Joriy yilning 1-may sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan uchrashuv tashkil qilindi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 13-maydagi 6/18-1994-son xatini ijrosini ta’minlash maqsadida fakultet tyutor sardorlariga "Sung soʻrovnomasi" Depressiyani baholash bo'yicha tushuntirish ishlari tashkil qilindi.
Bugun O'zDJTU Sharq,Ingliz,Rus filologiyasi fakultetlarida bitiruvchi bosqich talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.
Unda Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i B.Odilovlar rahbarligida targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilib, universitetda qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini targ‘ib etish lozimligi ta'kidlandi.
#Favvoralar_kuni
Har yili O'zbekistonimizda 1-may "Favvoralar kuni " sifatida nishonlanib kelinadi.
⛲️ Shu sana munosabati bilan joriy yilning 1-may sanasida O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti tyutorlari hamda talabalari tomonidan "Favvoralar kuni" ga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.
🇺🇿 Tadbir davomida talabalar tomonidan favvoralar to’g’risida ma'lumotlar berilib hamda yurtimizni madh etuvchi she'rlar o'qildi.
#Fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori Rustamova Surayyo hamkorligida 1-bosqich tаlabalari uchun "O'quv mativlari" mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida mavzu haqidagi kerakli psixologik ma'lumotlarga to'xtalib, talabalarga foydali va kerakli psixologik manbalar yetkazildi.
Ushbu trening so'ngida talabalar o'zlariga qiziq bo'lgan savollarga mutaxassis tomonidan javob olishdi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⚖️👨💻👩💻💬
1-may kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetida “Jahon madaniyatida slavyan va turkiy tillar” – “Slavyanskiye i tyurkskiye yazыki v mirovoy kulture” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
Konferensiyada OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha prorektor, dotsent Otabek Yusupov, Rus filologiyasi fakulteti dekani Aziz Raxmonov bir nechta mutaxassislar, Professor-oʻqituvchi va talabalar ishtirok etdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
#Hokimvayoshlaruchrashuvi
Uchtepa tumani hokimi Farhod Abdullayevning OʻzDJTU talaba yoshlari bilan uchrashuvidan fotolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil aprel oyidagi faoliyati infografikasi (2-qism)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢🇷🇺 Анонс! 📝🌍
📆 Дата: 28-29 апреля 2024 года
🏫 Место: УзГУМЯ
📚 Тема: Проведение тестирования по русскому языку как иностранному (ТРКИ)
---
🔍 Уважаемые студенты и любители русского языка!
Приглашаем вас принять участие в Тестировании по русскому языку как иностранному (ТРКИ), которое состоится 28-29 апреля 2024 года на территории УзГУМЯ в партнерстве с Санкт-Петербургским государственным университетом(СПбГУ). Это отличная возможность проверить свои знания русского языка и получить официальные сертификаты уровня владения языком.
📌 Стоимость экзамена:
в зависимости от уровня тестирования (А1-С2)
🔗 Для регистрации пройдите по ссылке https://forms.gle/HL2mvq24hBkjPHqw6
Не упустите возможность проверить свой уровень владения русским языком и получить международно признанный сертификат!
Мы ждем вас на ТРКИ в УзГУМЯ!
📚 С любовью к русскому языку и образованию, факультет русской филологии УзГУМЯ 🌟
---
Если возникли дополнительные вопросы или требуется больше информации, обращайтесь в деканат нашего факультета.
1-курс общеобразовательной программы МГЛУ/УЗГУМЯ, 103-группа посетила Кумушхон в целях практики английского языка.
O'zDJTU Qo'shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limining 1-kurs, 103-guruh talabalari, “Improve english speaking” amaliy dars mashg'ulotlarni o'tqazish uchun "Kumushkon" ziyoratgohiga borishdi.
Talabalar kelgusida boshqa ziyoratgohlarga ham borishni rejalashtirmoqda.
0️⃣0️⃣0️⃣
📣 30-aprel kuni OʻzDJTU rektori I.M.Tuxtasinovning tashabbusi bilan oliygoh tarkibidagi Ingliz va Tarjimonlik fakultetlarida Pedagogik qayta tayyorlash tarmoq markazi direktori A.Abidjanov hamda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi B.Odilov rahbarligida targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
O’zDJTU qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini targʻib etish hamda talabalarni bandligini taʼminlash maqsadida universitet huzuridagi pedagoglarni qayta tayyorlash tarmoq markazida ingliz tili, rus tili, gid-tarjimonlik kurslari hamda aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlangʻich kursi ochilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtildi.
Maʼlumot uchun: Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:
▶️ Chet tili oʻqituvchilarini qayta tayyorlash boʻyicha:
- til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
- nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);
▶️ Rus tili boʻyicha 5 oylik qayta tayyorlov kurslari (720 soat);
Kurslar OTMni tamomlaganlar uchun boʻlib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini taqdim etadi. Kurslarni tugatgandan soʻng chet tillari oʻqituvchisi sifatida dars o’tish huquqini beruvchi diplom beriladi.
▶️ Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash 5 oylik kursi (630 soat);
Kurslarni tugatgandan soʻng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.
Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) 1 oylik boshlangʻich kursi
🗓 Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may
📌 Qoʻshimcha maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun manzil: @Jahon_tillari_malaka_oshirish
☎️ Telefon: 90-336-56-01
Badlik va ishga joylashish masalasida
☎️: 90-788-03-30
Batafsil: OʻzDJTU KARYERA MARKAZI VA BANDLIK MARKAZI | /channel/karyera24
📌Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yoʻli G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona yoki 6-qavat 622-xona.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🏆🏆🏆
30-aprel kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi va Germaniyaning Heidelberg pedagogika universiteti bilan hamkorlik doirasida 3-bosqich talabalari uchun e'lon qilingan talabalar almashinuvi tanlovining yakuniy-suhbat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Tanlovda jami 15 nafarga yaqin talaba ishtirok etdi. Suhbatga “Motivationsschreiben” natijalari eng yaxshi boʻlgan 5 nafar talaba taklif qilindi.
Tanlov natijalariga ko’ra, FNEM 2112-guruh talabasi Peysenova Gulnur 2024-2025 o'quv yilining 7-smestrini Germaniyaning “Heidelberg” pedagogika universitetida davom ettiradi.
Gulnurga kelgusida ham omad va zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
😚😋😛😝
⚡️Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash hamda baholash maqsadida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida so‘rovnoma oʻtkazilmoqda!
So‘rovnoma davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun moʻljallangan.
Har bir ishtirokchi survey.hemis.uz saytiga HEMIS platformasidagi login-parol orqali kirgan holda o‘z fikrini qoldirishlari mumkin.
Soʻrovnoma natijalari kelgusida oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Barchadan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.
👨🏻💻 Soʻrovnomaga oʻtish: http://survey.hemis.uz
Bizni kuzating
🟦🟦🟦 🤝🌏👨🏫👩🏫
30- aprel kuni OʻzDJTUda “Xotin – qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, oilada zoʻravonlikning oldini olish” mavzusidagi tadbir tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi ʼʼAdolat” SDP siyosiy Kengashi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda Oʻzbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengash aʼzolari, deputatlar, olimalar, professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar OAV xodimlari ishtirok etdi.
Unda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berdi. Oʻzbekiston “Adolat” SDP siyosiy Kengash raisi Robaxon Maxmudova tomonidan ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining audio kitobi yaratilgani va uning yaratilishi haqida maʼlumot berib oʻtdi. Shuningdek, Adolat SDP Siyosiy Kengashi raisi oʻrinbosari, Xamzayevich “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Islom Xamroyev “Oilada zoʻravonlikning oldini olish”, Jamoat xavfsizligi departamenti huquqbuzarliklar profilaktika xizmati xodimi, podpolkovnik Qunduz Jurayeva “Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi roli”, Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori Bahora Ergashova “Oʻzbekistonda qishloq xotin-qizlarining jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlashga yoʻnaltirilgan “Nozik xilqat” loyihasi haqida maʼruzalar qilishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
28-aprel kuni Turkiya elchixonasi boshchiligida oʻzbekistonlik talabalarni Turkiya oliy taʼlim muassasalarida oʻqishini davom ettirish masallarini muhokama qilish maqsadida yigʻilish tashkil etildi.
Yigʻilishda Turkiya elchixonasining taʼlim sohasi boʻyicha konsul oʻrinbosari Ebubekr Aydin ishtirok etdi va OʻzDJTUda ikkinchi chet tili sifatida turk tilini oʻqitilayotgani hisobga olinib, uni fakultet darajasiga olib chiqish taklifini bildirdi. Oʻzbekiston OTMlarining Turkiyaning Anqara universiteti bilan tuzilgan memorandumi bunga asos boʻlishini taʼkidladi.
Yigʻilishda OʻzDJTU vakillari faol ishtirok etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥 Haftalik dayjest
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
Joriy yilning 30-aprel kuni Farg‘ona shahrida respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi tomonidan “Askiya san’ati tarixini o‘rganish va uni amaliyotga joriy qilishning innovatsion omillari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Anjumanda O‘zDJTU 3-bosqich tayanch doktoranti Qulmamatov Oybek Amonovich o‘z tadqiqot ishi doirasida ilmiy maqola bilan ishtirok etib, kelgusida ushbu sohada amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirib o‘tdi.
#Favvoralarkuni
Bugun 1-may "Favvoralar kuni" bayrami Sharq filologiyasi fakultetida ham o‘zgacha bir iftixor bilan o‘tkazildi.
Bayram munosabati bilan Sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari hamda fakultet yetakchisi Z.Tolliboyev boshchiligida talabalar Mustaqillik maydonida joylashgan favvoraga tashrif buyurdilar.
Bizni kuzating
🔔 “Ma’rifat ulashib” g’oyasi asosida Uchtepa tumani hokimi F.Abdullayev, O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov bilan Ma’naviyat va ma’rifat saroyida “Yoshlar bilan ochiq muloqot” uchrashuvi tashkil etildi.
📌Muloqat davomida yoshlar tomonidan savollar va takliflar bildirildi.
🖌Tuman hokimi va O‘zDJTU rektori o‘rtasida “Mahalla yoshlari uchun xorijiy tillar (rus, ingliz, nemis, fransuz, xitoy va koreys) o‘quv kurslarini bepul tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi va 60 ta mahallalarga 60 ta valontyorlar biriktirildi.
📚Hokim va sektor rahbarlari tomonidan talabalar turar-joy kutubxonasiga kitoblar to`plami sovg'a qilindi.
👉/channel/uchtepahokimligi
Web-site |facebook | instagram | youtube
🤝🌏👨🏫👩🏫
#Inson uchun
Toshkentda nogironligi boʻlgan shaxslar ishlab chiqargan mahsulotlarning savdo koʻrgazmasi bugun oʻz ishini boshladi.
1−may kuni “Oʻzekspomarkaz”da nogironligi boʻlgan shaxslar ishlayotgan korxonalarning mahsulotlari namoyish etiladigan “Inson uchun” savdo koʻrgazmasida OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari ham ishtirok etib, universitet uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qilish maqsadida jami 669 million soʻmlik shartnoma imzolashga erishdi.
Koʻrgazmada 200 ga yaqin nogironligi boʻlgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan, nogironligi boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar ishtirok etdi. Unda OʻzDJTU rahbariyati vakillari talabalar turar joyi uchun zarur mebel, toʻqimachilik, sport, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlarni xarid qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🤝🌏👨🏫👩🏫
Jazoir xalq demokratik respublikasi Al-Vadiy universitetida 2024 yil 30-aprel kuni, 1 may – mexnatkashlarning xalqaro birdamlik kuni munosabati bilan universitet professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston davlat jahon tillar universitetidan malaka oshirishga kelgan o‘qituvchilar va Tunis, Rossiya kabi bir qator davlatlardan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar sharafiga tantanali bayram tadbiri tashkil qilindi.
Tadbir davomida universitet faxriy professor-o‘qituvchilari bilan Tarjimonlik fakultetidan malaka oshirishga tashrif buyurgan o‘qituvchilar ham Al-Vadiy universiteti rektori Omar Farxati tomonidan faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
➡️ Eslatib o`tamiz:
🤝🌏👨🏫👩🏫
#Hokimvayoshlaruchrashuvi
1-may kuni Uchtepa tumani hokimi OʻzDJTUga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida “Yoshlar bilan ochiq muloqot” boʻlib oʻtdi.
Tuman hokimi Farhod Abdullayev universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun qurilib, foydalanishga topshirilishi kutilayotgan 1500 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif doirasida hokim va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Universitet talabalari faol ishtirok etgan uchrashuvda tuman hokimi ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdi. Talabalarning muammosi va takliflarini tinglab, ularga yechim topishini, takliflarni oʻrganib chiqishini, ijobiy hal qilinishini taʼkidladi.
Tuman hokimi endilikda universitetda bir qator sport turlari boʻyicha “Hokim kubogi” va 4 ta sektor rahbarlarining stipendiyasini taʼsis etish taklifini berdi.
🟩🟩🟩🟩
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2024-yil aprel oyidagi faoliyati infografikasi (1-qism)
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📊4⃣📚
👨⚖️👩⚖️
Joriy yilning 30-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda tadqiqotchi Daliyeva Madina Xabibullayevnaning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan “INGLIZ OʻZBEK VA RUS TILLARI LINGVISTIK TERMINLARIDA POLISEMIYANING KOGNITIV MODELLARI” (“КОГНИТИВНЫЕ МОДЕЛИ ПОЛИСЕМИИ ЛИНГВИСТИЧЕСКИХ ТЕРМИНОВ В АНГЛИЙСКОМ, УЗБЕКСКОМ И РУССКИХ ЯЗЫКАХ)”dissertatsiya ishi muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Bunyodkor akademiyasi maydonlarida 🔴 “Coca-Cola Students Cup” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
⚖️👨💻👩💻💬
30-aprel kuni OʻzDJTUda Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan “Exploring english, pedagogical innovations and language teaching” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Konferensiyani Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Shundan soʻng, Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy va innovatsion ishlar boʻyicha prorektor, dotsent Otabek Yusupov, Оʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti dekani, dotsent Akmal Yuldashev soʻzga chiqib, anjumanning ahamiyati, undan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot berdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦
30-aprel kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab “Dekan kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Musobaqada universiteti rektori Ilxomjon To'xtasinov ham ishtirok etdi va jamoalarga muvaffaqiyat tiladi.
Fakultet dekani X.Xakimov, dekan muovinlari, tyutorlar va Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur bellashuvda barcha bosqichdagi talaba-yigit va qizlar sportning futbol, voleybol turlari boʻyicha bellashdilar.
🏆 Futbol boʻyicha o'tkazilgan musobaqada 8 ta jamoa o'zaro toʻp surdi. Qizgʻin kechgan bahsda “Kursdoshlar” jamoasi penaltilar seriyasida ustun kelib, “Dekan kubogi"ni qoʻlga kiritdi.
🏆 Talaba-qizlar o’rtasida o'tkazilgan voleybol oʻyinida 5 ta jamoa qatnashdi. G’oliblikni esa FNEM-2203 jamoasi qoʻlga kiritdi.
G'olib bo'lgan jamoalarga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
Talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, ular orasida kitobxonlikni targʻib qilish, mustaqil va erkin fikrga ega isteʼdodli yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida OʻzDJTU talabalari oʻrtasida “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi oʻtkazildi.
Jadidlar hayotini qanchalik puxta oʻrganganligini sinovdan oʻtkazib, ularning ibratli hayot yoʻlini talaba yoshlar orasida keng targʻib qilish va munosib ragʻbatlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan ushbu tanlovda har bir fakultetdan 6 kishilik tarkibda tuzilgan bittadan jamoa qatnashdilar.
Tanlovda quyidagi jamoalar gʻolib boʻldi:
1-oʻrin Sharq filologiyasi fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning uch baravari miqdorida mukofot puli,
2-oʻrin Uchinchi ingliz fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning ikki baravari miqdorida mukofot puli,
3-oʻrin Rus filologiyasi fakulteti jamoasi. Jamoaning har bir aʼzosiga oylik stipendiyaning bir baravari miqdorida mukofot puli taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥
Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo'yicha talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida so'rovnoma boshlandi!
Ushbu so'rovnoma barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalari va professor-o'qituvchilari uchun bo'lib, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so'rovnomada o'z fikrini bildirishlari mumkin.
Izoh: Avvalroq ushbu so'rovnoma faqat vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari uchun edi, keyinchalik boshqa vazirlik va idoralar huzuridagi oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishi belgilandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#litseyfaxri
🔥 O'zbekiston davlat jahon tillari unversiteti akademik litseyi o'quvchisi Guzal Sobirova 610,600$ miqdorda grand yutib oldi.
🇺🇿 O'zbekiston Davlat jahon tillari universitetining akademik litseyi 03-22 guruh o'quvchisi Guzal Sobirova, AQShning nufuzli 5 oliygohiga grand yutib, o'qishga qabul qilindi endi u o'zi tanlagan oligoh talabasiga aylanadi.