🟥🟥🟥
🔹2-UCHRASHUV
🔺O'zDJTU & O'zMMSI
🔺O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'zbekiston Milliy musiqa san'ati institutiga qarshi top suradi.
🗓 30-Aprel , Seshanba
⏰ 19:30
📍 Bunyodkor, Sharqiy maydoni
🇺🇿 Olg'a Jahon tillari 🔥🔥
📱 @uzswlu_football_team
👨💻👩💻🧠
2024 yil 29 aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillar universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 6 martdagi yigʻilishning 20-sonli Bayoni 8-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tyutorlarni bilim saviyasi va malakasini oshirish oʻquv kursi 2024 yil 20 mart 3/15-3.208-sonli xat asosida, tyutorlarga belgilangan 1-oylik oʻquv kursi tashkil etildi. Ushbu oʻquv kursi yakunida oʻtilgan mavzular boʻyicha yakuniy nazorat oʻtkazildi.
Universitet proffesor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtilgan dars mashgʻulotlari tyutorlarda katta taʼsirotlar uygʻotdi amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʼlishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O‘zDJTU 3-bosqich tayanch doktoranti, ingliz tili 3-fakulteti o‘rindoshlik asosidagi katta o‘qituvchisi Qulmamatov Oybek Amonovich “Foreign languages” telekanali orqali efirga uzatilgan “GOOD MORNING, UZBEKISTAN” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi.
🟥🟥🟥
Talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida oliy ta'lim muassasalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo'yicha talabalar va professor o'qituvchilar o'rtasida so'rovnoma boshlandi!
Ushbu so'rovnoma barcha davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalari va professor-o'qituvchilari uchun bo'lib, survey.hemis.uz sayti orqali HEMIS platformasidagi login-parolini kiritishi bilan so'rovnomada o'z fikrini bildirishlari mumkin.
Izoh: Avvalroq ushbu so'rovnoma faqat vazirlik tasarrufidagi oliy ta'lim muassasalari uchun edi, keyinchalik boshqa vazirlik va idoralar huzuridagi oliy ta'lim muassasalari ishtirok etishi belgilandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔴 Coca-Cola Students Cup. Dastlabki bosqichga qur’a tashlandi.
Fiskal vs UzSWLU
📅29-aprel
⌚️Soat 15:30
📍Manzil✅✅✅
@uzswlu_football_team
Share↗️
Joriy yilning 27-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida disssertatsiya himoyasi bo'lib o'tdi.
Universitet huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashda tadqiqotchi Ro‘zibayeva Nigoraxon Raximovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Ingliz va o‘zbek badiiy matnlarida antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlari (T.S.Eliot va Cho‘lpon asarlari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasining himoyasi bo‘lib o‘tdi.
O'zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti 2201-guruh talabasi Uzoqova Marjona Sherali qizi joriy yilning 9-fevral sanasida "Foreign languages" telekanalining "GOOD MORNING, UZBEKISTAN" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi. Dastur davomida Marjona so'z mulkining sultoni - hazrat Alisher Navoiy to'g'risidagi qimmatli ma'lumotlarni o'rtoqlashdi va suhbatga qo'shimcha ravishda har yili universitetimizda "Alisher Navoiy" nomidagi maxsus davlat stipendiyasi uchun tanlov tashkil qilinishini ham keltirib o'tdi. Dasturning to'liq sonini quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:
/channel/FLTV_MTRK/1125
Biz professor-o'qituvchilarimiz va talabalarimiz bu kabi dasturlarga tashrif buyurib, universitetimiz nufuzini oshirishga hissa qo'shayotganlaridan g'oyat mamnunmiz!
Bugun O'zDJTU ga Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Mahkamov va bir qator mutaxassislar tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Universitetning asosiy binosi, "Forsayt" markazi va Axborot-resurs markazi,Tarjimonlik fakultetining sinxron tarjimaga ixtisoslashgan maxsus xonasi,sport zal,oshxona,bilan yaqindan tanishtirildi.Markazdagi adabiyotlar,universitetning moddiy-texnik bazasi, qolaversa ta'lim muassasidagi yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda universitetning umumiy holati ko'zdan kechirildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Germaniyaning Yena shahri SES eksperti Dr.Petra Rungening OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasidagi bir oylik tashrifi oʻz nihoyasiga yetdi.
Ekspert Dr. Petra Runge xonim bir oy davomida nemis yoʻnalishi talabalariga ogʻzaki nutq hamda tinglab tushunish boʻyicha mashgʻulot olib bordi.
Dr.Petra Runge Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi nemis tili professor-oʻqituvchilari bilan ham bir nechta master-klasslar oʻtkazdi.
🎦 26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
“Mening inspektorim”mobil ilovasi bilan tanishing–bu sizning favqulodda vaziyatlarda qutqaruv yo'lingiz! Ushbu ilova yordamida siz:
🚨 SOS holatlarida vaziyatingizni hududiy profilaktika xodimiga bildirishingiz,
👮♂️ Hududingizdagi huquq-tartibot inspektori haqida ma'lumotga ega bo'lish va xodimlariga murojaat qilish,
📰Hududingizga yaqin joyda joylashgan mahalliy va yaqin IIB punkti haqida ma'lumotga ega bo'lish,
🚑 Shoshilinch tibbiy yordam, yong'in xavfsizligi, gaz, favqulodda holatlar va boshqa xizmatlardan foydalanish,
🔎IIB bo'limidan foydalanib esa,IIB tomonidan olib borilayotgan yangiliklardan boxabar bo'lish,
✉️ "Mening arizam" oynasi orqali ariza,shikoyat va qoʻshimcha takliflarni yuborish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
“Mening inspektorim”ni hoziroq yuklab oling va xavfsizligingiz bir urinishda ekanligiga ishonch hosil qiling!
➕ SOS102IIB
🟦🟦🟦🟦
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida shu yilning 29-mart kuni Zakovat klubi tomonidan mavsumning “Rektor kubogi” turniriga start berilgan edi.
1-turda jami 32ta jamoa qatnashgan boʻlib, ushbu turnir oʻyinlari haftaning har juma kuni boʻlib oʻtdi.
Bugun 26-aprel kuni Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan turnirning yakuniy “Final” bosqichi boʻlib oʻtdi. Finalga 15 ta saralangan jamoalar yetib keldi va bellashishdi. Finalda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Zakovat turnirining bu galgi final bosqichi har galgidan-da oʻzgacha tarzda tashkil etildi. Oʻyinda hal qiluvchi savol noodatiy tarzda universitet rektori I. Tuxtasinov tomonidan oʻqib eshittirildi.
Natijalarga koʻra:
🥇Ingliz tili 2-fakultetining “Tafakkur” jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, “Rektor kubogi”ga sazovor boʻldi.
🥈Ingliz filologiyasi fakultetining “Inyazda kechgan umrlar” jamoasi 2-oʻringa loyiq topildi.
🥉 Xalqaro jurnalistika fakultetining “Boylarga mazzada” jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldi.
ℹ️ Maʼlumot uchun:
1-oʻrin sohiblariga 9 million soʻm,
2-oʻrin sohiblariga 6 million soʻm,
3-oʻrin sohiblariga esa 3 million soʻm pul mukofoti taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashda Xaitqulov Zahriddin Xazratqul oʻgʻlining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional mohiyati” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
"Mendan nima qolar ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq..."
Muhammad Yusuf
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.
Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzDJTU Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan talabalarning jismoniy tayyorgarliklari yosh toifasi va nizomda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha sinovdan oʻtkazilib boriladi.
Talabalarni jismoniy faolligini oshirish, sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish va sport to'garaklariga jalb qilish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu mashg'ulotlarda oliygohimiz talabalari faol ishtirok etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan.
O’zDJTU Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi MGLU-102 guruh talabalari Toshkent yapon bog’iga tashrif buyurdi.
Dastur davomida talabalar tabiat qo’ynida ingliz tilidan ochiq dars o’tkazishdi, ekologik lug'atlar yod olishdi va ingliz tilida maroqli suhbat qurishdi.
Bo’sh vaqtni mazmunli o’tkazish maqsadida tashkil etilgan tashrif talabalarda ajoyib taassurot qoldirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
29-aprel kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan psixokorreksion ishlar reja asosida amalga oshirildi.
"Hayot go‘zal, yashamoq zavqli" shiori ostida o'tgan psixologik treningda Tarjimonlik fakulteti tyutori G.Odilova hamda 3-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Treningda shaxslararo munosabatlar,
oilaviy munosabatlar, farzand va
ota-ona munosabatlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan buzilishlarni to'g'irlashga, o‘zaro ijobiy aloqalarni hosil qilishga qaratilgan dastur asosida mashg‘ulotlar tashkil qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
👨💻👩💻🧠
29-aprel kuni O’zDJTU da Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha koʻngillilar (volontyorlar) uchun seminar-trening tashkil etildi.
Dastur tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan maʼruza shaklida olib borildi.
Seminar-treningni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Universiteti mas’ul xodimi tomonidan protokol haqida tushuncha, etiket turlari va muloqot qoidalari, delegatsiyani kutib olish, salomlashish, muomala qoidalari eslatib o’tildi.
Shuningdek, Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan investitsiya, sanoat va savdo bo‘yicha tanishtiruv, yurtimizda investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar va investorlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Yakunda seminar-trening ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob va ko’rsatmalar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣1️⃣1️⃣
🏆🏆🏆
21-28 aprel kunlari Yangi Oʻzbekiston bogʻida Respublikamizning 15 ta shahrida “Oʻzbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi” ga bagʻishlangan “Men gʻolib”, “ BYD-Tashkent International Marathon”, “Navroʻz” bayramiga bagʻishlangan “Yangi nafas” hamda “Yangi nafas-Ekiden” ommaviy yugurish musobaqalari oʻtkazildi. Ularda har bir OTMdan 1 ta jamoa (7 nafar ishtirokchi) ishtirok etishi belgilangan edi.
2024-yil 27-aprel offline va ZOOM onlayn platformasi orqali Dissertatsiya ishlar muhokamasining kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari bo'lib o'tdi.
Unda Samandarova Sojida Furqat qizi 10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “Tomas Harris asarlarida qahramon badiiy psixologizmi” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiyasining muhokamasi bo'lib o'tdi.
#Rektor_kubogi
Bugun O'zDJTU da Quvnoqlar va zukkolar ko'rik tanlovi bo'yicha fakultetlararo Rektor kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.Unda QVZ ko'rik tanlovining Respublika bosqichida g'alaba qozongan sobiq chempion "Bolalar" jamoasi hakamlar hay'ati sifatida ishtirok etdi.
Unda universitet rektori I.Tuxtasinov so'z olib bellashuvga start berdi.Fakultetlardan tashkil topgan jamoalar kubok uchun kurash olib bordi.
Yakunda hakamlarning qaroriga koʻra:
🥇1-oʻrin — “Piramida” jamoasi(Ingliz tili 3- fakulteti)
🥈2-oʻrin — “Oligarx” jamoasi(Xalqaro jurnalistika)
🥉3-oʻrin — “Brothers” jamoasi(Ingliz tili 1-fakulteti) gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
Eslatib oʻtamiz, gʻolib jamoalar quyidagicha ragʻbatlantiriladi:
💵 1-oʻrin — 9.000.000 soʻm;
💵 2-oʻrin — 6.000.000 soʻm;
💵 3-oʻrin — 3.000.000 soʻm.
Universitet barcha jamoalarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusidagi bahslarda omad yor bo'lishini tilaydi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4⃣📚
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI
Joriy yilning 26-aprel sanasida A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida shvetsariyalik diplomat va davlat arbobi, Jeneva Diplomatiya markazi (Cercle Diplomatque Genève) raisi Robert Blumning fransuz tilidagi «O’zbekiston – Markaziy Osiyo marvaridi» («L’Ouzbékistan – Perle de l’Asie centrale») nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.
Taqdimotda Fransiya va Shvetsariyaning O’zbekistondagi elchixonalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov olib bordi.
Ushbu tadbirda Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi ustozlari M.Dadamirzayeva, G.Alimova hamda Tarjimonlik fakulteti tyutorlari F.Xabiyeva, T.Ashirova va H.Normatov o'zlariga biriktirilgan fransuz tili yo‘nalishi talabalari bilan qatnashishdi.
Tadbirda tarjima yo‘nalishi boyicha uyushtirilgan qiziqarli davra suhbatida Tarjimonlik fakulteti vakillari hamda talabalar faol ishtirok etishdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o’rtasida “Kahoot” intellektual o’yini o’tkazildi.
O’zDJTU Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda "Voyage" jamoasi hamkorligida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish va baholash maqsadida tashkillashtirilgan dastur davomida oliygoh talabalari o’z bilimi va intellektual salohiyatini sinovdan o’tkazdi.
O’yinda, umumiy hisobda, 9 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.
Natijalar quyidagicha:
🥇o'rin — "Quintessential quinted" jamoasi;
🥈o'rin — "Unwanted students" jamoasi;
🥉o'rin — "Leaders" jamoasi.
🏆 G'olib jamoalarga universitet rektori I.Tuxtasinov tomonidan esdalik sovg'alari hamda sertifikatlar topshirildi.
Bugun 27-aprel sanasida O'zDJTU da profilaktik uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchtepa tumani IIOFMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlim boshligʻi podpolkovnik M.Shodmonov ,,Mening inspektorim,,mobil ilovasi toʻgʻrisida ma'lumot berib targʻibot ishlarini oʻtkazdi.Ushbu ilovaning afzalliklari,foydalanish qoidalari va qulayliklari bo'yicha talabalarga ko'rsatmalar berildi.
2024- yil 24- aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi.
Anjumanning ochilishida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor I.M.Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya.Yusupov, Qozon federal universiteti, Yelabujsk instituti (Rossiya) F.I.Gabidullina, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, f.f.n. Ya.Madaliyev, Yamagishi Hiromu (Yaponiya), Li Xuy Ting (Xitoy), Na Sahm Ii (Koreya) so‘zga chiqib, o‘zbek tilining xorijda o‘qitilishiga oid yutuqlar, erishilgan natijalar, muammolar va ularning yechimlari haqida gapirdilar.
#Ilmiy_seminar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Tillarni o'rgatishning ilg'or texnologiyalari va ularni qo'llash amaliyoti" mavzusida ilmiy-seminar bo'lib o'tdi.
Seminar Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Axmedova Laylo Tolibjanovna tomonidan olib borilib, taqdimot asosida mavzu bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi.
Unda Professor-o'qituvchilar, metodistlar, amaliyotchi o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etishdi.
⚖️👨💻👩💻💬
🤝🌏👨🏫👩🏫
26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
“Ekologiya va bugungi kunda ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida bo’lib o’tgan anjumanda O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, dekan muovinlari M.Musabekova, S.Ibragimov, Sh.Nazarov, Tabiiy fanlar kafedrasi barcha professor-oʻqituvchilari qatnashdi.
Konferensiyada quyidagi mavzularda ma’ruzalar so’zlandi:
- “Ekologik ta’lim va ekologik muammolar”;
- “Chiqindilarning ijtimoiy xavfini baholash — ekologik xavfsizlikning garovi;
- “Ekologiyada GMO mahsukotlarining ahamiyati”;
- “Suv resurslaridan barqaror foydalanish muammolari”;
- “Использование хромосом-замещеных форм как генетических ресурсов у хлопчатника”;
- “Zamburug’lar ekologik bioindikator sifatida”;
- “Oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o’qitishning metodik asoslarini takomillashtirish”.
2️⃣2️⃣2️⃣
Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun OʻzDJTU fakultetlari tyotorlar tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida joylashgan shoirning haykali yonida bir qator badiiy tadbir tashkil etildi.
OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutori , M.Yuldosheva tomonidan talabalar ishtirokida Andijonning asl farzandi, Vatan kuychisi Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlangan badiiy tadbirda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sheʼrlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.
Shuningdek, fakultetning tyutorlari A.Ilxomjonova, O.Artikovaniyam, Sh.Abramatova tashabbusida 2331-va 2324-guruhlarning iqtidorli talabalari tomonidan shoirning dilga yaqin sheʼrlari yod etildi.
Universitetda faoliyat olib borayotgan xodimlar va iqtidorli talabalar ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
26-aprel kuni OʻzDJTUda “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va barchaga omad tiladi.
Joriy yilning mart-aprel oylarida barcha fakultetlarda mazkur tanlovning 1-bosqich oʻtkazilgan boʻlib, bugungi universitet bosqichida – “Fakultet malika”lari deb topilgan gʻoliblar oʻzaro bellashishdi.
Qizlarimizning oʻz iqtidori va yetakchilik qobiliyatini hamda salohiyatini namoyon etish, ularni mustaqil oilaga tayyorlashga qaratilgan tanlov shartlari ham ayni maqsadga yoʻnaltirildi.