uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

25-30-mart kunlari O'zDJTU professor-o'qituvchisi tomonidan Urganch davlat universitetida master klass tashkil etildi.

Roman-german filologiyasi fakulteti
Fransuz tili nazariy fanlar kafedra mudiri, dotsent G.A.Rahimova tomonidan UrDU Roman-german filologiyasi kafedrasi 3-kurs bakalavr bosqichi talabalariga "Tili o'rganilayotgan mamlakat adabiyoti" fanidan ma'ruza o'tildi.

Shu jumladan,universitetlar o'rtasida 2021-yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida chekka viloyatlarda yuqori malakali mutaxassislar tomonidan ma'ruza va master klass va seminarlar tashkil etish kabi tadbirlarni o'tkazish davom etmoqda.


Shuningdek,1-bosqich talabalariga "Og'zaki nutq amaliyoti" fanidan master klass va magistr talabalarga ilmiy ish yozish ko'nikmalari bo'yicha ko'rsatmalar berildi.Tashrifning so'ngida mehmonlar bilan azim Xiva shahriga sayohat uyushtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

29-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan navbatdagi trening tashkil etildi.


Trening Ingliz tili 3-fakulteti tyutori K.Asqarova hamda 1-bosqich 2321-2322 guruh talabalari ishtirokida o’tkazildi.


Psixologik mashg’ulotlar davomida talabaning muayyan sharoitga moslashish qobiliyatiga oid ishlarni olib borildi, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, tarbiyasi qiyin talabalar bilan ishlashga qaratilgan “Guruhda psixologik iqlimni aniqlash metodikasi” hamda boshqa qiziqarli mashqlar bajarildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

"O'tkir Hoshimov — buyuk hikoyanavist" mavzusida O’zDJTU Axborot-resurs markazi va Tarjimonlik fakulteti bilan hamkorlikda adabiy davra suhbati tashkil etildi.


Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, bo'lim mudiri Sh.Ismailova, kutubxonachi S.Mamatsoliyeva tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda talabalar o’rtasida yozuvchining hayoti va ijodi yuzasidan o’zaro savol-javob bellashuvi o’tkazildi.


G’oliblar quyidagi nominatsiyalar bo’yicha taqdirlandi:
"Mening sevimli yozuvchim" — Raximova Manzura Muxiddin qizi;
"Mening sevimli asarim " — Abdilazimova Nigora Musulmonqul qizi;
"Mening fikrim" — Sayfiddinova Dilshoda Xabibullo qizi.

Yutuq sohiblari maxsus sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

OʻzDJTUda bitiruvchi talabalar bandligini taʼminlash, ularga kelajakda oʻz sohasi boʻyicha ish oʻrinlarini topishga koʻmaklashish maqsadida boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilib kelinadi.


29-mart kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi universitet talabalari uchun boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasini taqdim etdi.

Yarmarkada ishtirok etgan Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi suhbatlashdi.

Dastur davomida talabalar mutaxassislar suhbatidan o’tdi, shuningdek, sohada ishlashni xohlagan talabalarning savollariga javoblar berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

29-mart kuni O’zDJTU Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi tomonidan talabalarning pragmatik mahoratini oshirish mavzusiga bag’ishlangan ilmiy seminar tashkil etildi.

Dasturda Kalikut va Kashmir universitetlari bitiruvchisi, TESOLning ESL ta’limi sohasidagi sertifikatga ega mutaxassis Muhammad Sodiq Ali qatnashib, talabalar pragmatik ko‘nikmalarini oshirish, fikrni aniq va ishonchli ifoda etish, o’qituvchilar uchun esa lingvistik qobiliyatlarni, ijtimoiy ko‘nikmalarni va liderlikni rivojlantiradigan qiziqarli darslarni yaratish kabi masalalar bo’yicha ma’ruza qildi.

Ilmiy seminarda Ingliz tilini o’qitish metodikasi kafedrasi mudiri M.X.Daliyeva, kafedra professor-o’qituvchilari va 4-bosqich talabalari ishtirok etishdi.

Seminar qiziqarli va kerakli ma’lumotlarga boy bo’ldi. Yakunda talabalar mutaxassislardan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 28-mart kuni O'zDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Tokyo Central Japanese Language School, Inc." kompaniyasi mutaxassislari tomonidan Yapon tili oʻqituvchilari uchun maxsus seminar tashkil qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, Yaponiyada PATHMAKE holding kompaniyasiga tegishli TCJ nomli top 10 talikka kirgan VA ISO sertefikatiga ega yapon tili maktabi hamda Professional o'qituvchilarni tayyorlash training Course (日本語養成講座) mavjud.


Seminardan koʻzlangan maqsad O'zbekistondagi barcha yapon tili o'qituvchilarini yapon tili metodikasi va ilmiy salohiyatini oshirish hamda o'qitish tajribasini tushuntirish.

Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

28-mart kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Toshkent shahridagi Rossiyaning Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali rahbari Siyadullayev Mahmudjon and direktor o'rinbosari Artyom Sergeevichni qabul qildi.


Tomonlar rus, ingliz, xitoy tillari hamda tarjimonlik yo'nalishlari va mutaxassisligi bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish masalalarini muhokama qildilar. Rossiya tomoni boshqa yo'nalishlar bo'yicha ham dasturlarni amalga oshirishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.


Uchrashuv yakunida tashkiliy va moliyaviy masalalarni qisqa muddatlarda hal qilish maqsadida har ikkala tomon vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌎 Joriy yilning 28-mart kuni Tarjimonlik fakultetida Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o’qituvchisi (PhD) Gulrux Raximova tomonidan nemis tili yo’nalishi talabalari va oliy toifali tarjimonlar Ravshan Sultanov va Shohista Sultanovalar o’rtasida davra suhbati tashkil qilindi.

🪩 Suhbat davomida talabalar tarjimonlarga o’zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Tarjimonlar o’z hayot yo’llari, tarjimonlik kasbining afzalliklari va qiyinchiliklari haqida gapirib berdilar.


🪩 Davra suhbat juda jonli va qiziqarli bo’lib o’tdi. Suhbat so’nggida talabalar uchun masterklass o’tkazildi. Masterklassda tarjimonlar talabalarga sinxron va ketma-ket tarjima sirlarini va tez yozib olish texnikasini  amalda namoyish qildilar.


📚 Shuning bilan birga nemis tili yo’nalishi 4-bosqich talabalari o’rtasida o’tkazilgan badiiy tarjima bo’yicha musobaqa g’oliblari Germaniyaning Cornelsen nashriyoti kitoblari bilan taqdirlandilar.

/channel/RGTT_TF

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yil 28-mart kuni O'zDJTU rektori I. Tuxtasinov  Xitoylik professor-o'qituvchilar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda xitoy tili va madaniyatini o'qitishni takomillashtirish, Xitoy OTMlari bilan turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy bilan ilmiy va akademik jihatdan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, o'quv faoliyatini xalqaro o'rinlarga ko'tarishda muhim ahamiyatga ega.Uchrashuvda professor o'qituvchilar talabalarga xitoy tili va madaniyatini o'rgatishgaa tayyor ekanliklarini ta'kidlashdi.


Uchrashuv yakunida O'zDJTU va Xitoylik professor-o'qituvchilar o'rtasida kelajakdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ko’plab xorijiy tillar talabalarga chet ellik mutaxassislar tomonidan o’qitiladi.


Xorijdan kelgan o’qituvchilarga qulaylik yaratish maqsadida O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov va rahbariyat ishtirokida 6-talabalar turar joyidagi chet ellik professor-o'qituvchilar uchun tashkil etilayotgan mehmonxona ko'zdan kechirildi.

O'zDJTU rektori va rahbar xodimlar turar joyning afzalliklari bilan tanishildi, shu asosda uning qulayliklari, xavfsizlik tizimlari, ta'lim muhitiga mosligi va talabalar bilan chet ellik o'qituvchilarning doimiy ravishda muloqotini ta'minlab turish imkoniyatlari e'tiborga olindi.

Bundan tashqari, turar joyning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanishi, shuningdek, madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar ta'minlanishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

28-mart kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan talaba qizlarni pozitiv fikrlashga, sog‘lomlikka undash maqsadida relaksatsion trening mashg‘ulotlari tashkil qilindi.


Treningda universitetning Ingliz tili 2- fakulteti tyutorlari M.Yo‘ldosheva, R.Uzoqova, X.Madaminova hamda talaba qizlar ishtirok etishdi.


Noan‘anaviy tarzda tashkil etilgan treningda Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori A.Shodiyeva tomonidan tashkil etilgan "Health&Care" to‘garak dasturi ham trening qatnashuvchilariga tadbiq etildi.

Psixologik trening ko‘tarinki ruhda tashkil qilinib, talaba yoshlarimizdagi ruhiy va jismoniy zo‘riqish holatlarini oldini olishga qaratilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📢🇷🇺 Анонс! 📝🌍

📆 Дата: 28-29 апреля 2024 года 
🏫 Место: УзГУМЯ 
📚 Тема: Проведение тестирования по русскому языку как иностранному (ТРКИ) 

---

🔍 Уважаемые студенты и любители русского языка!

Приглашаем вас принять участие в Тестировании по русскому языку как иностранному (ТРКИ), которое состоится 28-29 апреля 2024 года на территории УзГУМЯ в партнерстве с Санкт-Петербургским государственным университетом(СПбГУ). Это отличная возможность проверить свои знания русского языка и получить официальные сертификаты уровня владения языком.

📌 Стоимость экзамена:
в зависимости от уровня тестирования (А1-С2)


🔗 Для регистрации пройдите по ссылке https://forms.gle/HL2mvq24hBkjPHqw6

Не упустите возможность проверить свой уровень владения русским языком и получить международно признанный сертификат!
Мы ждем вас на ТРКИ в УзГУМЯ!

📚 С любовью к русскому языку и образованию, факультет русской филологии УзГУМЯ 🌟

---

Если возникли дополнительные вопросы или требуется больше информации, обращайтесь в деканат нашего факультета.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O'zDJTUda Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.


27-mart kuni Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida tadbir tashkil etildi.

Unda O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'riqlash bosh boshqarmasi faxriy kengashi raisi o'rinbosari, iste'fodagi polkovnik O.Azimov, podpolkovnik Sh.Qaxxorov, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy faxriy kengashi raisi o'rinbosari, iste'fodagi podpolkovnik B.Toshpo'latov, Uchtepa tumani Milliy gvardiya qo'riqlash bo'limi boshlig'i o'rinbosari, mayor Sh.Nizomiddinov ishtirok etdi.


Tadbir davomida soha vakillari talabalarga mavzu bo'yicha kasb faoliyatlaridan kelib chiqib, o'z tavsiyalarini berib o'tishdi.

Bu kabi targ'ibot tadbirlari yoshlarni vatanga sadoqatli bo'lish va ajdodlarga sodiq farzand bo'lib yetishishlarida alohida ahamiyat kasb etadi.

📍Ingliz filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Nishanaliyev Bekzod Xayrulla o'g'li Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo'limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
—————————
🔎 Batafsil…
—————————
Нишаналиев Бекзод Хайруллаевич назначен начальником отдела по работе с международными рейтингами Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
🔎 Подробное…
—————————
Nishanaliyev Bekhzod Khairullayevich was appointed to the position of head of the Department of International Rankings of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
🔎 More…
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

27-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti 3-bosqich XT 2119-2127 guruh talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet tyutori M.O‘tbosarova ishtirok etdi.


Mashg’ulotlar davomidada taʼlim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish va turmush qurish, oʻzaro munosabatlar, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan individual, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahat va tavsiyalar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

29-mart kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "Koreya san'ati va madaniyati" talabalar workshopi bo'lib o'tdi.


Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat chet tillar universiteti talabalari va
Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Shinsede Koreys yoshlar markazi faollari rang-barang va qiziqarli chiqishlari bilan ishtirok etishdi.


Natijalarga ko'ra:
1-o'rinni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti;
2-o'rinni Koreys madaniyat markazlari uyushmasi qoshidagi Shinsede koreys yoshlar markazi faollari;
3-o'rinni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Namangan davlat chet tillar instituti talabalari egallashdi.

Ma’lumot uchun: "Koreya san'ati va madaniyati" talabalar workshopi Koreyashunoslik Akademiyasi va O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda koreys tili va adabiyotini o‘qitishning lingvomadaniy jihatlari” loyihasi doirasidagi dastur hisoblanadi.

📍 Sharq filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

28-mart kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan ilmiy seminar tashkil etildi.


"Yuqori impact faktorlarga ega Yevropa jurnallarida maqola chop ettirish elementlari" mavzusida bo’lib o’tgan seminarda Sloveniyaning Lyublyana universiteti dotsentlari Jana Kenda va Kaja Breceljlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Dasturda Tarjimonlik fakulteti professor-o'qituvchilari va tadqiqotchilari ham qatnashishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨

OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov Uchtepa tumani “Zakovat” koʻchasida joylashgan yangi oʻquv-binosiga tashrif buyurdi.


Yangi binoni zarur oʻquv jihozlari bilan taʼminlash, qoʻshimcha parta-stut va boshqa mebel jihozlarini joylashtirish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlarini sifatli tashkil etishda zarur boʻladigan jihozlar bilan taʼminlash ishlarini davom ettirish boʻyicha tavsiyalar berib oʻtdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

XAYR-U SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🔰 Joriy yilning 29-mart sanasida O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti dekani A. Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini N. Lapasov hamda fakultet tyutorlari Uchtepa tumanida joylashgan "Tepaqo'rg'on" MFY ma'sullari bilan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olish maqsadida tashrif buyurishdi.

✳️ Ehtiyojmand oilalarni moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ko'ngillarini shod etish maqsadida ularga Ramazon tuhfalari tarqatishdi.

📍 @first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨

Bilasiz, bugun 29-martda Toshkentda “Avtomobilsiz kun” sifatida belgilangan.
Prezidentning fevral oyidagi farmonida shu kuni rahbarlar va boshqa davlat xizmatchilari ishga jamoat transportida yetib kelishi belgilab qoʻyilgan edi.


Sog’lom turmush tarzini targʻib qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilish, shaharlarda avtomobillar harakatini kamaytirish va jamoat transportini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur aksiyada OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov ham faol ishtirok etdi.

Erta tongda universitet rektori taʼlim muassasasiga yarim soatlik masofa uzoqligida joylashgan xonadonidan piyoda yurib keldi.

Maʼlumot uchun: OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tez-tez taʼlim muassasasiga piyoda yetib borishni maʼqul koʻradi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨🟨🟨

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan Adigey davlat universiteti (ADU) o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yilganidan xabaringiz bor.


O’zDJTU hamkorligidagi ADU qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha 4-bosqichda tahsil olayotgan Sevara Abdimurodova “ADU-2024” talaba-qizlar ko’rik tanlovida “Miss-gratsiya” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Ma’lumot uchun: Sevara O’zDJTU hamkorligidagi qo’shma ta’lim dasturi bo’yicha Maykop shahrida joylashgan Adigey davlat universitetida 3+1 programmasining 1 yilligini o’tamoqda.

Talabamizni erishgan yutug’i bilan tabriklaymiz va kelgusida bundanda katta marralarni zabt etishini tilaymiz!

📍 QTD bo’limi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#ZeroWasteUzbekistan

📌Toshkent shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan joriy yilning 30-mart kuni poytaxtimizning Yakkasaroy tumani, Sharshara ko'chasida "30 - mart - Chiqindisiz kun" munosabati bilan yo‘l yoqasida to‘plangan chiqindilarni tozalash aksiyasi tashkil etilmoqda.

🟢Atrof-muhit tozaligiga befarq bo‘lmagan yoshlar, ekovalontyorlar aholi vakillari, ko‘ngillilar, blogerlar va ijtimoiy tarmoq faollarini ushbu aksiyaga taklif etamiz!

😎Mazkur aksiya 2024-yil 30-mart kuni soat 10.00 da boshlanadi.
💬Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon:
+99 891 198 76 66


📌Геолокация - #Ташкент

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram📱Instagram📱Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

28-mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitet Rus tili filologiyasi kechki ta’lim fakultetida 1-bosqich talabalari bilan motivatsion uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv universitet psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan tashkil etildi.Unda fakultet tyutorlari S.Fozilova, N.Tanatarova hamda faol talabalar ishtirok etishdi.


Uchrashuvni talabalar ko’tarinki kayfiyatda qarshi olishdi.
Yakunda,talabalar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan kerakli psixologik maslahatlar berib o'tildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 27-mart kuni yurtimizda faoliyat olib borayotgan Bangladesh Xalq Respublikasining poytaxtimizdagi elchixonasida milliy mustaqillik kuni doirasida "Bangladesh in the International platform" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev,Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rafiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh. R. Nazarov Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedra mudiri J.R.Abduganiyeva, kafedra dotsenti B. Xolbekova va professor-o'qituvchilari K.Alimova, G.Saidova, A.Kenjayeva, F.Ne'matova birodar Bengal xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlari haqidagi o'z fikr mulohazalarini bildirdi.


Tadbirda yurtimizdagi xorijiy elchilar,olimlar, jurnalist va ishbilarmon doira vakillari hamda bir qator tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

27-mart kuni O’zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy maktabining navbatdagi ilmiy-nazariy seminari bo'lib o'tdi.


Ilmiy seminarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari doktori Jo'raqulov Uzoq Haydarovichning "Qiyosiy adabiyotshunoslikning ayrim muammolari" mavzusidagi ma'ruzasi katta qiziqish bilan tinglandi.


Seminarda O’zDJTU Jahon adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistr va talabalar ishtirok etdi. Davra suhbati ko‘rinishida bo‘lib o‘tgan mazkur ilmiy-nazariy seminarda ishtirokchilar uchun ko'plab yangi ma'lumotlar taqdim etildi, qiziqarli savol-javoblar tashkil qilindi, taklif va mulohazalar berildi.

Yakunda har ikki universitet o‘rtasida boshqa ilmiy-nazariy seminarlar va hamkorlikda anjumanlar tashkil etish maqsad qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️Bugun Xalqaro jurnalistika fakultetida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Shuhrat” medali sohibi, “G’uncha” jurnali bosh muharriri Dilfuza Shomalikova bilan ijodiy uchrashuv o’tkazildi.

🌙 Uchrashuv davomida, O’zbek bolalar jurnalistikasining rivojlanish bosqichlari, e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar haqida “G’uncha” jurnali faoliyati misolida ko’rib chiqildi. Suhbatda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Uchrashuv Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi tomonidan “Bolalar jurnalistikasi” fani doirasida 4-bosqich talabalari uchun tashkil etildi.


#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 27-mart sanasida Sharq filologiyasi fakulteti hamda Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari Z.Bannopova hamda P.Azimovalar boshchiligida "Paxtakor" mahallasi faol ayollari bilan "Kitobxon ona kitobxon bola" mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.


Uchrashuvda hozirda nafaqada bo'lgan ustozlarimiz va mahalla xotin-qizlar kengashi raisi va onaxonlarimiz mavzu doirasida talaba qizlarimizga o'z tajribalaridan kelib chiqib maslahat berdilar.

Oilada kitob o'qish va badiiy adabiyotlarning o'rni haqida o'rinli fikrlar aytildi.


Shuningdek, Xalqaro jurnalistika fakulteti o'qituvchisi D.Eshonqulova bugungi kunda qaysi adabiyotlarni o'qishimiz kerakligi, axborotlarni qanday toʻg'ri ajratishimiz mumkinligi haqida ma'lumotlar berib o'tdilar hamda o'z ijod namunalaridan she'rlar o'qidilar.

Fakultet Axborot resurs markazi direktor o'rinbosari M.Muhammedjonova mahallaning faol ayollari kutubxonadan foydalanishlari mumkinligini taʼkidladilar.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚜️UNIVERSITET- MAHALLA INTEGRATSIYALASHUVI AMALDA.

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida tizimli ishlar yoʻlga qoʼyib borilmoqda.

OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov, Z.Hasanov, tyutor M.Oʻtbosarova hamda talabalar Uchtepa tumanida joylashgan Jurjoniy MFY mas’ullari va ehtiyojmand oilalar bilan uchrashdi.


Uchrashuv davomida Jurjoniy mahallasidagi yoshlarga bepul chet tili kurslarini tashkil etish, universitet talabalari bilan sport musobaqalarini oʻtkazish, turli tadbirlarga ularni jalb qilish masalalari muhokama etildi.

Ehtiyojmand oilalarni moddiy-ma’naviy qoʻllab-quvvatlash, koʻngillarini shod etish maqsadida ularga sovg'alar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

27-mart kuni O‘zDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligida prorektorlar, boshqarma va bo‘lim boshliqlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari bilan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi.


Yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan terrorchilik harakati hamda Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, yurtimizda ham xushyorlikni oshirish, universitet hududida xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalarning xorijga chiqib kelishini nazorat qilish, ijarada yashovchi talabalar bilan ko‘proq shug‘ullanish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda xorijiy talabalar faoliyatidan doimiy xabardor bo‘lib turish va ularga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida universitet rektorining maslahatchisi, birinchi prorektor hamda dekanlarning taklif va tavsiyalari tinglandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📊🎯🌏🌏

27-mart kuni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nasirov hamda Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi xodimlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida universitetning xalqaro reytinglarda ishtirok etishi boʻyicha strategik qadamlar va harakatlar, reyting indikatorlari va reytingda qatnashib, unda munosib oʻrin olish boʻyicha qilinayotgan ishlar yuzasidan hisobot berildi va boʻlimning shu kunlarda amalga oshirayotgan ishlari muhokama qilindi.


Rektor tomonidan universitetning xalqaro taʼlim muhitidagi reytingini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
boʻyicha zarur maslahatlar berildi. Taʼlim sifatini oshirish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, talaba va oʻqituvchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish kabi muhim jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Yigʻilishning yakuniy bosqichida universitetning Times Higher Education (THE), QS World University Rankings, UI Green Metric, Ranking Web of Universities kabi jahon reytinglaridagi oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan reja va tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha aniq qadamlar belgilandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Подписаться на канал