🇺🇿 O'zDJTU
🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂🙂
⭕️Joriy yilning 25-aprel kuni O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludi munosabati bilan Ingliz tili 1-2-3-fakultet koordinatorlari hamkorligida talabalar o'rtasida ⚡️ ZAKOVAT intellektual o'yini o'tkazildi.
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤 qizg'in bahs - munozaralarga boy o'tdi. Talabalar bunday hamkorlik bellashuvlarini tez - tez takrorlab turish kerakligini va bunday intellektual o'yinlar ularda doimo yuqori qiziqish uug'otishini ta'kidlab o'tishdi
🥇"Enlightenment" jamoasi
( 🇬🇧 Ingliz tili 3-fakulteti)
🥈"Antigrob" jamoasi
(🇺🇿 Ingliz tili 2-fakulteti )
🥉"Dophamin" jamoasi
(🇺🇿 Ingliz tili 1-fakulteti)
👨🏫👩🏫
26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Mahmudova Maftuna Hamza qizining 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi boʻyicha “Mediasavodxonlik — Internet OAVdagi feyk va dezinformatsiyalardan himoya qilish vositasi sifatida” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya himoyasi boʻlib oʻtdi.
Himoya jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida qilingan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy kengash aʼzolari qiziqtirgan savollarga javob berdi va himoya muvaffaqiyatli natija bilan yakuniga yetdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🌟 Yoshlar akademiyasi tomonidan "Contribute to the science" nomi ostida Yoshlar akademiyasi forumi davom etmoqda.
Ushbu forum doirasida 25-aprel kuni “Science innovation:problems and solutions” mavzusida MUN konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Ushbu konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat axborot texnologiyalari universiteti hamda Westminster universiteti talabalari ishtirok etishdi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti , Ingliz tili 3 fakulteti, Ingliz tili o’qitish metodikasi -3 kafedrasi dotsenti Tuxtaxodjayeva Zulfiya Tuxtayevna o’zining tarjima sohasidagi 55 yillik tajribasini ‘’Interpreters union’’ klubi a’zolari va bitiruvchi kurs talabalari bilan bo’lishdi
Uchrashuv davomida talabalar tarjima sohasida o’zlariga kerakli, foydali ma’lumotlarga ega bo’ldilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi .
2️⃣2️⃣2️⃣
25-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 9-son yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Dastur avvalida Kengash raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov tomonidan O’zbekiston Respubliksi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezident Farmonlari, Qaror, Farmoyishlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarorlari va buyruqlari, universitet tomonidan bajariladigan vazifalar hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati to’g’risida nutq so’zladi.
#ilm_fan
Magistr talabalar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “Language and Literature: Unveiling Connections and Expanding Horizons" mavzusida magistratura talabalari uchun 2024-yil 22-may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy-amaliy anjuman tashkillashtirilmoqda.
🕒Maqolalarni qabul qilish 2024-yil 5-may sanasiga qadar davom etadi.
📩Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida to'liq ma'lumot: Axborot_xatida
👩💻 Anjuman to'plami va sertifikat mualliflarga elektron shaklda taqdim etiladi.
Bizni kuzatishda davom eting.
@first_faculty_official
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
26- aprel Oʻzbekiston xalq shoiri, noyob isteʼdod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson Muhammad Yusuf tavalludining 70- yilligi munosabati bilan bugun Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori D. Adilova, Axborot-resurs markazi direktor oʻrinbosari M. Muxamedjonova va 1- bosqich talabalari ishtirokida tadbir tashkil qildi.
Tadbirda tyutor D. Adilova shoirning hayoti, ijodi, yozgan sheʼrlari haqida, maʼlumot berib oʻtdi. Shundan soʻng, talabalar shoirning “Vatan”, “Oʻzbegim”, “Lolaqizgʻaldoq”, “Onamga”, “Jayron”, “Biz baxtli boʻlamiz” kabi sheʼrlarini yod olishdi.
Shoir Muhammad Yusuf baxtli, omadli shoir. Unga mustaqil yurtni ozod xalqini koʻrish nasib etdi. Yurtning eng ulugʻ bayramlarida uning qoʻshiqlari baralla yangraydi. Shoirdan chinakam, betakror ijodiy meros qoldi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌎🌍🪐💫⭐️ 12:30
Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyat
25.04.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Dovudxon G'ulomjonov
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
👨💻👩💻🧠
25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Tarjimonlik fakulteti tyutori N.Masadikova va 3-bosqich talabalari uchun “Talabalarni shaxslar aro munosabatlardagi pozitsiyasi” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Ushbu psixologik trening doirasida talabalardagi “Tanishuv” “Guruhda emotsional-ijobiy munosabatni oʻrnatish”, “Shaxslararo munosabatdagi xatoliklar va ularga yechim” kabi mavzularga oid maʼlumotlar berildi.
Trening davomida psixogimnastika va faollashtiruvchi mashgʻulotlardan foydalanildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
V.Gyugo
👨💻👩💻🧠
Talaba yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida OʻzDJTUda qatar tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti qayta tayyorlov kurslari tashkil etilishini ma’lum qiladi
Talabgorlar quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha kurslarda tahsil olishlari mumkin:
🔹 Chet tili o‘qituvchilarini qayta tayyorlash bo‘yicha:
- til mutaxassislari uchun 4 oylik (576 soat);
- nomutaxassislar uchun 8 oylik (1152 soat);
🔹 Rus tili bo‘yicha qayta tayyorlov kurslari 5 oylik (720 soat);
Mazkur kurslar OTMni tamomlaganlar uchun bo‘lib, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda dars berish imkonini beradi. Kurslarni tugatgandan so‘ng chet tillari o'qituvchisi sifatida dars berish huquqini beruvchi diplom beriladi.
🔹 Gid-tarjimonlarni qayta tayyorlash kursi 5 oylik (630 soat);
Kurslarni tugatgandan so‘ng sertifikat beriladi hamda gid-tarjimon davlat reyestriga kiritiladi.
🔹 Aviabort kuzatuvchilari (styuardessa) boshlang’ich kursi - 1 oylik.
🗓 Boshlanish sanasi: 2024-yil 1-may
📌 Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning: @Jahon_tillari_malaka_oshirish
☎️ Telefon: 90-336-56-01
📍Manzil: Toshkent shahar Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li G9A mavzesi 21-uy, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining tarjimonlik fakulteti 1-qavat 129-xona.Ta’lim reklamasi
🤝🌏👨🏫👩🏫
24-aprel kuni O’zDJTU da Malayziyaning bir qator tashkilotlari, jumladan, Milliy qonunchilik palatasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mehmonlarga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyati, oliygohda malay tilining o'qitilish tartibi haqida ma’lumot berilib, ushbu mamlakat oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari to'g'risida fikr almashildi.
Yakunda o’zaro hamkorlik masalalari va aloqalarni rivojlantirish bo’yicha umumiy fikr taqdim etildi va bir qancha kelishuvlar rejalashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 24-aprel kuni Germaniyaning Laybnis Nemis tili tadqiqot instituti vakillari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Lobin instituti direktori prof. Xennig, institut Leksika boʻlimi boshligʻi prof. Shtefan Engelberg, Grammatika bo’limi dasturlashtirish boʻlimi boshligʻi Dr. Roman Shnayder, Tadqiqotlarni tashkillashtirish boʻlimi xodimi Dr. Katrina Dyuk va xodim Dr. Nofiza Voxidovadan iborat delegatsiya OʻzDJTU rahbariyati vakillari tomonidan kutib olindi.
#tyutorlar_faoliyati
Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag'ishlab she'rxonlik kechasi o'tkazildi.
Tadbir Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Mamatova Marhabo boshchiligida bir guruh talabalar hamda Axborot resurs markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
She'rxonlik bazmida talabalar M.Yusuf hayoti va ijodini yodga olib, buyuk o'zbek shoirining ijod namunalaridan she'rlar o'qib eshittirildi. Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad?
O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek.
Yomon she'r yozsang ham betingdan o'pib,
Kam bo'lma bolam deb yashaydi O'zbek!
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” tashkil etildi.
Adiblar xiyobonida O’zDJTU ga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofidagi hududda uch kun davomida bo’lib o’tgan tadbir dasturlarida barcha fakultet dekan mudirlari, tyutorlar va stipendiant qizlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan A.Faynberg ijodi, hayoti bo’yicha ma’lumotlar berilib, talabalar yozgan, jumladan, Faynberg ijodiga tegishli she’rlar ifodali aytib berildi.
Shuningdek, “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida milliy qo’shiqlar kuylandi, milliy sport o’yinlari o’ynaldi, yozuvchi hayoti-ijodiga bag’ishlangan chiqishlar namoyish etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi elchixonasi ishtirokida “Xalqaro kitob kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tadbirni ochib berdi. Shundan soʻng, BAAning Oʻzbekistondagi elchixonasining iqtisodiy, siyosiy va ommaviy axborot vositalari boʻlimi boshligʻi Mohamed Alzaheriy soʻzga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi xalqaro hamkorlik haqida maʼlumot berdi.
⚖️👨💻👩💻💬
🤝🌏👨🏫👩🏫
25-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasida “Ilm-fan va innovatsiya 2024” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbirni OʻZDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan maqolalar taqdim etildi.
Unda nafaqat respublika miqyosida, balki Rossiya, Xitoy, Belarussiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ukraina kabi rivojlangan davlatlar olimlari onlayn tarzda ishtirok etib oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.
Maʼlumot uchun: jami 90 ta ilmiy maqolalar xalqaro konferensiya maqolalar toʻplamiga kiritiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
5️⃣5️⃣5️⃣
🇺🇿Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 24-aprel kuni O'zbekiston Yoshlar akademiyasi tomonidan "Contribution to the Science" nomli konferensiya boʻlib oʻtdi. Konferensiya doirasida ilmiy maqolalar tanlovi oʻtkazildi va quyidagi talabalar gʻolib deb topildi:
🥇Normatova Solihabonu,
Ingliz tili 3-fakulteti 2201-bosqich talabasi.
🥈 Nematullayeva Muslimaxon,
Ingliz tili 3-fakulteti 2201-bosqich talabasi.
🥉 Azizova Dilfuza,
Rus filologiyasi fakulteti 2201-guruh talabasi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥🟥🟥🟥
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoni 1-ilovasi 88.2-bandida Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish belgilangan.
Shunga koʻra 22-apreldan 10-mayga qadar OʻzdJTU da tahsil olayotgan barcha talabalarning jismoniy tayyorgarliklarini sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan. Buning uchun fakultetlar kesimida grafik-jadval ishlab chiqib, tasdiqlandi va zaruriy sport inventarlarni shay holatga keltirilib, barcha shart-sharoitlarni tashkil etildi.
Qadrli talabalar siz ham sport kiyimlarida mazkur jarayonda faol ishtirok etib, jismoniy tayyorgarligingizni sinovdan oʻtkazing!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣ #milliy_qadriyatlar_sayli
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” festivali davom etmoqda.
Uch kundan buyon bo’lib o’tayoygan saylning 1-2-kunlari qizg’in taassurot va voqeliklarga boy tarzda tashkil etildi.
Festivalda O’zDJTU jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. “MILLIY QADRIYATLAR SAYLI” festivalining 1-2-kunlaridan lavhalarni e’tiboringizga taqdim etamiz!
Eslatib o’tamiz, bugun 25-aprel kuni mazkur festival nihoyasiga yetadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦
24-aprel kuni O'zbekiston Milliy kutubxonasida davlat arbobi, olim Akmal Saidovning “Lev Tolstoy hikmatlari" kitobi taqdimoti o'tkazildi.
Dastur davomida O'zbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshabayeva tadbirni ochib berdi. "Sharq yulduzi" va "Звезда востока" jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf, O'zbekiston Qahramoni, atoqli adabiyotshunos, tarjimon Ibrohim G'afurov, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid tomonidan davra suhbati olib borildi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi rahbari Saida Kayumova, Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari va tyutorlari ham faol ishtirok etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik ta’minoti kafedrasi tomonidan “Mediakommunikatsiya: til siyosati va madaniyat” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazildi.
Tadbir avvalida, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Otabek Yusupovlar so’zga chiqib, milliy kontent, o’zbek tili masalasi davlat siyosati darajasida e’tirof etilayotgani xususida gapirib o’tdi.
Anjumanda O’zbekiston, Rossiya, Polsha, Hindiston va boshqa davlatlarning professor o’qituvchilari va soha mutaxasislari ishtirok etdi.
⚖️👨💻👩💻💬
🤝🌏👨🏫👩🏫
24-aprel kuni O’zDJTU Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Raqamlashtirish davrida oʻzbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida oʻqitish masalalari: mahalliy va xorijiy tajriba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o’tkazildi.
Mazkur anjuman Oʻzbekistonda va xorijiy mamlakatlarda oʻzbek tilini davlat tili va xorijiy til sifatida oʻqitishni mahalliy va xorijiy ilgʻor tajribalar uygʻunligi asosida ommalashtirish, ijobiy yutuqlarini til taʼlimiga joriy etish, xorijiy tillarni oʻqitish metodikasidagi yangi innovatsion taʼlim texnologiyalarining ahamiyati, til oʻqitishni takomillashtirish yuzasidan mahalliy va xorijiy oliy taʼlim muassasalari mutaxassislarining fikrlarini oʻrganish, tillarni oʻqitishning zamonaviy, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida boyitilgan milliy metodikasini takomillashtirish kabi masalalarni koʻrib chiqish va fikr almashish maqsadida tashkil etildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
24-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O’zbekiston Respublikasi Turizm Qo’mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik bo’yicha memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori Y.Golsheva, Kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo‘limi boshlig’i B.Mammetova, O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori A.Abidjanov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i B.Odilov, OTM pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi mutaxassisi A.Kayumov ishtirokida o’tgan uchrashuvda tomonlar kadrlarni qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlik bo’yicha manfaatli kelishuvga erishdi.
✍️✍️✍️
Adiblar bilan uchrashuv O’zDJTU ning talabalar turar joylarida davom ettirildi.
Yozuvchilar va talabalar gulxan atrofida suhbatlashishdi. Talabalar oʻzlarining ijod namunalarini ham oʻqib berishdi. Yozuvchilar talabalarning ijodiy ishlarini ham baholab, ularga yoʻnalish va tavsiyalar berib oʻtdi.
Maʼrifatparvarlar bilan tashkil etilgan uchrashuv qiziqarli taassurotlarga boy tarzda nihoyalandi.
#marifat_ulashib
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt