uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

🏘 Toshkent shahri va viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta maktab tashkil etiladi

Prezidentining yangi qarori (25.05.2023-yildagi PQ-163-son) ga asosan 2023-2024-yillarda Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida 13 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari tashkil etiladi.

Xususiy sherik “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq oʻtkaziladigan xalqaro tender natijalari boʻyicha aniqlanadi hamda u bilan maktablarni keyinchalik tasarruf etish huquqisiz qurish, jihozlash va ekspluatatsiya qilish yuzasidan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim tuziladi.

➡️ Xususiy sherik:

➖ oʻz mablagʻlari va kreditlarni jalb qilish hisobiga maktablarni loyihalashtirish, qurish va jihozlash ishlarini amalga oshiradi;

➖qurilgan maktablarni davlat sherigiga foydalanishga topshiradi;

➖ bitim amal qilish muddati davomida maktablarni saqlash va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq barcha zarur choralarni koʻradi;

➖ bitim muddati tugagandan soʻng maktablarni davlat sherigiga mulk qilib topshiradi.

➡️ Davlat sherigi:

➖ Maktablarda taʼlim jarayonni tashkil etadi;

➖ Maktablardan erkin foydalanish uchun toʻlovlarni amalga oshiradi. Ushbu toʻlovlar Davlat byudjetidan qoplanadi.

➡️ Ushbu maktablar quriladigan yer uchastkalari qarorga 1-ilova sifatida tasdiqlangan.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

2023-YIL BITIRUVCHILARIGA MUROJAAT

Vazirlar, muftiy, Eldor Shomurodov, Konsta, Doniyor G‘aniyev, hokim, diplomatlar, ekspertlar, sanʼatkorlar, sportchilar hamda jamoatchilikning boshqa faollari 2022/2023-o‘quv yili bitiruvchilariga o‘z maslahatlari va tilaklarini bildirishdi.

“Gazeta.uz” davlat arboblari, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilikning faol vakillaridan 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilari va yoshlarga o‘z maslahatlari va tilaklari bilan murojaat qilishlarini so‘radi.

Ularga an’anaviy ravishda uchta savol berildi:

1. O‘zingizni bitiruvchi deb tasavvur qilsangiz, o‘zingizga nimalarni maslahat berardingiz?
2. Yangi avlod vakillari qanday uchta muhim xislatlarga ega bo‘lishlari kerak?
3. 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilariga maslahat va tilaklaringiz?

👉 Lotin alifbosida o‘qish

👉Кириллда ўқиш

👉Рус тилида ўқиш

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Abituriyentlar uzoq kutgan xushxabarni e'lon qilamiz!

😄 Endi kirish imtihonlari mutlaqo bepul o'tkaziladi;

😄 Hujjat topshirish imkoniyatlarini yanada oson qilish maqsadida, yosh chegarasi 17-23 qilib belgilanmoqda;

😄 Kirish imtihonida matematika asosiy fanga aylanadi. Yapon tilimi? Xavotir olmang! Professional o'qituvchilar oliygohning o'zidayoq yapon tili fanidan 6 oy davomida intensiv darslarni olib borishadi.

Japan Digital University - O'zbekistondagi birinchi raqamli universitet

HUJJAT topshirish👈

📞: +998712000595

📝 Murojaat uchun: @jdu_support

Telegram | Instagram | Facebook | JapanDigitalUniversity">YouTube

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarida Prezident tabrigi oʻqib eshittiriladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (24.05.2023-y 06-06/3-1083-sonli xat) tomonidan joriy yilning 25-may kuni maktablarda oʻtkaziladigan “Soʻngi qoʻngʻiroq” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, barcha darajadagi hokimlar, sektorlar, yirik korxona va tashkilot rahbarlari, oliy taʼlim muassasalari rektorlari, ziyolilar, yozuvchi va shoirlar hamda jamoatchilik vakillarining mazkur tadbirlarda bevosita ishtirokini taʼminlab, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrigini tantanali oʻqib eshittirish hamda yurtimizda taʼlim sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli chuqur islohotlarning mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirish soʻralgan.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Quyidagi holatlarda oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi nizomga koʻra tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi va umumtaʼlim muassasasining pedagogik kengashi qarori bilan oʻquvchilar yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratdan ozod etilishi mumkin.

Oʻquvchilarga sinfdan sinfga koʻchirish imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod boʻlish huquqini beruvchi kasalliklar roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Oʻquvchilarning xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari hamda boshqa koʻrik-tanlovlardagi ishtiroki yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazorat muddatlariga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda, ular tegishli yakuniy davlat attestatsiyasi va bosqichli nazoratlardan ozod etiladi.

Ularning bilimlarini yakuniy baholash va reytingini aniqlash yillik baholar asosida amalga oshiriladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama toʻlanishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xabar berilishicha, oʻqituvchilarga malaka toifasini berish boʻyicha sinovlar 2 bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani boʻyicha bilimi, ikkinchisida pedagogik mahorati baholanadi. Malaka sertifikati olgan pedagoglarning oylik maoshiga 70 foizgacha miqdorida ustama toʻlanishi mumkin.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy o‘quv yili qabulida 8 ta OTMda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladi

Bular xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

👉 O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
👉 Samarqand davlat chet tillar instituti;
👉 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
👉 Andijon davlat chet tillar instituti;
👉 Namangan davlat chet tillar institutining fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

👉 Toshkent davlat pedagogika universiteti;
👉 Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
👉 Nukus davlat pedagogika institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o‘tgan 2022/2023-o‘quv yili qabulidan boshlangan edi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz
(@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🖊 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish shartlari

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar davom etadi.

➡️ Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:

➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;

➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.

➖ 1-7-iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

#️⃣ Bu haqda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Oʻgʻiloy Oʻrozova brifingda maʼlum qildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ “Mirzo Ulugʻbek vorislari” oʻquv kurslariga nomzodlar uch bosqichli tanlov asosida qabul qilinadi

Vazirlar Mahkamasi qarori (19.05.2023 206-son) bilan tinglovchilari (talabalar) har oylik stipendiya, bir mahal issiq ovqat bilan va zarur kompyuterlar ta’minlanadigan “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu o‘quv kurslariga tanlov jarayonlari shartlari:

👉 Tanlovning birinchi yilida davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) talabalari ishtirok etadi.

O‘quv kurslariga iqtidorli tinglovchilarni qabul qilish jarayoni har yili iyun-avgust oylarida quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:

➡️ 1- bosqichonlayn ariza va IQ test (onlayn test) topshirish. (100 ballik tizimda baholanadi)

Nomzodlar tanlovda ishtirok etish uchun onlayn arizani Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasining dscience.uz veb-sayti orqali to‘ldiradi.

Jami 300 nafar eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar 2-bosqichga o‘tkaziladi.

➡️ 2-bosqich – imtihon. Bunda quyidagi mezonlar asosida 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi:

➖ axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish (boshlang‘ich);
➖ algoritmlash va dasturlashtirish asoslari;
➖ mantiqiy savol va masalalar;
➖ matematikadan mantiqiy masalalar;
➖ matematik statistika masalalarini yechish;
➖ algebradan misollar yechish;
➖ tenglamalar yechish;
➖ kompleks sonlar va ular ustida amallar.

120 nafar eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar 3-bosqichda ishtirok etishga tavsiya etiladi.

➡️ 3-bosqich – suhbat. (100 ballik tizimda baholanadi)

Suhbatda quyidagi mezonlardan kelib chiqqan holda savollar beriladi:

➖ respublikada raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish (elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, raqamli ta’lim, telekommunikasiya va boshqa sohalardagi islohotlar haqida tasavvur va fikrlash qobiliyatining mavjudligi.

🗓 Tanlovning uchinchi bosqichi g‘oliblari to‘g‘risida ma’lumot tashkilotchilar tomonidan o‘n ish kuni ichida e’lon qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

SAVOL: Bu yil qabul qachondan boshlanadi?

✅ JAVOB:
Bu yilgi qabul uchun abituriyentlarning hujjat topshirish jarayoni 20-iyundan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar esa, 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo‘lishi kerak.

Xalqaro press klubning“Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusidagi sessiyasidan

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda grant asosida tahsil olgan OTM bitiruvchilarini majburiy tartibda kamida 3 yil ishlab berish talabi bekor boʻlgani haqida tarqalayotgan xabarlar boʻyicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bayonot berdi.

Prezidentning 2005-yil 2-iyundagi qarori 6-bandida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish yuklatilgan.

Mazkur topshiriqqa muvofiq 2005-yil 7-iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, Oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tahsil olib tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati belgilangan.

Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori bilan Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi.

Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Vazirlik izohiga ko‘ra, nizomdagi tartiblar yangi huquqiy normalarga zid emas va ushbu nizomni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha qoida biror-bir normativ hujjatda koʻzda tutilmagan.

Ya’ni, oliy taʼlim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan bitiruvchilarning uch yil ishlab berish majburiyati hozirgi kunda ham amal qiladi.

Oliy ta’lim muassasalariga doir boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Endi OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmaydi

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida ma’lum qildi.

💬 "Avvallari abituriyentga 1 ta’lim shakli bo‘yicha 5 tagacha yo'nalishni tanlash imkoniyati taqdim etilgan bo'lsa, hozirda talabalar ta'lim shaklidan qat'i nazar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlarni tanlashlari mumkin.

Bunda talabalar bitta yo'nalishni tanlab, ta'lim shakliga ko'ra barchasida ham ishtirok etishi mumkin
," – dedi Majid Karimov.

📌 Ta’kidlash lozim, oldinroq OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berilgandi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

Maktab bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiyaga oid maʼlumotlar attestatsiyadan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinishi shart

Maktablarda bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati, shakli va muddatlari har oʻquv yilida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

📌 Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida oʻtkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin koʻrinadigan joyga osib qoʻyiladi.

Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga eʼtibor beriladi:
🔹oʻquv fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy attestatsiya oraligʻi ikki kundan kam boʻlmasligi kerak;
🔹jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya oʻtkaziladi.

Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorugʻ xonalar ajratiladi.

Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan oʻtqaziladi.

Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.

❗️Ogʻzaki yakuniy attestatsiyadan oʻtishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq boʻlsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda oʻtkazilishi mumkin.

👉 Кириллда ўқиш

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

IT Park University talabasi bo'ling!

🇪🇺🇺🇸Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.

📌Qanday qilib ITPU talabasi bo’lish mumkin?

1. my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring
2. Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshiring
3. Shartnomani imzolang va to’lovni amalga oshiring

🤖 Telegram-bot orqali batafsil ma'lumot oling: @itpu_bot
☎️ +998(55) 503-99-99

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Rasman: Endilikda BUYUK BRITANIYA diplomini Oʻzbekistonda turib olish mumkin

Bunday imkoniyatni sizlarga PDP University taqdim etadi.

Agar siz dasturlashga qiziqsangiz va IT sohasida haqiqiy professionalga aylanish istagida boʻlsangiz, javob aniq: PDP University!

• toʻlaqonli IT universitet;
• xalqaro taʼlim dasturi;
• praktik oʻqituvchilar;
• 2-kursdan keyin 5–7–10 mln soʻmgacha maosh va boshqa imkoniyatlar.

🗓 Imtihon mantiq va matematika fanidan 20-21-may kunlari boʻlib oʻtadi.

Hoziroq ro'yxatdan o'ting!👇

📍Toshkentda 20-may: https://bit.ly/40ZUyQG

📍Viloyatlarda 21-may: https://bit.ly/40ZUyQG

☎️ Savollar uchun: +998787777747

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kelajagingizni Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti bilan o‘zgartiring!

✔️ Zamonaviy universitet
✔️ Keng imkoniyatlar
✔️ Sifatli ta’lim uyg‘unligi.

Universitetda yuqori malakali va ilmiy darajaga ega akademiklar va professor-o‘qituvchilardan ta‘lim olish imkoniyati mavjud. Ilmiy salohiyat 100 % ni tashkil etadi!

Bakalavriat (kunduzgi, kechki va sirtqi) va magistratura o‘qish uchun hujjatlar qabul qilinadi:

👉 Yo‘nalish va mutaxassisliklar bilan bu yerda tanishing!

Siz uchun yana bir qulaylik!

📈 Oliygoh 2023-2024-o‘quv yili uchun ham talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida shartnoma toʻlovini o‘zgartirmaydi.

Shuningdek, shartnoma to‘lovini 4 ga bo‘lib amalga oshirishingiz mumkin.

💵 Kontrakt narxlari bilan batafsil tanishing

💻 Onlayn hujjat topshirish: aifu.uz/Admission

☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228

📍 Manzil: Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi

🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi

✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💵 Kechki yoki sirtqi taʼlimda oʻqiyotgan xodimlarga sessiya topshirish uchun oylik saqlangan holda beriladi

Oliy ta’lim muassasalari, texnikum yoki kollejlarda kechki yoki sirtqi ta’limda o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida qatnashish uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda quyidagi muddatlarda o‘quv ta’tillari beriladi:

👉 OTMda kechki ta’limda o‘qiyotgan 1-2-kurs talabalariga – kamida 20 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 10 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa – kamida 30 kun;

👉 OTMda kechki ta’limda 3-4-kurslarda yoki undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga – kamida 30 kun, texnikum yoki kollejlarda – kamida 20 kun, OTM va texnikum yoki kollejlarda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Talabalar kontrakti uchun qilingan to’lovlardan 12%ini qaytarib olish maqsadida soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:

➡️ kontrakt;
➡️ nodavlat bog’cha va maktablar;
➡️ ipoteka kreditlari.

❗️Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

👉 Elektron raqamli imzo olish bo‘yicha videoqo‘llanma

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi.

Avvalroq vazirlik tomonidan maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalar ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.

***

Министерство дошкольного и школьного образования сообщает, что распространяемые в социальных сетях запреты, связанные с последним звонком в школах Узбекистана, не имеют никаких оснований.

Ранее министерство разработало необходимые рекомендации по проведению мероприятий «Последний звонок» в школах.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbiri boʻyicha namunaviy ssenariy

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tuman (shahar) boʻlimlarining maktablar faoliyatini tekshirish va taʼlim sifatini baholash vakolatlari tugatiladi.

Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-may kuni maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Xabar berilishicha, maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash maqsadida pedagoglarni sertifikatlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Yaʼni, ishga kirayotgan pedagog 1 yil davomida oʻqituvchi-stajyor sifatida faoliyat yuritib, shu muddatda sertifikat olishi kerak boʻladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining maoshi oshiriladi

❗️2023-yil 1-maydan boshlab
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib maktabgacha ta’lim tashkilotlari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ham tatbiq etiladi;

❗️2024 yil 1-yanvardan boshlab markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati xodimlarining bazaviy tarif stavka miqdorlari 1,5 baravarga oshiriladi;

❗️2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga tenglashtiriladi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Umumiy o’rta ta’lim muassasalari uchun 2023-2024 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejasi tasdiqlandi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#talabalar_diqqatiga

⚡️Talabalar uchun har oylik stipendiya toʻlanadigan oʻquv kurslari tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tayyorlov oʻquv kurslarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (19.05.2023 206-son) qabul qilindi.

Oʻquv kurslari quyidagi yoʻnalishlarda tashkil etiladi:

➡️ axborot texnologiyalaridan va kommunikatsiyalaridan foydalanish (boshlangʻich);
➡️ matematik statistika;
➡️ algoritmlash asoslari;
➡️ maʼlumotlarni qayta ishlash;
➡️ dasturlash tillari (Phthon);
➡️ ingliz tili;
➡️ qaror qabul qilish asoslari.

⏺ Oʻquv kurslari jamoa boʻlib ishlash va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham tashkil etilishi mumkin.

Birinchi oʻquv yilida kamida 60 nafar tinglovchi qabul qilinadi, keyingi yillarda tinglovchilar soni ehtiyojdan kelib chiqib, oshirib boriladi.

Taʼlim olish 34 hafta muddat davomida “Blending learning — aralash taʼlim texnologiyasi” asosidagi oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi.

Ushbu kurslarda oʻqish uchun tanlovning birinchi yilida respublika davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha taʼlim shakli boʻyicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi boʻlmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Ushbu oʻquv kurslariga qabul qilingan respublika hududlaridagi talabalarining oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishlarda Toshkent shahrida joylashgan davlat OTMlariga akademik mobillik asosida bir yil muddatga koʻchiriladi.

Oʻquv kurslariga qabul qilingan talabalar(tinglovchilar):

💰 ushbu oʻquv kurslarida oʻqishi davomida BHMning toʻrt baravari (1 mln 320 ming soʻm) miqdorida har oyda bir marotaba ragʻbatlantirib boriladi;

🏠 Turar joy bilan taʼminlanadi yoki asosiy oʻqish joyi boʻlgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi;

🍱 Oʻqishi davomida bir mahal issiq ovqat bilan taʼminlanadi;

💻 taʼlim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) taqdim etiladi;

🧑‍💻 IT-park rezidentlari boʻlgan tashkilotlarda amaliyotlarda qatnashishi taʼminlanadi;

🧾 Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi va Toshkent shahridagi Inxa universiteti tomonidan tasdiqlanadigan tegishli yoʻnalishi boʻyicha davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Tez fursatda kanalimiz (@uztdi) orqali ushbu kurslarga tanlov shartlari haqida batafsil maʼlumot beramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Malaka toifalarini berish uchun o‘tkaziladigan attestatsiya savollari qaysi manbalardan tuziladi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qaroriga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, pedagog xodimlarga malaka toifasi berishning yangi tizimi amaliyotga joriy qilingan.

Unga ko'ra malaka test sinovlari doirasida barcha umum ta'lim fanlardan test topshiriqlari formati, jumladan fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me'yori hamda baholash mezonlari ishlab chiqildi.

O'tgan vaqt davomida belgilangan umum ta'lim fanlardan test formati, hamda baholash mezonlari yuzasidan tizim xodimlari va pedagoglar ishtirokida muhokamalar o'tkazib kelindi.

Ma'lumot uchun, mazkur qaror asosida tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o'tkazish jarayoni uchun sinov materiallari testologiyaning xalqaro talablari asosida xolislik va maxfiylikni ta'minlagan holda shakllantiriladi.

Attestatsiya jarayoni uchun  sinov materiallarini shakllantirish manfaatdor vazirliklar va idoralar, ularning hududiy va idoraviy bo‘ysunuvidagi tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi olimlari va malakali mutaxassislari, mahalliy va xorijiy ekspertlar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillari jalb etilishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📹 Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori: "Abituriyent nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin"

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida abituriyentlarning OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmasligi haqida ma’lum qildi.

💬
"Ilgari har bir abituriyent yo‘nalish tanlayotganda 5 tagacha tanlardi. Hozir o‘sha 5 ta yo‘nalish, agar kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, o‘sha doirada cheklanardi.

Agar kechki [ta’lim yo‘nalishi]ni tanlasa, kunduzgiga o‘tolmasdi. Bu yil shunday qilyapmizki, nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin.

Hozir bilamizki, ta’lim shakli 4 tagacha ko‘paydi: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy. Talaba o‘zi xohlagan [ta’lim shakli]da o‘qishi mumkin. Bitta yo‘nalishni tanlab, o‘shaning ta’lim shakliga qarab, barchasida ishtirok etishi mumkin. Mana shu yangilik bu yil joriy qilinyapti
," – dedi Majid Karimov.

👉 OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

OTMga kirish imtihonlarida shaffoflikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida maʼlum qilishiga joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlari:

🏫 Sovitish tizimi bilan taʼminlangan yopiq binolarda ikki smenada oʻtkaziladi.

👫 Har bir smenada 45 ming nafarga yaqin abituriyentlar imtihon topshiradi.

📹 Imtihonlar internet tarmogʻi va televideniye orqali onlayn translyatsiya qilinadi.

🔎 Identifikatsiya tizimlari, xususan, barmoq izi va FaceControl (yuzni tanish) orqali oʻrniga kirishlarning oldi olinadi.

📥 Test topshirgan abituriyentlarning natijasi imtihon oʻtgan kunning kelasi kuni kechgacha natija shaxsiy kabinetga yuboriladi.

📌 Yakuniy mandat barcha imtihonlar yakunlanganidan keyin bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

Qabul bo‘yicha boshqa yangiliklar haqida kanalimiz (@uztdi) orqali xabar berib boramiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bitiruvchilarga oltin va kumush medal hamda qizil shahodatnoma quyidagi holatlarda beriladi

Hukumat qarori(№140, 15.03.17)ga koʻra:

🥈Kumush medal — maktabning 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini DTS talablari darajasida oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasini muvaffaqiyatli topshirgan, 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan bitiruvchilarga beriladi;

🥇Oltin medal — maktabning 11-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini DTS talablari darajasida oʻzlashtirgan, 9-sinfini bitirganlik toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnomasi mavjud, 10-11-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan 11-sinf bitiruvchilariga beriladi.

📕Tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi aʼlo darajali shahodatnoma — maktabning 9-sinfni tugatgan, taʼlim dasturlarini DTS talablari darajasida oʻzlashtirgan, 7-sinfdagi musiqa va tasviriy sanʼat fanlaridan, 8-9-sinflardagi barcha fanlardan choraklik, yillik va yakuniy davlat attestatsiya baholari aʼlo hamda namunali xulqqa ega boʻlgan bitiruvchilarga beriladi.

👉 Кириллда ўқиш

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

O‘zbekistonda YTTB mablag‘lari asosida 15 ta maktab quriladi

Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YTTB o‘rtasida uch tomonlama texnik yordam berish shartnomasi imzolandi.

Shartnomaga ko‘ra, dastlabki bosqichida YTTB mutaxassislari tomonidan grant olish, Namangan va Farg‘ona viloyatida 15 ta maktab qurish rejalashtirilgan.

Loyihaning kapital qiymati 55-75 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Ta’kidlash lozim, Prezident farmoniga (08.04.2022-yil, PF-101-son) ko‘ra, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 2022-2024 yillar davomida mas’ul vazirlik va idoralar oldiga YTTB ko‘magida davlat-xususiy sheriklik shartlarida umumta’lim maktablarini xalqaro standartlar bo‘yicha rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari belgilab berilgan.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy yilda umumtaʼlim muassasalari pedagoglari majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi.

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Safarali Xamrayev pedagoglar attestatsiyasiga oid savollarga javob berdi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал