O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
7⃣🎯 🤝🌏👨🏫👩🏫 13-mart kuni Fransiya delegatsiyasi a'zolari O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
🖥 Batafsil…
———
7⃣🎯 🤝🌏👨🏫👩🏫 13 марта члены французской делегации посетили Государственный университет мировых языков Узбекистана.
🖥 Подробнее…
———
7⃣🎯 🤝🌏👨🏫👩🏫 On March 13, a delegation from France visited the Uzbekistan State World Languages University
🖥 More…
———
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
Kelayotgan Navro’z bayrami munosabati bilan O’zDJTU xodimlari o’rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Bellashuv erkaklar o’rtasida futbol sport turi bo’yicha o’tkazildi.
Ishtirokchi-jamoalar qayd etgan natijalar quyidagicha:
1-o’rin — Ingliz tili 2-fakulteti;
2-o’rin — Doktorantura jamoasi;
3-o’rin — Sharq filologiyasi fakulteti.
1-o’rin — Ingliz filologiyasi fakulteti;
2-o’rin — Roman-german filologiyasi fakulteti;
3-o’rin — Ingliz tili 2-fakulteti;
4-o’rin — Sharq filologiyasi fakulteti.
5️⃣5️⃣5️⃣
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida aholi, xususan, yoshlar oʻrtasida huquqiy savodxonlikni kuchaytirish, ularning isteʼmolchilar huquqlarni himoya qilish va moliyadan masʼuliyatli foydalanish sohalaridagi bilimlarini yanada oshirish hamda sinovdan oʻtkazish, shuningdek, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va moliyaviy savodxonlik boʻyicha bilimli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida, har yili “15-mart — Butunjahon isteʼmolchilar huquqlari kuni”ga bagʻishlangan “Moliyaviy savodxon yosh isteʼmolchi” bilimlar tanlovi oʻtkazib keladi.
ℹ️ O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi faoliyati infografikasi
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
11-mart kuni Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Ashurova Dilyaram Umarovna, universitet rahbariyati tomonidan Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov fidoyi ustoz Dilyaram Umarovnani ko'p yillik samarali mehnati va sadoqati uchun Vazirlik faxriy yorlig'i bilan taqdirladi hamda kelajakdagi izlanishlari va pedagogik faoliyatida yangi yutuq va muvaffaqqiyatlar tiladi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
9-mart kuni Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahri 2-son Kasb-hunar maktabi bitiruvchilari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga universiteti faoliyati bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Ularga O’zDJTU Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi bosh mutaxassisi Ulugʻbek Ramazanov hamrohlik qildi.
Bugun 10-mart sanasida "Toshkent dengizi" hududidagi O'zbekiston davlat jahon tillari universitetining dam olish oromgohida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chatlar ekildi.
Unda O'zDJTU rektori I.Tuxtasinov prorektor va rahbar xodimlar ishtirokida birgalikda belgilangan hududda buta va ko'chatlar ekish ishlari amalga oshirildi.
2024-yil 9-mart kuni Tarjimonlik fakultetida sportning futbol turi bo'yicha fakultet saralash bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqa 5 muhim tashabbus doirasidaTarjimonlik fakultet dekani U.R.Yo'ldoshev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan muovini Sh.Nazarov hamda tyutorlar tashabbusi bilan talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etildi. Ushbu bosqichda 8 nafar jamoa ishtirok etdi.
Shuningdek, Ushbu jamoalardan
1- o'rin "Ardus" jamoasi
2- o'rin "Liverpul" jamoasi
3- o'rin "Tarjimon 2" jamoasi qo'lga kiritdi.
⚡️Talabalar tomonidan sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi yaratildi
Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuhratov va Javohir Shomuratov ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz - IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.
Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.
Platforma afzalliklari:
▪️testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;
▫️natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;
▪️xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;
▫️istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.
📹 Examy.uz dan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda👈
#talabaminbari #innovatsiya #raqamlashtirish #sun’iyintellekt
Bizni kuzating
🥳 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tayyorlangan videorolik
📍 Sharqfilologiyasifakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟥🟥🟥
🌹 Muhtarama opa-singillar, universitetimizning qadrli xodimalari, bilimdon talaba-qizlar!
Siz azizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni umumxalq bayrami bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman!
Barcha ayol-qizlarimizga oilaviy tinchlik, xotirjamlik, halovat tilayman. Yosh avlodni tarbiyalash yoʼlidagi xizmatlaringiz roʼyobini koʼrib yurishingizga tilakdoshman. Talaba qizlarimiz ham jamiyat taraqqiyoti yoʼlida eng faol yoshlardan boʼlishsin!
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
#OAV
Talabalarning sumalak sayli osh musobaqasi bilan yakunlandi
Xalqaro jurnalistika fakultetida tashkil etilgan “Sumalak sayli” haqida
07.03.2024 / 12:00
#Toshkent
Muxbir: Dovudxon Gʻulomjonov
#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti
🟩🟩🟩🟩
7-mart kuni OʻzDJTU Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Bugun OʻzDJTUda rektor raisligida universitet kengashi tashkil etildi. Unda universitet rektori, prorektorlar, fakultet dekanlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov oʻtgan olti oy davomida universitetda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida hisobot berdi.
🟥🟥🟥
❤️ ❤️
🔹Bugun, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida 💐 "8 – mart, Xalqaro hotin qizlar" 💐bayrami munosabat bilan kichik tadbir tashkillashtirildi.
Bayramni ertalab, MGLU,1-kurs faol yigit talabalari tomonidan talaba-qizlari dasturxon atrofida kutib olinish marosimidan boshlandi, hamda hayotimizni iliqlik, go‘zallik va g‘amxo‘rlik bilan to‘ldiradigan, xotin-qizlarimizga minnatdorchilik, tabriklar va tilaklar bildirishdan boshlandi va ko’tarinki kayfiyatda, bir necha soat davom etdi.
🟦🟦🟦
🟥🟥🟥
💐 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan OʻzDJTUda tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bahoriy bayram bilan samimiy qutladi.
Taʼkidlanadiki, ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib keladi. Tadbirda mamlakatimizda ham ayollarning jamiyatimizdagi oʻrni, mavqeyi oshib borayotganligiga alohida urgʻu berildi.
👨💻👩💻🧠
13-mart kunu O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti tyutori M.Asqarova tomonidan 2103-guruhi talabalari ishtirokida psixologik trening tashkil etildi.
Dasturdan ko’zlangan maqsad: 3-4 bosqich talabalarining kasbiy yaroqliligini diagnostika qilish, talabalarning shaxs xislatlari, irodaviy sifatlari, his tuygʻulari, oʻzini-oʻzi boshqarish imkoniyati va intellektual darajasini aniqlashdan iborat.
12-mart sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yosh tadqiqotchilar uchun “Ilmiy ish formulasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xurram Rahimov tomonidan olib borilib, unda olim o‘zi yaratgan ilmiy tadqiqot ishi formulasi xususida ma’lumotlar berdi.
Ilmiy ish matnini shakllantirishda ta‘rif, tasnif, tasvir va muallif munosabatining aniq va izchil berilishi ishning muvaffaqiyatli bayon etilishida ahamiyatli ekanligi seminarda, tinglovchilar kelajakda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori darajasiga munosib bo‘lish uchun tilshunoslik, adabiyotshunoslik va tarjimashunoslikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha fundamental tushunchalarni mukammal o‘zlashtirishlari kerakligi ta’kidlandi.
🤝🌏👨🏫👩🏫
12-mart kuni Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.
Markaziy Yevropa va Osiyo universitetlararo frankofoniya agentligi hududiy direktori Moxamed Ketata hamda Hududiy direktor oʻrinbosari Adela Talchiv-Chirita janoblari universitetning asosiy binosida kutib olindi.
🟩🟩🟩🟩
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovichning 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi faoliyati infografikasi bilan tanishing⬇️
👨💻👩💻🧠
11-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Zebiniso Xayrullayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini oʻqitish metodikasi 1-kafedrasi oʻqituvchisi M.Turdiyeva hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
4-bosqich talabalari ishtirokida, “Oʻziligingni angla” mavzusida o’tkazilgan seminar-treningda Erik Bernning “Tranzakt tahlili” haqida talabalarga psixologik tushunchalar berildi.
🔤🔤🔤
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Eldor Qo‘ng‘irotov Qo'shma ta'lim dasturi talabalari bilan uchrashdi
✅Joriy yilning 11-mart kuni O'zDJTU Yoshlar ittifoqi yetakchisi, Qo'shma ta'lim dasturi binosiga tashrif buyurib, faol, iqtidorli talaba yoshlar bilan muloqot o‘tqazdi.
Uchrashuvda, yoshlarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashuvchi klub va to‘garaklar tashkil etish haqida suhbat olib borildi.
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari hamda tyutorlari "Besh muhim tashabbus olimpiadasi"ning respublika ochilish marosimida ishtirok etdi.
Universal sport saroyida bo'lib o'tgan rasmiy ochilish tantanali ravishda tashkil etildi.Unda Oliy ta'lim muassalari rahbarlari,sport ustalari hamda talabalar qatnashdi.
🤚Ertaga “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start beriladi. Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling!
Joriy yilning, 10-mart sanasidan boshlab mahalla yoshlari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga start berilmoqda.
Eng muhimi, ilk bor ushbu olimpiada doirasidagi har bir loyihalar o‘z sohasining eng kuchli va malakali mutaxassislari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi:
▪️Madaniyat va san’at yo‘nalishida Sharifjon Abdullayev (Konsta);
▫️Sport yo‘nalishida Asalya Saparbayeva (Littos);
▪️IT yo‘nalishida Hasan Karimov (Kibersport bo‘yicha Osiyo chempioni);
▫️Kitobxonlik va intellektual yo‘nalishida Javlon Jovliyev (“Qo‘rqma” kitobi muallifi);
▪️Kasblar tanlovi yo‘nalishida Taxmina Turdaliyeva (Arxitektor);
▫️Paralimpiyada yo‘nalishida Asila Mirzayorova (Paralimpiya chempioni).
👉5tashabbus.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va loyihalarda ishtirok eting!
Bizni kuzating
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami keng nishonlanmoqda
muxbir: Muxlisa Abdujalilova
#Toshkent shahri
@hududtv
#qizlarjon_klubi #bayram_tabrigi
8-mart bayrami munosabati bilan O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti "Qizlarjon" klubi nomidan ustoz va talaba-qizlar uchun sovg'alar tayyorlandi.
📍@qizlarjon_klubi_uzswlu
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
🟥🟥🟥
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan koʻp yillik samarali mehnati va oʻz xizmat vazifasiga boʻlgan sadoqati uchun bir guruh ayol ustozlar, professor-oʻtuvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Taqdirlanganlar orasida OʻzDJTUda faoliyat yuritayotgan, universitet ravnaqi yoʻlida mehnat qilayotgan xodimalar ham bor.
OʻzDJTUning 7-mart kuni boʻlib oʻtgan kengashida odatga koʻra, ilmiy daraja olgan xodimlar taqdirlandi.
Ularga Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan gul va esdalik sovgʻalari hamda universitet tomonidan noutbuk taqdim etildi.
Shuningdek, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan universitetning har sohada faol, jonkuyar ayol xodimlariga esdalik sovgʻalari topshirildi
🟥🟥🟥
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar, sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari!!!
💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐
Sizlarni, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi, nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan "8-mart Xalqaro xotin-qizlar" bayrami bilan samimiy qutlagan holda, oilalaringizda to‘kin-sochinlik, baxt-saodat, shodu-hurramlik, sharafli ishlaringizda yangidan-yangi zafarlar tilaymiz.
🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹🌹
Ayollik baxti, bekalik taxti, onalik martabasi hamisha hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan, QTD bo'limi.
🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
📸 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o’tkazilgan tadbirning taqdirlash marosimi jarayonidan fotolavhalar
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida tadbir oʻtkazildi.
Bayram shukuhi ertalabdan fakultet mas’ullari va talaba-yigitlari tomonidan professor-o'qituvchilar hamda talaba qizlarni sovgʻalar bilan kutib olishdan boshlandi.
Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va barcha ustozlar va talaba-qizlarni bayram bilan tabrikladi. Ish faoliyatida samarali mehnat qilib kelayotgan professor-o'qituvchilarni esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.