uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

#bilasizmi

Hukumat qarori (№715 11.11.2020)ga ko‘ra:

Kasb-hunar maktablariga 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlarini qabul qilish jarayoni har yili 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham),

Kollej va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni esa har yili 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Kollejlarga o‘rta yoki boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quvchilarni qabul qilish boshqa muddatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.

Bunda abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish muddati vazirlikning taklifi asosida Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatdan boshlab bir oydan oshmagan vaqt ichida tashkil etiladi.

Professional ta’lim muassasalariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan o‘quvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi

📆
2023-yil 21-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.

🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.

✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.

📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida 07:30 dan boshlab kiritiladi va test sinovlari 09:00 da boshlanadi.

❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

💁‍♀️Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Italiyaning Peskara Yevropa dizayn universiteti “Liboslar dizayni” yoʻnalishida qoʻshma taʼlim dasturini boshladi.

📍Eslatib oʻtamiz;
2023-yil 20-yanvar kuni Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasida Toshkent Kimyo xalqaro universiteti hamda Peskara Yevropa dizayn universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Batafsil: ➡️ News

Universitetning “Liboslar dizayni” yoʻnalishi haqida toʻliq ➡️ maʼlumot.

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-Sayt

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga nomzodlarni saralash uchun o‘tkazilgan test sinovlarida bakalavriat dasturi uchun 65 balldan yuqori, magistratura va doktorantura dasturi uchun 50 ball va undan yuqori ball toʻplagan nomzodlar tanlovning keyingi bosqichi suhbat jarayoniga tavsiya etildi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish uchun hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2023-yilning 20-may kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Testi sinovlari quyidagi binolarda o‘tkaziladi:

Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Toshkent shahridagi “Alfraganus University” nodavlat oliy ta’lim tashkilotining Axborot resurs markazida (2-bino)

Andijon va Namangan viloyatlarida yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Andijon shahridagi Prezident maktabining Axborot resurs markazida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Qoraqalpog‘iston Respublikasi axborot texnologiyalari texnikumida

Farg‘ona viloyatida yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Farg‘ona politexnika institutining Axborot resurs markazida

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyati bo‘limi binosida

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Qarshi davlat universiteti Axborot texnologiya markazida

Surxondaryo viloyatida yashovchi (arizada ko‘rsatiladi) nomzodlar uchun – Termiz davlat universiteti Axborot texnolgiyalari fakulteti (yangi 7 qavatli bino)da. (mo'ljal viloyat Xalq banki ro'parasi)

Quyida 20-may kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❗️Talaba boʻlish istagidagi xotin-qizlar shoshiling: Oila va xotin-qizlar qoʻmitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi

Hukumat qaroriga muvofiq mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi belgilangan.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi boʻlgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tavsiyanomasiga ega boʻlishlari lozim.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

➖ oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;

➖ tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;

➖oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi.

▪️Talabgorlar joriy yilning 1-iyuniga qadar (shu kuni ham) ariza bilan doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga murojaat etadilar va quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

➖ fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
➖ mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi)dan koʻchirma;
➖ oʻrta-maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha diplom.

▪️ Talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda 1-7-iyun kunlari koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

❗️2022/2023 oʻquv yilida tavsiyanoma olgan, biroq oliy taʼlim muassasalarida talabalikka tavsiya etilmagan xotin-qizlarning tavsiyanomalari 2023-2024-yillar uchun ham amal qiladi.

👉 Кириллда ўқиш

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 15-maydagi 01-06/3-255-sonli xati bilan yuborilgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbirini tantanali qismini oʻtkazish boʻyicha namunaviy ssenariy.

Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda ijodiy yondashuv asosida o‘zgartirish kiritish mumkin.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#Kun_tarixi

🗓 15-may jahon miqyosida Xalqaro oila kuni (International Day of Families) hisoblanadi.

➡️ Ushbu bayram BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yil 20-sentyabrdagi Xalqaro oila yili toʻgʻrisidagi rezolyutsiyaga muvofiq 1994-yil 15-maydan buyon muntazam nishonlanib kelinadi.

❗️Prezidentning 2018-yil 27-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi belgilangan.

✅ Xalqaro oila kunini oʻtkazishdan maqsad jahon hamjamiyati diqqatini oilaviy qadriyatlarga va oila instituti bilan bogʻliq muammolarga qaratishdir.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🎓 Olimpiada g’oliblarining ustozlari ham taqdirlandi

Namangan shahrida joylashgan “University of Business and Science” tomonidan maktab bitiruvchilari o‘rtasida viloyat fan olimpiadasi tashkil etildi.

10-11-12-may kunlari bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda oʻquvchilar

➖ matematika
➖ ingliz tili
➖ tarix
➖ ona tili va adabiyot fanlari bo‘yicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Sovrin jamgʻarmasi jami 2 mrld soʻm boʻlgan olimpiadada Namangandan tashqari Fargʻona va Andijon viloyatlaridan 5000 nafarga yaqin oʻquvchilar  qatnashdi.

Olimpiada gʻoliblari “University of Business and Science” ga grant kvotalari va noutbuklar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birgalikda, oʻquvchilarga taqdim etilgan grantlar va esdalik sovgʻalaridan tashqari 4 ta fan bo’yicha 1-2-3 o’rin olgan oʻquvchilarning ustozlariga ham zamonaviy noutbuklar sovgʻa qilindi.

Shuningdek, universitet tomonidan olimpiadada ishtirok etish uchun uzoq hududlardan kelgan ishtirokchilarning yoʻl xarajatlari ham qoplab berildi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oilaviy bog‘chaning manzilini o‘zgartirish va quvvatini oshirish uchun qayerga murojaat qilish kerak? Xarajat va moliyaviy imtiyozlari haqida ma’lumot bersangiz.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-sonli qarorida oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish, moddiy-texnik va metodik jihatdan ta’minlash, moliyalashtirish tartiblari to‘liq aks ettirilgan.

Unga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizada yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tegishli ma’lumotlar ko‘rsatiladi va mazkur ma’lumotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Shuningdek, oilaviy MTTning joylashuvi bo‘yicha tegishli tuman (shahar) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda davlat yong‘in xavfsizligi nazorati organining amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqidagi xulosalari elektron ko‘rinishda mazkur tizimga kiritiladi.

Yuqorida keltirilgan jarayonlarni amalga oshirish uchun yakka tartibdagi tadbirkordan hech qanday to‘lov talab etilmaydi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktablarda o‘qituvchi lavozimida ishlayotgan 4-kurs talabalari ham malaka toifalarini oshirishi mumkinmi?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan, ta’lim tashkilotlarining oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.

Ma’lumot uchun, umumta’lim muassasalarida ishlayotgan va tegishli oliy o‘quv yurtlarining 4-kursida tahsil olayotgan talabalarga o‘rta maxsus ma’lumotga ega mutaxassislarga belgilangan mezonlar asosida ish haqi to‘lanadi.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagoglar ishtirokida o‘tkaziladigan attestatsiya sinovlari shu xodimlarning mutaxassis malaka toifasiga munosib yoki munosib emasligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Mazkur sinov natijalari ushbu xodimlarga ikkinchi, birinchi yoki oliy malaka toifalarini berish uchun asos bo‘lmaydi.

Nizomga ko‘ra, nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlari o‘z xohishiga ko‘ra mazkur navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishi mumkin.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Akademik litseylar bitiruvchilari uchun o‘tkazilgan chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

✅ Akademik litseylarning bitiruvchi bosqich o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari agentlikning maxsus platformasi orqali litsey ma’muriyatiga taqdim etilgan bo‘lib, talabgorlar o‘z natijalarini litsey ma’muriyatidan bilishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarning sertifikati ham mazkur platformaga elektron shaklda yuklangan.

🔰 O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida (13-15-may) litsey ma’muriyati orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Yuqori natijalarga erishgan pedagoglarga har oyda 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida 2023-yil birinchi choragi yakunlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisoboti eshitildi.

Professional ta’lim sohasi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish va ularni moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Ushbu hujjat professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning lavozim maoshlari o‘rtacha 20 foizga oshirishga, fidoiy, tashabbuskor hamda yuqori natijalarga erishgan pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik 50 foizgacha ustama to‘lash tizimi joriy etilishiga xizmat qiladi.

Yig‘ilishda deputatlar Vazirlar Mahkamasining hisobotini ma’qulladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oʻquvchi va talabalar uchun “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi

Prezidentning qarori (08.05.2023-yil PQ-150-son) asosan 2024-yil 1-yanvardan boshlab “Shaxmat stipendiyasi” taʼsis etiladi.

🏆Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi”, “Professional taʼlim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” musobaqalarini har yili uch bosqichda tizimli oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi.

💰Ushbu musobaqalarida gʻolib boʻlgan oʻquvchi-yoshlar va talabalar yil davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida “Shaxmat stipendiyasi” bilan ragʻbatlantiriladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

#admission
#Doors Open Days

Barcha boʻlajak abituriyentlar va ularning oila aʼzolari diqqatiga!

Sizlarni joriy yilning 13 may kuni soat 10:00dan 17:00gacha Toshkent Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtadigan ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz.

👩‍💼Ochiq eshiklar kunida siz ushbu imkoniyatlarga ega boʻlasiz:

🔹Akademik dasturlarimiz boʻyicha toʻliq maʼlumot olish.
🔸Talabalar va oʻqituvchilar bilan suhbatlashish, kampusimiz, jumladan, dars xonalarimiz, laboratoriyalarimiz, kutubxonalarimiz boʻylab aylanib chiqish,
🔹 hujjat topshirish (roʻyxatdan oʻtish) shartlari, mavjud grantlar, va eng asosiysi, imtihon fanlari boʻyicha toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin boʻladi.

Shuningdek quyidagi yoʻnalishlarda “Master class”lar tashkil qilinadi:

🔅“Fashion design” yoʻnalishi liboslar taqdimoti va kiyim tikish asoslari;
🔅Rangtasvir yoʻnalishida chizgilar;
🔅Robototexnika asoslari;
🔅Arxitektura yoʻnalishida loyiha chizish asoslari;
🔅Koreya madaniyati bilan yaqindan tanishish;

🤗 Sizni oliygohimizda kutib qolamiz!

www.kiut.uz

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Buxoro tibbiyot instituti AQSH universitetlari bilan qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etadi

O‘tgan haftada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya AQSH safarida bo‘ldi.

Vazir boshchiligidagi vakillarimiz orasida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham "okean orti"dagi qator nufuzli universitetlar, tibbiyot va ta’lim muassasalarida bo‘lib, o‘zaro qator manfaatli muzokaralarda ishtirok etdi.

Batafsil: https://bit.ly/439wwE2

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Siz oʻqimoqchi boʻlgan universitetda...👇

- Sifatli ta'lim kafolatlansa
- Fikrlaringizni hurmat qiladigan oʻqituvchilar dars bersa
- Forma bilan boshingizni qotirishmasa
- Talabalar doimiy, har tomonlama qoʻllab quvvatlansa
- Oʻqishdan keyin ish bilan ta'minlashsa


Shunday joyda oʻqigan boʻlarmidingiz?

Javobingiz «Ha» bo’lsa, sizni tog`ri tanlov qilganingiz bilan tabriklagan holda O’zbekistondagi yangi International Digital University (IDU)ga sizni taklif qilamiz!

IDUda:
- Britaniya standarti asosida oliy ma’lumot
- IT va Biznes sohalari bo’yicha yuqori darajada ta’lim;
- 100 tagacha grant o’rinlari
- Universitet paytida malaka oshirish;
- Bitiruvchilar uchun rivojlangan mamlakatlarda ishlash imkoni.


Sizni kutmoqda!

👉 Agar siz ham IDU talabalari qatoriga qo’shilishni istasangiz quyidagi havola orqali ariza qoldiring, bir kun ichida bizning menejerlamiz siz bilan bog’lanib batafsil ma’lumot berishadi!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Kasb-hunar maktablari uchun qabul kvotalar tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida kasb-hunar maktablariga kunduzgi va dual ta’lim shakllari bo‘yicha jami 98 042 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

✔️
Shundan:

➡️ Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha – 93 310 ta;
➡️ Dual ta’lim shakli bo‘yicha – 4 732 ta.

💾 KUNDUZGI ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

💾 DUAL ta’lim shakli bo‘yicha kvotani yuklab olish👈

Hujjatlar 1-iyuldan 20-iyulga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, kasb-hunar maktablarida o‘qish to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kiritish bilan bogʻliq noqonuniy holatlarga chek qoʻyildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Namangan davlat universiteti oʻqituvchisi oʻzganing ishonchiga kirib, tanishlari orqali uning qarindoshini Qirgʻiz Respublikasidagi oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritib, soʻngra Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi umumtaʼlim maktabining ingliz tili oʻqituvchisi tanishlari yordamida Tayloq tumanida yashovchi fuqaroni xorijiy oliy taʼlim muassasasi talabasi ekanligi toʻgʻrisida soxta hujjat tayyorlab, Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-bosqichiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6000 AQSH dollari hamda uning qarindoshiga ingliz tili boʻyicha milliy sertifikat olib berish uchun 1200 AQSH dollari, jami 7200 AQSH dollari olgan vaqtida DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi va IJQK Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

Guliston shahrida yashovchi, 1997-y.t. shaxs Yangiyer shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroni Guliston davlat universitetining sirtqi boʻlimiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 6 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 5100 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlandi.Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, u mazkur pul mablagʻining 4600 AQSH dollarini viloyat Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi oʻqituvchisiga berishi kerakligi maʼlum boʻlib, ushbu shaxs ham 200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Tez Kunda ! Yangilik !

🚀 Matematikani 5-sinfdan boshlab o'rganuvchilar hamda majburiy blok matematikasi uchun onlayn pullik kursimizni boshlaymiz.

✅ Kursimiz 1-iyundan boshlanadi va 2 oy davom etadi.

✅ Kurs narxi oyiga 299.000 so'm

Qo'shimcha ma'lumotni quyidagi havola (ssilka) yordamida olishingiz mumkin

Ro’yhatdan o’tish

📞 Murojaat uchun: 91 929 7600

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

📚 Barcha abituriyentlar va maktab bitiruvchilari diqqatiga!

Oʻz kelajagingiz yoʻlida keyingi qadamni qoʻyishga tayyormisiz❓

Mentalaba.uz eng nufuzli taʼlim muassasalariga hujjat topshirishning oson va qulay usulini taqdim etadi hamda orzularingizga erishishingizga yordam beradi.

Ariza topshirishning murakkab tartibi haqida unuting. Mentalaba.uz sayti orqali oʻnlab oliygohlarga bir zumda hujjat topshiring va muvaffaqiyatli talabalar qatoriga qoʻshiling!

Nimani kutyapsiz? 🤔 Hoziroq ariza topshiring va yorqin kelajagingiz sari yoʻl oching!

Taʼlim boʻyicha qaynoq yangiliklar bilan Men talaba telegram kanalida tanishib borish mumkin.

Men talabada hujjat topshiring!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️"So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2022-2023-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” ishlab chiqildi.

Sizdan ushbu tadbirni mazkur tavsiya asosida tashkil etishingizni va tadbir davomida quyidagilarga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 25-may kuni ertalab soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish;

tadbirni tartibli oʻtkazish va oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida oʻquvchilar sonidan kelib chiqqan holda ushbu tadbirga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilarini jalb etish;

tadbirni mahalla qoʻmitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash;

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yigʻimlariga yoʻl qoʻymaslik;

maktab hayotida faol ishtirok etayotgan oʻquvchilarning ota-onalarini maʼnaviy ragʻbatlantirishga alohida eʼtibor qaratish.

“Soʻnggi qoʻngʻiroq” bayram tadbirini tantanali qismini oʻtkazish boʻyicha namunaviy ssenariy

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Nodavlat oliygohdan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi

Prezident qarori (15.06.2022, 279-son)ga ko‘ra talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.

🖊 Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi.

🗓 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

💵O‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

📢 Test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi uchun xodimga oyligiga ta’sir qilmagan holda imtiyozli ish shartlari qo‘llanishi mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldan kuchga kirgan Mehnat Kodeksida voyaga yetmagan farzandlari bo‘lmagan fuqarolarga qator imtiyozlar belgilangan.

Unga ko‘ra:

👉 O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi.

👉 Ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart.

👉 Ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar beriladi.

Bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda beriladi. Bu vaqt ish vaqtiga kiritiladi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha ish haqi to‘lanadi.

👉 Mazkur tanaffuslarning aniq davomiyligi va ularni berish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra ish beruvchi tomonidan belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Ixtisoslashtirilgan maktab-internatida biologiya fanidan dars beraman. Bir yil oldin sobiq Davlat test markazi tomonidan olgan milliy sertifikatim hozirda ishlayotgan maktabimda ustamaga asos bo‘lmayapti...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni asosida 2022-yil 1-sentabrdan boshlab sobiq Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarga har oylik qo‘shimcha ustam to‘lanishi belgilab qo‘yilgan.

Xususan, xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

Ma’lumot uchun, mazkur Farmonga asosan, sobiq Davlat test markazi tomonidan chet tili fani o‘qituvchilariga 30 va 15 foiz miqdorida ustama olish huquqini beradigan ma’lumotnomalar berish amaliyoti tugatilgan.

Joriy vaqtga qadar chet tili fani bo‘yicha ma’lumotnoma olgan o‘qituvchilarning ustamalari ushbu ma’lumotnomalar amal qilish muddati davomi saqlab qolinadi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2023-yil 8-aprel kuni boshlanib, 5-mayga qadar davom etgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (13-15-may) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ PIRLS–2021: O‘zbekistonlik o‘quvchilarning natijalari 56 ta davlat bilan solishtiriladi

Joriy yilning 16-may kuni 4-sinf oʻquvchilarining matnni oʻqib tushunish darajasini baholash boʻyicha PIRLS–2021 xalqaro tadqiqoti natijalari e’lon qilinadi.

Bu haqida mamlakatimizda ushbu tadqiqot sinovlarini o‘tkazgan tashkilot – Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi ma’lum qildi.

Ta’kidlash joizki, PIRLS–2021 O‘zbekiston maktablari ishtirok etgan ilk keng ko‘lamli xalqaro tadqiqot hisoblanadi. Uning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinadi.

Bu orqali boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini 56 ta rivojlangan mamlakatdagi (9 ta benchmarking tizimi) tengdoshlari bilan turli xil mezonlar bo‘yicha solishtirish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.

Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻtib qoʻyish lozim: https://bit.ly/4540lrk

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ “El-yurt umidi” jamg‘armasining stipendiya tanloviga nomzodlarni saralash test sinovlari

✅ 2023-yil 13-may kuni “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2023-yilgi 1-stipendiya tanloviga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari o‘tkaziladi.

👨🏻‍🎓 Test sinovlari xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish maqsadida hujjat topshirgan talabgorlar uchun bo‘lib o‘tadi.

⏳ Test sinovida talabgorlarga 50 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 120 daqiqa (2 soat) vaqt beriladi. Bunda talabgorlarning quyidagi bo‘limlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkaziladi:

📚 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun:

🔹 o‘qish savodxonligi (davlat tili)20 ta test topshirig‘i;
🔹 tahliliy fikrlash20 ta test topshirig‘i;
🔹 IQ  — 15 ta test topshirig‘i;

🎓 Magistratura va doktorantura mutaxassislik yo‘nalishlari uchun:

🔹 o‘qish savodxonligi (davlat tili)20 ta test topshirig‘i;
🔹 tahliliy fikrlash20 ta test topshirig‘i;
🔹 ilmiy maqola yozish ko‘nikmalari  — 15 ta test topshirig‘i.

🖥 Test sinovi barcha hududlarda kompyuterda elektron shaklda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

1001 ta maktabda baholash reytingi imtihonlarini o‘tkazish tartibi ma‘lum qilindi

Joriy yilning 20-may kuniga qur’a tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 1001 ta maktabda o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida ijtimoiy so‘rovnoma va nazorat ishlari o‘tkaziladi.

Joriy yildan boshlab baholash reytingida nodavlat ta’lim tashkilotlari ham ishtirok etishlari mumkin.

🕵️Baholash jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazilishini nazorat qilish vazirlikning mas’ul xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, shaffoflikni to‘la ta’minlash maqsadida bir nafar ota-onalar vakili kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi. Nazorat ishlarini o‘tkazish jarayonlari to‘liq video tasvirga olinadi hamda 1 yil davomida saqlanishi ta’minlanadi.

📌Nazorat ishlari ona tili va adabiyoti, matematika va kimyo fanlaridan o‘tkaziladi.

📝Shu bilan birga o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida ijtimoiy so‘rovnomalar tashkil etiladi.

⏱O‘quvchilarga ona tili va adabiyot hamda matematika-kimyo fanlaridan test savollarini yechish uchun 100 daqiqa, o‘qituvchilarning bilimini tekshirish maqsadida tegishli fanlarga oid o‘tkaziladigan test savollarini yechishga 20 daqiqa vaqt ajratiladi. So‘rovnoma savollariga javob berish uchun o‘quvchilarga 10-15 daqiqa, o‘qituvchilarga 20-25 daqiqa vaqt beriladi.

🗂 Umumta’lim muassasalari milliy reytingi doirasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma va nazorat ishlari natijalari hamda reytinga aloqador ma’lumotlar tahlil qilinadi.

📊 Tahlil natijalari asosida 2022-yil yakunlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek tuman (shahar) kesimida umumta’lim muassasalarining reytingi hamda tuman va shaharlarning ta’lim sifati bo‘yicha reytingi tayyorlanadi hamda yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin ommaga e’lon qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

🖋 Maktab direktori oʻrinbosari lavozimiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi
va Yoshlar ittifoqi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga ko‘ra,

Respublika boʻyicha 200 nafargacha direktor oʻrinbosari har chorakda (bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha) Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirib boriladi;

direktor oʻrinbosari umumiy oʻrta taʼlim maktablari direktori hamda tuman(shahar) yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi lavozimlariga tavsiya etiladi.

Shuningdek, direktor oʻrinbosari lavozimiga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

👉 Taʼlim muassasalari yoshlarining maʼnaviyatini yuksaltirish va boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida tanlov va tadbirlarni tashkil etish, toʻgaraklar faoliyatini muvofiqlashtirish;

👉 4-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Kamalak” va “Yoshlar ittifoqi” sardorlari faoliyati haqida targʻibot ishlarini olib borish;

👉 mahalla yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda maktablarda “Yoshlardaftari”da yaratilgan imkoniyatlar toʻgʻrisidagi targʻibot ishlarini tashkil etish.

🗂 Batafsil ma‘lumotga ega bo‘lish uchun qo‘shma qaror bilan tanishing

@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…
Подписаться на канал