🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
2024-yil 18-aprel kuni Tarjimonlik fakulteti professor-oʻqituvchilari Toshkentdagi Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtgan “Language and Translation Issues” nomli xalqaro anjumanda ishtirok etdilar.
Anjumanda AQSH, Hindiston, Malta, Xitoy va shu kabi bir qator mamlakatlar universitetlari professor-oʻqituvchilari bilan bir qatorda universitetimiz vakillari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, tarjima sohasiga oid foydali maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Anjuman soʻngida barcha qatnashchilarga esdalik sovgʻalari va sertifikatlar topshirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
OʻzDJTU faxrli ustozlaridan biri, Filologiya fanlari doktori, professor Qulmamatov Doʻstmamat Sattorovichning Oʻzbekiston tarixi telekanalida “Elchilik tarixi” mavzusidagi ilmiy izlanishlari haqida intervyusi efirga uzatildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📺📺
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, filologiya fanlari doktori Qulmamatov Dusmamat Sattarovichning “O’zbekiston tarixi” telekanaliga bergan intervyusi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bort kuzatuvchisi (styuardessa) kasbiga qiziquvchi talaba-qizlarni “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi huzuridagi O’quv mashq markazining taqdimotiga taklif etadi!
⏰Sana: 19-aprel soat 11:30 da.
📌Manzil: O’zDJTU Faollar zali.
❗️Eslatma: Talabalardan rasmiy uslubdagi kiyimda bo’lish so’raladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida yurtimizning so‘lim go‘shasi bo’lgan Adiblar xiyobonida noan’anaviy tarzda "Emotsional holatlarning inson psixikasiga ta’siri" mavzusida psixologik trening tashkil qilindi.
Trening universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan oʻtkazilib, unda universitetning Ingliz tili 2-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi F.Ashurova, tyutor M.Yuldosheva hamda 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Psixologik trening davomida har bir ishtirokchining faolligini va psixologik bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida psixolog tomonidan turli interfaol usullardan, jumladan, o‘qish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli hayotiy vaziyatlarga asoslangan rolli o‘yinlardan foydalanildi. Tadbir davomida ishtirokchilar muammoli vaziyatlarga yechim topish koʻnikmalarini egalladi, turli xil psixologik usullardan foydalanishni oʻrgandi, oʻzini va his-tuygʻularini yaxshiroq tushuna boshladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zDJTU professorlari Urganch davlat universiteti talabalari o'rtasida mahorat darsi tashkil etildi.
Urganch davlat universiteti va O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti o'rtasidagi hamkorlik shartnomasiga binoan, "Frazeologiyaning zamonaviy konsepsiyalari" fanidan maʼruza mashgʻulotlari olib borildi.
15-22 aprel kunlari O‘zDJTU "Fransuz tili nazariy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlar nomzodi Jamoliddin Yoqubov Fransuz tili taʼlim
yoʻnalishi 4-bosqich talabalariga Qiyosiy tipologiya fanidan, shuningdek, Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Fatxiddin Nishonov “Lingvistika: fransuz tili” mutaxassisligi 1-bosqich magistrantlarga ma'ruza o'tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tadbir
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan" tadbir bo'lib o'tdi.
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi o'qituvchilari G.B.Raximova va M.S.Xajiyevalar tomonidan "Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan tadbir" tashkil etildi.
Ushbu tadbirga chet ellik mehmonlar Shri-Lanka Sharqiy universiteti professorlari Rifky Mohamed va Kasun Kumaralar tadbirga taklif etildi va tadbir so'nggida o'zlarining iliq fikrlarini aytishdi.
Tadbir 1-bosqich 2315 va 2326 - guruhlar o'rtasida musobaqa tarzida bo'lib o'tdi. Musobaqa bir nechta shartlardan iborat bo'lib, bular, tanishtiruv, milliy raqs, temuriylar davriga oid sahna ko'rinishi, qiziqarli savol javoblar hamda talabalar tayyorlab kelgan loyiha ishlaridan tushunchalar berdi. Sahna ko'rinishlari ingliz, rus, turk, nemis, ozarbayjon tillarida namoyish etildi.
O'zDJTU rektori rahbariyat bilan birgalikda tunda talabalar yotoqxonasiga tashrif buyurdi.
Avvaliga,universitet rektori tomonidan nazorat tadbiri o'tkazilib,talablarning yashash sharoitlari, ta'lim jarayonidagi muammolari hal etilishi yuzasidan rahbariyat bilan birgalikda fikr almashildi,talabalarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Uchrashuvdan so'ng, talabalarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, professor o'qituvchilar,xodimlar va talaba yoshlar bilan birgalikda bir gulxan atrofida jam bo'lib,qo'shiqlar kuylandi,davrada samimiy muhit shakllandi va barchaga o'zgacha kayfiyat bag'sh etdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 17-mart kuni O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi o’qituvchisi Durdona Nurmatova kafedraga biriktirilgan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 205-sonli umumta’lim maktabida bo’ldi.
Tashrif davomida 7-“V” sinf o'quvchilari ishirokida “Shopping” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Savdo-sotiq va xarid sohasiga doir so'zlar, iboralar, ularni tarjima qilishning o'ziga xos xususiyatlari muhokama qilindi.
#ekologiyani_asraymiz #ittifoq
Joriy yil 17-aprelda Yoshlar Ittifoqi OʻzDJTU boshlangʻich tashkiloti Ingliz tili 1-2-3-fakultetlarining koordinatorlari tomonidan ekobloger "Urikguli" Moʻtabar Xushvaqtova bilan hamkorlikda “Ekologiyani asraymiz” nomli mavzuda seminar tashkil etildi.
Seminar energiyaga boy, foydali va qiziqarli tarzda o'tdi. Talaba-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob olishdi.
🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu
⚡️Joriy yilning 17-kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani Turg'un Ismailov hamda barcha yo'nalishdagi dekan muovinlari fakultet sardorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Suhbat asosan, fakultetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, HEMIS tizimi, ma'naviy-marifiy ishlar, hamda Prezidentimiz 511-qaroriga ko'ra "Talabalarning 2-kurs oxirigacha B2, 4-kurs oxirigacha C1 darajasidagi milliy sertifikat yoki unga tenglashtirilgan xorijiy til sertifikatlarga ega bo'lishi, sardorlar va ularning vazifalari kabi mavzularda muhokamalar olib borildi.
16:00 16.04.2024
Oʻzbekiston - Tojikiston rektorlarining II forumi
#Toshkent
muxbir: Sohiba Akromova
/channel/zamon_lavhalar
👨💻👩💻🧠
17-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida universitet psixologi Z.Xayrullayeva, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirokida talabalar uchun “Shaxsning kasbiy kamoloti” mavzusida psixologik trening tashkil qilindi.
Treningda kasbiy mahoratni yuksaltirish, ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish maqsadida amaliy va nazariy mashg‘ulotlar tashkillashtirildi. O‘quv-amaliy mashg‘ulotida talabalarning kasbga moslashish jarayoni, psixologik qo‘llab-quvvatlanishi, mutaxassis dunyoqarashi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g‘urur, iftixor, kasbiga sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish bilan bog‘liq psixologik maslahatlar berib o‘tildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024 yilning 15-aprel sanasida Tarjimonlik fakulteti, Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi fransuz tili oʻqituvchilari Roʻziboyeva Nazira,Yunusova Sohiba, arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasidan Usmonjon Ermatov va yana uch nafar oʻqituvchilar hamrohligida Al-Wadi universitetiga tashrif buyurishdi.
OʻzDJTU maʼmuriyati tomonidan imzolangan memorandum doirasida.Delagatsiya vakillarini Al-Wadiy universiteti rektori qabul qildi.Tashrif davomida delegatsiya vakillari universitetning bir qator fakultetlari, axborot resurs markazi bilan yaqindan tanishishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 16-aprel kuni Buyuk Britaniyaning “Really English” va “Easy English” tashkilotlari vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor M.Chutpulatov va Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev ishtirok etdi.
#tashrif
18-aprel “Xalqaro madaniy meros” kuni munosabati bilan 2024-yil 18-aprel kuni Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Tuxtasinov boshchiligida marketing va talabalar amaliyoti rahbari Baxodir Odilov Tarjimonlik fakulteti dekani Ulugʻbek Yoʻldoshev va Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi mudiri Muxtorjon Baxtiyarov hamda bir guruh talabalar Koʻkaldosh madrasasiga taklif etildilar.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Tursunali Kuziyev, Madaniy meros agentligi Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Dilobarxon Mirxusanova, Toshkent shahar Madaniy meros boshqarmasi boshligʻi Sapayev Shahruh Satimbekovich, Abdulla Qahhor uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubova, Yunus Rajabiy uy-muzeyi ilmiiy xodimi Aziz Rajabiy, Abdulla Qodiriy uy-muzeyi direktori Xondamir Qodiriy kabi masʼullar ishtirok etishdi.
👩💻Talabalar diqqatiga!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi tomonidan shveysariyalik yozuvchi Peter Shtammning O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan 2024-yil 19-aprel kuni soat 11:00 da yozuvchi bilan uchrashuv bo'lib o'tadi.
Tadbirda Shveysariyaning O’zbekistondagi elchisi janob Konstantin Obolenskyning ham ishtirok etishi ko’zda tutilmoqda.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-aprel kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov bilan ijodiy uchrashuv o’tkazildi.
Tadbir avvalida fakultet dekani Amrullo Karimov jurnalistning Oliy Majlis deputati, xalqaro jurnalist, “Axborot” informatsion-tahliliy dasturining Farg’ona viloyati muxbiri sifatidagi faoliyatlari haqida to’xtalib o’tdi.
#uchrashuv
Uchtepa tumanidagi Bekobod MFYdagi 109-maktabda "El-yurt umidi" jamg'armasi tanlovi xususida seminar o'tkazildi.
Seminar O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o'qituvchisi F.Boymurodova, Y.Saydibragimova va D.Shamsiddinovalar tomonidan tashkil etildi.
Unda taqdimot asosida o'quvchilarga jamg'arma faoliyati, grantlar tanlovi, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
17-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Internetda ekstremizm g’oyalari targ’ibotidan ehtiyot bo’ling!” hamda “Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish” mavzularida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbirda fakultet dekani X.Xakimov hamda soha mutaxasislari huquqbuzarlik va jinoyat o’rtasidagi farqlar, ularning huquqiy oqibatlari haqida gapirib o’tdi. Talabalar bilan mavzu yuzasidan ochiq muloqotlar o’tkazildi.
Dasturda Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyasi sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash Uchtepa tumani guruh rahbari, podpolkovnik D.A.Abdurahmonov hamda O'zDJTU profilaktika inspektori, kapitan Sh.N.Bekmetov, G.K.Jabborova, universitet psixologi Z.Xayrullayeva, fakultet dekan muovinlari, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va tyutorlar ishtirok etdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
TALABALAR DIQQATIGA
⚡️ O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti, "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi tomonidan 2024-yilning 10-may kuni " XXI-asr intellektual salohiyat asri" mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.
🗓 Maqolalar 2024-yil 9-mayga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma'lumot axborot_xatida
👩💻 Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun:
mjumaniyozova0505@gmail.com
📚 Ilmiy-amaliy konferensiyaga tezisi qabul qilingan mualliflarga xabarnoma jo'natiladi va mualliflarga SERTIFIKAT beriladi.
Bizni kuzatishda davom eting
@first_faculty_official
17-aprel kuni Toshkent shahar hokimligi hamda poytaxt OTM Xotin-qizlar maslahat kengashi raislari tomonidan Shayxontohur tumani Gulbozor mahallasida keng masshtabda “Xonatlas” festivali tashkil etildi.
Festival doirasida milliy libos modalar namoyishi,milliy qoʻshiqlar raqsi, turli koʻrgazma va chiqishlar namoyish qilindi.
Oʻzbek milliy liboslariga mehr uygʻotish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish, milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan respublikamiz miqyosida “Xonatlas” festivali oʻtkazilmoqda.
5⃣🟰 16-aprel kuni O’zDJTU Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o’qituvchisi G.A.Saidova va 4-bosqich TING-2013 guruh talabalari tomonidan “Gender tengligi: O‘zbekiston Respublikasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar” mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
Ochiq darsda talabalar tomonidan “Gender tengligi” mavzusi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar, Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirishlar, shuningdek, yurtimizda o‘tkazilayotgan forum va konferensiyalarga oid qiziqarli ma’lumotlar ulashildi.
#ekologiyani_asraymiz #ittifoq
Ekobloger "Urikguli" Moʻtabar Xushvaqtova bilan hamkorlikda “Ekologiyani asraymiz” nomli mavzuda tashkil etilgan seminardan lavha.
🇺🇿🇺🇿 OʻzDJTU Yoshlari
@yoshlarittifoqi_uzdjtu
🤝🌏👨🏫👩🏫
17-aprel kuni Koreya Respublikasining Keymyung universiteti vakillari O’zDJTU ga tashrif buyurdi.
Keymyung universiteti Xalqaro hamkorlik boʻyicha vitse-prezidenti Son Jung Kim, Xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi Pyojong Kim hamda Park Sunjin janoblaridan iborat mehmonlar Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev va Sharq filologiyasi fakulteti dekani D. Djurayev tomonidan kutib olindi.
Uchrashuv avvalida rektor I. Toʻxtasinovning OʻzDJTU faoliyati, xalqaro hamkorligi va koreys tilining oʻqitilishi haqidagi maʼlumoti, shuningdek, Son Jung Kimning Keymyun universiteti haqidagi maʼlumoti, taqdimoti va takliflari tinglandi.
🤝🌏👨🏫👩🏫 | 🇺🇿🇪🇸
17-aprel kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti va “El Golazo Academy Powered by Real Madrid Foundation” futbol maktabi bilan hamkorlikda navbatdagi mahorat darslari tashkillashtirildi.
Ispan tili amaliy fanlar va Ispan tili nazariy fanlar kafedralarining professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli va faol talabalari tomonidan "Ocio, tiempo libre. Deporte" mavzusida o’tkazilgan mashg‘ulotlar davomida o'quvchilar ispan tilidan bilim va ko‘nikmalarini yanada boyitdilar, mazkur tilda muloqot qilishni o‘rganibgina qolmay, balki interfaol usullar va o'ziga xos yondashuvdagi qiziqarli darslardan ham bahramand bo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🚪🙋♂️🙋♀️
17-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Toshkent viloyati O'rta Chirchiq tumanidagi 68-umumiy o'rta ta'lim maktabining bitiruvchilari tashrif buyurdi.
Ularga Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi marketologi E'zoza Baxodirova hamrohlik qildi.
Universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlari, Axborot-resurs markazi faoliyati, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida amalga oshirilayotgan ishlar, universitet sport majmuasi, oshxona, oliygohning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari, undagi professor-o'qituvchilarning salmog'i bitiruvchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#seminar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Raqamli iqtisodiyot savodxonligi" mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminar-treningda G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahar filiali professori, iqtisodiy fanlar nomzodi S.A.Voronin boshchiligidagi jamoa talabalarga mavzu bo'yicha taqdimot qilishdi.
Taqdimotda ma'ruzachilar tomonidan qanday qilib kiberjinoyatchilarning hiyla-nayranglariga aldanib qolmaslik haqida ma'lumotlar ham berib o'tildi.
📊4⃣📚
📊7⃣🎯
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasiga biriktirilgan Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik rejasiga muvofiq haftaning har seshanba va juma kunlari ushbu ijod maktabi o‘quvchilari uchun mahorat darslari tashkillashtirilishi rejalashtirilgan bo'lib, bugun 16-aprel kuni mazkur darslarning dastlabkisi tashkil etildi.
Shu munosabat bilan Tarjimonlik fakulteti dekani, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.R.Yo’ldoshev tomonidan ZOOM orqali "Differences between British and American English" mavzusida birinchi onlayn interaktiv mahorat darsi o'tkazildi.
⚖️👨💻👩💻💬
OʻzDJTUda 15-17-aprel kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Learner-Centered English in the Digital Age” mavzusidagi “English Access” dasturining yillik xalqaro konferensiyasi bugun ikkinchi kunini boshladi.
Oʻrta Osiyo boʻyicha Oliy taʼlim muassasalarida joylashgan “English Access” dasturining ishtirokchilari oʻrtasida tajriba almashinish maqsadida tashkil etilgan konferensiyaning ikkinchi kuni ham qizgʻin tajribalarga boy tarzda tashkil etildi.
Konferensiyaning ikkinchi kunida oʻqitish amaliyotini yaxshilash, koʻproq oʻquvchilarga yoʻnaltirilgan muhit yaratish maqsadida mazmunli taqdimotlar va interfaol darslar o’tkazildi.