uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun O'zDJTU ga Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri o'rinbosari Otabek Mahkamov va bir qator mutaxassislar tashrif buyurdi.


Tashrif davomida Universitetning asosiy binosi, "Forsayt" markazi va Axborot-resurs markazi,Tarjimonlik fakultetining sinxron tarjimaga ixtisoslashgan maxsus xonasi,sport zal,oshxona,bilan yaqindan tanishtirildi.Markazdagi adabiyotlar,universitetning moddiy-texnik bazasi, qolaversa ta'lim muassasidagi yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda universitetning umumiy holati ko'zdan kechirildi.


Tashrif ko'zlangan maqsad, universitet infratuzilmasi va resurslariga e’tibor qaratish,ta'lim muassasida o'quv jarayoni nazorat qilinishi tashkil etilganligi.Bundan tashqari,universitetning akademik salohiyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida fanlararo hamkorlikni rivojlantirish borasida fikr almashinib nazorat tadbiri olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Germaniyaning Yena shahri SES eksperti Dr.Petra Rungening OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasidagi bir oylik tashrifi oʻz nihoyasiga yetdi.

Ekspert Dr. Petra Runge xonim bir oy davomida nemis yoʻnalishi talabalariga ogʻzaki nutq hamda tinglab tushunish boʻyicha mashgʻulot olib bordi.

Dr.Petra Runge Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi nemis tili professor-oʻqituvchilari bilan ham bir nechta master-klasslar oʻtkazdi.


2024 yilning 26-aprel sanasida Dr.Petra Runge bilan xayrlashuv tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda kafedra mudiri L.T.Xoliyarov (/channel/RGTT_TF), Tarjimonlik fakulteti dekan muovini Yu.R. Azzamov (/channel/yusuf_azzamov) xorijlik mehmonga esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

📍/channel/RGTT_TF

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎦 26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasidan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

“Mening inspektorim”mobil ilovasi bilan tanishing–bu sizning favqulodda vaziyatlarda qutqaruv yo'lingiz! Ushbu ilova yordamida siz:

🚨 SOS holatlarida vaziyatingizni hududiy profilaktika xodimiga bildirishingiz,
👮‍♂️ Hududingizdagi huquq-tartibot inspektori haqida ma'lumotga ega bo'lish va xodimlariga murojaat qilish,
📰Hududingizga yaqin joyda joylashgan mahalliy va yaqin IIB punkti haqida ma'lumotga ega bo'lish,
🚑 Shoshilinch tibbiy yordam, yong'in xavfsizligi, gaz, favqulodda holatlar va boshqa xizmatlardan foydalanish,
🔎IIB bo'limidan foydalanib esa,IIB tomonidan olib borilayotgan yangiliklardan boxabar bo'lish,
✉️ "Mening arizam" oynasi orqali ariza,shikoyat va qoʻshimcha takliflarni yuborish imkoniyatiga ega bo'lasiz.


“Mening inspektorim”ni hoziroq yuklab oling va xavfsizligingiz bir urinishda ekanligiga ishonch hosil qiling!

SOS102IIB

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida shu yilning 29-mart kuni Zakovat klubi tomonidan mavsumning “Rektor kubogi” turniriga start berilgan edi.

1-turda jami 32ta jamoa qatnashgan boʻlib, ushbu turnir oʻyinlari haftaning har juma kuni boʻlib oʻtdi.

Bugun 26-aprel kuni Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan turnirning yakuniy “Final” bosqichi boʻlib oʻtdi. Finalga 15 ta saralangan jamoalar yetib keldi va bellashishdi. Finalda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi. Zakovat turnirining bu galgi final bosqichi har galgidan-da oʻzgacha tarzda tashkil etildi. Oʻyinda hal qiluvchi savol noodatiy tarzda universitet rektori I. Tuxtasinov tomonidan oʻqib eshittirildi.

Natijalarga koʻra:

🥇Ingliz tili 2-fakultetining “Tafakkur” jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, “Rektor kubogi”ga sazovor boʻldi.

🥈Ingliz filologiyasi fakultetining “Inyazda kechgan umrlar” jamoasi 2-oʻringa loyiq topildi.

🥉 Xalqaro jurnalistika fakultetining “Boylarga mazzada” jamoasi 3-oʻringa sazovor boʻldi.

ℹ️ Maʼlumot uchun:

1-oʻrin sohiblariga 9 million soʻm,

2-oʻrin sohiblariga 6 million soʻm,

3-oʻrin sohiblariga esa 3 million soʻm pul mukofoti taqdim etildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashda Xaitqulov Zahriddin Xazratqul oʻgʻlining 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi boʻyicha “Tarjimani avtomatlashtirishda parallel korpus kontekstual qidiruv tizimining funksional mohiyati” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.

Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

"Mendan nima qolar ikki misra she'r,
Ikki sandiq kitob, bir uyum tuproq..."

Muhammad Yusuf


Bugun O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi bo'lim mudirasi Sh. Ismailova , S.Mamatsoliyeva hamda 1- ingliz fakulteti tyutorlari P.Jabborova, D. Matyakubova , M. Asqarova , I. Umarov, G. Ashirova va faol talabalarimiz ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Shoir hayoti va ijodi haqida ma'lumot berilib, bilimlarni mustahkamlash maqsadida Kahoot test bajarildi.Bundan tashqari talabalarimiz shoir she'rlarini ifodali o'qib qo'shimcha qiziqarli ma'lumotlar ham aytib o'tishdi.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

1️⃣1️⃣1️⃣

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.

Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzDJTU Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi tomonidan talabalarning jismoniy tayyorgarliklari yosh toifasi va nizomda ko'rsatilgan shartlar bo'yicha sinovdan oʻtkazilib boriladi.

Talabalarni jismoniy faolligini oshirish, sog'lom turmush tarziga targ'ib qilish va sport to'garaklariga jalb qilish maqsadida o'tkazilayotgan ushbu mashg'ulotlarda oliygohimiz talabalari faol ishtirok etmoqda.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 O'zDJTU

🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂

⭕️Joriy yilning 25-aprel kuni O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan Ingliz tili 1-2-3-fakultet koordinatorlari hamkorligida talabalar o'rtasida ⚡️ ZAKOVAT intellektual o'yini o'tkazildi.

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 qizg'in bahs - munozaralarga boy o'tdi. Talabalar bunday hamkorlik bellashuvlarini tez - tez takrorlab turish kerakligini va bunday intellektual o'yinlar ularda doimo yuqori qiziqish uug'otishini ta'kidlab o'tishdi


O'yin so'ngida to'plangan ballarga ko'ra :

🥇"Enlightenment" jamoasi
( 🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti)

🥈"Antigrob" jamoasi
(🇺🇿 Ingliz tili 2-fakulteti )

🥉"Dophamin" jamoasi
(🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti)


G'olib deb topilgan jamoalarga esdalik sovg'alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.


💬 t.me/yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍🏫👩‍🏫

26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Mahmudova Maftuna Hamza qizining 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha “Mediasavodxonlik — Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi.

Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🌟 Yoshlar akademiyasi tomonidan "Contribute to the science" nomi ostida Yoshlar akademiyasi forumi davom etmoqda.

Ushbu forum doirasida 25-aprel kuni “Science innovation:problems and solutions” mavzusida MUN konferensiyasi boʻlib oʻtdi.


Ushbu konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti hamda Westminster universiteti talabalari ishtirok etishdi.


Konferensiya davomida faol ishtirok etgan qatnashuvchilar universitet tomonidan maxsus esdalik sovgʻalari va maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar!

Yoshlar akademiyasi — ilm-fanga oʻz hissangni qoʻsh!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti , Ingliz tili 3 fakulteti, Ingliz tili o’qitish metodikasi -3 kafedrasi dotsenti Tuxtaxodjayeva Zulfiya Tuxtayevna o’zining tarjima sohasidagi 55 yillik tajribasini ‘’Interpreters union’’ klubi a’zolari va bitiruvchi kurs talabalari bilan bo’lishdi


Uchrashuv davomida talabalar tarjima sohasida o’zlariga kerakli, foydali ma’lumotlarga ega bo’ldilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi .

@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 9-son yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Dastur avvalida Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan O’zbekiston Respubliksi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezident Farmonlari, Qaror, Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati to’g’risida nutq so’zladi.


So’ngra Kengashda ishtirok etayotgan boshqa mas’ul vakillar tomonidan oliygohda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va huquqiy targ’ibot ishlari, fakultetlardagi ta’lim sifati, O’zDJTU Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring faoliyati, kafedralarda olib borilayotgan o’quv, ilmiy-uslubiy ishlat to’g’risida hisobot berildi.

An’anaga muvofiq, Kengash yakunida ilmiy daraja va unvon olgan O’zDJTU o’qituvchilari maxsus sovg’a — noutbuk bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ilm_fan

Magistr talabalar diqqatiga!

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Language and Literature: Unveiling Connections and Expanding Horizons" mavzusida magistratura talabalari uchun 2024-yil 22-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirilmoqda.

🕒Maqolalarni qabul qilish 2024-yil 5-may sanasiga qadar davom etadi.

📩Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida to'liq ma'lumot: Axborot_xatida

👩‍💻 Anjuman to'plami va sertifikat mualliflarga elektron shaklda taqdim etiladi.

Bizni kuzatishda davom eting.
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

26- aprel Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori D. Adilova, Axborot-resurs markazi direktor oʻrinbosari M. Muxamedjonova va 1- bosqich talabalari ishtirokida tadbir tashkil qildi.

Tadbirda tyutor D. Adilova shoirning hayoti, ijodi, yozgan sheʼrlari haqida, maʼlumot berib oʻtdi. Shundan soʻng, talabalar shoirning “Vatan”, “Oʻzbegim”, “Lolaqizgʻaldoq”, “Onamga”, “Jayron”, “Biz baxtli boʻlamiz” kabi sheʼrlarini yod olishdi.

Shoir Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoir. Unga mustaqil yurtni ozod xalqini koʻrish nasib etdi. Yurtning eng ulugʻ bayramlarida uning qoʻshiqlari baralla yangraydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4⃣📚
#KITOBXONLIK_HAFTALIGI

Joriy yilning 26-aprel sanasida A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasida shvetsariyalik diplomat va davlat arbobi, Jeneva Diplomatiya markazi (Cercle Diplomatque Genève) raisi Robert Blumning fransuz tilidagi «O’zbekiston – Markaziy Osiyo marvaridi» («L’Ouzbékistan – Perle de l’Asie centrale») nomli kitobi taqdimoti bo’lib o’tdi.


Taqdimotda Fransiya va Shvetsariyaning O’zbekistondagi elchixonalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirni inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik Akmal Saidov olib bordi.

Ushbu tadbirda Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi ustozlari M.Dadamirzayeva, G.Alimova hamda Tarjimonlik fakulteti tyutorlari F.Xabiyeva, T.Ashirova va H.Normatov o'zlariga biriktirilgan fransuz tili yo‘nalishi talabalari bilan qatnashishdi.


Tadbirda tarjima yo‘nalishi boyicha uyushtirilgan qiziqarli davra suhbatida Tarjimonlik fakulteti vakillari hamda talabalar faol ishtirok etishdi.


📍/channel/RGTT_TF

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o’rtasida “Kahoot” intellektual o’yini o’tkazildi.


O’zDJTU Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti hamda "Voyage" jamoasi hamkorligida talabalarning intellektual salohiyatini oshirish va baholash maqsadida tashkillashtirilgan dastur davomida oliygoh talabalari o’z bilimi va intellektual salohiyatini sinovdan o’tkazdi.

O’yinda, umumiy hisobda, 9 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib bordi.

Natijalar quyidagicha:
🥇o'rin — "Quintessential quinted" jamoasi;
🥈o'rin — "Unwanted students" jamoasi;
🥉o'rin — "Leaders" jamoasi.

🏆 G'olib jamoalarga universitet rektori I.Tuxtasinov tomonidan esdalik sovg'alari hamda sertifikatlar topshirildi.


Intellektual haftalikda ishtirok etayotgan barcha talabalarga O’zDJTU Yoshlar ittifoqi o’z minnatdorchiligini bildiradi.

📍 O’zDJTU Yoshlar ittifoqi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun 27-aprel sanasida O'zDJTU da profilaktik uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchtepa tumani IIOFMB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlim boshligʻi podpolkovnik M.Shodmonov ,,Mening inspektorim,,mobil ilovasi toʻgʻrisida ma'lumot berib targʻibot ishlarini oʻtkazdi.Ushbu ilovaning afzalliklari,foydalanish qoidalari va qulayliklari bo'yicha talabalarga ko'rsatmalar berildi.


Uchrashuvda Uchtepa tumani IIOFMB Migratsiya boʻlimi boshligʻi podpolkovnik M.Pirmuxammedov soʻz olib pasport-viza qoidalari boʻyicha doimiy hamda vaqtinchalik roʻyxatga qoʻydirish asoslari boʻyicha tushuntirish ishlarini olib bordi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2024- yil 24- aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida o‘zbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida o‘qitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi.

Anjumanning ochilishida universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor I.M.Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Ya.Yusupov, Qozon federal universiteti, Yelabujsk instituti (Rossiya) F.I.Gabidullina, Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti dotsenti, f.f.n. Ya.Madaliyev, Yamagishi Hiromu (Yaponiya), Li Xuy Ting (Xitoy), Na Sahm Ii (Koreya) so‘zga chiqib, o‘zbek tilining xorijda o‘qitilishiga oid yutuqlar, erishilgan natijalar, muammolar va ularning yechimlari haqida gapirdilar.


Anjuman ishida xorijdagi OTMlarda o‘zbek tilidan dars mashg‘ulotlarini olib boruvchi chet ellik hamkorlarimiz, xususan, AQSh, Rossiya, Xitoy, Koreya, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlarda o‘zbek tili ta’limi bilan shug‘ullanayotgan hamda mamlakatimizda xorijliklarga o‘zbek tilini o‘rgatayotgan mutaxassislar, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili ta’limi sohasida OTMlarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, shu yo‘nalishda tadqiqot olib borayotgan ilmiy xodim, doktorant, magistrant va tahsil olayotgan talaba yoshlar faol qatnashdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Ilmiy_seminar

O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Tillarni o'rgatishning ilg'or texnologiyalari va ularni qo'llash amaliyoti" mavzusida ilmiy-seminar bo'lib o'tdi.

Seminar Pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Axmedova Laylo Tolibjanovna tomonidan olib borilib, taqdimot asosida mavzu bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berib o'tildi.

Unda Professor-o'qituvchilar, metodistlar, amaliyotchi o'qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar ishtirok etishdi.


Dastur davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Ilmiy-nazariy seminar yuksak saviyada o'tkazildi va zarur bilim-ko'nikmalarga boy bo'ldi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti “Tabiiy fanlar” kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

“Ekologiya va bugungi kunda ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida bo’lib o’tgan anjumanda O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, dekan muovinlari M.Musabekova, S.Ibragimov, Sh.Nazarov, Tabiiy fanlar kafedrasi barcha professor-oʻqituvchilari qatnashdi.

Konferensiyada quyidagi mavzularda ma’ruzalar so’zlandi:
- “Ekologik ta’lim va ekologik muammolar”;
- “Chiqindilarning ijtimoiy xavfini baholash — ekologik xavfsizlikning garovi;
- “Ekologiyada GMO mahsukotlarining ahamiyati”;
- “Suv resurslaridan barqaror foydalanish muammolari”;
- “Использование хромосом-замещеных форм как генетических ресурсов у хлопчатника”;
- “Zamburug’lar ekologik bioindikator sifatida”;
- “Oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o’qitishning metodik asoslarini takomillashtirish”.


Konferensiya zarur bilimlarga boy va qiziqarli tarzda o’tdi. Yakunda dastur ishtirokchilari maxsus sertifikatlar bikan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun OʻzDJTU fakultetlari tyotorlar tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida joylashgan shoirning haykali yonida bir qator badiiy tadbir tashkil etildi.

OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti tyutori , M.Yuldosheva tomonidan talabalar ishtirokida Andijonning asl farzandi, Vatan kuychisi Muhammad Yusuf ijodiga bagʻishlangan badiiy tadbirda talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar, sheʼrlar yigʻilganlar eʼtiboriga havola etildi.

Shuningdek, fakultetning tyutorlari A.Ilxomjonova, O.Artikovaniyam, Sh.Abramatova tashabbusida 2331-va 2324-guruhlarning iqtidorli talabalari tomonidan shoirning dilga yaqin sheʼrlari yod etildi.

Universitetda faoliyat olib borayotgan xodimlar va iqtidorli talabalar ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5️⃣5️⃣5️⃣

26-aprel kuni OʻzDJTUda “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovining universitet bosqichi oʻtkazildi. Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va barchaga omad tiladi.


Joriy yilning mart-aprel oylarida barcha fakultetlarda mazkur tanlovning 1-bosqich oʻtkazilgan boʻlib, bugungi universitet bosqichida – “Fakultet malika”lari deb topilgan gʻoliblar oʻzaro bellashishdi.

Qizlarimizning oʻz iqtidori va yetakchilik qobiliyatini hamda salohiyatini namoyon etish, ularni mustaqil oilaga tayyorlashga qaratilgan tanlov shartlari ham ayni maqsadga yoʻnaltirildi.


Tanlov natijasiga koʻra, ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi va universitet rektori gʻoliblarga sertifikat va qimmatbaho esdalik sovgʻalar topshirdi.

🥇 Roman German filologiyasi fakulteti talabasi Qalandarova Rozaxon barcha shartlarda faollik koʻrsatib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi va “Universitet malikasi” nominatsiyasiga sazovor boʻldi. Universitet tomonidan Qalandarova Rozaxonga televizor sovgʻa qilindi.

🥈 Ingliz filologiya fakulteti talabasi Ahmadjonova Zuhra 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Universitet tomonidan Ahmadjonova Zuhraga mikrotoʻlqinli pech sovgʻa qilindi.

🥉 Tarjimonlik fakulteti talabasi Shoqoʻchqorova Guljamol 2-oʻrin qoʻlga kiritdi. Universitet tomonidan Shoqoʻchqorova Guljamolga oshxona anjomlari toʻplami sovgʻa qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tyutorlar_faoliyati

Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab she'rxonlik kechasi o'tkazildi.

Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Mamatova Marhabo boshchiligida bir guruh talabalar hamda Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

She'rxonlik bazmida talabalar M.Yusuf hayoti va ijodini yodga olib, buyuk o'zbek shoirining ijod namunalaridan she'rlar o'qib eshittirildi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon she'r yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!

Muhammad Yusuf

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazida kutubxona bo'lim mudirasi Sh. Ismailova kutubxonachiar M. Ziyayeva , S Mamatsoliyeva boshchiligida 2-ingliz fakulteti talabalari ishtirokida davra suhbati bo'ldi. Shoir hayoti va ijodi haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, qo'shimcha qiziqarli ma'lumotlar ham aytib o'tildi. Bilimlarni mustahkamlash maqsadida Kahoot test o'tkazildi, g'oliblar munosib taqdirlandi. Ifodali she'r aytgan , o'qigan talabalarimiz ham rag'batlantirildi.


O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.


Adiblar xiyobonida O’zDJTU ga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofidagi hududda uch kun davomida bo’lib o’tgan tadbir dasturlarida barcha fakultet dekan mudirlari, tyutorlar va stipendiant qizlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan A.Faynberg ijodi, hayoti bo’yicha ma’lumotlar berilib, talabalar yozgan, jumladan, Faynberg ijodiga tegishli she’rlar ifodali aytib berildi.

Shuningdek, “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida milliy qo’shiqlar kuylandi, milliy sport o’yinlari o’ynaldi, yozuvchi hayoti-ijodiga bag’ishlangan chiqishlar namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

https://uza.uz/uz/posts/tilga-etibor-kelazhakka-etibor_592158

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi ishtirokida “Xalqaro kitob kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.


OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni ochib berdi. Shundan soʻng, BAAning Oʻzbekistondagi elchixonasining iqtisodiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalari boʻlimi boshligʻi Mohamed Alzaheriy soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik haqida maʼlumot berdi.

2-kurs talabasi Rashidova Aminaning Xalqaro kitob kuniga bagʻishlangan “Kitob oʻqish foydasi” haqida, taqdimoti, BAA Vise-Prezidenti Bosh Vazir Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad Bin Rashid Ol Maktum janobi oliylari qalamiga mansub “Qissati” (“Mening hikoyam”) nomli asari haqida talabalarning arab tilidagi chiqishlari, 2-kurs talabasi Choriqulova Shahrinoza ijrosida oʻzbekcha raqs va boshqa taqdimot va chiqishlar ham dasturdan oʻrin oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida “Ilm-fan va innovatsiya 2024” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Tadbirni OʻZDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan maqolalar taqdim etildi.

Unda nafaqat respublika miqyosida, balki Rossiya, Xitoy, Belarussiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ukraina kabi rivojlangan davlatlar olimlari onlayn tarzda ishtirok etib oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.

Maʼlumot uchun: jami 90 ta ilmiy maqolalar xalqaro konferensiya maqolalar toʻplamiga kiritiladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5️⃣5️⃣5️⃣

🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 24-aprel kuni O'zbekiston Yoshlar akademiyasi tomonidan "Contribution to the Science" nomli konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya doirasida ilmiy maqolalar tanlovi oʻtkazildi va quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
🥇Normatova Solihabonu,
Ingliz tili 3-fakulteti 2201-bosqich talabasi.

🥈 Nematullayeva Muslimaxon,
Ingliz tili 3-fakulteti 2201-bosqich talabasi.

🥉 Azizova Dilfuza,
Rus filologiyasi fakulteti 2201-guruh talabasi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал