uzswlu | Неотсортированное

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11581

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov

Подписаться на канал

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2024-yilning 6-mart kuni OʻzDJTU Sharq filologiyasi fakultetida "8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni" bayrami ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.


Bayram ertalab fakultetning faol yigit talabalari va xodimlari tomonidan ayol-xodimlar va talaba-qizlarga gul bilan kutib olinish marosimidan boshlandi.

Oʻqishga tashrif buyurgan barcha kishiga quvonch, muhabbat va bahor kayfiyati yor bo‘ldi. Yangragan barcha istaklar har bir xotin-qizlarimizning yuzlarida quvonch, tabassum va minnatdorchilik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qildi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz va muqaddas ayollar!

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi dotsenti, PhD E.T.Tursunnazarova Turkiya davlati Ege universitetida ilmiy tadqiqot mavzusi doirasida seminar tashkil qilib, tajriba almashib qaytdi.


Uchrashuv davomida universitet professor-o'qituvchilari hamda talabalar almashinuv dasturlari asosida o'qish, malaka oshirish, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, universitet ilmiy ishlaridan, kutubxonadan foydalanish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.


Yakunda O’zDJTU va Ege universiteti o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️ Xalqaro jurnalistika fakultetida Sumalak sayli tashkil etildi

6-mart sanasidan joy olgan bayram -tadbirlarini O’zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor Suyun Abdullayev, fakultet dekani Amrullo Karimovlar ochib berdi. Shuningdek, Sumalak va osh pishirish jarayonlarida talabalar bilan birgalikda ishtirok etdi.


💫 Kun davomida, “Balli qizlar” ko’rik-tanlovining fakultet bosqichi tashkil etilib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan talabalar Faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, osh pishirish musobaqasining ham yakuniy natijalari e’lon qilinib, faxrli o’rin sohiblari faxriy yorliq hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. 1-o’rinni qo’lga kiritgan 3-bosqich Madaniyatlararo kommunikatsiya yo’nalishi talabalari Fakultet tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi.


🍀 Xalqaro jurnalistika fakultetida sumalak pishirish jarayonlari hali ham davom etmoqda.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

7⃣🎯 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

5-mart kuni Butunjahon musulmon jamiyatlari Kengashi delegatsiyasi vakillari Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
——————
Batafsil…
——————

7⃣🎯 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

5 марта представители делегации Совета мировых мусульманских обществ посетили Узбекский Государственный университет мировых языков.
————————
Подробнее…
————————

7⃣🎯 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

On March 5, representatives of the Council of World Muslim Societies delegation visited Uzbekistan State World Languages University.
—————
More…
—————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

5-mart sanasida"Butunjahon musulmon jamiyatlari kengashi" delegatsiyasi vakillari O'zDJTU ga tashrif buyurdi.

Mehmonxonalarni asosiy binoning kirish qismida kutib olindi va universitet kampusi,oshxona, sport majmuasi, tarjimonlik fakulteti, axborot resurs markazi, faollar zali bilan tanishtirildi.


I.Tuxtasinov O'zDJTU faoliyati hamda arab tili o'qitilishi haqida ma'lumot berdi.Uchrashuvda talaba va o'qituvchilar almashinuvi,arab tili o'qituvchilari malakasini oshirish uchun turli jamg'armalar orqali grantlar ajratish,ilmiy sohada hamkorlikni rivojlantirish, OTMlari tadqiqotchilari almashinuvini yo'lga qo'yish,"Chegara bilmas o'qituvchilar" xalqaro tashkiloti orqali universitetga jalb qilish, va boshqa masalalar muhokama qilindi.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bayramona tadbir dasturi tashkil etildi.


Tadbirni O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi va universitetning barcha ayol xodimalariga o'z bayram tabriklarini bildirdi.


Shuningdek, dasturda elimiz ardog'idagi mashhur san'atkorlar ham qatnashdi. Ular ijod namunalaridan parchalar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.

O'zDJTU talabalari ishtirokidagi sahna ko'rinishlari, raqslar va kuy-qo'shiqlar tadbirga o'zgacha fayz baxsh etdi.

🎉 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi bayram bilan barcha betakror ayol va qizlarimizni muborakbod etadi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

🎥 Ayni damda O’zDJTU Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mas’ulligida universitetdagi barcha fakultet erkak oʻqituvchilari, dekan muovinlari va tyutorlari oʻrtasida futbol musobaqasi oʻtkazilmoqda.

Yuqorida “Navro’z” bayrami munosabati bilan o’tkazilayotgan mazkur musobaqadan fotolavhalar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆

Stol tennisi sport turi bo’yicha o’tkazilgan “Talabalar ligasi” sport musobaqasida O’zDJTU jamoasi yana bir g’alabani qo’lga kiritdi


Kuni kecha bo’lib o’tgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining stol tennisi sport turi bo’yicha Toshkent shahar bosqichida universitetimiz talaba-qizlaridan tarkib topgan jamoa faxrli 1-o’ringa loyiq ko’rildi va liganing navbatdagi respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.


Mazkur bellashuvda O’zDJTU yigitlar terma jamoasi ham faol ishtirok etib, 3-o’rinni egalladi.

Talabalarimizga kelgusida ham muvaffaqiyatlar yor bo’lishini tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

4⃣📚 4-mart kuni O’zDJTU Axborot-resurs markazida Tarjimonlik fakulteti tyutorlari F.Xabiyeva hamda T.Ashirova tomonidan talabalar órtasida kitobxonlikni targ’ib qilishga qaratilgan davra suhbati òtkazildi.

“Besh tashabbus” doirasida o’tkazilgan suhbat davomida talabalar òzlari òqigan asarlari yuzasidan o’zaro fikr almashishdi va savol-javoblar orqali kerakli bilimlarga ega bo’lishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 4-mart kuni Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi.

JICA volontyorlari koordinatori Janob Ivata Shoichi, JICA volontyorlari koordinatori Ashixara Tomoko xonim, JICA volontyorlari dasturi koordinatori Xasanov Odilxon, JICA volontyori Noto Kuniyukilardan iborat mehmonlar universitet rahbariyati vakillari tomonidan kutib olindi va tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi.


Unda OʻzDJTU tomonidan Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor A.Nasirov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi X.Yuldashev, Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.Djurayev, Yapon tili oʻqituvchisi N.Xamidova ishtirok etdi.

Uchrashuvda JICA bilan kelgusidagi hamkorlik masalalari: taʼlim va texnik grantlar ajratish, yangi volontyorlarni taklif qilish, volontyorlarga OʻzDJTUda ishlash uchun sharoitlar yaratish, Yaponiya OTMlari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Fakt 24 | Britaniyaning nufuzli ta`lim tashkilotlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi
#4mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

4⃣📚 4-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) kirish uchun suhbat bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: Mustaqil izlanuvchilikka quyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul jarayonlari amalga oshirildi:
10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti;
10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

3⃣💚 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 4-mart kuni O’zDJTU da talaba-qizlar o’rtasidagi futbol musobaqasiga start berildi.

Bellashuvda universitetdagi har bir fakultetdan talaba-qizlardan iborat bo’lgan ikkitadan jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqa ishtirokchilariga omad tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun 2-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun navbatdagi suhbat imtixoni boʻlib oʻtdi.

Navbatdagi 10.00.07 — Adabiyot nazariyasi ixtisosligi boʻyicha mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbati, 23.00.02 — Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi, 23.00.04- Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi, 10.00.09 — Jurnalistika ixtisosligi, 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha imtihon natijalari bilan tanishing.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

OʻzDJTU 5-sonli talabalar turar joyi faollar zalida Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi, yosh tarjimon Dilfuza Latipovaning "Yangi jadidlar millat ravnaqi yoʻlida" mavzusidagi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Dilfuza Latipova taqdimotida, xususan mutolaa loyihasida amalga oshirilayotgan ko'plab yangiliklar haqida ishtirokchilar bilan bo'lishdi. Misol tariqasida, Javlon Jovliyevning "Qo'rqma" asarida bugungi kun talaba yoshlariga qarata aytilgan,asarda ilgari surilgan g'oyalarni alohida ta'kidlab, ularni ushbu roman mutolaasiga chorladi.


Taqdimot davomida “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasidagi yangi imkoniyatlar,talabalar uchun mavjud ish o'rinlari,Ibrat Academy ilovasi, undan qanday foydalanish, afzalliklar va til kurslar ishtirokchilarining g'oliblari uchun ajratilgan imtiyoz va mukofotlar haqida tayyorlagan taqdimot videolarini ham ishtirokchilar bilan o'rtoqlashdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
🟥🟥🟥

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan 6-mart kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakultetida tadbir o’tkazildi.


Tadbirni Tarjimonlik fakulteti dekani U.R.Yo'ldoshev ochib berdi va barcha xotin-qizlarni bayram bilan fakultet yigitlari nomidan tabrikladi.


Dastur davomida ayol-o’qituvchilar va talaba-qizlarga bag’ishlab fakultet yigitlari tomondan sahna ko'rinishlari, raqslar namoyish etilib, qo'shiqlar kuylandi.

Tarjimonlik fakulteti jamoasi barcha ayol-qizlarni bayram bilan tabriklaydi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

6 – mart kuni OʻzDJTUda “Jadidlar: maʼrifatli millat orzusi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir mehmoni Oʻzbekiston Milliy universiteti professori R. Tursunov talabalarga Jadidlar harakati, milliy uygʻonish davrining yetuk namoyondalari, ularning faoliyati, zahmatli kechmishi haqida batafsil maʼlumot berdi.


Shuningdek, uchrashuvda davlatimiz rahbarining “Jadidlar: milliy oʻzlik, istiqlol va davlatchilik gʻoyalari” mavzusidagi konferensiyada soʻzlagan nutqida keltirilgan “Mamlakat oʻz taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi gʻarb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarurligi”, “Jadidlar gʻoyalari Yangi Oʻzbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang” kabi millat tarbiyasi, uning rivoji uchun bugungi kunda dolzarb boʻlgan mavzulardagi qimmatli soʻzlari talaba-yoshlarga yetkazildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

▶️ O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirdan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi sumalak tayyorlandi.


5-mart kuni Oʻzbekiston davlat Jahon tillari universitetining Uchtepa tumani Zakovat koʻchasida joylashgan talabalar turar joyida anʼanaviy tarzda sumalak tayyorlandi.


Katta davrada talabalar tomonidan milliy raqslar, kuy-qoʻshiqlar, lapar aytishuvlar ijro etildi. Universitet rektori I.Toʻxtasinov ham talabalarning xursandchiliklariga sherik boʻldi va 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan universitet xodimalari, ustozlari, talaba qizlarni tabrikladi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Shu jumladan OʻzDJTUda ham talabalarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, salomatliklarini mustahkamlash maqsadida ular uchun turli musobaqalar, koʻrgazmalar va masʼul tizim va idoralar vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirilib kelinmoqda.

4- mart kuni universitet rahbariyati vakillari va talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida boʻldi. U yerda harbiy xizmatchilarining faoliyati, ularga yaratilgan imkoniyatlar va shart — sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Tajriba va amaliyotlariga guvoh boʻlishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥

Taʼlim muassasalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida faoliyat yuritayotgan Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, faol jamoatchi olima ayollar va psixologlardan 35 nafariga 8-mart — Xotin-qizlar kuni munosabati bilan vazirlikning faxriy yorligʻi taqdim etildi.


O’zDJTU psixologi Zebiniso Xayrullayeva ham taqdirlanganlar qatorida!

Universitetimizning fidoyi xodimasini mazkur muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

3⃣💚 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 4-mart kuni O’zDJTU da talaba-qizlar o’rtasida futbol musobaqasi o’tkazilgan edi.

Musobaqada quyidagi jamoalar o’rin egalladi:

1-o’rin — Ingliz filologiyasi fakulteti jamoasi.
2-o’rin — Ingliz tili uchinchi fakulteti jamoasi.
3-o’rin — Tarjimonlik fakulteti jamoasi.


G’oliblarlarni yutuq bilan tabriklaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

4-mart kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan profilaktik tadbir tashkil etildi.


"Internetdagi firibgarlik" mavzusida bo’lib o’tgan dasturda Toshkent shahar IIB Axborot texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi vakillari D.Abdurahmonov va J.To'rayev ishtirok etdi.


Tadbir axborot xavfsizligi tahdidlariga hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida tashkillashtirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi muassisligida «Vatan» jurnali tashkil etildi.


«Keng oʻquvchilar auditoriyasi, jumladan, ziyolilar, siyosatshunoslar, olim va yozuvchilar, umuman olganda, barcha soha vakillari uchun moʻljallangan ushbu jurnal Yangi Oʻzbekistonning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼrifiy hayoti haqida endilikda bir minbar — yangi taʼsis etilgan “Vatan” jurnali orqali tanishish imkoniyati yaratilgani biz uchun juda quvonarli yangilik boʻldi.»

Ilxomjon Madaminovich TUXTASINOV, pedagogika fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟨🟨🟨🟨🟨
🏆🏆🏆

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.


Unga koʻra, oʻzining iqtidori, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan 28 nafar qizlarimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.


Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 4-bosqich talabasi Xakimova Dilshoda Oybek qizi ham mazkur mukofotga loyiq topildi.

OʻzDJTU jamoasi Xakimova Dilshoda Oybek qizini ulkan mukofot bilan muborakbod etadi!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Ахborot 24 | Pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish bo’yicha o’quv seminari
#4mar #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

7⃣🎯 4-mart kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida ikkinchi Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya taʼlim forumi ish boshladi.

Mazkur forumda Buyuk Britaniya tomonidan 15 ga yaqin OTM, taʼlimni xalqarolashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha jamoat uyushmalari va xalqaro kompaniyalar vakillari qatnashmoqda.


Britaniya transmilliy taʼlimini Oʻzbekistonda hamkorlikda joriy etish tajribasi, oliy taʼlimda boshqaruv va taʼlim sifati, inklyuziv oliy taʼlim, ilmiy tadqiqotlarning jamiyat va iqtisodiyot rivojiga hissasi kabi mavzular muhokamasiga bagʻishlangan forumga Oʻzbekistondagi 50 ga yaqin oliy taʼlim muassasalaridan vakillar tashrif buyurgan.

Shuningdek, mazkur forumda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va universitetning professor-oʻqituvchilaridan iborat vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun: Oʻzbekiston–Buyuk Britaniya taʼlim forumi 4-5 mart kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bahor faslining ilk kunlarida an'anaviy tarzda sumalak tayyorlandi.

Universitet hovlisida joylashtirilgan doshqozon atrofida yig'ilgan talabalar va o'qituvchilar,rahbariyat hamda xodimlar bevosita sumalakning pishirilish jarayonida faol ishtirok etishdi.Davrada kuy-qo'shiqlar yangradi,raqslar ijro etildi.Universitet rektori I.Tuxtasinov ham talabalarning xursandchiliklariga sherik bo'ldi.


Bu an'ana universitet jamoasi,talabalar va rahbariyatni yanada birlashtirishga xizmat qiladi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati, shu jumladan,rektor o’tgan olti oy davomida universitetda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar haqida hisobot berdi.

Universitetning o’quv, ilmiy va xalqaro hamkorlik sohasidagi faoliyati, shuningdek, professor-o’qituvchilar tarkibi, attestatsiyadan o’tkazish jarayoni haqida natija va ma'lumotlar taqdim etildi.


Bundan tashqari, taqdimotda universitetning ilmiy-tadqiqot ishlari, xalqaro hamkorlikdagi loyihalar, rekonstruksiya qilingan, yangi binolar haqida ma’lumot berildi.
Rahbariyat shuningdek, universitetning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati va texnik bazasini takomillashtirish bo’yicha qilgan ishlari va erishilgan natijalarini ko’rsatib o’tdi.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟥🟥🟥

💠Natijani e'lon qilish vaqti keldi

🔵 Kecha, Qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limida "8 - mart Xalqaro xotin qizlar" bayramiga  bag'ishlangan,  "Eng chiroyli rasm" musobaqasi bo'lib o'tdi.


Musobaqada, jami 14 nafar qizlar jamoasi qatnashdi, hamda 5 nafar xakamlar chizilgan rasmlarni baholashdi va 3-kurs talabasi, S.Yo'ldashevani 1-o'ringa munosib deb topishdi.

Yutuq sovrindoriga, QTD bo'lim boshligi N. Abdullayeva tomonidan qimmatbaho sovg'a tantanali ravishda topshirildi.


QTD bo'limi, kelgusida bunday tadbirlarni ko'paytirishni rejalashgan.
Musobaqa, talabalar uchun o'zgacha shukuh va motivatsiya berdi.

E'tiboringiz uchun raxmat.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

✈️Telegram |📷 Instagram |

Читать полностью…
Подписаться на канал