AQSH vizalarining turlari va xususiyatlari
⚡️Xorijiy talaba ish qidirayotganda u foydalanadigan viza turiga eʼtibor berishi kerak.
Har bir turning oʻz qoidalari bor.
👨🎓 F-1 - akademik maqsadlar uchun viza. Universitetlarning bakalavriat va magistratura yoʻnalishlarida haftasiga 20 soatdan ortiq tahsil olayotgan, kollejlarda tahsil olayotgan, qisqa muddatli kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan, til maktablarida uzoq muddatli dasturlarda oʻqigan va 2 haftadan ortiq davom etadigan boshqa kurslarda oʻqiydigan talabalarga beriladi.
✈️ J-1 - madaniy almashinuv dasturlari ishtirokchilari uchun viza. Bu talabalarga oʻqish, ishlash va mamlakat boʻylab sayohat qilish imkonini beradi. Ushbu turdagi viza AurPair, Summer Vork Travel va boshqa shunga oʻxshash loyihalarda qoʻllaniladi. Bundan tashqari, taklif qilingan chet ellik mutaxassislar va AQSHga almashinuvga ketayotgan talabalar ham foydalanadilar.
💼 M-1 - kasbiy tor yoki akademik boʻlmagan talabalar uchun viza. Ushbu turdagi viza sizga oʻqish paytida ishlashga ruxsat bermaydi.
🎓 J-1 vizasining eng mashhur turi boʻlib, koʻpchilik xalqaro talabalar tomonidan qoʻllaniladi.
Aynan shu viza sizga toʻliq oʻqish imkonini beradi va boʻsh vaqtingizda qoʻshimcha pul ishlash imkoniyatini beradi. 6 oydan ortiq davom etadigan dasturlar boʻyicha oʻqiyotganda, talaba taʼlim muassasasi kampusida haftasiga 20 soatgacha ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oʻqishni tamomlagandan soʻng u Qoʻshma Shtatlarda qoʻshimcha amaliy mashgʻulotlar dasturi boʻyicha bir yil muddatga uzaytirilishi va oʻz mutaxassisligi boʻyicha amaliyot oʻtashi mumkin.
📌 J-1 vizasi boʻyicha ishlashning asosiy qoidalari:
🏢 Siz kampusda istalgan mos ishda ishlashingiz mumkin. Ammo chet ellik talaba AQSH fuqarolari yoki mahalliy aholini bezovta qilmasligi sharti bilan.
🤝 Universitet bilan shartnoma boʻyicha bogʻlangan ish beruvchi bilan ishlash mumkin, hatto u kampusdan tashqarida joylashgan boʻlsa ham (universitet bilan bogʻliq ilmiy laboratoriya va boshqalar).
📚 Kampusdagi ish talabalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlishi kerak.
🗓 Oʻqish vaqtida haftasiga 20 soatgacha, taʼtil va bayramlarda esa haftasiga 40 soatgacha ishlashingiz mumkin.
🗂 Agar xohlasangiz, oʻquv dasturi boshlanishidan 30 kun oldin ishni boshlashingiz mumkin.
✅ Agar talaba oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlar tufayli yuzaga kelgan ogʻir iqtisodiy vaziyatda ekanligini isbotlasa, haftada maksimal ish vaqtini oshirish mumkin.
📄 Ishga kirishda talaba universitet vakillarini xabardor qilishi va tasdiqlangan xat olishi shart. Bu sizga ijtimoiy sugʻurta raqamini olishga yordam beradi.
📰 Bir yil talaba boʻlgandan soʻng, chet el fuqarosi taʼlim muassasasi hududidan tashqarida yarim kunlik ish topishi mumkin. Ammo bu fuqarolik va immigratsiya xizmati ruxsati bilan amalga oshiriladi.
❗️ Qoidalar buzilgan taqdirda, talaba deportatsiyagacha qonun bilan bogʻliq muammolarga duch kelishi mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Қорақалпоғистонда ҳам таътил яна узайтирилди, ўқишлар бекор қилинди.
Қорақалпоғистон Республикаси Жўқорғи Кенгесининг маълум қилишича, дарс машғулотлари 16 январь — душанбадан бошланади.
Аввалроқ, Бухоро ва Хоразм вилоятларида таътил кунлари узайтирилгани ҳақида хабар берган эдик.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Бухорода дарслар 16 январдан бошланади!
Бухоро вилояти умумтаълим мактаблари, ўрта махсус касб-ҳунар ва олий таълим муассасаларида бугун, 11 январь кунидан анъанавий тарзда ўқиш бошланган эди.
🔹 Бироқ совуқ об-ҳаво шароитида кўпчилик ота-оналарнинг мурожаатларини инобатга олиб, Бухородаги барча таълим муассасаларида ўқиш 16 январь кунидан бошланиши белгиланди.
🔹Шунингдек, мактабгача таълим масканлари ҳам ўз ишини 16 январь кунидан бошлайди.
⚡️Вилоят ҳокимлиги матбуот хизмати
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
#talabaga_qulaylik
HEMIS dasturida talaba kabinetining asosiy sahifasi takomillashtirildi!!!
Talaba kabinetining asosiy sahifasidagi tezkor murojaat ikonkalaridan qulay foydalanish uchun ular 4 guruhga ajratildi:
1️⃣ Fanlar va resurslar — bu guruhda oʻquv reja, dars va nazorat jadvallari, fan tanlovi va fan resurslaridan foydalanish mumkin.
2️⃣ Oʻquv faoliyati — bu guruhda talabaning davomat va oʻzlashtirishi, imtihonlar va reyting daftarchasidan foydalanish mumkin.
3️⃣ Qayta oʻqish — bu guruhda qayta oʻqishga ariza berish, qayta oʻqishning dars va nazorat jadvali hamda oʻzlashtirish natijasidan foydalanish mumkin.
4️⃣ Hujjatlar roʻyxati — bu guruhda talaba faoliyatida zarur boʻladigan hujjatlarga soʻrov berish va hujjatlardan foydalanish mumkin.
Ma’lumot oʻrnida, oliy ta’limni raqamlashtirish orqali oʻquv jarayoniga taalluqli 30 ga yaqin qogʻoz hujjat elektron shaklga oʻtkazilgan.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Навоийда дарслар қачон бошланиши маълум қилинди!
Жорий йилнинг 12 январь кунидан Навоий шаҳридаги 21 та, Кармана туманидаги 32 та, Навбаҳор туманидаги 37 та, Қизилтепа туманидаги 43 та, Нурота туманидаги 11 та, Конимех туманидаги 14 та, Хатирчи туманидаги 72 та мактабларда қишки таътилдан кейинги дарслар бошланади.
Олис чўл, тоғ ва тоғолди ҳудудларида жойлашган 133 та мактабда ўқиш 2023 йилнинг 16 январидан давом эттирилади.
Эслатиб ўтамиз, Навоий вилоятидаги олий таълим муассасаларида ўқиш бугун, 11 январдан бошланди.
Навоий вилояти ҳокимлиги
✅Сирдарё вилоятида 13 январдан босқичма-босқич;
✅Тошкент шаҳрида 11 январдан шароитга қараб босқичма-босқич;
✅ Жиззах вилоятида 11 январдан шароитга қараб босқичма-босқич;
✅Сурхондарё вилоятида 11 январдан;
✅Хоразм вилоятида 11 январдан;
✅Андижон вилоятида 11 январдан;
✅Бухоро вилоятида 11 январдан;
✅Самарқанд вилоятида 11 январдан;
✅Қорақалпоғистон Республикасида 12 январдан;
✅Фарғона вилоятида 16 январдан;
✅Қашқадарё вилоятида 11 январдан босқичма-босқич;
✅Наманган вилоятида 11 январдан босқичма-босқич бошланади.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Мактабларда дарслар қачон бошланади ?
Вазирлар Маҳкамасининг тегишли баёнига асосан ҳудуддаги об-ҳаво шароитларини инобатга олган ҳолда ҳокимликларига таълим ташкилотларида қишки таътил даврини узайтириш ёки узайтирмаслик ваколати берилганидан сўнг, қуйидаги ҳудудларда 11-12-16 январдан дарслар бошланади:
✅Тошкент шаҳрида 11 январдан шароитга қараб босқичма-босқич;
✅ Жиззах вилоятида 11 январдан шароитга қараб босқичма-босқич;
✅Сурхондарё вилоятида 11 январдан;
✅Хоразм вилоятида 11 январдан;
✅Андижон вилоятида 11 январдан;
✅Бухоро вилоятида 11 январдан;
✅Самарқанд вилоятида 11 январдан;
✅Қорақалпоғистон Республикасида 12 январдан;
✅Фарғона вилоятида 16 январдан;
✅Қашқадарё вилоятида 11 январдан босқичма-босқич;
✅Наманган вилоятида 11 январдан босқичма-босқич бошланади.
11.01.2023 соат 00.24 да янгиланди
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
11-yanvardan boshlab Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida ularning sharoiti, ishlashga tayyorligiga qarab, bosqichma- bosqich o‘quv jarayonlari boshlanadi.
Bu boradagi qaror maktablar rahbariyati tomonidan ota-onalar kengashi bilan kelishgan holda qabul qilinishi tavsiya etiladi.
Hokimlik tomonidan kommunal xizmat tizimlari mas’ullari bilan birgalikda bu sohada yuzaga kelgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘riladi.
Toshkent shahar hokimyati
———
С 11 января поэтапно начнётся учёба в общеобразовательных школах Ташкента в зависимости от их состояния и готовности к работе.
Решение по этому вопросу руководству школ рекомендуется принимать по согласованию с родительским комитетом.
Хокимият города совместно с руководителями коммунальных служб предпримет меры для оперативного решения возникающих проблем.
Хокимият города Ташкента
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Qishki taʼtil davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy hokimliklarga berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga maktabgacha, umumtaʼlim, o‘rta maxsus, professional hamda oliy taʼlim tashkilotlarida qishki taʼtil davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berilganligini maʼlum qilamiz.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi “Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonunining 27-moddasida Mahalliy davlat hokimiyati organlariga taʼlim sohasidagi tegishli vakolatlar berilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.
Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.
Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.
Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.
Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.
Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.
Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Андижонда ҳам ўқув жараёнлари об-ҳаво шароитидан келиб чиқиб ташкил этилади
Ижтимоий тармоқларда "Эртага 11 январдан Андижондаги барча мактаблар ва олий ва ўрта махсус таълим даргохларида ўқиш бошланиши айтилмоқда" сарлавҳаси остида тарқалган хабарлар юзасидан Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати муносабат билдирди.
"Юртимизда жорий йил январь ойининг иккинчи ўн кунлигида ҳаво ҳароратининг кескин пасайиб кетиши муносабати билан Андижон вилоятдаги олий таълим, профессионал таълим муассасалари ва умумий ўрта таълим мактабларида белгиланган тартибда иш ташкил этилиб, қишки тайёргарлик ишлари амалга оширилди.
Жумладан, мавжуд бинолар ва талабалар турар жойлари ўқув жараёнларини бошлаш учун шай ҳолатга келтирилди.
Мазкур таълим муассасаларида ўқув жараёнларини бошланиши об-ҳаво шароитидан келиб чиқиб ташкил этилади.
Қўшимча маълумот сифатида расмий хабар берилади." — дейилади муносабатда.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi
✅ 2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.
🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (10-12-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
#savolga_javob
❓САВОЛ: Оилавий боғча очиш учун ҳужжат топширгандим, жавобини қаердан олсам бўлади?
❗️Жавоб: Оилавий мактабгача таълим ташкилотини ташкил этиш учун берилган аризалар ҳолатини 👉🏻 https://nodavlat-bogcha.uz/ сайтига кириш орқали Ариза ҳолатини текшириш бўлимидан билиб олиш мумкин.
📌Маълумот учун, ариза топшириш жараёнида кўрсатилган телефон рақамига аризанинг IDси юборилган бўлади.
📣 Агар ID ҳақидаги юборилган СМС сақланиб қолмаган бўлса ёки бошқа телефон рақами киритилган, олдингиси алмаштирилган бўлса, унда 👉🏻 https://nodavlat-bogcha.uz/public/pages/petition_status саҳифаси орқали ариза IDси билиб олинади.
⚠️ Мазкур саҳифада аризачи паспорт маълумотларини киритиши лозим.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari bugun e’lon qilinadi
✅ 2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari bugun e’lon qilinadi.
👨🏻💻 Natijalar my.gov.uz saytiga kun yakuniga qadar joylashtiriladi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalarini bilishlari mumkin boʻladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
АМАЛДАГИ САНИТАРИЯ-ЭПИДЕМИОЛОГИК НОРМАЛАР (СанҚваН)ГА ЎЗГАРТИРИШ ВА ҚЎШИМЧАЛАР КИРИТИЛДИ!
✳️ Умумтаълим мактабларида таълим шароитлари ва ташкил этилишига қўйиладиган санитария-эпидемиологик талаблари (0341-16-сон СанҚваН)га иловага мувофиқ киритилган ўзгартиришлар ва қўшимчада ҳафталик ўқув юкламасининг максимал даражасига бўлган гигиеник талаблар қуйидагича белгиланди:
📌 1-синфлар учун — дарслар кунига 4 соатдан ва ҳафтада 2 кун 5 соатдан кўп бўлмаслиги керак (5 соатлик ўқув кунида жисмоний тарбия ёки енгил фанлар — технология, тасвирий санъат, мусиқа маданияти, тарбия фанлари ўқитилади). 1-синфлар учун дарс соатлари 1 ҳафтасига 22 соатдан ошмаслиги керак.
📌 2 — 4-синфлар учун — дарслар кунига 4 соатдан ва ҳафтада 4 кун 5 соатдан кўп бўлмаслиги керак (5 соатлик ўқув кунида жисмоний тарбия ёки енгил фанлар — технология, тасвирий санъат, мусиқа маданияти, тарбия фанлари ўқитилади);
📌 5 — 9-синфлар учун — дарслар кунига 6 соатдан кўп бўлмаслиги керак;
📌 10 — 11-синфлар учун — дарслар кунига 6 соатдан кўп бўлмаслиги керак;
📌 Бир йил давомида ўқув ҳафталиги 1-синфлар учун — 33 ҳафта, 2 — 11-синфлар учун 34 ҳафтадан ошмаслиги лозим.
Санэпидхизмат
Матбуот хизмати
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
#савол_жавоб
❓ Men Jizzax shahridagi maktabda informatika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlayman. Maʼlumotim mutaxassis. Men yaqinda Google Certifiet Educator Level 1 va Level 2 sertifikatlarini olganman. Bu sertifikat malaka toifamni oshirishga taʼsir qiladimi. Agar taʼsir qilsa necha marta foydalansam boʻladi? Sertifikat amal qilish muddati 3 yil.
☑️Javob: Yoʻq taʼsir qilmaydi. Bu sertifikatlar uchun toifa olishda imtiyozlar belgilanmagan.
Amaldagi tartibga koʻra, Nizomning 36-bandi: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
OSIYO XALQARO UNIVERSITETIDA QISHKI QABUL BOSHLANDI!
🗂Talabalar quyidagi 13 ta bakalavr yo‘nalishlari hamda 3 ta magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirishlari mumkin:
🔹 Iqtisodiyot
🔹 Moliya
🔹 Tarix
🔹 Jismoniy madaniyat
🔹 Boshlangʻich taʼlim
🔹 Maktabgacha taʼlim
🔹 Pedagogika va psixologiya
🔹 Ingliz tili va adabiyoti
🔹 Kompyuter ilmlari va dasturlash
🔹 Konchilik ishi
🔹 Davolash ishi
🔹 Farmatsevtika
🔹 Stomatologiya
🛡 2-kursga ham qabul bor.
📚 Ta’lim jarayonlari kunduzgi va sirtqi taʼlim shakllarda olib boriladi.
📂 Bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Ushbu diplom O’zbekiston bo’ylab tan olinadi.
(litsenziya №047757)
☎️ Batafsil ma'lumot:
+998 55 305 00 09
🌎 Veb-sayt: www.oxu.uz
🌐 Telegram: @oxu_uz
📍 Manzil: Buxoro viloyati, Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74
(Mo’ljal Avtovokzal, Xo’jalik Sudi to’g’risida)
Хоразмда дарслар 16 январдан бошланади
“Юксалиш” ҳаракатининг боғча ва мактабларда ўқиш жараёнларини кейинги ҳафтадан бошлаш чақириғи Хоразм вилоятида ҳам қўллаб-қувватланди.
Хоразм вилояти ҳокимлиги томонидан ўқиш жараёнларини 16 январдан бошлаш қарорига келинган.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
#Биласизми
🏫 Таълим муассасаларининг ўқув хоналарида машғулотлар ўтказишда меҳнатни муҳофаза қилиш талабларига мувофиқ ўқув хоналарида ҳаво ҳарорати енгил жисмоний ишда 21º С, ўртача оғир ишда 17º С ва оғир ишда 16º С дан паст бўлмаслиги керак.
✅ Физика ўқув лаборатория хонасида мунтазам равишда ҳарорат 18º С – 21º С, ҳавонинг намлиги 40 – 60 фоиз бўлиши керак.
🔹Таълим муассасаси ҳудудидаги ҳожатхоналар иссиқ сув ва канализация тизимига уланган бўлиши лозим.
❗️ Таълим муассасасида канализация тизими йўқ бўлганда давлат санитария назорати органлари билан келишилган ҳолда таълим муассасасида ер қатламини ифлослантирмаган ҳолда душхоналардан ва юз-қўл ювгичлардан сув оқмайдиган қурилмали ахлат ўраларининг мавжуд бўлишига рухсат этилади.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
Endilikda maktabda oʻqib turib, universitetda ham oʻqisa boʻladi
O'zbekistondagi Xalqaro universitetda ta'lim olish imkoniyati maktab oʻquvchilarida ham mavjud.
📥Hujjatlar 14-yanvarga qadar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinadi.
IT sohasida professional mutaxassis bo'lishni istagan abituriyentlar va maktabning 11-sinf o'quvchilari uchun PDP University'da qishki qabul davom etmoqda.
🗓 Imtihon Mantiq va Matematika fanidan 15-yanvar kuni boʻlib oʻtadi.
❗️Savollar tugʻilsa quyidagi raqamga bogʻlaning:
+998787777747 | @PDPUniversitybot
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
Сирдарё вилоятдаги мавжуд мактабларнинг юқори синф ўқувчилари учун 13 январдан, бошланғич синф ва боғчаларда дарс ҳамда машғулотлар 16 январдан бошланади.
Олий ўқув юртлари, коллеж ва лицейларда эса ўқиш босқичма-босқич тарзда 11 январдан бошланди. Бунда бошқа вилоятлар ёки чекка ҳудудлардан келиб ўқийдиган ўқувчи ва талабаларга шароит яратилиши, дарсларни онлайн ташкил этиш масаласи ҳам кўриб чиқилган.
Сирдарё вилояти ҳокимлиги
✅Тошкент шаҳрида 11 январдан шароитга қараб босқичма-босқич;
✅ Жиззах вилоятида 11 январдан шароитга қараб босқичма-босқич;
✅Сурхондарё вилоятида 11 январдан;
✅Хоразм вилоятида 11 январдан;
✅Андижон вилоятида 11 январдан;
✅Бухоро вилоятида 11 январдан;
✅Самарқанд вилоятида 11 январдан;
✅Қорақалпоғистон Республикасида 12 январдан;
✅Фарғона вилоятида 16 январдан;
✅Қашқадарё вилоятида 11 январдан босқичма-босқич;
✅Наманган вилоятида 11 январдан босқичма-босқич бошланади.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
11-yanvar kuni Jizzax viloyatidagi 140 ta maktabda darslar boshlanadi
Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi maʼlum qilishicha, viloyatdagi havo haroratini hisobga olgan holda umumtaʼlim maktablarida 2022-2023 oʻquv yilining III chorak dars mashgʻulotlarini tashkil etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, viloyatda 555 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, 261 616 nafar oʻquvchilar taʼlim oladi.
"Hududlardan olingan tezkor maʼlumotlar asosida joriy yilning 11-yanvar kunidan jami 140 ta maktablarda dars mashgʻulotlarini tashkil etish imkoniyati mavjudligi aniqlanib, faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirildi.
Mazkur taʼlim muassasalarining 14 tasi koʻmir yoqilgʻisi, 122 tasir gaz yoqilgʻisi, 1 tasir suyuq yoqilgʻi, 2 tasir elektr energiyasi va 1 tasir markazlashgan issiqlik tizimi bilan isitiladi.
Bugungi kunda issiqlik tizimini barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha zaruriy chora koʻrildi.
Shuningdek, asosiy umumtaʼlim maktablari viloyatimizning togʻli va olis hududda joylashganligi, havo harorati keskin sovigan vaqtda transportda borish qiyinlashganligi, masofaning uzoqligi sababli 415 ta umumtaʼlim muassasalarida oʻquv jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda." — deyilgan boshqarma e`lonida.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Мактабларда дарслар қачон бошланади ?
Вазирлар Маҳкамасининг тегишли баёнига асосан ҳудуддаги об-ҳаво шароитларини инобатга олган ҳолда ҳокимликларига таълим ташкилотларида қишки таътил даврини узайтириш ёки узайтирмаслик ваколати берилганидан сўнг, қуйидаги ҳудудларда 11-12-16 январдан дарслар бошланади:
✅Сурхондарё вилоятида 11 январдан;
✅Хоразм вилоятида 11 январдан;
✅Андижон вилоятида 11 январдан;
✅Бухоро вилоятида 11 январдан;
✅Самарқанд вилоятида 11 январдан;
✅Қорақалпоғистон Республикасида 12 январдан;
✅Фарғона вилоятида 16 январдан;
✅Қашқадарё вилоятида 11 январдан ўқишлар босқичма-босқич бошланади.
10.01.2023 соат 22.20 да янгиланди
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
⚡️ Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
📣 2022-yil 18-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.
👨🏻💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.
📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Sertifikat ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Андижон вилоятидаги таълим муассасаларида 11 январдан расман ўқув жараёнлари бошланади
Ҳокимлик берган расмий маълумотга кўра, таълим муассасаларининг келгуси фаолияти об-ҳаво шароитидан келиб чиққан ҳолда ташкил этилади.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
#Педагоглар_аттестацияси
❓Шахсий кабинетдан малака (тоифа) сертификатини юклаб ололмаяпман, нима қилишим керак?
✅ Барча педагогларнинг сертификатларлари 2022 йил 29 декабрь санаси билан расмийлаштирилган ва шу санадан бошлаб кучга кирган.
📥 Сертификатлар шахсий кабинетларда доимий равишда сақланиб туради ва сертификатларни исталган вақтда юклаб олиш мумкин бўлади.
❗️ Ўқитувчилардан шахсий кабинетларидан малака (тоифа) сертификатларини юклаб олишда шахсий маълумотларни учинчи шахсларга тақдим этмасликларини сўраймиз.
♻️ Маълумот учун, 2022 йил 1 апрелдан бошлаб Молия вазирлиги Ахборот технологиялари марказининг UzASBO дастурий мажмуаси ва pedkadr.tdi.uz платформаси ўртасида икки томонлама маълумот алмашинуви йўлга қўйилган бўлиб, ушбу модуль орқали педагогларнинг малака тоифа сертификат маълумотларини шакллантириш автоматик равишда бажарилмоқда.
🔰 Шу асосда, педагог ўқитувчиларнинг малака тоифа сертификати учун ойлик иш ҳақига қўшимча устамалар ўз вақтида ва тўғри тўланади.
💹 Шунингдек, Молия вазирлиги томонидан марказлашган бюджет ташкилотларига ўқув йили бошида давлат бюджетидан маблағлар режалаштириш жараёнида педагог ўқитувчиларнинг малака тоифа сертификати маълумотларидан келиб чиқиб, тарификация учун маблағлар ажратилиши автоматик равишда шаклланади.
📹Малака тоифа сертификатларини юклаб олиш бўйича видеойўриқнома: https://youtu.be/FybzgLpnQMc
❓СМС келган логин ва паролим телефонимдан ўчиб кетди. Бундай пайтда логин ва паролимни қандай топсам бўлади? – /channel/uztdi/3944
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
🔔 Abituriyentlar, maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilar diqqatiga!
📚 Qishki taʼtil uzaytirilgani mustaqil oʻqib oʻrganish uchun qulay imkoniyat yaratadi.
🖤 Youtube tarmogʻida Matematik Repetitor kanalida:
➡️ maktab darsliklaridagi 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan mavzular, qiziqarli ,nostandart va mantiqiy masalalar hamda ularni yechishning sodda usullari;
➡️ DTM tomonidan chop etilgan testlar tahlili, tezkor testlar, tadbirlar;
➡️matematika tarixiga oid maʼlumotlar jamlangan.
✅ Qisqasi, ushbu kanalga obuna boʻlib matematika faniga doir koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin.
📤 Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanidagi 63-maktabning matematika fani oʻqituvchisi Murodjon Xoʻjaniyozov tomonidan tashkil qilingan kanalga hozirgacha 900 ga yaqin video yuklangan.
✅ Kanal obunachilari soni 62,7 mingta yetib, jami 5,5 mln martadan ortiq koʻrilgan.
👉 Matematik Repetiror kanaliga obuna boʻlish:
MatematikRepetitor/?sub_confirmation=1" rel="nofollow">https://www.youtube.com/@MatematikRepetitor/?sub_confirmation=1
#Биласизми
❗️Олий таълим муассасаларининг педагогика йўналишларида кундузги, кечки, сиртқи бўлимларнинг 3-4-курсларида ўқиётган шахслар давлат мактабгача таълим тизимида педагогик фаолиятни амалга ошириши мумкин.
☑️ Бунда уларга ўрта махсус, касб-ҳунар маълумотга эга бўлган тегишли лавозимдаги ходимнинг базавий тариф ставкаси сингари базавий тариф ставкаси белгиланади.
Каналга уланиш👇
/channel/uztdi
#savol_javob
Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyaga jalb qilinmaydi
❓Savol: Men Termiz shahridagi maktabda dekabr oyiga qadar ishladim va ishdan boʻshadim. Hozir Navoiy viloyatiga koʻchib keldik. Bu yerdan ish topa olmadim. Termizdagi maktab nomidan bahorgi attestatsiyada qatnashsam boʻladimi? Shu maktabdan ball olgandim. Hozir hech bir maktab hisobida emasman.
Javob: Afsuski, mumkin emas. Malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak. (Asos Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 dagi 572-sonli qarori)
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta’til davrida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qiladi.
Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.
Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.
Shu o‘rinda vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan qishgi ta’til kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati
Kanalga ulanish👇
/channel/uztdi
UMFT da magistratura bosqichiga qabul boshlandi.
👨🎓 Universitet 2022-2023-o'quv yili bahorgi semestri uchun quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha magistraturaga qabul jarayonini boshladi:
📈 Raqamli iqtisodiyot (70310501)
💻 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (70610101)
📡 Telekommunikatsiya injiniringi (70611001)
Ta'lim shakli: kunduzgi;
Ta'lim tili: o'zbek, rus.
O'zbekiston bo'ylab tan olinadigan davlat universitetlari namunasidagi diplom beriladi.
🏃♂️ Joylar chegaralangan, shoshiling!
📲 Onlayn hujjat topshirish: umft.uz/admit 👈
☎️ Telefon +998555068888
📩 Murojaat uchun: @umft_support
🌐 Batafsil ma'lumot: http://umft.uz
📌 Lokatsiya
👉 Universitet to'g'risida 👈
Universitetni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari:
Instagram | Facebook | Telegram