O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Angrendagi filiali uchun yangi o‘quv binolari qurilmoqda
Bugun, 30-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mas’ullar bilan birgalikda Angren shahrida barpo etilayotgan universitet filiali qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Loyihaga ko‘ra, yangi filial hududida 1500 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosi, 600 o‘rinli talabalar turar joyi (TTJ), shuningdek, ma’muriy bino — dekanat joylashgan alohida inshoot barpo etilmoqda.
Qurilish ishlarida ilg‘or texnologiyalar va sifatli qurilish materiallaridan foydalanilmoqda. Talabalar uchun qulay, innovatsion ta’lim muhiti yaratish, shuningdek, yotoqxona va infratuzilma bilan ta’minlash masalalari ustuvor ahamiyatga ega.
Rektor qurilish ishlari borishini ko‘zdan kechirar ekan, mutasaddilarga o‘z tavsiyalarini berib, ishlarning belgilangan muddatda va sifatli yakunlanishini ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Mazkur filialning faoliyati Angren shahrida xorijiy tillarni chuqur o‘rgatish, iqtidorli yoshlarni yetishtirish va mintaqada ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎓0️⃣0️⃣0️⃣
Talaba almashinuv dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari Malayziyaning INTI xalqaro universitetida o‘tkazilgan ikki oylik talaba almashinuv dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, rasmiy sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Dastur davomida talabalar ingliz tili, kommunikatsiya va madaniyatlararo muloqot yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdilar. Xalqaro akademik muhitda ta’lim olish orqali ular o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab, global fikrlash salohiyatini yanada rivojlantirishdi. O‘quv jarayoni bilan bir qatorda, talabalar Malayziyaning boy madaniyati, ta’lim tizimi va talaba hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Madaniy almashinuv, ijtimoiy tadbirlar va ekskursiyalar dasturga alohida rang bag‘ishladi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Yangi o'quv qo'llanma va lug'at kutubxonamizda!
30-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markaziga Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi katta o‘qituvchisi Saidov Ravshan Tursunovich tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida muallif o‘zining Chet tilini o'qitish uslub va tamoyillari fanidan yaratgan o'quv qo‘llanmasi va mazkur fanga oid mavzulashtirilgan, monolingval, sinonimik va amaliy maslahatlar bilan boyitilgan Atamalar lug'atini Axborot-resurs markazi fondiga taqdim etdi.
Ravshan Saidovning ushbu o'quv qo‘llanmasi talaba va o‘qituvchilar uchun Chet tilini o'qitish uslub va tamoyillari fanining amaliy dars jarayonida foydalanish uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanma o'z ichiga zamonaviy uslub va tamoyillarni yoritishga qaratilgan bo'lib, unda darsni rejalashtirish, interaktiv yondashuvlar va amaliy topshiriqlar tizimlashtirilgan. Lug'atda esa Chet tilini o'qitish uslub va tamoyillari bilan bog'liq asosiy atama va tushunchalarning kengroq doirasi tematik tartibda keltirilgan bo'lib, sinonimlar va ularning amaliy qo'llanish bo'yicha maslahatlar bilan boyitilgan.
#Bitiruvchi_2025 #Diplom_topshirish_marosimi
O‘zDJTUda magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
28-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rahbariyat vakillari, bitiruvchi magistrantlar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Marosim davomida bitiruvchilarning mehnati, intilishi va erishgan yutuqlari iliq tilaklar va hayajonli lahzalar fonida e’tirof etildi. Bu kun yosh mutaxassislar hayotidagi unutilmas sahifaga aylandi.
Ma’lumot uchun, 2024–2025-o‘quv yilida 253 nafar magistrant universitetni muvaffaqiyatli tamomladi, shundan 237 nafariga diplomlar tantanali tarzda topshirildi, 105 nafar bitiruvchi grant asosida tahsil olgan hamda bitiruvchilarning 80 foizdan ortig‘i ish bilan ta’minlangan.
Yutuqli bitiruvchilar orasida1 nafar Prezident stipendiyasi,1 nafar Aleksandr Faynberg nomidagi stipendiya, 6 nafar Rektor stipendiyasi sohibi bor hamda 2 nafar xorijiy talaba magistraturani muvaffaqiyatli yakunladi va 3 nafar bitiruvchi esa xorijdagi nufuzli oliygohlarda malaka oshirib qaytdi.
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣
🎓Qo‘shma taʼlim dasturining kontrakt narxlarini so‘raganlar diqqatiga! Videoda barcha maʼlumotlar berilgan.
💠Bakalavriat va magistratura uchun qabul davom etmoqda!
🇺🇿|🇮🇹 Italiyada O‘zbekiston kuni
29-iyul kuni Italiyaning Peruja Chet elliklar uchun universitetida O‘zbekiston kuni nishonlandi
Tadbir Toshkentdagi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Italyan tili kafedrasi talabalari tomonidan tashkillashtirildi.
Unda universitet rektori, professor Cezaris, o‘qituvchilar hamda dunyoning turli burchaklaridan kelgan talabalar ishtirok etishdi.
Dastur davomida tadbir ishtirokchilari:
🍽 oʻzbek milliy taomlaridan tatib ko‘rish;
🇺🇿 an’anaviy kiyimlarimizni tomosha qilish;
🏛 tariximiz va me’morchiligimiz haqida qiziqarli ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
👨🏫👩🏫
Dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi
29-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Dvoryashina Viktoriya Sergeyevnaning “Jon Stenbek ijodida travelog janrining o‘ziga xosligi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi koʻrib chiqildi.
Dastur davomida tadqiqotchi kengash a’zolari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Shuningdek, lmiy ishning dolzarbligi, nazariy va amaliy ahamiyati bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💻📺📺
28-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun tashkil etilgam diplom topshirish marosimidan videorolik
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” doirasida navbatdagi offline mashg‘ulot
OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida “Young Researchers” to‘garagi doirasida “Improving English Pronunciation for Confident Speaking” mavzusida amaliy trening bo‘lib o‘tdi.
Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga ingliz tilidagi talaffuzni yaxshilash, ishonch bilan gapirish ko‘nikmalarini shakllantirish, urg‘u va intonatsiya bo‘yicha muhim qoidalar hamda amaliy mashqlar taqdim etildi.
💜💜💜
💠Qo‘shma taʼlim- ikkita diplom, bir xil arzon narx! 🌍
XORIJIY DIPLOM OLISHNI XOHLAYSIZMI, AMMO KATTA XARAJATLARSIZ?!
✅Endi bu mumkin! Bizning Bakalavriat va Magistratura uchun mo‘ljallangan Qo‘shma taʼlim dasturlarimiz orqali ikki davlatda o‘qib, yiliga 💵2.000 evaziga IKKI DIPLOMGA ega bo‘ling!
💵O‘qish narxi xorijda ham bir xil!
📌 Bakalavriat (2+2)
2 yil O‘zbekistonda + 2 yil xorijda
📌Magistratura (1+1)
1 yil O‘zbekistonda + 1 yil xorijda
💡Xalqaro qo‘shimcha to‘lovlar yo‘q!
💡Qayerda o‘qisangiz ham narx o‘zgarmaydi!
🌐 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
◀️Telegram | 🌐Facebook
🖥Rasmiy sayt | ❗️ Instagram
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Bizni kuzating
✅🎓Xorijiy diplomni o‘z yurtingizda qo‘lga kiriting!
O‘zDJTU ning Qo‘shma ta’lim dasturi orqali siz:
✅ Xalqaro tan olingan diplom egasiga aylanasiz
✅ Xorijdan kelgan malakali ustozlardan ham ta’lim olasiz
✅ Til, madaniyat va 21-asr ko‘nikmalarini birga o‘rganasiz
✅Qabul muddati: 20-avgustgacha
🗓Imtihon: 26-avgust
Dastur haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Videoni tomosha qiling va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✏️
😀 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
✈️Telegram | 🗳Facebook
😀Rasmiy sayt | 😀 Instagram
#OzDJTU #QoshmaTalim #XorijiyDiplom #TalabaHayoti #Talim #edu #education #uzswlu #doubledegree #chinastudy #studyinrussia #studyinbelarus #chineselanguage #russian
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Turg‘unova tomonidan Bektemir tumani 337-maktabda 6-sinf o‘quvchilari bilan ingliz tilidan “Health” (Sog‘liq) mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.
Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni ingliz tili orqali mustahkamlash, chet tilida erkin fikrlash va fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
🎯 25.07.2025 sanasida "DOLZARB 90 KUN" doirasida Ingliz tili nazariy aspektlari N1 kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan “Shepreneur-Yangi boshlayotgan ayol tadbirkorlar uchun mentorlik platformasi" tadbiri bo’lib o’tdi!
📃Mazkur tadbir start-up loyihalari yaratish, uni yo'lga qo'yish borasidagi ma'lumotlarga boy bo’ldi!
🔋 Tadbir doirasida professor o’qituvchilar tomonidan taqdimot, savol-javob olib borildi.
🗣 Talabalar tomonidan tayyorlangan turli loyihalar tahlil qilindi va zarur maslahatlar berildi.
👩🎓Tadbirda quyidagi professor o’qituvchilar va mehmonlar ishtirok etishdi:
Zulpiyeva D.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi;
Hojanova O'.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o’qituvchisi;
Usmonova F.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi katta o’qituvchisi;
Azimova Z.- Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi stajyor- o’qituvchisi.
📈Xotin-qizlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash maqsadida o'tkazilgan tadbirda qatnashuvchilar qimmatli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
💛💛💛
⭐️ Ochiq eshiklar kuni — samimiy muloqot va muhim maʼlumotlar! ⭐️
Kecha Qo‘shma taʼlim dasturi bo‘limimizda hujjat topshirgan ota-onalar va abituriyentlar bilan ochiq eshiklar kuni sifatida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🌟
Uchrashuv davomida:
✅🎓 Хотите получить международный диплом?
В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан № ПФ–5847 от 8 октября 2019 года и Постановлением Кабинета Министров № 421 от 6 июля 2021 года,
Узбекский государственный университет мировых языков реализует международные совместные образовательные программы с рядом престижных зарубежных вузов! 🌍🎓
🗓️ Начиная с 2025–2026 учебного года:
🔺 Бакалавриат — совместные программы с университетами Китая, России и Беларуси;
🔺 Магистратура — совместные программы с университетами Китая и Беларуси.
✅Выпускники получат:
✅Диплом Узбекистана + ✅ Диплом зарубежного государства
💼 Это дает возможность работать не только в Узбекистане, но и на международном рынке труда!
🌐 Новый этап — это путь к знаниям, возможностям и будущему!
🔎Подать документы можно здесь:
⬇️⬇️⬇️
https://forms.gle/VYTVncVfnsXqD9yn9
🔎 Следите за нашими официальными страницами:
✅ Telegram | 🗳 Facebook
🖥 Официальный сайт | 🌐 Instagram
#Dolzarb90kun
🇺🇿2025-yil 30-iyul kuni Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S. Matkarimov tomonidan “Talabalar uchun turli xorijiy tillarni o‘qitish, kasbga o‘rgatishda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish” mavzusida to‘garak mashg‘uloti tashkil etildi.
🔻Mashg‘ulot davomida xorijiy tillarni o‘rgatish jarayonida raqamli texnologiyalar va interaktiv usullardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
🔻Darslar yuqori saviyada tashkil etilib, iqtidorli talabalarning faolligi ta’minlandi.
✅Mazkur tadbir talaba yoshlarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.
🟩🟩🟩🟩
Toshkent shahar IIBBning 2025-yil 14-iyuldagi 106-sonli buyrug‘iga asosan mayor Sherbayev Sanjar Tillakabilovich Uchtepa tumani bo‘yicha IIO FMB 1-son Ichki ishlar bo‘limi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika katta inspektori lavozimiga (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hududi bo‘yicha) tayinlandi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Sherbayev Sanjar Tillakabilovich Uchtepa tumani IIO FMB 1-sonli bo‘limining Guzar MFYdagi profilaktika katta inspektori sifatida faoliyat yuritgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Bizni kuzating
0️⃣0️⃣0️⃣ #Dolzarb90kun
Chim ustida hokkey mashg‘ulotlari davom etmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, talabalar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishni ta'minlash maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida chim ustida hokkey bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar tashkil etilgan.
👨⚖️👩⚖️
Navbatdagi dissertatsiya muhokamasi tashkil etildi
29-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ahmedova Aziza Komilovnaning “Sinkler Lyuis nasrida badiiy obraz psixologizmi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Muhokama jarayonida ilmiy seminarning barcha a’zolari faol ishtirok etishdi va tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya bo‘yicha berilgan savollarga atroflicha javob berildi. Ilmiy ishning nazariy asoslari, uslubiy yondashuvlari va dolzarbligi yuzasidan fikrlar bildirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💜💜💜
Qo‘shma taʼlim dasturi afzalliklari:
❗️
Xalqaro darajadagi diplom:
Ishga joylashishda ustunlik:
CEFR talablari asosida tillarni o‘rganish, o‘qitish va baholash:
Xalqaro professorlar:
To‘liq akademik yo‘nalishlar zanjiri:
Akademik mobillik:
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universoteti Sharq filologiyasi fakulteti talabalari oʻrtasida “She’riyat gulshani” nomi ostida onlayn toʻgarak tashkil etildi.
Dastur doirasida fakultetning faol talabalari yozgi ta’til davomida yozgan va yod olgan she’rlari bilan oʻzaro boʻlishdi. Shuningdek, she’rlar janrlari, yozilish uslubi va ma’no-mazmuni boʻyicha muhokama olib borildi.
Bu kabi toʻgaraklar talabalarning yozgi ta’til davridagi boʻsh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etishga, she’riyatga boʻlgan qiziqishinu yanada orttirishga, qolaversa, jamoaviy ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👩🎓 0️⃣0️⃣0️⃣#dolzarb90kun
Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
28-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Magistratura bosqichi bitiruvchilari uchun diplom topshirish marosimi tashkil etildi.
Dasturda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, shuningdek, universitet rahbariyati vakillari, bitiruvchi magistrantlar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida vazir oʻrinbosari Otabek Mahkamov OʻzDJTU bitiruvchi magistrantlariga iliq tilaklar bildirib, kelgusidagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tiladi. Soʻng rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan ham magistrantlar erishgan yutuqlar alohida e’tirof etilib, tabrik nutqi soʻzlandi. Marosimning asosiy taqdirlash bosqichida har bir OʻzDJTU bitiruvchi magistrantiga diplom topshirilib, ularning yoʻnalish doirasida ega boʻlgan koʻnikmalari, kelgusidagi rejalari va universitetga minnatdorlik soʻzlari tinglandi. Yakunda kun qahramonlarining yaqinlari va oila a’zolari tomonidan ham iliq fikrlar bildirildi.
✅🎓Xorijiy diplomni o‘z yurtingizda qo‘lga kiriting!
O‘zDJTU ning Qo‘shma ta’lim dasturi orqali siz:
✅ Xalqaro tan olingan diplom egasiga aylanasiz
✅ Xorijdan kelgan malakali ustozlardan ham ta’lim olasiz
✅ Til, madaniyat va 21-asr ko‘nikmalarini birga o‘rganasiz
✅Qabul muddati: 20-avgustgacha
🗓Imtihon: 26-avgust
Dastur haqida ko‘proq bilmoqchimisiz? Videoni tomosha qiling va savollaringizni izohlarda yozib qoldiring! ✏️
😀 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring
✈️Telegram | 🗳Facebook
😀Rasmiy sayt | 😀 Instagram
#OzDJTU #QoshmaTalim #XorijiyDiplom #TalabaHayoti #Talim #edu #education #uzswlu #doubledegree #chinastudy #studyinrussia #studyinbelarus #chineselanguage #russian
#Qabul2025 #Magistratura_turdosh
⚡️ MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati
Siz mazkur roʻyxatdan qaysi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasalari MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh ekanligini bilib olishingiz mumkin.
Magistratura kvotasi bu yerda:
👉 KUNDUZGI
👉 KECHKI
👉 MASOFAVIY
Bizni kuzating
🩷🩷🩷
Qo'shma ta'lim dasturlariga o'qishga qabul qilish tartibi bo'yicha ma'lumotlarni yuqoridagi file orqali yoki quyidagi havolaga bosib yoki O‘zDJTU saytining Qo'shma talim bo'limiga o'tib sayt oxiridagi fayldan ko'rib chiqishingiz mumkin.
❓Qo'shimcha savollar bo'lsa biz bilan bog'laning
➡️⬅️Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
▶️Telegram | ▶️Facebook
▶️Rasmiy sayt | ▶️ Instagram
4️⃣4️⃣4️⃣
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil davrida universitet talabalarining boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining 4-bandiga asosanOʻzDJTUda “Mening Oʻzbekistonim”, “Men sevgan asar” videoroliklar tanlovlari natijalari
#dolzarb90kun
📚Dolzarb 90 kun loyihasi doirasida ilmiy to‘garak!
🏫 Tashkilotchi: O‘zDJTU, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi
👩🏫 Ma’ruzachi: katta o‘qituvchi Rahmatova Nargiza Valijonovna
💻 Platforma: Zoom
🎓Mavzu: “Avoiding plagiarism”
🔹 Talabalar plagiat tushunchasi, uning turlari va ilmiy halollik tamoyillari haqida chuqur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
🔹 Plagiatning nafaqat jiddiy ilmiy muammo, balki akademik axloqiy prinsiplarni buzish ekani ta’kidlandi.
🔹 Manbalarni to‘g‘ri keltirish, parafraza, iqtibos va umumlashtirish usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
💬Mashg‘ulot interaktiv savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘z savollariga batafsil javob olishdi va real matnlar misolida plagiatning oldini olish usullari bilan tanishishdi.
🔻Faol qatnashgan talabalar rag‘batlantirildi.
✨ Bu kabi tadbirlar yoshlarning ilmiy madaniyatini oshirish, ularni halollik va mas’uliyat bilan ilmiy ish yuritishga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega.
0️⃣0️⃣0️⃣ #dolzarb90kun
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Start-up” tashabbusi
25-iyul kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Zamonaviy axborot texnologiyalari kafedrasi o'qituvchisi Z.Sharipova tomonidan yozgi ta’til davrida talabalar uchun "Pitch tayyorlash va startapni taqdim etish" mavzusida startap to‘garagi tashkil etildi.
"Pitch tayyorlash, “Startap nima: Gʻoya va loyiha” mavzusida onlayn oʻtkazilgan mashgʻulot davomida ishtirokchilar startap atamasining mazmun-mohiyati, loyiha va gʻoya oʻrtasidagi farq, ularni amaliyotda amalga oshirishda zarur bilim-koʻnikmalar haqida ma’lumotlarga ega boʻldilar.
Loyiha maqsadi:
1️⃣Talabalarda pitch tayyorlash, startap loyihalar haqida tushuncha berish;
2️⃣Talabalar bilan yangi startap loyihalar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.