⚡️Maktab direktori o‘rinbosarlari moddiy rag‘batlantirib boriladi
Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi Isroil Tillaboyevga ko‘ra, MMTV, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan navbatdagi qo‘shma qaror imzolangan.
👉 Unga ko‘ra, maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlariga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarida moddiy rag‘batlantirish mukofot pullari berib boriladi.
➡️ Rag‘batlantirish shartlari haqida kanalimiz (@uztdi) orqali batafsil ma’lumot beramiz.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hindistonlik ingliz tili va informatika mutaxassislari O‘zbekiston maktablariga jalb etilishi mumkin!
Londonda bo‘lib o‘tayotgan forumda vazir Hilola Umarova Hindiston Respublikasi Assam shtati federal taʼlim vaziri Doktor Ranoj bilan suhbat davomida Hindiston Respublikasi ingliz tili va informatika yo‘nalishlaridagi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini O‘zbekistondagi umumiy o‘rta taʼlim muassasalariga “ustoz-shogird” modeli asosida amaliyotga va taʼlim jarayoniga jalb etish masalasi muhokama qilingan.
Assam shtati federal taʼlim vaziri Doktor Ranoj ushbu masalada Britaniya Kengashining Hindiston vakolatxonasi bilan hamkorlikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga amaliy yordam berishga roziligini bildirgan.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
MenTalaba platformasining 10- va 11-sinf o’quvchilari uchun matematikadan respublika onlayn olimpiadasiga arizalar qabuli davom etmoqda. Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo’ladi!
Olimpiyada sovrinlari:
1️⃣O’rin: 1 000 000 so’m va Mentalaba olimpiada sertifikati
2️⃣O’rin: 700 000 so’m va Mentalaba olimpiada sertifikati
3️⃣O’rin: 400 000 so’m va Mentalaba olimpiada sertifikati
Olimpiadada qatnashish shartlari:
🔺10- va 11-sinf o’quvchilari bo’lishingiz;
🔺Mentalaba.uz platforamasida o’z profilingizni to’liq to’ldirgan bo’lishingiz shart.
🔺Olimpiadada qatnashishni tasdiqlash uchun hujjat topshirish knopkasini bosishingiz talab etiladi
🔺Instagram va Telegram kanallarimizga obuna bo’lishingiz talab etiladi
⏰Shoshiling Olimpiadaga ro'yhatdan o'tish 12-may kechki soat 12:00gacha davom etadi
Bu e’lonni Matematik do’stlaringizga tarqating!
MenTalaba kanalini kuzatib boring!
Chilonzordagi maktabda kaltaklangan pedagog ishi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
9-may kuni Kun.uzʻda Chilonzor tumanida joylashgan 178-maktabning oʻqituvchisi rahbarligidagi 4-sinf oʻquvchisining onasi tomonidan kaltaklangani haqidagi surishtiruv eʼlon qilingandi.
Shundan soʻng, Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati Kun.uz muxbiriga holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida maʼlumot bergan.
“Yetkazilgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ekspertiza xulosasiga koʻra, jabrlanuvchiga sogʻliqning qisqa muddat buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilgani aniqlangan. Tergov jarayonida barcha vajlar tekshirilib, yakuni boʻyicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi”, – deydi poytaxt IIBB matbuot kotibi Nilufar Isaxanova.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarda qatnashadigan maktablar roʻyxati
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Jizzaxlik yoshlar hunarmandchilikni oʻrganish uchun vodiyga yuboriladi
Prezident qarori (PQ-146 02.05.2023) ga koʻra, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jizzax viloyati hokimligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda, tajriba tariqasida, viloyatdagi 302 ta mahallaning har biridan besh nafargacha hunarmandchilikka qiziquvchi yoshlar 2023-2024-yillar davomida grafik asosida Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlaridagi hunarmandchilik maktablariga hunar oʻrganish uchun oʻquv kurslariga yuboriladi.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармонига мувофиқ, муддатидан илгари Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови 2023 йил 9 июль кунига тайинланди.
—
Указом Президента Республики Узбекистан досрочные выборы Президента Республики Узбекистан назначены на 9 июля 2023 года.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🧑🎓 Abituriyentlar nimani bilishi kerak?
👉 Bu yil ham imtihonda to'plash mumkin bo'lgan maksimall ball – 189 ball bo'ladi. Jami 5 ta fandan imtihon topshiriladi: 2 ta asosiymutaxassislik fani, 3 ta majburiy fan.
👉 Javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi. Bu yerda ko'rishingiz mumkin.
👉 Bu yilgi qabulda 1 mln 260 ming abituriyent OTMlarga hujjat topshirishi kutilyapti.
👉 Magistratura uchun chet tili sertifikatlari ro'yxati tasdiqlandi. Sertifikat filologiya yo'nalishlari uchun C1 daraja, boshqa barcha yo'nalishlar uchun esa B2 darajada bo'lishi kerak.
#Qabul2023
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#Vazirga_murojaat
#Bayonot_9
⚡️ AUDIOBAYONOT: ENG KO‘P KELIB TUSHAYOTGAN SAVOLLARGA JAVOBLAR
✅ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova tashabbusi bilan tashkil etilgan "VAZIRGA MUROJAAT" portaliga kelib tushayotgan mazmunan bir xil savollarga bayonot tarzida javob berishda davom etamiz.
❗️Bugungi audiobayonotimizda:
➡️ 00:07 Yurtimizda o‘tkaziladigan olimpiadalarning tuman bosqichida o‘rin olgan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga mukofot yoki moddiy rag‘batlantirish beriladimi?
➡️ 01:38 Joriy yil yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlarida sinf rahbarlari ham ishtirok etadimi? Ularning vazifalari nimalardan iborat?
➡️ 02:55 Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar uchun qanday ustamalar mavjud?
➡️ 04:23 Respublika olimpiadalarida g‘oliblik haqidagi diplomlarni yo‘qotganda, mazkur hujjatlarni qayta tiklash uchun qanday yo‘l tutish lozim?
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#admission2023
Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul boshlandi.
Universitet bakalavr va magistrlarni kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.
Universitet faoliyati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Litsenziya: №044527)
KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega.
📌Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot:
👉https://kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/
🤵Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyalik tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.
🗂 Onlayn hujjat topshirish: admission.kiut.uz
☎️ (+99878) 129-40-40 (ichki raqam – 1).
Telegram | Instagram | Facebook |kimyointernationaluniversity/featured">YouTube
⚡️ Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati muhokamaga qo‘yildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Unga ko‘ra:
👉 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi belgilanadi.
👉 Xalqaro sertifikatlar taqdim etishda hujjatdagi talabgorning ism-sharifi lotin harflarida hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bo‘lishi, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirayotgan talabgorlar aynan o‘zlari tanlagan til yo‘nalishi bo‘yicha til bilish darajasini baholovchi sertifikatni taqdim etishlari, til bilish darajasini baholovchi sertifikatlar til bilish ko‘nikmalarining barcha turlarini (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish) o‘z ichiga olishi lozim.
👉 Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/79549
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
✅ Imtihon davom etadi.
Keyingi imtihon sanasini kutib turgan do‘stlarimiz diqqatiga!
"Profi University"da yangi o‘quv yili uchun keyingi kirish imtihoni 18-may kuniga belgilandi.
Imtihonda qanday qilib ishtirok etish mumkin?
Hammasi oddiy va oson!
Profiuniversity.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tasiz. Imtihondan avval sizga aniq vaqt SMS tarzida yuboriladi.
😉 Darvoqe, ro‘yxatdan o‘tishdan avval qaysi yo‘nalish asosida o‘qimoqchilingizni yaxshilab o‘ylab oling.
Chunki bu eng muhim qarorlaringizdan biridir!
18-may kuni Toshkent filialida uchrashguncha!
Sizni imtihonda kutamiz!
📲1277
———————————————-
✅ Экзамены продолжаются.
Внимание друзья! Хотим уведомить вас про даты следующего экзамена!
Очередной вступительный экзамен на новый учебный год в «Profi University» был назначен на 18 мая.
Как принять участие в экзамене?
Все просто и легко! Вы регистрируетесь через сайт Profiuniversity.uz.
Время экзаменов будет отправлены абитуриентам по SMS-уведомлению.
😉 И ещё, перед регистрацией изучите направление университета и выберите ту, которую вы желаете изучить. Это одно из важных моментов и решений,
До встречи в Ташкентском филиале 18 мая!
Ждем всех вас на экзамене!
📲1277
@profiuniversity
⚡️ Nodavlat OTMlarning ayrim talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi
Hukumat qarori (№181 02.05.2023) bilan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yetim va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va sanitariya vositalarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi NIZOM tasdiqlandi.
Unga koʻra:
➡️ Oliygohlar – har yili 15-sentyabrga qadar joriy oʻquv yilida ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan ijtimoiy taʼminot yordami uchun mablagʻ miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritiladi;
➡️ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-oktyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan amaldagi oʻquv yili uchun ijtimoiy taʼminot yordami toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisob varaqlariga oʻtkazib beradi.
✅ Ijtimoiy taʼminot yordami talabalarning davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida taʼlim olayotganidan qatʼi nazar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
🟧 Kanalga ulanish: @nodavlat_otm
Abituriyentlar diqqatiga!
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti hujjatlar qabulini boshladi.
Batafsil ma'lumotlar va hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin.
Siz o'rta ta'limni bitirganlik haqidagi hujjatlarni olguningizga qadar o'zingiz tahsil olayotgan muassasaning (maktab, kollej yoki litsey) bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma'lumotnomani tizimga yuklashingiz mumkin.
MUHANDISLIK:
⁃ "Geologiya va geomuhandislik";
⁃ "Konchilik ishi";
⁃ "Kimyo muhandisligi";
⁃ “Neft va gaz muhandisligi";
⁃ "Axborot texnologiyalari".
TADBIRKORLIK:
⁃ “Tadbirkorlik va menejment";
⁃ “Xalqaro logistika".
XITOY ENERGETIKA INSTITUTI:
⁃ "Issiqlik energetikasi"(Xitoy oliy ta’lim dasturlari asosida).
KOREYA TEXNOLOGIYASI VA MADANIYATI KOLLEJI:
⁃ “Yashil texnologiyalar" (qayta tiklanadigan energiya manbalari)";
⁃ "Dizayn";
⁃ "Raqamli iqtisodiyot".
Ta'lim ingliz tilida olib boriladi.
☎️ +99855 705-50-05
+99897 575-48-29
Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
Oʻzbekiston maktablari ilk marotaba matematika va tabiiy fanlardan tendensiyalarni baholash xalqaro tadqiqoti (TIMSS)da ishtirok etmoqda.
Taʼlim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan imzolangan shartnomaga muvofiq, ushbu tadqiqot Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi tomonidan o'tkazilmoqda.
Ta‘kidlash joizki, ushbu tadqiqot test savollari konfidensial (maxfiy) hisoblanadi hamda natijalari maktab, tuman (shahar) yoki hudud kesimida e’lon qilinmaydi. Balkim umumlashtirgan holda O‘zbekiston natijasi sifatida xalqaro tashkilot tomonidan 2024-yilda e‘lon qilinadi.
📊 Tadqiqotda o’quvchilardan tashqari maktab direktorlari, oʻqituvchilar, ota-onalar so’rovnomalarda ishtirok etishmoqda.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️ Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnoma berish boshlandi
📆 2023-yil 14-may (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadigan ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni uchun ruxsatnomalarni berish boshlandi.
🖥 Test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan olishlari mumkin.
✅ Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
📌 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida:
1️⃣-smenada 07:30 dan boshlab (test sinovi 09:00 da);
2️⃣-smenada 12:30 dan boshlab (test sinovi 14:00 da) kiritiladi.
❕ Test sinoviga kechikkan yoki kelmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Test topshiriqlari soni va baholash mezoni
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida abituriyentlarga beriladigan test topshiriqlari soni va baholash mezoni:
▶️ Majburiy 3 ta fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) bo‘yicha:
🔹 har bir fandan 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 1,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 33 ball.
1️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔸 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔸 har bir to‘g‘ri javob uchun — 3,1 balldan;
🔸 maksimal ball — 93 ball.
2️⃣-mutaxassislik fani bo‘yicha:
🔹 test topshiriqlari soni — 30 ta;
🔹 har bir to‘g‘ri javob uchun — 2,1 balldan;
🔹 maksimal ball — 63 ball.
📚 Umumiy 5 ta fan bo‘yicha test topshiriqlari soni — 90 ta. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.
🔗 Ta’lim yo‘nalishiga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan ushbu havolada tanishish mumkin.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓Milliy gvardiyada ishlash uchun qayerda o'qish kerak?
👮♀️Buning uchun Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida o'qish mumkin. Institut kursanti bo'lish uchun bir qancha talablarga javob berish kerak.
⚡️ Prezidentning “Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra:
2023-yil 1-avgustdan boshlab soliq toʻlovchilar tomonidan yoshidan qatʼi nazar farzandlarining Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlarida taʼlim olishlari uchun yoʻnaltiriladigan toʻlovlar soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi. Ushbu tartib taʼlimning barcha bosqichlari — maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimiga joriy etiladi.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ 2022-2023-oʻquv yili Maktablar reytingi
Joriy yilning 10-20-may kunlari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari reytingini aniqlash jarayonida 9-sinf oʻquvchilari orasida Ona tili va adabiyot, matematika hamda kimyo fanlaridan nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkaziladi.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#hamkorlik 🇺🇿🤝 🇷🇺
🏛 Namangan Xalqaro Universitetida muhim hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi
Rossiya Federatsiyasidagi oliygohlarga 6 mingdan ortiq abituriyentlarni talaba bo‘lishiga ko‘maklashgan hamda "Xayitov_Jahongir_Qalqon">QALQON" ijtimoiy loyiha asoschisi Jahongir Xayitov hamkorlik yuzasidan universitetimizga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida Rossiyadagi Top-1000 talikka kirgan oliygohlar bilan qo‘shma ta‘lim dasturlari, xorijiy professor-o‘qituvchilarni oliygohimizga jalb etish hamda pedagog kadrlarni malaka oshirish uchun nufuzli oliygohlarga yuborish masalalari kelishib olindi.
NamXU — kelajagingizni professionallarga ishoning!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
✈️Telegram | 📷Instagram | 🌐web-sayt
“Kundalik” elektron sinf jurnaliga oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) fan oʻqituvchisi nima sababdan va qaysi sana ustuniga baho qoʻymaganligini batafsil ifodalab maktab direktori nomiga tushuntirish xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;
b) maktab direktori va direktorning oʻquv ishlar boʻyicha oʻrinbosari fan oʻqituvchilaridan tushgan yozma murojaatlar asosida oʻz vaqtida qoʻyilmagan joriy, chorak va yillik baholar ustunidagi kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha hamda Xalq taʼlimi vazirining (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi) 2022-yil 24- iyundagi 205-son buyrugʻining 7-bandida koʻrsatilgan funksional vazifalariga sovuqqonlik bilan qaragani, oʻz majburiyatlarini toʻliq bajarmaganligini ifodalab tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomiga tushuntirish xati yozgan holda yozma murojaat qiladi;
d) maktab direktorlaridan tushgan yozma murojaatlar asosida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri kamchilikka yoʻl qoʻygan rahbar xodimlar va pedagog kadrlar ishtirokida tanqidiy koʻrinishda kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha muhokama yigʻilishini oʻtkazadi.
Muhokama yigʻilishi bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma qarorida: ‒ oʻz vaqtida baho qoʻyishga ulgurilmagan, tizimda muzlatilgan ustun sanasi, oʻquvchining sinfi, F.I.Sh va bahosi koʻrsatilib, ushbu sanaga baho qoʻyish imkoniyatini yaratish maqsadga muvofiq deb topilishi;
‒ muhokama yigʻilishi bayonnomasining nusxasi tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi mudiri nomidan rasmiy xat bilan hududiy boshqarmaga taqdim etilishi kerakligi koʻrsatib oʻtilishi kerak.
e) Muhokama yigʻilishi bayonnomasining nusxasi hududiy boshqarma tomonidan rasmiy tarzda Vazirlikka taqdim etilganidan soʻng muzlatilgan ustundagi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarining xati
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
BARCHA TURAR JOY IZLAB YURGAN TALABALAR DIQQATIGA💋
STARS International University Toshkentda o‘zining PREMIUM CLASS Talabalar Turar Joyini (TTJ) barcha davlat, nodavlat va xalqaro oliy ta‘lim muassasalarida tahsil oluvchi Talabalarga taklif qiladi 😎
😍TTJ da quyidagi qulayliklar mavjud:
🏖Dam olish hududi + PlayStation 5
📺 Shaxsiy Smart TV + 3000 dan ortiq kanallar, 2000dan ortiq filmlar (quloqchinlari bilan)
📶500 mb/s tezlikdagi bepul WI-FI
🗄Shaxsiy javonlar - 2 tadan
💳Shaxsiy elektron kalit - 2 tadan
🚾Zamonaviy hojatxonalar
🛁Zamonaviy alohida yuvinish xonalari
💦24/7 issiq va sovuq suv
❄️Muzlatgichlar
🔥Mikroto'lqinli pechlar
🧺Kir yuvish mashinalari
🤲🏻 Ibodat uchun xona
⚡️24/7 to‘xtovsiz elektr energiyasi (shaxsiy generator)
🧺Bundan tashqari, talabalarning kiyimlari va choyshablari TTJ xodimlari tomonidan BEPUL yuviladi va dazmol qilib beriladi!
📹🧯Talabalarning shaxsiy mulklari xavfsizliklari uchun video kuzatuv hamda yong'inga qarshi tizim o'rnatilgan.
🏅Har SHANBA va YAKSHANBA kunlari STARS International Universityning jismoniy tarbiya bo’yicha professional trenerlar bilan:
🏊Suzish⚽️Futbol🏋️♂️Fitness🥋Dzyudo🤼♂️Kurash🥊Boks 🏀Basketbol🏐Voleybol va hokazo… sport turlari bilan bepul shug'ullanishingiz mumkin💪🏻
😍STARS TTJ📍Toshkent shahrida eng qulay lokatsiyada ya'ni, Buyuk Ipak Yo'li metrosining 🚇 chorrahasidan 250metr masofada joylashgan! 🛣️
⬆️STARS TTJ yilda 12 oy to'xtovsiz ishlaydi‼️
🏢Boshqa davlat, nodavlat va xorijiy OTM-larida tahsil oluvchi talabalar uchun 1 oylik Talabalar Turar Joy to’lovi:
Kunduzgi / Kechki : 1 mln 100 ming so‘m
Sirtqi : 1 mln 380 ming so‘m
Bu to’lovlar yuqorida sanab o’tilgan barcha qulayliklarni o’z ichiga oladi👆🏻
🏃Shoshiling
🛏Joylar soni cheklangan‼️
📨 Ro’yxatdan o’tish uchun havola
📍 Manzil
📞 Qo‘shimcha savollar uchun
+998942590080
✈Telegram 📷 Instagram | 📒Facebook | 🖤YouTube | 😍stars.university.uz
⚡️Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari
🔰Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).
💬Unga ko‘ra:
◀️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩Umumiy 2023/2024-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.
‼️Eslatma o‘rnida, ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi 6 oy oldin tasdiqlangan edi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga kamida besh yil pedagogik stajiga ega o’qituvchilar qabul qilinadi
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga faqatgina ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan.
Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi umumta’lim muassasasi direktorlaridan oliy ta’lim muassasalariga 2023/2024-o‘quv yiliga kirish test imtihonlarida ishtirok etish uchun hujjat qabuli boshlangunga qadar maktabda faoliyat yuritayotgan oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan o‘qituvchilarga tegishli ma’lumotlarni vazirlikning “Yagona elektron tizimi- erp.maktab.uz” dasturiga kiritishlarini so’raydi.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Joriy yilning 6-may kuni Buyuk Britaniyadagi Koventri universitetining Markaziy Osiyodagi hamkori UDEA abiturientlar va ularning ota-onalarini 2023-24 o’quv yiliga bag’ishlangan “Ochiq Eshiklar” kuniga taklif etadi.
Koventri universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlarining top 651-700 taligiga kiradi (QS World University Rankings 2023).
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
Batafsil ma’lumot uchun:
+998 (78) 888-08-00
UDEA: Telegram | Instagram | Facebook
Chilonzordagi bog‘cha rahbari xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashib, bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi uchun lavozimidan ozod qilindi
Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 230-maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori bog‘cha hududiga begona shaxsni kirishiga yo‘l qo‘yib berganligi, tarbiyalanuvchi bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yganligi, ichki mehnat tartib- qoidalarini buzganligi va o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi sababli u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 5-bandiga asosan bekor qilindi.
Ayni damda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 119-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Avvalroq, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi bogʻcha direktorining 15 yoshli oʻgʻli 4 nafar qizchaga tegajogʻlik qilgan bo’lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️ Davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning talabalari uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi
Hukumat qarori (2023.02.05. №181) bilan Davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy OTMlarining filiallari va nodavlat OTMlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra:
👉 oliygohlar – har yili 15-oktyabrga qadar joriy oʻquv yili uchun stipendiya oluvchi talabalar soni hamda ularga toʻlanadigan stipendiya miqdorini hisoblaydi va byudjetdan zarur mablagʻlar ajratilishi yuzasidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga soʻrovnoma kiritadi;
👉 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi – har yili 1-noyabrga qadar tashkilot tomonidan taqdim etilgan soʻrovnomalarga asosan joriy oʻquv yili uchun stipendiya toʻlovlariga sarflanadigan mablagʻlarni toʻliq hajmda ularning hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
👉 Davlat oliy taʼlim muassasalarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun stipendiya mablagʻlari ushbu muassasalarning byudjet xarajatlar smetasida nazarda tutiladi.
📌 Ma’lumot uchun, OTMlarning bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident stipendiyalari davlat, nodavlat va xorijiy OTMlarning, shu jumladan, qoʻshma taʼlim dasturlarida butun oʻqishi davomida faqat aʼlo baholarga oʻqiyotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan oxirgi kurs talabalariga tayinlanadi va toʻlanadi.
Prezident stipendiyalari har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat bosqichidagi bir nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi va toʻlanadi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi
✅ Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha may oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.
📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 6-7-may kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 11-31-may kunlari bo‘lib o‘tadi.
📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
👨🏻💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❕ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.
📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): telegra.ph/Chet-tili-05-03
Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada (7-iyun kuni) e’lon qilinadi.
@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Toshkent texnologiyalar universiteti
2023/2024-o'quv yili kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari bo'yicha yo'nalishlar:
💻 Axborot texnologiyalari:
• Dasturiy injiniring
• Kompyuter injiniringi
• Axborot tizimlari va texnologiyalar
🤝 Biznes texnologiyalari:
• Iqtisodiyot
• Bank ishi va auditi
• Yurisprudensiya (Biznes huquqi)
💡 Ta'lim texnologiyalari:
• Psixologiya
• Boshlang'ich ta'lim
• Texnologik ta'lim
🌐 Til texnologiyalari:
• O'zbek tili va adabiyoti
• Xorijiy til va adabiyoti
Ariza topshirish: ttu.uz
Litsenziya 062346-son (08.02.2023), batafsil bu yerda.
👉 Rasmiy sahifamiz: @ttu_uz
📞 +998 (71) 200-80-40