📺📺
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubileyidan videorolik.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨⚖️👩⚖️
10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Samiyeva Sayyora Nematovnaning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
👨⚖️👩⚖️
Joriy yilning 10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminarda tadqiqotchi Yoʻldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi muhokamasi boʻlib oʻtdi.
#seminar
Ingliz filologiyasi fakultetida "Zo'ravonlik holatlarini oldini olish hamda gender tenglik tamoyillari" mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
Seminar fakultet tyutori Sh.Bo'stonova tashabbusi bilan tashkil etilib, unda universitet psixologi Z.Xayrullayeva, doktorant D.Eshbekov, universitet xotin-qizlar masalalari bo'yicha psixolog N.Sultonova hamda fakultet talabalari ishtirok etishdi.
Mutaxassislar tomonidan taqdimot asosida talabalarga mavzu bo'yicha kerakli ma'lumotlar berilib o'tildi. Shuningdek, psixologik mashg'ulotlar o'tkazildi.
#ДеньПамятиПочестей 🕊🇺🇿
🎖Сегодня заместители декана Х. Ахмедов и А. Дадаханов, в сопровождении тьюторов И. Садиевой и Ш. Ортиковой, вместе со студентами, организовали встречу с ветеранами войны и труда, проживающими в махалле "Чупон Ота", в преддверии праздника дня Памяти и почестей.
🌹В этот знаменательный день они выразили глубокую благодарность и искренние поздравления ветеранам, пожелав им здоровья, долголетия и благополучия.
👴👵 Студенты внимательно слушали рассказы ветеранов, узнавая о их героических подвигах и трудовых достижениях, которые являются примером для нас всех. Это встреча напомнила нам о важности бережного отношения к нашим старшим поколениям и передачи их опыта и мудрости следующим поколениям.
💬 Пусть эта встреча станет символом нашего почтения и уважения к тем, кто создавал основы для нашего сегодняшнего дня.
_________
Факультет русской филологии💙
#xotira_va_qadrlash #qizlarjon_klubi
🗣16 yoshida urushga ketib, 129 nafar fashistni otib o'ldirgan snayperchi qiz haqida eshitganmisiz?
🎗Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi koordinatorlari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Zebo G'aniyevani xotirlab, uning hayoti, Vatani uchun qo'shgan hissasi haqida suhbatlashishdi.
👍@qizlarjon_klubi_uzswlu
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan pedagog va talabalarga “Sharaf” lentalari tarqatilgani xabar bergan edik.
Xalqaro jurnalistika fakulteti Xalqaro jurnalistika yo'nalishi 2301-guruh talabasi Sobirova Sug'diyonaning "Ma'rifat" gazetasida "Asrga teng qahramon" sarlavhali urush qatnashchisi N.P.Georgiyevich xonadoniga universitet mas'ullari va talabalar yo'qlab borishgani haqida yozgan maqolasi chop etildi.
#talabalarijodi
@xalqarojurnalistika_fakulteti
#xotira_va_qadrlash_kuni
🟥🟥🟥
Hurmatli yurtdoshlar, aziz faxriylar!
Barchangizni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan qutlab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman!
Mana shunday musaffo osmon, erkin va ozod hayot uchun ming shukurlar boʻlsin. Bu yoʻlda jon fido qilgan, urush maydonlaridan qaytmagan ming-minglab yurtdoshlarimiz, universitet rivojiga umrini bagʻishlab, olamdan oʻtgan fidoiy ustozlarimizning yodi doim qalbimizda qoladi.
Bugun jang maydonlarida mardlik va jasorat koʻrsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilib, hozir oramizda sogʻ-salomat boʻlib yurgan muhtaram faxriylarimiz, fidoyi ustozlarimiz, ilmga umrini baxshida etgan olimlarimizga universitetimiz jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo boʻlsin!
Hurmat bilan, Ilxomjon TUXTASINOV, OʻzDJTU rektori, professor.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan urush qatnashchilari, front ortida xizmat ko’rsatgan faxriylar holidan xabar olindi.
🔰 8-may kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari Dilorom Xoshimova, xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi, tyutor Malika Saburova, tyutorlar hamda talabalar “Guzar” mahalla fuqarolar yig’inida doimiy ro’yhatdan o’tgan 5 nafar urush faxriylari holidan xabar oldi.
Suhbat davomida, Farida Faxriddinova, Liza Gizatova, Raisa Ragulina, Pelageya Ribchenko, Aleksey Ivanovlar tomonidan urush yillari, front orti mashaqqatlari haqidagi hikoyalari tinglandi. Yurtimiz tinchligini qadrlash, osudaligini saqlashga urinishga har birimiz mas’ul ekanligimiz ta’kidlandi.
🟥🟥🟥 | 🟥🟥🟥
9-MAY — XOTIRA VA QADRLASH KUNI!
#qatagʻon_qurbonlari
#xotirasi_kuni
Bizni kuzating
#ДеньПамяти #ДеньПочести 🕊🇺🇿
🌹 Сегодня наши тьюторы факультета русской филологии, Д. Тошполатова, Ш. Абдурахмонова, С. Очилова и их преданные студенты, в знак уважения и признания подвига, организовали трогательную поездку на «Площадь памяти и почестей», что на площади Независимости, в связи с Днем памяти и почести 9 мая.
🌺 Вместе с экскурсоводами, они возложили цветы к подножию статуи «Скорбящей матери», чтобы отдать дань уважения тем, кто жертвовал своей жизнью за нашу свободу. В ходе поездки студенты узнали истории героев войны и прониклись тем, как многие из них отдали свою жизнь за благо нашей страны, чьи имена вечно запечатлены в мемориальной книге.
📖 Это был важный момент для нас, чтобы вспомнить и почтить тех, кто сделал невозможное ради нашего будущего. Мы выражаем глубокую признательность всем героям, чьи жертвы помогли нам жить в мире и свободе.
_________
Факультет русской филологии💙
2️⃣2️⃣2️⃣
Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubileyi nishonlandi.
Tadbirni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov samimiy tilaklari va bayram qutlovi bilan tadbirni ochib berdi.
Bayram tadbirini madaniy chiqishlar namoyish etildi. Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov, yozuvchi va shoira Nazira as-Salom kabi taniqli sanʼat vakillari oʻz ishtiroki bilan tadbirga koʻrk bagʻishladi.
Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining isteʼdodli ijrochilarining ishtiroki tadbirga maʼdaniy rang-baranglik, yuqori kayfiyat baxsh etib, bayram dasturini yanada boyitdi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubiley tantanasi koʻtarinki kayfiyatda nishonlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 1-fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi tomonidan “XXI-asr intellektual salohiyat asri” mavzusida talabalar uchun ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyadan koʻzlangan maqsadi bosh maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, universitetimizda yosh iqtidor sohiblarini ilm-fan sohasiga tizimli jalb qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritish malakalarini shakllantirish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlarni yetishtirish tizimining uzviyligini taʼminlash hisoblanadi.
#bellashuv
10-may kuni Ingliz filologiyasi fakultetida "Bilimlar bellashuvi" tashkil etildi.
Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o'qituvchisi Muxlisa Djurayeva tomonidan tashkil etilgan "I love Phonetics" deb nomlangan bellashuvda bilimli va iqtidorli talabalardan iborat jamoalar Amaliy Fonetika fani doirasida olgan bilimlarini sinovdan o'tkazdilar.
Ishtirokchilar quyidagi shartlar asosida bellashishdi:
• Interaktiv savol-javob,
• Spelling bee,
• Cartoon dubbing.
Yakuniy natijalarga ko'ra 2309-guruh eng yuqori ball to'plab g'olib deb topildi. Bellashuv yakunida barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B.Ergashova Italiyaning tarjima sohasida yetakchi universitetlaridan biri bo’lgan Milan IULM universitetida “Sinxron tarjima” kursida malaka oshirmoqda.
8-may kuni B.Ergashova Milan IULM universiteti magistrantlariga o’z ilmiy taqdiqot mavzusi bo’yicha seminar tashkillashtirdi va 3-bosqich bakalavr yo’nalishi talabalari uchun O’zDJTU haqida qiziqarli taqdimot namoyish qildi.
Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, shuningdek, o’zbek tili va madaniyatini o’rgatuvchi kurslarga katta qiziqish bildirishdi.
📍 Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💫9-may Xotira va qadrlash kuni
✨Bu kun Vatan va kelajak avlodlar ozodligi hamda himoyasi uchun o‘z hayotini qurbon qilganlarga chuqur hurmat va ehtirom bilan to‘lgan.
⚜️Yillar o‘tishi bilan o‘sha daxshatli urushga guvoh bo‘lganlar va bevosita qatnashganlar tobora kamayib bormoqda. Ularga vaqt ajratish, e’tibor berish va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish shu sababli ham ahamiyatlidir.
🔰Jumladan, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov boshchiligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov, Z.Hasanov hamda tyutorlar, talabalar Uchtepa tumanida joylashgan “Jurjoniy” va “Shirin” mahallalarida istiqomat qilib kelayotgan front qatnashchilari holidan xabar oldi.
🔆Ularni bayram munosabati bilan qutlab, front orti mashaqqatlari haqida suhbatlashib, sovgʻalar ulashildi.
📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|
#xayrli_ish
Ingliz filologiyasi fakultetida "Xotira — muqaddas, Inson qadri — aziz" shiori ostida tadbir tashkil etildi.
"Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan fakultet dekani G.Ergasheva tashabbusi bilan osh damlanib, talabalar uchun bayramona dasturxon yozildi.
Shuningdek, bayram dasturxoniga fakultetning imkoniyati cheklangan talabalari, "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 4-6 may kunlari o'tkazilgan sportning voleybol hamda futbol turlari bo'yicha rektor kubogi g'olib va sovrindorlari taklif etildi.
#xotira #YoshlarIttifoqi
#BitiruvchiVaTalabaYoshlarFestivali
Joriy yil 8-may kuni erta tongdan universitet Yoshlar Ittifoqi jamoasi va bir guruh iqtidorli talabalar tomonidan 9-may "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan "Bitiruvchi va talaba yoshlar" festivali doirasida xotira chellenji boʻlib oʻtdi.
Unda universitetning professor-oʻqituvchi va talabalariga sharaf lentalari taqildi
4️⃣4️⃣4️⃣
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersport o‘yinlari bo‘yicha “Esports EduCup” turniri tashkil etiladi.
Turnirning 1-bosqichi oliygohlarning o‘zida 5-maydan 10-maygacha o‘tkaziladi. 1-bosqichda har bir o‘yin bo‘yicha 1-o‘rinni egallaganlar 2-bosqichga tavsiya etiladi.
2-bosqich Toshkent shahar bosqichi bo‘lib, 11-maydan 23-mayga qadar o‘tkaziladi.
🔺Ushbu qiziqarli turnirda ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling! Ammo shuni yodda tutingki, faqat universitet bosqichidagi g‘oliblar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Jamoani ro‘yxatdan o‘tkazishning oxirgi muddati - 10-may soat 18:00.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havolalar:
Dota 2 - https://forms.gle/YzMcYST1rHfHXaFv9
Counter Strike 2 - https://forms.gle/4QrUWDkkXZP1aUhk9
O‘z kuchlaringizni birlashtiring, jamoa to‘plang va oliygohimiz nafaqat akademik, balki kibersportda ham eng zo‘r ekanligini isbotlang!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: 88-804-74-74
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Joriy yilning 8-May kuni Oʻzbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti Tarjimonlik fakulteti, fakultet dekanati hamda Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi hamkorlikda 1-kurs Tarjima nazariyasi va amaliyoti kechki taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Outdoor movie evening” tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirdan koʻzlangan maqsad albatta, talabalarning taʼlim olish jarayonini yanada mazmunli tashkil qilish hamda ingliz tilida tinglab tushunish mahoratlarini noanʼanaviy tarzda oshirish.
#tashrif
Ingliz filologiyasi fakulteti mas'ullari tomonidan Ikkinchi jahon urushi faxriysi holidan xabar olindi.
8-may kuni fakultet dekani G.Ergasheva boshchiligida dekan muovinlari, tyutorlar va talaba-yoshlar Toshkent shahar Uchtepa tuman "Birlik" MFYda istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi veterani, mehnat faxriysi Anatoliy Burikin xonadoniga tashrif buyurdilar.
🇺🇿9-may yurtimizda keng miqyosda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanib, urush yillarida va mehnat frontida tinchlik uchun kurashgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi.
🎗️Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.Ismailov, Yoshlar masalalari bo'yicha dekan muovinlari N.Kadirova, Sh.Zakirov, tyutor N.Xadjayeva hamda FVV Akademiya Tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi M.Badalbayeva, kursantlar tomonidan adabiy-badiiy tadbir tashkil etdi.
#tadbir
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida 9-may "Xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o'qituvchilari N.B.Rasulova va D.A.Turg'unboyevalar tomonidan "May 9-The Day of Remembrance and Honor" nomli tadbir o'tkazildi.
#xotira_va_qadrlash_kuni
Bizni kuzating
#ustozga_ehtirom
📰 «Hurriyat» газетасининг бугунги сонида филология фанлари доктори, профессор Файзулла Мўминовнинг илмий мактаби ҳақида жуда яхши мақола чоп этилибди.
✅ ЎзДЖТУ Халқаро журналистика факультети декани, филология фанлари доктори Амрилло Каримовга устозларга бўлган юксак эътибор ва эҳтиром учун миннатдорлик билдирамиз.
❇️ Устозларга эҳтиром кўрсатиш – шогирдларга сабоқ беришнинг энг самарали усули, десак хато бўлмаса керак.
❗️ Мақолани ўқишни тавсия этмасак ҳам, кўпчилик катта қизиш ва эътибор билан ўқиган бўлса керак!
〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
/channel/gazetalar_sharhi
0️⃣0️⃣0️⃣
8-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida malakaviy bitiruv ishi himoyasi bo’lib o’tdi.
O’zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida tashkil etilgan dasturda universitet rektori I.Tuxtasinov, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Abidjanov va bir qator mas’ullar ishtirok etdi.
Tadbirda 2024-yil yanvar-may oyida kasbiy qayta tayyorlash 4 oylik (576 soatlik) kursiga qabul qilingan tinglovchilar o’quv rejadagi soatlarni va yakuniy nazoratlarni to’liq bajarganlar malakaviy bitiruv ishini himoya qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt