O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🤝🌏👨🏫👩🏫 #RektorForum2024
15-aprel kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oʻzbekiston – Tojikiston Oliy taʼlim muassasalari rektorlarining II forumi oʻz ishini boshladi.
Ayni paytda mazkur forumda, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etmoqda.
“2030-yil: Oʻzbekiston va Tojikistonda oliy taʼlim va ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari” mavzusidagi anjumanda Tojikiston Respublikasi Taʼlim va fan vaziri Rahim Saidzoda boshchiligida tashrif buyurgan 30 ga yaqin nufuzli oliy taʼlim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya va Oʻzbekiston tomonidan esa 50 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etmoqda.
Forum yakunida 50 dan ziyod anglashuv memorandumi, bitim va yoʻl xaritalari imzolanishi kutilmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ #Topik_imtihoni
Joriy yilning 14-aprel kuni OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov tashabbusi va Sharq filologiyasi fakulteti rahbariyati hamda, koreys tili ustozlarining saʼy-harakati bilan ilk bor Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Koreys tilidan TOPIK imtihoni boʻlib oʻtdi.
Talabalar Koreys tilini bilish darajasini baholash hamda, koreys taʼlim maskanlariga oʻqishga kirish va ish izlashda TOPIK imtihoni natijalaridan foydalanish maqsadida imtihonda qatnashib oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.
🟩🟩🟩🟩
Bugun O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili amaliy fanlar kafedrasida navbatdagi ilmiy uslubiy seminar o‘tkazildi.
Katta o‘qituvchi Dilafruz Otamurodova tomonidan o‘tkazilgan mazkur seminarda fransuz tili amaliy fanlar va fransuz tili nazariy fanlar kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
Joriy yil 13-aprel kuni Attanal al-Arabi test markazining Toshkentdagi Oʻrta Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasi boʻyicha muvaqqat vakili Tamer Yunis bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida tomonlar OʻzDJTUda arab tili test markazini tashkil qilishning tashkiliy va moliyaviy masalalarini muhokama qildilar hamda tarjimonlarni tayyorlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish borasida fikr almashdilar.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-13 aprel kunlari O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasining bir guruh a'zolari Qozog'iston Respublikasida akademik E.Kuatbekov nomidagi Xalqlar do'stligi universitetida o’tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.
O’zDJTU vakillari "Актуальные вопросы современных исследований: молодёж и наука" mavzusida tashkil etilgan mazkur konferensiyada o’z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Jumladan, pedagogika fanlari doktori, professor N.J.Isakulovaning "Историческое происхождение педагогических концепций" , pedagogika fanlari doktori, dotsent M.T.Jumaniyozovaning "Проблемы преподавания гуманитарных наук в контексте цифрового гуманитарного образования", psixologiya fanlari doktori, dotsent A.K.Shametovaning "Проблема Арала и психология населения”, pedagogika fanlari doktori, dotsent M.M.Murtazayevaning “Improving the development of ecopedagogical education of students" mavzularida qilgan ma'ruzalari konferensiya ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
📍 Ingliz tili birinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💫Joriy yilning 11-aprel kuni O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti dekan muovinlari talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida talabalar turar joyida voleybol, basketbol sport oʻyinlari hamda karaoke musiqiy dasturini tashkil etdi.
⭕️Universitetimizda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha muntazam ravishda tadbirlar, sport oʻyinlari,musobaqalar, musiqiy dasturlar tashkil etib kelinmoqda.
✅Bizni kuzatib boring!
🟦🟦
🟦🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 3-bosqich tayanch doktoranti O'ktamova Navro'za Botir qizi “Yoshlar” telekanali "Renessans yoshlari" ko'rsatuvining navbatdagi mehmoniga aylandi.
Ko'rsatuv davomida doktorantimiz o’z hayot yo'li, erishgan yutuqlari, ta'lim sohasidagi o'zgarishlar va yangiliklar, talabalar bilan qanday ishlash, pedagogika yo'nalishidagi o'zining qarashlari va fikrlarini ilgari surdi.
Bundan tashqari, ko'rsatuvda zamonaviy davrdagi o'qituvchi va talaba o'rtasidagi munosabat, kelajakda ta'lim sohasida kutilayotgan ijobiy o'zgarishlar hamda doktorantimizning kelgusidagi rejalari haqida batafsil o'z fikrlari bayon etilgan.
Ma’lumot uchun: Mazkur ko'rsatuv yakshanba, 14-aprel kuni soat 15:00 da “Yoshlar” telekanalida efirga uzatilishi rejalashtirilgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩🟩🟩
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4⃣📚
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazi tomonidan" Amir Temur Vatan va millat timsoli" mavzusidagi davra suhbati tashkillashtirildi
Axborot-resurs markazi direktori S. Kayumova,bo'lim mudirasi Sh. Ismailova,kutubxonachi S. Mamatsoliyeva va ingliz tili 1-fakultet talabalari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi.Qiziqarli ma'lumotlar va testlar o'tkazildi. Yuqori natija ko'rsatgan talabalarimiz munosib taqdirlandi.
🟥🟥🟥
Hurmatli, universitetimiz jamoasi!
Qadrli, professor-oʻqituvchilar va aziz talabalar!
Barchangizga xayr-u ehson, mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan muborak Ramazon hayiti qutlugʻ boʻlsin!
Ramazon oyida qilingan sabr, insonparvarlik, mehr-oqibat, xayr-u saxovatga berilajak saodat hammamizga nasib aylasin.
Oilalaringizga baxt-saodat, tinchlik va xotirjamlik tilayman! Barchamizni yuksak insonparvarlik va fidoyilik fazilatlari aslo tark etmasin!
Hurmat bilan, Ilxomjon TUXTASINOV, OʻzDJTU rektori, professor.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨🏫👩🏫
📊4⃣📚
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
Joriy yilning 8-aprel kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yig'ilishida tadqiqotchi Yunusova Sohiba Abdusattorovnaning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan "FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI REKLAMA MATNLARINING GENDER XUSUSIYATLARI" dissertatsiya ishi muhokamasi bo'lib o'tdi.
Dissertatsiya ishi muhokamasi Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi bilan birgalikda o'tkazildi.
📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🔵Facebook
📷Instagram
🚀Telegram
🟦Rasmiy sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
Peruja universtiteti vakillari Tarjimonlik fakultetining sinxron tarjimonlik laboratoriyasiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar universitetning Axborot resurs markaziga olib borildi, bu yerda ular zamonaviy texnologiyalar va oʻqitish metodlari bilan tanishtirildi.Shuningdek, tarjimonlik fakultetining sinxron tarjima oʻquv xonalari bilan tanishtirildi.
🌙 Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi
Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra Ramazon hayiti 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 11–12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi:
🔸10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;
🔹11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );
🔸12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
👉 In English
👉 На русском
Bizni kuzating
🤝🌏👨🏫👩🏫
9-aprel Italiyaning Peruja xorijlik uchun universiteti vakillarining OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Universitet rektori Prof. Valerio De Sezaris, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Valentina Serri, universitet professori Roberto Dolchilardan iborat mehmonlar OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yoʻldoshev Italyan tili kafedrasi mudiri B. Ergashevalar tomonidan universitetning asosiy binosi kirish qismida kutib olindi.
#qizlarjon_klubi
🌹 Qiz bola albatta o'qishi kerak!
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi koordinatorlaridan maxsus videorolik.
Jamiyatda o'qigan qizning o'rni qanchalik muhimligini yaqinlaringizga isbotlab bering. Siz eng yaxshilariga loyiqsiz!
SIZ, albatta, uddalaysiz!
#bahor_tarovati
Talabalar turar joyida muntazam ravishda turli xil tanlovlar o'tkazib borilmoqda.
Xususan, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan kalendar rejasining 39-bandiga asosan:
SMM maktabda dars o‘tish uchun o‘qituvchilar qidirilmoqda. Oylik 10-15 mln so‘m!
Quyidagi asosiy talablar mavjud:
- Toshkent shahrida yashash va ofisga kelib ishlay olish;
- SMM sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;
- Sohaning nazariyasi va amaliyotini chuqur tushunish;
- Xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi;
- Talabalar ham ishga olinadi, faqat bu yil o‘qishni tamomlaydigan, bitiruvchi kurs bo‘lishlari lozim.
Qanday imkoniyatlar taklif etiladi?
- Doimiy ish;
- O‘rtacha 10-15 mln so‘m oylik-maosh;
- Shinam ofis va ahil jamoa;
- O‘sish va rivojlanish uchun keng imkoniyatlar.
Ish vaqti har kuni 8 soatni tashkil etadi (ertalabdan kechgacha). Shoshiling, vakant joylar soni cheklangan. Nomzodlar quyidagi link orqali ariza yuborishlari mumkin.
Ariza yuborish uchun: https://forms.gle/G31Dv6YwnCe8hJn47
2024-yil 13-aprel kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Xitoyning Liadong universitetida tashkil etiladigan "Yozgi lager" dasturida ishtirok etish uchun jo'nab ketayotgan Xitoy tili kafedrasi mudiri rahbarligidagi talabalar guruhini bilan uchrashuv o'tkazdi.
Universitetimiz vakillariga Prezidentimiz va hukumat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, mazkur davlatda O'zbekiston va O'zDJTU sha'nini saqlash, sidqidildan o'qish, bilim va ko'nikmalarini oshirish, turli milliy va madaniy tadbirlar tashkil qilish bo'yicha yo'riqnomalar berildi.
4⃣📚 13-aprel kuni O’zDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengash doktoranturada tahsil olayotgan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini ko’rib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash bo’yicha 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilish davomida O’zDJTU ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limining mustaqil tadqiqotchilik yo’nalishiga hujjat topshirayotgan tadqiqotchilar Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashida o’z mavzularini muhokamadan o’tkazdi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, professor Laylo Axmedova raisligida a’zolar tomonidan tadqiqotchilarning mavzulari, ilmiy ishlarning dolzarblik darajasi, bugungi kundagi o’ziga xos ahamiyati haqida gapirilib, kerakli mulohazalar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
RASMIY MUNOSABAT!!!
Joriy yilning 12 aprel kuni Universitetimizni sevimli “ELTUZ” telegram kanali “Rektor hammani yopsiga forma tiktirishga majbulamoqda” sarlavha ostida navbatdagi “tekshirilmagan” malumotlarni eʼlon qildi.
“ELTUZ” kanali universitetimiz haqida hech qanday asoslanmagan, tekshirilmagan materiallarni tez-tez eʼlon qilib turadi. Mazkur Telegram kanalni biror xabarni eʼlon qilishdan oldin uni haqiqatga yaqin yoki uydirma ekanligini tekshirib, keyin eʼlon qilishga chaqiramiz.
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 24-dekabr, PQ-61-sonli qaroriga asosan, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga mamlakatimizdagi 36 ta yetakchi davlat oliy taʼlim muassasalari qatorida 2022-yil 1-yanvardan boshlab moliyaviy, akademik va tashkiliy mustaqillik berilgan.
Shundan soʻng, OʻzDJTU oʻzining imijini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida qator tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, universitet Kengashining 2023-yil 22-iyundagi 11-sonli bayoni asosida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Odob-axloq Kodeksi tasdiqlandi. Unga koʻra, universitetda kiyinish, tashqi kоʼrinish va xulq-atvorga bоʼlgan talablarni ixtiyoriy tarzda о‘rnatish belgilab qoʻyildi.
Hozirda universitet logosi tushirilgan forma yaratilib, u professor-oʻqituvchilar va talabalar ixtiyoriga topshirildi. Ammo taklifni qabul qilish majburiy, deb belgilanmagan. Universitet imijini yaratish maqsadida tashkil etilgan taklif notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Bundan esa ayrim kimsalar universitetni obro’sizlantirish maqsadida foydalanmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📢📢📢❗️❗️❗️
O’zDJTU “Qalqon” jamoatchilik guruhi “Hayit” bayrami bo’lishiga qaramasdan o’z ish faoliyatini muntazam ravishda olib bormoqda!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hududida ʼQALQONʼʼ jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan REYD tadbirlari hamda navbatchilik jarayonlari o’z maromida.
📸👩🏫👨🏫
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.
Buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan “Sohibqiron Amir Temur sharq renessansi asoschisi” deb nomlangan tadbir dasturini O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov ochib berdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
9-aprel sanasida O'zDJTU Xalqaro jurnalistka fakultetiga Qozon Federal universitetidan bir qancha mutaxassislar tashrif buyurdi.
Qozon (Volgabo‘yi) Federal universiteti Jizzax shahridagi filialining Jurnalistika yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun universitetlararo hamkorlikni rivojlantirish va amaliyotni tashkil etish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar Viktor Andreevich Kalinin va Andrey Igorevich Matyas bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
2024-yil 9-aprel kuni OʻzDJTU rektori I. Tuxtasinov Iordaniyaning At Tanal Al Arabiya tashkilotining mamlakatimizdagi vakili Tamer Yunisni qabul qildi.
Muloqot chogʻida tomonlar OʻzDJTUda arab tili boʻyicha test markazini tashkil qilish hamda boshqa sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Oʻzaro kelishuvga binoan 13-aprel kuni hamkorlik toʻgʻrisida shartnoma imzolash rejalashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#diqqat #xon_atlas #festivali
Joriy yilning 8-aprel sanasidan boshlab ingliz tili uchinchi fakultetida "Xon atlas" haftaligi boshlandi.
✨Ushbu haftalik Vazirlar Mahkamasining buyrug'iga asosan fakultetda xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi X.Nishanova boshchiligida start oldi.
Ushbu haftalikni o'tkizishdan maqsad talaba qizlar, professor o'qituvchilarda milliy qadriyatlarimizni shakllantirish, asrab-avaylashdan iborat.
OʻzDJTU “Qalqon” jamoatchilik guruhi o’z ish faoliyatini doimgidek olib bormoqda
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hududida ʼQALQONʼʼ jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan REYD tadbirlari hamda navbatchilik jarayonlari o’z maromida.
🌙 Ramazon hayiti munosabati bilan oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylar ham 3 kun dam oladi
Prezident Farmoniga asosan Ramazon hayiti munosabati bilan berilayotgan qo‘shimcha dam olish kunlari belgilandi.
Unga ko‘ra Ramazon hayiti 10-aprel – chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kuni bayram sifatida nishonlanadi. 11–12-aprel kunlari ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar oliy, professional ta’lim muassasalari va akademik litseylarda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, rahbar-xodimlar hamda talaba-o‘quvchilar ketma-ket 3 kun dam olishadi:
🔸10-aprel (chorshanba) – Ramazon hayiti bayrami;
🔹11-aprel (payshanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni; );
🔸12-aprel (juma) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni;
13-aprel (shanba) – ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.
___
🌙 В честь Рамазан-Хайита в высших и профессиональных образовательных учреждениях, а также лицеях отдохнут 4 дня
Согласно Указу Президента установлены дополнительные выходные в честь Рамазан-Хайита.
Так, Рамазан-Хайит будет отмечаться 21 апреля – в пятницу. С 22 по 24 апреля, независимо от продолжительности рабочей недели, профессорско-преподавательский состав, руководители и студенты, работающие в высших, профессиональных образовательных учреждениях и академических лицеях, будут отдыхать 4 дня подряд:
🔸21 апреля (пятница) – Праздник Рамазан-Хайит;
🔹22 апреля (суббота) – выходной (в том числе, и для тех, у кого 6-дневная рабочая неделя);
🔸23 апреля (воскресенье) – выходной;
🔹24 апреля (понедельник) – дополнительный выходной день, независимо от видов рабочей недели.
Учебный процесс начнется во вторник, 25 апреля.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🟦🟦🟦🟦
9-aprel — buyuk davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
Bugun buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 688 yilligi nishonlanmoqda
Sohibqiron nomi bugungi kunda jahon tarixidagi buyuk siymolar nomi bilan bir qatorda. Ulkan saltanatning donishmand hukmdori oʻtkir va chuqur zehnli, zoʻr strateg va mohir sarkarda boʻlib, uning davlat boshqaruviga oid “Temur tuzuklari” essesi bugungi kungacha oʻzining ilmiy-falsafiy ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-martdagi yigʻilishining 20-sonli Bayonining 8-bandida muvofiq OʻzDJTUda faoliyat olib borayotgan tyutorlarning malakasini oshirish maqsadida 1 oylik oʻquv dasturi tashkil etildi.