#Tezkor
Sovrin qoʻyilgan TEKIN onlayn test boshlandi!
❗️Bugun 09:00 dan 23:59 gacha boʻlib oʻtadi!
🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Bugun, 9-iyul kuni Oliygoh.uz va Xalqaro Nordik universiteti hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 52-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.
📆Test vaqti: 9-iyul
(09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!
Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!
Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH
NIU - Finlandiya bilan hamkorlikda 12 ta bakalavriat, 6 ta magistratura, 4 ta PhD ta'lim dasturlari bo‘yicha ta'lim berib kelayotgan Universitet.
👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
⚡️Kechki yoki sirtqi ta’limda tahsil olayotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan ta’til beriladi
Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:
◽️OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;
◽️OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 27.06.2023-yildagi 190-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va sinf rahbarlarining lavozim yoʻriqnomalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra direktor o'rinbosari ta'lim muassasasi direktori tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Sinf rahbari quyidagi mezonlarga asosan tanlab olinadi:
— kamida 3 yillik pedagogik ish stajiga ega bo'lgan;
— maktabda asosiy ishchi sifatida faoliyat olib borayotgan (umumta'lim muassasalarida mehnatini soatbay (shu jumladan o‘ rindoshlik) asosda faoliyat olib boruvchi o 'qituvchilarning sinfga rahbarlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi);
— boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo‘lgan;
— o‘quvchilar bilan ishlash jarayonida mas’uliyat bilan yondasha oladigan;
— boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi boshlang‘ich sinfga biriktirilgan o'qituvchilarga yuklatiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Toshkent davlat yuridik universiteti litseyi bitiruvchilari universitetga imtihonsiz qabul qilinadi
◼️ TDYU qoshidagi litsey bitiruvchilari universitetga imtihonsiz, suhbat asosida qabul qilinadi. Ularga to‘lov-kontrakt asosida, kvotadan tashqari universitet belgilaydigan o‘rinlar ajratiladi. Buning uchun talabgorlar suhbatdan o‘tib, tavsiyanomaga ega bo‘lishlari kerak.
❓ Tartib qanday ishlaydi?
Suhbatga talabgor bitiruvchilar uchun maxsus komissiya tuziladi. Bitiruvchilar tavsiyanoma olish uchun har yili 20-iyungacha ariza bilan murojaat qilishlari kerak. Buning uchun abituriyent kamida 4 bahoga o‘qishi, B2 darajadagi chet tili sertifikatiga ega bo‘lishi, litsey hayotida faol bo‘lishi kerak.
Komissiya talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqib, suhbat belgilaydi. Suhbat natijasiga qarab tavsiyanoma berish-berilmasligi masalasi ko‘rib chiqiladi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar bilan bilan yana bir marta Toshkent davlat yuridik universitetida tashkil etilgan komissiya yakka tartibda suhbat tashkillashtiradi. Abituriyentlar suhbatda to‘plagan balliga qarab ketma-ketlikda o‘qishga qabul qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Prezident maktablarining kirish imtihonlari birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanadi!
📩 Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali ma’lum qilinadi.
🔰 Prezident maktablariga kirish imtihonlari ikki bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
1️⃣-bosqich: Matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
2️⃣-bosqich: Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo'yicha 40 ta topshiriq hamda ingliz tili fanidan 40 ta savol (test shaklida)
✅ Imtihon natijalari agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Pedagogik yo‘nalishda sirtqi o'qish uchun staj kerakmi?
📌 Pedagogika yo‘nalishidagi sirtqi ta’limga oid yangilikni 3 ga bo‘lish mumkin.
1️⃣ Sitrqiga qabul butunlay to‘xtatilgan 14 ta yo‘nalish;
2️⃣ 5 yil staj talab qilinadigan 5 ta yo‘nalish;
3️⃣ Istalgan abituriyent hujjat topshira oladigan qolgan yo‘nalishlar.
◼️ Prezident qaroriga muvofiq, 2023/2024-o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning 14 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.
📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj bilan hujjat topshirish mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar tasdiqlandi. Bular:
🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.
❗️Ya’ni mana shu 5 ta yo‘nalishga 5 yil pedstajga ega bo‘lgan abituriyentlar hujjat topshira oladi, jadvaldagi 14 ta ta’lim shakliga esa stajidan qat’i nazar sirtqi qabul butunlay to‘xtatilgan.
📌 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘ta oladi. Pedagogik yo'nalishlarni to'liqligicha sirtqi ta'lim kvotasidan ko'rish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash toʻliq davlat grantiga oʻtkaziladi
Shavkat Mirziyoyev sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda:
➖ bakalavr pedagog kadrlar tayyorlash toʻliq davlat grantiga oʻtkaziladi. Magistraturada esa, kvotalar 2 karra oshirilib, toʻliq davlat hisobidan boʻladi;
➖ kadrlar yetishmaydigan, taʼlim sifati ogʻir maktablar oldindan tanlanib, ular uchun maqsadli davlat buyurtmasi joriy qilinadi;
➖ kelgusi yildan abituriyentlar 3 ta asosiy va 2 ta qoʻshimcha fanni tanlab, test sinovlaridan oʻtadi va uning natijalariga qarab oliygoh, taʼlim yoʻnalishi va taʼlim shaklini tanlash imkoniyatiga ega boʻladi;
➖ korxonalarning oʻziga zarur kadrlarni tayyorlash uchun ajratgan grant mablagʻlari soliq bazasiga kiritilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⁉️ Ham o‘qib, ham ishlamoqchimisiz? Unda UBS!
Ko‘pchilik xodimlar oliy ma’lumotli bo‘lmagani uchungina yuqori lavozimda ishlashda muammolarga duch keladi. Ammo buning ham yo‘li bor!
Namangan shahrida joylashgan “University of Business and Science” da sirtqi ta’lim shaklida ham tahsil olish mumkin.
👉 Ta’lim yo‘nalishlari
➖ Oliygohda shuningdek, 15 ta bakalavr yo‘nalishi va 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olishingiz mumkin.
➖ O‘qishni ko‘chirish imkoniyati ham mavjud.
Ko‘p o‘ylashga hojat yo‘q, ham o‘qib, ham ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
❗️ Hujjat topshirishda to‘lov qilishingizga hojat yo‘q!
📨 Hujjatlaringizni qabul ofislarida yoki onlayn tarzda
(Qabul.ubsu.uz) topshirishingiz mumkin.
Manzil: Farg‘ona shahar, Paxlovon Mahmud ko‘chasi 19-a uy
☎️ Telefon: +998951266868
Manzil: Marg‘ilon shahri, Mustaqillik 353а uy, ALOQA BANK 2-qavat (Mo’ljal: EDEN kafesi ro’parasi)
☎️ Telefon: +998932957174
Manzil: Qo‘qon shahri, Istiqlol turizm ko‘chasi 50-a uy, Yoshlar ittifoqi binosi ichida (9-oilaviy poliklinika yonida)
☎️ Telefon: +998999135454
Universitet telegram kanali: @ubsuzbekistan
❓ Pedagogik faoliyatga oid ish staji qanday aniqlanadi?
📌 Sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish staji talab etiladi:
🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.
👨🏻💻 Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
🖥 Abituriyentlarning mazkur toifaga kirish yoki kirmasligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimi orqali aniqlanadi.
✅ Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda vazirlikning axborot tizimiga real vaqt rejimida so‘rov yuborilib, 5 yillik pedagogik stajga ega ekanligi tasdiqlangan abituriyentlarga ushbu yo‘nalishlarni tanlashga ruxsat beriladi.
❗️ Agar abituriyent 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lsa-yu, lekin tizimda bu tasdiqlanmasa o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga (maktabga) murojaat qilishi lozim.
❇️ Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Физика-математика фанлари доктори, профессор Улуғбек Ташкенбаевга отаси, археолог олим ва педагог Неъматжон отанинг вафоти муносабати билан ҳамкасблари ва шогирдлари чуқур таъзия изҳор этади.
Маълумот учун, Улуғбек Ташкенбаев Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси бошлиғи, Самарқанд ва Гулистон давлат университетлари ректори ҳамда Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг биринчи ўринбосари каби масъул лавозимларда фаолият олиб борган. У кишининг оталари Неъматжон ота эса археолог олим сифатида юртимиз тарихини ўрганиш борабарида узоқ йиллар Самарқанд давлат университетида ёшларга таълим берганлар.
Bizda yangilanishlar davri!
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida yangi 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul boshlandi.
Universitetimizning taʼlim yo‘nalishlari haqida batafsil bilishni xohlaysizmi? Unda ushbu videolavhani tomosha qiling.
Bugunoq hujjat topshiring. 25-iyun sanasidan boshlanadigan kirish imtihonlarida ishtirok etib universitetimiz talabasiga aylaning.
❗️Kontrakt narxlari: bit.ly/Talim-yonalishlari
💻 Onlayn hujjat topshirish: qabul.tift.uz
☎️ Call-markaz: +998781132999, +998999932722
📍 Poytaxt qabul ofisi: Shayxontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 16-uy
👉 Viloyatlardagi qabul ofislari
❇️ TIFT bilan yangi g‘oyalar, yangi marralar sari!
💬 Telegram | 📹 Instagram | 📒 Facebook | 📹 tiftuniversity">Youtube
⚡️Rasman: Payshanba 6-iyul kirish imtihonlari andozasidagi TEKIN onlayn test tashkil etiladi!
🏆YUTUQ: 1.000.000 so'm!
📆 Payshanba, 6-iyul Oliygoh.uz va Profi University hamkorligida Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 52-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.
📆Test vaqti: Payshanba 6-iyun
(09:00 dan 23:59 gacha)
💳Ishtirok etish narxi: BEPUL
👉Ro'yxatdan o'tish shart!
Kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI original testlar siz uchun!
Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting!
👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH
Profi University - 13 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha professional kadrlar tayyorlab kelayotgan, Amerika va Koreya universitetlari bilan hamkorlik qiluvchi universitet.
✅Test savollari PROTestim testologlari tomonidan tuzilgan!
👨🏻💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish
🔖 Test yakunida sertifikat beriladi!
⚡️ Qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozlar faqat 1-ta’lim yo‘nalishi uchun amal qiladi
📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan OTMlarga o‘qishga kirish uchun qo‘shimcha qabul parametrlari ajratiladigan imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz doirasida faqat o‘zlari tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishi belgilandi.
✅ Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslar va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar uchun beriladigan imtiyoz bundan mustasno. Ya’ni mazkur imtiyozlar beshta ta’lim yo‘nalishi uchun ham o‘rinli.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ IELTS sertifikatini inobatga olishda yozish ko‘nikmasiga alohida talab qo‘yilmaydi
🔰 Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.
▶️ Bunda Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatiga o‘qishga kirishda IELTS (International English Language Testing System) sertifkatiga ega abituriyentlar writing modulidan kamida 5,5 ballga ega bo‘lishi lozimligi qayd etilgan.
📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan B2 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball berilishi belgilandi.
✅ Demak, IELTS 5,5 va undan yuqori darajadagi IELTS sertifikatiga ega abituriyentlarga yozish ko‘nikmasi bo‘yicha balidan qat’i nazar ingliz tili fanidan maksimal ball beriladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
👉 Bakalavriat ta‘lim bosqichi uchun qabul kvotalari (ta’lim shakllari kesimida) – /channel/uztdi/7045
👉 Bakalavriat bosqichi uchun maqsadli qabul kvotalari – /channel/uztdi/7046
👉 Bakalavriat bosqichi uchun qo‘shimcha qabul kvotalari – /channel/uztdi/7047
👉 Xotin-qizlar uchun ajratilgan qabul kvotalari – /channel/uztdi/7048
👉 Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati – /channel/uztdi/7035
👉 Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti – /channel/uztdi/7041
👉 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati – /channel/uztdi/7042
👉 Xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun ajratilgan 1000 ta o‘rin taqsimoti – /channel/uztdi/7026
👉 Magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalari – /channel/uztdi/7049
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
📣 2023-yil 10-iyundan 1-iyulga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🖥 Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari
📌 Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon, Bilimni baholash agentligi tomonidan 3 ta majburiy fan bo‘yicha test sinovi o‘tkaziladi.
✅ Bunda majburiy fanlardan test sinovi abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan hududda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududda bo‘lib o‘tadi.
❗️ Ro‘yxatdan o‘tishda alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyentlar qo‘shimcha yo‘nalish tanlay olmaydi. Ular faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Talabalarga diplom ishi yozish o‘rniga startap qilish imkoni berildi. Bu nima degani?
◼️ Prezident qarori bilan shu yilgi o'quv yilidan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik g‘oyasini bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilish amaliyoti joriy etiladi.
Ya’ni agar talabada biror startap yoki ratsionalizatorlik g‘oyasi bo‘lsa, unga yana qayta diplom ishi yozish talabi qo‘yilmaydi.
❓ Startap o‘zi nima?
Startap — endigina boshlanayotgan, ishga tushirilayotgan innovatsion loyiha demakdir.
Ratsionalizatorlik g'oyasi — texnika vositalari, ishlab chiqarish texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechim va taklif.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari
📌 Joriy yilda 8 ta oliy ta’lim muassasasining chet tili birinchi mutaxassislik fani bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladi.
▶️ Chet tilidan ijodiy imtihon tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish ko‘nikmalarini baholashga qaratilgan bo‘lib, B1 darajasi formati asosida bo‘lib o‘tadi.
👨🏻💻 Ro‘yxatdan o‘tishda chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishini tanlagan abituriyent shu toifadagi 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.
✅ Chet tilidan ijodiy imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.
❗️ Diqqat! Ushbu yo‘nalishlarga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 10-iyul kuni yakunlanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Yuqori salohiyatli universitet qanday bo‘lishi kerak?
✅ Taʼlim sifati yuqori darajada ta’minlanishi;
✅ 100 foizlik ilmiy salohiyatga ega boʻlishi;
✅ Zamonaviy texnologiyalar bilan taʼminlangan kutubxona va kompyuter zallariga ega boʻlishi;
✅ Taʼlim fan va amaliyot bir darajada olib borilishi kerak.
🔰 Aniq va ijtimoiy fanlar universitetining asosiy qadriyati ham talabalarga ushbu qulayliklarni taqdim etishdan iborat.
📥 Ayni kunlarda universitetimizda bakalavriatning 5 ta yo‘nalishi va magistraturaning 4 ta mutaxassisliklari boʻyicha hujjatlar qabuli davom etmoqda.
📚 Ta’lim jarayonlari esa kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda olib boriladi.
💻 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission
📹 Hujjat topshirish bo‘yicha video yo‘riqnoma
☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228
📍 Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi
🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
✈️ Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook
⚡️Professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi, lekin ish haqi kamaytirilmaydi — Shavkat Mirziyoyev
“Professor-oʻqituvchilar sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha islohotlarni davom ettiramiz.
Masalan, bugungi kunda oddiy assistent oʻqituvchining yillik oʻrtacha oʻquv yuklamasi 1 ming soatdan oshadi. Bunday koʻp yuklama bilan oʻqituvchi qachon ilm qiladi, qachon oʻz ustida ishlaydi?
Shu bois, professor-oʻqituvchilarning oʻquv yuklamasi 25 foizga qisqartiriladi va ularning ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratiladi. Eng muhimi, bunda ularning ish haqi kamaytirilmaydi.
Oʻz yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tan olingan kasbiy sertifikatlarga ega boʻlgan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustamalar belgilanadi.
Shuningdek, bunday sertifikati bor amaliyotchilarga dars berish uchun magistrlik diplomi talab etilmaydi”, – dedi nomzod.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Magistraturaga rus tili sertifikatlari o‘tmaydimi?
Magistratura uchun chet tili sertifikati bo‘lishi majburiy. Biroq rus tili bo‘yicha olingan sertifikatlar hatto filologiya yo‘nalishlariga ham qabul qilinmaydi.
Talabgor faqatgina talab etiladigan 25 ta turdagi sertifikatdan birini topshirishi talab etiladi.
📋 Sertifikatlar ro‘yxati
➖Kvota
➖Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.
❗️Eslatib o‘tamiz, magistraturaga qabul 30-iyulgacha davom etadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ona tili va adabiyot fanidan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati
📆 Ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat uchun navbatdagi navbatdagi test sinovlarini 2023-yilning 4-choragida o‘tkazish rejalashtirilgan.
📋 Talabgorlar ona (o‘zbek) tili va adabiyot fanidan test sinovlariga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun o‘qish tavsiya etiladigan badiiy adabiyotlar ro‘yxati shakllantirildi.
✅ Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1️⃣ “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov).
2️⃣ “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov).
3️⃣ “Oltin Zanglamas” romani (Shuhrat).
4️⃣ “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim).
5️⃣ “Asror bobo” hikoyasi (Abdulla Qahhor).
👨🏻💻 Rus tili va adabiyot hamda qoraqalpoq tili va adabiyot fanlaridan tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati o‘zgarmaydi. Ular bilan test spetsifikatsiyada tanishishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
So‘nggi 6 yillik baholar OTMlarga joriy yilgi qabulda inobatga olinmaydi
🔰 2023-yil 3-iyul kuni Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF–107-son farmoni qabul qilindi.
📋 Mazkur farmon bilan Prezidentning 2020-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108-son farmoniga o‘zgartirish kiritildi.
📆 Unga ko‘ra majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichini oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.
📌 Demak, joriy yilda majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#qabul2023
#kvota
O‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti
🔹BAKALAVR:
➖ KUNDUZGI — 127 259 nafar;
➖ SIRTQI — 49 078 nafar;
➖ KECHKI — 11 125 nafar.
➖ MASOFAVIY — 2 825 nafar.
❇️ MAQSADLI QABUL:
➖ Sog‘liqni saqlash (8 064 ta);
➖ Pedagogika (23 605 ta);
➖ Veterinariya (225 ta);
➖ Ijtimoiy ish (325 ta);
➖ Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).
🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);
➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);
➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);
➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);
➖Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta).
Izoh: ushbu kvotalar umumiy kvotalardan tashqari ajratilgan.
🔸MAGISTRATURA:
➖Kvota — 17 128 nafar.
➖Magistratura turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📹 magistr.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
Eslatma: hujjatlarni qabul qilish 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
👉 Sertifikatlar roʻyxati
📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Sirtqi ta’lim shaklida pedagogik staj faqat 5 ta ta’lim yo‘nalishi uchun talab etiladi
🔰 Ma’lumki, Prezidentning 2022-yil 22-iyundagi PQ-289-son qaroriga muvofiq pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:
🔹 boshlang‘ich ta’lim;
🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
🔹 musiqa ta’limi;
🔹 jismoniy madaniyat;
🔹 texnologik ta’lim.
✅ Bunda ushbu ta’lim yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi belgilandi.
👨🏻💻 Boshqa ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yil ish staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Linguaskill sertifikati rasmiy imtihon markazlarida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi
🔰 Vazirlar Mahkamasining 395-son qaroriga muvofiq OTMlarga kirishda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ushbu fandan maksimal ball beriladi.
📋 Bunda ingliz tilidan xalqaro imtihon tizimlari ro‘yxatida Cambridge Assessment English Linguaskill sertifikati ham mavjud va mazkur sertifikat OTMlarning bakalavriatiga kirishda inobatga olinadi.
📌 Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan quyidagi tartib belgilandi:
▶️ 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab davlat OTMlariga o‘qishga qabul qilishda Cambridge Assessment English Linguaskill xalqaro sertifikati faqatgina Cambridge Assessment English tashkilotining rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan imtihon markazlarida tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihon topshirib olgan abituriyentlar uchun inobatga olinadi.
✅ Demak, Linguaskill sertifikatini rasmiy imtihon markazlarida bevosita ishtirok etgan holda imtihon topshirib olgan abituriyentlarga maksimal ball beriladi. Imtihon markazlariga bormasdan onlayn tarzda olingan sertifikatlar esa inobatga olinmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi
🔰 2023-yil 3-iyul kuni Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining bayoni qabul qilindi.
📌 Mazkur bayon bilan 2023-2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha bir qator tartiblar belgilandi.
✅ Unga ko‘ra quyidagilarga istisno tariqasida ruxsat berildi:
🔹 abituriyentlarga tugatgan ta’lim muassasasidan qat’i nazar ta’lim tili qardosh (qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman) tillardan birida olib boriladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishga;
🔹 “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan abituriyentlar ham ro‘yxatdan o‘tishiga.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalari
Magistratura bo‘yicha umumiy qabul kvotasi – /channel/uztdi/7043
Magistraturaga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati – /channel/uztdi/7044
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali