#xalqaro_ilmiy_amaliy_anjuman
Samarqand davlat chet tillar institutida "Xorijiy tillarni o'qitish metodikasi - innovatsiyalar, an'analar, muammolar va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Xalqaro anjumanda respublikamiz hamda xalqaro tashkilot va xorijiy muassasalar olimlari ishtirok etishdi.
17-mart kuni hamkorlik doirasida Bangladesh mustaqilligining asoschisi, yetuk davlat arbobi, bengal xalqining faxr-iftixori, millat otasiga aylangan benazir siyosatchi Bangadanxu Shayx Mujibur Raxmon tavalludining 104 yilligi hamda milliy bolalar kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Tarjimonlik fakulteti dekani, Ulug'bek Yo‘ldoshev hamda Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dotsenti Begoyim Xolbekovalar nutq so‘zlab, Elchi janoblari Muxammad Monirul Islomga va shuningdek birodar bengal xalqiga o‘z tabriklarini izhor qildilar.
3⃣🌏 | 5⃣🌳
16-18 mart kunlari OʻzDJTU ning barcha manzildagi hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlangani haqida xabar bergan edik.
18-mart sanasida Tarjimonlik fakultetida "Adabiyot ma'naviyat dasturxoni nomli tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi shoira Gulbahor Jumayeva, Shahodat Isaxonova, Ingliz tili tarjima nazariyasi dotsenti, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi , "Do'stlik" ordeni sohibi Begoyim Xolbekova hamda fakultet tyutorlari tomonidan tashkil etildi
O'zDJTU da xayriya hashari davom etmoqda.
Rektori I.Tuxtasinov,va xodimlar universitetning asosiy kirish qismlari,sport maydonchasi,gulzor,va yo'laklarni obodonlashtirishda faol ishtirok etishmoqda.
Universitet rektori I.Tuxtasinovning ta'kidlashicha, hashar - bu nafaqat atrof-muhitni obodonlashtirish, shuningdek, hamjihatlik,o'zaro mehr-oqibat,jamoaviy ishlash ruhini talaba yoshlarga o'rnak sifatida ko'rsatishda muhim va ahamiyatlidir.
Joriy yilning 16-mart kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti Jahon adabiyoti va O’zbek tili kafedralarida "Maqsadli ko’rsatkichlar" va "Filologiya masalalari" jurnallarida maqola chop etish toʻgʻrisida ilmiy yoʻnalish boʻyicha davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbat mobaynida maqsadli ko’rsatkichlarning muhim ahamiyati, KPI masalasi va xar chorakda topshiradigan kafedra hisobotlari to’g’risida tushuntirish ishlari olib borildi va KPI ragʻbatlari toʻgʻrisida fikr bildirildi.
Navro'z bayrami munosabati bilan O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida navbatdagi xayriya hashari tashkil etildi
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o’tkazilgan hasharda fakultet rahbar xodimlari hamda o’qituvchilar faol ishtirok etib fakultet hududi tozalandi.
3⃣🌏 16-mart kuni O'zDJTU da Navro'z bayrami munosabati bilan navbatdagi xayriya hashari tashkil etildi.
“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o’tkazilgan hashar universitetimizni yanada ko‘rkam qilish, hamjihatlik va birlashganlik hissini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi. Unda barcha rahbar xodimlar tozalik va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishdi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
7⃣🎯 O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti rahbariyati Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga tashrif buyurdi.
Fakultet dekani U.R.Yo’ldoshev, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri J.R.Abduganiyeva hamda kafedra professor-o’qituvchilaridan iborat universitet vakillari maktab rahbariyati hamrohligida ta’lim dargohida yaratilgan imkoniyatlar, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan qulayliklar, xususan, o’quv xonalari va yotoqxonadagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
16-mart kuni O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva tomonidan navbatdagi psixologik seminar-trening tashkil etildi.
Trening davomida Tarjimonlik fakulteti tyutori T.Ashirova hamda 2121-2122 guruh talabalari ishtirokida “Sung so‘rovnomasi” va “Nevrasteniyani aniqlashning ekspress shkalasi” mashg’ulotlari o‘tkazildi.
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Innovatsion Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.
Innovatsion Kengashda universitetda ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog‘liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish masalasi muhokama qilindi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 1-mart "Diskriminatsiyaga qarshi kurashish" kuni munosabati bilan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Ingliz tili 2-fakulteti, dekani B.Kulmatov, dekan muovini I.Bozorov va katta oʻqituvchi Eldar Glyazitdinovning tashabbusi bilan Diskriminatsiyaga qarshi kurashish kuni uchun targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
💠 Joriy yilning 14-mart kuni O'zDJTUda Rus filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Azizova Dilfuza tomonidan Aleksandr Faynberg hayoti va ijodini targ'ib qilish maqsadida Universitet kesimida "Своя игра" va "Zakovat" intelektual o'yini tashkillashtirildi.
🗣Tadbirni Iqtidorli talabalarni Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i Ismatova Shahnoza Miraxmatovna ochib berdi.
🔴Tanlovda Universitetda tasis etilgan "Aleksandr Faynberg" nomidagi maxsus stipendiyaga talabgorlar bilimlarini sinashdi.
✅Tanlovda
1️⃣➖o'ringa Rus filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi
Abdurayimova Lola eng yuqori 180 ball bilan loyiq deb topildi.
2️⃣➖o'ringa Ingliz tili 3-fakulteti 2-bosqich talabasi Sobirova Asilabonu 175 ball bilan loyiq deng topildi.
3️⃣➖o'ringa Ingliz tili 2 fakulteti talabasi Abdusalomova Mavluda 165 ball bilan loyiq deng topildi.
⚡️Ishtirok etgan barcha talabalarga minnatdorchilik bildiramiz🤩
🚀 TELEGRAM
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida Ilmiy burchak tashkil etildi.
Bu orqali talabalar va o'qituvchilar ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanish bilim va tajribalarini almashish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar va to'plamlar haqida bir qancha ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
15-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Siyosatshunoslik yo'nalishi 2-bosqich talabalari fakultet tyutori B.Mirsagatov boshchiligida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis parlamentida bo’ldi.
XDP partiyasi kordinatorlari bilan birgalikda tashkil etilgan tashrif davomida talabalar parlament muzeylari va kutubxonalari faoliyati bilan tanishdilar.
“REKTOR KUBOGI”YARIM FINAL ISHTIROKCHILARI ANIQLANDI.
18-mart, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan talabalar oʻrtasida futbol sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqada 9 ta fakultetdan jami 24 ta jamoa ishtirok etdi.
Ingliz tili 1-fakulteti jamoasi;
Ingliz tili 2-fakulteti jamoasi;
Ingliz tili 3-fakulteti jamoasi;
Rus filologiyasi fakulteti jamoasi
🔰KAFEDRALAR FAOLIYATI YUZASIDAN YIGʻILISH OʻTKAZILDI
🟠 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti dekani B.Kulmatov hamda dekan muovinlari tomonidan yigʻilish oʻtkazildi.
🔶Yigʻilish kafedralar kesimida bajarilgan topshiriqlar sarhisobi, takliflar va kamchiliklar, ish samaradorligi darajasini belgilovchi KPI tizimi hamda kelgusidagi ish rejalari yuzasidan tashkil etildi.
🟠Jarayonda, har bir dekan muovinlari tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha kafedra mudiri, professor-oʻqituvchilarga topshiriq va takliflar berildi.
📍
🟦 |Telegram| 🟦Instagram| 🟦Facebook|
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida jurnalist, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi, tarjimon — Nodirabegim Ibrohimova bilan davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov Nodirabegim Ibrohimova ijodi va faoliyatiga to’xtalib o’tib, talabalarning ijodkordan o’rnak olishi lozim bo’lgan jihatlari haqida gapirib o’tdi.
#Ilmiy_burchak
⚡️Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakultetida Ilmiy burchak tashkil etildi.
📚Bu orqali mutolaga qiziquvchi talabalar va o'qituvchilarning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga va ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanish bilim va tajribalarini almashish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar va to'plamlar haqida bir qancha ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Hashar elga yarashar!
Bugun Navro'z bayrami munosabati bilan OʻzDJTU ning Uchtepa tumani Zakovat koʻchasi 4-uy manzilida ,, Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng jamoatchilik asosida tashkil etildi.
Xalqimizda dunyoning boshqa xalqlari o’rganadigan, havas qilsa arziydigan qadriyatlari, urf-odatlari talaygina. Shulardan biri — bu hashar. Hashar — bu ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam shakllaridan biri.An’anaga ko'ra tozalik, ozodalik, ko’cha-xiyobonlarni obod qilish, daraxtlarga ishlov berish, atrof-muhitni ozoda-sarishtaligini ta’minlash kabi ishlar kiradi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆 16-mart kuni Yaponiyaning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan Oʻzbekistondagi OTMlar oʻrtasida tashkil etilgan "Karuta taikai" yapon tilidagi maqollar va iboralar musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Butun Oʻzbekiston bo’ylab o’tkazilgan musobaqada OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakulteti YAP2206-guruh talabasi Berdiyorov Samandar 1-oʻrinni, YAP2206-guruh talabasi Xolmo’minov Diyorbek 2-oʻrin, YAP2205-guruh talabasi Gaynitdinova Samira 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
📊3⃣🌏
🇺🇿O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿 Tarjimonlik fakulteti
INGLIZ TILI TARJIMA NAZARIYASI KAFEDRASI
Respublikamizning barcha hududlarida umumxalq hashar 16 - mart kuni keng jamoatchilik asosida tashkil qilindi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tarjimonlik” fakultetida ham barcha kafedralar mehnat tadbirlarida o‘z hissasini qo‘shdilar.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
3⃣🌏 16-mart kuni O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti O’zbekiston ekologik partiyasi bilan hamkorlikda Zangiota tumanida joylashgan O’zbekiston Respublikasining birinchi bolalar xospisida bo’ldi.
“Taskin” bolalar xospisida “Sahovat oyida murg’ak qalblar uchun yashil bog’” shiori ostida hayriya hashari o’tkazildi. Ushbu hayriya hasharidan ko’zlangan maqsad onkologik kasalliklarga chalingan va og’ir dard bilan kurashayotgan bolalar qalblariga taskin berish, bir oz bo’lsa-da quvonch ulashish, toza havodan nafas olishlari uchun qulay ekologik hudud yaratishdir.
3⃣🌏 16-mart kuni erta tongdan OʻzDJTU barcha manzildagi hududlarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 137-F-son farmoyishiga muvofiq tashkil etilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida universitet hududiga tegishli boʻlgan barcha tevarak-atrof tozalandi, daraxt va nihollarga ishlov berilib, oqlandi.
O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov Farg'ona davlat universiteti yangi o'quv binosi ochilishida ishtirok etdi.
Marosim doirasida Pedagogika va psixologiya fakulteti binosining tantanali ochilishi bo'lib o'tdi. Unda Oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vaziri, bir qator oliy ta'lim muassasalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. So'ngra “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash – bosh maqsadimiz" mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.
15-mart kuni O'zDJTU da "Ilmiy noshirlik faoliyati hamda dissertatsiyalarda koʻchirmachilikni aniqlash tizimini yanada takomillashtirish" buyrugʻi asosida, "Filologiya masalalari" elektron jurnalda chop etiladigan maqolalarga yangi talablar belgilandi va ularning xalqaro ilmiy ma'lumotlar bazalariga indeksatsiyasi muhokama qilindi.
Indeksatsiyalash ishlarini amalga oshirishda maqolalarga qoʻyiladigan talablar hamda ilmiy jurnal bazasi https:slib.uz/ milliy ilmiy nashrlarini baholash metodikasi (UzSci) bilan integratsiya qilish orqali jurnallarning avtomatlashtirilgan reyting tizimi joriy qilishni belgilash muhokama qilindi.
Bugun Roman-german fakulteti Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi talabalari o’rtasida "Mutolaa zavqi" nomli ko’rik-tanlov bo’lib o’tdi.
Tanlovdan maqsad talabalarda kitob o’qish ko’nikmasini rivojlantirish va nemis adabiyotining yorqin vakillari asarlari bilan tanishtirishdir.Talabalar uchun ma'lum muddatga tanlov sifatida berilgan Daniel Glattauerning "Shimol shamoli shashti" romanini o’qib talabalar o’z fikrlari bilan almashdilar.
15-mart kuni poytaxtimiz markazidagi Adiblar xiyobonida Navroʻz bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
OʻzDJTU Ingliz va Rus filologiyasi fakultetlari tyutorlari tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda universitetda tahsil olayotgan koreys, yapon, xitoy, qozoq, qirgʻiz, rus millatiga mansub xorijlik talabalar ishtirok etdi.
#tadbir
Bugun O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Navro'z" bayrami munosabati bilan tadbir bo'lib o'tdi.
15-mart kuni O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksika kafedrasi tomonidan "Navro'z" bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida 1-bosqich faol talabalari ishtirokida kuy-qo'shiqlar, she'rlar, qiziqarli viktorina va QVZ sahna ko'rinishlari ijro etildi.
O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari va 3-4 bosqich talabalari ishtirokida "Xush kelding Navroʻzi olam" deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Shu kunlarda atrofda ajib manzaralar barq urib, tabiat uyg‘onmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Yangilanish, yasharish fasli boshlandi. Tun bilan kun tenglashadigan kunda nishonlanadigan, xalqimiz uchun sharqona yangi yil — Navro‘z ayyomi yurtimizga kirib kelmoqda.