👨💻👩💻🧠
“Hayot naqadar goʻzal” shiori ostida trening mashg‘uloti tashkil qilindi.
26-mart kuni O‘zDJTU psixologi Z.Xayrullayeva hamda Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori S.Nurullayeva hamkoriligida fakultetning 1-bosqich 2312 va 2316-guruh talabalari ishtirokida trening mashg‘ulotlari o'tkazildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 25-mart kuni O’zDJTU vakillari hamda Ta'lim islohoti bo'yicha Yevropa va Markaziy Osiyo bo'limi boshlig'i, Kembridj universiteti xodimi Steve King o’rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Steve King malaka oshirish kurslari o'quv rejasi va dasturlari bo'yicha o'z fikrini bildirdi hamda Ingliz tili fakultetlari talabalari uchun 2-3 ta amaliy mashg'ulotlar tashkil qilishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
2⃣🍽3⃣💚3⃣🌏
Jahon meteorologiya tashkiloti tashabbusi bilan BMT shafeligida 1961-yildan buyon 23-mart kuni “Butunjahon meteorologiya kuni” (World Meteorological Day) sifatida nishonlanib kelmoqda. Kun shiori “Axborot asrida ob-havo, iqlim va suv” soʻzlari hisoblanadi.
“TURIZM POYTAXTI” - SAMARQAND SHAHRIGA SAYOHAT
🟢23-mart kuni Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati hamda Kasaba uyushmasi tomonidan bir guruh professor-oʻqituvchi, ishchi xodim hamda faol talabalar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
🔺Bir kunlik sayohat davomida 50 nafardan ziyod sayohatchilar gid hamrohligida Mirzo Ulug'bek rasadxonasi, Amir Temur, Bibi Xonim maqbaralari, Registon maydoni, Shohi Zinda ziyoratgohi hamda Samarqandning qoq markazida joylashgan Samarqand City bunyodkorlik majmualarida bo'lishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥
☄️Assalomu alaykum, qadrli yurtdoshlar!
Muhtaram ustozlar, universitetimiz xodimlari!
Aziz talaba-yoshlar!
Milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, mehnatkash xalqimizning ming yillik anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan yangi kun, uygʻonish va yangilanish, yangi nafas bayrami – Navroʻzi olam barchangizga muborak boʻlsin.
Bugun oʻlkamizga yangi kun – Navroʻz kirib keldi. Bu ulugʻ bayramda ming yillik tariximiz aks etadi. Qadimdan oliyjanob xalqimiz bu kunni qut-barakaning boshlanishi sifatida alohida kutishgan. Bu kunda yangi nihol, urugʻ yerga qadaladi. Don sepiladi. Bu baraka, rizq ifodasidir. Darhaqiqat, bugun ekilgan nihol ertaga oʻz mevasini berishi aniq.
Ertamiz umidi boʻlgan yoshlarimiz ham mana shu ekilayotgan nihollardek kelgusida oʻz mevasini berishi uchun bizga katta masʼuliyat yuklatilgan. Mamlakatimizning yangi istiqbolini bilimli, kreativ, tajribaga ega, dunyoqarashi keng yoshlarning shijoati belgilab beradi. Mana shunday yoshlarni tarbiyalashda va mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida astoydil xizmat qilayotgan barcha universitetimiz jamoasiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.
Bugungi ulugʻ ayyom kunlari talabalarimiz ham ota — onalarini yoʻqlab, yoshi ulugʻlarni holidan xabar olib, doʻst-u qarindoshlar bilan koʻrishish niyatida oʻz tugʻilib oʻsgan xonadonlarida boʻlib turishibdi. Siz, aziz talabalar orqali barchangizning ota-onangiz va yaqinlaringizni ham ushbu ulugʻ ayyom bilan muborakbod etaman.
Sharqona yangi yilning boshlanishi ona diyorimizga yangi shukuh, fayz-u barakat olib kelsin. Koinotning fasllari almashinuvidagi tozarish va yangi kunlar sahifasini ochadigan bugungi bahoriy kun barchamizga muborak boʻlsin. Ilm — fan yoʻlidagi izlanishlarimiz samarali boʻlsin. Tinchlik va hamjihatlik insoniyatning bosh shiori boʻlsin!
Barchamizga Navroʻzi olam muborak boʻlsin!
Hurmat bilan, Ilxomjon TUXTASINOV, OʻzDJTU rektori, professor.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌸 19-mart kuni Tarjimonlik fakultetida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda barchani bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Mazkur saylda fakultetlar tomonidan 12 ta viloyatning milliy taomlaridan dasturxon yozilib, milliy kiyimlar ko'rgazmasi tashkil etildi.
🌍 #Earth_Day
💧 #World_Water_Day
🟢Kuni kecha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari boshchiligida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalaqaro jurnalistika fakultetida "Yer va Butun jahon suv resurslarini muhofaza qilish kuni" munosabati bilan talabalar ishtirokida Suv va Yer resurslarini muhofaza qilish va jamoatchilik orasida ekologik savodxonlikni oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
✅Mazkur uchrashuvda mutaxassislar tomonidan bo'lg'usi jurnalist talabalarga Yer va Suv insoniyatning, qolaversa, butun mavjudotning rizqu-nasibasini beradigan birdan-bir manba ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, Yer va Suv boyliklarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, uni kelajak avlodga bus-butun yetkazish borasida bilim va tavsiyalar berilib, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.
🗣Ma'lumot uchun, Yer kunida dunyoning turli mamlakatlarida anʼanaviy tarzda „Tinchlik qo‘ng‘irog‘i“ yangraydi. Bu yer ahlini global hamjamiyatni his qilishga va sayyoramizda tinchlikni himoya qilish, shu bilan birgalikda, Yer va Suv resurslarini saqlash uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi.
🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨
O’zDJTU da Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan talabalar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Faol jamoalarni jamlagan navbatdagi o’yin ham murosasiz qizg’in bahslarga boy bo’ldi.
Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o’rin — Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi;
2-o'rin — Ingliz tili 3-fakulteti jamoasi;
3-o'rin — Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi.
G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek,, “Ichki ishlar kubogi” Toshkent shahar bosqichida eng yaxshi hakamligi uchun Muxtorsho Shaalimovga ham diplom va maxsus statuetka topshirildi.
🟦🟦🟦
🌺 O’zDJTU Qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlaah bo’limi va Tarjimonlik fakultetida ham Navro’z shodiyonasi keng nishonlandi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. So’ng Tarjimonlik fakultet dekani Ulug’bek Yo’ldoshev fakultet jamoasi va talabalarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Yapon tili filologiyasi, Xitoy tili filologiyasi va Koreys tili filologiyasi kafedralarida Maqsadli ko’rsatkichlar toʻgʻrisida ilmiy yoʻnalish boʻyicha davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbat mobaynida maqsadli ko’rsatkichlarning muhim ahamiyati, KPI masalasi va xar chorakda topshiradigan kafedra hisobotlari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi va KPI ragʻbatlari toʻgʻrisida fikr bildirildi.
💻 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan Navro’z bayrami tadbirlaridan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💐 OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z!
19-mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti hamda Kechki va sirtqi ta’lim fakultetlarida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” shiori ostida bayram-tadbiri o’tkazildi.
Milliy qadriyat va urf-odatlarimizni oʻzida jamlagan tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌞🌱 19-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Assalom Navro’z!” bayram-tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Talabalar tomonidan milliy raqslar, kuy-qo’shiqlar ijro etilib, turli viloyatlarning milliy taomlarini aks ettiruvchi dasturxonlar tuzaldi. Talabalar uchun fakultet rahbariyati tomonidan osh tortiq etilib, fakultet jamoasi bir dasturxon atrofida taomlandi.
“Assalom, Navro’z” bayram-tadbirining so’nggida, faol ishtirok etgan professor-o’qituvchilar hamda talabalar taqdirlandi.
🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir Turkiston san'at saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati va bir nechta oliy ta'lim muassasalari rahbarlari umummilliy madaniy tadbirdan bahramand bo‘lish uchun yig‘ilishdi.
Tadbir doirasida turli madaniy chiqishlar, jumladan, spektakl namoyishlari bo'lib o‘tdi. San'atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi va milliy raqslar ijro etildi. Bu mehmonlarga o‘zbek madaniyati, urf-odatlarini yanada chuqurroq his etish imkonini berdi.
📌
26-марта студенты отдела СОП УзГУМЯ-АГУ, 3-курса направления РКИ провели литературный вечер, посвященный гениальному поэту Александру Сергеевичу Пушкину, под названием «И божество, и вдохновение, и жизнь, и слезы, и любовь».
⚖️👨💻👩💻💬
4⃣📚 7⃣🎯 25-mart kuni O’zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida “Markaziy Osiyoda nemis tilini oʻqitishning dolzarb masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻz ishini boshladi.
Konferensiya Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilning 18-yanvardagi 16-son buyrugʻiga asosan O’zDJTU ning Oʻzbekistondagi nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning tantanali ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakili, O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor O.Yusupov, Oʻzbekiston nemis tili oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi prof. X.Rahimov, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani H.Hakimov, Toshkentdagi Gyote instituti til boʻlimi boshligʻi D.Muxammadaminova, Germaniya akademik almashinuv xizmati lektori Y.Mayer, Qozogʻistondagi nemis oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi M.Tankibayeva, Qirgʻiziston nemis oʻqituvchilari assotsiatsiyasi raisi Z.Mambetova, Oʻzbekiston-Germaniya Doʻstlik jamiyati raisi Y.Ismailov taʼlim sifatini oshirish, xorijiy tillarni oʻqitishni rivojlantirish, yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha koʻnikma va malakalarini oshirish muammolari, chet tili oʻqituvchilari oldida turgan vazifalar va yo’lga qo’yilishi zarur bo’lgan hankorlik masalalari nutq so’zladi.
👨💻👩💻🧠
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar ilmiy maktabi ilmiy-nazariy seminarga taklif etadi!
🖥 Seminar mavzusi: Qiyosiy adabiyotshunoslikning ayrim muammolari.
🎤 Ma’ruzachi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori, filologiya fanlari bo'yicha doktori Jo'raqulov Uzoq Haydarovich.
⏰ Seminar vaqti: 2024-yil 27-mart 14:00 da.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 O'ZDJTU rektori I.Tuxtasinov boshchiligida Xalqaro ishlar bo'yicha prorektor A.Nasirov va O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i A.Matyakubov O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tarkibida Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institutida amaliy xizmat safarida bo'lib turibdi.
Safardan ko'zlangan maqsad, ushbu OTMga o'quv-metodik, xalqaro aloqalar hamda moddiy-texnik bazani rivojlantirish bo'yicha amaliy yordam va tavsiyalar berishdan iborat.
🛑Haftalik dayjest
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔠🔡🔡🔡🔡🔣🔡🔡 🔡🔡🔡🔡
19-mart kuni, QTDda "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.
Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari va talabalari barchangizni Navro'z bayrami bilan tabriklaydi.
Navro'z 𝘢𝘺𝘺𝘰𝘮𝘪𝘯𝘨𝘪𝘻 𝘮𝘶𝘣𝘣𝘰𝘳𝘢𝘬 𝘣𝘰'𝘭𝘴𝘪𝘯!
🇺🇿 Biz ijtimoiy tarmoqlarda📱
2️⃣2️⃣2️⃣
🍀Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi hamda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalaqaro jurnalistika fakulteti talabalari ishtirokida o'tkazilgan tadbirdan lavha.
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
Televizor, planshet va 6 ta smartfondan biriga ega bo‘ling!
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qildi!
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
♦️1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
♦️2-o‘rin – Samsung plansheti;
♦️3-o‘rin – Samsung smartfoni;
♦️4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔹“Tanlovning eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfoni.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌸 19-mart kuni Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi hamda Roman-german filologiyasi fakultetlari hamkorligida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda barchani bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌼O'zDJTU Ingliz tili birinchi va Ingliz tili uchinchi fakultetlarida qut-baraka ifodasi boʻlmish Navro’z bayrami keng nishonlandi.
Bayram dasturlari davomida oʻzbegimning har bir viloyatini aks ettiruvchi milliy taomlar pishirilib, fakultetlar jamoalari toʻkin dasturxon atrofida jam boʻldi.
Shodiyona fakultetning faol va iqtidorli talabalari tomonidan taqdim etilgan milliy urf-odatlarimizmi namoyon qiluvchi kuy-qo’shiqlar, raqslar, sahna ko’rinishlari bilan yanada fayzga yo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan "Ilmiy burchak" tashkil etildi.
🔤🔤✅🌹🔤😴🔤 🔤🪷🔤🔤
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Navro’z bayrami keng nishonlandi.
21-mart — Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan 19-mart kuni O’zDJTU ning har bir fakultetida bayram-tadbirlari tashkil etildi.
Shodiyona davomida universitetning faol va iqtidorli talabalari tomonidan milliy kuy-qo’shiqlar kuylandi, raqslar, sahna ko’rinishlari ijro etildi, o’yinlar, aytishuvlar, sport musobaqalari va boshqa an’anaviy bellashuvlar o’tkazildi, shuningdek, har bir fakultet, an’anaga muvofiq, respublikamizdagi 12 viloyatga tegishli bo’lgan milliy taomlardan dasturxon tuzadi, milliy kiyimlarimiz namoyishini taqdim etdi.
🟦🟦🟦
🟨🟨🟨
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi.
Madaniy tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov va bir qator oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Konsertda milliy musiqa asboblari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqs va teatrlashtirilgan ko'rinishlar namoyish etildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
19-mart kuni Xitoyning Shitszyachjun fan va texnologiyalar kasb-hunar kolleji vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda bir qator muhim mavzular muhokama qilindi. Ular orasida O‘zDJTUga til sohiblarini yuborish, ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, O‘zDJTU o‘qituvchilarining malakasini oshirish va stajirovka o‘tash uchun kollejga yuborish kabilar o'rin oldi.
👨🏫👩🏫
4⃣📚 18-mart kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yig'ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tadqiqotchi Mansurova Nodira Anvarovnaning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan "Ingliz va o’zbek tillaridagi marketing va menejment terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi bo'lib o'tdi.