uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

Muallimlarga malaka toifasini berish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda
pedagogning bilimi dastlabki imtihonda baholanib, 70 foizdan ko‘p ball to‘plaganlar ikkinchi bosqichga o‘tadi.

Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llashi, o‘quvchilar bilan ishlash metodikasi va baholashdagi yondashuvlari tekshiriladi, bilim va mahorati natijalariga qarab, muallimga malaka toifasi beriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Bundan buyon o‘qituvchilikka qabul qilish tanlov asosida bo‘ladi

Ilk bor qabul qilingan nomzodlar 1 yil o‘qituvchi-stajyor bo‘lib ishlaydi va yil yakuni bilan kasbiy sertifikat olishi lozim bo‘ladi.

Kelgusida bu tizim barcha o‘qituvchilar uchun bosqichma-bosqich joriy qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga Singapur va Birlashgan Arab Amirligi tajribasi asosida pedagog kadrlarga kasbiy sertifikat berish tartibini ishlab chiqish topshirildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Endilikda o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi

Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi.

Shuningdek, barcha fanlarda milliy g‘urur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinishi shartligi qayd etildi.

Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshladi.

Joriy yilda ham maktab o‘quvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi. Mas’ullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va o‘quvchilar orasida yod iste’molining foydali xususiyatlarini keng targ‘ib qilish topshirildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard so‘m ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi o‘quv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard so‘m, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard so‘m ajratiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi

Taʼlim sifatini oshirish maqsadida respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Prezident va ixtisoslashgan maktablar ularga “tayanch maktab” boʻladi.

Bir yilda ularning ishi baholanib, yangi tizimni samarali qoʻllagan oʻqituvchilarga 40 foizgacha ustama beriladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziriga viloyat hokimlari bilan birga kelasi yildan ushbu 500 ta maktabning har biriga 3 tadan maktabni biriktirib, yangi tizimni yoʻlga qoʻyish topshirildi. Bu ishlar orqali yana 1,5 mingta maktabga Prezident va ixtisoslashgan maktablar metodikasi, muhiti kirib boradi.

Umuman, kelgusi besh yilda ushbu tizim barcha maktablarda joriy qilinishi belgilandi.

Bu yilda maktablarda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelindi. Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar koʻpayishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinadi.

Maktablarni kompyuter sinflari bilan jihozlashga respublika byudjetidan 320 milliard soʻm ajratilib, maktablarga 40 mingga yaqin kompyuterlar olib berildi.

Yangi oʻquv yilida ushbu maqsadlar uchun respublika byudjetidan 200 milliard soʻm, mahalliy byudjetlardan yana 200 milliard soʻm ajratiladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Buxoro davlat tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etilib, Navoiyda filiali ochiladi

“Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra, Navoiy viloyati, Navoiy shahar, Sadriddin Ayniy koʻchasi, 1-uyda joylashgan Navoiy Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamda Navoiy shahar, 7-daha, I.Karimov shoh koʻchasida joylashgan Bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi binolari negizida Buxoro davlat tibbiyot universiteti Navoiy filialini tashkil etiladi.

2023/2024 oʻquv yilidan Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Tibbiyot fakultetida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yoʻnalishida taʼlim olayotgan 1-2-bosqich talabalari Filial tarkibiga oʻtkaziladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Tashabbusli byudjet” boʻyicha navbatdagi mavsum uchun ovoz berish boshlandi

Ovoz berish tartibi:
1️⃣Openbudget.uz saytiga kiriladi;
2️⃣ “Tashabbusli byudjet” boʻlimi tanlanadi;
3️⃣ “Ovoz berish” tugmasi bosiladi;
4️⃣ Mavjud takliflardan bittasi tanlanib, ustiga bosiladi;
5️⃣ “SMS orqali” tugmasi tanlanadi;
6️⃣ Telefon raqam kiritilib, matematik amal bajariladi;
7️⃣ “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi;
8️⃣ mobil telefonga kelgan SMS kod kiritilib, yana “SMS kodni yuborish” tugmasi bosiladi.

Ovoz berish jarayonlari 27-avgustdan 16-sentyabrga qadar davom etadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yuridik texnikumlarga qabul boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar

Telegram botimiz(@uztdibot)ga yuridik texnikumlarga qabul boʻyicha eng koʻp yuborilgan savollarga javob beramiz.

Kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

💰Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida 2023/2024 oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt shaklida oʻqitish miqdorlari 6 370 000 soʻm etib belgilangan.

💵 Yuridik texnikumlarning takliflariga binoan, ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, test sinovlari natijalariga koʻra qabul qilinmagan abituriyentlar Adliya vazirligining qarori bilan qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Respublika oliy taʼlim muassasalarida “yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha test sinovlarida ishtirok etib, unda Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlarini natijalari yuzasidan toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish balini toʻplagan, oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar joriy yilning 25-sentabriga qadar (shu kuni ham) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirish uchun ariza bilan yuridik texnikumga murojaat qilishlari mumkin.

🗓 Yuridik texnikum o‘quvchilari to‘lov-kontrakt miqdorini o‘quv yili davomida shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarda oyma-oy bo‘lib to‘lashi mumkin:

to‘lov-kontrakt miqdori oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoniyati o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizini belgilangan muddatda to‘laganlarga taqdim etiladi;

2023/2024 o‘quv yili uchun abituriyentlar tomonidan o‘quv yilining birinchi yarmi uchun to‘lov-kontrakt miqdorining kamida 50 foizi 1-oktabrdan kechiktirmay to‘lanadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🏛 O'zbekistondagi eng ko‘p xalqaro akkreditatsiyadan o'tgan universitet – STARS International University abituriyentlar va maktabning 10-11-sinf oʻquvchilarini Britaniyaning xalqaro akademik malakasi (bakalavrgacha bo'lgan daraja) – LEVEL 3 INTERNATIONAL FOUNDATION DIPLOMA for HIGHER EDUCATION STUDIES (L3IFDHES) boʻyicha oʻqishga taklif qiladi.

L3IFDHES
O'zbekistonda Britaniyaning 🇬🇧 xalqaro akademik malakasi (bakalavrgacha bo'lgan daraja) bo'lib, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan tartibga solinadi va o‘z navbatida Oʻzbekiston Respublikasi davlat taʼlim organlari tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan.

📁 Tasdiqlovchi hujjat

🏆 Ushbu xalqaro kvalifikatsiya O‘zbekistonda faqat STARS International University tomonidan taqdim etiladi hamda quyidagi noyob afzalliklarni o‘z ichiga oladi:

Buyuk Britaniya hukumati tomonidan taqdim etiladigan rasmiy tan olingan xalqaro pre-bakalavr diplomi

L3IFDHES xalqaro diplomi ham Oʻzbekiston, ham dunyoning nufuzli xalqaro universitetlariga to'g'ridan-to'g'ri 2-kursga imtihonlarsiz kirish imkoniyatini beradi.

Tibbiyot, yurisprudensiya, biznes, muhandislik, axborot texnologiyalari, dizayn va moda, filologiya, nanotexnologiya, aerokosmik muhandislik, buxgalteriya hisobi va audit, mashinasozlik, diplomatiya, san'at, neft va gaz va boshqa ko'plab yo'nalishlar bo'yicha bakalavrning asosiy bosqichiga tayyorlaydigan O'zbekistondagi yagona XALQARO AKADEMIK DASTUR.

📚 Ta‘limning umumiy davomiyligi ingliz tilini bilish darajasiga qarab 9 oydan 12 oygacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Ingliz tili bilim darajasining minimal talabi - Beginner.

📖 Ta‘lim shakli:
kunduzgi
masofaviy-sirtqi

❗️Diqqat! Joylar soni cheklangan!

🌐 Roʻyxatdan oʻtish uchun havola

Qabul komissiyasi bilan bog'lanish uchun xalqaro bo'lim vakillariga murojaat qiling:
📞 +998770120990
☎️ +998781291919
📍 Manzil

🇺🇿UZB 🇷🇺RU 🇬🇧ENG

🚀@starsuniversity | 📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube | 🌐stars.university.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Biznes ochish, grantlar, xorijda ta'lim va kreditlar

Spot.uz nashri biznesga oid yangiliklar, ta'lim dasturlari, tadbirkorlar va IT-mutaxassislari hamda xorijda ta'lim olayotgan o‘zbekistonliklar bilan intervyular berib boradi.

Shuningdek, biznesni qanday yo‘lga qo‘yish, xorijga o‘qishga ketish hamda ipoteka, ta'lim va avtokreditlar bo‘yicha aniq ma'lumotlarni olish mumkin.

Aytgancha, xorijiy tadbirkorlarning biznesda qo‘l keladigan va hayotda turli vaziyatlarni yengishda yordam beradigan tavsiyalarini video-formatda ko‘rishingiz mumkin.

A'zo bo‘lish 👉 @spotuz_uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📚 UZBMB (DTM) imtihonlari natijasi bilan Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti talabasi bo‘lishingiz mumkin!

Universitetda kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida tahsil olishingiz mumkin.

Shartnoma to‘lovining 100 foizini darhol to‘lasangiz, 10 foiz miqdorda chegirma taqdim etiladi. Bundan tashqari, shartnoma to‘lovini 4 ga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud!

💵 Kontrakt narxlari va yo‘nalishlar bilan tanishing

Ilmiy salohiyati yuqori universitetda o‘qish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

💻 Onlayn hujjat topshirish uchun: aifu.uz/Admission

Murojaat uchun: +998951502222, +998991502228, @aifu_admin

📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi (mo‘ljal: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi)

📄 Litsenziya (№055982, 28.12.2022-y.)

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook |

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Vazirlik nodavlat OTMlar haqida tarqalgan xabarlar bo‘yicha bayonot berdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar bo‘yicha bayonot berdi.

Unga ko‘ra 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (yuqoridagi suratda), biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirilmoqda.

Quyidagi yo‘nalishlarga sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladi:

1.
Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

O‘tgan yilgi qabul qilinganlar bundan mustasno.

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

Boshqa barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi. Pedagogik yo'nalishlarni to'liqligicha sirtqi ta'lim kvotasidan ko'rish mumkin.

Masalan, Prezidentning tegishli farmoyishi bilan tarix, maktabgacha ta'lim, pedagogika va psixologiya kabi yo'nalishlar uchun davlat OTMlariga kvota ajratilgan. Demak, xususiy OTMlarda ham shu yo‘nalishning sirtqisida bemalol o‘qish mumkin.

Bu bayonot faqat pedagogik kadrlar tayyorlovchi yo‘nalishlarga tegishli masalan turizm, iqtisodiyot, menejment va boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ham hech qanday stajsiz sirtqi o‘qish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Saida Shavkatovna Mirziyoyeva Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;

Aziz Yuldashevich Magrupov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga;

Ravshan Ayubovich Gulyamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga;

Alisher Saidabbasovich Sultanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining energetika xavfsizligi masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga;

Shuxrat Madaminovich Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga;

Muzaffar Murotovich Kamilov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga;

Gʻofurjon Gʻaniyevich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga;

Doniyor Baxtiyorovich Kadirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga;

Komil Ismoilovich Allamjonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari lavozimiga;

Odil Qalandarovich Abduraxmanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari lavozimiga;

Kaxramon Kuchkarovich Kuranbayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimiga;

Alisherbek Azizovich Paygamov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Tashqi aloqalar departamentining rahbari lavozimiga;

Nodirjon Abduqunduzovich Abduraximov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot taʼminoti departamentining rahbari lavozimiga;

Utkirjon Gʻayratovich Kodirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimiga;

Ulugbek Uchkunovich Kurbanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti protokolining rahbari lavozimiga;

Sherzod Ikromovich Asadov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi lavozimiga;

Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasining boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagogik yo‘nalishlarning sirtqilariga xususiy universitetlarda qabul to‘xtaganmi?

◼️ Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqiga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Lekin ped sohasidagi hamma sirtqi yo‘nalishlar ham yopilgani yo‘q. Bu yo‘nalishdagi qabulni 3 ga bo‘lib eslab qolish mumkin.

1️⃣ Suratdagi ro‘yxatda mavjud 14 ta yo‘nalishga sirtqi qabul butunlay to‘xtagan. Davlatnikida ham, xususiy OTMlarda ham.

2️⃣ Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj bilan hujjat topshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tasdiqlangan. Bular:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.

3️⃣ Boshqa barcha pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi. Pedagogik yo'nalishlarni to'liqligicha sirtqi ta'lim kvotasidan ko'rish mumkin.

Masalan, Prezidentning tegishli farmoyishi bilan tarix, maktabgacha ta'lim, pedagogika va psixologiya kabi yo'nalishlar uchun davlat OTMlariga kvota ajratilgan. Demak, xususiy OTMlarda ham shu yo‘nalishning sirtqisida bemalol o‘qish mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

✅ Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

📆 Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

📌 Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

❗️ Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘qituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.

Ya’ni, malaka oshirishdan oldin o‘qituvchining bilimi diagnostikadan o‘tkaziladi va natijasiga ko‘ra individual kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari belgilanadi.

Bunda muallimning bilim ko‘rsatkichlari baholanadi va past natija olganlari bo‘yicha o‘zi o‘qigan oliygohga reklamatsiya (e’tiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyatiga uchun ham baho bo‘ladi. Past natija ko‘rsatgan o‘qituvchilar an’anaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

Viloyat hokimlariga 14 ta malaka oshirish markazini ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha dastur qabul qilib, amaliy ishlarni boshlash topshirildi. Yil yakunigacha hududiy markazlar boshqaruviga xorijiy mutaxassislar olib kelinadi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Prezident maktab direktorlari va o’rinbosarlarining oyligini oshirish haqida topshiriq berdi

Endi maktab direktorlari va o‘rinbosarlari har besh yilda bir marta sertifikatsiyadan o‘tadi.

Sertifikatsiyadan o‘ta olmagan direktorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinadi.

Kelgusi yildan sertifikatsiyadan o‘tgan direktorlar oyligi 50 foizga, o‘rinbosarlar ish haqi esa 30 foizga oshiriladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi e’lon qilindi

Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.

Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.

Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.

Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.

Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘tgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi

Video-selektor davom etmoqda.

Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning o‘zida 350 ming yangi o‘quvchi o‘rinlariga talab bor.

So‘nggi yillarda 70 ming o‘rinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018-yilgacha jami 30 ta bo‘lgan).

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“10 mlndan oylik olishga har bir muallimning haqi bor” — Shavkat Mirziyoyev

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

👍👍🤞👍👍👍👍👍

EMU UNIVERSITY 1000 dan ortiq bo'lajak shifokorlar tanlovi!

Professional shaxs sifatida shakllanish uchun barcha zamonaviy sharoitlar yaratilgan universitet.

Universitet talabalari so'nggi yillarda tibbiyot oliygohlari talabalari o'rtasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi olimpiadalarda 100 dan ortiq g'alabalar va yutuqli o'rinlar sovrindorlari bo'lishdi.

Kelajagingizga befarq bo'lmang! Tibbiyot yo'nalishidagi eng nufuzli Universitet bilan o'z kelajagingizni quring!

Yo'nalishlar:
   - Stomatologiya
   - Davolash ishi
   - Farmatsiya

📱 Har bir talaba uchun so'nggi rusumdagi planshet sovg'a qilinadi;

🏥 Toshkent bo'yicha 40 dan ortiq amaliyot markazlari;

🏢 Universitetning 3ta ko'ptarmoqli klinikasi;

😀 Zamonaviy o'quv auditoriya, laboratoriya va simulyatsion markazlar;
😀 Har semestrda grant asosida o'qish imkoniyati;
🙎‍♀️Mutlaqo erkin forma va bularning barchasi EMU Universityda.

😀 Tel: 78-147-00-07

😀 Ro'yxatdan o'tish

Instagram | Web-site | YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 O‘qishga kira olmadingizmi? Xavotirga hojat yo‘q.

😃 Siz UZBMB (DTM) ballari bilan imtihonsiz University of Science and Technologies talabasi bo‘lishingiz mumkin!

💻 Buning uchun saytimizda hujjatlaringizni topshirishingiz va DTM natijasini yuklashingiz kifoya.

Hujjat topshirish 👉 admission.usat.uz

Universitetni tamomlagan talabalarga butun O’zbekistonda tan olinadigan davlat namunasidagi bakalavr diplomi beriladi!

👉 Universitetdagi yo'nalishlar;

👉 Kontrakt narxlari;

📞Murojaat uchun: +99878-888-38-88 yoki @usat_admins

💻 Call-markazimiz 24/7 rejimida ishlamoqda. Biz sizning murojaatingizga istalgan vaqtda javob berishga tayyormiz!

📄 Litsenziya: №048714 (27.07.2022)

📍Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📌 Mo'ljal: Sobiq Roison binosi
📍Lokatsiya

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

👉https://president.uz/uz/lists/view/6619

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📑 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya va ssenariy shuningdek, “Mustaqillik darsi” va mashg‘ulotni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladigan namunaviy dars ishlanmasi ham ishlab chiqildi.

Unga koʻra:

📌 “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari joriy yilning 4-sentabr kuni “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida oʻtkaziladi.

Taʼlim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Qabul2023
Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

📆 2023-2024-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

✅ Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

📚 Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

⏳ Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, huquqshunoslik fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Diqqat, e'lon!

ISHGA MARHAMAT!

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi quyidagi manzillarda yangi tashkil etilayotgan  umumiy o‘rta ta’lim maktablariga boshlang‘ich sinf va umumta’lim fanlari o‘qituvchilari tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

❗️
Hujjatlar 29-avgust kuniga qadar job.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Bakshilik MFY,
➖ Andijon viloyati Andijon shahar Mustaqillik MFY,
➖ Jizzax viloyati Jizzax shahar Olmazor MFY
➖ Jizzax viloyati Jizzax shahar Zargarlik  MFY,
➖ Jizzax viloyati Zomin tumani Oqtupa MFY,
➖ Qashqadaryo viloyati Muborak tumani Istiqlol MFY,
➖ Qashqadaryo viloyati Koson tumani Do‘stlik MFY,
➖ Samarqand viloyati Urgut tumani Mergancha MFY,
➖ Surxondaryo viloyati Denov tumani Navnixol  MFY,
➖ Surxondaryo viloyati Denov tumani Nuriston MFY,
➖ Surxondaryo viloyati Denov tumani Obodon  MFY,
➖ Surxondaryo viloyati Denov tumani A.Jomiy  MFY,
➖ Surxondaryo viloyati Termiz tumani Guliston MFY,
➖ Namangan viloyati Yangi Namangan tumani  Kelajak tongi MFY,
➖ Navoiy viloyati Navoiy shahar Farovon MFY,
➖ Navoiy viloyati Navoiy shahar Muruvvat MFY,
➖ Navoiy viloyati Karmana tumani Yangi O‘zbekiston massivi,
➖ Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani Yuqori soybo‘yi MFY,
➖Toshkent shahri Yangihayot tumani Yangi Darxon MFY.

☎️ Qo'shimcha ma'lumotlar uchun 55 503 74 00 (ichki raqam # 5555) raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚠️ TMC Xalqaro Institutida imtihonsiz talaba bo'ling.

🇺🇿 Milliy dasturlar (kunduzgi va sirtqi):
• Iqtisodiyot;
• Pedagogika va psixologiya;
• Boshlang’ich ta’lim;
• Maktabgacha ta’lim.

⚡️ Singapurdagi TMC Akademiyasining bir qismi bo'lgan Toshkentdagi TMC Institutida sifatli ta'lim olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish: tmci.uz/apply
☎️ Telefon: +998712070032

📄Litsenziya (№032937, 21.07.2022-y.)

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Hali imkon bor! "Yiqilgan" abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin!

📥 Hujjatlar 5- sentyabrgacha onlayn shaklda va hududiy boʻlimlarda amalga oshiriladi.

Ma'lumki, deyarli barcha OTMlar to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli (maksimal 189 ballning 30 foizi), yaʼni 56,7 balldan past ball toʻplaganlar uchun ham talaba boʻlish imkoniyatini taqdim etadi.

Yaʼni abituriyentlar belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda SUPER KONTRAKT asosida o'qishga qabul qilinadilar. Lekin siz Super kontrak toʻlab oʻqishga kirishga shoshilmang, 200 mlnlab kontrak toʻlashdan koʻra yaxshiroq variantlar bor.

Misol uchun, biz sizga 40 ga yaqin yoʻnalishlari, dual taʼlim asosida ham oʻqib ham ishlash imkoniyati mavjud boʻlgan TOP Xususiy Renessans taʼlim Universitetda oʻqishni tavsiya qilamiz!

🟢 Oʻqishni ko‘chirish ("перевод" qilish) imkoniyati ham mavjud!

Kontrakt 12 mlndan boshlanadi, 4 ga boʻlib toʻlash mumkin!

📞Qoʻshimcha savollar boʻlsa, murojaat qiling:
+998555067007 | Yozish💭

© Manba

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 89,2 foizi talabni bajara olmagan

👨🏻‍🎓 Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda jami 41 122 nafar talabgor ishtirok etdi.

✅ Bunda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar OTMlar tomonidan, test sinovlari esa Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazildi.

📌 Joriy yilning iyul oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangan bo‘lib, o‘qishni ko‘chirish uchun mazkur talabni bajarish lozim.

❗️ Test sinovida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

🚫 O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida 41 122 nafar talabgordan 75 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatilgan. Bu OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 11 baravar ko‘p (OTMlarga kirish test sinovlarida 888 660 nafar talabgordan 148 nafari chetlatilgan).

❌ Hududga kirishda esa 78 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun jarayondan chetlatilgan. Bu OTMlarga kirish test sinovlariga nisbatan 25 baravar ko‘p (OTMlarga kirish test sinovlarida 67 nafar).

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

MUROJAATCHILAR UCHUN YANA BIR QULAYLIK

✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas'ullari va shaxsan o‘zim fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda hamisha ochiqlik va shaffoflik tarafdori ekanimizdan xabaringiz bor.

Xususan, yurtdoshlarimiz taklif va murojaatlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan "Vazirga murojaat" portali ishlab turibdi.

⚡️Mazkur tashabbuslarning mantiqiy davomi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlarining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha maxsus botlari ishga tushirildi.

❗️ Endi Siz mazkur bot manzillari orqali hududlar kesimida sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.
_____________
Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri – Narimbetov Ahmed Karamatdinovich

🔗 Vazirning fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @QRXBministrbot
______________
Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Mamadiyev Xusniddin Norboyevich

🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @svmmtb_bot
_____________
Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Qurbonov Farrux Ergashevich

🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @bvxtb_bot
_____________
Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i – Xudaykulov Sherzodjon Uktamovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: /channel/sirdaryo_mmtbga_murojaat_bot
_____________
➖ Qashqadaryo viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i – Oripov Ubaydulla Suxrobovich

🔗 Boshqarma boshlig'ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @QashVMMTBbot
______________
➖ Samarqand viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig‘i v.v.b – Sultonov Shokir Quvonovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @sammmtb_bot
__________
➖ Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Bektemirov Xamro Solayevich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: http://t.me/Xorazm_MMTBbot
_______________
Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Suyarova Sanobar Zarfullayevna

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: /channel/JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
_____________
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Hayitova Ra'no Zokirovna

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: /channel/Navoiy_viloyat_MMTBbot
______________
➖Andijon viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i – Karimov Rasuljon Rafikovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: /channel/Murojaatlar_robot
________________
Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Dolimov Sherzod Abdumutalovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @FVMMTBaloqaBot
________________
Namangan viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Zokirov Oybek Ohundedayevich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: @Nam_VMMTB_murojat_bot
________________
➖ Toshkent viloyati
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Akbarov Ilyor Ismagilovich

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: /channel/tosh_vxtb_bot
________________
➖ Toshkent shahri
Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i - Husanboyeva Nilufar Kasimbayevna

🔗 Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar murojaatlarini qabul qilish boti: /channel/talim_murojaat_bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал