O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
“Zulfiyaxonim izdoshlari” bellashuvi g‘oliblari aniqlandi!
Ingliz tili Birinchi fakultetida dekan G. Ergasheva va tyutorlar tashabbusi bilan O‘zbekistonning atoqli shoira, rassom va jamoat arbobi Zulfiyaxonim Isroilova tavalludiga bag‘ishlab “Zulfiyaxonim izdoshlari” nomli bellashuv o‘tkazildi.
Musobaqada fakultetning 14 nafar talabalari ishtirok etib, quyidagi shartlar bo’yicha bellashdilar:
✅ Tanishtiruv – ishtirokchilar milliy libosda o‘zlarini tanishtirish
✅ Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga oid chiqish – sahna ko‘rinishi, ifodali she’r yodlash,videorolik orqali namoyish etish
✅ Ijodiy qobiliyatni namoyon etish – ishtirokchilar o‘z yutuqlari, san’at, tarjimonlik, pazandachilik, tikuvchilik va boshqa sohalardagi mahoratlarini ko‘rsatish
🔹 G‘oliblar:
🥇 1-o‘rin – Tojiboyeva Nozima (2324-guruh)
🥈 2-o‘rin – G‘aniyeva Asila (2318-guruh) Komiljonova Kamola (2401-guruh)
🥉 3-o’rin - Jo’rayeva Nozima (2308-guruh) Bozorova Maftuna (2403-guruh)
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐Instagram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Коррупцияга қарши курашиш бўйича миллий кенгашнинг кенгайтирилган йиғилишидаги нутқидан иқтибослар
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
O'zDJTU va ACQUIN o'rtasida strategik hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro ta'lim standartlari sari muhim qadam tashladi. Joriy yioning 4-mart kuni OʻzDJTU vakillari va Germaniyaning nufuzli ACQUIN Xalqaro akkreditatsiya tashkiloti o'rtasida videomuloqot shaklida rasmiy uchrashuv o'tkazildi.
Dastur davomida Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor A.A.Nosirov universitet ta'lim dasturlarini xalqaro miqyosda tan olinishini ta'minlash strategiyasini taqdim etdi. O'zDJTU vakillari mavjud yo'nalishlarning xalqaro standartlarga mosligi bo'yicha batafsil ma'lumot berishdi. ACQUIN Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Jasmine Rudolph rahbarligidagi ekspertlar guruhi akkreditatsiya jarayonining mezonlari, baholash bosqichlari va zarur hujjatlar haqida tushuntirish berib, O'zDJTU dasturlarini baholash bo'yicha aniq takliflar taqdim etdi.
“Men donorman” xayriya aksiyasi: O‘zDJTU jamoasi ezgu tashabbusda ishtirok etdi
✅ Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Men donorman” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ezgu tashabbus doirasida universitet rahbariyati vakillari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar faol ishtirok etib, donorlik orqali jamiyatga foyda keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
🩸 Aksiya davomida Qon quyish markazi shifokorlari ishtirokchilarga qon topshirish jarayoni, unga qo‘yiladigan talablar hamda donorlikning inson salomatligiga foydalari haqida tushuntirish berishdi. Ko‘ngilli donorlar oldindan ro‘yxatga olinib, barcha gigiyenik talablar asosida qon topshirdilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Toshkentda “Vazir kubogi” sport musobaqalariga start berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ommaviy sportni rivojlantirish va aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Vazir kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi.
🟦🟦
4-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Anorboyeva Solixa Asqarjon qizining “Ispan tilini o‘qitishda talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Muhokamada kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etdi. Kafedra muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❓ Qonunlar murakkab bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo ularni sodda tarzda tushuntirish juda muhim!
✈️ Yangi qonunlar – Sizga qanday ta’sir qiladi? Imtiyoz va imkoniyatlar qanday?
Ushbu kanal orqali yangi qabul qilingan qonunlar va normativ hujjatlar, ularning hayotingizga ta’siri va kutilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
✈️ Inson huquqlari – Kim qanday huquqlar bilan himoya qilinadi?
Bu kanal fuqaro huquqlari, sud amaliyoti va yuridik himoya masalalariga oid yangiliklarni yoritib, sizga kerakli bilimlarni yetkazadi.
✈️ Qizg‘in muhokamalar – Parlamentdagi eng dolzarb mavzular!
Ushbu kanal orqali siz parlament muhokamalari, qonun loyihalari va davlat boshqaruvi sohasidagi eng muhim masalalar bilan tanishasiz.
🚫 Qonunchilikdagi o’zgarishlar Sizni befarq qoldirmaydimi? Unda quyidagi kanallarni kuzatib boring va qonunlar olamidagi har bir yangilikdan xabardor bo‘ling!
🔹 @qonunchilikpalatasi
🔹 @rahimjon_hakimov
🔹 @matbuot_kotibi_uz
Har bir o‘zgarish sizning huquqlaringiz va kundalik hayotingizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin – eng so‘nggi yangiliklar va qiziqarli muhokamalarni doimo do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
Bizni kuzating
Xalqaro jurnalistika fakultetida kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida navbatdagi kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida jurnalistika sohasidagi dolzarb masalalar, ilmiy tadqiqotlarning samaradorligini oshirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi. Shu bilan birga, ilmiy maqolalar va monografiyalarni nashr etish, talabalar ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi Abdusalamova Zanjiloy Farhod qizi (Sirdaryo viloyati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘ldi!
Bu yuksak e’tirof uning bilimgа chanqoqligi, izlanishlari va mehnatsevarligining yorqin ifodasidir.
Universitetimiz jamoasi nomidan Abdusalamova Zanjiloyni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook |
🟦🟦
SOG‘LOMLASHTIRISH KLUBIGA TAKLIF QILAMIZ!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti asosiy sport zalining 2-qavatida sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda!
📌 Mashg‘ulotlar professional trener tomonidan olib boriladi.
📅 Mashg‘ulot vaqtlari:
🔴 Dushanba: 14:00 – 15:30
🔴 Chorshanba: 14:00 – 15:30
🔴 Juma: 14:00 – 15:30
💰 Kurs narxi: 1 oy uchun 300 000 so‘m
📌 To‘garakka yozilish uchun:
✅ Ism-familiyangiz
✅ Telefon raqamingiz
✅ Qaysi vaqtdagi mashg‘ulotga qatnashmoqchi ekanligingiz
Ushbu ma’lumotlarni quyidagi Telegram profiliga yozib qoldiring: @Amilkhanovna_N
Sog‘lom hayot sari birga qadam tashlaylik! 🚀
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Zulfiya
#Davlat_mukofoti
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga 19 nafar oliy taʼlim hamda ilm-fan vakillari sazovor boʻldi
Prezident qaroriga koʻra 1 nafar o‘qituvchi, 3 nafar tayanch doktorant, 1 nafar assistent, 4 nafar magistr, 10 nafar talaba-qiz a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Turemuratova Biybinaz Kenesbay qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali magistranti;
Sotvoldiyeva Mohinur Hazratullo qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti;
Usmonova Dilshoda Egamberdi qizi – Andijon davlat pedagogika instituti talabasi;
Ruhillayeva Nilufar Shukrullo qizi – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;
Bahronova Dilshoda Tohirovna – Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi;
Ortiqova E’zoza Nodir qizi – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistranti;
Sheraliyeva Jasmina Erkin qizi – Guliston davlat universiteti talabasi;
Mahammadrizoyeva Madinabonu Mahammadrizo qizi – Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabasi;
Yo‘ldosheva Ummatoy To‘lqinovna – “Yangi O‘zbekiston” universiteti magistranti;
Abdullayeva Saida Ravshan qizi – Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi;
To‘ychiyeva Dilafruz Nu’monjon qizi – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi;
Abdusalomova Zanjiloy Farhod qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi;
G‘aniyeva Maftuna Abduaziz qizi – Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti;
Abdusaidova Gulruxsorabegim Komiljon qizi – Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi;
Zaripova Rushana Robertovna – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tayanch doktoranti;
Abdurasulova Dilnoza Botirali qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali assistenti;
Sobirova Layloxon Arslonbek qizi – Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti magistranti;
Sodiqova Nasiba Majidovna – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabasi;
Babeshko Alina Aleksandrovna – O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi o‘qituvchisi.
💐Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan xotin-qizlarimizni samimiy muborakbod etadi!
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Britaniya Kengashi hamkorligida Accelerating English Language Learning in Central Asia (AELLCA) loyihasi doirasida xalqaro seminar-trening tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan sizlarni Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi barcha professor-o'qituvchilarni "Equality, diversity and inclusion for language teaching" ("Til o'qitishda tenglik, tafovut va inklyuzivlik")
mavzusidagi xalqaro seminar-treningga taklif etadi!
📅 Sana: 6-mart
🕑 Vaqt: 14:00
📍 Joy: O‘zDJTU bosh binosi, Ingliz tili 2-fakulteti, 201-xona faollar zali
Seminar Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti professorlari Dr. Peter Watkins va Gulsah Kutuk tomonidan olib boriladi.
📌 Ushbu tadbir ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar, yangi imkoniyatlar hamda tajriba almashish uchun xizmat qiladi.
🎓 Tadbir yakunida faol qatnashchilarga sertifikatlar topshiriladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✅ ⚡️⚡️⚡️
QIZLARGA yotoqxona
.📍📍📍Manzil: Chilonzor tumani
10 mavze
📌Mo'ljal: Jahon tillari Universiteti ro'parasi
🚇 Chilonzor metro 🔤
🚌 Avtobuslar qatnovi
🛍🛒 Bozor va marketlar
🏃♂➡️💪 Sport zallar
👨💻IT kurslar
📙📚 chet til kurslari ga yaqin
Shovqindan xoli joyda joylashgan
✅SHAROITLAR
🛜 WI-FI
✅KIRMOSHINA
🚰 ISIQ SUV SOVUQ SUV
🔥GAZPLITA
✅ MUZLATGICH
🔥ATAPLENA TOPLI POL
🛁🚽 Sanuzelari alohida 2+2ta
Hamma sharoitlari bor
KAMUNAL ICHIDA
📄 ❗️IJARA SHARTNOMA QILINADI
💵 Narxi: 1 000 000 so'm
Qolgan malumotlar lichkada
. ❌👨💼 MAKLERLAR BEZOVTA QIlMASIN❗️❗️
✅@Dilshod4041
Tel: 📞 90 024 42 44
🌸 “Bahor keldi seni so‘roqlab...” 🌸
🌺Bahor – yangilanish, ilhom va go‘zallik fasli!
28-fevral kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti kechki ta’lim tyutolari S. Nurullayeva va S.Hafizov tashabbusi bilan bahorga bag‘ishlangan ijodiy tadbir o‘tkazildi.
🌿Tadbirni fakultet dekani Y. Azzamov ochib berdi va barchani faslga xos iliqlik bilan qutladi. Ushbu bayramona kechada iqtidorli talabalar tomonidan jonli sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, she’riyat ixlosmandlari bahor haqida she’rlar o‘qib, barchaga ilhom ulashdi.
🟦🟦🟦
1-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bahor faslining boshlanishi an’anaviy tarzda sumalak tayyorlash bilan kutib olindi.
Universitet rektori I. Tuxtasinov bayramni ochib berib, barcha talabalarni bahorning ilk kuni va Ramazon oyining kirib kelishi bilan samimiy qutladi. Ushbu kun tabiatning yangilanishi bilan birga, ma’naviy poklanish ramzi sifatida ham qadrlidir.
Talabalar turar joyi hovlisida joylashtirilgan doshqozon atrofida talabalar, rahbariyat va pedagoglar birgalikda sumalak tayyorlash jarayonida faol ishtirok etdilar. Har bir ishtirokchi o‘z hissasini qo‘shib, bayram kayfiyatini yanada oshirdi.
Dastur davomida iqtidorli talabalar tomonidan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va qiziqarli bellashuvlar ijro etildi. Bu esa barchaga unutilmas taassurot ulashdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
“Sen aziz va muqaddassan, muqaddas ayol” – O‘zDJTUda 8-mart bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi!
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilib, unda universitetning barcha fakultetlaridan ayol professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yusupov Otabek Yakubovich ochib berib, universitet rektorining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Bayram tadbirida mashhur san’atkorlar, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilov, VIA Marokand guruhi, Afruza va boshqa estrada yulduzlari ishtirok etdi. Ular o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan barcha universitet xodimalarini tabriklashdi.
Shuningdek, iqtidorli talaba-qizlar tomonidan ijro qilingan raqslar hamda Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyi o‘quvchilarining chiqishlari bayramga yanada fayz bag‘ishladi.
Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalar hamda san’atkorlarga minnatdorlik bildirilib, universitet tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
Bayram tadbiridan so‘ng barcha universitet xodimalariga universitet tomonidan bayram sovg‘alari ulashildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
OʻzDJTUda “Siyosiy inqirozlar sotsiologiyasi” mavzusida seminar-trening boʻlib oʻtdi.
📅 4-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosiy fanlar kafedrasi tomonidan “Siyosiy inqirozlar sotsiologiyasi” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
📍 Tadbirda OʻzMU professori, sotsiologiya fanlari doktori Xolbekov A. J. ishtirok etib, sotsiologiya va siyosatshunoslik yoʻnalishining 2-kurs talabalari uchun ma’ruza oʻqidi.
🔎 Ma’ruza davomida siyosiy inqirozlarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy va siyosiy oqibatlari, hamda ularni tahlil qilishning sotsiologik yondashuvlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
📢 Seminar-trening talabalar uchun qiziqarli va interaktiv ruhda oʻtib, ularning siyosiy jarayonlarga ilmiy nuqtayi nazardan yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
@xalqarojurnalistika_fakulteti
0️⃣0️⃣0️⃣
O‘zDJTU talabalar turar joyida “Miss Spring” tanlovi bo‘lib o‘tdi!
4-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-TTJ binosida talaba-qizlar o‘rtasida “Miss Spring” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu bahoriy go‘zallik va mahorat kechasida universitet rahbariyati va mehmonlar ishtirok etdilar.
Tanlovni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, ishtirokchilarga omad tiladi. Talaba-qizlar o‘z iste’dodlarini namoyish etib, nafosat va zakovat borasida o‘zaro bellashdilar.
🏆 Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlandi:
🥇 1-o‘rin – Abduxalilova Moxro‘yo
🥈 2-o‘rin – Omonova Guli
🥉 3-o‘rin – Komilova Gulsanam
✨ G‘oliblarga universitet rektori tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
🌿 O‘zDJTUda “Yashil kelajak” haftaligi doirasida eko-seminar bo‘lib o‘tdi
🇺🇿 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yoshlar oyligi doirasida “Yashil kelajak” haftaligi o‘tkazildi. Tadbirlar doirasida taniqli eko-faol, ekologiya sohasi mutaxassisi, “Yashil uyim”, “Baxt ulash”, “Befarq onalar” loyihalari asoschisi Mo‘tabar Xushvaqtova (Urikguli) universitetimiz mehmoni bo‘ldi.
♻️ U o‘z chiqishida ekologik muammolar, barqaror turmush tarzi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Seminar davomida talabalar ekologik loyihalar haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌱 Mo‘tabar Xushvaqtova o‘z nutqida hozirgi ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratdi. U havoning ifloslanishi, chiqindilarni noto‘g‘ri boshqarish, daraxtlarning kesilishi kabi muammolarni sanab o‘tdi va ularning oldini olish uchun jamiyatda ekologik ongni shakllantirish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, insonlarning tabiatga befarqligi, resurslardan noto‘g‘ri foydalanishi va ekologik mas’uliyatsizlik kabi xatolar kelajak avlodga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har bir fuqaro kichik harakatlar orqali ham katta o‘zgarishlar qilish imkoniyatiga ega, shu bois chiqindilarni saralash, yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik loyihalarga qo‘shilish muhim ekanini ta’kidladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🇺🇿2025-yil 4-martdan boshlab O’zDJTU Roman-german filologiyasi Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi 2-kurs talabalari o‘z mahorat darslarini boshladi. Amaliyot davomida respublikamizning umumta’lim maktablarida “Passe-passe – 1-2-3-4” darsligi asosida darslar olib borilmoqda.
✅Amaliyot rahbari: Z. Davronova tomonidan har bir talabaga darslikdagi mavzular taqsimlanib, reja asosida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Har bir darsdan so‘ng tahlil o‘tkazilib, metodika bo‘yicha tegishli maslahatlar berilmoqda.
📌Amaliyotning asosiy maqsadlari:
• Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish usullari bilan tanishish;
• Chet tilini o‘qitish metodlarini o‘zlashtirish va qayta ishlash;
• Dastlabki kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish;
• Tashkiliy, kommunikativ va izlanuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirish;
• O‘qituvchilik kasbiga xos professional fazilatlarni shakllantirish.
✅Bu amaliyot talabalar uchun kelgusidagi pedagogik faoliyatga tayyorgarlik jarayonida muhim tajriba maktabi bo‘lib xizmat qiladi.
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi
✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!
❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.
➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.
🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.
📃Tanlov nizomi
Bizni kuzating
#talabaga_qulaylik
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori talabalar turar joylariga tashrif buyurdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 4-5 va 6-TTJga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning yashash va o‘qish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida rektor talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning fikr-mulohazalarini tingladi. Shuningdek, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida ular bilan stol tennisi o‘ynadi.
Shu kunlarda ob-havoning keskin sovib ketgani bois, TTJlarda talabalar uchun yaratilgan issiqlik ta’minoti ham alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi. Talabalar yotoqxonasidagi harorat va isitish tizimining ishlashi o‘rganilib, muammolar mavjud bo‘lsa, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, TTJ hududida xavfsizlikni ta’minlash, talabalarning sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti, professor Xalliyeva Gulnoz Iskandarovnaning shogirdi Sotvoldieva Moxinur Hazratullo qizi (Andijon viloyati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ushbu nufuzli mukofot sohibasi bo‘ldi!
Bu mukofot uning adabiyot sohasi bo‘yicha olib borayotgan izlanishlari, ijodiy va ilmiy faoliyatidagi yutuqlari hamda fidoyiligining yuksak e’tirofidir.
Universitetimiz jamoasi nomidan Sotvoldieva Moxinurni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook |
🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU TALABALARI – “ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI” SOHIBALARI!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti 3-bosqich talabasi Abdusalamova Zanjiloy Farhod qizi (Sirdaryo viloyati) va Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti Sotvoldiyeva Moxinur Hazratullo qizi (Andijon viloyati) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq ushbu yuksak mukofot sohibalari bo‘ldilar!
Bu nufuzli mukofot ularning bilimga chanqoqligi, izlanuvchanligi va mehnatsevarligining yorqin ifodasidir. Universitetimiz jamoasi nomidan ularni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook |
✅ #Olimlar_minbari
#17.02-01.03.2025
📰 Olimlar hamda professor-oʻqituvchilarning fikr va mulohazalari markaziy nashrlarda
“Aqlli” shaharsozlik zamonaviy, qulay va xavfsiz turmush kafolati” — Fazliddin MO‘MINOV, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
“Tabiatga yondashuvimiz g‘oyaviy tus olishi kerak” — Sadriddin TUROBJONOV, Toshkent davlat texnika universiteti rektori, akademik;
“Sog‘lom millat – fikr va g‘oyalar tashabbuskori” — Toʻlqin TESHABOYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, professor;
«Двигатель общественных трансформаций» — Илхомжон ТУХТАСИНОВ, ректор Узбекского государственного университета мировых языков профессор;
«Спорт: объединяя весь мир, сплачивая людей и сердца» — Баходиржон ШЕРМУХАММАДОВ, ректор Ферганского государственного университета, профессор;
«Заботясь о количестве и качестве, нельзя забывать о доходах» — Обиджон ХАМИДОВ, ректор Бухарского государственного университета;
“Garvardchilar maktabi” yoshlar iqtidorini yuzaga chiqaradi” — Dilshodbek RUSTAMOV, Andijon davlat chet tillari instituti rektori, professor;
“Ajdodlar merosiga munosib avlod” — Bahodir MA’MUROV, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor;
“Hozir diplom uchun emas, yetuk mutaxassis bo‘lish uchun o‘qiydigan davr” — Orifjon BOZOROV, Qarshi muhandislik-texnologiya instituti rektori;
“O‘zbekistonning ko‘rfazdagi ishonchli sherigi” — Muhiddin PO‘LATOV, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti rektori, professor;
“Yoshlar – vatan tayanchi. Ularga ta’lim-tarbiya berishga bor kuch-g‘ayratimizni safarbar etamiz” — Mirzayusuf RUSTAMBOYEV, Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘i;
“O‘zbekiston-Pokiston: Janubiy va Markaziy Osiyoni birlashtiruvchi ishonchli sherik” — Sherzod MUSTAFOQULOV, Xalqaro Nordik universiteti rektori, professor;
“Sport shunchaki o‘yin va musobaqa emas, millat genofondi, mamlakat qudrati, obro‘-e’tiboridir” — Bahodirjon SHERMUHAMMADOV, Farg‘ona davlat universiteti rektori, professor;
“Bu shunday sohaki, unga daxldor bo‘lmagan shaxsning o‘zi yo‘q” — Shuhrat BOYMURODOV, Toshkent tibbiyot akademiyasi prorektori, professor;
“Ish o‘rinlarini ko‘paytirishda hal qiluvchi yil” — Mansur ESHOV, professor;
“Mushtarak maqsadli tashabbuslar O‘zbekiston va Pokistonning iqtisodiy hamkorligida ayni muddao bo‘lmoqda” — Jasurbek OTANIYOZOV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;
“Buyuk ipak yoʻli durdonasi” — Alisher ESHTAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, professor;
«Бизнес-климат глазами предпринимателей» — Гульчехра АЛЛАЕВА, заведующая кафедрой Ташкентского государственного технического университета, профессор;
«Правовое регулирование договорных отношений в интернете» — Дилором КАРАХОДЖАЕВА, профессор кафедры ТГЮУ;
“Siyosiy tafakkuri yuksak xalq. Bunday jamiyatni aslo yengib boʻlmaydi” — Ismoil SAIFNAZAROV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori;
«Гарантия равных прав в образовании - путь к социальной справедливости» — Рано АЗИМБАЕВА, доцент Ташкентского государственного экономического университета;
“Maqsad sari dadil odimlash fursati” — Shodiyor NARZULLAYEV, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti katta o‘qituvchisi;
«Правоспособность искусственного интеллекта: возможно ли это?» — Ирода УМАРОВА, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;
«Искусственный интеллект в зеленой перезагрузке. Как Узбекистану стать лидером умных решений» — Шухрат ЁКУБОВ, преподаватель Ташкентского государственного юридического университета;
“Tirik tarix” kino ta’limi amaliyot maydoni” — Otajon DOSTONOV, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tadqiqotchisi;
“Ijtimoiy-emotsional ta’lim metodikasi” — Rohatoy SAFAROVA, pedagogika fanlari doktori, professor;
“Baxmalning “Tashrif qog‘ozi” — Ilyos OTABEKOV, Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi direktorining o‘rinbosari.
Bizni kuzating
❗️❗️❗️❗️❗️
🔹”Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi e’lon qilindi.
🇺🇿Mazkur tanlov O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo’nalishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchi kurs talabalari o’rtasida o’tkaziladi.
🔹Siz o’zingizni ijtimoiy taraqqiyot uchun tadqiqot ishingizni qilmoqchi edingiz ammo imkon yo’qmidi?!
Unda bu tanlov aynan siz uchun.
🔻Tanlov nizomi va umumiy qoidalari bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin bo’ladi.
👉NIZOM
✈️ Telegram
❗️❗️❗️❗️❗️
🔹Аr-Riyoddagi elchixonasi maʼlumotiga koʼra, ayni vaqtda Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Ilmiy va texnologik hamkorlik boʼyicha doimiy qoʼmitasi (COMSTECH) tomonidan “COMSTECH AWARDS 2025” mukofoti uchun hujjatlar qabul qilinmoqda.
🔻Mazkur tanlov yakunida qoʼyidagi 4 yoʼnalishda jami 10 ta nominatsiya boʼyicha ilmiy tadqiqotchilar va olimlarni mukofotlash rejalashtirilgan:
1. Biologiya va kimyo fanlari rivojiga umrbod qoʼshilgan xissa
uchun;
2. Fan va texnologiyalarda ilgʼor ilmiy yutuqlar uchun;
3. Eng yaxshi ilmiy nashr uchun;
4. Ilm-fan kommunikatsiyalari sohasidagi yutuq uchun.
Hujjat topshirish tartibi “
COMSTECH AWARDS 2025
” mukofotiga nomzodlar ilmiy muassasalar, milliy tadqiqot kengashlari, universitetlar, tadqiqot
institutlaridan IHTga aʼzo davlatlar fuqarolari boʼlgan va ularda ishlovchi olimlar ishtirok etishlari mumkin. Nomzodlar COMSTECH bosh koordinatori tomonidan tayinlangan tegishli sohadagi taniqli olimlar va ekspertlar hayʼati tomonidan baholanadi. Ishtirok etuvchi shaxs yoki muassasa tavsiya etilgan rasmiy xat va tegishli hujjatlarining elektron nusxalari COMSTECH kotibiyatiga awards@comstech.org elektron pochtasiga yuborilishi kerak. Maktubda aynan qaysi nominatsiya boʼyicha ariza topshirilayotgani va mazkur sohaga qoʼshilgan xissa aniq bayon qilinishi lozim.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
1-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M. Aripova talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalarning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga amal qilishi, shuningdek, ularning ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv-ilmiy faoliyatini o‘rganish maqsadida 4-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida 4-sonli TTJ pedagogi Z. Karimova bilan birgalikda talaba-qizlar bilan suhbat o‘tkazilib, shaxsiy gigiyena, ozodalik, tartib-intizom hamda mavjud sharoitlardan unumli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yotoqxona talaba-qizlari kengashi ishtirokida shoira Zulfiyaxonim tavalludining 110 yilligi munosabati bilan “Lobar qizlarga” nomli tadbir tashkil etildi. Unda shoiraning hayoti, ijodi, insoniy fazilatlari va boy ma’naviy merosi haqida so‘z yuritilib, uning she’rlaridan parchalar o‘qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
1-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bahor faslining boshlanishi munosabati bilan sumalak tayyorlanish jarayonidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
28-fevral kuni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Siyosiy fanlari doktori, professor Jo‘rayev Narzulla Qosimovichning “O‘zbekiston-Pokiston: strategik sheriklik va mintaqaviy integratsiya istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi tashkil etildi.
Unda Toshkent shahri va boshqa viloyat oliy ta’lim muassasalari, tegishli ta’lim yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchi va professorlari ishtirok etdilar. Jumladan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik, Sotsiologiya va Xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishlari talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirni Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi raisi, texnika fanlari doktori, professor, fan arbobi Oqil Salimov ochib berdi. O‘z nutqida u Prezident Sh.Mirziyoyev tomonidan chegaradosh davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik tamoyili asosida pragmatik ruhda jadal islohotlar olib borilayotgani haqida so‘z yuritdi. Jumladan, Pokiston Islom Respublikasi bilan so‘nggi yillarda o‘rnatilgan yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish har ikki mamlakat uchun nechog‘lik manfaatli ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng Siyosiy fanlari doktori, professor Narzulla Jo‘rayev joriy yilning 25-26 fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning mamlakatimizga uyushtirgan rasmiy tashrifi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar, ikki tomonlama o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi ulkan natijalari haqida nutq so‘zladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan imzolangan hujjatlarning ahamiyati hamda mazkur rasmiy tashrif doirasida o‘tkazilgan muzokaralarda ko‘rib chiqilgan masalalarni sharhlab berdi. Bu ikki xalqning madaniy-ma’rifiy, iqtisodiy-siyosiy sohalardagi do‘stona aloqalari uzoq tarixga borib taqalishini va mazkur tashrifdan so‘ng ikki qardosh xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkamlanishini ta’kidladi.
Ma’ruza so‘ngida talaba yoshlar va professor o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar.
@xalqarojurnalistika_fakulteti