uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🗂 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga talabgorning quyidagi hujjatlari talab etiladi:

➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

✔️ 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimiga o'tkazilgan 166 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining
◾️ aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfga
◾️ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Bola tugʻilganidan boshlab maktabga onlayn hisobga qoʻyiladi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan umumiy oʻrta taʼlim muassasasida onlayn hisobga qoʻyiladi;

🖥
umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

Ushbu farmon bilan kiritilayotgan boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagoglarga 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2025-yil 1-yanvarga qadar malaka toifalarini berish tizimini vakolatli xorijiy tashkilotlarning akkreditatsiyasidan oʻtkazish orqali pedagog kadrlarga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

💰Bunda, xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;

🖥 pedagog kadrlarning “elektron portfoliosi” shakllantirib boriladi va unga oʻqituvchilarning malaka darajasi, kasbiy rivojlanish natijalari va pedagogik faoliyati davomida erishgan yutuqlari kiritiladi.

Ushbu farmon bilan kiritilayotgan boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI!

Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda
ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
➖ 2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-iyundan bogʻchalardagi oliy maʼlumotli tarbiyachilarning oyligi maktab oʻqituvchilari oyligiga tenglashtiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Diqqat, tanlov!

“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi o‘tkazilmoqda

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 75 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi e’lon qilinmoqda.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi;
– “Inson huquqlari bolalar nigohida” mavzusida eng yaxshi rasm;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik;
– Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi o‘kuv adabiyotlari: bosma o‘quv adabiyot va elektron o‘quv adabiyoti;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon;
– Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi innovatsion g‘oya muallifi.

❗️Talabgorlar tanlov ishlari, belgilangan namunadagi ariza va Nizom 10-bandida keltirilgan hujjatlarni 2023-yil 1-iyundan 1-noyabrga qadar konkurs2023@nhrc.uz elektron manziliga yuborishlari lozim.

Tanlov g‘oliblari 2023-yil dekabr oyida o‘tkaziladigan “Xalqaro inson huquqlari kuni”da e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida tavsiyanoma berish uchun arizalar qabuli boshlandi

📥 Bugun, 30-maydan boshlab, ehtiyojmand oilalardagi 2000 nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi.

🖥 Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

Ushbu tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma berish shartlari va mezonlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: /channel/uztdi/6770

📌 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

🖊 Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

💻 Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

🗓 Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidan: 

Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qoʻshma oʻquv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi.

➖bio-texnologiya, sunʼiy intellekt va boshqa yuqori texnologik yoʻnalishlarda yiliga 500 nafar isteʼdodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan oʻqishga yuboradi.

➖Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi

▶️ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

📚 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

✅ Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“IT-mutaxassis” yoki “Biznesmen” boʻlishni istaysizmi ?

Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

📥Hujjatlar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

🔗Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Laborantlik uchun pedagogik staj hisoblanmaydi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

O‘rta-maxsus ma’lumot asosida maktabda ishlayotgan laboratoriya xodimlarining mazkur lavozimdagi staji pedagogik staj hisoblanmaydi.

Pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan nomzodlarning besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.

📌 Avvalroq Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi maktab direktorlaridan OTMlarga hujjat qabuli boshlangunga qadar oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi- erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so’ragan edi.

@oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️16 yoshga to'lgan bitiruvchi ID karta (pasport olmasa, OTMga hujjat topshira olmaydi

Abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tegishli hujjatlarni onlayn topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) ma’lumotlarini ABITUR elektron dasturiga kiritish talab etiladi. Bu hujjatsiz OTMga kirish uchun elektron ariza topshirib boʻlmaydi.

OTMga hujjat topshirishda faqat ID karta (pasport) va attestat kerak bo'ladi. Faqatgina shu hujjatlardagi ma'lumotlarni bazaga kiritish yetarli.

👉 Avvalroq Maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi maktablarni tamomlayotgan 390 mingdan ortiq o‘quvchining 16 yoshga to‘lgan 23 ming nafari (6%) pasport (ID karta) olmaganligi sababli ularning ma’lumotlari elektron bazaga hozircha kiritilmaganini, tezroq ID karta olish zarurligini eslatgandi.

Ma'lumot uchun: Pasport (ID karta) olish uchun hududiy ichki ishlar organlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari va Davlat xizmatlari markaziga murojaat etish zarur.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#admission2023/2024

🎓 Toshkent Kimyo xalqaro universitetida qabul davom etmoqda

Universitet o'z ichiga 5 ta ta'lim maktabini olgan bo'lib ular 28ta yo'nalishdan tashkil topgan va siz kunduzgi, kechki hamda sirtqi ta'lim yo'nalishlarida:

- O'zbek
- Ingliz
- Rus tillarida ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lasiz

🔍 Barcha yo'nalishlar haqida umumiy ma'lumot uchun:
1. Ta'lim maktabi
2.
Biznes va Moliya maktabi
3. Muhandislik maktabi
4.
Sa'nat maktabi
5.
Tibbiyot maktabi

📌 Eslatib otamiz universitet faoliyati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Litsenziya: №044527) KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega.

www.kiut.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kirish imtihonlarida savollar qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

◼️ Yengil va qiyin darajadagi savollar bitta variantda 15 %dan 25 %gacha bo‘lishi mumkin. O‘rta qiyinlikdagi savollar esa bitta variantda 50 %dan 70 %gachani tashkil qiladi.

📍 Bu haqida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatda ma’lum qilindi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Abituriyentlar bilishi kerak bo‘lgan muhim yangiliklar

📣 Bu yilgi qabul 20-iyundan 20-iyulgacha davom etadi. Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlarga qabul 10-iyulda tugaydi. Bu haqida qabulga oid ovozli chatda ma'lum qilindi.

🧑‍🎓
Abituriyentlar soni 1 mln 200 ming bo‘lishi prognoz qilinyapti.

🏢 Test sinovlari yopiq binolarda o‘tishi bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan va 92 ta bino ro‘yxati shakllantirilgan.

⚖️ Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Konstitutsiyaga oid savollar yangi qabul qilingan Konstitutsiyadan tuziladi. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Mentalaba.uz jamoasi abituriyentlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida tinimsiz harakatda🚀

Endi siz Mentalaba.uz Rasmiy boti orqali yurtimizdagi barcha oliygohlar haqidagi ma'lumotlarni topishingiz, va shu yerning o'zidan oliygohlarga hujjat topshirishingiz mumkin 📲😍

Botdan foydalanib ko‘ring va fikrlaringizni izohlarda qoldiring: 👉@mentalabauzbot

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ijod maktablari 2023-2024-o‘quv yili uchun qabul e’lon qiladi

Agentlik tizimidagi quyidagi 9 ta ijod maktablariga 7- sinfga qabul qilinadi:

➡️ Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
➡️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
➡️ Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
➡️ Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
➡️ Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
➡️ Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
➡️ Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
➡️ Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
➡️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

🗂 Ijod maktablariga talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

👉 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Direktorlarga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish hamda oʻquv rejalariga oʻzgartirish kiritish huquqi berildi

Prezident farmoni (PF-79-son, 26.05.2023 y)ga koʻra 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktorlariga oʻz oʻrinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan boʻshatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida oʻquv rejalariga 15 foizgacha oʻzgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

❗️tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlarining umumiy oʻrta taʼlim muassasalari faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi.

📤Ushbu farmon bilan kiritilayotgan boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident farmoni: birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilar 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi

Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.)ga asosan 2024-yil 1-yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan oʻqituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.

❗️Bunda 2023/2024 oʻquv yilidan oʻqituvchilar stajyor-oʻqituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Prezident farmoni: Malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi

“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–79-son, 26.05.2023-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra 2024-yil 1-yanvardan davlat bogʻcha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.

❗️Bunda malaka toifasi uchun sinovlar 1 yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda oʻtkaziladi hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda – pedagogik mahorati baholanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ So‘nggi paytlarda telegram botimizga (@uztdibot) “Toshkent Menejment va Iqtisodiyot instituti” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti tomonidan berilgan diplom O‘zbekistonda tan olinadimi?” degan mazmunda savollar kelib tushmoqda.

✅ Ushbu savollarga javoban quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan “Toshkent Menejment va Iqtisodiyot instituti” nodavlat oliy ta’lim muassasasiga № 043969-sonli raqamli litsenziya taqdim etilgan.

🎓 Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim qiladi.

❇️ Ya’ni tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy ta’lim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

🔻Institutning rasmiy sahifalari:
▫️Web-sayt: timeedu.uz
▫️Telegram bot: @timeeduinfobot
▫️Aloqa-markazi: 712009005

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

"Profi" imtihonlari "Registon O'quv markazida"

2023-2024-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari endilikda universitetning Toshkent va Navoiy filiallaridan tashqari "Registon" o‘quv markazida ham o‘tkaziladi.

✅ 4-iyun - "Registon" Jizzax filiali
✅ 11-iyun - "Registon" Qarshi filiali
✅ 18-iyun - "Registon" Farg‘ona filiali
✅ 25-iyun - "Registon" Namangan filiali
✅ 2-iyul- "Registon" Andijon filiali
✅ 9-iyul - "Registon" Samarqand filiali
✅ 16-iyul - "Registon" Termiz filiali
✅ 23-iyul - "Registon" Urganch filiali

Imtihonda "Registon" filiali o‘quvchilari va boshqa barcha abituriyentlar qatnashishlari mumkin.

Imtihonda ko‘rishguncha!

Batafsil ma'lumot olish uchun:
☎️ 1277
📩 @profiqabul

🎓 Profi University - Think out of the box

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
👇
Web-site|🌐 Telegram|📱Facebook|📱 Instagram | 📺Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘qishni ko‘chirish uchun qanday talablar bor? — "perevod" haqida eng muhimlari

◼️Hademay OTMlarga kirish imtihonlari bilan birga xorijiy OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mavsumi ham boshlanadi.

📋 Xorijiy OTMdan ko‘chirishda talabgor yo‘nalishiga qarab yo test, yo ijodiy imtihon topshiradi. O‘tish ballari har yili 15-iyulgacha Bilim va malakalarni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.

🇺🇿 O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

👰‍♀️Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
🧑‍✈️Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

💵 O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi. O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin.

❌ Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

📆 O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan grantga tanlov uchun tavsiyanoma haqida

Granti asosidagi oliy ma’lumot olish istagida bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarning tanlovda ishtirok etishi uchun tavsiyanoma quyidagi mezonlar asosida beriladi:

✔️ kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda, oilaning har bir a’zosiga jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori(980 ming so‘m)ning 0,527 baravaridan (516 ming so‘mdan) ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘g‘ri keladigan bir oylik o‘rtacha jami daromadga ega bo‘lgan oila tushuniladi;

✔️ to‘liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya’ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

✔️ turmush o‘rtog‘i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

✔️ nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

✔️ ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;

✔️ ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo‘lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan ehtiyojmand oilalardagi barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi.

💻 Tavsiyanoma olish uchun talabgor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha yashash joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga elektron shaklda murojaat qiladi.

📤 Arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xotin-qizlarga o‘qishga kirish imkonini beradigan 2 ta tavsiyanoma

📋 1-turdagi tavsiyanoma — ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga ajratiladigan 2000 ta o‘rin uchun tavsiyanoma;

📋 2-turdagi tavsiyanoma — 5 yillik stajga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun 500 talik kontrakt o‘rin uchun tavsiyanoma.

🙎‍♀️ 5 yillik stajliklar ayni paytda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tuman/shahar bo‘limlariga tavsiyanoma uchun ariza bilan murojaat qilishlari mumkin. Ariza uchun oxirgi muddat — 1-iyun.

Sharti: o‘rta ma’lumotli bo‘lish; kamida 5 yillik stajga ega bo‘lish; birorta OTMda o‘qimayotgan bo‘lish.

🤵‍♀️2000 talik o‘rin uchun hali arizalar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.

Bu kategoriyaga mos keluvchilar:
✔️Kam ta’minlangan oila farzandi;
✔️Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila farzandi;
✔️Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
✔️14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
✔️Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlar;
✔️Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalar.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

​⚡️Toshkent Menejment va Iqtisodiyot institutida 2023-2024 yil uchun kuzgi qabul boshlandi

Institut haqida ko'p uchraydigan savollarga javoblar bu yerda keltirilgan.

🗓 Arizalar birinchi online va offline kirish imtihoni uchun 28-iyunga qadar onlineariza orqali qabul qilinadi.

Institutimizda asosan iqtisodga ixtisoslashtirilgan yo'nalishlar bo'lib, institutni bitirgach siz:
▫️Bank
▫️Moliya
▫️Soliq
▫️Buxgalteriya
▫️Davlat iqtisodiyot sohalarida
va shunga o'xshash nufuzli sohalarda ishlashingiz mumkin.

▫️Ta'lim tili: O'zbek, Rus
▫️Ta'lim shakli: Sirtqi, Kunduzgi

‼️Xorijda o'qiydiganlar uchun o'qishni 2 va 3-kurslarga ko'chirish imkoniyati ham mavjud.

Online ariza topshrish uchun

📲 Murojaatlar uchun:
@timeeduinfobot
+998 (71) 200-90-05

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota-Rustaveli ko'chasi, 114-uy

Veb-sayt |Telegram |Instagram |Youtube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi xodimi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda javob berildi.

🟧 Nodavlat OTMlar haqidagi ishonchli ma’lumotlar kanalimizda!👇
@nodavlat_otm

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

➡️ Maktab baholarini OTMga kirish imtihonlarida hisobga olish tartibi haqidagi savolga Bilimni baholash agentligi xodimi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovozli chatda to‘liq javob berilgan.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Maktab baholarini OTMga kirish imtihonlarida hisobga olish tartibi ko‘rib chiqilmoqda

Maktab baholarini kirish imtihonlarida to‘plangan ballga qo‘shib hisoblash haqida qaror chiqqan bo‘lsa-a, biroq hozir bu tartib qaytadan ko‘rib chiqilmoqda.

📍
Bu haqida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘yicha ovozli chatda ma’lum qilindi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyentlar diqqatiga!

📌 2022-yil 21-dekabrda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2023-2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlanib, e’lon qilingan. Unda “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishi uchun huquqshunoslik fanlari 1-mutaxassislik fani sifatida belgilangan.

📔 Bilimni baholash agentligi tomonidan 2022-yil 28-oktabrda abituriyentlar test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan. Bunda huquqshunoslik fanlari bo‘yicha tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham mavjud bo‘lib, unda qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda qonunchilikning asl manbaiga murojaat qilinishi belgilangan.

👉 Ma’lumki, 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida” O‘RQ-837-son Konstitutsiyaviy Qonuni qabul qilindi.

➡️ Shu sababli 2023-yil 22-23-may kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari tomonidan tavsiya etilgan huquqshunoslik fanlari bo‘yicha ta’lim beruvchi mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

✔️ Unda huquqshunoslik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish masalasi muhokama qilinib, test topshiriqlari o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular doirasida qonunchilik hujjatlariga kiritilgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda amaldagi qonunchilik hujjatlari, jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida shakllantirilishi maqsadga muvofiq deb topildi.

❗️ Shu sababli “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozimligini ma’lum qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал