Dars soatlari taqsimoti
«Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 15-bandiga ko‘ra o‘qituvchilarga dars soatlari quyidagi ko‘rsatkichlarning ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi:
👉 xalqaro olimpiadalar g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
👉 Chet tili va STEAM fanlaridan mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega o‘qituvchilar (TESOL Level 5, CEFR B2, IELTS 6.0 va undan yuqori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadigan boshqa sertifikatlar);
👉 TOP-1000 universitetlar reytingiga kiradigan dunyoning yetakchi universitetlarini bitirgan o‘qituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar;
👉 o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritayotgan asosiy olimpiadalarning respublika bosqichi g‘oliblari;
👉 respublika bosqichidagi ko‘rik tanlovlarda (yil o‘qituvchisi) sovrinli o‘rinlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar;
👉 oliy malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
👉 birinchi malaka toifasiga ega o‘qituvchilar;
👉 asosiy olimpiadalarning viloyat va tuman bosqichi g‘oliblarining o‘qituvchilari;
👉 ikkinchi malaka toifaga ega o‘qituvchilar;
👉 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha magistr darajasiga ega o‘qituvchilar;
👉 belgilangan tartibda o‘z fanidan o‘tkazilgan nazariy va amaliy sinovlar natijasi bo‘yicha a’lo baholarga ega o‘qituvchilar;
👉 oliy ma’lumotli toifasiz o‘qituvchilar;
👉 qayta tayyorlash bo‘yicha diplomga ega o‘qituvchilar;
👉 oliy ta’lim muassasalarining pedagogik yo‘nalish bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari;
👉 pedagogik yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning oliygohlarini bitirgan, biroq diplomi tan olinmagan o‘qituvchilar;
👉 oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar o‘rta maxsus, professional ma’lumotga ega o‘qituvchilar;
👉 oliy ma’lumotli o‘qituvchilar bilan ta’minlanguniga qadar umumta’lim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha rahbar xodimlari.
☝️Yuqoridagi ko‘rsatkichlar ketma-ketlik asosida ustunlikka ega bo‘lgan o‘qituvchilarga dars soatlarining maksimal miqdorlari belgilanishi tavsiya etiladi.
Maksimal dars soati olish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘qituvchining yozma roziligi bilan unga ajratilishi mumkin bo‘lgan dars soatlari boshqa o‘qituvchilarga berilishi mumkin.
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Talabaga_amaliy_ko‘mak
Vazirlikning Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Markazda ko‘ngilli lider yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladilar, ularga amaliy yordam beradilar.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi. Shtabda barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kelib tushgan so‘rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
"Kunduzi ish, kechga o‘qish"
❓Kun davomida ishlash oliy ma’lumot olishingizga to‘sqinlik qiladimi? Buning ustiga faqat sifatli ta’lim beradigan oliy ta’lim muassasasini qidiryapsizmi?
✅ Aniq va ijtimoiy fanlar universitetida bularning barchasi mavjud.
📚 Universitetda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kechki ta’lim shaklida tahsil olishingiz mumkin:
👉 Matematika va informatika
👉 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili, fransuz tili, nemis tili
👉 Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
👉 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
👉 Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)
🔰 DTM natijalariga ko'ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar imtihonsiz qabul qilinadi.
❇️ Shartnoma to'lovining 100 foizini to'lasangiz 10 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi.
✅ Shuningdek, shartnoma to‘lovini 4 ga bo‘lib amalga oshirishingiz mumkin.
💵 Kontrakt narxlari bilan tanishing
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti – kelajagingizni biz bilan o‘zgartiring!
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti qabul jarayonlarini amalga oshirishda abituriyentlar uchun pullik xizmatlar ko‘rsatuvchi hech qanday konsalting firmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatmagan!
💻 Onlayn hujjat topshirish uchun: aifu.uz/Admission
☎️ Call markaz: +998951502222, +998991502228
✈️ Telegram orqali murojaat: @aifu_admin
📍 Manzil: Toshkent katta halqa yo‘li ko‘chasi
🗺 Mo‘ljal: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Qoraqamish dahasi ro‘parasi
(Litsenziya 055982-son, 28.12.2022y)
✈️Telegram | 🌐 Sayt | 📷Instagram | 🖤 AIFU_offical">Youtube | 🌐 Facebook
🎉 BEST SCHOOL xususiy maktabiga qabul boshlandi!
Ko‘p sonli ota-onalarning talab va takliflariga binoan maktabimizda 2023-yilning 1-avgustidan boshlab 1-sinfdan 6-sinfgacha qabul ochilganini e'lon qilamiz.
🏫 «Best School» maktabi xususiy maktab bo‘lib, rus tilida o‘qitishga ixtisoslashtirilgan.
✅ Maktab zamonaviy va xavfsiz jihozlar bilan ta‘minlangan.
🚀 Eng muhimi, bolalarning intellektual va jismoniy rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan.
🤗 Hoziroq qong‘iroq qiling, joylar soni chegaralangan!
☎️ Murojaat uchun: +998555128585
📍 Manzilimiz: Shayxontoxur tumani, General Uzoqov ko'chasi, 192-uy
Mo‘ljal: "Marry me" fotostudiyasi
Telegram: @Best_school
OTM uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish davlat xizmatlari asosida tashkil etiladi
“Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmatlari asosida tashkil etishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Unda quyidagilar:
👉 ta’lim tashkilotlari uchun davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;
👉 o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish va nashrga ruxsat olish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;
👉 chop etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlariga elektron shakldagi QR-kodli nashr ruxsatnomasi berish;
👉 o‘quv adabiyotlarini ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash;
👉 davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida to‘lov undirish;
👉 davlat xizmatlarini ko‘rsatishning rad etish asoslari belgilanadi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazining xabar berishicha 1-4-sinflar uchun yaratilgan yangi zamonaviy maktab darsliklari “4K” modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etadi.
Ayni kunlarda poytaxtimizda oʻtkazilayotgan “Boshlangʻich sinflarda oʻqitishning zamonaviy metodikasi” mavzusidagi malaka oshirish kursida respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ilg‘or oʻqituvchilar trener sifatida tayyorlanmoqda.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan hududiy trenerlar koʻmagida kaskad shaklida shunday oʻquvlarda boshlangʻich taʼlim boʻyicha maktab metodik birlashma rahbarlari va barcha boshlangʻich sinf oʻqituvchilarga ham yangi darsliklardan foydalanishni oʻrgatish koʻzda tutilgan.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
📚 Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari haqida jamoatchilikni kengroq xabardor qilish uchun "Univer-tur" loyihasi tashkil qilindi.
🏛 Loyiha davomida universitetlarda yaratilgan sharoitlar, kontrakt narxlari va imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tiladi.
📹 Loyihaning 1-sonini Youtube'(HD)da ko‘rish: https://youtu.be/pYV2WgH8auc
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E’LON QILINDI!
❗️Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini quyidagicha aniqlashingiz mumkin:
➖ portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi, "Natijalar" oynasi, "Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar" sahifasi orqali;
➖ Biroz vaqtdan so'ng, talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovida ishtirok etadigan talabgorlar diqqatiga!
Ertaga, 16-avgust kuni barcha hududlarda talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi.
Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smena — 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smena — 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📌 Bunda talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari hamda:
1️⃣-smenada 07:30 ga qadar;
2️⃣-smenada 14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan talabgorlar test sinoviga kiritilmaydi!
Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani https://my.uzbmb.uz/allow-transfer saytidan olishlari mumkin.
Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan holda o‘tkaziladi va jarayonlarni test2023.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish mumkin bo‘ladi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️O‘n uchinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 13-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
Natijani aniqlaydigan botlar:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🔔 Shoshiling talaba bo'lish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
Siz www.renaissance-university.uz sayti orqali ONLAYN yoki kampusimizga tashrif buyurgan holda bevosita ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.
📧 info@renaissance-university.uz
🌐 Online-Qabul: www.renaissance-university.uz
📞 +998 (78) 113-77-74
📞 +998 (98) 306-76-77 Bog'lanish
Telegram | Instagram | Facebook | Website |
Локация билиш учун тугмани босинг!👇🏼
#qabul2023
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📣 DIQQAT E'LON!
‼️ Davlat testidan 60 va undan yuqori ball to'plagan abituriyentlar diqqatiga!
Siz 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga to'g'ridan-to'gri, hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatiga egasiz!
‼️ Agarda 60 balldan past natijaga ega bo'lsangiz offline tarzda bo'ladigan ichki imtihonda qatnashishingiz mumkin. Vaqtni ketkazmang bugunoq talaba bo'ling!
📣 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institute talabasi bo’lmoqchi bo’lsangiz hoziroq online (https://admission.ftti.uz/) yoki oflayn ro'yxatdan o'ting.
📞☎️ murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
(Litsenziya № OT 0033, 08.09.2021 y)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔗 Facebook | Instagram | Sayt |
⚡️ Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi
📆 Ma’lumki, 2023-yil 1-avgust kuni 2023-2024-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.
✅ Bugun, 13-avgust kuni barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:
👉 4-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
👉 11-avgust kuni — Sirdaryo viloyatida;
👉 12-avgust kuni — Buxoro, Jizzax va Xorazm viloyatlarida;
👉 13-avgust kuni — qolgan hududlarda o‘z yakuniga yetdi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#tezkor🔥
🇺🇿Davlat testidan 50 va undan yuqori bal to'plagan abituriyentlar diqqatiga!
✅Siz Toshkent menejment va iqtisodiyot institutiga to'g'ridan-to'gri, hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatiga egasiz!
‼️ Agarda 50 baldan past natijaga ega bo'lsangiz online yoki offline tarzda bo'ladigan ichki imtihonda qatnashishingiz mumkin. Vaqtni ketkazmang bugunoq talaba bo'ling!
📣 Siz ham TMII talabasi bo’lmoqchi bo’lsangiz hoziroq online ro'yxatdan o'ting.
📲 Shoshiling. Hoziroq qo'ng'iroq qiling:
+998712009005 | @timeedubot
(Litsenziya №043969-son, 19.10.2022y)
Telegram |Instagram |Youtube
⚡️ Yangi xodimlarni maktablarga ishga qabul qilish bo‘yicha eslatma
2023-2024 o‘quv yilida birinchi marta pedagog sifatida ishga qabul qilinadigan o‘qituvchilarni “O‘qituvchi-stajor” xizmatchi lavozimi qabul qilish bo‘yicha rasmiy ko‘rsatma.
2023-yil 9-avgust 02-01/3-1188-son
@Oylikhisoblaydigan_bot – oylik hisoblash uchun bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#qabul2023
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
📣 DIQQAT E'LON!
‼️ Davlat testidan 60 va undan yuqori ball to'plagan abituriyentlar diqqatiga!
Siz 🇺🇿 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutiga to'g'ridan-to'gri, hech qanday imtihonlarsiz talaba bo'lish imkoniyatiga egasiz!
‼️ Agarda 60 balldan past natijaga ega bo'lsangiz offline tarzda bo'ladigan ichki imtihonda qatnashishingiz mumkin. Vaqtni ketkazmang bugunoq talaba bo'ling!
📣 Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti talabasi bo’lmoqchi bo’lsangiz hoziroq online (https://admission.ftti.uz/) yoki oflayn ro'yxatdan o'ting.
📞☎️ murojaat uchun telefonlar:
+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
(Litsenziya № OT 0033, 08.09.2021 y)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
🔗 Facebook | Instagram | Sayt |
⚡️Rasman: Endilikda maktabda oʻqib turib, universitetda ham oʻqish mumkin!
🇺🇿 Oʻzbekistondagi Finlandiya bilan hamkorlikda ochilgan Xalqaro universitetda ta'lim olish imkoniyati endilikda maktab oʻquvchilari uchun ham mavjud.
📥 Ayni paytda hujjatlar onlayn tarzda internet manzil orqali qabul qilinmoqda.
Endilikda 9, 10 va 11-sinf o‘quvchilari Xalqaro Nordik universiteti Foundation dasturini muvaffaqiyatli bitirib, universitetda imtihonsiz o‘qishni 2-kursdan davom ettira oladilar.
🔑 Shuningdek, belgilangan tartibga ko'ra o‘zlashtirish ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan talabalarga bakalavriat bosqichi uchun grantlar ajratiladi.
👩💻Qoʻshimcha savollar uchun: @niu_foundation
Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
/channel/+uvviIr74utA1MGUy
⚡️ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari natijasini bot orqali bilish mumkin
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha 16-avgustda o‘tkazilgan test natijalarini telegram bot orqali bilishingiz mumkin.
Bunda oddiy abituriyentlardan farqli o‘laroq, alohida mandat kutish shart emas.
Yuqoridagi suratda har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballari ko‘rsatilgan. Bugun chiqadigan javobga qarab har bir talaba o‘zi uchun o‘tgan yoki o‘tmaganini bilib olaveradi.
Yaʼni “perevod” testida talabalar bir-birlari bilan raqobatlashmaydi. Aniq chegara sifatida belgilangan o‘tish balidan kim oshira olsa, hammaga “perevod” uchun ruxsat beriladi. Alohida kvota yo‘q.
Quyidagi Telegram botlariga ID raqamingizni yuborib, imtihon natijasilari e’lon qilinishi bilan bilib olishingiz mumkin.
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
#diqqat
⚡️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda
2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#RASMAN
⚡️Baland reytingga ega oliygohlardan biri - Japan Digital University'dan navbatdagi xushxabar.
DTM (UzBMB) da to'plagan natijangiz orqali JDU'ning omadli talabasiga aylaning!
Kirish imtihonlarida qatnashgan bo'lsangiz, shu havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim👉: https://www.jdu.uz/page38829637.html
✅Aytgancha, universitetimizda siz kontrakt to'lovini yil davomida bo'lib to'lash bandini faollashtirish imkoniga egasiz.
Unutmang! Yaxshi obro'ga ega oliygohda, xorijiy ustozlar qo'lida o'qigan talaba - har doim ish beruvchining e'tiborini jalb qiladi.😉
📌Postni yaqinlaringizga ham yuboring! Zero, siz orqali ular hayotidagi o'z o'rnini topishi mumkin.
Bizda 7-qabul davom etmoqda.
🔗Hujjat topshirish uchun
☎️ 71-200-05-95
Sayt | Telegram | Instagram | JapanDigitalUniversity">YouTube
«Renaissance University”ga bot orqali qabul!
Bundan ham qulayroq!
Bundan ham tezroq!
Sizga qulaylik yaratish maqsadida uyingizdan chiqmasdan arizalaringizni qabul qilish uchun bot yaratildi!
👉 t.me/Renaissance_test_bot
📞Murojaat uchun:
+998781137774
+998983067677
📥 Onlayn murojaat: @RENAISSANCEUNIVER
📍Manzil: Tashkent shahar, Uchtepa tumani, G9A, Lutfiy koʻchasi 18 (локация)
Instagram | Facebook | Telegram
🔖 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari natijalari fayl variantda taqdim etilmoqda.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan talabalar;
➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
➖ I va II guruh nogironligi boʻlgan talabalar;
➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq toʻlov-shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalar farzandlari;
➖ xalqaro fan olimpiadalari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan respublika fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
➖ “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” koʻrik-tanlovlarining respublika bosqichi gʻolibi boʻlgan talabalar;
➖ oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyinining respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan talabalar;
➖talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori boʻlgan talabalar.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🏛 Xalqaro Nordik universiteti sirtqi taʼlim shakliga (staj va stajsiz) o'qishni ko'chirishni taklif qiladi.
⏳O'qish muddati: 3-4 yil (5 yil emas)
📚Yo'nalishlar:
➖Maktabgacha ta'lim - 3 yil
➖Boshlang‘ich ta'lim - 4 yil
➖Psixologiya - 4 yil
➖Moliya - 4 yil
➖Iqtisod - 4 yil
➖Musiqa - 4 yil
Kontark narxlari bu yerda
🗂 Kerakli hujjatlar👇
🔻pasport yoki ID;
🔻transkript/akademik ma'lumotnoma;
🔻rasm;
Perevod faqat 2-kursdan qabul qilinadi. Darslar onlayn va oflayn Hemis platformasi va ZOOM orqali olib boriladi.
Ham vaqtdan ham kontraktdan yuting!
📌Onlayn hujjat topshirish
transfer.nordicuniversity.org
▪️Bakalavr
▪️Magistratura
▪️O‘qishni ko‘chirish
Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun:
📞 +998555084400
👨💻 @nordikedu
Telegram kanal: /channel/nordic_edu
❓Savol: Direktorlikka nomzodini qoʼyish uchun kamida 2 yil rahbar boʼlib ishlash kerak, deyishyapti. Shu talab qanchalik toʼgʼri? Kasbiy tajriba va erishgan yutuqlar inobatga olinmaydimi?
✅ Vazirlikning 2022-yil 10-maydagi tegishli buyrugʼi bilan tasdiqlangan nizomda maktab direktori lavozimi uchun zarur shartlar belgilangan. Unga koʼra, maktab direktorligiga nomzod kamida bakalavr darajasidagi oliy maʼlumotga ega boʼlishi, xorijiy tillardan birining boshlangʼich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi zarur.
Shuningdek, umumiy oʼrta, boshlangʼich taʼlim maktabi direktori uchun taʼlim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj hamda rahbarlik lavozimida va xalq taʼlimi boshqaruvi organida 2 yillik staji yohud 5 yillik harbiy staj malaka talablari belgilangan.
Maʼlumot uchun, Prezidentning 2023-yil 26-maydagi 79-son farmoniga asosan 2023-yil 1-sentabrdan boshlab Qoraqalpogʼiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlaridan iborat boʼlgan direktorlar kengashlari tuziladi.
📌Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash mazkur kengashlar tavsiyasiga asosan, hududiy maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ayni vaqtda tanlov nizomi, tartibi hamda mazkur tanlovga oid yangi platforma tayyorlanmoqda.
Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❓ Men maktabda fizika va matematika fanlaridan dars beraman. Hozirda faqat fizika fani uchun Direktor jamg‘armasidan ustama olaman. Eshitishimcha, tarifikatsiyadan o‘tgan barcha fanlarga ustama olish mumkin ekan.
Men ushbu jamg‘armadan matematika fani uchun ham ustama olishim mumkinmi?
✅ Javob: Umumta’lim muassasasi o’qituvchilarining bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar belgilash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarorida batafsil ko‘rsatib o‘tilgan.
Mazkur qaror bilan tasdiqlangan tegishli nizom talablariga ko‘ra pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta‘lim muassasa xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish, umumta‘lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.
➖ Ikki va undan ortiq fandan dars beruvchi pedagoglarga direktor jamg‘armasidan har oylik ustama olishda mazkur ishchi guruh xulosasiga tayaniladi.
🔖 Nizomga asosan pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya ro‘yxatida ajratilgan dars soatlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.
Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini baholash mezonlarida o‘qituvchi bir nechta fandan dars bergan taqdirda uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida tartibda baholanishi qayd etilgan.
Savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot kotibi javob bergan
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 12-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
Natijani aniqlaydigan botlar:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni o‘tkaziladi
📆 Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 16-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
✅ Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
⏳ Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladi.
👨🏻💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.
❗️ Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️O‘n birinchi kun natijalari e’lon qilindi
📆 2023-yil 11-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
Quyidagi telegram botga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
Natijani aniqlaydigan botlar:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Kollej va texnikumlarga qabul parametrlari raqamlarda
Bu yilgi qabulda Prezident qaroriga muvofiq kollej va texnikumlar uchun grant o‘rinlari soni ikki barobar oshirildi.
Jumladan, kollejlarga – 10 989 ta, texnikumlarga – 22 368 ta grant o‘rni ajratildi.
Batafsil #infografikada
✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali