uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi

2023-yil 1-sentabrdan boshlab oliy ta’lim muassasalarining ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmonchilik, “yashil” iqtisodiyot va gidrometeorologiya va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlaridagi eng iqtidorli talabalari uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri stipendiyasi ta’sis etiladi.

Bunda, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarning bir yillik to‘lov-kontrakt summasi qoplangan holda, har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarida, davlat granti asosida ta’lim olayotgan talablarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 6 baravarida Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyalar tayinlanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalari tasdiqlandi, unga ko‘ra 18 ta yo‘nalishda tanlov sinflari tashkil etish tavsiya etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri tomonidan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 213-sonli (19.07.2023 y.) buyruq imzolandi.

➡️ Tanlov sinfi umumiy o‘rta ta’lim muassasasida mavjud 7-11-sinflar o‘quvchilari kontingenti hisobidan ixtiyoriy ravishda tashkil etiladi.

➡️ Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bir nechta yo‘nalishda tanlov sinfi tashkil etilishi mumkin. Bunda, ta’lim muassasasida 7-11-sinflarning biridan bitta sinf mavjud bo‘lgan taqdirda ham tanlov sinfi tashkil etiladi. Bunda, tanlov sinflarini 18 ta yo‘nalishda tashkil etish tavsiya etiladi.

🗂 Buyruq matni va unga ilovalar bilan yuqoridagi faylda batafsil tanishishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kirish imtihonlarida ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan

🎓 Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

🟢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;

🔵 to‘lov-kontrakt asosida:

👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bugunni oʻzida DTM balli bilan talaba boʻling!🎓

🏛 Qarshi shahridagi Iqtisodiyot va pedagogika universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda!

📚Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);
• Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (rus tili);
• Xorijiy til va adabiyoti (nemis tili);
• Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha);
• Boshlang‘ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim;
• Jismoniy madaniyat;
• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalari bo'yicha)

📥Oʻqishni "перевод" qilish imkoniyati ham mavjud!

📥Hujjatlar https://ipu-edu.uz/uz/cv internet manzil orqali qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun:
+998752236060 | Yozish💬
+998752306060 | Yozish💬

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Ustoz, joylashuv, ovqatlanish": Farzandlarga maktab tanlashda muhim 5 tavsiya

Ta’lim sohasida ishlayotganimga 4 yilga yaqinlashayotgan bo‘lsa, oxirgi 2 yilda atrofimdagilarning berayotgan savoli borib-borib shunga taqaladi.

“U maktab yaxshimi?” “Bu maktabda sharoit zo‘r ekan, nima deysan?..”

Ushbu savollarga umumiy javob tariqasida quyidagi tavsiyalarni ulashishga qaror qildim.

👩‍🏫 Avvalo, ustoz. Ta’lim sifati o‘qituvchi sifatidan oshib ketolmaydi. Bu – o‘zgarmas qoida. Biroq o‘qituvchining sifati faqat bilim bilan chegaralanadi, desangiz ham adashasiz. Bilim darajasi metodika bilan teng bo‘lmas ekan, kutilgan natija bo‘y ko‘rsatmaydi.

Shuning uchun, o‘qituvchilarning darajasi haqida savol berganda, darslar qanday metodika asosida o‘tkazilishiga ham qiziqib ko‘ring.

📚 O‘quv dasturi.
Davlat ta’lim standartlari barcha uchun teng joriy etiladi. Bunisi to‘g‘ri, lekin uni o‘quvchilarga tatbiq qilish maktabning mas’uliyatida.

Boshqa tomondan dars jadvalida fanlar taqsimoti, o‘quvchining jismoniy va psixologik imkoniyatiga moslash maktabning o‘ziga bog‘liq.

❇️ Maktab sharoiti.
O‘qituvchilar qanchalik tajribali bo‘lmasin, o‘quv dasturi qanchalik puxta ishlab chiqilmasin, kerakli sharoit bo‘lmasa, kerakli natijaga erishib bo‘lmaydi.

Bunda sinf xonalarining yorug‘ligi, laboratoriya xonalarida jihozlarning mavjudligi va ishchi holatda ekanligiga e’tibor qarating.

📌 Joylashuv.
Bu holatni psixologlar juda yaxshi anglaydilarki, maktab yoshidagi bolalar muntazam ravishda o‘tish yoshini boshdan kechirishadi.

Shuning uchun ham maktabning yo‘lning qatnov qismidan uzoqroqda, tinchroq va bahavo manzilda joylashganligiga e’tibor qarating.

Bu birinchidan bolaning xavfsizligi, ikkinchidan ta’lim olishi uchun miya faoliyatining yaxshiroq ishlashiga yordam beradi.

🍚 Ovqatlanish. Maktab bilan tanishishda faqat buffet emas, oshxonaning mavjudligiga alohida e’tibor bering.

Bunda oshxonadagi muhit, ovqatlarning ta’mi va kaloriyasini bilish farzandingizning sifatli ta’lim olishida u qadar ko‘rinmas, ammo muhim omillardan biri hisoblanadi.

👉 @bhfirdavsiy

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

Joriy yilning 31-iyul kuni o‘tkazilgan 2-bosqich imtihon natijalari
e’lon qilindi.

➡️Imtihon natijalari Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasida e'lon qilindi:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-admissions-test-results-july-2023

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyentlarning 56,7 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

🖥 Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.

👨🏻‍🎓 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

✅ Shundan 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

🔸 77 520 nafari (43,1 %)birinchi ta’lim yo‘nalishiga
🔸 102 279 nafari (56,7 %)ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

❗️ Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hurmatli abiturientlar ❗️

🌏 STARS International University ACCA (Association of Chartered Certified Accountants, Buyuk Britaniya) global assotsiatsiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan, Moliya va audit dasturi bo'yicha 2023-24 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e'lon qiladi.

O’quv jarayonlari kunduzgi (4 yil) va sirtqi (5 yil) talim shakllarida tashkil etiladi.

Ta'lim tillari: o’zbek va ingliz tillarida. Ingliz tili guruhlarida ta’lim olish uchun STARS International University da ingliz tili bo’yicha diagnostik testdan o’tiladi. Agar Sizda tilni bilish sertifikati mavjud bo’lsa, ushbu imtihonlardan ozod bo’lasiz.

Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlardan o’qishini ko’chirish istagida bo’lgan talabalar uchun 2 va 3-kursga qabul mavjud.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (sobiq DTM) tomonidan davlat OTMlariga kirish imtihonlari doirasida tashkil qilingan TEST sinovi natijalariga ko‘ra, 70 va undan yuqori ball to’plagan abiturientlar qo’shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.

davlat OTMlariga kirish imtihonlari doirasida tashkil qilingan TEST sinovi natijalariga ko‘ra, 70 balldan past, ammo 50 balldan yuqori ball to’plagan abiturientlar esa suhbat asosida qabul qilinadilar.

2023-24 oʻquv yili uchun abituriyentlarni qabul qilish 2023 yil 08-avgustdan 08-sentyabrgacha davom etadi

O’rinlar soni cheklangan❗️

🌐 Roʻyxatdan oʻtish va hujjatlarni topshirish uchun havola

☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun:

+998781291919 - STARS International University

📍Manzil

🇺🇿UZB 🇷🇺RU 🇬🇧ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kelgusi yilda 50 ta, 2025 yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida quriladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kelgusi yilda 50 ta, 2025-yilda yana kamida 100 ta maktabni xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha investorlar bilan kelishuvga erishib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi.

Umuman, 2030-yilgacha har yili 100 tadan maktab qurilishiga xususiy sheriklarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xususiy sheriklik asosida kelgusi yilda 50 ta (35 ming o‘quvchi o‘rni) maktabni barpo etish ishlari boshlanadi.

Xususiy sektorga qo‘shimcha sharoitlar yaratish orqali yiliga kamida 25 ming o‘quvchi o‘rni tashkil qilinadi.

Buning uchun tadbirkorlarga xususiy maktab tashkil qilish uchun kreditning 7 foiz qismi byudjetdan qoplab beriladi.

Yangi maktab qurish uchun yer maydonlari faqat maktab qurish uchun maqsadli auksionga chiqariladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

6 million so‘mdan 10 million so‘mgacha maosh oladigan o‘qituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million so‘mdan yuqori oylik oluvchilar ming nafardan oshdi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Direktorlar va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi

Joriy yilda direktorlikka nomzodlarni o‘qitish va bilimini baholashni amalga oshiruvchi “Direktorlar maktabi” tashkil qilindi.

Maktabda ta’lim jarayonlari Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa nufuzli xorijiy hamkorlar tajribasi asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Endi direktorlikka nomzodlar faqat sertifikati bor va zaxiraga kiritilgan kadrlar orasidan tanlanadi va muddatli kontrakt asosida ishga olinadi.

Direktorlar va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi. Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda
pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi

Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Endilikda yiqilgan abituriyentlar xususiy universitetga imtihonsiz qabul qilinadi

🗂 Abituriyentlardan talab qilinadigan hujjatlar:
1. Pasport nusxasi;
2. Diplom yoki attestat;
3. 3x4 foto 6 ta;
4. "перевод" uchun transcrip yoki akademik maʼlumotnoma.

Hujjatlar shu yilning 4-sentyabrga qadar onlayn shaklda yagona internet portal orqali va unversitetning hududiy bo'limlarida qabul qilinadi.

🇺🇿Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qarori bilan foizsiz kredit orqali kontrakt summasi to'lanishi mumkin va o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

👉 mandat.uzbmb.uz saytiga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ma’lumotlari joylashtirilgan barcha talabgorlar oʻqishni IMTIHONSIZ "перевод" qilishlari mumkin.

Bundan tashqari kontrakt summasini 4 ga bo'lib to'lash mumkin.

Murojaatlar uchun maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 24/7 rejimida ishlamoqda va istalgan masalalar yuzasidan quyidagi ishonch telefonlariga +998555000043 va onlayn shaklda murojaat qilishingiz mumkin!

© Manba

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yangi darsliklardan foydalanish boʻlajak oʻqituvchilarga talabalik paytidan boshlab oʻrgatiladi

Ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan Toshkent davlat pedagogik universiteti professor-oʻqituvchilari uchun “4K” modelini qoʻllash boʻyicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Kurs davomida darslik mualliflari va respublika trenerlari ishtirokchilarga oʻqitishning 4K modeli va uni boshlangʻich sinflarda qoʻllash, oʻquvchilarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishning pedagogik yechimlari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtib, tajriba almashishmoqda.

Ushbu kursda malaka oshirgan pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari boʻlajak oʻqituvchilarining yangi darsliklardan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini talabalik paytidanoq oshirib borishadi.

📹 Videoda universitet professor-oʻqituvchilarining yangi darsliklar va malaka oshirish kursi haqidagi fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

✅ Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻‍♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

👨🏻‍🎓 Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🔹 100 491 nafari (52 %)erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi?

Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 16,5 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (16.500.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi?

Xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan (15.08.2022-yildagi 447-son), magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

Bunda talabgorlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrga qadar tegishli oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning buyrug‘i qabul qilinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️PREZIDENT MAKTABLARINING 2-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

🇺🇿 Quyida natijalarni Prezident maktablari kesimida yuklab olishingiz mumkin:

➖ Andijon shahridagi
Prezident maktabi
➖ Buxoro shahridagi Prezident maktabi
➖ Guliston shahridagi Prezident maktabi
➖ Jizzax shahridagi Prezident maktabi
➖ Qarshi shahridagi Prezident maktabi
➖ Navoiy shahridagi Prezident maktabi
➖ Namangan shahridagi Prezident maktabi
➖ Nukus shahridagi Prezident maktabi
➖ Nurafshon shahridagi Prezident maktabi
➖ Samarqand shahridagi Prezident maktabi
➖ Fargʻona shahridagi Prezident maktabi
➖ Xiva shahridagi Prezident maktabi
➖ Termiz shahridagi Prezident maktabi
➖ Toshkent shahridagi Prezident maktabi

Manba: Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 15,7 ming nafardan ziyod abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

✅ Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

👨🏻‍🎓 Joriy yilda 42 655 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 32 818 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

▶️ Shundan 15 715 nafar (47,9 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

❗️ Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👉 O‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi

👉 Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e’lon qilindi

👉 Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi

👉 Prezident maktab direktorlari va o’rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq berdi

👉 Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi

👉 Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi

👉 Kelgusi yilda 50 ta, 2025-yilda yana kamida 100 ta maktab xususiy sheriklik asosida quriladi

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident: "Maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatishni joriy yilda ham davom ettiramiz."

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa, maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kelgusi yilda Investisiya dasturi doirasida maktablar qurilishiga 3 trillion so‘m ajratiladi

Buning hisobiga 150 ming yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi.

Bunda asosiy e’tiborni 2 koeffisiyentdan yuqori quvvatda ishlayotgan 595 ta maktabni kengaytirishga qaratish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Direktor va direktor o‘rinbosarlari oyligi oshiriladi

Iqtisodiyot va moliya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklariga kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligini 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqini esa 30 foizga oshirish bo‘yicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlari pedagogika yo‘nalishida “tayanch oliygoh” bo‘ladi

Shuningdek, pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi.

Buning uchun Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.

Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.

Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo‘ladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.

Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.

Bunda muallimning bilim ko‘rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo‘yicha o‘zi o‘qigan oliygohga reklamatsiya (e’tiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho bo‘ladi. Past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Prezident maktab direktorlari va o’rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq berdi

Endi maktab direktorlari va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi.

Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligi 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqi esa 30 foizga oshiriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал