#KITOBXON_YOSHLAR_LIGASI #ФакультетРусскойФилологии #УспехиСтудентов #Награждение #УниверситетМировыхЯзыков
🏆 17 мая прошла церемония награждения победителей и призеров 3-го сезона Республиканского конкурса 📚📚 "KITOBXON YOSHLAR LIGASI", организованного Министерством высшего образования, науки и инноваций.
🌟 Среди победителей конкурса была отмечена и наша студентка группы FRUSK 23-09 факультета русской филологии Университета мировых языков Абдужалилова Фотимахон. За свою победу Фотимахон была награждена сертификатом и памятными подарками от Министерства высшего образования, науки и инноваций.
👏 Мы гордимся успехами наших студентов и желаем Фотимахон дальнейших успехов и новых достижений! Пусть её пример вдохновит всех студентов на усердную работу и стремление к знаниям.
_________
Факультет русской филологии💙
Harvard Radcliffe Fellowship Program: Turli soha vakillari uchun AQSHda 9 oylik amaliyot!
Dasturga deyarli barcha soha vakillari topshira oladi. Yiliga oʻrtacha 50 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul qilinganlar oʻz sohasiga oid tadqiqot loyihasi ustida ishlaydi (ingliz tilida).
Dastur imkoniyatlari:
– Umumiy 78 ming AQSH dollari stipendiya
– Loyiha xarajatlari uchun 5000 AQSH dollari
– Koʻchish, oila aʼzolari turar joyi, bola parvarishi va boshqalar uchun ham qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi mumkin
Arizalar 2024-yil 3-oktabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/harvard-radcliffe-fellowship-program/
@grantlar
👨💻👩💻🧠
17-may kunu O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Tarjimonlik fakultetida psixoprofilaktik ishlar amalga oshirildi.
Tarjimonlik fakulteti tyutorlari G.Gayirova hamda Sh.Tursunova bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 2-3 bosqich talabalari ishtirok etdi.
Dastur davomida talabalarning aqliy va hissiy holatlari proyektiv metodikalar bilan tahlil qilinib, ular bilan ko‘tarinki ruhdagi trening mashg‘ulotlari olib borildi.
Trening so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollarga psixolog o’z tavsiyalarini berib o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Indoneziyaning mashhur “Rumah angklung” guruhi ishtirokida konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbirda O’zDJTU Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i X.Yuldashev, bir qator mas’ullar, tyutorlar va talabalar qatnashdi.
Dastur davomida tadbir ishtirokchilariga Indoneziya xalqi madaniyati, san’ati haqida ma’lumot berildi, mutaxassislar tomonidan Indoneziyaning milliy musiqa asboblarida kuy ijro etish mashqlari bajarildi.
Tadbir juda qiziqarli va sermazmun o'tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📸| 📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining ochilish marosimidan fotoreportaj.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣6️⃣ | 🟦🟦🟦
17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ma'naviyat va ma'rifat markazida fakultеtlardagi "Talabalar tеatr studiyalari" tomonidan sahnalashtirilgan tеatrlar bo'yicha "Rеktor kubogi" musobaqasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv avvalida O’zDJTU Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori V.Sadiyev so'zga chiqib, bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorini namoyish etish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Tanlovda, shuningdek, Oʻzbekistan Respublikasi teatr arboblari boʻlib boshligʻi, taeatrshunos Tohirjon Doʻstmuhammedov va Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bosh mutaxasisi, rejissyor Shorustam Obidov hakam sifatida ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada quyidagi fakultetlar o'z sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi:
• Ingliz filologiyasi fakulteti — "Qor qo'ynidagi lolalar" spektakli;
• Roman-german filologiyasi fakulteti — "Usmon Nosir" spektakli;
• Rus filologiyasi fakulteti — "Chimildiq" spektakli;
• Ingliz tili 2-fakulteti — "Nodirabegim" spektakli.
2️⃣2️⃣2️⃣ | 🤝🌏👨🏫👩🏫
OʻzDJTUda 17-may kuni bir qator vazirliklar bilan hamkorlikda universitet huzuridagi litsey va universitet professor-oʻqituvchilari hamda talaba-oʻquvchilar oʻrtasida “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.
Oʻzbekiston davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbir avvalida korrupsion holatlar va ularning ayanchli oqibatlari haqida videorolik namoyish etildi.
Tadbirda universitet rahbariyati vakillari, Uchtepa tuman prokuror oʻrinbosari U.Sh.Aminov, Uchtepa tuman prokuraturasi departamenti masʼul xodimi O.Rajabov, Uchtepa tumani Adliya boʻlimi masʼul xodimi X.Quvondiqov, Toshkent shahar, IIBB Uchtepa tumani, IIOFMB podpolkovnigi A.Ibodov, Toshkent shahar, IIBB Uchtepa tumani, IIOFMB masʼul xodimi Sh.Isayev, Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi Boshligʻi va 1 nafar xodimi, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar, Yoshlar ittifoqi yetakchilari hamda 400 nafar talaba ishtirok etdi.
Shu bilan birga, Uchtepa tumani Adliya boʻlimi masʼul xodimi Xurshid Quvondiqov Davlatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha qabul qilinayotgan qonunlar va qonun osti hujjatlari toʻgʻrisida, Uchtepa tuman prokuror oʻrinbosari Umid Aminov “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusida va boshqa ishtirokchilar mavzuga oid fikrlari bilan boʻlishdi.
Joriy yilning 17-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva Tarjimonlik fakulteti tyutorlari G.Gayirova, Sh.Tursunova hamkorlikda 2-bosqich, 3-bosqich talabalari ishtirokida psixoprofilaktik ishlar tashkil etildi.
Psixologik ishlar mazmuni talabalarning intelektual va emotsional holatlari proyektiv metodikalar bilan tahlil qilinib,ular bilan ko‘tarinki ruhda trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
😃QVZ: “Toshkent shahar hokimi kubogi” bellashuvi
🔍 "Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida Poytaxt oliy taʻlim muassasalari QVZ jamoalari oʻrtasida joriy yilning 24-may kuni, soat 19:00 da, “Turkiston” sanʻat saroyining yozgi amfiteatrida “Quvnoqalar va zukkolar” koʻrik-tanlovining “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun ajoyib bellashuvi boʻlib oʻtadi.
🔠 Bellashuvda Toshkent davlat yuridik universitetining “Yuristlar”, Toshkent tibbiyot akademiyasining “Adrenalin”, Toshkent davlat agrar universitetining “Yangi yulduzlar”, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining “Bolalar” hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Atom” jamoalari ishtirok etadilar.
💯 Barcha poytaxt talaba-yoshlarini mazkur bellashuvda tomoshabin sifatida ishtirok etishga taklif etamiz.
❗️KIRISH MUTLAQO BEPUL ❗️
🕊Telegram 📺YouTube 📱Instagram 📱Facebook 🕊Twitter 📱qvzofficial">TikTok
💻 | 📺📺
O'zDJTU Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamkorligida tashkil etilgan "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasidan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✍️ “Talaba-fest” yakunida O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.
💚 Ko'rgazma natijalariga ko'ra:
⚡️"Eng yaxshi innovatsion ishlanma" nominatsiyasida Ingliz filologiyasi fakulteti
⚡️"Eng yaxshi ilmiy ish" nominatsiyasi Ingliz tili 2-fakulteti va Ingliz tili 3-fakulteti
⚡️"Eng yaxshi ijodiy ish" nominatsiyasi Rus filologiyasi fakulteti, Sharq filologiyasi fakulteti va Xalqaro jurnalistika fakulteti
⚡️"Eng yaxshi loyiha" nominatsiyasi Roman-german filologiyasi fakulteti
⚡️"Milliy va zamonaviy uyg'unlik" nominatsiyasi Tarjimonlik fakulteti va Ingliz tili 1-fakulteti g'olib deb topildi.
Shu bilan birga "Eng faol fakultet" nominatsiyasi bo'yicha"
🥇 1-o'rin - Ingliz filologiyasi fakulteti
🥈 2-o'rin - Tarjimonlik fakulteti
🥉 3-o'rin - Roman-german filologiyasi fakulteti deb topildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
16-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi va dasturni kirish so’zi bilan ochib berdi.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos, blogger, "Zakovat" bilimdoni Xushnudbek Xudoyberdiyev talabalarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish va “Zakovat” intellektual oʻyinlarida ishtirok etishi qamrovini kengaytirish boʻyicha bir qator tavsiyalar berdi, zarur maʻlumotlar bilan bo’lishdi.
Tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi. Talabalar dastur mehmonidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga aniq va to’liq javoblar olishdi.
Yakunda tadbir ishtirokchilari Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan o’tgan uchrashuvdan olgan ajoyib taassurotlari, ega bo’lgan yangi bilim-ko’nikmalari haqida so’zlab, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Joriy yil 16-may kuni 1995-1996 yillari OʻzDJTU da avval faoliyat yuritgan (golland tili ) oʻqituvchisi Josien Valraven universitetga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev hamda Filologiya masalalari jurnali bosh muharriri, filologiya fanlar doktori, professor G.Bakiyevalar ishtirok etishdi.
Muloqot chogʻida golland tilini qayta tashkil qilish hamda Golland tili boʻyicha universitetga oʻqituvchilarni jalb etish yuzasidan fikr almashinildi. Uchrashuvdan soʻng universitet faoliyati boʻyicha tanishtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
Joriy yilning 15-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonaviy fan va ta’limning rivojlanishida yoshlarning o‘rni. Izlanish va ijod masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil qilindi.
Ilmiy-amaliy anjumanda OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Otabek Yakubovich ishtirok etib, kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.
Konferensiya doirasida fanning barcha sohasidagi muammolarga bag‘ishlangan talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy va publitsistik tezis hamda maqolalar, tarjimalar, shuningdek, ijodiy ishlar (hikoyalar va she’rlar) muhokama qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
13-15 may kunlari Germaniya safarida bo’lib turgan DAAD stipendiantlari Germaniyaning Heidelberg pedagogika oliy o’quv yurti va u yerdagi o’qish tizimi, talabalar hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Guruhni professorlar Daniel Sherf va Mari Kias iliq kutib oldi. Uch kun davomida OʻzDJTU talabalari professorlar Florian Hiller, Hanna Sauerborn va Astrid Geigenfeindning seminarlarida ishtirok etishdi.
Darsdan tashqari talabalarimiz Mari Kias va Klara Kunz boshchiligida Heidelbergning qadimiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Safar yakunida mezbonlarga sovg’alar ulashildi.
📍 Tarjimonlik fakukteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
17-may sanasida O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetiga Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri G.Raximova tashabbusi bilan ASIE Xalqaro birdamlik va ta’lim tashkiloti Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi asoschisi va markaziy ko‘mak administratori Alen Payen hamda Xalqaro birdamlik va ta’lim assotsiatsiyasi hamkor asoschisi Emmanuyel Dyufur tashrif buyurdi.
Mehmonlarni fakultet dekani X. Xakimov kutib oldi va ularni samimiy qutladi.
Mehmonlar fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari va talabalariga Barqaror rivojlanish maqsadlarining 4, 6 va 14-maqsadlari bo'yicha seminar-trening tashkil qilishdi.
Tashrif davomida mehmonlar fakultet iqtidorli talabalari tomonidan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbirda talabalar tomonidan o'zbek va fransuz kuy-qo'shiqlar, hamda milliy raqs ijro etildi. Shuningdek, talabalar taqdimotlar orqali turli mavzularni fransuz tilida keng yoritib berdi.
The CineSpace Film Competition: NASAdan qisqa metrajli filmlar tanlovi; mukofot – 10 000 dollargacha!
Tanlovga istalgan mavzu va janrdagi, 10 daqiqadan oshmaydigan qisqa video, qisqa film va raqamli media ishlari qabul qilinadi.
Filmlar ingliz tilida boʻlishi yoki ingliz tilidagi subtitr bilan birga topshirilishi kerak.
Mukofotlar:
– Asosiy sovrin: 10 000 dollar
– 2-oʻrin: 5000 dollar
– 3-oʻrin: 3000 dollar
Arizalar 2024-yil 8-sentabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-cinespace-film-competition-qisqa-metrajli-filmlar-uchun-10-000-aqsh-dollari-mukofot/
@grantlar
2️⃣2️⃣2️⃣
17-may kuni O’zDJTU Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi N.Maxmudova boshchiligida Ingliz tili 2-fakulteti 2214-guruh talabalari bilan "El aprendizaje de las vacaciones en España" mavzusi doirasida maʼnaviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
Mazkur tadbirga Roman-German filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudirasi D.Bakhronova, kafedra XQM kengashi raisasi Sh.Xodjayeva, shuningdek, Ingliz tili 2-fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan o'rinbosari M.Jakbarov va O'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari Z.Abdusamatov tashrif buyurdi.
💻 | 📺📺
17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan bitiruvchilar uchun “Mehnat yarmarkasi” va “Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” mavzusidagi davra suhbatidan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📊
🤝🌏👨🏫👩🏫 🏆🏆🏆
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi
Joriy yilning 16-17 may sanasida Fransiyaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan maktab o‘quvchilari va universitet talabalari o‘rtasida Frankofoniya festivali bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Yosh tomoshabinlar teatrida tashkil etildi. Frankofoniya festivalida respublikamizning turli viloyati maktab va universitetlaridan kelgan talabalar teatr jamoalari o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
Shu munosabat bilan, Roman-german tillari kafedrasi fransuz tili yo'nalishi talabalaridan tuzilgan teatr jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, «Eng yaxshi saxna ko‘rinishi» nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. Tarjimonlik fakultetiga qarashli teatr jamoasi yutuqlarida asosan kafedra o‘qituvchilari Orexin–Rijina V.A., Dadamirzaeva M.V., Akromova F.N. va fransuz yo‘nalishi talabalarining xissasi alohida o‘rin tutadi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
17- may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent viloyati Chinoz tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 26- 17- 21-41 sonli maktablar oʻrtasida universitet talabalarini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida MEMORANDUM imzolandi.
Unga koʻra, universitet talabalar bandligini taʼminlash maqsadida tashkilotning vakant oʻrinlari haqidagi eʼloniga muvofiq talabalarning oʻqishdan boʻsh vaqtlarida ishga yuborish, tashkilot esa ularni mehnat shartnomasi asosida toʻliqsiz ish kuni rejimi bilan ishga qabul qilishga kelishib olindi.
Mazkur memorandum asosida talabalarning mehnatini tashkil etish boʻyicha tashkilotning vakant oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni talabalarga yetkaziladigan boʻldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣🏆🏆🏆
Bugun respublika Yosh tomoshabinlar teatrida Frankofoniya-2024 tadbirlari doirasida Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus va oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida teatr tanlovi boʻlib oʻtdi.
Unda Respublikamizning 20 dan ortiq taʼlim tashkilotlaridan jamoalar ishtirok etdi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 3 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
- Eng yaxshi aktyor nominatsiyasida Roman-german filologiyasi fakultetining 4-kurs talabasi Axmedov Temur;
- Eng yaxshi aktrisa nominatsiyasida Roman-german filologiyasi fakultetining bitiruvchi talabasi Faylyasova Diana;
— Eng yaxshi spektakl nominatsiyasida Tarjimonlik fakulteti teatr jamoasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Jamoani tanlovga tayyorlovchi Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi Davronova Zulfiya Boboyevna va barcha ishtirokchi talabalarni ushbu gʻalaba bilan tabriklaymiz.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
“Фарзандим 40 кунлигидаёқ ўқишга чиққанман” – билими сабаб 20 дан ортиқ давлатда бўлган хоразмлик қиз ҳикояси
Хоразмлик Ўғилнур Атаева бир неча йил олдин президент таклифи билан Тошкентда вазирликлардан бирида иш бошлаган. “1,5 ёшда дадам вафот этиб, болалик нималигини билмай катта бўлганман. 19 ёшда турмушга чиққач, қайнота-қайнонам ўқитишди. Шундан кейин муваффақиятларим бошланди”, дейди Ўғилнур ўзи ҳақида.
📹 ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
⚖️👨💻👩💻💬
O’zDJTU Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi tomonidan O’zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi “Germaniya-O‘zbekiston” ilmiy jamiyati bilan hamkorlikda 2024-yil 13-iyun kuni ”Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.
● Maqolalar 2024-yil 5-iyunga qadar qabul qilinadi.
● Batafsil maʼlumot axborot xatida (Axborot xati izohda).
● Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun:
i.ziyadullayev@uzswlu.uz
● Xorijlik mualliflar uchun maqola chop etish mutlaqo bepul. (Articles by foreign authors are accepted and published free of charge)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Dasturda Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar ishtirok etdi.
Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, dastur davomida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢🎉🎓
▶️ Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi hamkorligida "Toshkent bitiruvchi va talaba yoshlar" loyihasi doirasida oliy ta'lim muassasalari orasida tashkil etilgan "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamkorligida o'tkazildi.
Ushbu ko'rgazmani tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ilmiy va innovatsion sohalarga qiziquvchi iqtidorli talaba yoshlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish hisoblanadi.
✅ Ko'rgazma davomida har bir fakultetlardagi iqtidorli talabalar o'z ishlanmalari bilan ishtirok etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
16-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “INNOTEXNOPARK” MCHJ o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik shartnomasini imzolashdan ko’zlangan asosiy maqsad, talabalarga faqat til o’rgatish bilan cheklanib qolmay, ularni kasbga yo’naltirish, amaliy ko’nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Memorandumga ko’ra hamkor tomonlar:
▶️ texnik soha bilan bog'liq barcha yo'nalishlar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlarni birgalikda tayyorlashda hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishga ko'maklashish;
▶️ kompaniyalarning xorijiy vakillari bilan amaliyot o’tkazish, innovatsion yo'nalishlar bo’yicha startaplar, loyihalarni ishga tushirish, nazariy va amaliy bilimlar almashish orqali texnologiya bo'yicha to'plangan tajribadan foydalanish, qisqa muddatli o'quv yoki ma'ruza kurslari, professional seminarlar, biznes o'yinlari, treninglar, fan bo'yicha mahorat darslarini tashkil etish;
▶️ texnik soha bilan bog’liq barcha yo'nalishlarda bakalavr va magistrlarning ishlab chiqarish va ilmiy amaliyotini tashkil etishda yordam ko’rsatish, talabalar, ilmiy-pedagog xodimlar ishlab chiqarish, o'quv laboratoriyasi, ilmiy amaliyoti yoki stajirovkalarini tashkil etishga ko'maklashish,;
▶️ ilmiy-pedagog kadrlar, xodimlar yoki mutaxassislarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlashni tashkil etish;
▶️ ishlab chiqarishni optimallashtirish, ilmiy asoslangan va ishonchli axborot asosida ilmiy maqolalar chop etish;
▶️ mutaxassislar almashinuvida yordam berish, qo'shma tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
▶️ milliy va xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va davra suhbatlarini tashkil etish, yosh mutaxassislarni rag’batlantirish uchun ommaviy yoshlar tadbirlarini (tanlovlar, sport musobaqalari, ijodiy tadbirlar va ixtisoslashtirilgan kechalar) o'tkazish kabi masalalar bo’yicha kelishuvlarga erishdi.
#Xush_xabar
Uchtepa tumani yoshlar ishlar bo'limi respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Uchtepa tuman bo'linmasi "Kino va yoshlar" loyihasi asosida O'zbekiston davlat Jahon tillari universiteti talaba-yoshlari uchun "Ayol qismati" nomli kinofilm namoyishidan so'ng talaba-yoshlar o'rtasida "Kino qahramonlaridan ibrat olamiz!" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.
🟩🟩🟩🟩
14-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazida ilmiy izlanuvchilar uchun ilmiy seminar bo'lib o'tdi.
Seminar Аxborot-resurs markazi direktori Saida Kayumova va xodimi Sardor To'xtayev tomonidan tashkil etildi.
Seminar davomida ilmiy izlanuvchilarga xalqaro ma'lumotlar bazasi “Web of Science” va “Springer Nature”dan foydalanish, shuningdek, maqolalarni qanday yuklab olish haqida batafsil ma'lumot berildi.
Bundan tashqari, seminar davomida Axborot-resurs markazi avtomatlashtirilgan kutubxona tizimi IRBIS64 haqida ham tushuntirildi. Ushbu tizim orqali kutubxona resurslariga oson va qulay tarzda kirish imkoniyati mavjudligi ta'kidlandi.
Seminar yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
“Central Asia – 2024”: “Fan, ta’lim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XVII Xalqaro konferensiyasi