O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🌍 #Earth_Day
💧 #World_Water_Day
🟢Kuni kecha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi xodimlari boshchiligida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalaqaro jurnalistika fakultetida "Yer va Butun jahon suv resurslarini muhofaza qilish kuni" munosabati bilan talabalar ishtirokida Suv va Yer resurslarini muhofaza qilish va jamoatchilik orasida ekologik savodxonlikni oshirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
✅Mazkur uchrashuvda mutaxassislar tomonidan bo'lg'usi jurnalist talabalarga Yer va Suv insoniyatning, qolaversa, butun mavjudotning rizqu-nasibasini beradigan birdan-bir manba ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, Yer va Suv boyliklarini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, uni kelajak avlodga bus-butun yetkazish borasida bilim va tavsiyalar berilib, talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.
🗣Ma'lumot uchun, Yer kunida dunyoning turli mamlakatlarida anʼanaviy tarzda „Tinchlik qo‘ng‘irog‘i“ yangraydi. Bu yer ahlini global hamjamiyatni his qilishga va sayyoramizda tinchlikni himoya qilish, shu bilan birgalikda, Yer va Suv resurslarini saqlash uchun saʼy-harakatlarni amalga oshirishga chaqiradi.
🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨
O’zDJTU da Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan talabalar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Faol jamoalarni jamlagan navbatdagi o’yin ham murosasiz qizg’in bahslarga boy bo’ldi.
Yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o’rin — Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi;
2-o'rin — Ingliz tili 3-fakulteti jamoasi;
3-o'rin — Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi.
G’olib jamoalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek,, “Ichki ishlar kubogi” Toshkent shahar bosqichida eng yaxshi hakamligi uchun Muxtorsho Shaalimovga ham diplom va maxsus statuetka topshirildi.
🟦🟦🟦
🌺 O’zDJTU Qo’shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo’limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlaah bo’limi va Tarjimonlik fakultetida ham Navro’z shodiyonasi keng nishonlandi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. So’ng Tarjimonlik fakultet dekani Ulug’bek Yo’ldoshev fakultet jamoasi va talabalarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Yapon tili filologiyasi, Xitoy tili filologiyasi va Koreys tili filologiyasi kafedralarida Maqsadli ko’rsatkichlar toʻgʻrisida ilmiy yoʻnalish boʻyicha davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbat mobaynida maqsadli ko’rsatkichlarning muhim ahamiyati, KPI masalasi va xar chorakda topshiradigan kafedra hisobotlari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi va KPI ragʻbatlari toʻgʻrisida fikr bildirildi.
💻 O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo’lib o’tgan Navro’z bayrami tadbirlaridan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💐 OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILAN, NAVRO‘Z!
19-mart kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti hamda Kechki va sirtqi ta’lim fakultetlarida “Olam nurga to’lsin sen bilan, Navro’z!” shiori ostida bayram-tadbiri o’tkazildi.
Milliy qadriyat va urf-odatlarimizni oʻzida jamlagan tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌞🌱 19-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Assalom Navro’z!” bayram-tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Talabalar tomonidan milliy raqslar, kuy-qo’shiqlar ijro etilib, turli viloyatlarning milliy taomlarini aks ettiruvchi dasturxonlar tuzaldi. Talabalar uchun fakultet rahbariyati tomonidan osh tortiq etilib, fakultet jamoasi bir dasturxon atrofida taomlandi.
“Assalom, Navro’z” bayram-tadbirining so’nggida, faol ishtirok etgan professor-o’qituvchilar hamda talabalar taqdirlandi.
🟦🟦🟦
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir Turkiston san'at saroyida bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati va bir nechta oliy ta'lim muassasalari rahbarlari umummilliy madaniy tadbirdan bahramand bo‘lish uchun yig‘ilishdi.
Tadbir doirasida turli madaniy chiqishlar, jumladan, spektakl namoyishlari bo'lib o‘tdi. San'atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar yangradi va milliy raqslar ijro etildi. Bu mehmonlarga o‘zbek madaniyati, urf-odatlarini yanada chuqurroq his etish imkonini berdi.
#xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman
Samarqand davlat chet tillar institutida "Xorijiy tillarni o'qitish metodikasi - innovatsiyalar, an'analar, muammolar va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Xalqaro anjumanda respublikamiz hamda xalqaro tashkilot va xorijiy muassasalar olimlari ishtirok etishdi.
17-mart kuni hamkorlik doirasida Bangladesh mustaqilligining asoschisi, yetuk davlat arbobi, bengal xalqining faxr-iftixori, millat otasiga aylangan benazir siyosatchi Bangadanxu Shayx Mujibur Raxmon tavalludining 104 yilligi hamda milliy bolalar kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani, Ulug'bek Yo‘ldoshev hamda Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti Begoyim Xolbekovalar nutq so‘zlab, Elchi janoblari Muxammad Monirul Islomga va shuningdek birodar bengal xalqiga o‘z tabriklarini izhor qildilar.
3⃣🌏 | 5⃣🌳
16-18 mart kunlari OʻzDJTU ning barcha manzildagi hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlangani haqida xabar bergan edik.
18-mart sanasida Tarjimonlik fakultetida "Adabiyot ma'naviyat dasturxoni nomli tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoira Gulbahor Jumayeva, Shahodat Isaxonova, Ingliz tili tarjima nazariyasi dotsenti, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi , "Do'stlik" ordeni sohibi Begoyim Xolbekova hamda fakultet tyutorlari tomonidan tashkil etildi
O'zDJTU da xayriya hashari davom etmoqda.
Rektori I.Tuxtasinov,va xodimlar universitetning asosiy kirish qismlari,sport maydonchasi,gulzor,va yo'laklarni obodonlashtirishda faol ishtirok etishmoqda.
Universitet rektori I.Tuxtasinovning ta'kidlashicha, hashar - bu nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, shuningdek, hamjihatlik,o'zaro mehr-oqibat,jamoaviy ishlash ruhini talaba yoshlarga o'rnak sifatida ko'rsatishda muhim va ahamiyatlidir.
Joriy yilning 16-mart kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va O’zbek tili kafedralarida "Maqsadli ko’rsatkichlar" va "Filologiya masalalari" jurnallarida maqola chop etish toʻgʻrisida ilmiy yoʻnalish boʻyicha davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbat mobaynida maqsadli ko’rsatkichlarning muhim ahamiyati, KPI masalasi va xar chorakda topshiradigan kafedra hisobotlari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi va KPI ragʻbatlari toʻgʻrisida fikr bildirildi.
Navro'z bayrami munosabati bilan O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida navbatdagi xayriya hashari tashkil etildi
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o’tkazilgan hasharda fakultet rahbar xodimlari hamda o’qituvchilar faol ishtirok etib fakultet hududi tozalandi.
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
Televizor, planshet va 6 ta smartfondan biriga ega bo‘ling!
Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi va Oyina.uz portali “Navro‘z” milliy qadriyatlar viktorinasi” onlayn intellektual tanlovini e’lon qildi!
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
♦️1-o‘rin – Artel Smart TV 43;
♦️2-o‘rin – Samsung plansheti;
♦️3-o‘rin – Samsung smartfoni;
♦️4–10-o‘rinlar – kitoblar to‘plami;
🔹“Tanlovning eng faol targ‘ibotchisi” nominatsiyasi 5 nafar g‘olibi – Samsung smartfoni.
Bizni kuzating
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌸 19-mart kuni Ingliz filologiyasi, Sharq filologiyasi hamda Roman-german filologiyasi fakultetlari hamkorligida "Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!" shiori ostida bayram sayli o'tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda barchani bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🌼O'zDJTU Ingliz tili birinchi va Ingliz tili uchinchi fakultetlarida qut-baraka ifodasi boʻlmish Navro’z bayrami keng nishonlandi.
Bayram dasturlari davomida oʻzbegimning har bir viloyatini aks ettiruvchi milliy taomlar pishirilib, fakultetlar jamoalari toʻkin dasturxon atrofida jam boʻldi.
Shodiyona fakultetning faol va iqtidorli talabalari tomonidan taqdim etilgan milliy urf-odatlarimizmi namoyon qiluvchi kuy-qo’shiqlar, raqslar, sahna ko’rinishlari bilan yanada fayzga yo’ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan "Ilmiy burchak" tashkil etildi.
🔤🔤✅🌹🔤😴🔤 🔤🪷🔤🔤
O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Navro’z bayrami keng nishonlandi.
21-mart — Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan 19-mart kuni O’zDJTU ning har bir fakultetida bayram-tadbirlari tashkil etildi.
Shodiyona davomida universitetning faol va iqtidorli talabalari tomonidan milliy kuy-qo’shiqlar kuylandi, raqslar, sahna ko’rinishlari ijro etildi, o’yinlar, aytishuvlar, sport musobaqalari va boshqa an’anaviy bellashuvlar o’tkazildi, shuningdek, har bir fakultet, an’anaga muvofiq, respublikamizdagi 12 viloyatga tegishli bo’lgan milliy taomlardan dasturxon tuzadi, milliy kiyimlarimiz namoyishini taqdim etdi.
🟦🟦🟦
🟨🟨🟨
Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan konsert dasturi tashkil etildi.
Madaniy tadbirda universitet rektori I.Tuxtasinov va bir qator oliy ta'lim muassasalari rahbarlari hamda 20 ga yaqin professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etishdi. Konsertda milliy musiqa asboblari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqs va teatrlashtirilgan ko'rinishlar namoyish etildi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
19-mart kuni Xitoyning Shitszyachjun fan va texnologiyalar kasb-hunar kolleji vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda bir qator muhim mavzular muhokama qilindi. Ular orasida O‘zDJTUga til sohiblarini yuborish, ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, O‘zDJTU o‘qituvchilarining malakasini oshirish va stajirovka o‘tash uchun kollejga yuborish kabilar o'rin oldi.
👨🏫👩🏫
4⃣📚 18-mart kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi qoshidagi Kengaytirilgan kafedra yig'ilishi bo’lib o’tdi.
Yig’ilishda tadqiqotchi Mansurova Nodira Anvarovnaning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan "Ingliz va o’zbek tillaridagi marketing va menejment terminlarining struktur-semantik xususiyatlari va tarjima muammolari” mavzusidagi dissertatsiyasining muhokamasi bo'lib o'tdi.
“REKTOR KUBOGI”YARIM FINAL ISHTIROKCHILARI ANIQLANDI.
18-mart, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan talabalar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 9 ta fakultetdan jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.
Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi;
Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi;
Ingliz tili 3-fakulteti jamoasi;
Rus filologiyasi fakulteti jamoasi
🔰KAFEDRALAR FAOLIYATI YUZASIDAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI
🟠 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov hamda dekan muovinlari tomonidan yigʻilish oʻtkazildi.
🔶Yigʻilish kafedralar kesimida bajarilgan topshiriqlar sarhisobi, takliflar va kamchiliklar, ish samaradorligi darajasini belgilovchi KPI tizimi hamda kelgusidagi ish rejalari yuzasidan tashkil etildi.
🟠Jarayonda, har bir dekan muovinlari tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha kafedra mudiri, professor-oʻqituvchilarga topshiriq va takliflar berildi.
📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida jurnalist, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, tarjimon — Nodirabegim Ibrohimova bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov Nodirabegim Ibrohimova ijodi va faoliyatiga to’xtalib o’tib, talabalarning ijodkordan o’rnak olishi lozim bo’lgan jihatlari haqida gapirib o’tdi.
#Ilmiy_burchak
⚡️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida Ilmiy burchak tashkil etildi.
📚Bu orqali mutolaga qiziquvchi talabalar va o'qituvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga va ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanish bilim va tajribalarini almashish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar va to'plamlar haqida bir qancha ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Hashar elga yarashar!
Bugun Navro'z bayrami munosabati bilan OʻzDJTU ning Uchtepa tumani Zakovat koʻchasi 4-uy manzilida ,, Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng jamoatchilik asosida tashkil etildi.
Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri.An’anaga ko'ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar kiradi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆 16-mart kuni Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekistondagi OTMlar oʻrtasida tashkil etilgan "Karuta taikai" yapon tilidagi maqollar va iboralar musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Butun Oʻzbekiston bo’ylab o’tkazilgan musobaqada OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti YAP2206-guruh talabasi Berdiyorov Samandar 1-oʻrinni, YAP2206-guruh talabasi Xolmo’minov Diyorbek 2-oʻrin, YAP2205-guruh talabasi Gaynitdinova Samira 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
📊3⃣🌏
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq hashar 16 - mart kuni keng jamoatchilik asosida tashkil qilindi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tarjimonlik” fakultetida ham barcha kafedralar mehnat tadbirlarida o‘z hissasini qo‘shdilar.