O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
*Интернет тили билан газета тили бир-биридан мутлақо фарқ қилади.
*Бугунги авлоднинг саводхонлик даражаси газеталарга боғлиқ.
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети халқаро журналистика факультети декани Амрулло Каримов
✅ Бизни кузатиб боринг
🚀Telegram 🎬YouTube 📷Instagram 🔵Facebook
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
📣 Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi va ta'lim texnoloyilari kafedrasi tomonidan 26-aprel kuni soat 14:00 da "Tillarni o'rgatishning ilg'or texnologiyalari va ularni qo'llash amaliyoti” mavzusidagi ilmiy-seminar tashkil etiladi.
🎤 Ma’ruzachi: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Axmedova Laylo Tolibjanovna
🇷🇺 Tadbir rus tilida olib boriladi.
ℹ️ Seminarda qatnashish narxi 100 ming so'm.
➕ Batafsil maʼlumot uchun @MadinaTukhtakhujaeva ga murojaat qiling.
📌Manzil: O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti binosi 2-qavat 4-ma’ruzalar zali.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
Hurmatli talabalar, professor-oʻqituvchilar, keng jamoatchilik vakillari, ijodkor yoshlar!
Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida adabiy-maʼrifiy haftalikning ochilish marosimiga tayyorgarlik avjida.
OʻzDJTU tomonidan Qashqadaryo viloyatining milliy an’analar va urf-odatlar koʻrgazmasi namoyish etiladi.
Tadbirda talabalar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etiladi, gʻazal va sheʼrlar aytiladi, kuy-qoʻshiqlar jaranglaydi, kitoblar koʻrgazmasi oʻtkaziladi, Shuningdek, respublikamiz hududlarining milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlari tarannum etiladi.
Milliy qadriyatlar saylida birga boʻlaylik!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Uilyam_Shеkspir_haftaligi
Ingliz filologiyasi fakultetida "Uilyam Shеkspir haftaligi"ga bag'ishlangan tadbirlar davom etmoqda.
Navbatdagi tadbir Ingliz tili Nazariy fanlar kafedrasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, unda Uilyam Shеkspir qalamiga mansub "Romeo va Julietta" asari sahnalashtirildi.
Tadbir davomida asardan monologlar, jang va raqs sahnalari mohirona namoyish etildi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo'ldi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
👨💻👩💻🧠
22-aprel kuni Ingliz tili 3-fakultetida O‘zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan seminar trening tashkil etildi.
Fakultet tyutori M.Tojiyeva hamda 2218-2239 guruh talabalari ishtirokida o’tkazilgan seminar treningda "Shaxsiy rivojlanish", "Shaxsiyatning holati” mavzularida psixologik ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, dastur davomida “Tasavvurimdagi men”, “Hissiy holatdan chiqish yo‘llari” psixogik mashg‘ulotlari amalga oshirilib, mutaxassis tomonidan kerakli tavsiyalar berildi. Trening talabalarda o’zgacha qiziqish uyg’otdi va o’z shaxsiyatlarini anglab olishlariga katta hissa qo’shdi.
📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
22-aprel — Xalqaro Yer kuni! Ona zaminimiz go‘zalligiga hissa qo‘shing va ichimlik suvini asrang!
🤝🌏👨🏫👩🏫
22-aprel kuni O'zDJTU rahbariyati Buyuk Britaniyaning "NEU Professionals" kompaniyasi vakillarini qabul qildi.
Muloqot chog'ida tomonlar tibbiy xodimlar va parvarish qiluvchi personal tayyorlash borasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar.
Xususan, O'zDJTU talabalari safidan B2 va C1 sertifikatiga ega talabalarni saralab olish hamda ular uchun kasbiy tayyorgarlik kurslarini tashkil qilish, bunda talabalarning mustaqil ta'lim uchun ajratilgan soatlaridan samarali foydalanish taklifi berildi. Shuningdek, hamkorlikning tashkiliy, o'quv-metodik va moliyaviy shartlarini batafsil o'rganib chiqilgandan so'ng, shartnoma asosida tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌍 22-aprel Xalqaro yer kuni munosabati bilan Xalqaro jurnalistika fakultetida ko’chat ekish ishlari olib borildi.
🌱 Talabalar bilan tabiatni asrash, unga g’amxo’rlik qilish borasida davra suhbatlari o’tkazildi. Atrof-muhitdagi chiqindilar tozalanib, mevali va manzarali ko’chatlar ekildi.
Tadbir fakultet ma’naviy ma’rifiy ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari D. Xoshimova, xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi, tyutor M. Saburova, fakultet o’qituvchilari, talabalari ishtirokida o’tkazildi.
📣 Navbatdagi sayohatimizga tayyormisiz?!
🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlar Ittifoqi jamoasi sizga Samarqand shahriga sayohat imkoniyatini taqdim etamiz🎁
📍Sayohatimiz davomida tashrif buyuriladigan joylar:
📍Registon tarixy majmuasi;
📍Islom Karimov uy muzeyi va haykali;
📍Islom Karimov maqbarasi;
📍Bibixonim masjidi;
📍Siyob bozori;
📍Samarqand City majmuasi
🤝Xizmat ichiga transport, yo'l boshlovchilik va gid xizmati kiradi.
🗓Sana: 28. 04. 2024
⏰ Jo'nab ketish vaqti: 04:30
⏰Qaytib kelish vaqti: 22:30(taxminan)
📍Jo'nash manzili:
Jahon tillari universiteti
💬 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
👨💻 @eshmurotovich
📞 95 959 01 39
🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu
4️⃣4️⃣4️⃣
📣Assalom alaykum, hurmatli Ilm ahli!
🤔Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 31-yanvarda “Ilmiy noshirlik faoliyati hamda dissertatsiyalarda koʻchirmachilikni aniqlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 24-son buyrugʻining ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yilning 23-aprelidan OʻzDJTUda mutaxassislar tomonidan oʻzbek, rus va ingliz tillarida malaka oshirish oʻquv kurslari tashkil etilmoqda.
📍Manzil: OʻzDJTU, asosiy bino, 7-qavat.
⏰ Soat: 10:00.
Tahrir san'atiga qiziquvchilarni kutib qolamiz!Читать полностью…
👨🏫👩🏫
20-аprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarda tadqiqotchi Bayjanova Oqila Iskandarovnaning filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
“Ingliz va ozbek diplomatlari nutqida ritorikaning chog‘ishtirma tadqiqi” mavzusidagi dissertatsiya muhokamasi jarayonida tadqiqotchi seminar a’zolari savollariga javob berib, muhokamadan muvaffaqiyatli o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🖐Eng yaxshi volontyorlik loyihalari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan moliyalashtiriladi!
🇺🇿 Joriy yilning 15-18-aprel kunlari Jizzax viloyatida joylashgan Zomin oromgohida volontyorlar uchun o’quv amaliyoti bo‘lib o‘tdi. Unda respublikaning turli hududlaridan eng yaxshi deb topilgan 70 ta volontyorlik loyiha rahbarlari ishtirok etdi.
✅️ Shu jumladan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakukteti 3-bosqich talabasi Guljamol Shoquchqarova ham o’z loyihasi bilan ishtirok etdi hamda loyihasini moliyalashtirish uchun 33 810 000 so’m miqdorda pul mablag’i ajratildi.
Iqtidorli talabamizning keyingi faoliyatlarida omad tilab qolamiz!
⚖️👨💻👩💻💬
O'zbekiston davlat jahon tillari universitetidan 10 nafar o'qituvchi Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo'lib o'tayotgan konferensiyada qatnashish uchun jo'nab ketdi.
“Tesol Arabia” tashkiloti tomonidan 19-21 aprel kunlari o’tkazilayotgan mazkur anjumanda O’zDJTU vakillari o’z taqdimotlari bilan ishtirok etadi.
28 yildan beri “TESOL Arabia” xalqaro konferensiyasi va ko'rgazmasi BAA hamda mintaqadagi ingliz tilini o'rgatuvchi mutaxassislarni qo'llab-quvvatlovchi tadbir bo'lib kelmoqda.
Ma’lumot uchun: Anjuman 1500 ga yaqin delegatlarni jalb qilgan bo’lib, bu sohaga oid eng so’nggi yutuqlar, til o’qitishdagi yangi usullar borasida yetuk mutaxassislarning o'z fikrlarini taklif qilishlari, tadqiqot va o'qitish tajribasini almashishlari, g'oyalar va amaliyotlar almashinuvi orqali global istiqbolni rivojlantirishlari mumkin bo'lgan platformani taqdim etadi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌎🌍🪐💫⭐️ 19:00
Rektorlarning ikkinchi forumi tashkil etildi
15.04.2024
#Toshkent_shahri
Muxbir: Ozoda Fayzullayeva
📲Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: ⬇️
🌐 TELEGRAM | 🌐 INSTAGRAM
🌐 FACEBOOK | ▶️ renessanstv">YOU TUBE
0️⃣0️⃣0️⃣
19-20 aprel kunlari O’zDJTU Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi, Roman-german filologiyasi hamda universitetning asosiy binosida "Yoshlar matbuoti" va "Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan kitob ko'rgazmalari o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi joriy yilning 22-26-aprel kunlari “Kitobsevar millat shiori ostida IV Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ni oʻtkazishni rejalashtirilgan edi.
Shu munosabat bilan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 2024-yil 23-aprel kuni Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Westminister universiteti bilan hamkorlikda Daron Ajem oʻgʻli, Jeyms A. Robinson “Mamlakatlar tanazzuli sabablari “ kitobiga bagʻishlangan muloqot oʻtkazildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi talabalari va Axborot-resurs markazi xodimlari ham ushbu tadbirda ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
22-aprel kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti tyutorlari uchun seminar trening tashkil etildi.
Dastur davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasining Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy masalalar boʻyicha eksperti, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar kengashi aʼzosi, Mirobod tumani kengashi raisi Mavlyanova Dildora Xaydarovna va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy kengashi boʻlim boshligʻi, Olmazor tuman partiya tashkiloti Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi Umarxonova Shaxzoda Maqsudovna, ishtirok etdi.
“Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida o’tkazilgan treningda mutaxassislar tomonidan talabalarni ekologiyani asrashga, atrof-muhitni muhofaza qilishga undash, tozalikka e’tibor qaratishga targ’ib qilish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Uilyam_Shеkspir_haftaligi
📸 Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan e'lon qilingan "Uilyam Shеkspir haftaligi" doirasida tashkil etilgan navbatdagi adabiy kompozitsion kechadan videolavha.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟨🟨🟨🟨🟨
🟥🟥🟥
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi va uning ota-onasiga Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan minnatdorchilik izhor etildi.
22-aprel kuni o’zining fuqarolik burchini chuqur anglagan holda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni o’z vaqtida fosh etish hamda jinoyatda gumonlanib, qidiruvda bo’lgan shaxsni fosh etishda Ichki ishlar organlari xodimlariga ko’rsatgan amaliy yordami natijasida og’ir turdagi jinoyatni sodir etgan shaxsni qo’lga olinishida jonbozlik ko’rsatgan fuqaro, O’zDJTU talabasi Elmurodov Mirzabek Qurbonovichni tarbiyalab, halol pok vijdon bilan kamolga yetkazganliklari uchun Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi nomidan qahramonning ota-onasiga chinnatdorchilik e’lon qilindi.
Taqdirlash marosimida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov ham qatnashdi va talabamiz hamda uning ota-onasiga rahmat aytib, o’z samimiy niyatlarini bildirdi. Mirzabekka maxsus tashakkurnoma, minnatdorchilik xati va esdalik sovg’alari topshirildi.
Mirzabek kabi talabalarimizning borligi universitetimiz uchun yuksak faxr!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
22-aprel kuni O’zDJTU Muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Ixtisoslik kengashlari tomonidan tavsiya etilgan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan dissertatsiya mavzulari muhokama qilindi.
Yigʻilishda Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov boshchiligida Ixtisoslik kengashlari raislari va kotiblari tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarning tadqiqot ishlari mavzulari muhokama etildi.
Ta'lim sohasida xalqaro hamkorlik
muxbir: Dildora Abduxalilova
#Toshkent shahri
@hududtv
#Yerniasraylik
Joriy yilning 22-aprel sanasida Yer kuni munosabati bilan O'zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar kengashi a'zosi D.M.Mavlyanova va Tarjimonlik fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda "Yerni asraylik" targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbir asnosida tabiatni asrab avaylash hamda tabiat resurslaridan oqilona foydalanish haqida fikr almashildi.Mutaxassis tomonidan kerakli ma'lumotlar berildi.
Tabiat qo'ynida o'tkazilgan uchrashuv talabalar kayfiyatiga ham ijobiy ta'sir o'tkazdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasini yod etib…
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
#Sayohat_Samarqand_shahriga
🔰Joriy yilning 21-aprel kuni
O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari dekan muovinlari, Yoshlar Ittifoqi jamoasi, tyutorlar tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Samarqand shahriga sayohat uyushtirishdi.
⭐️Sayohat davomida talabalar:
📍Go'ri Amir maqbarasi;
📍Registon tarixiy majmuasi;
📍Islom Karimov uy muzeyi va haykali;
📍Islom Karimov maqbarasi;
📍Bibixonim masjidi;
📍Shohi Zinda maqbarasi;
📍Mirzo Ulug'bek rasadxonasi
#Tashrif
Joriy yilning 20-aprel kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetiga Koreya davlati Hanguk xorijiy tillar universiteti vakillari tashrif buyurdilar.
Tashrifdan koʻzlangan asosiy maqsad Koreys tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari orasidan ishga layoqatli talabalarni aniqlash, ularni ishga joylashtirish masalalarini koʻrib chiqish.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
20-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetining Pedagogika va psixologiya kaferasi doktorlari tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sayyor darslar tashkil etildi.
Unda pedagogika fanlari doktori, dotsent Djurayev Dusmurod Uralovich, pedagogika fanlari doktori, professor Isakulova Nilufar Janikulovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent Shamshetova Anjim Karamiddinova, pedagogika fanlari doktori, dotsent Jumaniyozova Muxayyo Tojievna , pedagogika fanlari doktori, dotsent Murtozoyeva Mahfuza Murtozayevna sayyor darslarni doktorant, tayanch doktorantlar va magistratura talabalari uchun ma'ruza qilishdi.
Dars davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚖️👨💻👩💻💬
Magistr va talaba-yoshlar diqqatiga!
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan “EXPLORING ENGLISH, PEDAGOGICAL INNOVATIONS AND LANGUAGE TEACHING” mavzusida
oliy ta’lim muassasalari miqyosida 2024-yil 30-aprel kuni soat 10:00 da O'ZDJTU Faollar zalida talabalar ilmiy konferensiyasi tashkillashtirilmoqda.
🔜 Maqolalarni qabul qilish 2024-yil 28-aprel sanasiga qadar davom etadi.
ℹ️ Batafsil ma’lumot axborot xatida.
📧 Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun: integrallashgan2024@mail.ru
Eslatma: Ilmiy maqolaning saviyasi, imloviy va uslubiy xatolar uchun muallifning o‘zi mas’ul.
📍@first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
📺📺
O’zbekiston-Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari II forumidan “Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik” nomli lavha.
#Zoʻrtv #Bukun
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🚪🙋♂️🙋♀️
Umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ilm-fan, kasb-hunarga va oliy taʼlim dargohlarida bilim olishiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti va umumtaʼlim maktablari o‘rtasidagi hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
💻💻💻
19-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun ta'sis etilgan Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiya nomzodlari o'rtasida test sinovlari bo'lib o'tdi.
O'zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori O.Yusupov talabalarga omad va muvaffaqiyat tilab, imtihonning qay tartibda o'tkazilishi haqida ko'rsatma berdi.
Test sinovlari shaffof tarzda bo’lib o’tdi va talabalar o'z bilim-ko'nikmalarini mustahkamlab olishdi.
Ma'lumot uchun: Mazkur stipendiya tanlovida bakalavriat bosqichining kunduzgi ta'lim shakli 1-3 hamda magistratura bosqichining 1-bosqich talabalari ishtirok etish imkoniyatiga ega.
ℹ️ Faynberg stipendiyasi nizomi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt