⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi hamkorligida 2024-yil 26-aprel kuni “Ekologiya va bugungi kun ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan o’tkazilgan anjumanda quyidahilar muhokama qilindi:
• Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish:
• Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo`jaligi:
• Global ekologik muammolarni o‘rganishda chet tillarining ahamiyati.
Konferensiya qiziqarli va kerakli bilimlarga boy bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#biz_korrupsiyaga_qarshimiz
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
12-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari uchun o‘quv-seminar tashkil qilindi.
Seminarni universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva olib bordi. Dasturdan ko’zlangan maqsad, talaba-yoshlarning psixologik ijtimoiy holatlarini diagnostika qilish, ulardagi turli hissiy buzilishlarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan psixologik bilimlarni etkazishdan iborat.
O‘quv-seminar davomida "Stress holatlaridan chiqish va pozitiv fikrlash" mavzusi doirasida kerakli manbaalar tavsiya qilindi. Seminar so‘ngida esa tyutorlar uchun amaliy mashg‘ulotlar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
13-may kuni O’zDJTU Xotin-qizlar masalalari boyicha psixolog N.Sultanova va Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori H.Shosaidova hamkorligida psixologik-trening tashkil etildi.
Unda psixologik mashg'ulotlardan "Tanishuv" treningidan hamda kayfiyatni ko'taruvchi testlardan foydalanildi.
Ushbu trening talabalar bilan yaqindan tanishish, ularning ijtimoiy va psixologik holatlarini diagnostika qilish maqsadida o'tkazildi.
📺📺
📸 Buxoroi sharifga sayohatdan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
“Assalom, O'zbekiston" ko'rsatuvida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yilligiga bag'ishlangan bayram tadbiri taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori L. Raxmatullayevaga biriktirilgan 2117-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida tayyorlagan videoroligi
@thirdEnglishfaculty
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 24-aprel kuni O’zDJTU O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro anjuman tashkil etildi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Oltoy davlat universiteti, Qozon federal universiteti, Patrisa Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, AQSHning Indiana universiteti, Yaponiya Dokkyo universiteti, Pekin chet tillar universiteti, Italiyaning L.Bokkoni nomidagi tijorat universiteti, Milan davlat universiteti, Turkiyaning Ankara universiteti, Istanbul universiteti, Bartin universiteti, Nevshehir universiteti, Al Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Cho‘qon Valixonov nomidagi Ko‘kshetau universiteti, Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti, Qozog‘iston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasining umumta’lim maktablari hamkorligida o’tkazilgan anjumanda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universitet Xotin-qizlar kengashi, universitet ijtimoiy psixologi va Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi hamkorligida OIV infeksiyasini oldini olish boʻyicha profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi mutaxassisi Yakubov Rustam Mahkamovich oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.
Maʼruzachi OIV infeksiyasini yuqtirib olish yoʻllari va bu boradagi chora- tadbirlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.
Dastur davomida mutaxassis tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar, shuningdek, qo’shimcha tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨💻👩💻💬
2024-yil 22-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
▶️ Konferensiya sho'balari:
• Globallashuv sharoitida tillarni o‘qitishning innovatsion strategiyalari;
• Filologik va nofilologik yo‘nalishlarda tillarni o‘qitishning integrativ yondashuvlari: ilg‘or tajribalar;
• Inklyuziv ta’lim yo‘nalishida xorijiy tillarni o‘qitish muammolari;
• Ko‘p tillilik ta’lim sharoitida ikki tillilik va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish.
✅Ma’ruzachilarga elektron sertifikat beriladi.
✅ Google scholar xalqaro tizimida indekslanadi.
✅ Har bir maqola muallifi uchun alohida DOI raqami beriladi.
📌 Talablar:
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi.
Konferensiya ishtirokchilari tezislarida sho’ba va maqola mavzusi, muallif (familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili, telefon raqami va e-mail) keltirilgan holda, maqolaning qisqacha annotatsiyasi (kamida 30 ta so‘z), kalit so‘zlar (5-6 ta) haqida ma’lumot berishlari kerak;
Maqolalar hajmi Word matn muharririda,12 o‘lchamli (Times New Roman) shriftda, qator orasidagi interval 1,5 oraliqda, yuqori va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm va o‘ngdan 1,5 sm tashlangan holda tayyorlanishi shart;
Maqola hajmi 3 betdan kam bo‘lmagan va 8 betdan oshmagan bo‘lishi kerak.
👩💻
Murojaat uchun:
👫 Masʼul xodimlar:
Mohlaroyim Rahimova, Gulsum Soatova
4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨💻👩💻💬
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta'minoti kafedrasi tomonidan 2024-yil 29-may kuni “MEDIAMAKONDA TIL, TAHRIR VA TARJIMA MUAMMOLARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.
✅ Maqolalar 2024-yil 25-mayga qadar qabul qilinadi.
➡️ Batafsil maʼlumot Axborot xatida (information letter)
✍️ Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun: eeldorshermatov@gmail.com
➕ Xorijlik mualliflar uchun maqola chop etish mutlaqo bepul (Articles by foreign authors are accepted and published free of charge).
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
"GLOBAL EKOLOGIK MUAMMOLAR, CHO'LLANISH VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYAGA TAKLIF QILAMIZ!
✅ Maqolalar qabulining so'nggi kuni: 2024-yil 16-may.
❓ Murojaat uchun: Yangiboyeva Ruxshona @Science_inno3 (+998881955525)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#yangi_taraqqiyot_davri_koʻrsatuvi
Bizni kuzating.
🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalarining aprel oyida Xitoy Xalq Respublikasi Liaodong universitetiga bo'lgan ikki haftalik bahorgi lageridan video lavha. 🎥
Читать полностью…👨⚖️👩⚖️
11-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Maktabgacha taʼlimda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslari asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#korrupsiyagaqarshikurash
Xalqaro jurnalistika fakulteti
Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo’nalishi 2003-guruh talabasi Bobur Egamnazarovning “Korrupsiyaga qarshi kurash” mavzusida o’tkazilayotgan videoroliklar tanlovi uchun tayyorlagan ijodiy ishi.
#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
Korrupsiya - bugungi kunda keng ildiz yozib ketayotgan, jamiyatning siyosatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan yomon illatlardan biridir. Ushbu illat bilan kurashish uchun keng ko'lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda, o'z navbatida, oliy ta'lim muassasalarida ham mavzuga oid chora tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
O'zJTU Ingliz tili 3-fakulteti tutori Shahlo Hamdamova 2309-2310-2313-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida tadbir o'tkazdi. Tadbirda qobiliyatli talabalar tomonidan mavzuga doir plakatlar chizildi va davra suhbati tashkil etildi.
🟦🟦🟦
13-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Jadidlar” klubi ochilishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi.
Shuningdek, tadbirda Abdulla Qodiriyning nevarasi Xondamir Qodirov ham ishtirok etib, jadidlar, jumladan, Abdulla Qodiriy haqida nutq so’zladi.
Dastur davomida jadidlar hayotiga bag’ishlab tayyorlangan videorolik taqdim etildi, jadidlarning Olmoniya davlatidan qaytishi sahna ko‘rinishi orqali namoyish qilindi, xususan, “Jadidlar” klubi a’zolari tomonidan tayyorlangan boshqa sahna ko’rinishlari qo’yib berildi.
Tadbir yuqori kayfiyatda, saviyali tarzda o’tdi va tomoshabinlarga manzur bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.
Suhbat davomida rektor pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalari berdi.
Shuningdek, dastur davomida Ingliz tili birinchi fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
O’zDJTUda ustozlar va xodimlar doimo e’tirof va e’tiborda!
10-11-12 may kunlari ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi tomonidan bir guruh professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar uchun qadimiy va boqiy Buxoro shahriga sayohat tashkil etildi.
Uch kunlik sayohat davomida 50 nafardan ziyod sayohatchilar gid hamrohligida Sitorai Mohi xossa saroy-bog’i, Buxoro arki, Labihovuz ansambli, Mir Arab madrasasi, Ulug’bek madrasasi, Abdulazizxon madrasasi, Bahouddin Naqshband hamda Buxoroning bir qancha me’moriy yodgorliklarida bo'lishdi.
Ularning yorqin taassurotlari bilan videolavha va suratlar orqali tanishishingiz mumkin!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori N.Xadjayevaga biriktirilgan 2306-guruh talabalari bilan birgalikda "Biz korrupsiyaga qarshimiz " mavzusida tayyorlagan videoroligi
@thirdEnglishfaculty
⚖️👨💻👩💻💬
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan 2024-yilning 24-aprel kuni “Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyati” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjumanda О‘zbekiston, Rossiya, Polsha, Hindiston va boshqa davlatlarda tadqiqotchilik, tarjimonlik, muharrirlik, jurnalistik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yoki mazkur sohalarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ma’ruza qildilar va bahs-munozarada ishtirok etdilar.
Muhokama qilingan masalalar:
• Mediamakonda kommunikatsiya: tendensiyalari va muammolar.
• Zamonaviy lingvistik tadqiqotlarning dolzarb muammolari.
• Medialingvistika: tarjima va tahrir masalalari.
• Xorijiy tillarga o‘qitishning yangi istiqbollari.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 | 🟥🟥🟥
📣 17-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida "Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shaklantirish", "Korrupsiyasiz soha" va "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzulari ostida tadbir tashkil etiladi.
⚡️ Mazkur ommaviy tadbir O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan kelib tushgan 2023-yil 19-dekabrdagi 01/05/101-sonli xati ijrosini ta'minlash hamda universitet huzuridagi litsey professor-o'qituvchi va talaba-o’quvchilar orasida korrupsiyaga qarshi targ'ibotni tadbiq etish maqsadida tashkil etilmoqda.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Shu kunlarda Germaniyada safarda bo’lib turgan DAAD stipendiya sovrindorlari Mainz universiteti seminarlarida faol ishtirok etmoqdalar. Jumladan, ular yaqinda bo'lib o'tgan Mation Greyn va Kristina Reschning darslarida ham qatnashishdi.
Mainz universitetining Turkologiya kafedrasi mudiri Julian Rench boshchiliga uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuv davomida OʻzDJTU vakillari universitet haqida videorolik namoyish qilishdi va talabalar ishtirokida o’zbek milliy kuy-qo’shiqlari ijro etildi.
Bundan tashqari, talabalar Marion Greyn boshchiligida shahardagi diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishdi.
📍 Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨💻👩💻💬
📣 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 10-may kuni “VINOGRADOV O'QISHLARI-2024” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.
ℹ️ Batafsil Axborot xatida/ information letter: https://drive.google.com/drive/folders/1X1cVruRXFirArtzeiJ3zPjdU70ZYDp2H?usp=sharing
✈️ Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida ma’lumot uchun:
conference2020@bk.ru
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨💻👩💻💬
Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi-oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan 2024-yil 14-may kuni “O'qituvchilar ta'limining tadqiqotlarga asoslangan transformatsiyasi: an'ana-innovatsiya asosi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilmoqda.
✅ Maqolalar 2024-yil 30-aprel 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
ℹ️ Batafsil Axborot xatida: https://drive.google.com/file/d/1FaoWufmh5aEejCgAnol0eF7aWil6gu2D/view?usp=drivesdk)
💬 Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida ma’lumot uchun:
practical.aspects.2@gmail.com
👍Jurnal indekslari:
• Google Scholar
• Doi
• OpenAire
▶️ Xorijlik mualliflar uchun maqola chop etish mutlaqo bepul (Articles by foreign authors are accepted and published free of charge).
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi (16-q/q) hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining (01-32/01-15)-sonli 2023-yil 19-mayda hamkorlikda tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 15-fevral kunidan 29-mart kuniga qadar ushbu tanlovning 2-hududiy bosqichini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
🟩🟩🟩🟩
👨💻👩💻🧠
Oila jamiyatning alohida asosiy boʼgʼini bo’lib, insoniylik, madaniy va maʼnaviy qadriyatlar, milliy mentalitet, etnik urf-odatlar, avlodlarning oʼzaro azaliy bogʼliqligi va tarixiy chambarchasligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili sifatida tan olingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Аssanbleyasining 1993-yil qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan, 15-may – Butunjahon oila kuni (International Day of Families) deb eʼtirof etilgan.
👨🏫👩🏫
11-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qoʻllashning linvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
11-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor I.Tuxtasinov ishtirokida fakultet dekan muovinlari va tyutorlar bilan davra suhbati tashkil etilgan.
Tadbir O'zDJTU da faoliyat olib borayotgan dekan muovinlari va tyutorlar faoliyati samaradorligini oshirish, ularni talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga chorlash maqsadida tashkil etildi.
Dastur davomida rektor tomonidan mas'ullarga o'z vazifasini bajarishda amal qilishi kerak bo'lgan ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt