uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12026

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Qabul2024 #Abituriyent2024

⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura boʻlimi yillik hisobot topshirdi.

Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, jumladan, Magistratura boʻlimi boshligʻi, boʻlim mas’ullari va boshqa vakillar ishtirok etdi.


Dastur davomida Magistratura boʻlimi boshligʻi N.Djusupov tomonidan boʻlimda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, magistrantlar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar haqida hisobot taqdimot qilindi.

Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va boʻlim faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining  yillik hisoboti bo'lib o'tdi.


Yig'ilish davomida  QTD bo'limi boshlig'i Nigora Abdullayeva tomonidan bo'limda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, 2023-2024 oʻquv yilida rejalashtirilgan 8857 umumiy soat bajarilgani, jahonda reytingi yuqori boʻlgan universitetlar bilan qo'shma ta'lim dasturini ochish rejasi mavjud ekanligi, Xitoyning Lyaodun, Jazoirning Al-Vadi, Top-1000 talikka kirgan universitetlar bilan oʻrnatilgan aloqalar haqida batafsil hisobot berildi.


Yakunda bo'lim tomonidan yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi, muammo va takliflar bildirildi.

Ta’kidlash kerak, QTD boʻlimi 2023-2024 oʻquv yilida sentyabr oyidan boshlab har oyda oʻtkazgan tadbirlari OʻzDJTU rasmiy sahifalarida yoritib borildi.

Eslatib o'tamiz, QTD bo'limining 2023-2024 oʻquv yili bitiruvchilariga (MDLU va ADU) 38 ta diplom tantanali topshirilishi 20-iyulda amalga oshiriladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7-iyul kuni "Konfutsiy institutlari va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi oʻzaro taʼlim" mavzusidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari Konfutsiy institutlari xalqaro forumi boʻlib oʻtdi.

Forum Markaziy Osiyo mamlakatlarida 2024-yilda Konfutsiy instituti tashkil etilganining 20 yilligiga bagʻishlab, chuqur tajriba almashish, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida til, madaniyat va taʼlim sohalarida hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.


Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich va  Sharqshunoslik fakulteti Xitoy tili kafedrasi mudiri Shahnoza Xakimova ham ishtirok etdi.

Forum Xitoy tilini oʻqitish Xalqaro jamgʻarmasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Lanjou universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Konfutsiy institutining yangi binosida oʻtkazildi.

Maʼlumot uchun: OʻzDJTUda xitoy tili 1990-yildan boshlab ikkinchi chet til sifatida oʻqitilgan. 2014 yilda “Xitoy tili nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi tashkil etilgan. Hozirgi kunda magistratura yoʻnalishi boʻyicha 13 nafar, bakalavriat yoʻnalishida 510 nafar talaba asosiy til sifatida, 250 nafardan ortiq talaba ikkinchi til sifatida, jami 773 nafar talaba xitoy tilini oʻrganmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Яқин Шарқ нега тинчимаяпти? (+видео)

Бугунги кунда Яқин Шарқ сиёсий, иқтисодий ва хавфсизлик муаммолари кесишадиган динамик ва мураккаб минтақа бўлиб қолмоқда.


🎥 https://youtu.be/svRICQaKqHg

Батафсил: https://uza.uz/posts/605869

Тelegram | Facebook | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.


Xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, muammo va takliflar bildirildi.

Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini aytib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

6-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar, xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.


Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Taziya

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Toshxonov Muhammadali Turdaliyevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari, jamoasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiradi.

Ustoz faoliyati davomida ilm-fan rivojiga salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan inson edi. Uning aziz xotirasi shogirdlar qalbida mangu qoladi.

Ma'lumot uchun: Janoza namozi bugun peshin namozidan so'ng 13:30 da o'qiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥🟦🟦🟦🟦

💬Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda iqtidorli va jamoat ishlarida faol tarixchi yoshlarni qо‘llab-quvvatlash,
о‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida
2024-yil 11–19-avgust kunlari О‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda “Yosh tarixchilarning 3-yozgi о‘qishlari” о‘tkazilmoqda.

📶Qatnashchilar tanlov asosida saralab olinadi.

Qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bо‘lgan talabalar, magistrlar, doktorantlar,
о‘qituvchilar, olimlar
@yoshlarittifoqi_uzswlu manziliga murojaat qilib roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Eslatma: Oʻqish davridagi barcha harajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.

🇺🇿🇺🇿OʻzDJTU Yoshlari

@yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

5-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkentdagi Xitoy madaniyat markazi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvda Xitoy milliy madaniyat markazi direktori Yan Yaoyun, markaz direktorining Pedagogika boʻyicha oʻrinbosari Chjan Linlin, Madaniyat boʻyicha oʻrinbosari Chjan Yuey, Oʻquv-uslubiy boʻlimi direktor yordamchisi Fen Lichjuan hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Sharqshunoslik fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy tili kafedrasi mudiri Sh.Xakimova ishtirok etdi.


Mehmonlar universitet asosiy binosida kutib olinganidan soʻng, har ikkala tomon oʻz muassasasi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Dastur davomida Xitoy OTMlarida xitoy tilini oʻrganayotgan OʻzDJTU talabalariga kengroq imkoniyatlar yaratish, ular amaliyotini yoʻlga qoʻyish, yozgi talabalar lagerlarida ishtirok etishlarida koʻmak berish, ular uchun ta’lim sohasida grantlar ajratish, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni birgalikda tashkil etish, XXR fuqarolariga OʻzDJTUda turli yoʻnalishlar boʻyicha ta’lim olishni taklif etish, XXRda oʻqishni xohlaganlar uchun Oʻzbekiston bazasida xitoy tili boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish va tegishli darajadagi HSK sertifikatini berish orqali oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanishga imkon yaratish boʻyicha fikr almashildi.

Shuningdek, Xitoy tili milliy markazi tomonidan tegishli oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, darsliklar, lugʻatlar, boshqa materiallar, liboslar va musiqa asboblarini ajratish hamda hamkorlikda turli loyihalarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Yakunda tomonlar oʻrtasida oʻzaro kelishuvlarga asoslanib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti yillik hisobot topshirdi.

Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Tarjimonlik fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Tarjimonlik fakulteti dekani tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

3-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti bilan qoʻshma taʼlim turlari o'quv dasturi boʻyicha Zoom platformasida muhokama boʻlib oʻtdi.


Yig'ilishda O'zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov, QTD boʻlimi boshligʻi N.Abdullayeva, Rus filologiyasi fakulteti dekani A.Raxmonov va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev ishtirok etdi.

Dasturda ikki tomonlama talaba va o'qituvchilar almashinuvi, chet tillari oʻqituvchilarining malakasini oshirish, grantlar ajratish, ilmiy sohani rivojlantirish boʻyicha hamkorliklar o'rnatish masalalari ilgari surildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

3-iyul kuni Toshkent shahridagi Webster universitetida mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.


Tantanali ochilish marosimidan keyin tashkilotchilar tomonidan uch tomonlama shartnoma tafsilotlari qisqacha tushuntirib oʻtildi.

Shundan soʻng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakili —Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nasirov ishtirokida Webster universiteti bilan ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

Shartnomaga muvofiq, universitetlar magistratura va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida talabalarni o'qitish boyicha kelishuvga erishildi.

Tadbir yakunida Webster universiteti boʻylab press-tur tashkil etildi. Mehmonlar universitetning ichki tuzilmalari, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, media studiyasi, sport zallari bilan yaqindan tanishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Joriy yil kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun alohida ruxsatnomalar berish joriy qilindi


Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan:
yo‘nalish;
oliy ta’lim muassasasi nomi;
manzil;
sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

P/S: Imtihonlar o‘tkaziladigan sana bo‘yicha tez orada qo‘shimcha xabar beriladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

3️⃣3️⃣3️⃣

📞 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining qabul komissiyasi abituriyentlarning barcha savollariga quyidagi telefon raqamlari (Call center) orqali javob berishmoqda:

+998955104144

+998955094144

+998955034144

🌐 OʻzDJTU rasmiy telegram kanali:


Ish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitet akademik litseyi yillik hisobot topshirdi.


Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov, OʻzDJTU akademik litseyi ijrochi direktori M.Obidova va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yigʻilish davomida akademik litsey ijrochi direktori tomonidan litseyda 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga qabuli boʻyicha koʻrsatkichlar, litseydagi pedagoglar faoliyati kabilar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan maqsad va vazifalar muhokama qilinib, rektor Ilhomjon Madaminovich tomonidan kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov , Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yakubovich, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.


Yig`ilish davomida fakulteti dekani A.Rahmonov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar,Yoshlar daftari, haqidagi hisobot  sarhisob qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#e’tirof

Turkiyada o‘tkazilgan "Istanbul International Model United Nations" xalqaro konferensiyada O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi ishtirok etdi.

4 kun davom etgan ushbu dasturda O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Shaxina Shuhratova qatnashib, “Best Position Paper” nominatsiyasi bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Loyiha davomida madaniyatlararo almashinuv, tanqidiy fikrlash va jamoa bo‘lib ishlash, yoshlar o‘rtasida yetakchilikni rivojlantirish mavzularida seminarlar bo‘lib o‘tdi, shuningdek, turli davlatdan kelgan ishtirokchilar delegat sifatida dunyoga oid turli masalalarga birgalikda yechimlar ishlab chiqishdi.

Ma’lumot uchun: "Istanbul International MUN" — yoshlarning yetakchilik ko‘nikmalari, diplomatik qobiliyatlari, tahliliy va baholash ko‘nikmalarini, eng muhimi, muzokaralar olib borish, murosaga kelish va tushunish qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#el_yurt_umidi

“EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
- magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.

🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan.

Murojaat uchun:

☎️ +998 71 203 00 47
+99 871 203 00 48
+99 871 203 00 53
📧info@eyuf.uz
@EYUF_Admission_2023bot

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi!

Batafsil

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti yillik hisobot topshirdi.

Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Sharq filologiyasi fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, talabalar kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabilar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, fakultetning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

O'zDJTU professor-o'q
ituvchilari ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.

Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Xusanboy Ibragimovich va OTM pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori Abidjanov Alisher Saxibovich Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrif Xitoy Xalq Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish maqsadida tashkil etildi.


Muzokaralar jarayonida Xitoy Xalq Respublikasida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, OʻzDJTU o‘qituvchilari hamda talabalari uchun grantlar ajratish, chet tillari, xususan, xitoy tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish, til sohiblarini universitetga jalb qilish, ilmiy-tadqiqot va boshqa sohalarda hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

Joriy yilning 2-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mazkur yig’ilishda tadqiqotchi Yuvasheva Shoira Maxamadovna 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “KUTADG‘U BILIG” ASARIDA MILLIY MADANIY VA UNIVЕRSAL LЕKSIKA: SЕMANTIK VA TARJIMA ASPЕKTLARI” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya ishi muhokama etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

5-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti mas’ullari va Xitoy Xalq ta’limi vazirligi chet tillarni oʻqitish va hamkorlik markazi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.


Dastur Xitoy Xalq ta’limi vazirligi chet tillarni oʻqitish va hamkorlik markazi direktori oʻrinbosari Hu Zhi Ping, markazning Rivojlantirish-rejalashtirish departamenti direktori Wang Tong, Oʻquv va resurslar departamenti direktori Shao Yi Peng, Osiyo-Afrika departamenti katta loyiha direktori Wang Feng hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari V.Omonov, Sharqshunoslik fakulteti dekani D.Djurayev, Xitoy tili kafedrasi mudiri Sh.Xakimova ishtirokida oʻtdi.


Uchrashuv davomida talabalr almashinuvi, akademik mobillik, oʻqituvchilar almashinuvi va ular oʻrtasida oʻzaro manfaatli sohalarda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, OʻzDJTU qoshida Konfutsiy instituti, shuningdek, HSK xitoy tili imtihoni markazi ochilishi, Sharq filologiyasi fakultetida esa Xitoy tili markazining ochilishi, talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil etish va tomonlarni qiziqtirgan boshqa hamkorlik masalalari muhoka qilindi.

Muhokamalar jarayonida tomonlar oʻzaro fikr almashishdi va yakunda manfaatli kelishuvlarga erishildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎥 🟩🟩🟩🟩

Ayni vaqtda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti yillik hisobot topshirmoqda.


Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Dastur davomida Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani tomonidan fakultet talabalari kontingenti, kafedra yuklamalari, oʻquv-uslubiy ishlar, til bilish sertifikatlari, Yada va BMI himoyasi, qayta oʻqishni tashkil etish, akademik mobillik kabi 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti topshirildi.

Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ham ma’lumot taqdim etilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

5-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi.


Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, barcha prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani, dekan muovini va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani tomonidan fakultetning 2023-2024 oʻquv yilida qilingan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etilib, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨 🟩🟩🟩🟩

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil iyun oyidagi faoliyati infografikasi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

Toshkent shahridagi Webster universitetida mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolash marosimidan fotoreportaj.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#abituriyent2024 #kasbiy_ijodiy_imtihon

⚡️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:
o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi.

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.

Qonunga ko‘ra, aholining boks va gimnastikaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini ta’minlash maqsadida mas’ullarga bir qator vazifalar yuklatilgan.

Ular bilan quyidagi link orqali tanishib chiqishingiz mumkin: https://lex.uz/pdfs/6981199

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan ham yuqoridagi link orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал