uztdi | Неотсортированное

Telegram-канал uztdi - Ta'lim nazorati

95859

Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar) Savollar bo‘yicha: @Uztdibot Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot

Подписаться на канал

Ta'lim nazorati

#Bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, quyidagi yo‘nalishlarda 3 yil o‘qib, bakalavr diplomini olish mumkin:

Musiqa ta'limi
Jismoniy madaniyat
Texnologik taʼlim
Chaqiriqqacha harbiy taʼlim
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Pedagoglarga qoʻshimcha ishlar va majburiyatlarni bajarganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi

Ayni paytda Oliy Majlis qonunchilik palatasida “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.

Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra:

👉 Pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi;

👉 pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi;

👉 ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodimni biriktiriladi;

👉 davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarni davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi;

👉 pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi;

👉 ellik olti ish kunidan iborat yillik haq to‘lanadigan uzaytirilgan ta’til beriladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Bugun “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi

Pedagog xodim maqomini belgilash, ularning obro‘sini yana-da yuqori ko‘tarish, shaʼni va qadr qimmatini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida pedagog hodimlarning huquq va majburiyatlari, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda ularning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi to‘g‘risidagi normalar belgilanmoqda.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’limdan 12 yillikka uzaytirilayotgani to‘g‘risidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qilamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Maktab bitiruvchilari uchun 2 mlrd so‘mlik olimpiada eʼlon qilindi

Namangan shahrida joylashgan “University of Business and Science” 10-11-12-may kunlari maktab bitiruvchilari o‘rtasida sovrin jamg‘armasi 2 mlrd so‘mlik viloyat fan olimpiadasini e'lon qildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta‘limi boshqarmasi hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan bellshuvlarda o‘quvchilar quyidagi fanlar bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi:

Matematika;
➖ Ingliz tili;
➖ Tarix;
➖ Ona tili va adabiyot
.

Olimpiada g‘oliblari pul mukofotlaridan tashqari “University of Business and Science” ga grant kvotalari va noutbuklar bilan, ularning o‘qituvchilari esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Joriy hafta "Teatr haftaligi" deb e'lon qilindi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tomonidan haftalik targ‘ibot ishlar rejasi tuzilib, unga ko‘ra joriy hafta “Teatr haftaligi” deya e’lon qilindi.

Ushbu haftalik davomida talabalar teatr jamoalari tomonidan sahnalashtirilgan asarlar haqida postlar, xabarlar, videolar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali berib boriladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Yutuqqa erishgan va kichik kurs talabalariga yotoqxonaga joylashishda imtiyoz berilishi rejalashtirilgan

Hukumat qarori loyihasiga koʻra imtiyozli roʻyxatga kiradigan talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyi umumiy sigʻimining 7 foizgacha bunda, 2023/2024 oʻquv yili uchun quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida:

➖ xalqaro va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan Respublika miqyosdagi fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;

➖ “Yil talabasi” koʻrik tanlovi Respublika bosqichi gʻolibi (Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi);

➖ talabalar turar joyida doimiy ravishda talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari;

➖ “Zakovat” intellektual oʻyinlari Respublika bosqichi gʻoliblari;

➖talabalar teatr studiyalari tanlovining Respublika bosqichi gʻoliblari;

➖ yozgi taʼtil davrida yoshlar mehnat otryadi tarkibida talabalar turar joylarini taʼmirlashda ishtirok etgan talabalarga ustuvorlik beriladi.

Mazkur roʻyxatga kiritilgan talabalar oliy taʼlim muassasasi rektori buyrugʻi, asoslovchi hujjatlar ilova qilingan holda maxsus axborot tizimiga kiritiladi.

Bir qancha imtiyoz guruhiga kiruvchi talabalarning ustunligi boʻyicha yuqori imtiyoz inobatga olinadi.

Umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun oliy taʼlim muassasasi talabalar turar joyiga qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣ kurs talabalari uchun 55-65 foizi;
2️⃣ kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
3️⃣ kurs talabalari uchun 5-10 foiz;
➖bitiruvchi kurs (4️⃣ va undan yuqori kurslar) talabalari uchun 5 foizgacha ajratiladi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish ham 2024-yil 1-yanvardan boshlanadi.

Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari maʼlum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda majburiy attestatsiyaga jalb qilinishi kerak bo‘lgan pedagoglarning amaldagi malaka toifalari 2024-yilga qadar amal qiladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ 11-sinf o‘quvchilari uchun onlayn olimpiadaga start berildi

4 ta fandan onlayn olimpiadalar o‘tkazilishi to‘g‘risida xabar bergan edik.

🗓 Bugun, 29-aprel kuni 11-sinf o‘quvchilari uchun onlayn olimpiadaga start berildi.

⏰ Olimpiadada qatnashishni istaganlar Matematika, Fizika, Kimyo, Biologiya va Ingliz tili fanlaridan 10:00 dan 19:00 gacha ishtirok etishi mumkin.

📲 http://oo.uzedu.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi va ishtirokchi o‘zining login-paroli bilan qatnashadi.

‼️ Eslatib o‘tamiz, onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarning maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilingan.

Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️#ДИҚҚАТ

БАРЧА ЎҚИТУВЧИЛАР ДИҚҚАТИГА❗️

Ўқитувчилар фаолиятида учрайдиган барча муаммоларга ёрдам кўрсатиш учун "ЮРИСТ ХИЗМАТИ" фаолият юритиб келмоқда

Эндиликда, МАЛАКАЛИ ЮРИСТЛАР ЖАМОАСИдан иборат "ЮРИСТ ХИЗМАТИ" орқали педагогларимиз саволларига қонуний асосланган, аниқ, лўнда ва ечимли юрист жавоби тақдим этилмоқда ва педагоглар муаммолари ҳал бўлиб, рози бўлишмоқда. Хусусан:

👉 Ўқувчи дарсга келмагани учун ўқитувчига интизомий жазо бериш тўғрими?

👉 Референдумга жалб қилинганларга иш ҳақи қандай тўланади?

👉 Аттестациядан ўта олмаган ходим билан меҳнат шартномаси қай тартибда бекор қилинади?

👉 Аттестациядан ўтолмаган ўқитувчи ишдан бўшатиладими?

👉 Мактабда ҳамма ўқитувчи соат 8:00 дан 17:00 гача бўлиши шартми?

👉 Мактаб ўқитувчиларидан йиллик иш режалар ва бошқа ҳужжатларни қоғоз вариантини тахлашни талаб қилиниши тўғрими?

👉 Ўқитувчиларни навбатчиликка қўйиш тақиқланади❗️

👉 Ўқитувчиларга ҳар ойда 5 млн.сўм устама тўланиши мумкинлиги ҳақида биласизми?

Бу каналга ҳозироқ уланиб қўйинг. Эртами, кечми муаммоларга дуч келганингизда бу хизмат сизга жуда асқотади
👇👇👇

👉 /channel/Yurist_Xizmati

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

❓Milliy sertifikat imtihonlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga kirishda ham tan olinadimi?

Ushbu savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig'i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️Hozirning o’zida may oyida qancha maosh olishingizni bilib oling!

Xabaringiz bor, Prezidentning tegishli qarori bilan 1-maydan boshlab byudjet tashkilotida ishlovchi xodimlarning oyliklari 7 foizga oshirildi.

@oylikhisoblaydigan_bot yordamida may oyidan boshlab oladigan oylik maoshingizni turli ustamalar, soliqlar va qo‘shimchalar bilan birga hisoblashingiz mumkin.

👉 Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va foydalanishni boshlang!

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

“IT-mutaxassis” yoki “Biznesmen” boʻlishni istaysizmi ?

Unday boʻlsa, IT va biznes sohasida IDU universitetida GRANTda oʻqishni qoʻldan boy bermang!

IDU - International Digital University
(Xalqaro Raqamli Universitet) 90% grantda oʻqishni taklif etadi.

📥Hujjatlar 11-mayga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.

🎲 Universitetga kirish imtihoni 13-may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fursatni qoʻldan boy bermang!
Joylar soni chegaralangan!

Xalqaro diplom;
Britaniya ta’lim standartlari;
Oʻqish mobaynida IT-kompaniyalarda malaka oshirish;
Bitiruvchilar uchun AQSH va Yevropa mamlakatlarida ish faoliyatini yuritish imkoniyati.

21-asrning eng talabgir IT va biznes yo'nalishlar sizni kutmoqda.

🔗Batafsil maʼlumot

Telegram | Instagram

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kundalik.comda sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kundalik.com tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra:

MMTV huzuridagi Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasining iltimosiga binoan, sinf rahbarlari uchun davomat bo‘yicha qo‘shimcha belgilar joriy etildi.

Uzrli sababli:
➖ Uzrli sababga ko‘ra qatnashmaslik (р | dq)
➖ Kasallik sababli yo‘qligi (б | k)

Uzrli sababsiz:
➖ Uzrli sababsiz qatnashmaslik (н|s)
➖ Muntazam o‘tkazib yuboradi (c | m)
➖ Ruxsatsiz xorijda (зг | ch)
➖ Ota-onalar o‘qishiga qarshilik qiladilar (рп | q)
➖ Ota-ona nazorati yo‘q (бк | ns)
Turmush qurganligi sababli o‘tkazib yuborgan (cн | tq)

Boshqa sabablar:
➖ Darsga kechikkanligini bildirish (o | kq)

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Joriy yildan boshlab nodavlat maktablar ham baholash reytingida ishtirok etishlari mumkin

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori asosida tuman (shahar)lar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kesimida umumtaʼlim muassasalarining reytingi tuzib kelinmoqda.

Ushbu jarayonda qurʼa tashlash yo‘li bilan tanlab olingan 10 foiz maktablardagi 9-sinf o‘quvchilarining bilimlari baholanadi, o‘qituvchilar o‘rtasida xalqaro TALIS baholash dasturi metodikasi asosida ijtimoiy so‘rovnoma o'tkaziladi.

Joriy yilda mazkur jarayonlarga yangilik kiritish maqsadida yurtimizda faoliyat olib borayotgan nodavlat taʼlim tashkilotlari faoliyatini ham baholash nazarda tutilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy reytingda ishtirok etish istagini bildirgan nodavlat taʼlim tashkilotlarini https://forms.gle/tAhZ5EbfbiZBLURS7 havolasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlarini so‘rab qolamiz.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

👉Maktab reytingini aniqlash bo‘yicha NIZOM

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ishlanmaydigan bayram kunlari soni 10 taga yetadi

Mehnat kodeksidagi ishlanmaydigan bayram kunlari ro‘yxatiga 11 noyabrni ham qo‘shish taklif etilyapti. Bu sana O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni hisoblanadi.

Tegishli qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi fraksiyalarda muhokama qilinyapti.

Qonun bilan, Mehnat kodeksining 208-moddasiga qo‘shimcha kiritiladi.

Hozirda bu moddada 9 ta ishlanmaydigan bayram kunlari sanab o‘tilgan:

👉 1-yanvar – Yangi yil;
👉 8-mart – Xotin-qizlar kuni;
👉 21-mart – Navro‘z bayrami;
👉 9-may – Xotira va qadrlash kuni;
👉 1-sentabr – Mustaqillik kuni;
👉 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni;
👉 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni;
👉 Ramazon hayitining birinchi kuni;
👉 Qurbon hayitining birinchi kuni;

📌Bu ro‘yxatga 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kunini ham qo‘shish taklif etilyapti.

UPD: Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining “Pedagog maqomi to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasi bo‘lib o‘tmoqda.

👉 Mazkur qonun loyihasi bilan sohaga kiritilayotgan o‘zgarishlar haqida kanalimiz (@uztdi)da batafsil ma’lumot berib boramiz.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Maktabda taʼlim berayotgan erkak pedagoglar soni soʻnggi 5 yilda qariyb 28 ming nafarga oshgan 

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yilida respublika boʻyicha umumtaʼlim muassasalarida taʼlim berayotgan pedagoglar soni (oʻrindoshlarsiz) 521,6 ming nafarni tashkil etgan.

✅ Shundan 159,9 ming nafari yoki jamiga nisbatan 30,7 % ini erkak pedagoglar tashkil etgan.

✅ 2022/2023 oʻquv yilida 2018/2019 oʻquv yiliga nisbatan erkak pedagoglar soni 27,8 ming nafarga yoki 21,0 % ga koʻpaygan.

@oylikhisoblaydigan_botoylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ O‘quvchilar uchun may oyi “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
hamda Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan joriy yilning may oyi barcha tuman (shahar)larda “Teatr oyligi” deb e’lon qilindi.

Bundan yoshlarda badiiy va estetik madaniyatni rivojlantirish va o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsad qilingan.

Oylik doirasida Madaniyat va turizm vazirligi tizimidagi 40 ta teatr jamoasi tomonidan maktab o‘quvchilari uchun turli mavzularda spektakllar namoyish etiladi. Bundan tashqari chekka hududlar uchun ko‘chma teatrlar tashkil qilinadi.

O‘quvchilar ro‘yxati shakllantirilgan holda hafta davomida jadval asosida o‘quvchilarga bepul teatr namoyishlari tashkil etiladi.

🔘 Eslatib o‘tamiz, joriy hafta Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan haftalik targ‘ibot ishlar rejasi tuzilib, unga ko‘ra “Teatr haftaligi” deya e’lon qilingan edi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi maʼqullandi

Bugun 1-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Pedagog xodimning maqomi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.

Ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilyapti:

👉 pedagoglar mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan sudga murojaat qilganida davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi;

👉 pedagog xodimni lavozim majburiyati va kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, yig‘ilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish taqiqlanadi;

👉 ilk bor kasbiy faoliyat boshlayotgan shaxsga bir o‘quv yili davriga o‘qituvchi-murabbiylikni amalga oshiruvchi pedagog xodim biriktiriladi;

👉 davlat ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida majburiy tibbiy ko‘rikdan bepul o‘tadi;

👉 pedagog xodimning kasbiy faoliyati davomida yuqumli kasalliklarga qarshi bepul profilaktik emlash davlat tomonidan ta’minlanadi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Bugundan (1-may) boshlab, nimalar o‘zgaradi?

📊 Prezident Farmoniga koʻra, byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston hududida:

➖ mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 soʻm;
➖ bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 soʻm etib belgilanadi.

Bundan tashqari,

👉 Qonunchilikka koʻra, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida inson huquqlari va gender tenglik boʻyicha oʻquv kurslari (soatlari) joriy qilinadi.

Bunda,

🔸 2023/2024-oʻquv yilidan professional va oliy taʼlim tizimida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” boʻyicha oʻquv va maxsus kurslar joriy etiladi.

🔸 2023-yil 1-iyungacha mazkur kurslar joriy etiladigan professional va oliy taʼlim tashkilotlarining aniq roʻyxati shakllantiriladi.

🔸 2023-yil 1-iyundan boshlab har yili “Inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi taʼlim va innovatsiyalar” milliy tanlovi oʻtkazib boriladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ERTAGA ONLAYN TEST!
YUTUQ:
1.100.000 SO'M!

📆 Ertaga, 30-aprel kuni Oliygoh.uz platformasi Respublika miqyosidagi keng qamrovli navbatdagi 39-onlayn DIAGNOSTIK IMTIHON'ga start beriladi.

➖ Onlayn imtihon xuddi Davalat imtihon standartlari asosida tashkil etilib, barcha fanlardan kirish imtihonlari andozasidagi 5 BLOKLI test savollari taqdim etiladi.

💰 Umumiy sovrin: 1.1 MILLION so'm
📊 G'oliblar soni: 22 nafar
🔥 Imtihonda qatnashish: BEPUL

📚 BLOK TEST barcha fanlardan bo'lib o'tadi. O'zingizga mos yo'nalishni tanlang:

👉 Huquq + Ingliz tili
👉 Ingliz tili + Matematika
👉 Ingliz tili + Ona tili
👉 Kimyo + Biologiya
👉 Matematika + Ingliz tili
👉 Matematika + Ona tili
👉 Matematika + Fizika
👉 Ona tili + Ingliz tili
👉 Ona tili + Matematika
👉 Ona tili + Tarix
👉 Tarix + Geografiya
👉 Tarix + Ingliz tili
👉 Tarix + Ona tili
👉 Biologiya + Ona tili
👉 Biologiya + Kimyo
👉 Kimyo + Matematika
👉 Geografiya + Matematika
👉 Boshqa yo'nalishni tanlash

Testning afzalliklari:

DTM standartidagi savollar
Asosiy fan + majburiy fanni tanlash
Barcha fanlardan blok test
To'g'ri javoblar tahlili
Umumiy natijalar mandati
Test yakunida barchaga sertifikat
Pul yutib olish imkoni.

☝️Eng muhimi, test yakunida qaysi oliygohga kirishingiz mumkinligi haqida tahliliy ma’lumotlar beriladi.

👨🏻‍💻 Testga ro'yxatdan o'tish:
👉 Ro'yxatdan o'tish
👉 Ro'yxatdan o'tish

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Abituriyentlarga Davlat OTMga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Unga koʻra,

➖ 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga ijara toʻlovining bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

🔹 Bilim va malakani baholash agentligi tomonidan 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab abituriyentlar uchun Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga hujjat topshirish jarayonida talabalar turar joyiga boʻlgan ehtiyojini belgilash imkoniyati yaratiladi.

➡️ 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab talabalar yotoqxonaga joylashish uchun faqat davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda – YAIDXP) orqali murojaat qiladilar.

👉 Loyiha bilan batafsil tanishib chiqing

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Kunning muhim yangiliklari

👉 Milliy sertifikat imtihonlarining 1-yarim yilligi may oyida yakunlanadi.

❓Milliy sertifikat imtihonlari natijalari oliy ta’lim muassasalariga kirishda ham tan olinadimi?

❓Milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama haqi belgilanadimi?

⚡️Hozirning o’zida may oyida qancha maosh olishingizni bilib oling!

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga ustama haqi belgilanadimi?

Ushbu savolga Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig'i Zafarbek Olimbekov javob berdi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Milliy sertifikat imtihonlarining 1-yarim yilligi may oyida yakunlanadi. 2-yarim yilligi esa oktyabr oyidan boshlanadi.

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi boshqarma boshlig'i Zafarbek Olimbekov ma’lum qildi.

👉 Milliy sertifikat imtihonlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Prezident maktabiga qachon va qanaqa hujjatlar topshiriladi?

Prezident maktabining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

📋 talabgor toʻgʻrisida maʼlumotnoma;

📷 talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

📂 oʻquv yili natijasiga koʻra talabgor baholari (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

🪪 📞 Talabgor va uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari va aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.

📍Hujjatlar faqat nomzod oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Prezident maktablariga talabgorning 4-sinfda matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik baholari "5" bo‘lishi lozim

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov Prezident maktablariga 2023-2024 o‘quv yiliga qabul yuzasidan ma’lumot berdi:

👉 Prezident maktablariga har yili 2 ta 5-sinfga 24 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.

👉 Talabgorning ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda hujjatlarni topshiradilar.

👉 Prezident maktabiga kirish imtihonlari 2 bosqichda o‘tkaziladi.

👉 Kirish imtihoni natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun mobaynida e’lon qilinadi.

👉 Prezident maktabining kirish imtihonlaridan o‘tgan o‘quvchilar to‘liq bepul ta’lim olishadi.

👉 Kirish imtihonlari davlat va qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) tillarida hamda talabgorning tanloviga muvofiq ingliz tilida o‘tkaziladi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga
ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

⚡️ Kundalik.com: Endi o‘qituvchi bitta sahifada ham uy vazifasini berishi, ham baho qo‘yishi, ham mavzuni ko‘rishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Kundalik.com tizimiga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra:

❇️ “Kun uchun jurnal”da “dars o‘tkazildi” katagiga belgi qo‘yish mumkin bo‘ldi. Endi o‘qituvchilar “Kun uchun jurnal”da davomat va baholarni hamda darhol dars o‘tkazilganligini belgilashlari mumkin.

💻 O‘qituvchilar jurnalni “Kundalik”ning veb-talqinida, mobil brauzerda, shuningdek Kundalik.Teacher ilovasida to‘ldirishlari mumkin.

🔰 Direktorlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun “Ma’naviyatni boshqarish, Maktab” hamda “Ma’naviyat boshqaruvi”, “Sinf rahbari uchun” davomat hisobotlari paydo bo‘ldi. Bu esa nazorat qiluvchi organlarga ma’lumotlarni uzatishni soddalashtiradi.

@oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…

Ta'lim nazorati

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun toʻlanadigan ustamalar maʼlum qilindi

Qoʻshimcha pedagogik faoliyat uchun:

➖ Sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 26,4 foizidan 52,8 foizigacha;

➖ Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 8,8 foizidan — 17,6 foizigacha;

➖ Informatika kabineti mudirligi uchun — mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 17,6 foizi;

🔹 Toshkent islom universitetini bitirgan pedagog xodimlarga —lavozim maoshining 20 foizi;

Boshqa hududlardan jalb qilingan pedagoglar uchun:

🔸 Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda dars berish uchun bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan, oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 50 foiz;

🔸 boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foiz;

🔸 Olis hududlarda joylashgan maktablarda boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga — ish stajidan kelib chiqib bazaviy tarif stavkalariga 10 foizidan 50 foizigacha;

🔸Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari ogʻir va noqulay boʻlgan joylarda ishlovchi xodimlarga — ish haqi summasining 10 foizidan 60 foizigacha (bunda xodimning lavozim maoshi mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq boʻlsa mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 1,4 baravariga nisbatan) to‘lanadi.

Ayol oʻqituvchilar uchun:

🔺 Qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayol oʻqituvchilarga — bazaviy tarif stavkasiga nisbatan 15 foiz;

🔘 Shuningdek, joriy yildan boshlab Vazir jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tegishli tanlov jarayonlaridan oʻtgan oʻqituvchilarga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5.5 baravari miqdorida ustama belgilangan.

Bu haqida Umumtaʼlim muassasalari oʻqituvchilari va xodimlari uchun belgilangan qoʻshimcha ustamalar yuzasidan o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi

Читать полностью…
Подписаться на канал