🟩🟩🟩🟩
5-aprel kuni OʻzDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi-3 kafedrasi va “Hardwork” ELC oʻquv markazi hamkorligida “The key to success in IELTS and CEFR” mavzusida oʻquv-seminaroʻtkazildi.
Dasturni universitet Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Chutpulatov ochib berdi va oʻz nutqida bitiruvchi talabalarga IELTS va CEFR sertifikatlarini ahamiyati, ularning kelajakda taʼlim olish uchun muhimligi toʻgʻrisidagi fikrlarini bildirdi.
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
Buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Tarjimonlik fakulteti tomonidan “Sohibqiron Amir Temur-Sharq renessansi asoschisi” nomli tadbir o'tkazildi. Ushbu tadbirda Ingliz tili tarjima nazariyasi professor-o'qituvchilari va talabalari tomonidan tayyorlangan “TEMUR TUZUKLARI” JAHON TILLARIDA” videofilmi namoyish etildi.
📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻
🔵Facebook
📷Instagram
🚀Telegram
🟦Rasmiy sayt
#XUSHXABAR
AOKA reytingida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-o‘rinda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarining reytingi e’lon qilindi.
2023-yil yakunlari bo‘yicha Agentlik tomonidan respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.
Baholash natijasiga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbarining faoliyati vazirliklar orasida 1-o‘rinni egalladi.
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
#bellashuv
Talabalarning nazariy fanlar bo'yicha egallayotgan bilimlarini tekshirish va mustaqil ta'limga yo'naltirish maqsadida bellashuv tashkil etildi.
Ingliz filologiyasi fakulteti "Ingliz tili nazariy fanlar" kafedrasi professor o'qituvchilari M.P.Azimova, D.Zokirova va G.Nazarovalar tomonidan 4-bosqich talabalari o'rtasida "The world of Lexicology" mavzusida musobaqa o'tkazildi.
Mazkur bellashuvda quyidagi jamoalar leksikologiya fani bo'yicha 4-ta shart asosida bellashishdi:
• 2016-guruh "Super stars"
• 2044-guruh "Lexigenius"
• 2045-guruh "Morpheme Masters"
Talabalarning ishtiroki malakali mutaxassislar va adolatli hakamlar tomonidan ijobiy baholab borildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
4-aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, kelishuvga koʻra, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O'zDJTU oʻrtasida oʻquv dasturlarini takomillashtirish, oʻqituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish kabi masalalar boʻyicha rejalashtirilgan yo'nalishlar belgilab olindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
4-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti TARB-2321 guruh talabalari Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi oʻqituvchisi Usmanova Nodira Xrajitdinovna boshchiligida Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 102-sonli zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo’lishdi.
Tashrif davomida oʻqituvchi va talabalar tomonidan maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar bilan davra suhbati tashkil etildi va ularga hadyalar taqdim qilindi. Muborak Ramazon oyida bunday uchrashuv bolalarga cheksiz quvonch bagʻishladi.
Ma’lumot uchun: Mirfayozova Raʼno Bahromovna rahbarlik qilib kelayotgan mazkur maktab 1966-yil qurilgan boʻlib, hozirgi kunda u yerda 221 nafardan ziyod oʻquvchilar taʼlim olmoqda.
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
📍 Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
4-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 8-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kengashni OʻzDJTU Kengashi raisi, rektor Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Kengash avvalida mart oyida Ilmiy daraja olgan xodimlarga diplomlari va universitet tomonidan noutbuk taqdim etildi.
Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼtirof etilgan universitet xodimlariga faxriy yorliqlar va gul, esdalik sovgʻalari berildi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaror, Farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarorlari va buyruqlari hamda universitet tomonidan bajariladigan vazifalar, fuqaro murojaatlari kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
#talabalar_teatr_studiyasi
Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan spektakl namoyish etildi.
4-aprel kuni O'zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi ustozi D.Rasulmuhammedova va Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori S.Nurullayevalar tashabbusi bilan adabiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda fakultetning 2313 va 2314-guruh talabalari ishtirok etishdi. Talabalar tomonidan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" asari hamda Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Maysaraning ishi" asarlari mahorat bilan sahnalashtirildi.
Ushbu sahna asarlari millatimizga xos go'zal udumlar, o'lmas qadriyatlarni o'zida mujassam etgan bo'lib, talabalarda hamda yig'ilganlarda o'zgacha taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo'ldi.
Hamkorlik memorandumi imzolandi
📌Batafsil: https://mudofaa.uz/41250/
➡️ Yangiliklarni kuzatib boring:
Telegram | LIVE |Facebook | Youtube |Instagram | Twitter | TV
👨💻👩💻🧠
4-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi tomonidan navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
“O’zligingni angla” mavzusidagi mazkur treningda Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori Gulmira Abdullayeva o’ziga biriktirilgan 3-bosqich talabalari bilan ishtirok etdi.
Dastur davomida talabalar o’rtasida turli psixologik rivojlantiruvchi mashg’ulotlar bajarildi, shuningdek, o’zlikni anglash bo’yicha suhbat tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
O'zDJTU Ingliz tili uchinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi X.Nishanova tomonidan davra suhbati tashkil etildi.
”Besh muhim tashabbus” doirasida bo’lib o’tgan davra suhbatidan ko'zlangan maqsad kitobxonlikni keng targ'ib qilishdan iborat.
Dastur davomida talabalar bilan jahon adabiyoti bestsellerlari va turli xil badiiy kitoblar haqida suhbat olib borildi.
📍 Ingliz tili uchinchi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi ilmiy faoliyat bilan shug'ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni yanada qo'llab-quvvatlash maqsadida "Contribute to the science" nomi ostida tashkil etilgan Yoshlar Akademiyasi forumi doirasida “The contribution of science and innovation to the development of Uzbekistan” mavzusidagi ilmiy konferensiya uchun maqolalar qabuli boshlandi.
😇 Talabalarning talab va istaklarini inobatga olgan holda, ushbu to'plamga iqtidorli talabalarning ijodiy ishlari (she'r, hikoya, va publitsistik maqolalar)ni ham qabul qilamiz!
Maqolangiz barcha talablarga munosib deb topilsa va to'plamga qabul qilinsa, nashr qilish uchun ma'lum miqdordagi to'lovni amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.
Konferensiya uchun axborot xatini bilan quyodagi havola orqali tanishishingiz mumkun.
Axborot xati
🎓Barchangizni ushbu konferensiyada o'z maqolalaringiz bilan ishtirok etishga chorlab qolamiz.
Har bir muallif to'plamning elektron nusxasi hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi. Ilmiy maqolalar to'plami google scholarda indekslanadi.
⚡️ Konferensiyada ishtirok etish uchun maqolalarni Universitet Yoshlar akademiyasi lideri Abdurasulova Maftuna (@Ilkhomovna_M)ga topshirishingiz so'raladi.
🌟Yoshlar akademiyasi - Ilm-fanga o'z hissangni qo'sh!
🤩Bizni kuzatishda davom eting:
Yoshlar akademiyasi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi
Telegraph
Konferensiya uchun Axborot xati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-6097-son Farmoni va 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish Strategiyasida bayon qilingan vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash, hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilmiy faoliyat bilan shug’ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash, universitetda Yoshlar akademiyasining faoliyatini…
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi hamda universitet 🌟Yoshlar Akademiyasi hamkorligida Ilmiy maqolalar tanloviga start berildi
📌Ushbu tanlov iqtidorli talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish hamda ularni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Ushbu ilmiy maqolalar tanlovida Universitetda tahsil olayotgan barcha bosqich talabalari, magistrantlar ishtirok etishlari mumkin.
🖌Maqolaga qo'yiladigan talablar:
⚡️ Plagiatdan xoli bo'lishi;
⚡️ Oldin hech qanday jurnallarda chop etilmagan bo'lishi;
⚡️Mavzuning keng yoritib berilgan bo'lishi.
🗓Maqolalar tanlovi uchun ilmiy maqola va tezislaringizni 2024-yil, 20-aprelga qadar Universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga taqdim etishingiz, yoki Universitet Yoshlar Akademiyasi lideri Abdurasulova Maftuna (@Ilkhomovna_M)ga telegramm orqali yuborishingiz so'raladi.
📝Tanlov natijalari shu yilning 25-aprel kuni e'lon qilinadi, hamda g'olib bo'lgan mualliflar maxsus sertifikat va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
🌟 Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh
⚡️Bizni kuzatishda davom eting
Yoshlar akademiyasi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi
0️⃣0️⃣0️⃣ 💻
3-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida ZOOM platformasi orqali yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda yigirmadan ortiq universitetlar rahbariyati vakillari, oliy taʼlim muassasalarining oʻquv ishlari boʻyicha prorektorlari, dekan va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Unda Nofilologik oliy taʼlim muassasalarida chet tillarini oʻqitishdagi mavjud muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlarida magistratura kvotalarning toʻlmay qolishi bilan bogʻliq muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlaridagi magistraturaga ajratilgan soatlar hamda chet tillarni faqat 1-bosqichda oʻqitilishi boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolar va takliflar, nofilologik taʼlim yoʻnalishlaridagi oʻquv dasturlari va adabiyotlarning xilma-xilligi, nofilologik taʼlim yoʻnalishlari oʻqituvchilarining mahalliy va xorijiy malaka oshirishi yuzasidan kelib chiqayotgan muammo va takliflar, respublikada chet tillarini oʻqitish, sifatli kadrlar tayyorlash masalalarini yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan aniq takliflar va masalalar muhokama etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va OʻzDJTU vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda oʻquv ishlari boʻyicha prorektor M.Cho’tpo’latov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi rahbari B.Odilov, Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi mudiri M.Bahtiyarov hamda Madaniy meros agentligi direktor oʻrinbosari T.Qo’ziyev, muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi D.Mirmuxsinovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvning tashkil etishdan asosiy maqsad Tarjimonlik fakultetining 2,3,4-bosqich talabalari reja-grafik asosida doimiy ravishda Madaniy meros agentligiga qarashli Respublikaning turli hududlaridagi muzeylar, tarixiy obyektlar, xorijiy mehmonlar tashrif buyuruvchi qadimgi manzilgohlarda amaliyot oʻtash ishlarini tashkillashtirish, agentlik vakillari tomonidan universitetda turli xil seminar va davra suhbatlari olib borish, hamkorlikning ish dasturini yaratish kabilar hisoblanadi.
🟦🟦🟦
5-aprel kuni OʻzDJTUda buyuk ajdodimiz, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, mohir sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bagʻishlangan “Sohibqiron Amir Temur sharq renessansi asoschisi” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.
OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov ishtirok etdi va kirish soʻzi bilan tadbirni ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Harbiy orkestr jamoasi ham oʻzlarining chiqishlari bilan ishtirok etdi. Temur tuzuklarining turli tillarga tarjimalari haqida videorolik namoyishidan soʻng OʻzMU professori B. Aminov Amir Temur hayotiga oid qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdi. Aktyor- Maʼruf Otajonov esa Amir Temur rollarini ijrosi etganligi va u bilan bogʻliq qiziqarli maʼlumotlarni soʻzlab berdi.
Shuningdek, dasturdan Temurbeklar maktabi oʻquvchilarining chiqishlari, talabalar ijrosida milliy raqs, sahna koʻrinishlari, “Ulugʻimsan Vatanim” qoʻshigʻi oʻrin oldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4-aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya Хalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda, kelishuvga koʻra, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va O'zDJTU oʻrtasida oʻquv dasturlarini takomillashtirish, oʻqituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish kabi masalalar boʻyicha rejalashtirilgan yo'nalishlar belgilab olindi.
Bizni kuzating
Vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini samarali tashkil etish choralari muhokama qilindi
4-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ishlarni manzilli va samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.
Unda vazirlikning korrupsiyaga qarshi kurashish, buxgalteriya hisobi va hisoboti, ishlar boshqarmasi, axborot xizmati bo‘limi vakillari, barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/8979
#korrupsiyagaqarshikurashish #seminar
👉 На русском
👉 In English
Bizni kuzating
🙋♂️🙋♀️👩🏫💬
4-aprel kuni O’zDJTU va Indoneziyaning Ta'lim akkreditatsiyasi kengashi rahbariyati bilan online muloqot tashkil etildi.
Muloqot chog'ida O'zDJTU ta'lim dasturlarini tashqi xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi va muddatlari haqida so'z yuritildi. Kengash mutaxassislari ilk bosqichda joriy yil avgust oyi yakuniga qadar "Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)" ta'lim dasturini bepul baholash va akkreditatsiyadan o'tkazishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
4 aprel kuni O'zDJTU rahbariyatining Koreya xalqaro hamkorlik agentligi vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildilar. Xususan, Oʻzbekistonda koreys tili va madaniyatini oʻqitish, universitetda 850 000 AQSh dollariga teng 2024-2027 yillarga moʻljallangan loyihani amalga oshirishning oʻquv-uslubiy, moliyaviy va tashkiliy jihatlari boʻyicha fikr almashdilar.
📷 🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tadbir dasturining badiiy qismidan fotolavhalar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti bilan hamkorlikda sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
4-aprel kuni O'zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida "Internet va axborotni filtrlash madaniyati" mavzusidagi talabalar konferensiyasi o'tkazildi.
Tadbir avvalida, universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Shahnoza Ismatova hamda Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov so'zga chiqib, bugungi axborot maydonida ma’lumotlarni tahlil qilish, tekshirish nafaqat jurnalistika va siyosatshunoslik yo’nalishi talabalari, balki har bir shaxsning oldiga qo’yilgan talab ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Insonlar qalbiga yo'l saxovatdan boshlanadi.
Kеksa va bеmorlar, yordamga muhtoj oilalar xolidan xabar olish, ularga mеhr va muruvvat ko'rsatish, dardlariga malham bo'lish xalqimizga xos bo'lgan azaliy milliy qadriyatlarimizdan sanaladi.
Ayniqsa, muborak Ramazon oyida bu kabi xayrli ishlarning ko'lami yanada kеngayib bormoqda.
Ingliz filologiyasi fakultеti dеkani G.Ergashеva boshchiligidagi dеkan muovinlari, profеssor-o'qituvchilar, tyutorlardan tarkib topgan jamoa Uchtеpa tumanidagi "Bеkobod" mahallasida istiqomat qiluvchi ehtiyojmand xonadonlarga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.
0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti 🌟Yoshlar Akademiyasi va universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limidan siz kutgan yangilik.
🎓Universitetda ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shug'ullanuvchi iqtidorli talabalar safini kengaytirish va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Contribute to the science" mavzusidagi Yoshlar Akademiyasi forumi tashkil etildi.
📆Ushbu forum 2024-yil 24-25-aprel kunlarida bo'lib o'tadi.
🤩 Forum doirasida sizni:
24-aprel kuni
⚡️ "Stipendiantlar va iqtidorli talabalar uchrashuvi"
⚡️"Ilmiy maqolalar yozish tartib-qoidalari" mavzusida seminar-trening
⚡️"The contribution of science and innovation to the development of Uzbekistan" mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya
⚡️"Innovatsiya - Yangi O'zbekiston ustuni" mavzusida startaplar va innovatsiyalar bo'yicha seminar-trening
25-aprel
⚡️ "Science and innovation: problems and solutions" mavzusida MUN konferensiyasi kutmoqda.
🔥Barchangizni ushbu forumda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
🤩Bizni kuzatishda davom eting:
Yoshlar akademiyasi
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi
🟦🟦🟦
3-aprel kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida “Ma’rifat maydoni” Respublika tanlovining 2-hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.
Tanlovda jami 5 ta kuchli jamoa 3 ta: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” shartlari bo‘yicha bellashdi. Har bir shart uchun tayyorlangan ijodiy ishlar soha mutaxassislari tomonidan xolisona baholandi.
💻👩💻👨💻
2024-yil 3-aprel kuni Ispaniya va Oʻzbekiston OTMlari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida “Xalqaro hamkorlik istiqbollari” mavzusida vebinar boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori rektori prof. Ilxomjon Tuxtasinov qisqa nutq soʻzladi hamda 2023-yil 23-24-noyabr kunlari Kadiz universitetida boʻlib oʻtgan “Ispaniya-Oʻzbekiston rektorlari forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish vaqti kelganligini taʼkidlab oʻtdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston OTMlari rahbarlari va masʼul xodimlari, Ispaniya oliy taʼlimini xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) tashkiloti direktori Dr. Alfonso Gentil, ushbu tashkilot direktor oʻrinbosari Fatima Terol hamda Ispaniya Qirolligining yetakchi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. 2 soatdan ortiq davom etgan vebinarda Ispaniyaning Alikante, Sevilla, Granada, Jaen, Salamanka, Valladolid, Almeria kabi nufuzli universitetlari hamda Evro-Arab jamgʻarmasi rahbarlari oʻz taʼlim muassasalari faoliyati haqida taqdimotlar tashkil etdilar va hamkorlik boʻyicha takliflarini ilgari surdilar.