespace.uz saytida arizangizni qoldiring, yoki
☎️ +998 97 734 84 01 raqamlariga telefon qilishingiz mumkin.
❗️Qonunchilikda o‘qituvchilarga berilgan ayrim imtiyozlar
🔹Pedagoglar uchun 56 kunlik yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan taʼtillar beriladi.
🔹Pedagoglar xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan 36 soat qilib belgilanadi.
🔹Maktab o‘qituvchilariga faoliyatni baholash mezonlari asosida 10 foizdan 40 foizgacha, kutubxonachi va psixologlarga 10 foizdan 20 foizgacha ustama belgilanadi.
🔹O‘qituvchilar kasal bo‘lib qolganida moddiy yordam beriladi.
🔹Olimpiada g‘olibi bo‘lgan o‘qituvchilarga 150 foizgacha ustama beriladi.
🔹O‘zi dars beradigan fani bo‘yicha xalqaro tan olingan va milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
🔹“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktabga yarim milliard so‘m beriladi.
🔹Inklyuziv sinf o‘qituvchilariga 40 foizgacha ustama beriladi.
🔹Olis hududlarda dars berayotgan o‘qituvchilarga 50 foizgacha ustama beriladi.
🔹Matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g‘oliblarini tayyorlagan professor-o‘qituvchilarga pul mukofoti beriladi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️ To‘rtinchi kun natijalari e’lon qilindi
✅ 2023-yil 29-sentabr kuni o‘tkazilgan professional ta’lim muassasalari (kollej va texnikumlar) ga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 29-sentabr kuni test sinovida ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
📋 Ma’lumot uchun: 29-sentabr kuni o‘tkazilgan test sinovlarida jami 13 ming nafardan ziyod abituriyent ishtirok etdi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarga tabrik yo‘lladi
Unga ko‘ra:
👉 Ta’lim sohasi xodimlarining o‘rtacha ish haqi 2 barobar ko‘paytiriladi.
👉 Ming nafar tarbiyachi va o‘qituvchilar xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuboriladi.
👉 O‘qituvchilarni ishga qabul qilish, ularning malakasini oshirish va toifa berish tizimi ham takomillashtiriladi.
Batafsil
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Nodavlat universitet ham xalqaro reytingga kirishga da’vogar bo‘ldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.
E’tiborlisi, unda ilk bor O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta‘lim muassasalaridan biri – Toshkent Kimyo xalqaro universiteti ham "Reporter" maqomida o‘rin oldi.
Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.
Toshkent kimyo xalqaro universiteti universitetning ilmiy-pedagogik jamoasi va talabalarini nufuzli reytingga kirish yo‘lidagi kichik g‘alabasi bilan samimiy muborakbod etamiz.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari muddatlari e`lon qilingan edi.
Joriy yilning 21-22-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sinovlarda ishtirok etish uchun 7-oktabrga qadar ro‘yxatdan o‘tish mumkin. (To‘lov qilish 8-oktabrga qadar)
Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
👉 Test sinovlari formati
👉 Test namunlari
👉 Gapirish ko‘nikmasi
👉 Yoshi ko‘nikmasi
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
🔰Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi o‘zining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini e’lon qildi.
📌 Bu yilgi reytingda O‘zbekistondagi 48 ta oliy ta’lim muassasasi Reporter maqomida reytingdan o‘rin oldi. Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 20 taga ko‘p degani.
➡️ Ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholandi: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.
☑️ Mazkur 48 ta oliy ta’lim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
📌Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominatsiyasiga ega bo‘ldi.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi
Joriy yilning 1-6-oktyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda ona tili va adabiyot fanlaridan onlayn olimpiadalarga start beriladi.
✅ Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida oo.uzedu.uz tizimida tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.
🕰 Onlayn olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishingiz mumkinligini ma'lum qilamiz.
📥 Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar soat 23:00 dan keyin tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.
Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
#qabul2023
#kollej_texnikum
2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari birinchi kuni bo‘lib o‘tdi
Imtihonlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha oʻtkazilib, ularda 37 ming nafardan ortiq abituriyent test jarayonida ishtirok etdi.
Sinovlar 29-sentabrga qadar davom etadi.
Eslatma: abituriyentlar test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa, 3-oktabr kuni bilishlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2023-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari
✅ 2023-yilning 2-yarmida o‘zbek tili va adabiyot, rus tili va adabiyot, qoraqalpoq tili va adabiyot, fizika, matematika, tarix va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi.
👨🏻💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.
📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.
✅ Kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlarini 2024-yil yanvar oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#eslatma
📆 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.
📋 Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.
✅ Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin Zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).
👨🏻💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Kollej va texnikumlarga test sinovlarining yakuniy natijalari 3-oktabr kuni eʼlon qilinadi
2023-2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga kirish test sinovlari joriy yil 26-29-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
Sinovlar ikki smenada: 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena 15:00 dan 18:00 gacha tashkil etiladi.
Bir smenada 21 060 nafar, bir kunda esa 42 120 nafar abituriyent test jarayonida ishtirok etadi.
Shuningdek, alohida iqtidor talab etiladigan kasb va mutaxassisliklarga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha 2023-2024-oʻquv yili uchun 32 ta kollej va 19 ta texnikumda kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.
Texnikumlarda 25-sentyabr kunidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.
Test sinovi natijalarini imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, yakuniy tanlov natijalarini esa 3-oktyabr kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilgan.
✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
Nufuzli universitet talabasi bo‘lish uchun so‘nggi imkoniyat!
🔴 Alfraganus universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul yakunlanmoqda.
Universitetning 37 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (shulardan 5 tasi tibbiyot sohasiga oid) bo‘yicha o‘zbek yoki rus tilida ta’lim olish uchun hujjat topshiring.
Ta’lim jarayonlari kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida olib boriladi.
➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
🌎 O‘qishingizni boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan ko‘chirish hamda UZBMB (DTM) ball bilan ham talaba bo‘lish imkoniyati mavjud.
Hujjat topshirish:
🔵 O’qishga kirish uchun
🔵 O‘qishni ko‘chirish uchun
🔵 Magistratura uchun
🔵 DTM ball bilan hujjat topshirish
🗳 Murojaat uchun:
+998781227557 | @Alfraganus_callcenter
📍 Lokatsiya
📄 Litsenziya (№ 056557 taqdim etilgan sana 12.08.2022)
UZBMB (DTM) ball bilan talaba bo‘ling!
Past ball to‘plagan bo‘lsangiz, super-kontraktda o‘qishga shoshilmang, chunki boshqa variantlar ham bor. Misol uchun, siz 40 ga yaqin yo‘nalishlari, dual ta’lim asosida ham o‘qib, ham ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan Renessans ta’lim universitetida o‘qishingiz mumkin.
📥 Hujjatlar onlayn shaklda qabul qilinadi. O‘qishni ko‘chirish (перевод) imkoniyati ham mavjud!
💰Kontrakt narxi 12 mln so‘mdan boshlanadi va uni 4 ga bo‘lib to‘lash mumkin!
📞Telefon: +998555067007
🗳 Onlayn murojaat: @renessans_edu_uz_bot
📄 Litsenziya (049194-son, 18.11.2022-y.)
Тelegram | Instagram