uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

4⃣📚 27-mart kuni O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov universitetda faoliyat olib borayotgan koreyalik o'qituvchilarni qabul qildi.

Muloqot chog'ida mutaxassislarga koreys tili va madaniyatini talabalarga o'rgatishda ko'rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirildi hamda kelgusida turli madaniy tadbirlar tashkil etish orqali Koreya davlati urf-odatlari, tarixi, ijtimoiy hayotini tanishtirilishi lozimligi ta'kidlab o'tildi.

O'z navbatida koreyalik mutaxassislar yaratilgan sharoitlar uchun universitet rahbariyatidan mamnun ekanliklarini ma'lum qildilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

🇰🇬🇺🇿27-mart kuni O'sh davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Sulayman Sabirov O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchilari hamda O'sh davlat universiteti o'qituvchisi S.Sabirov o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.


Jarayonda O'zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti hamda O'sh davlat universitetining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'rtasida Xalqaro hamkorlik bo'yicha memorandum imzolandi.

Uchrashuv yakunida memorandum doirasidagi kelgusi rejalar muhokama etilib, O'sh davlat universitetining 85 yilligi munosabati bilan esdalik sovg'asi fakultetga taqdim etildi.

📍 Ingliz tili ikkinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💠ODAM SAVDOSIGA QARSHIMIZ!

27-mart sanasida Tarjimonlik fakultetida "Odam savdosi-eng oliy jinoyat"mavzusida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Tadbir jamiyatdagi har bir a'zoning odam savdosi kabi global muammoga qarshi kurashishda o'zining mas'uliyatini anglab yetishi maqsadida tashkil etildi.

Tadbir Yoshlar masalalari va ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovinlari Sh.Nazarov, S.Ibragimov, fakultet tyutorlari hamda Toshkent shahar Uchtepa tumani Kiber xavfsizlikka qarshi kurashish bo’limi boshlig’i Podpolkovnik D.Abduraxmonov, universitet profilaktika Katta inspektori Sh.Begmetovlar tomonidan hamkorlikda tashkil etildi.


⚜️Tadbir yakunida mutaxassislar tomonidan odam savdosining qurboni bo’layotganlar ortib borayotgani,uning sabab va oqibatlari haqida to'xtalib,fikr mulohazalar tinglandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

27-mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot tadbiri tashkil etildi.


"Vatanparvarlik" mavzusi ostida talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrashga undash hamda ularni milliy qonunchiligimizga hurmat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida o’tkazilgan dasturni O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.


Tadbirga mehmon sifatida O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Madaniyat markazi badiiy rahbari Uchqun Tillayev o’z jamoasi bilan tashrif buyurdi.

Dastur davomida Uchqun Tillayev yoshlarni vatanni sevishga, uni ardoqlashga undovchi nutq so’zladi. Madaniyat markazi xodimlari tomonidan taqdim etilgan musiqiy chiqishlar tadbirgacha o’zgacha fayz berdi.

Ma’lumot uchun: Tadbir O’zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti tashabbusi bilan tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨

26-mart kuni futzal bo'yicha O'zDJTU terma jamoasi "Talabalar ligasi" sport musobaqalarining Toshkent shahar saralash bosqichida ishtirok etdi.


Universitet jamoasi nimchorak final yo'llanmasi uchun Toshkent shahridagi Moskva Energetika universitetining Milliy tadqiqot instituti jamoasiga qarshi to'p surdi. Uchrashuv yakunida, "UzSWLU" terma jamoasi yirik 6:2 hisobda g'alaba qozonib, nimchorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Endilikda, jamoa keyingi bosqichga tayyorgarlik ko'rish va o'z mahoratlarini oshirish hamda nimchorak finalda ham yuqori natijalarni ko'rsatishga qat'iy bel bog'lagan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️Joriy yilning 25-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida o‘z ishini boshlagan “Markaziy Osiyoda nemis tilini oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi sohadagi dolzarb vazifalarga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishlarida davom etdi.

"Nemis tilini oʻqitishda hududiy hamkorlik"," Nemis filologiyasining dolzarb masalalari", "Nemis tilini oʻqitishda innovativ va raqamli texnologiyalar"," Kasbga yoʻnaltirilgan nemis tilini oʻqitish" hamda "Madaniyatlararo muloqot va tarjima masalalari" mavzulariga bag‘ishlangan sho‘ba yig‘ilishlarida mahalliy va xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan so‘nggi ma'lumotlar, darslarni zamonaviy metodika asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Sho‘balar bo‘yicha eng yaxshi ma'ruzachi va eng ijodkor uslubchi aniqlanib, ular munosib taqdirlandilar.

Bizni kuzatib boring

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌱XAYR-U SAXOVAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

🔰Yurtimizda xayr-u saxovat oyi bo‘lmish muborak Ramazon oyida ehtiyojmand, bemor va nogironlar holidan xabar olish, ularni moddiy-ma’naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ko‘ngillarga shod-u xurramlik ulashish tadbirlari faol tashkil etilib kelinmoqda.

❇️26-mart, OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov hamda tyutorlar Sh.Kadirova, G.Kadirova, Sh.Abramatova, O.Artikovalar tashabbusida Chilonzor tumani Koʻtarma
MFY raisi bilan suhbat tashkil etilib, ehtiyojmand oila, bemor va yoshi ulug‘ nuroniylar holidan xabar olindi.

⛳️Xonadon egalari bu kabi ezgu amallardan mamnun ekanliklari ifodasi yangligʻ elga tinchlik, xalqqa farovonlik, osuda kunlar bardavob bo‘lishini tilab duo qildilar.

📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4⃣📚 ILMIY BURCHAK — ILMIY TADQIQOTLAR SARI YOʻL

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetida tashkil etilgan Ilmiy burchak hamda Ilmiy markazga aylangan kutubxona ilmiy muhitni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda.

📍 Ingliz tili ikkinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

“Hayot naqadar goʻzal” shiori ostida trening mashg‘uloti tashkil qilindi.


26-mart kuni O‘zDJTU psixologi Z.Xayrullayeva hamda Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori S.Nurullayeva hamkoriligida fakultetning 1-bosqich 2312 va 2316-guruh talabalari ishtirokida trening mashg‘ulotlari o'tkazildi.


Trening mashg‘ulotlarida "Stressiz hayot", "Men kimman..." kabi psixogimnastika trening dasturlaridan foydalanildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 25-mart kuni O’zDJTU vakillari hamda Ta'lim islohoti bo'yicha Yevropa va Markaziy Osiyo bo'limi boshlig'i, Kembridj universiteti xodimi Steve King o’rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Tomonlar o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Steve King malaka oshirish kurslari o'quv rejasi va dasturlari bo'yicha o'z fikrini bildirdi hamda Ingliz tili fakultetlari talabalari uchun 2-3 ta amaliy mashg'ulotlar tashkil qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.


Uchrashuvda Steve King va Kembridj universiteti vakillari bilan talabalar uchun yuqori sifatli ta'lim materiallari va resurslarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar ingliz tili va adabiyoti sohasidagi yangi tendensiyalar hamda o'quv jarayoniga innovatsion yondashuvlar joriy etish bo'yicha fikr almashdi. Yakunda yana qo’shimcha uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2⃣🍽3⃣💚3⃣🌏

Jahon meteorologiya tashkiloti tashabbusi bilan BMT shafeligida 1961-yildan buyon 23-mart kuni “Butunjahon meteorologiya kuni” (World Meteorological Day) sifatida nishonlanib kelmoqda. Kun shiori “Axborot asrida ob-havo, iqlim va suv” soʻzlari hisoblanadi.


Sana munosabati bilan 16-18 mart kunlari O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti dekani tashabbusi ostida talaba-yoshlar uchun ob-havo, iqlim, suv obyektlari va asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlarining joriy va kutilayotgan holatlari boʻyicha targʻibot tadbiri va davra suhbati tashkil etildi.

Dasturda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha dekan muovini, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari va Tabiiy fanlar kafedrasidan bir guruh professor oʻqituvchilari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

“TURIZM POYTAXTI” - SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT

🟢23-mart kuni Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi tomonidan bir guruh professor-oʻqituvchi, ishchi xodim hamda faol talabalar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

🔺Bir kunlik sayohat davomida 50 nafardan ziyod sayohatchilar gid hamrohligida Mirzo Ulug'bek rasadxonasi, Amir Temur, Bibi Xonim maqbaralari, Registon maydoni, Shohi Zinda ziyoratgohi hamda Samarqandning qoq markazida joylashgan Samarqand City bunyodkorlik majmualarida bo'lishdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🛑Weekly digest

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥

☄️Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Muhtaram ustozlar, universitetimiz xodimlari!
Aziz talaba-yoshlar!

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, mehnatkash xalqimizning ming yillik anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan yangi kun, uygʻonish va yangilanish, yangi nafas bayrami – Navroʻzi olam barchangizga muborak boʻlsin.

Bugun oʻlkamizga yangi kun – Navroʻz kirib keldi. Bu ulugʻ bayramda ming yillik tariximiz aks etadi. Qadimdan oliyjanob xalqimiz bu kunni qut-barakaning boshlanishi sifatida alohida kutishgan. Bu kunda yangi nihol, urugʻ yerga qadaladi. Don sepiladi. Bu baraka, rizq ifodasidir. Darhaqiqat, bugun ekilgan nihol ertaga oʻz mevasini berishi aniq.

Ertamiz umidi boʻlgan yoshlarimiz ham mana shu ekilayotgan nihollardek kelgusida oʻz mevasini berishi uchun bizga katta masʼuliyat yuklatilgan. Mamlakatimizning yangi istiqbolini bilimli, kreativ, tajribaga ega, dunyoqarashi keng yoshlarning shijoati belgilab beradi. Mana shunday yoshlarni tarbiyalashda va mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida astoydil xizmat qilayotgan barcha universitetimiz jamoasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Bugungi ulugʻ ayyom kunlari talabalarimiz ham ota — onalarini yoʻqlab, yoshi ulugʻlarni holidan xabar olib, doʻst-u qarindoshlar bilan koʻrishish niyatida oʻz tugʻilib oʻsgan xonadonlarida boʻlib turishibdi. Siz, aziz talabalar orqali barchangizning ota-onangiz va yaqinlaringizni ham ushbu ulugʻ ayyom bilan muborakbod etaman.

Sharqona yangi yilning boshlanishi ona diyorimizga yangi shukuh, fayz-u barakat olib kelsin. Koinotning fasllari almashinuvidagi tozarish va yangi kunlar sahifasini ochadigan bugungi bahoriy kun barchamizga muborak boʻlsin. Ilm — fan yoʻlidagi izlanishlarimiz samarali boʻlsin. Tinchlik va hamjihatlik insoniyatning bosh shiori boʻlsin!
Barchamizga Navroʻzi olam muborak boʻlsin!

Hurmat bilan, Ilxomjon TUXTASINOV, OʻzDJTU rektori, professor.
 

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌸 19-mart kuni Tarjimonlik fakultetida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.

Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda barchani bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Mazkur saylda fakultetlar tomonidan 12 ta viloyatning milliy taomlaridan dasturxon yozilib, milliy kiyimlar ko'rgazmasi tashkil etildi.


Talabalar tomonidan ijro etilgan she'riy chiqishlar, milliy kuy-qo'shiqlar, raqslar hamda sahna ko'rinishlari tadbirga ko'tarinki ruh baxsh etdi.

Bundan tashqari fakultet rahbariyati hamda professor-o'qituvchilari bilan birgalikda erkaklar o'rtasida milliy o'yinlardan biri "Arqon tortish" bellashuvi bo'lib o'tdi. Bu o'z navbatda tadbirga ko'tarinki kayfiyat taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 27-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida Yaponiyaning Dokkyo universiteti mas’ullari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv fakultet dekani X.Xakimov boshchiligida Yaponiyaning Dokkyo universiteti Xalqaro ishlar boʻyicha ma’sul xodimi, professor Hiroyuki Urabe va Ilmiy ishlar boʻyicha dekan muovini A.Xalillayev ishtirokida bo’lib o’tdi.


Dasturdan koʻzlangan maqsad, kelajakda ikki tomonlama talaba va o'qituvchilar almashinuvi, ispan, nemis, fransuz tillari oʻqituvchilari malakasini oshirish, grantlar ajratish, ilmiy sohani rivojlantirish masalalari boʻyicha hamkorliklar o'rnatishni rejalashtirishdan iborat.

📍 Roman-german filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 27-mart sanasida O'zbekiston yozuvchilar uyushmasida Obiddin Mahmudovning "Javohirnoma" asari taqdimoti bo'lib o'tdi.

Unda O'zDJTU Tarjimonlik fakulteti tyutorlari F.Habiyeva, T.Ashirova, N.Masadikova, Sh.Tursunova hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.


Taqdimotda,7 risoladan tashkil topgan asar mazmuni yoritildi. Unda vatan tuĝusi, tinchlik ne'mati, tarbiya jarayoni, muomala madaniyati, shukronalik tuyg'ulari keng yoritib berilgani ta'kidlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

27-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida Xorij va Boltiqbo'yi mamlakatlaridagi Sputnik multimedia markazlari direksiyasining video-kontent ishlab chiqarish bo'yicha mutaxassisi Dmitriy Budantsev tomonidan mahorat darsi o’tkazildi.


Dars davomida YouTube, TikTok, Telegram ijtimoiy tarmoqlari o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlar, professional video-montaj qilishda foydalaniladigan ilovalar, kontentlarni qiziqarli bo’lishi uchun foydalaniladigan kalit so’zlar haqida ma’lumot berildi.

Mahorat darsi ochiq muloqot tarzida tashkil etilib talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩🟩🟩

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil mart-iyun oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalar (arqon tortish, armrestling va stol tennisi) sport turlari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq Oʻzbekiston davlat jaon tillari universiteti tomonidan joriy yilning 26-mart kuni Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali oldida Ingliz tili birinchi fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovuni Atayev Gʻulom hamda jismoniy madaniyat va sport kafedrasi oʻqituvchisi Zikriyayev Xudayor boshchiligida fakultet talaba-yoshlari ishtirokida ommaviy sport tadbiri tashkil etildi.


Tadbirda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.

@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Odam_savdosi_davr_muammosi

Ma'lumki, bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish va bunday noxush voqealarni oldini olish global ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada odam savdosiga qarshi kurashning xalqaro va milliy qonunchilik normalarida qonuniy tartibga solinishi shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning samarali vositasi hisoblanadi.

📚O'zDJTU Ingliz tili 1-fakultetida  26-mart kuni “Odam savdosiga qarshi kurashish " mavzusida ochiq muloqot tashkil qilindi.


Bunda Toshkent shahar IIBB jinoyatchilikka qarshi kurashish Uchtepa tumani kiberxavfsizlik bo'lim boshlig'i Podpolkovnik D. Abdurahmonov, hudud profilaktika inspektori kapitan Sh. Bekmetov, dekan muovini va tyutorlar qatnashib, mavzuga doir videorolik ko’rsatildi hamda talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💠ODAM SAVDOSIGA QARSHIMIZ!

🌍Sayyoramizda bir qator global muammolar borki, bular sarasiga bevosita odam savdosi singari transmilliy jinoyatlarni ham kiritish mumkin.


🔰Buning oldini olish, yechim topish va unga qarshi kurashish maqsadida 26-mart, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov boshchiligida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha dekan muovinlari M.Jakbarov, Z.Hasanov, tyutorlar O.Artikova, Sh.Abramatova, M.Oʻtbosarova hamda Toshkent shahar Uchtepa tumani Kiber xavfsizlikka qarshi kurashish bo’limi boshlig’i Podpolkovnik D.Abduraxmonov, universitet profilaktika Katta inspektori Sh.Begmetov bilan hamkorlikda “Odam savdosi - eng oliy jinoyat” mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

⚜️Jarayonda yildan-yilga bu illatdan jabr chekayotgan, uning qurboni bo’layotganlar ortib borayotganligining sabablari koʻrsatilib, talaba-yoshlar ogohlikka chorlandi.


📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌏 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🌎

25-mart kuni Oʻzbekistonda “Yer soati” aksiyasi oʻtkazildi.


3⃣🌏 Mazkur aksiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti doktorantlari ham faol ishtirok etdi.

Ular “Yer soati” kuni munosabati bilan Yer sayyorasiga gʻamxoʻrlik qilish, tabiiy resurslarni asrash maqsadida barcha elektr jihozlarini bir soatga oʻchirib, tabiat qoʻynida vaqt oʻtkazishdi.

Shuningdek, OʻzDJTU doktorantlari barchani Yerning tabiiy boyliklarini asrab-avaylashga oʻz hissasini qoʻshish va sayyoramizga gʻamxoʻrlik qilishga chorladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📌

26-марта студенты отдела СОП УзГУМЯ-АГУ, 3-курса направления РКИ провели литературный вечер, посвященный гениальному поэту Александру Сергеевичу Пушкину, под названием   «И божество, и вдохновение, и жизнь, и слезы, и любовь».


Была создана эмоциональная атмосфера восприятия пушкинских произведений.
Студенты прочитали стихотворения и отрывки из сказок и поэм.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚖️👨‍💻👩‍💻💬

4⃣📚 7⃣🎯 25-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Markaziy Osiyoda nemis tilini oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.

Konferensiya Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 18-yanvardagi 16-son buyrugʻiga asosan O’zDJTU ning Oʻzbekistondagi nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.


Konferensiyada Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan 50 ga yaqin professor-oʻqituvchilar, Germaniya Federativ Respublikasi va yurtimizdagi oliy taʼlim dargohlaridan jami 150 nafar professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.

Dasturda nemis tilini oʻqitishda hududiy hamkorlik, nemis filologiyasining dolzarb masalalari, nemis tilini oʻqitishda innovativ va raqamli texnologiyalar, kasbga yoʻnaltirilgan nemis tilini oʻqitish hamda madaniyatlararo muloqot va tarjima masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili, O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O.Yusupov, Oʻzbekiston nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi prof. X.Rahimov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov, Toshkentdagi Gyote instituti til boʻlimi boshligʻi D.Muxammadaminova, Germaniya akademik almashinuv xizmati lektori Y.Mayer, Qozogʻistondagi nemis oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi M.Tankibayeva, Qirgʻiziston nemis oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi Z.Mambetova, Oʻzbekiston-Germaniya Doʻstlik jamiyati raisi Y.Ismailov taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni oʻqitishni rivojlantirish, yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha koʻnikma va malakalarini oshirish muammolari, chet tili oʻqituvchilari oldida turgan vazifalar va yo’lga qo’yilishi zarur bo’lgan hankorlik masalalari nutq so’zladi.


Yalpi majlisdan soʻng konferensiya oʻz ishini shoʻbalarda davom ettirdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy maktabi ilmiy-nazariy seminarga taklif etadi!

🖥 Seminar mavzusi: Qiyosiy adabiyotshunoslikning ayrim muammolari.

🎤 Ma’ruzachi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari bo'yicha doktori Jo'raqulov Uzoq Haydarovich.

Seminar vaqti: 2024-yil 27-mart 14:00 da.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 O'ZDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligida Xalqaro ishlar bo'yicha prorektor A.Nasirov va O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i A.Matyakubov O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tarkibida Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida amaliy xizmat safarida bo'lib turibdi. 

Safardan ko'zlangan maqsad, ushbu OTMga o'quv-metodik, xalqaro aloqalar hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirish bo'yicha amaliy yordam va tavsiyalar berishdan iborat.


Ma'lumot uchun: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti 2022-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🛑Haftalik dayjest


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔠🔡🔡🔡🔡🔣🔡🔡 🔡🔡🔡🔡


19-mart kuni, QTDda "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.

  Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari va talabalari barchangizni Navro'z bayrami bilan tabriklaydi.

Navro'z 𝘢𝘺𝘺𝘰𝘮𝘪𝘯𝘨𝘪𝘻 𝘮𝘶𝘣𝘣𝘰𝘳𝘢𝘬 𝘣𝘰'𝘭𝘴𝘪𝘯!


🇺🇿 Biz ijtimoiy tarmoqlarda📱

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

🍀Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalaqaro jurnalistika fakulteti talabalari ishtirokida o'tkazilgan tadbirdan lavha.


🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…
Подписаться на канал