uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

12026

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#LIVE #Ovozli_chat

⚡️Ayni daqiqalarda milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat boshlandi


🎙 Unda vazirlik huzuridagi Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar tomonidan mavzuga doir savollarga shaxsan javob beriladi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish uchun havola: /channel/BaholashUz?livestream

Bizni kuzating

Facebook | X | YouTube

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha asosida “KOMPARATIVISTIKA” (COMPARATIVE STUDIES) ilmiy-uslubiy jurnali tashkil etildi va birinchi soni eʼlon qilindi.

“Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali fan nomzodlari va fan doktorlari, yosh olimlar, mustaqil tadqiqotchilar, oʻqituvchilar va magistrantlarning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tadqiqot natijalari aks etgan maqolalarini eʼlon qilish uchun qabul qiladi.

Maqolalarni taqdim qilish uchun O'zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasiga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Davra_suhbati


Joriy yilning 15-may kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari Z.Karimova va M.Rustamova tashabbusi bilan "Sil kasalligi va uni oldini olish" mavzusi ostida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda mehmon sifatida Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori Uteshiv Malik Safarovich, Tabiiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchilari Z.Valiyeva va N.Tursunova ishtirok etdilar.

Shuningdek tadbir davomida sil kasalligi, kelib chiqish sabablari, qaysi aʼzolarda uchrashi, klinik belgilari, davolash hamda kasallikni oldini olish haqida maʼlumotlar berildi.

Maʼlumot oʻrnida, ushbu tadbir USAIDning "Tuberkulyozdan xoli Oʻzbekiston" loyihasi doirasida boʻlib oʻtdi.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Talabaning muayyan sharoitga moslashishiga oid ishlarni olib borish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlash va ularning ota-onalari hamda tyutorlari bilan alohida ishlash yuzasidan joriy yilning 15-may sanasida Ingliz tili 3 fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda psixologik ishlar tashkil qilindi.


⭕️ O'zDJTUning psixologi Zebiniso Xayrullayeva, Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutorlari Sitora Muxitdinova, Gulshanoy Mamarasulova 2-bosqich guruh talabalari ishtirokida "“Guruhda psixologik iqlimni aniqlash metodikasi” oʻtkazildi va taxlil qilindi. Talaba-yoshlarga kerakli psixologik manbalar yetkazildi.

✔️Talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#konferensiya

14-may kuni O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlar kafedrasi tomonidan "O'qituvchilar ta'liminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: an'ana – innovatsiya asosi" mavzusida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumandan videolavha.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

15-may kuni O'zDJTU da “ Islom – ma’rifat dini, “Ilmdan boshqa najot yo’q”, “Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi” mavzularida davra suhbati boʻlib oʻtdi.


Uchrashuvni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor V.Sadiyev ochib berdi.

Uchrashuvda Din ishlari boʻyicha qoʻmita xodimi J.Meliqoʻziyev hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat rahbari o'rinbosari, siyosiy fanlar doktori, professor F.N.Jurakulov ishtirok etib, nutq soʻzladi, hozirgi kunda dolzarb diniy masalalar yuzasidan talabalarga tegishli maslahat va tavsiyalar berdi, barcha talabalarni ogohlikka chaqirdi.

Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislardan munosib javob oldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆

Joriy yilning 14-may kuni poytaxtimizdagi "Sag'bon" kurash majmuasida kurash sport turi bo'yicha talabalar o'rtasida Toshkent shahar birinchiligi bahslari bo'lib o'tdi.

Respublika final bosqichi yo'llanmasini beruvchi ushbu saralash musobaqasida O’zbekiston davlat jahin tillari talabalari ham ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko’ra, O’zDJTU Rus filologiyasi fakulteti talabalari:
1. Jumanazarova Xanimjon 2-o'rinni;
2. Tursunboyeva Marjonoy 3-o'rinni
qo'lga kiritishdi.

Talabalarimizni yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusida ham zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4⃣📚 14-may kuni O’zDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash doktoranturada tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini ko’rib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash bo’yicha 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida O’zDJTU Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limining mustaqil tadqiqotchilik yo’nalishiga hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida o’z mavzularini muhokamadan o’tkazdi.

Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Tolibjonovna Axmedova raisligida a’zolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi o’ziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Profilaktika katta inspektori G.K.Jabbarova tomonidan talaba-qizlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.


Mazkur profilaktik tadbir 7-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o’rtasida bo’lib o’tdi.

Yig’ilish davomida "Jinoyatchilikni oldini olish" mavzusida davra suhbati ham tashkil etilib, talaba-qizlar inspektordan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹

13-may kuni O’zDJTU, Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining 3 nafar oliy toifali o‘qituvchilari 9-may "Xotira va qadrlash" bayramiga bag‘ishlangan taqdimot tadbirini o‘tqazishdi.
Tadbir davomida talabalar bayraming kelib chiqishi tarixi haqida batafsil bilib olishdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢🎉🎓
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

14-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivali boʻlib oʻtdi.


Festivalga Malayziyaning Sultan Idris taʼlim universiteti professori Sabariya Suleyman va professor Ravita mehmon sifatida tashrif buyurdi. Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi va kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.


Tadbir ikki mamlakatning diqqatga sazovor goʻshalari aks etgan videorolik namoyishi bilan boshlandi. Shundan soʻng, talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari, sheʼrlar, qoʻshiqlar, raqslar, jang sanʼatidan koʻrgazmali chiqishlar, liboslar koʻrgazmasi namoyish etildi.

Shuningdek, dastur doirasida har ikki mamlakatning milliy taomlari burchaklari tashkil etilib, tadbir ishtirokchilariga taqdim etildi.

Festival davomida O’zDJTU talabalari malay xalqi madaniyati haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’ldi, xususan, tadbirda har ikki mamlakat madaniyati goʻzal tarzda namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Hech bir yosh eʼtibordan chetda qolmaydi. OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Sergeli tumanidagi Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallasidan biriktirilgan yoshlardan xabar olish jarayonlaridan fotolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️
14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 5-son majlisi boʻlib oʻtdi.

Ilmiy kengashda quyidagi masalalar muhokama etildi:

1.Yo‘ldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

2. Samiyeva Sayyora Nematovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

3. Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qoʻllashning linvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

4. Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Maktabgacha taʼlimda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

📚O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan "Talaba bitiruvchi va talaba-yoshlar" loyihasi doirasida 🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universityetida "Talaba-fest" innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi tashkil etiladi.

💚Ushbu ko'rgazmadan asosiy maqsad, talabalarni innovatsion sohaga yanada ko'proq jalb etish hamda ularni qo'llab quvvatlash va rag'batlantirishdan iborat.

🗓16-may
14:00
📍O'zDJTU asosiy bino, 1-qavat

😇Barcha talabalarni ushbu ko'rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining 3-hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.


Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.


Yakuniy natijalarga koʻra 2-oʻrinni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti fakultet jamoasi qoʻlga kiritdi.

Tanlov soʻngida fakultet dekani Akmal Yuldashev va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha dekan muovini Nizomiddin Lapasovlar talabalarga ishtiroki va faolligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
 
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣 1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

2024-yilda Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligini nishonlaydi. Shu munosabat bilan maxsus bayram tadbirlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.


📣 O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan Yevropa Ittifoqi festivali 2024-yil 18-may, shanba kuni soat 14:00 da Toshkent Botanika bog‘ida o‘z eshiklarini jamoatchilikka ochadi.

Dastur avvalida Yevropa Ittifoqi va Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar, ya’ni Yevropa Jamoasi tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar koʻrgazmasi taqdim etiladi.

Koʻrgazma bilan bir vaqtda oʻtkaziladigan Festival tadbirlari oilalar, bolalar va yoshlar uchun moslashtirilgan jonli dasturni taklif etadi. Yevropa Ittifoqiga oid viktorinalar, jamoaviy o‘yinlar, badiiy mahorat darslari va turli zonalarda – Mindscape, Sport, Dance and Arts – Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy hamkorlik ramzi bo‘lgan, almashinuv va intellektual hamkorlikni rag‘batlantiruvchi o‘yinlar va bayramlarni o‘z ichiga oladi.

Yevropa Ittifoqi festivali va ko‘rgazmasi Botanika bog‘i amfiteatrida soat 17:30 da bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligiga bag‘ishlangan Gala-konsert bilan yakunlanadi. Tadbirda Sahar Group, Vasilisa Naypak, Elyorbek Meliboev, Sabina Mustaeva, “Marokand” guruhi, “Hooligans” guruhi va DJ King Macarella kabi ko'tarilayotgangan yulduzlar va taniqli aktyorlarni o'z ichiga olgan jo'shqin ijrochilarning hayajonli tarkibi ishtirok etadi.

📌 Tadbir jamoatchilik uchun ochiq va kirish bepul.

ℹ️ Ma'lumot uchun: Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o'rtasidagi hamkorlik 1994-yilda oʻrnatilgan. Yevropa Ittifoqi 27 Yevropa davlatining iqtisodiy va siyosiy ittifoqidir. U hammaning manfaatini koʻzlab, butun dunyo boʻylab barqaror ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy rivojlanishni ragʻbatlantirish maqsadida faoliyat yuritadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.

Andrey Upit


15-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti asosiy binosida "BUTIKBOOKS" va "Yangi asr" nashriyotlari bilan hamkorlikda kitob yarmarkasi tashkillashtirildi.

Mazkur kitoblar ko’rgazmasi o’zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalaridan tarkib topganligi sababli ko'plab kitobxon talabalarimiz uchun o'zlari qiziqtirgan turdagi adabiyotlarni topish imkonini berdi.

Talabalar bu kabi yaratilgan sharoitlar va imkoniyat uchun universitet rahbariyatiga, qolaversa, Axborot-resurs markazi mas’ullariga minnatdorchilik bildirishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2024-yil 15-may kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov AQShning Arizona universitetidan 16-may-9-iyun kunlari tashkillashtiriladigan "Yozgi lager"da ishtirok etish uchun tashrif buyurayotgan mazkur universitet talabalari guruhi rahbari, "Yevroosiyo tadqiqotlari markazi" direktori Luidmila Klimanovani qabul qildi.

Muloqot chog'ida dasturning tashkiliy masalalari va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. L. Klimanova yaratib berilayotgan sharoitlardan mamnun ekanligini ta'kidlab, AQShning ilmiy tadqiqot sohasidagi yetakchi Arizona universiteti bilan turli jamg'armalar va tashkilotlar mablag'lari hisobiga ingliz tili o'qituvchilarini malakasini oshirish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish mumkinligini yatib o'tdi.


I.Tuxtasinov darslik va o'quv qo'llanmalarini yangilash maqsadida hammualliflikda o'quv adabiyotlari yaratish imkoniyatlarini o'rganish bo'yicha takliflar berdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

✨14-may, OʻzDJTU psixologi Zebinisi Xayrullayeva Ingliz tili 2-fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda 1-bosqich talabalari ishtirokida psixologik trening tashkil qildi.

⚜️Tyutorlarning murojaati asosida talabaning psixik rivojlanishidagi nuqsonlar xilma-xilligini hisobga olgan holda differensial diagnostika amalga oshirildi.

✅“Assosial xulq-atvor sabablari va shakllarini belgilash” mavzusida tashkil qilingan trening koʻtarinki ruhda oʻtdi.

🔆Talabalarda uchraydigan oʻquv malakalari va koʻnikmalarini egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot va shaxs fazilatlaridagi buzilishlarni aniqlash va sabablarini oʻrganish boʻyicha turli psixologik usullar qoʻllanildi.

📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili uchinchi fakulteti o’qituvchi va tyutorlari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.


Dasturda Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.Ismailov, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili uchinchi fakulteti o’qituvchilari va tyutorlari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Andijon davlat chet tillar instituti, Toshkentdagi Alyans fransez tashkiloti hamkorligida 2024-yil 4-may kuni Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan “Innovatsiya, ta’lim sifati va rivojlanish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.


Anjumanda muhokama qilingan yo‘nalishlar:
1. Roman-german tilshunosligi: muammolar, tadqiqotlar va zamonaviy yechimlar;
2. Tilshunoslik, xorijiy adabiyotshunoslik, tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqotning dolzarb masalalari;
3. Pedagogik ta’lim: xalqaro tajriba va innovasion yondashuvlar hamda axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari;
4. Zamonaviy tilshunoslikda fundamental va amaliy innovasion tadqiqotlar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#СпортивныйДень #ФакультетРусскойФилологии #АллеяЛитераторов #ЗдоровыйОбразЖизни #Шахматы #Шашки

📆 Сегодня заместители декана, тьютор Д. Иззатуллаева, её студенты, а также студенты-стипендиаты и лидер союза молодёжи факультета русской филологии организовали спортивное мероприятие на Аллее литераторов возле памятника Александру Файнбергу. 🏅🌳

🏞 На свежем воздухе студенты активно участвовали в различных играх, таких как волейбол и бадминтон, демонстрировали мастерство владения гимнастическим обручем и прыгалкой. 🏐🏸🤸‍♀️ Особый интерес вызвала современная настольная игра Джанго, которая привлекла внимание многих участников. 🎲✨ Не обошлось и без интеллектуальных игр: студенты сражались в шахматы и шашки, показывая свои стратегические навыки и умение мыслить наперёд. ♟🏆

✅ Все прошло на высоком уровне, и студенты получили незабываемые эмоции. Этот день был наполнен спортом, радостью и здоровым духом соперничества. 🎉💪

_________

Факультет русской филологии💙

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili ikkinchi fakulteti o’qituvchi va tyutorlari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.


Dasturda Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar va tyutorlar ishtirok etdi.

Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

14-may kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlar kafedrasi tomonidan “Oʻqituvchilar taʼliminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: anʼana – innovatsiya asosi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.


Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi.

Shuningdek, anjuman doirasida yalpi majlis boʻlib oʻtdi. “Oʻqituvchilar taʼliminining tadqiqotlarga asoslangan transformasiyasi: anʼana- innovatsiya asosi” mavzusidagi mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya 5 ta shoʻba yigʻilishlaridan iborat boʻldi.

Shoʻba yigʻilishlarida ishtirokchilar tomonidan konferensiya mavzusiga oid maʼruzalar oʻqib eshittirildi.

Shoʻbalar “Zamonaviy oʻqituvchi taʼlimida etnik va madaniy omillar: mintaqaviy, milliy va xalqaro tajriba”, “Madaniyatlararo kompetensiya: zamonaviy taʼlim sharoitida madaniyatlararo tushunish va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish”, “Oʻqituvchilar malakasini oshirish va koʻp madaniyatli pedagogika: madaniy jihatdan xilma-xil oʻquvchilarni samarali oʻqitish uchun kasbiy pedagogik bilim, malaka va muomala”, “Texnologik va raqamli boʻshliq: texnologiya, raqamli resurslar va onlayn taʼlim platformalaridan foydalanishning turli etnik-madaniy guruhlar oʻrtasidagi taʼlim tengligiga taʼsiri”, “Taʼlimning innovatsion pedagogik texnologiyalarining zamonaviy shakllarini rivojlantirish masalalari” mavzusilarida tashkil etildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

O’zDJTU da bo’lib o’tgan “Malayziya-Oʻzbekiston madaniyati” festivalidan fotoreportaj

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti tomonidan“Zamonaviy tarjimashunoslik va tilshunoslikning dolzarb masalalari” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.


Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo'ldashev va fakultet talabalari ishtirok etdi.

Anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
1. Zamonaviy tarjimaning morfologik va sintaktik aspektlari.
2. Tarjimaning leksik-semantik masalalari.
3. Soha terminologiyasi va tarjima muammolari.
4. Tarjimada axborot va innovatsion texnologiyalar.
5. Zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslik masalalari.
6. Til va tarjimani oʻqitish metodologiyasi.


Shuningdek, konferensiya davomida Nobel mukofoti sovrindori, BMT bosh kotibining iqlim oʻzgarishi masalalari boʻyicha maslahatchisi Rae Kvon Chungning Tarjimonlik fakulteti talabalar savollariga video javobi hamda professional futbol hakami Ravshan Sayfiddinovich Ermatovning Tarjimonlik fakulteti talabalariga tilaklari taqdim etildi, InnoTechnoPark boʻlim boshligʻi Mamadaliyev Muhammadali Xikmataliyevich hamda Tarjimonlik fakulteti iqtidorli talabalari tomonidan maʼruzalar qilindi va talabalar ma’ruzalar bahs-munozarasida ishtirok etishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oʻziga biriktirilgan “Qizil” toifadagi yoshlarning holidan xabar olish maqsadida bugun 14- may kuni Sergeli tumanida boʻldi.

Rektor Ittifoq, Joʻnariq, Qipchoq, Nilufar mahallalariga borib, mahallada istiqomat qilayotgan “Qizil” toifadagi yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashdi. Ularning holidan xabar olib, har biriga zarur oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi. Ehtiyojini soʻradi.

Mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning ota-onalari universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Maʼrifat maydoni” Respublika tanlovining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda Xalqaro innovatsion universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoalari 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari boʻyicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.

Yakuniy natijalarga koʻra:


2-oʻrinni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili 1-fakulteti fakultet jamoasi qoʻlga kiritdi.

Eslatma!

Ushbu jamoa “Maʼrifat maydoni” tanlovining universitet va hududiy bosqichlarida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan.
 
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌎🌍🪐💫⭐️ 12:45
O‘zbekiston davlat jahon tillari
universiteti ochilganiga 75 yil to‘ldi

14.05.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Ozoda Fayzullayeva

📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va koʻngilochar muhitni tashkil etish maqsadida Wi-Fi internet aloqa tizimi ishga tushirildi.


14-may kuni poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonida talabalarining internet aloqa tizimidan foydalanishni yoʻlga qoʻyish maqsadida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali oldida oʻrnatilgan Wi-Fi internet aloqa tizimi bugundan ish boshladi.

Endilikda talabalar mazkur hududda ham bepul internet aloqa tizimidan foydalanishlari mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал