O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Sinxron tarjima laboratoriyasi.
Sinxron tarjimaga o'qitish laboratoriyalarimizdagi amaliy mashg'ulotlar sizga ham yoqadimi? Amaliyotga yo'naltirilgan darslarimiz orqali siz tarjima qilish ko'nikmalarini rivojlantirasiz.
#Hamkorlik
Joriy yilning 14-mart kuni Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev , dekan muovini A.Sattorov va Yapon tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri N.Xamidova bilan birgalikda fakultetga biriktirilgan Uchtepa tumani "Paxtakor" mahallasida joylashgan 81-oʻrta taʼlim maktabi hamda 17-sonli va 396-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad Universitet va maktab hamda maktabgacha ta'lim muassasalari oʻrtasida integrallashgan hamkorlik oʻrnatib, tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish va sifatini oshirish, shuningdek, chet tillarni o’qitishni bog’chadan boshlab oʻrgatish tizimini yo’lga qo’yish hamda o'quvchi-yoshlarning o'z iste'dodini to'liq namoyon etishlariga har tomonlama ko'maklashish va 81-maktab oʻquvchilari uchun koreys va xitoy tillarini oʻrgatish boʻyicha toʻgaraklar ochishdan iborat.
Bugun O'zDJTU da O'zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix instituti direktori akademik Azamat Ziyo bilan ilmiy ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O'zDJTU rektori so'zga chiqib, olimning o‘zbek xalqi va davlatchiligi, temuriylar, boburiylar, shayboniylar, ashtarxoniylar davri tarixiga olimning qo‘shgan hissasi haqida alohida ta’kidlab o'tdi. Shuningdek, institutning xalqaro hamkorligi, ya’ni Turkiya, Hindiston, Misr davlatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Ispaniya va Italiya bilan amalga oshirilgan hamkorlik loyihalari haqida ham ma’lumotlar berildi.
🟩🟩🟩
13-mart kuni Tarjimonlik fakultetida ingliz tilida bilim darajani rivojlantirish maqsadida “Freshmen battle” bellashuv bo‘lib o’tdi.
Bellashuvda talabalar uch yo'nalish bo'yicha o'z bilimlarini sinab ko'rishdi.
2301-guruh – Usmonova Durdona – “Eng faol talaba qiz”;
2303-guruh Alixo’jayev Sulton – “Eng yorqin ijodkor”;
2304-guruh Eshtemirov Akbar – “Eng yaхshi talaffuz sohibi”;
2325-guruh Tursunbayev Alisher “Eng yaхshi aktyorlik qobiliyati”.
🟥🟥🟥
Xabaringiz bor, yaqinda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari orasida Davlat mukofotiga loyiq topilgan yoshlar soni yana bittaga ortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Alisher Navoiy, Aleksandr Faynberg, Registon nomli stipendiyalar sohibasi, 100 ga yaqin ilmiy maqolalar hamda 10 ga yaqin ijodiy ishlar muallifi, 7 ta tilda erkin muloqot qila oluvchi poliglot OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Dilshoda Hakimova Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga munosib topildi.
🟦🟦🟦🟦
Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan "Ilmiy burchak" tashkil etildi.
Bu orqali talabalar va o'qituvchilar ilmiy tadqiqotlar bilan shug'ullanish bilim va tajribalarini almashish, shuningdek,ilmiy adabiyotlar va to'plamlar haqida bir qancha ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
🆕 🟥🟥🟥
📣 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun ajoyib yangilik!
❓Siz davlat stipendiyalari, ilmiy maqolalar yozish hamda davlat mukofotlari, ularga tayyorgarlik jarayonlari haqida bilishni istaysizmi? Unday bo'lsa, ushbu uchrashuv aynan siz uchun!
7⃣🎯 🤝🌏👨🏫👩🏫 13-mart kuni Fransiya delegatsiyasi a'zolari O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
🖥 Batafsil…
———
7⃣🎯 🤝🌏👨🏫👩🏫 13 марта члены французской делегации посетили Государственный университет мировых языков Узбекистана.
🖥 Подробнее…
———
7⃣🎯 🤝🌏👨🏫👩🏫 On March 13, a delegation from France visited the Uzbekistan State World Languages University
🖥 More…
———
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Kelayotgan Navro’z bayrami munosabati bilan O’zDJTU xodimlari o’rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Bellashuv erkaklar o’rtasida futbol sport turi bo’yicha o’tkazildi.
Ishtirokchi-jamoalar qayd etgan natijalar quyidagicha:
1-o’rin — Ingliz tili 2-fakulteti;
2-o’rin — Doktorantura jamoasi;
3-o’rin — Sharq filologiyasi fakulteti.
1-o’rin — Ingliz filologiyasi fakulteti;
2-o’rin — Roman-german filologiyasi fakulteti;
3-o’rin — Ingliz tili 2-fakulteti;
4-o’rin — Sharq filologiyasi fakulteti.
5️⃣5️⃣5️⃣
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularning isteʼmolchilar huquqlarni himoya qilish va moliyadan masʼuliyatli foydalanish sohalaridagi bilimlarini yanada oshirish hamda sinovdan oʻtkazish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlik boʻyicha bilimli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida, har yili “15-mart — Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni”ga bagʻishlangan “Moliyaviy savodxon yosh isteʼmolchi” bilimlar tanlovi oʻtkazib keladi.
ℹ️ O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi faoliyati infografikasi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
11-mart kuni Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Ashurova Dilyaram Umarovna, universitet rahbariyati tomonidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov fidoyi ustoz Dilyaram Umarovnani ko'p yillik samarali mehnati va sadoqati uchun Vazirlik faxriy yorlig'i bilan taqdirladi hamda kelajakdagi izlanishlari va pedagogik faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqqiyatlar tiladi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
9-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri 2-son Kasb-hunar maktabi bitiruvchilari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga universiteti faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Ularga O’zDJTU Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi bosh mutaxassisi Ulugʻbek Ramazanov hamrohlik qildi.
Bugun 10-mart sanasida "Toshkent dengizi" hududidagi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining dam olish oromgohida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chatlar ekildi.
Unda O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov prorektor va rahbar xodimlar ishtirokida birgalikda belgilangan hududda buta va ko'chatlar ekish ishlari amalga oshirildi.
2024-yil 9-mart kuni Tarjimonlik fakultetida sportning futbol turi bo'yicha fakultet saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqa 5 muhim tashabbus doirasidaTarjimonlik fakultet dekani U.R.Yo'ldoshev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.Nazarov hamda tyutorlar tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etildi. Ushbu bosqichda 8 nafar jamoa ishtirok etdi.
Shuningdek, Ushbu jamoalardan
1- o'rin "Ardus" jamoasi
2- o'rin "Liverpul" jamoasi
3- o'rin "Tarjimon 2" jamoasi qo'lga kiritdi.
● Professor-oʻqituvchilar, metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha muassasalar xodimlari diqqatiga!
● O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan 2024-yil 29-30-may kunlari "O'QITUVCHILAR TA'LIMINING TADQIQOTLARGA ASOSLANGAN TRANSFORMATSIYASI: AN'ANA-INNOVATSIYA ASOSI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazilishi munosabati bilan maqolalar qabuli davom etmoqda.
● Maqolalar 2024-yil 25 -aprelga qadar qabul qilinadi.
● Batafsil ma'lumot axborot xatida (information letter)
● Maqolalarni yuborish va konferensiya haqida murojaat uchun:
practical.aspects.2@gmail.com
● Xorijlik mualliflar uchun maqola chop etish mutlaqo bepul. (Articles by foreign authors are accepted and published free of charge)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#WikiTargʻibot
150 million? WikiStipendiya III? Axir qanday?!
Internetda oʻzbek tilidagi kontentlarni koʻpaytirish maqsadida tashkil etilgan Wikistipendiya loyihasining 3-mavsumi boshlanish arafasida! Ushbu loyihada qatnashish uchun oliy ta'lim muassalaridan jamoaviy ishtirok etishlari talab etiladi.
Jahon tillari universiteti talabalari allaqachon favoritlar qatorida.Siz ham bu jamoaga qo'shilish orqali Wikipedia ensiklopediyasida maqolalar yozish va tahrir qilish ko'nikmalarini o'rganishingiz mumkin. WikiStipendiya 3-mavsumida qatnashish imkoniyatidan foydalaning!
🟨🟨🟨🟨🟨
📣 Siz kutgan ajoyib va qaynoq yangilik!
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti iqtidorli talabalari diqqatiga Aleksander Faynberg hayoti va ijodini o'rganish va tatbiq qilish maqsadida tashkillashtirilgan ajoyib tanlovni e'lon qilamiz!
Tanlovda shoir haqidagi o'z ijod namunangiz orqali qatnashishingiz mumkin:
✅ She'rlar
✅ Tarjimalar
✅ Insholar
✅ Videoroliklar
✅ Rasmlar
✅ Faynbergga bag'ishlangan logo
Ishtirokchilar taqdim etgam ijodiy ishlar Faynbergga ehtirom kanaliga joylab boriladi.
G'oliblar shoir hayoti va ijodiga bag'ishlangan kechada ishtirok etishadi va taqdirlanishadi.
📩 Ijodiy ishlaringizni @Gulshoda_Lazizovna ga yuborishingiz so'raladi.
⏰ Tanlovda ishtirok etishning so'nggi muddati 2024-yil 17-aprel soat 21:00 gacha!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👨💻👩💻🧠
14-mart kuni O‘zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori D.Matyakubova tomonidan yana bir motivatsion trening tashkil etildi.
Trening 2113-guruh talaba-qizlari ishtirokida bo’lib o’tdi.
“Hayot go’zal" shiori ostida o’tkazilgan dasturni amalga oshirishdan maqsad stress va zoʻriqishlarni bartaraf etadigan mashg‘ulotlarni tashkil etib, hayotning naqadar bebaho ne’mat ekanligini anglashdan iborat.
🤝🌏👨🏫👩🏫
13-mart kuni O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov Toshkentdagi Yaponiya raqamli universiteti rektori R.Mamajonovni qabul qildi.
Tomonlar umumta’lim maktablarida yapon tilini ikkinchi til sifatida kiritish, O’zDJTU yapon tili guruhi talabalari uchun kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda Yaponiyadan malakali va salohiyatli professor-o’qituvchilarni O’zDJTU va Yaponiya raqamli universitetiga jalb qilish masalalarni muhokama qildilar.
Bugun O'zDJTU Roman-german filologiyasi fakultetiga Fransiya delegatsiyasi aʼzolari tashrif buyurdi.
Delegatsiyasining tashrifi munosabati bilan, universitet o'qituvchilari va talabalar fransuz madaniyati va tilini o'rganish bo'yicha o'zaro hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.Uchrashuv davomida fransiyalik delegatsiya aʼzolari 3-bosqich fransuz tili talabalarini dars jarayonlarida ishtirok etdi.
👨💻👩💻🧠
13-mart kunu O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti tyutori M.Asqarova tomonidan 2103-guruhi talabalari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.
Dasturdan ko’zlangan maqsad: 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligini diagnostika qilish, talabalarning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini aniqlashdan iborat.
12-mart sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yosh tadqiqotchilar uchun “Ilmiy ish formulasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xurram Rahimov tomonidan olib borilib, unda olim o‘zi yaratgan ilmiy tadqiqot ishi formulasi xususida ma’lumotlar berdi.
Ilmiy ish matnini shakllantirishda ta‘rif, tasnif, tasvir va muallif munosabatining aniq va izchil berilishi ishning muvaffaqiyatli bayon etilishida ahamiyatli ekanligi seminarda, tinglovchilar kelajakda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasiga munosib bo‘lish uchun tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental tushunchalarni mukammal o‘zlashtirishlari kerakligi ta’kidlandi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
12-mart kuni Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi hududiy direktori Moxamed Ketata hamda Hududiy direktor oʻrinbosari Adela Talchiv-Chirita janoblari universitetning asosiy binosida kutib olindi.
🟩🟩🟩🟩
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi faoliyati infografikasi bilan tanishing⬇️
👨💻👩💻🧠
11-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi 1-kafedrasi oʻqituvchisi M.Turdiyeva hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
4-bosqich talabalari ishtirokida, “Oʻziligingni angla” mavzusida o’tkazilgan seminar-treningda Erik Bernning “Tranzakt tahlili” haqida talabalarga psixologik tushunchalar berildi.
🔤🔤🔤
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Eldor Qo‘ng‘irotov Qo'shma ta'lim dasturi talabalari bilan uchrashdi
✅Joriy yilning 11-mart kuni O'zDJTU Yoshlar ittifoqi yetakchisi, Qo'shma ta'lim dasturi binosiga tashrif buyurib, faol, iqtidorli talaba yoshlar bilan muloqot o‘tqazdi.
Uchrashuvda, yoshlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi klub va to‘garaklar tashkil etish haqida suhbat olib borildi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari hamda tyutorlari "Besh muhim tashabbus olimpiadasi"ning respublika ochilish marosimida ishtirok etdi.
Universal sport saroyida bo'lib o'tgan rasmiy ochilish tantanali ravishda tashkil etildi.Unda Oliy ta'lim muassalari rahbarlari,sport ustalari hamda talabalar qatnashdi.
🤚Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
Joriy yilning, 10-mart sanasidan boshlab mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.
Eng muhimi, ilk bor ushbu olimpiada doirasidagi har bir loyihalar o‘z sohasining eng kuchli va malakali mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi:
▪️Madaniyat va san’at yo‘nalishida Sharifjon Abdullayev (Konsta);
▫️Sport yo‘nalishida Asalya Saparbayeva (Littos);
▪️IT yo‘nalishida Hasan Karimov (Kibersport bo‘yicha Osiyo chempioni);
▫️Kitobxonlik va intellektual yo‘nalishida Javlon Jovliyev (“Qo‘rqma” kitobi muallifi);
▪️Kasblar tanlovi yo‘nalishida Taxmina Turdaliyeva (Arxitektor);
▫️Paralimpiyada yo‘nalishida Asila Mirzayorova (Paralimpiya chempioni).
👉5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va loyihalarda ishtirok eting!
Bizni kuzating