🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zDJTU Rus filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ta'lim yo'nalishi kechki ta'lim shakli 2-bosqich talabalari va tyutori N.Tanatarova obodonlashtirish ishlarida qatnashdi.
O’zDJTU vakillari ishtirokida Toshkent shahar Chilonzor tumani Obodonlashtirish bo‘limi boshlig'i hamkorligida tumanning Muqimiy ko‘chasida plogging tadbiri o‘tkazildi.
Loyiha davomida obodonlashtirish xodimlarining mehnati e'tirof etilib, ulardan ko'plab maslahatlar olindi.
📍 Rus filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
30-mart kuni yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida O’zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.
Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari N.O'roqboyeva, Sh.Bo'stonova, M.Abdullayeva tomonidan Uchtepa tumani 81-sonli umumta'lim maktabi bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤
6⃣🌊 O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili yo’nalishi talabalarining suv resurslarini saqlash va ulardan foydalanishning ahamiyati haqidagi fikrlari ifodalangan videorolik
📍 Roman-german filologiyasi fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 30 mart — chiqindisiz kun deb belgilangani munosabati bilan yo'l yoqasida to'plangan chiqindilarni tozalash aksiyasi o'tkazildi.
🟦🟦🟦🟦💻
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 16-mart kuni Fargʻona shahrida oʻtkazilgan kengaytirilgan sayyor yigʻilishi 24-son bayonining 4-bandiga muvofiq Oliy taʼlim muassasalari rektorlari rahbarligida Ishchi guruhlar tuzilib, normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilib, ikki hafta muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kiritish hamda oliy taʼlim muassasalarida xorijiy tillarni oʻqitish tizimini takomillashtirish boʻyicha Ishchi guruh tuzish toʻgʻrisidagi topshirigʻi berilgan edi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
30-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida fakultet dekani X.Xakimov ishtirokida barcha kafedra professor-oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.
Dastur davomida fakultet dekani tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar, universitetimizning oʻquv, ilmiy hamda maʼnaviy hayotiga oid yangiliklar haqida batafsil maʼlumot berib oʻtildi.
👨💻👩💻🧠
30-mart kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan Sharq filologiyasi fakultetida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi.
Mashg’ulotlar fakultet tyutorlari N.Abduraxmatova va B.Mirzayevaga biriktirilgan 1-bosqich talabalari o‘rtasida o’tkazildi.
25-30-mart kunlari O'zDJTU professor-o'qituvchisi tomonidan Urganch davlat universitetida master klass tashkil etildi.
Roman-german filologiyasi fakulteti
Fransuz tili nazariy fanlar kafedra mudiri, dotsent G.A.Rahimova tomonidan UrDU Roman-german filologiyasi kafedrasi 3-kurs bakalavr bosqichi talabalariga "Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti" fanidan ma'ruza o'tildi.
Shu jumladan,universitetlar o'rtasida 2021-yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida chekka viloyatlarda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ma'ruza va master klass va seminarlar tashkil etish kabi tadbirlarni o'tkazish davom etmoqda.
👨💻👩💻🧠
29-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan navbatdagi trening tashkil etildi.
Trening Ingliz tili 3-fakulteti tyutori K.Asqarova hamda 1-bosqich 2321-2322 guruh talabalari ishtirokida o’tkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
"O'tkir Hoshimov — buyuk hikoyanavist" mavzusida O’zDJTU Axborot-resurs markazi va Tarjimonlik fakulteti bilan hamkorlikda adabiy davra suhbati tashkil etildi.
Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, bo'lim mudiri Sh.Ismailova, kutubxonachi S.Mamatsoliyeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda talabalar o’rtasida yozuvchining hayoti va ijodi yuzasidan o’zaro savol-javob bellashuvi o’tkazildi.
🟦🟦🟦
OʻzDJTUda bitiruvchi talabalar bandligini taʼminlash, ularga kelajakda oʻz sohasi boʻyicha ish oʻrinlarini topishga koʻmaklashish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilib kelinadi.
🟩🟩🟩🟩
29-mart kuni O’zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi tomonidan talabalarning pragmatik mahoratini oshirish mavzusiga bag’ishlangan ilmiy seminar tashkil etildi.
Dasturda Kalikut va Kashmir universitetlari bitiruvchisi, TESOLning ESL ta’limi sohasidagi sertifikatga ega mutaxassis Muhammad Sodiq Ali qatnashib, talabalar pragmatik ko‘nikmalarini oshirish, fikrni aniq va ishonchli ifoda etish, o’qituvchilar uchun esa lingvistik qobiliyatlarni, ijtimoiy ko‘nikmalarni va liderlikni rivojlantiradigan qiziqarli darslarni yaratish kabi masalalar bo’yicha ma’ruza qildi.
Ilmiy seminarda Ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri M.X.Daliyeva, kafedra professor-o’qituvchilari va 4-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Seminar qiziqarli va kerakli ma’lumotlarga boy bo’ldi. Yakunda talabalar mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Joriy yilning 28-mart kuni O'zDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Tokyo Central Japanese Language School, Inc." kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Yapon tili oʻqituvchilari uchun maxsus seminar tashkil qilindi.
Maʼlumot oʻrnida, Yaponiyada PATHMAKE holding kompaniyasiga tegishli TCJ nomli top 10 talikka kirgan VA ISO sertefikatiga ega yapon tili maktabi hamda Professional o'qituvchilarni tayyorlash training Course (日本語養成講座) mavjud.
Bizni kuzating
🤝🌏👨🏫👩🏫
28-mart kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Toshkent shahridagi Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali rahbari Siyadullayev Mahmudjon and direktor o'rinbosari Artyom Sergeevichni qabul qildi.
Tomonlar rus, ingliz, xitoy tillari hamda tarjimonlik yo'nalishlari va mutaxassisligi bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar. Rossiya tomoni boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham dasturlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
🌎 Joriy yilning 28-mart kuni Tarjimonlik fakultetida Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi (PhD) Gulrux Raximova tomonidan nemis tili yo’nalishi talabalari va oliy toifali tarjimonlar Ravshan Sultanov va Shohista Sultanovalar o’rtasida davra suhbati tashkil qilindi.
🪩 Suhbat davomida talabalar tarjimonlarga o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Tarjimonlar o’z hayot yo’llari, tarjimonlik kasbining afzalliklari va qiyinchiliklari haqida gapirib berdilar.
🪩 Davra suhbat juda jonli va qiziqarli bo’lib o’tdi. Suhbat so’nggida talabalar uchun masterklass o’tkazildi. Masterklassda tarjimonlar talabalarga sinxron va ketma-ket tarjima sirlarini va tez yozib olish texnikasini amalda namoyish qildilar.
🟦🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat klubi tomonidan 29-mart kuni bahorgi mavsum Rektor kubogining 1-tur o'yinlari o’tkazildi.
1-turda jami 32ta jamoa qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu turnir o'yinlari 5 hafta davomida, haftaning har juma kuni bo'lib o'tadi va final o'yinida g'olib jamoalar belgilangan mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Zakovat o'yinlariga doir o'zgarish va yangiliklarni kuzatib borish uchun @zakovatuzswlu ga a'zo bo'lishni unutmang.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
30-mart kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-sonli talabalar turar joyida "Pozitiv kayfiyat" nomli trening o'tkazildi.
Trening O’zDJTU psixologi Zebiniso Хayrullayeva va pedagog tarbiyachi F.Gazibayeva tomonidan tashkil etildi.
Mashg'ulotlar qiziqarli o’tdi va talaba-qizlarga birdek manfaatli bo’ldi. Ayniqsa, yuqori pozitiv kayfiyat beruvchi o’yinlar va psixologik mashg’ulotlar talabalarda o’zgacha ajoyib taassurot qoldirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan 30 mart — chiqindisiz kun deb belgilangani munosabati bilan yo'l yoqasida to'plangan chiqindilarni tozalash aksiyasi o'tkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari Zangiota ziyorotgohida bo’ldi.
Talabalarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish hamda ularni yurtimiz tarixini yana-da chuqurroq o’rganishga chorlash maqsadida 27-mart kuni Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari Zangiota ziyoratgohini ziyorat qildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
25-martdan 30-martgacha O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Milliy liboslar haftaligi" bo’lib o’tishi rejalashtirilgan edi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
30-mart kuni Roman-german filologiyasi fakultetida 2-bosqich kechki va kunduzgi taʼlimda tahsil oluvchi talabalarning tanishuv amaliyoti yakuniga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi.
Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan tashkil etilgan konferensiyani fakultet dekani X.Xakimov ochib berdi va barcha talabalarni tanishuv amaliyoti yakuni bilan tabrikladi. Shuningdek, amaliyot davomida talabalarga rahbarlik qilgan katta oʻqituvchi Z.Davronova va kechki taʼlim guruhlari amaliyot rahbari D.Otamurodovaga alohida minnatdorchilik bildirib oʻtdi.
🟨🟨🟨
30-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Uchinchi renesans poydevorini qo’yishda filologik tadqiqotlarning mazariy va amaliy ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
29-mart kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Koreya san'ati va madaniyati" talabalar workshopi bo'lib o'tdi.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat chet tillar universiteti talabalari va
Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Shinsede Koreys yoshlar markazi faollari rang-barang va qiziqarli chiqishlari bilan ishtirok etishdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
28-mart kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan ilmiy seminar tashkil etildi.
"Yuqori impact faktorlarga ega Yevropa jurnallarida maqola chop ettirish elementlari" mavzusida bo’lib o’tgan seminarda Sloveniyaning Lyublyana universiteti dotsentlari Jana Kenda va Kaja Breceljlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Dasturda Tarjimonlik fakulteti professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari ham qatnashishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟨🟨🟨
OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Uchtepa tumani “Zakovat” koʻchasida joylashgan yangi oʻquv-binosiga tashrif buyurdi.
Yangi binoni zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlash, qoʻshimcha parta-stut va boshqa mebel jihozlarini joylashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etishda zarur boʻladigan jihozlar bilan taʼminlash ishlarini davom ettirish boʻyicha tavsiyalar berib oʻtdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
XAYR-U SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
🔰 Joriy yilning 29-mart sanasida O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti dekani A. Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini N. Lapasov hamda fakultet tyutorlari Uchtepa tumanida joylashgan "Tepaqo'rg'on" MFY ma'sullari bilan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish maqsadida tashrif buyurishdi.
✳️ Ehtiyojmand oilalarni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ko'ngillarini shod etish maqsadida ularga Ramazon tuhfalari tarqatishdi.
📍 @first_faculty_official
🟨🟨🟨
Bilasiz, bugun 29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” sifatida belgilangan.
Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qoʻyilgan edi.
🟨🟨🟨🟨🟨
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Adigey davlat universiteti (ADU) o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilganidan xabaringiz bor.
#ZeroWasteUzbekistan
📌Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 30-mart kuni poytaxtimizning Yakkasaroy tumani, Sharshara ko'chasida "30 - mart - Chiqindisiz kun" munosabati bilan yo‘l yoqasida to‘plangan chiqindilarni tozalash aksiyasi tashkil etilmoqda.
🟢Atrof-muhit tozaligiga befarq bo‘lmagan yoshlar, ekovalontyorlar aholi vakillari, ko‘ngillilar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollarini ushbu aksiyaga taklif etamiz!
😎Mazkur aksiya 2024-yil 30-mart kuni soat 10.00 da boshlanadi.
💬Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
+99 891 198 76 66
📌Геолокация - #Ташкент
🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram📱Instagram📱Facebook
28-mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitet Rus tili filologiyasi kechki ta’lim fakultetida 1-bosqich talabalari bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan tashkil etildi.Unda fakultet tyutorlari S.Fozilova, N.Tanatarova hamda faol talabalar ishtirok etishdi.