uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12026

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

OʻzDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.


Dastur davomida Maksudova Hilola Ferdinantovnaning 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) “Nofilologik ta'lim yo‘nalishlarida sohaviy fanlarni xorijiy tilda o‘qitishning nazariy-metodik asoslari (tibbiyot yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining ilmiy seminar muhokamasi tashkil etildi.


Seminarda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, rasmiy opponentlar va universitet mas’ullari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💡#BayramKayfiyati

🎄Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili uchinchi fakultetida Yangi yil shukuhi hukm surmoqda.

🏡 Ingliz tili uchinchi fakulteti

🎄 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

19-dekabr kuni O‘zDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova tashabbusi bilan “Baxt yulduzi” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.


Fakultetning birinchi bosqich talaba-qizlari ishtirokida oʻtgan ushbu trening universitet psixologi Z.Xayrullaeva tomonidan tanishuv, psixogimnastika mashg‘ulotlari asosida olib borildi. Shuningdek, psixologik treningda universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Z.Mo‘minxo‘jaeva ham ishtirok etib, mavzu yuzasidan oʻz fikrlarini talabalar bilan boʻlishdi.


Trening kelajakka ishonch va   motivatsion ruhda oʻtkazilib, talaba-qizlarda katta taassurot qoldirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💘💘💘💘💘 💘💘💘🔴

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bayram shukuhi

🎄 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Namanganda rahbar kadrlar uchun o‘tkazilgan 4 kunlik o‘quv-amaliy seminar 19-dekabr kuni yakuniga yetdi.


Shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun  o‘quv-amaliy seminari samarali bo‘ldi.

To‘rt kun davomida 38 soatlik o‘quv dasturi doirasida professor-o‘qituvchilar va tajribali murabbiylar tomonidan davlat boshqaruvi sohasida ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda, amaliy ko‘nikmalar ham o‘rgatildi. Seminar yakunida tinglovchilar test sinovlaridan o‘tkazilib, ularning bilim darajasi baholandi.


Namangan shahridagi "Ma’rifat maskani"da tashkil etilgan o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari yakuniga bag‘ishlangan marosimda o‘quv-amaliy seminar jarayonida faollik ko‘rsatgan  tashkilotchilar hamda professor-o‘qituvchilar qatorida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov  viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Qishki_ta’til

Qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi

Eslatib o‘tamiz, barcha oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 19-dekabr kuni O‘zDJTUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.


19-dekabr kuni OʻzDJTU Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir tashkil etildi.

Dastur davomida elimizning ardoqli va taniqli adiblaridan biri Muhiddin Omon bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning adabiyotga qiziqqan, yozuvchi, shoir va shoira talabalari ishtirok etdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga oʻz kasbining yetuk vakilidan asosli va manfaatli javoblar olishdi. Shuningdek, adib 4-talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Haftalik 📸👩‍🏫👨‍🏫

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

OʻzDJTU Adabiyotshunoslik yo’nalishida ta’lim olayotgan 1-2- bosqich magistratura talabalari o’rtasida oʻtkazilgan tanlov g’oliblari aniqlandi.


Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi dosenti, f.f.f.d. (PhD) Ruzmatova Dilnoza Ramatjanovna tashabbusi bilan magistraturada ta’lim olayotgan Adabiyotshunoslik yo’nalishi talabalari o’rtasida Erix Maria Remarkning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q”, Mixail Bulgakovning “Usta va Margarita” va Murtazo Mushfiq Kozimiyning “Qo’rginchli Tehron” asarlari bo’yicha 10-13 -dekabr kunlari tanlov bo’lib o’tdi. Har bir asar talabalar tomonidan adabiy-tanqidiy tahlillarga tayangan holda taqdimot koʻrinishida uzatildi. Taqdimotlar so’ngida “Eng yaxshi guruh” va “Eng yaxshi taqdimotchi” nominatsiyalari bo’yicha g’oliblar ochiq ovoz berish asosida aniqlandi.

⬇️
Erix Maria Remark va uning “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” romani bo’yicha “Whispers of War” guruhi g’olib deb topilib, Sevara Karimova “Eng yaxshi taqdimotchi” deb topildi;
Mixail Bulgakov va uning “Usta va Margarita” asarini “Stalin”, “Bulgakov’s Retinue” va Mysteria” guruhlari taqdimot qildi va “Mysteria” jamoasi “Eng yaxshi guruh” va Qo’chqorxo’jayeva Muxlisaxon va To’rabekova Gulira’no “Eng yaxshi taqdimotchilar” deb e’lon qildi;
Murtazo Mushfiq Kozimiy va uning “Qo’rqinchli Tehron” romanini tahlil qilib, “Victims of Tehran” guruhi ishtirokchilari “Eng yaxshi guruh” deb topildi hamda Sharipova Zuxra va Hakimov Abbosjon “Eng yaxshi taqdimotchilar” deb tan olindi.


G’olib guruhlarning barcha ishtirokchilari va eng yaxshi taqdimotchilarga homiy “Intellectual Software” MCHJ tomonidan taqdim etilgan Nobel mukofoti sovrindori Abdulrazoq Gurnaning “Afterlives” kitobi esdalik sifatida taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

16- dekabrdan boshlab Namangan viloyatida tuman (shahar) hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.


To‘rt kun davomida bo‘lib o‘tadigan seminarda ishtirokchilarga mahallabay ishlash tizimining zamonaviy va samarali usullarini joriy qilish orqali iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, joylardagi muammolarni hal etishda mahallalardagi vakillar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini mazmun mohiyatini tushuntirish, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibni saqlash, mahalla va ko‘chalarning xavfsiz bo‘lishini ta’minlash, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirishga ko‘maklashish, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalardagi aholini yanada qo‘llab-quvvatlashga doir zarur bilimlar beril borilmoqda.


Seminarlarga oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar jalb etilgan bo‘lib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul  vakili sifatida ishtirok etmoqda.

Seminarlarda Ilxomjon Tuxtasinov Prezidentimizning 2024-yil 18 — 20-noyabr kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatidagi nutqlarida ijro organlari rahbarlari zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalar to‘g‘risida so‘z yuritdi. Shuningdek, ushbu o‘quv-seminarda yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar, aholi muammolarini hal etishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berib o‘tdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#MasʻullardanJavob

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan bir boʼlib qolmoqda. Bu illatga qarshi turish dunyoning koʼplab mamlakatlarini qamrab olgan. Oʼzbekiston Respublikasi ham korrupsiyaga qarshi kurashga oʼz hissasini qoʼshib kelmoqda. Bugungi kunda respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular boʼyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 9-dekabr — Xalqaro korrupsiya kuni deb belgilangani ham alohida ahamiyat kasb etadi.


Xoʻsh, korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

Bu savolga universitet mas’ullaridan javob oldik.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#PhD

OʻzDJTU huzuridagi
ilmiy darajalar beruvchi
PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02 raqamli Ilmiy kengash
8-son majlisi oʻtkazildi.


Unda Cherginskaya Irina Aleksandrovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “8-9-sinflardagi bilingvli o‘quvchilarni rus tilida shartli munosabatlarni ifoda etishga o’rgatish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi muhokama qilindi.


Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

16-dekabr kuni Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari Quvandiqova Sarvinoz, O‘taganova Roza va Iskandarova Dilfuza tashabbusi bilan "TED ed students talk" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda fakultet talabalaridan:
🥇 1-o'rin Muxtorova Zarina
🥈 2-o'rin Nurullayeva Mohira
🥉 3-o'rin Achilbayeva Sevinch va Tursunov Shaxboz egallashdi.
Tadbir davomida kafedra mudiri Muxtorov Muxiddin va kafedra o‘qituvchilari Babanov Baxadir hamda Jabbarov Izzat "TEDEd students talk" da hay'at a'zolari sifatida qatnashishdi va g‘oliblarini aniqlashdi.

Tadbir 2 bosqichda o‘tkazildi:
Dastlab, nomzodlar o‘rtasida kasting olib borildi. Talabalardan ma'lum mezonlar bo‘yicha nomzodlar saralanib olindi. Ikkinchi bosqichda, ishtirokchilar o'zlari qiziqqan mavzularda nutq so‘zlashdi va tengdoshlariga ham ta'lim ham kundalik hayot yuzasidan motivatsiya berdilar.

G‘olib talabalarimiz tashkilotchilar tomonidan sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:

Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba yoshlar uchun davra suhbati tashkil etildi.


Unda OʻzDJTU Xotin-qizlar va bolalar huquqlari kafolatlari bo‘yicha Uchtepa tuman Adliya boʻlimi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsultlari Aziza Qahramonova va Manzura Achilova yoshlarning huquq va majburiyatlari haqida nutq soʻzladi. Tadbirda mutaxassislar yoshlarning mulk, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash va mehnatga oid huquqlari haqida atroflicha to‘xtalib, zo‘ravonlik va ularga belgilangan jazo turlari haqida batafsil ma’lumot berdi.


Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida 2024-yilning yakuniga qadar Adliya organlari tomonidan “Huquqiy bilimlar oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

17-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 39-son majlisi o'tkazildi.


Dastur davomida Kambarova Marjan Adil qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Odam” tayanch leksemali maqollarning semantik va lingvostatistik xususiyatlari (ingliz, rus, oʻzbek, qozoq tillari materiallari boʻyicha)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o'tdi.


Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-iyuldagi “Turizm sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 269-sonli Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi huzuridagi “Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti” bilan hamkorlikda Gid-tarjimonlar tayyorlash oʻquv kursini tashkillashtirishning oʻquv kursi dasturi va oʻquv rejasi ishlab chiqildi va uch tomonlama tasdiqlandi. Mazkur kurslarga Respublikaning yuqori malakali professor-oʻqituvchilari va mutaxassislari jalb qilingan. Oʻquv mashgʻulotlari davomida kurs qatnashchilari ikkita diplom bilan biritib, mutaxassis boʻlib chiqishadi.


Universitetning iqtidorli talabalardan iborat xitoy, ispan, italyan, yapon, malay tillari boʻyicha ushbu kursga 72 ta iqtidorli talaba qabul qilindi va kurs tashkil etildi.

20-dekabr kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov va universiteti rahbariyati ishtirokida mazkur kurs qatnashchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Rektor mashgʻulotda qatnashish istagidagi talabalarga ushbu kursni muvaffaqiyatli bitirib, yaxshi mutaxassis boʻlib yetishishida omad va zafarlar tiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bellashuv

18-dekabr kuni “Ingliz tilini oʻqitish metodikasi va ta’lim texnologiyalari” kafedra professor-oʻqituvchilari, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. Normurotova Valentina Ivanovna, Kurbanova Dilafruz va Madina Tuxtaxujaeva tomonidan «Best -Beginning English school Teachers 2024-2025» fanidan guruhlar orasida musobaqa uyushtirildi.

Musobaqada 3 guruh “The Best”, “Enlighters”, “Eduglobe” ishtirok etishdi va toʻrt xil bosqichlarda bellashdilar.


Hal qiluvchi bahsda jamoalar musobaqa shartlari asosida bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Yakunda uchta jamoa deyarli yuqori ko‘rsatkichlarni egallashga muvaffaq bo’lishdi.

Eng yuqori ballarni “The Best”, soʻng “Enlighters” va “Eduglobe” jamoalari egallashdi. Gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alar va sertifikatlar topshirildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Raqamlashtirish bo‘yicha “Unicon soft” tomonidan edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimini takomillashtirish seminari o‘tkazildi.

Seminarda “Unicon soft” M.CH.J mutaxassislari Sharifjon Botirov va Mirzakarimov Shahzod, universitetning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, devonxona xodimlari, https://edo.ijro.uz/ sayti bilan ishlaydigan mas’ullar hamda raqamli ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur seminarda edo.ijro.uz idoralararo hujjat aylanish tizimiga barcha ijroga qaratilgan rasmiy hujjatlar devonxona tomonidan kiritilishi va rektor tomonidan tasdiqlanib mas’ul ijrochiga yo‘naltirishi hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati bilan ishlash va ijro intizomi monitoringi bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilishi ta’kidlab o‘tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#to‘garak_faoliyati

Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasining “Badiiy savodxonlikni rivojlantirish” to‘garagi a'zolari navbatdagi mashg‘ulotda

“The key to success” mavzusida to‘garak rahbari Abdalimov Suhrob Islom o'g'li tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Sentabr oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ushbu ilmiy to‘garakda talabalarga qanday metodlar va uslublar yordamida ingliz tilida o'qish-yozish, gapirish va eshitish mahoratlarini rivojlantirish, va so'z boyligini oshirishda qanday omillarga eʼtibor qaratishi kerakligi haqida qiziqarli hamda foydali maʼlumotlar berib borilmoqda.

Natijada 3 nafar talaba ilmiy to‘garakdan olgan bilimlarini qo‘llagan holda, til bilish sertifikatlari darajasini yangilab ,,education center''da dars berib kelmoqda.


Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bilasizmi

⚡️Qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etilib, vagonlar soni ko‘paytiriladi

🚆Transport vazirligi xabariga ko‘ra, qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2024-yil 15-dekabrdan 2025-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:

✓ Qo‘shimcha qatnovlar:

“Toshkent – Urganch – Toshkent” yo‘nalishida 2024-yil 17-dekabrdan boshlab 18 ta qo‘shimcha qatnov;

“Samarqand – Toshkent – Samarqand” yo‘nalishida 2024-yil 15-dekabrdan boshlab, “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdi qo‘shimcha 30 ta qatnovni amalga oshiradi.

✓ Qo‘shimcha vagonlar:

“Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Urganch – Toshkent” va “Toshkent – Sariosiyo – Toshkent” yo‘nalishlarida 2024-yil 20-dekabrdan har kuni 4 ta qo‘shimcha platskart vagonlari qo‘shiladi.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotni O‘zbekiston bo’yicha 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Talabalar chiptalarni qo‘shimcha qayerdan xarid qilishi mumkin?

◀️O‘zbekiston milliy universiteti sayyor kassasi;
▶️Toshkent davlat agrar universiteti sayyor kassasi;
◀️Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sayyor kassasi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

18-dekabr kuni universitet o‘quv-uslubiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘quv-ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov raisligida o‘tkazilgan majlisda kun tartibidagi o‘quv jarayoniga oid bo‘lgan dolzarb masalalar va professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlari muhokama qilindi.

Shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 451-son va 452-son buyruqlarining mazmun va mohiyati kengash a’zolariga yetkazildi. Majlisda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar kelishib olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Weekly 📸👩‍🏫👨‍🏫

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Еженедельный 📸👩‍🏫👨‍🏫

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

16-dekabr kuni Namangan viloyatida shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari hamda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun tashkil etilayotgan o‘quv-amaliy seminar mashg‘ulotlari "Turan Xalqaro Universiteti"da davom ettirildi.

Seminarning asosiy maqsadi — davlatimiz rahbarining 2024 yil 18-20 noyabr kunlari Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasida so‘zlagan nutqlarida belgilangan tashabbuslar, shuningdek, “2025 yil – Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” doirasida ijro hokimiyati rahbar kadrlari oldida turgan muhim vazifalarni o‘rganish va ularning bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.


Ayni mavzuda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining o‘quv jarayonlarini tashkil etishda mas’ul  vakil sifatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov tinglovchilarga batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

To‘rt kun davom etadigan mazkur seminarda respublika oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari va tajribali mutaxassislar ishtirok etmoqda. Seminar davomida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, mahallabay ishlash, yoshlar siyosati, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish kabi muhim mavzularda o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

19-dekabr kuni Rus filologiyasi fakultetida xotin-qizlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini olish va ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish mavzularida trening bo‘lib o‘tdi.

Mazkur treningni universitet psixologi Z. Xayrullayeva olib bordi. Tadbir davomida ishtirokchilarga muhim tavsiyalar berildi, turli amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi va qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.

Treningda ishtirokchilar o‘zlari uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#AvtomobilsizKun

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tez-tez Toshkentda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirishdan iborat.


Bugun 18-dekabr kuni O‘zDJTU rahbariyati vakillari mazkur aksiya doirasida avtomobilsiz, jamoat transportidan foydalangan holda ish joyiga yetib keldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ogohlantiradi!


So‘nggi vaqtlarda firibgarlar tomonidan huquq-tartibot idoralari, xususan ichki ishlar organlari rahbarlari nomidan telegramda soxta akkaunt ochgan holda fuqarolarga turli murojaatlar yuborilmoqda.

Ogoh bo‘ling! Tizimdagi biror bir rahbar sizga telegram orqali murojaat qilmaydi hamda sizdan o‘z hisobingizdan pulni boshqa hisobga qo‘yishingizni, naqd ko‘rinishida kimgadir taqdim etishingizni so‘ramaydi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

17-dekabr kuni Xalqaro jurnalistika fakultetida R.B. Suleymenov (Qozog'iston) nomidagi Sharqshunoslik instituti Osh ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Baydarov Erkin Ulanovich tomonidan o‘tkaziladigan “Qozog‘istonda Xitoyshunoslik qozoq-xitoy munosabatlari kontekstida” mavzusidagi ma’ruza tashkil etildi.

Davra suhbati davomida, Qozog‘iston — Xitoy munosabatlarining eng muhim jihatlari va xitoyshunoslik rivoji haqida ko’plab ma’lumotlar berib o’tildi.


Professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan mavzu doirasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olindi, professor Baydarov tomonidan qo’shimcha adabiyotlar tavsiya etildi.

Ma’ruza Siyosiy fanlar kafedrasi mudiri Sh.Saidov, dotsent Z.K.Usmanov, stajyor-o‘qituvchisi A.K.Temirbayeva tomonidan tashkil etildi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

16-dekabr kuni OʻzDJTU ning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida “Orol ijodkorlari: kichik tomchidan katta dengiz sari” loyihasining taqdimot tadbiri boʻlib oʻtdi.


Tadbir davomida “Orol ijodkorlari” klubi rahbari R.Qalandarova tomonidan loyihaning maqsadi va vazifalari tushuntirib berildi. Iqtidorli talabalar tomonidan milliy raqslar, jonli qoʻshiqlar mahorat bilan ijro etildi. Shuningdek, har bir ishtirokchi oʻzining taqdimotini namoyish etdi. Tadbir soʻngida loyihada faol ishtirok etgan bitiruvchilarga sertifikatlar va esdalik sovgʻalari topshirildi.


Mazkur loyiha “Olima onalardan olimlar dunyoga keladi” shiori ostida tashkil etilib, yosh avlodda ijodkorlik va ilm-fanga boʻlgan qiziqishni oshirishga qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

16-dekabr kuni OʻzDJTUda 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.


Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig’ilishida Samdchti tadqiqotchisi Latipov Aziz Akbaraliyevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan "ZAMONAVIY INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA FAZAVIY SEMANTIKANI IFODALOVCHI VOSITALAR” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.


Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал